Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
XX ASR ARAB-MUSULMON TAFAKKURINING YARATUVCHISI SHAYX MUHAMMAD ABDO HAYOTI VA FAOLIYATI
Sharafutdinova Ruxsora Baxrom qizi
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti 1-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: f.f.d., professor Izzetova E. M.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolani yozishdan maqsad islom islohotchisi va modernist Shayx Muhammad Abdo hayoti va ilmiy faoliyatini har tomonlama o'rganishdir. M. Abdo modernizmi islom va zamonaviy tafakkur sintezi degan tezisni asoslash. Mutafakkirning ijtimoiy-falsafiy asarlari sivilizatsiyalarni birlashtirish, qarama-qarshilik va ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan edi. M.Abdo faoliyati serqirra ekanligini ko'rsatish uchun, ayniqsa, ta'lim-tarbiya sohasida, oliy diniy ta'lim va jurnalistika tizimini isloh qilishda o'z iste 'dodini yaqqol namoyon etdi.
Kalit so'zlar: Islom islohotchiligi, Islom modernizmi, "Al-Ahram", "Risolat at-tavhid", "Al-Urva al-vusqa", "al-Manar", Bayrut, Ibn Xaldun, shayx Shauqi Darvish, al-Vaqasi al-Misriya, Dar ul-ulum, "al-Ustod al-Imom" va "ash-Shayx al-Muftiy", al-Afg'oniy, al-Azhar, musulmonlar va nasroniylar, Quron, mantiq, ritorika, tavhid, pedagogika.
ABSTRACT
The purpose of writing this article is a holistic study of the life and scientific work of the Islamic reformer and modernist Sheikh Muhammad Abdo. To substantiate the thesis that M. Abdo's modernism is a synthesis of Islam and modern thought. The socio-philosophical works of the thinker were aimed at uniting civilizations and overcoming contradictions and conflicts. To show that M. Abdo's activities were multifaceted, he especially clearly showed his talent in the educational sphere, in reforming the system of higher religious education and journalism.
Keywords: Islamic reformism, Islamic modernism, "Al-Ahram", "Risalat at-tawhid", "Al-Urwa al-wusqa", "al-Manar", Beirut, Ibn Khaldun, Sheikh Shawqi Darwish, al- Waqasi al-Misriya, Dar ul-Ulum, "al-Ustad al-Imam" and "al-Shaykh al-Mufti", al-Afghani, al-Azhar, Muslims and Christians, the Qur'an, logic, rhetoric, monotheism, pedagogy.
АННОТАЦИЯ
Целью написания данной статьи является целостное изучение жизни и научной деятельности исламского реформатора и модерниста шейха Мухаммада Абдо. Обосновать тезис, что модернизм М. Абдо представляет собой синтез ислама и современной мысли. Социально-философские труды
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
мыслителя были направлены на объединение цивилизаций и преодоление противоречий и конфликтов. Показать что деятельность М. Абдо была многосторонней, особенно ярко он проявил свой талант в просветительской сфере, в реформировании системы высшего духовного образования и журналистике.
Ключевые слова: исламский реформизм, исламский модернизм, «Аль-Ахрам», «Рисалат ат-Таухид», «Аль-Урва аль-Вуска», «Аль-Манар», Ибн Халдун, Шейх Шавки Дарвиш, аль-Афгани, мусульмане, христиане, Коран, логика, риторика, монотеизм, педагогика.
O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgach, jahondagi barcha mamlakatlar qatori, xorijiy Sharq, Hindiston, Pokiston, Misr, arab mamlakatlari, Eron, Turkiya hamda boshqa davlatlar bilan o'zaro do'stlik va manfaatli hamkorlik asosida iqtisodiy, madaniy aloqalar o'rnatdi va bu aloqalar tobora rivojlanmoqda. Sharq xalqlari madaniyati, manaviyati, shuningdek, ijtimoi-falsafiy tafakkuriga bo'lgan qiziqish, shubhasiz, kuchayib bormoqda. Buning boisi Arab Sharqi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixi umumiyligi tufayli ularning falsafiy, diniy-axloqiy, manaviy merosida o'zaro yaqinlik va hamohanglik borligidir. Sh. M. Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqida shunday ta'kidladi: "Biz yaqin va uzoq xorij davlatlari, ayniqsa, qo'shni davlatlar va hududiy tashkilotlar bilan do'stlik va o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko'taramiz"1.
Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida arab xalqlarining ijtimoi-falsafiy tafakkuridan keng o'rin olgan arab marifatchiligi oqimi va marifatparvar namoyanda Muhammad Abdoning ijodi va hayot faoliyati keng yoritib berilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
G'arb va Sharq faylasuflari, tarixchilari, sharqshunoslarining ko'plab asarlari M. Abdo hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan. Ulardan eng mashhurlari Zugfrid Hunc, Charlz Adams, Mahmud Abbos al-Akkad, Rashid Rido, Shavki Zaif, Muhammad Ammar, Ahmad Amin, Mustafo Labib va boshqalarning tadqiqotlaridir. Xususan, Mahmud Abbos al-Akkad M.Abdo hayoti va faoliyatini tahlil qilgan bo'lsa-da, uning ijodida mutafakkirning islohotchilik g'oyalariga juda kam e'tibor berilgan. Mashhur tadqiqotchi Rashid Rido o'zining "Ta'rix al-ustad al-imom ash-shayx Muhammad Abdo" ("Muhammad Abdo tarjimai holi") nomli uch jildlik asarida shunday
1 _O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
https://cis.minsk.by/news/25966/vystuplenie_prezidenta_respubliki_uzbekistan_shavkata_mirzijoevana_torzhestvenno
KIRISH
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ta'kidlagan edi: "Abdo Misrda falsafiy tafakkur manbai sanaladi.2" Belgilangan mavzu doirasida ushbu asarning Muhammad Abdo va Jamoliddin Afg'oniylar hayotining mufassal tarixini bayon etgan birinchi jildi alohida qiziqish uyg'otadi. Muhammad Abdo haqidagi eng yirik tadqiqot asarini "al-Amal-ul-komilati li-l-imom Muhammad Abdo" ("Muhammad Abdoning to'liq tarjimai holi") deb hisoblash mumkin, bu asar M. Ammar qalamiga mansub. Usmon Amin o'zining "Misrda Uyg'onish davri" nomli tadqiqotini M.Abdo o'z maktabining asoschisi sifatidagi hayotiga bag'ishlagan. Muhammad Abdo va uning maktabi, musulmon falsafasi tarixi" M. T. Stepanyants va L. R. bu islohotchiga kichik nashrlar bag'ishladilar. Polonskaya. B.S. Omondulloyev M.Abdo hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy bosqichlarini tizimli o'rganishga harakat qildi. Bu muammoning ayrim jihatlari E.J.Babayeva tomonidan ko'rib chiqildi.
Yuqoridagi tadqiqotlar M.Abdo hayotining asosiy bosqichlarini, diniy-falsafiy qarashlarining shakllanishini aniqlashda uslubiy asos bo'lib xizmat qildi. Muhammad Abdoning hayotiy faoliyati va uning diniy-falsafiy merosi haqida tahlil olib borildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik, falsafiy germenevtik usullaridan keng foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XIX asrning 60-70-yillarida arab marifatchiligi zaminida musulmon islohchilik harakati yuzaga keldi. Islom islohchilari talimotining asosiy mazmuni islomni asrlar bo'yi hukm surib kelga, qotib qolgan sxolastik aqidaviy tushunchalardan va bidatlardan xalos etishdir. Ular Quroni Karimni erkin talqin qilish, uning aqidalarini ratsionalistik ruhda qabul etish tarafdori bo'lib chiqdilar. Islomning ijtimoiy-falsafiy tizimini, ilm-fan, ta lim-tarbiya va madaniy taraqqiyot, hayotdagi o'zgarishlar, mustamlakachilikka qarshi kurash talablarinuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqish lozim, deb topdilar. Boshqacha aytganda, islohchilar diniy tushunchalarni yangicha talqin etish, ularni zamon ruhiga moslashtirish zarurligini bildirdilar.
Islom islohchilari etiqodni poklash va tiklash, xalqni din ko'rsatgan haq yo'liga undash, ya ni avvalo, odamlar ongini o'zgartirish lozim, deb hisobladilar. Islom islohchilik talimotiga asos solgan shaxs Sharqning yirik jamoat arbobi Jamol ad-Din al-Afg'oniydir. U ko'tarib chiqqan g'oyalarni shogirdi, safdoshi va izdoshi shayx Muhammad Abdo davom ettirib, bir butun tadrijiy tizim shakliga keltirdi va ularni hayotga tatbiq etishga urindi.
