Научная статья на тему 'XVIII ASR OLIMI MUSOXON DAHBIDIY HAYOTI ILMIY FAOLIYATI'

XVIII ASR OLIMI MUSOXON DAHBIDIY HAYOTI ILMIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
110
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf / tariqat / naqshbandiya / mujaddidiya / shayx / murid / murshid / irfon / ihvon / jahr zikri / samoa / pir / silsila. / Sufism / tariqah / naqshbandi / mujaddidiya / sheikh / murid / murshid / irfan / ihwan / jahr zikr / samoa / pir / silsila.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Durdona Asadullayeva, Dilzoda Nazimjonova

A’zam Kosoniy Dahbidiyning avlodlaridan bo’lgan XVIII asr yetuk olimi Musoxon Dahbidiy o’z davrining “Hidoyat chirog‘i” nomini olgan naqshbandiya-mujaddidiya sulukining iste’dodli nazariyotchisi va murshidi hayot yo’li hozirgi kunda ham o’z ahamiyatiga ega. Maqolada aynan ushbu ilm egasining hayoti, ilmiy faoliyati va keying davrdagi ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LIFE AND SCIENTIFIC WORKS OF THE XVII CENTURY MUSAKHAN DAHBIDIY

Musakhan Dahbidi, a great scholar of the 18th century and a descendant of Azam Kasani Dahbidi, is a talented theorist and murshid of the Naqshbandi-Mujaddidiya leech of his time, known as the “Light of guidance”. The article provides information about the life, scientific activity and significance of this scientist in the future.

Текст научной работы на тему «XVIII ASR OLIMI MUSOXON DAHBIDIY HAYOTI ILMIY FAOLIYATI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

XVIII ASR OLIMI MUSOXON DAHBIDIY HAYOTI ILMIY FAOLIYATI

Durdona Asadullayeva Dilzoda Nazimjonova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti talabalari

ANNOTATSIYA

A'zam Kosoniy Dahbidiyning avlodlaridan bo'lgan XVIII asr yetuk olimi Musoxon Dahbidiy o'z davrining "Hidoyat chirog'i" nomini olgan naqshbandiya-mujaddidiya sulukining iste'dodli nazariyotchisi va murshidi hayot yo'li hozirgi kunda ham o'z ahamiyatiga ega. Maqolada aynan ushbu ilm egasining hayoti, ilmiy faoliyati va keying davrdagi ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Tasavvuf, tariqat, naqshbandiya, mujaddidiya, shayx, murid, murshid, irfon, ihvon, jahr zikri, samoa, pir, silsila.

THE LIFE AND SCIENTIFIC WORKS OF THE XVII CENTURY MUSAKHAN

DAHBIDIY

ABSTRACT

Musakhan Dahbidi, a great scholar of the 18th century and a descendant of Azam Kasani Dahbidi, is a talented theorist and murshid of the Naqshbandi-Mujaddidiya leech of his time, known as the "Light of guidance". The article provides information about the life, scientific activity and significance of this scientist in the future.

KEYWORDS: Sufism, tariqah, naqshbandi, mujaddidiya, sheikh, murid, murshid, irfan, ihwan, jahr zikr, samoa, pir, silsila.

Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy-ma'naviy hayotini o'rganishda islom tarixini ilmiy asosda tadqiq qilish muhim o'rin tutadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, avvalo, islom ta'limotining ajralmas qismi sanalgan tasavvuf tariqatlarining o'rta asrlardan boshlab Markaziy Osiyo mintaqasi ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o'ynaganini ta'kidlash o'rinlidir. Bu tariqatlar o'z taraqqiyoti davomida mahalliy urf-odatlar va madaniyatga islomiy an'analarni moslashtirish hamda siyosiy hayotda yetakchilik qilgan.

Tarixiy ildizi Xojagon-Naqshbandiya tariqatiga borib taqaladigan Mujaddidiya tariqati Markaziy Osiyoda keng yoyilgan bo'lib, bu sulukning hududda yetakchi tariqatga aylanishi bevosita ta'sir etgan.

