Научная статья на тему 'AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G’OYALARI'

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G’OYALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
152
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tasavvuf / so’fiy / tariqat / pir / murid / mutasavvif / Yassaviy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Madina Shuhrat Qizi Toshtemirova

Ushbu maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, uning pedogogik qarashlari va g’oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida ko`rsatib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G’OYALARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI

Madina Shuhrat qizi Toshtemirova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, uning pedogogik qarashlari va g'oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida ko'rsatib beriladi.

Kalit so'zlar: tasavvuf, so'fiy, tariqat, pir, murid, mutasavvif, Yassaviy.

Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog'ida Shayx Ibrohim xonadonida tug'iladi. Yetti yoshida otasidan, so'ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo'lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o'rganib, so'ng Turkistonga qaytadi va o'z tariqatiga asos soladi. U so'fiylik g'oyalari, shuningdek, o'z tariqati asoslarini targ'ib etishda she'rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o'z asoslagan g'oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to'g'ridan-to'g'ri "Qur'on" g'oyalari va payg'ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg'ambar Muhammad Alayhis-salom ta'limotida ulug'langan ma'naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo'ylik targ'ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo'lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o'rin tutadi. Ularning barchasida so'fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g'oyalar o'z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko'zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri sifatida e'tirof etiladi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg'ambar Muhammad Alayhissalom ta'limotida ulug'langan ma'naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo'ylik targ'ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo'lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o'rin tutadi. Ularning barchasida so'fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g'oyalar o'z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko'zga tashlanuvchi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri sifatida e'tirof etiladi.

Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko'zlik, o'g'rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan "ko'risha" oladi, nafsga mute bo'lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:

Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg'on, Har kim topsa, rozi bo'lib, bo'yi sung'on Yaxshilarga xizmat qilib duo olg'on, Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo'q. Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg'on, Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg'on, Bu gumrohdin so'rmang savol, yo'lda qolgan, Haqni topgan o'zi pinhon, so'zi pinhon Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga. Banda bo'lsang mehnat tortg'il g'ofil odam, Oqil ersang g'animatdur senga shul dam Omonatdir aziz joning yurma beg'am, Eshitib o'qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.

Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo'lmagan o'lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o'tadi.

Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo'lmagan o'lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o'tadi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo'lini targ'ib qilar ekan, insonni jaholat botqog'idan xalos qilish lozimligiga urg'u beradi. U "Shariatda orif-biloh bo'lishni, tariqatda voqif-asror bo'lishni, haqiqatda komil-mukammal bo'lishni, ma'rifatda daryoyi ummon bo'lishni talab qiladi"

Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g'oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo'lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

REFERENCES

1. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. -Toshkent: G'afur G'ulom, 1993

2. Nasafiy. Hoja Ahmad Yassaviy - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1993

3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.