Muhammad Abdo ibn Hasan Xayrulloh 1849-yilda Misrdagi Buxayra viloyati Damanxur shahri yaqinidagi Mahalla Nasr qishlog'ida tug'ilgan. U Misrlik islom
2 Rashid Rido. Ta'rix al-ustad al-imom ash-shayx Muhammad Abdo - T. 1. Qohira, 1931. - 67 b.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
huquqshunosi, dinshunos olim va liberal islohotchi, islom modernizmining asosiy asoschilaridan biri hamda Misr Bosh Muftiysi3 sifatida mashurdir. Ba'zan neo-mutazilizm oqimi namoyondasi sifatida qaralgan o'rta asr islomiy mutaziliy4 olimlaridan biri. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Abdo mason5 bo'lgan va bahoyilik e'tiqodi6 bilan yaqin munosabatlarga ega bo'lgan. Onasi Bonu Uday qabilasidan, otasi esa Saloh ad-Din Ayyubiy davrida (XII asr) xizmat qilgan turkman harbiylar7 zotidan kelib chiqqan. Shuning uchun Abdoni gohida "at-Turkamoniy" deb ham atashadi. Ota-onasi o'ziga to'q dehqonlardan edi. U boshlang'ich maktabga qatnamay, xat-savodini uyda chiqardi. So'ng otasi uni Ahmadiy masjidi qoshidagi sufiy Said Badaviy kollejiga o'qishga berdi. Bungacha Abdo Qur'oni karimni to'liq xatm qilgandi. Kollejda o'quv dasturi faqat Qur'on matnini va uning tafsirini yodlashdan iborat bo'lgani uchun, Abdo bir yil o'tar-o'tmas o'qishni tashlaydi. Otasining qatiy noroziligi ham uni to'xtata olmaydi.
Sufiy shayx Shauqi Darvish Xidr Muhammad Abdo hayotidan alohida o'rin olgan. Shauqi Darvish yoshligida tijorat ishlari bilan Tripolitaniyaga borganda ash-Shaziliya tariqatiga qo'l beradi. Tasavvufga mukkasidan berilgan Shauqi Darvishning din haqidagi suhbatlari yosh Muhammadning qalbidan joy oladi va u ruhiy jazavaga tushadi, tasavvufga berilib, sufiyona libosda darvishlikda yashaydi. Uni hayotga qaytarishda aqidaparastlikdan yiroq bo'lgan shayx Darvishning o'zi yordam beradi, o'qish muhimligini isbotlab, islom fiqhi rivojlanishidagi kamchiliklarni bilganicha tushuntiradi. Keyinchalik Muhammad Abdo bunday deb eslaydi: "Aynan shayx timsolida ustozni topdim, qalbim istayotgan narsalarga yetishishim uchun u meni boshqarardi va nasihatlar qilardi... U meni johillik iskanjasidan xalos etib, ochiq bilim maydoniga yo'naltirdi, xudo bilan ruhiy birikish yo'lini ko'rsatib, ko'r-ko'rona taqliddan ozod etdi" 8 Ruhiy inqirozdan chiqqan Muhammad Abdo shayx maslahati bilan yana kollejga qaytib, islomiy ilmlarni qunt bilan o'rganishni davom ettirdi. Oradan ko'p o'tmay, o'zi ham do'stlari va talabalarga shayxlik qildi.
1865-yilda u Ahmadiy kollejini bitirib, mashhur al-Azhar universitetiga kirdi.9 Al-Azhar mashhur bo'lsa-da, o'quv dasturlari faqat fiqh, hadis, tafsir, arab tili, notiqlik mahorati fanlari bilan cheklangan edi. Matematika, geografiya, biologiya,
3 Zimney, Michelle (2009). "Abduh, Muhammad (1849-1905)". In Campo, Juan E. (ed.). Encyclopedia of Islam. Encyclopedia of World Religions - . New York: Facts On File. - Pp. 5-6.
4 Ahmed H. Al-Rahim (2006 yil yanvar). "Islom va Ozodlik"// Demokratiya jurnali, 17 (1). - Pp. 166-169.
5 Karim Vissa, "1798-1921 yillarda Misrda masonlik. Yaqin Sharq tadqiqotlari bo'yicha Britaniya jamiyati byulleteni, 16-jild, № 2, 1989.