Tasavvufda o'ziga xos o'rin egallagan naqshbandiya-mujaddidiya tariqati XVIII asrda yashab o'tgan Muhammad Musoxonxo'ja ibn Isoxo'ja Dahbidiy (vaf. 1776 y.)

225

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

naqshbandiya tariqatining yirik vakili va nazariyotchisi sanaladi. Musoxon Dahbidiyning to'liq ismi Muhammad Musoxonxo'ja ibn Muhammad Isoxo'ja ibn Muhammad Boboxo'ja ibn Muhammad Roziqxo'ja ibn Abdulmo'minxoja ibn Xojahoshim ibn Muhammad Aminxo'ja (Xojai Kalon) ibn hazrat Maxdumi A'zamdir. U Maxdumi A'zam Kosoniy (vaf. 1542 y.)ning yettinchi avlodi bo'lib, Samarqanddan 15 km. shimol tarafda joylashgan Dahbid mavzesida dunyoga kelgan. Dahbidiyning tug'ilgan sanasi borasida xilma-xil fikrlar mavjud. Mazkur shaxsning hayoti bilan shug'ullanganlar orasida ham ushbu masala tugal yechimini topmagan. Tadqiqotchi Komilxon Kattayev uning taxminan 1708-1709 yillarda tavallud topgani haqida ma'lumot beradi. Ammo Dahbidiy zamonasiga yaqin davrda yashagan Mir Muhammad Siddiq uning 80 yoshlar chamasi umr ko'rganini yozadi. Uning vafoti esa 1776 yili bo'lgan. (U.Uvatov, 2014) Demak, Dahbidiy taxminan 1698-1699 yillarda tavallud topgan, deyish mumkin.

Dahbidiyning hayoti va faoliyatini bayon etuvchi "Tarixi Xumuliy" va "Tazkirayi Majzubi Namongoniy" asarlarda uning Qo'qon, Namangan, Kosonsoy va Farg'onaga qilgan safarlari haqida batafsil ma'lumot beriladi. Musoxon Dahbidiyning yoshligi Movarounnahrda iqtisodiy va siyosiy tanazzul jarayonlari kechayotgan bir pallaga to'g'ri kelgan. Shu bois dastlabki tahsilni Samarqanddagi Tillakori madrasasida olgan Dahbidiy ilm olish istagida otasi bilan Hisor yaqinidagi Qarnak qabilasiga - tog'asi Muhammad Rizo Karnaviy yoniga borgan. Muhammad Rizo Hisordagi kubroviya tariqatining ko'zga ko'ringan shayxlaridan edi. Bir qancha vaqtdan so'ng Musoxon Dahbidiy amakisining maslahati bilan haj ziyoratiga otlanadi. Kashmir tomon yo'lda naqshbandiya-mujaddidiya tariqatining shayxi - Ahmad Sirhindiy avlodidan bo'lgan Miyon Obid Jahonobodiy (vaf. 1738-39 y.) bilan tanishadi va uning muridi bo'lib qoladi.

Majzub Namangoniy va Jumaquli Xumuliyning asarlarida qayd etilishicha, Musoxon Dahbidiy tasavvuf borasidagi ilk ta'limni tog'asi Muhammad Rizoxoja Qorabog'iydan olgan. Tog'asining qo'lida bir yil tarbiya olgandan so'ng uning ko'rsatmasi bilan Hindistonga borgan va u yerda podshoh saroyida sipoh, ya'ni askar sifatida xizmat qilgan. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, Dehli shahridagi mujaddidiya tariqatining piri murshidi Miyon Muhammad Obid Jahonobodiyga shogird tushgan. Shayx Muhammad Obid Dahbidiyga to'rt tariqat: Naqshbandiya, Qodiriya, Suhravardiya va Chishtiyaga rahbarlik qilish ijozatini bergan.