6Xuan R.I.Koul. "Muhammad' Abduh va Rashid Rida: Bahoiy e'tiqodi bo'yicha suhbat." Jahon buyurtmasi jildi. 15,3-4, 1981.- Pp. 7-16.
7 Arthur Goldschmidt, Biographical Dictionary of Modern Egypt, Lynne Rienner Publishers (2000), p. 10.
8 Adams Charls. Islam and Modernism in Egypt. - London, 1933. - P.30.
9 Hourani, Albert (1962). Arabic Thought in the Liberal Age. Great Britain: Oxford University Press.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
kimyo va boshqa fanlar kiritilmagani tufayli, ta'lim zamon talablariga to'la javob bermaydigan darajada edi. Al-Azhardagi diniy talim tizimi Muhammad Abdoni qoniqtirmasdi. Keyinchalik u: "Al-Azhar uslubi bilan arab kitoblarini o'rganish aqlimga zarar yetkazdi, bir necha yil kallamni tozalashga harakat qildim, lekin bunga hech qachon erisha olmadim"10, - deb yozgan edi.
Abdo Al-Azharda 12 yil o'qib, 1877-yilda islom ilohiyoti va huquqi bo'yicha doktorlik darajasini oldi. Lekin dunyoviy bilimlarsiz u o'zini chalasavod his etardi. U Darvishning haqiqiy olim har taraflama savodli bo'lishi kerak, degan so'zlarini doimo eslardi. 1877-yildan Abdo Al-Azharda mantiq va aqoiddan, "Tillar maktabi"da arab tili va adabiyoti tarixidan, Ali Muborak ochgan yangi o'quv yurti "Dar ul-ulumda" tarixdan dars beradi. "Dar ul-ulumda" zamonaviy talablar asosida talim berishga harakat qilinardi.
Ibn Xaldunning "Muqaddima" asari bo'yicha maruza o'qiganda u mutafakkirning falsafiy va sotsiologik qarashlarini zamon bilan bog'lashga intiladi. Shu paytlar Abdo matematik, faylasuf va ilohiyotchi, siyosatni ham yaxshi tushunadigan Hasan Tavil bilan tanishadi. Shijoatli, hukmdorning yuziga haqiqatni qo'rqmay aytadigan shayx Tavilning musulmon madaniyatini qayta tiklash g'oyalari bilan sug'orilgan ma ruzalari tafakkur teranligi bilan ajralib turardi. Bular Abdo qalbiga, ongiga singib, uning jo'shqin tabiatini intellectual izlanishga chorlardi. Aynan shu kayfiyatda yurganida u Jamol ad-Din al-Afg'oniy bilan uchrashib qoladi.
Al-Afg'oniy musulmon marifatchilaridan biri bo'lib, butun g'ayratini va bor intellektual kuchini musulmon ummatini g'aflat uyqusidan uyg'otishga sarflar, ijtimoiy-siyosiy tanazzulni yengib, muqim rivojlanish yo'lidan borishga undardi. U musulmon xalqlarning ko'zini ochishga, ularning haq-huquqlarini tushuntirishga, siyosiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishga intilardi. Birinchi uchrashuvdayoq Muhammad Abdo unga kelajagi bor yigitdek tuyuldi. Al-Afg'oniy uning g'ayratli, aqlli, insofliligini ko'rib, g'oya uchun fido bo'lishga tayyorligini sezdi. O'z navbatida, Muhammad o'quv davrida ustozi al-Afg'oniy11 ko'magida haqiqatning uning uchun mavhum bo'lgan boshqa jihatlari borligini angladi. Maqsad va fikr birligi ikki olim nafaqat maslakdosh, hatto, yaqin do'st bo'lishiga ham sabab bo'ldi.
Abdo al-Azharda dars berayotgan vaqtda Misr davriy matbuoti, ko'proq "al-Ahrom" uchun maqolalar yozardi. Misrda Taufiq hadiv bo'lganida hukumatni Riyad posho boshqardi. U islohotni amalga oshirish niyatlarining jarchisi bo'lgan "Al-vaqai
10 Adams Charls. Islam and Modernism in Egypt. - London, 1933. - P.25.
11 Kedourie E. Afghani and 'Abduh: An Essay on Religious Unbelief and Political Activism in Modern Islam. -London: Frank Cass, 1997.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
al-misriy" 12 ("Misr voqealari") ro'znomasini tashkil etdi. Bosh muharrirlik lavozimini Muhammad Abdoga topshirdi va u oddiy ro'znomani haqiqatan ham ijtimoiy islohot va islom davati jarchisiga aylantirdi.