U esa o'z navbatida Mujaddidi alfi soniy Ahmad Sirhindiyning o'g'li Abdulahadning farzandi bo'lgan. Xumuliy shunday yozadi: "Bas, maxfiy qolmasinki, hazrati Eshon (Musoxon) janobi Shayxul-mashoyix Miyon Muhammad Obidning muridlaridan. Ul zot esa hazrati shayx Abdulahad Sajjodanishini xozini-r-rahmaning

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

muridlaridandir. Hazrati Miyon Muhammad Said Amin hazrati eshon urvatul-vusqo Valiy Qayyumning inisidir. Miyon Muhammad Ma'sum esa Mahbubi Hamadoniy Mujaddidi alfi soniy Imom Rabboniy Miyon Shayx Ahmad Sirhindiy Gujarotiy Foruqiyning farzandi arjumandlaridir".

Naqshbandiya tariqati hindistonlik shayx Ahmad Imom Sirhindiy Rabboniy (1564-1624) dan so'ng naqshbandiya-mujaddidiya, ya'ni "yangilangan" deb yuritila boshlandi. Bu Muhammad (a.s.)ning: "Alloh har yuz yilda bitta O'z dinining yangilovchisini yuboradi", - degan hadislaridan kelib chiqqan bo'lsa, ikkinchidan, imom Rabboniy zamonasining eng ko'zga ko'ringan ulamolaridan biri sifatida "mujaddidi alfi soniy", yani "hijriy ikkinchi ming yillikning yangilovchisi" deb e'tirof etilganiga ishora edi. Bundan kelib chiqadiki, mujaddidiya tasavvufga rahnamolik qilgan turli shaxslarga nisbatan zohiran qo'llaniladigan atama emas, balki Ahmad Sirhindiy nomi bilan bog'liq bo'lib, uni istilohiy ma'nodagina qo'llash to'g'ri bo'ladi.

Musoxon Dahbidiy hazrat Muhammad Obid huzurida tasavvufning sirlarini o'rganish bilan birga, o'sha yerlik olimlardan tafsir, fiqh, hadis, mantiq, balog'at, sarf-nahv kabi ilmlarni ham puxta o'zlashtiradi.

Xumuliy Musoxon Dahbidiyga ta'rif beradi, uni "Alloh yo'lidagi soliklarning yo'lboshchisi", "Ogoh toliblarni Haq visoliga yetkazuvchi", "Hidoyat vodiysining Xizri", "Tariqat qonunlarini yo'lga qo'yuvchisi", "Naqshbandiya tariqatining tiriltirguvchisi" kabi yuksak darajadagi alohida ta'riflar bilan zikr qiladi. Uning nasabi haqida so'z yuritib shunday deydi: "Ulug'larning xonadonidandir, Maxdumi A'zam nomi bilan mashhur G 'avsul-akram, qutbi olam Mavlono Xoja Kosoniy Dahbidiyning ulug' nabiralaridan edi". (K.Kattayev, 2014)

Tarixi Xumuliyda keltirishicha: "Muhammad Rahimxon zamonasining oxirlaridan to Ma'sum davronining boshlarigacha ul insonlar sarvari, hidoyat chirog'i - valoyat quyoshining nuridan jannatmakon irshod masnadi (ya'ni, Dahbid) munavvar bo'ldi. Dahbid zamini ul umid mabdai (Musoxon Dahbudiy)ning sharofatidan shunday ravnaq topdikim, Eram gulzori va haram bo'stonlari uning purshukuhligidan rashk qilar edilar. Irshod masnadi ul gavs vujudining ziyosidan zeb va oro topdi. Xos va om yuzini ilohiy banda bo'lmish ul olampanohning dargohiga tikdi" Ushbu ma'lumot Musoxon Dahbidiyning oddiy xalq orasidagi ijtimoiy-siyosiy mavqeini belgilagan holda uning o'zi yashab turgan hududdagi yuksak ta'sir doirasini ko'rsatadi. Ma'lum bo'ladiki, o'sha davrda Musoxon Dahbidiy o'zining bilimi, zakovati, taqvosi, shirin suhanligi hamda tariqat piri-murshidi sifatida xalq orasida mashhur bo'lgan. Bu holat, albatta, mintaqadagi ijtimoiy hayotga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmagan. Oddiy xalq bilan bir qatorda amaldorlar, mulk egalari, hatto xukmdorlar ham Musoxon Dahbidiyga murid

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bo'lganlar. Bu esa, o'z navbatida, uning pir sifatida ularning barchasiga ma'lum ma'noda ko'rsatma bergan, degan fikr bildirishga asos bo'ladi.

1756 yillarda Musoxon Dahbidiy va uning izdoshlari Hindistondan Samarqandga ko'chib o'tgan. Musoxon Dahbidiyning faoliyat doirasi butun Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Xuroson, Hindiston o'lkalarini o'z ichiga qamrab olgan. Musoxon Dahbidiy vafotidan so'ng Mujaddidiya tariqatining nazariy ko'rsatmalari va g'oyalari dastlabki to'rt xalifa: Xalifa Xudoyor (XVIII asr), Xalifa Siddiq (1727/1731-1795/6), Xalifa Muhammad Amin Bog'ibalandiy (Eshoni piri Soniy) (vaf. 1814), Mavlono Abdulqayyum Kashmiriy (1708-1802) va boshqa bir qancha shogirdlari tomonidan ilgari surildi va rivojlantirib borildi.

Musoxon Dahbidiy 1776 yili Samarqandda vafot etgan. Makur olim Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Dahbed qo'rg'onidagi Maxdumi A'zam qabristoniga dafn etilgan. Vafotidan ta'sirlanib Xumuliy quyidagi marsiyani bitgan:

Ko' Sulaymone ki taxtash kursiyi irshod bud,

Az zamin to osmon hukmash ravon chun bod bud.

Mazrai Dahbidiyon sabz az sahobi dasti u,

Sarvi in gulshan zi bori bebari ozod bud.

Ma'nosi: U shunday Sulaymonki, (uning) taxti irshod hidoyat) kursisi edi, yerdan osmongacha (uning) hukmi joriy edi. Dahbudiylarning ekinzorlari (uning) qo'lining bulutidan yam-yashil edi. Bu gulshanning guli mevasizlik yukidan xoli edi. (K.Kattayev, 2014)

Dahbediyning ilmiy me'rosiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Maxdumi A'zam tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, naqshbandiylik ta'limotini rivojlantirdi.

Uning "Asror an-nikoh" ("Nikoh sirlari"), "Ganjnoma" ("Boylik haqida risola"), "Risolatun sam'iyyatun" ("Samo' risolasi"), "Bayoni zikr" ("Zikr bayoni"), "Risolai silsilai Xo'jagon" ("Xo'jagon silsilasiga oid risola"), "Me'roj-ul- oshiqiyn" ("Oshiqlar me'roji"), "Murshidu-solikiyn" ("Soliklar murshidi"), "Risolai Naqshbandiyya", "Risolat an-vujudiyyatun" ("Vujudlar haqida risola") kabi 30 dan ortiq risolasi bor. Mahdumi A'zamning tasavvuf ta'limotiga oid fikrlari Naqshbandiya nazariyasiga asoslangan. Allomaning fikricha, Naqshbandiya tariqati uch zaruriy qoidaga bo'lingan: 1) Ihvon (birodarlik). Ya'ni tariqat a'zolari xatti-harakatlarida hamdard, hamnafas va hamfikr bo'lishlari lozim; 2) Makon (o'rin, mavqe). Har bir tolib murshidining nasixatlariga amal qilib, barkamollikka intilmog'i lozim va shu jarayonda tariqat a'zolari orasida o'ziga munosib mavqe sohibi bo'lib, o'z martabasiga loyiq ish qilmog'i kerak; 3) Zamon. Agar ma'lum bir zamonning xalqlari va qavmlari orasida ziddiyat va ixtiloflar paydo bo'lsa, bular tariqat birodarlarini qarama-qarshiliklarga keltirmasligi lozimdir. Ammo Mahdumi A'zam fikricha, ushbu qoidalar qatoriga yana bir muhimini

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

qo'shmoq darkor - Xon. Ya'ni, tariqat faoliyatining samaralari xalqqa yetib borishi uchun, so'fiy toifalarining murshidlari amirlaru Sultonlarga yaqinroq bo'lmog'i kerak. Asosiy maqsad bu yerda shuki, davlatda osoyishtalik, barqarorlik, fuqarolarni halol mehnat bilan tirikchilik qilishlariga barcha qulay sharoitlar mavjud bo'lsa, unday holda so'fiy shayxlar davlat arboblarini qo'llab quvvatlaydilar.