Muhammad Abdo inglizlarga qarshi chiqqan Urobiy posho qo'zg'olonida13 (1879-1882) qatnashgani uchun Misrdan badarg'a qilindi. 1883-yilda, Bayrutda yashab turgan paytida, al-Afg'oniy uni Parijda birga ishlashga taklif etdi. Ular Fransiyada "Al-urvat al-vusqa" ("Mustahkam rishtalar") nomli ro'znoma nashr qila boshlashdi.14 Lekin inglizlar siyosatiga qarshi yo'naltirilgan, mustamlakachilarga qarshi kurashga da vat etadigan maqolalar fransuz hokimiyatiga yoqmadi, o'n sakkizinchi jildi chiqqanidan keyin ro'znoma inglizlar tazyiqi ostida yopildi. Hafsalasi pir bo'lgan Abdo 1885-yilda Bayrutga qaytdi. 15 Umid bog'langan qo'zg'olon daf etildi, ancha kuch sarflangan ro'znoma yopildi, qadrdon do'sti al-Afg'oniy yiroqda - Eronga ketgan edi.
Abdo ilmiy va pedagogik ijodga sho'ng'iydi. U Bayrutdagi bir necha masjidda, keyin "as-Sultoniya" maktabida tavhid, mantiq, ritorika, tarix va huquqdan dars beradi, o'quv dasturlarini isloh qiladi. Uning maqolalari Bayrut ro'znomasi "Samarat al-funun" ("Fan mevalari") da chop etila boradi.
1889-yilda Abdo inglizlar nazorati ostiga tushib qolgan Misrga qaytadi. Olim al-Azhar universiteti, vaqflar vazirligi, shariat mahkamalari kabi islomiy muassasalarni isloh qilish muhimligiga yanada iqror bo'ladi. O'zining islohlar loyihasini Misrning haqiqiy boshqaruvchisi bo'lgan general-gubernator, Misr rezidenti lord Kromerga yuboradi. Shayx Muhammad Abdo Dar ul-ulumning rektori lavozimini mo'ljal qilgandi. Lekin inglizlar va hadivning rejalari boshqacha edi. U Banxda, az-Zakazikda, keyin Abidinda xalq mahkamasining qozisi etib tayinlandi. 1895-yili appelyatsiya maahkamasi maslahatchisi bo'ldi. U al-Azharda islohot o'tkazilishiga, talabalar stipendiyasi oshirilishiga, ularning hayoti yaxshilanishiga, zamonaviy o'qitish usullari qo'llanilishiga, dunyoviy fanlar talim dasturiga kiritilishiga alohida etibor qaratdi.
Muhammad Abdo o'z maqolalari bilan "al-Ahram", "al-Muqtataf" va boshqa ro'znomalarda faol qatnashdi. Islom islohchiligi ruhidagi g'oyalarni tarqatish niyatida 1898-yilda "al-Manar" ("Mayoq") jurnalini ta sis etdi. Yaqin shogirdi livanlik huquqshunos Rashid Rida (1865-1935) muharrirlikka tayinlandi. "Al-Manar"
12 von Kügelgen, Anke. "'Abduh, Muhammad". In Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis; Nawas, John; Rowson, Everett K. (eds.). Encyclopaedia of Islam, THREE. Vol. 3. - Leiden and Boston: Brill Publishers, 2007.
13 Malyukovskiy M.V. Misrdagi musulmon islohotining dastlabki bosqichi // Sharqshunoslik institutining ilmiy yozuvlari. T. XVII. - M., 1959.
14 Sedgwick Mark. Muhammad Abduh: Makers of the Muslim World. One World, 2013. - P p. 56.
15 Kerr, Malcolm H. (2010). "'Abduh Muhammad". In Hoiberg, Dale H. (ed.). Encyclopedia Britannica. Vol. I: A-ak Bayes (15th ed.). - Chicago, IL: Encyclopedia Britannica Inc, 2010. - Pp. 20-21.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
sahifalarida ilohiyot, shariat masalalari islom islohchiligi ruhida yoritilardi, arablar tarixi, arab tili va adabiyotiga oid maqolalar, adabiy asarlardan parchalar nashr etilardi. Jurnalning vazifasi asl islom g'oyalarini tarqatish, uning hozirgi zamon ilmiy va ijtimoiy tafakkuriga mosligini isbotlash hamda musulmonlarni diniy bag'rikenglik ruhida tarbiyalash, keng omma orasida marifat tarqatishdan iborat edi.
1889-yilda Muhammad Abdo Misr muftiysi lavozimiga tayinlandi, o'sha yili u Misr Qonun chiqaruvchi Kengashiga azo bo'ldi va umrining oxirigacha ushbu lavozimlarda turdi. Muhammad Abdo inglizlar bilan kelishib, siyosiy kurashdan voz kechib, o'z islohlarini hayotga tatbiq etishni maqul deb topdi.
Muhammad Abdo tasavvufga qiziqib yurgan davrida (1874) "Risalat al-Varidat" ("Mistik ilhomlanish haqida risola") asarini yozgan, unda taniqli tasavvuf nazariyotchisi Muhiddin al-Arabiyning talimotini bayon qilgandi. O'shanda tasavvuf talimoti o'zining manaviy jihati, manaviy barkamollikka yetishish, botiniy imonga ega bo'lish talablari, rasmiy aqidaparastlikka tanqidiy nazari bilan Muhammad Abdoni o'ziga rom etgandi. U keyinchalik bu talimotdan voz kechdi. Uning Quronni ratsionalistik ruhda talqin etishga intilishi besh tomlik nufuzli "Tafsir ul -Quron al-Hakim"da ifoda etildi. Muallif bu tafsirni oxiriga yetkaza olmadi, uni shogirdi Rashid Rida davom ettirdi.
Abdoning boshqa yirik asari "Risalat at-tavhid" ("Yakkaxudolik haqida risola") 1897-yilda chiqqan.16 Unda mutafakkirning diniy-falsafiy qarashlari bayon etiladi. Bu asar "as-Sultoniya" madrasasida 1885-yilda o'qilgan maruzalardan tuzilgan. Uning matnini ukasi Hammuda Bey Abdo yozib olgan. 1908-yilda Rashid Rida ilovalari va tuzatishlari bilan "Risalat at-tavhid"ning ikkinchi nashri chiqdi. Asar 1925-yilda fransuz va 1966-yilda ingliz tillarida chop etildi. Inglizcha nashri "The Theology of Unite"17 ("Birlik ilohiyoti") deb nomlangan.
Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug'ullangan paytlarida "Ritorika kursiga tafsirlar", "Badi az-Zamon al-Hamadoniy" asarlari nashr etildi. Maqolalari "Al-urva al-vusqa", "Al-Ahram", "Al-Muqtataf" ro'znomalarida va "al-Manar" jurnalida hamda boshqa nashrlarda chop etildi. Bu asarlarning ko'pchiligi diniy islohchilik, ijtimoi-siyosiy va falsafiy masalalarga bag'ishlangan edi. Abdoning merosi taxminan 30 asardan iborat bo'lib, ularning ko'plari yo'qolgan.18
Abduh avliyolarni haddan tashqari hurmat qilishni qattiq qoralaganiga qaramay, tasavvuf va g'azzoliy kosmologiyaga xayrixoh edi. U o'zining ustozi Jamolning falsafiy va tasavvufiy ta'limotlarini ifoda etgan "Risolat al-voridat fi Sirr at-