Musoxon Dahbidiyning Musoxon Dahbidiyning "Va'dat al-vujud" ta'limotini yoqlab chiqqani Imom Rabboniy Ahmad Sirhindiy qarashlariga o'ziga xos yangiliklar kiritganini bildiradi. Bundan tashqari Dahbidiy Sirhindiy qarashlarini ko'r-ko'rona qabul qilmasdan, u ilgari surgan ta'limotning o'ziga ma'qul kelmagan tomonlarini isloh qilishga harakat qiladi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, Ahmad Sirhindiy qayta tiklagan Alo' ad-Davla Simnoniyning "Va'dat ash-shuhud" ta'limoti bilan Ibn al-Arabiyning "Va'dat al-vujud" ta'limoti orasini Musoxon Dahbidiy bosqich-ma bosqichlikda bog'laydi. "Va'dat al-vujud" ta'limotini yoqlab chiqqani Imom Rabboniy Ahmad Sirhindiy qarashlariga o'ziga xos yangiliklar kiritganini bildiradi. (K.Kattayev, 2014)

Mahdumi A'zam asarlarining eng to'la majmuasi O'zR FA Sharqshunoslik universiteti manbalar xazinasida saqlanmoqda. Alloma fikrlari va dunyoqarashlariga asosan al-G'azzoliy (1058-1111), Ibn Arabi (1165-1240), Xoja Muhammad Porso (1348-1420) va boshqa taniqli faylasuf so'fiy olimlarning asarlari ta'sir qilgan. Mahdumi A'zam Naqshbandiya ta'limoti va umuman tasavvuf falsafasini o'z zamoniga moslashtirgan holda yangi g'oyalari bilan boyitdi. "Mirot as-safo" ("Soflik oynasi"), "Asror an-nikoh" risolasida Ibn Arabining "Dunyo azaliy (ilohiy) mavjudotning oynaviy aksi" mavzuidagi nazariyasiga quyidagicha sharh berilgan: Mutlaq va azaliy mavjudotni darvesh yuragining ko'zgusida in'ikos etishi mumkin. Maxdumi A'zam esa: "Har bir inson yuragida bunday ko'zgu mavjud, ammo uni g'ofillik zangi bosgan. Zangni yo'qotish uchun inson tariqatga kirishib, ruhiy kamolotga intilishi lozimdir", deydi. Bu asarlarida ulamolar, sufiy shayxlar va davlat arboblari orasidagi munosabatlarga to'xtalgan. Tariqat odob-u qoidalarida murid va shayx munosabatlari o'zaro hurmat-izzat asosida qurilmog'i lozimligini uqtirgan. Maxdumi A'zam fikricha, tariqat a'zolari xalqqa yaqin bo'lib, uning dardlari va ehtiyojlariga qayg'udosh bo'lsa, bu ham tariqatga, ham xalqqa foydalidir.

Maxdumi Azam Naqshbandiya nazariyasiga yana boshqa islohotlar kiritdi. Jumladan u Naqshbandiya shayxlaridan birinchilar qatorida jahr zikri, samoa va shunga o'xshash tasavvuf marosim tartiblari shariatga xilof emasligini isbotladi va hatto ularni ma'lum bir darajaga yetgan shogirdlari orasida tadbiq etdi. Bunday islohotlarning yagona maqsadi - "Naqshbandiya tariqatini turk (o'zbek) va tojiklar uchun bir xil qilib, yaqinlashtirishdir" Allomaning gapiga qaraganda, Xojagon tariqati "o'zida ko'z

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ko'rmagan va quloq eshitmagan tariqatlarni mujassamlagan va shu sababdan uni tariqatlar sarasi va tuzi, yoxud "Silsilat az-zahab" ("Oltin zanjir") deb atash mumkin.