16 Büssow Johann. "Muhammad 'Abduh: The Theology of Unity (Egypt, 1898)", 2016. - Pp. 141-159.
17 Kerr Malcolm H. "'Abduh Muhammad". In Hoiberg, Dale H. (ed.).//Encyclopœdia Britannica. Vol. I: A-ak Bayes (15th ed.), 2010. - Chicago, IL: Encyclopedia Britannica Inc. pp. 20-21
18 Babayeva E. Ma'rifat yo'lida. -T.: "Fan va texnologiya", 2012. - 45.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Tajalliyat" ("Vahiylar sirlaridan tasavvufiy ilhomlar haqida risola") risolasida islomning falsafiy va ezoterik so'fiylik an'analarini izohlar edi. Din al-Afg'oniy, Ibn Arabiy va Ibn Sino kabi o'rta asr so'fiy avliyolari va faylasuflarining ma'naviy g'oyalarini o'zida mujassam etgan. Abdulloh al-Afg'oniyning ko'rsatmalarini tasvirlash uchun ishlatadigan til Ishroqiy falsafani ifodalovchi aniq so'fiylik doirasiga asoslangan edi. Risolada xudoning borligi va uning tabiatining falsafiy dalillarini asoslash, so'fiylik kosmologiyasini ishlab chiqish va bashorat haqida ratsionalistik tushunchalar ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqildi. Abduh tasavvufiy islom faylasuflari tomonidan ishlab chiqilgan «Vahdat ul-vujud» kosmologik ta'limotiga amal qilgan bo'lib, bu ta'limotga ko'ra, Alloh va uning ijodi birga mavjud va birga abadiydir. 19 Abduh so'fiy faylasuf va avliyo Ibn Arabiy, Suhravardiy va boshqalarning "Vahdat ul-vujud" ta'limotini himoya qilib, shunday yozgan edi:
... iymon keltiramiz: Uning borligidan boshqa borliq va sifatidan boshqa hech qanday sifat (vasf) yo'qdir. U mavjud va boshqa hech narsa mavjud emas. Mo'minlarning birinchi qo'mondonlari (al-umaro'ul-avvalun), Alloh ulardan rozi bo'lsin, Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhu aytdilar: "Sizlar Allohni oldida, orqasida va ichida ko'rmay turib, hech narsani sezmaysizlar. u yoki u bilan''. ... Bu mujassamlik (hulul) ga e'tiqod degan xayolga tushmang. Inkarnasyonizm ikki mavjudot o'rtasida, biri ikkinchisiga aylanganda sodir bo'ladi. Lekin biz ishonamiz: Uning borligidan boshqa mavjudot yo'q.20
Muhammad Abdo merosi tadqiqotchilaridan biri, yirik olim Usmon Amin "Misr tafakkurining yaratuvchisi imom Muhammad Abdo" ("Raid al-misriy al-imam Muhammad Abdo") asarini Qohirada 1955-yilda nashr ettirgan. Unda muallif Abdoning diniy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tahlil etgan, uning asarlaridan parchalar keltirgan. Muhammad Abdoning nomi butun musulmon olamida tanishdir. Uni "buyuk islohchi", "Misr va islom kelajagining payg'ambari", "XX asr arab-musulmon tafakkurining yaratuvchisi", deb hisoblashadi.
U juda ko'p sayohat qildi, Kembrij va Oksfordda yevropalik olimlar bilan uchrashdi. U fransuz huquqini o'rgangan, Vena va Berlin kutubxonalarida ko'plab yirik Yevropa va arab adabiy asarlarini o'qigan. Uning sayohatlaridan kelib chiqqan xulosalar shundan iboratki, musulmonlar o'z dinlarini bilmaslik va nohaq
19 Scharbrodt Oliver. "The Salafiyya and Sufsm: Muhammad 'Abduh and his Risalat al-Waridat (Treatise on Mystical Inspirations)". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London. Cambridge University Press. 70 (1), 2007. - Pp. 89-115.
20 Scharbrodt Oliver. "The Salafiyya and Sufism: Muhammad 'Abduh and His Risalat al-Waridat (Treatise on Mystical Inspirations)". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London, 2007.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
hukmdorlarning mustabidligidan aziyat chekmoqda. 21 Abdo 1905-yil 11-iyulda Iskandariyada buyrak hujayrali karsinomasi tufayli vafot etdi.
Bugungi kunda Sharq faylasuflarining falsafiy qarashlarini tahlil qilish dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Shu bilan birga Muhhammad Abdoning falsafiy qarashlarini tahlil qilib, yosh avlodga yetkazib berishning ahamiyati cheksizdir.
Men ushbu maqolaga xulosa sifatida shuni aytamanki, islom reformatori va arab modernisti bo'lgan Muhammad Abdo nafaqat XX asrda balki hozirgi XIX asrda ham jamiyatimizga, madaniyatimizga, dinimizga va umuman hayotimizga muhim tasir ko'rsatuvchi inson hisoblangan. Muhammad Abdoning diniy-falsafiy g'oyalarini bugungi kunimizga ham o'zimizga asos qilib olsak noto'g'ri emas, deb o'ylayman. Ushbu maqolada keltirilganidek mutafakkirning g'oyalarida ratsionalizm, modernizm, islohchilik, ma rifatparvarlik qarashlari asosiy o'rin egallagan. Shu jihatdan Muhammad Abdo haqida keltirilgan barcha fikrlar aniq va to'g'ri berilgan, deb hisoblayman. Ushbu islom olimi va uning yetuk asarlari orqali xalqimiz o'z hayotida mustaqillikka, marifatparvarlikka jalb qilinganining guvohi bo'lamiz. Shuni tan olish kerakki, bu inson shunchaki o'qituvchi emas, haqiqiy arab-musulmon tafakkurining yaratuvchisi bo'lgan.
REFERENCES
1. Babayeva E. Ma'rifat yo'lida. -T.: "Fan va texnologiya", 2012. - 124 b.
2. Zimney, Michelle. "Abduh, Muhammad (1849-1905)". In Campo, Juan E. (ed.). Encyclopedia of Islam. Encyclopedia of World Religions. - New York: Facts On File, 2009. - Pp. 5-6.
3. Karim Vissa. 1798-1921 yillarda Misrda masonlik// Yaqin Sharq tadqiqotlari bo'yicha Britaniya jamiyati byulleteni, 16-jild, № 2, 1989.
4. Xuan R.I.Koul. Muhammad' Abduh va Rashid Rida: Bahoiy e'tiqodi bo'yicha suhbat// Jahon buyurtmasi jildi. 15,3-4 (bahor / yoz 1981). Pp.7-16.
5. Arthur Goldschmidt. Biographical Dictionary of Modern Egypt, Lynne Rienner Publishers, 2000. - P. 10.
6. Kedourie, E. Afghani and 'Abduh: An Essay on Religious Unbelief and Political Activism in Modern Islam. - London: Frank Cass, 1997.
7. von Kügelgen, Anke. Abduh, Muhammad. In Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis; Nawas, John; Rowson, Everett K. (eds.). Encyclopaedia of Islam, THREE. Vol. 3. - Leiden and Boston: Brill Publishers, 2007.
21 von Kügelgen, Anke (2007). "'Abduh, Muhammad". In Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis; Nawas, John; Rowson, Everett K. (eds.). Encyclopaedia of Islam, THREE. Vol. 3. Leiden and Boston: Brill Publishers.
XULOSA
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
8. Sedgwick Mark. Muhammad Abduh: Makers of the Muslim World. One World, 2013. - P. 56.
9. Kerr, Malcolm H. "Abduh Muhammad". In Hoiberg, Dale H. (ed.). Encyclopedia Britannica. Vol. I: A-ak Bayes (15th ed.). - Chicago, IL: Encyclopedia Britannica Inc, 2010. - Pp. 20-21
10. Ahmed H. Al-Rahim. Islom va Ozodlik// Demokratiya jurnali 17 (1), 2006. -Pp. 166-169.
11. Scharbrodt Oliver. "The Salafiyya and Sufsm: Muhammad 'Abduh and his Risalat al-Waridat (Treatise on Mystical Inspirations)". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London, Cambridge University Press. 70 (1), 2007. - Pp. 89-115.
12. Malyukovskiy M.V. Misrdagi musulmon islohotining dastlabki bosqichi // Sharqshunoslik institutining ilmiy yozuvlari. T. XVII. - M., 1959.
13. Xurani Albert. Liberal davrda arabcha tafakkur. 1798-1939 yillar. - L.-N.Y.-Toronto, 1962.
14. Rida Rashid. Tarix al-ustoz al-imom ash-shayx Muhammad Abdo (Ustozimom shayx Muhammad Abdo hayoti haqida hikoya). T. 1. Qohira, 1931: T. 2, Qohira,
15. Abdo Muhammad. Risolat at-tavhid (Tavhid haqida risola). Qohira, hijriy 1346/
16. Abdo Muhammad. Al-islom va an-nasroniyya m 'a al-ilm va al-madaniyya (Islom va nasroniylik fan va sivilizatsiyaga qarshi). 3-nashr. Qohira, 1923. AlMisak. Qohira, 1962/
17. Adams Charls. Islam and Modernism in Egypt. - London, 1933.
18. Büssow Johann. "Muhammad Abduh: The Theology of Unity (Egypt, 1898)". In Bentlage, Björn; Eggert, Marion; Krämer, Hans-Martin; Reichmuth, Stefan (eds.). Religious Dynamics under the Impact of Imperialism and Colonialism. Numen Book Series. Vol. 154. - Leiden and Boston: Brill Publishers. 2016.
1939.