Musoxon Dahbidiydan keyingi birinchi avlod vakillari davrida tariqat ahli yoki pirlarning siyosiy doiraga mansub odamlarni o'z muridlari safiga kiritishga intilishlari kuchli bo'lgan. Aynan Dahbidiyning xalifalari va muridlari orasidan yetishib chiqqan mashhur naqshbandiy-mujaddidiy shayxlar XVIII-XIX asrlarda Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o'ynadilar. Ular diniy sohada tub burilish yasadilar va hukmron doiralar tomonidan diniy islohotlar o'tkazilishiga sabab bo'ldilar. Chunki, bir necha Mang'it hukmdorlarining davlat boshqaruvi Mujaddidiy shayxlar rahnamoligida kechdi.

Mahdumi A'zamning me'rosi tiklanishi barcha Movarounnahrlik olimlar singari mustaqillik yillariga to'g'ri keldi. Dastlab uning maqbarasi 1998 yilda majmuas sifatida qayta tiklanib, atrofi obodonlashtirildi. Ushbu maqbaraning tarixi quyidagicha: 610 yilda Yalangto'sh Bahodir boshchiligida xonaqoh va daxma, 17-asrda esa katta masjid qad ko'targan. Keyinchalik Maxdumi A'zam avlodlari ham shu yerga dafn qilingan. Nodir Devonbegi tomonidan atrofi devor (bal. 1,4 m) bilan o'ralib, ta'mir ishari olib borilgan.

Bundan tashqari ushbu olimning avlodlaridan bo'lmish sharqshunos, manbashunos olim Komiljon Kattayev tomonidan mo'jazgina Mahmudi A'zam nomli ilmiy-tadqiqot fondi tashkil etildi. Allomaning ilmiy me'rosini o'rganishda ilk nomzodlik dessertatsiyalaridan biri bo'lib Xaydarxon Yo'ldoshxo'jayev tomonidan 2008-yilda himoya qilingan "Musoxon Dahbidiyning naqshbandiya-mujaddidiya tariqati rivojida tutgan o'rni" nomli ilmiy ish maydonga chiqdi, bundan tashqari Mahmudi A'zamning hayoti va me'rosiga bag'ishlangan maqolalar, risolalar, tarjima asarlari ustida ish olib borildi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Musoxon Dahbidiy naqshbandiya-mujaddidiya sulukining nazariy rivojiga katta hissa qo'shdi, tariqat ta'limotini asarlari orqali Qur'on va sunna asosida qayta ishlab chiqdi. Musoxon Dahbidiy bu tariqatni Movarounnahrga qaytarib olib keldi va rivojlantirdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Yurtimiz allomalari /mas'ul muharrir U.Uvatov. - Toshkent: Nihol, 2014.

2. Uvatov U. / Buyuk allomalar yurti / - Toshkent: O'zbekiston, 2020.

3. Kattayev K. /Mahdumi A'zam tarixi va mukammal Dahbidiylar tariqati / -Toshkent: Mashhur-press, 2016.

4. Yo'ldoshxo'jayev H. / "Tarix-i Xumuliy" asari O'zbekiston tarixi bo'yicha noyob manba // Istiqlol yillari: milliy-diniy qadriyatlarning xalqqa qaytishi: O'zbekiston

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Respublikasi mustaqilligining 10-yilligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Toshkent: 2001.

5. Ma'naviyat yulduzlari / - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1999.

6. Yo'ldoshxo'jayev H. / Musoxon Dahbidiyning Naqshbandiya-Mujaddidiya tariqatining rivojidagi o'rni // O'zbekistonning islom sivilizasiyasi rivojiga qo'shgan hissasi: tezislar to'plami. - Toshkent: 2007.

7. https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/mahdumi-azam- 461-1542/ tarix fanlari nomzodi B.Bobojonov maqolasi

8. http://makhdumi-azam.uz/fund/makhdumi-azam-dahbediy-foundation Musoxon Dahbidiy ilmiy-tadqiqot fondi

9. Yo'ldoshxo'jayev H. Musoxon Dahbidiy - tasavvuf nazariyotchisi // Sharq mash'ali. - Toshkent, 2000. - № 1-2.

10. Tasavvuf allomalari. K.kattayev// G'ofur G'ulom nashriyot matbaa ijodiy uyi. -Toshkent, 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.