Научная статья на тему 'XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARIс'

XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARIс Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog kadr / sivilizatsiya / o'qituvchi / standartlar / ta'lim dasturlari / strategiya / tizim / tarkibiy o'zgarishlar / dolzarblik. / pedagogical staff / civilization / teacher / standards / educational programs / strategy / system / structural changes / relevance.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xojamberdiyeva S.K.

Ushbu maqolada o'qituvchilar uchun o'quv, ijtimoiy va kasbiy qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta qiziqish uyg'otayotgan ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta'lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASED ON FOREIGN EXPERIENCES TEACHER TRAINING IN UZBEKISTAN IMPROVEMENT ISSUES

This article discusses the needs of teachers in some disciplines, which are of great interest for both our country and the world community in determining the prospects for the development of the system of educational, social and professional support for teachers. The study analyzes the experience of countries that have achieved high pedagogical education processes due to the training ofpedagogical staff and effective work with them.

Текст научной работы на тему «XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARIс»

Xojmberdiyeva S.K.

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM

Assistent o 'qituvchi

XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'qituvchilar uchun o'quv, ijtimoiy va kasbiy qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta qiziqish uyg'otayotgan ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta'lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: pedagog kadr, sivilizatsiya, o'qituvchi, standartlar, ta'lim dasturlari, strategiya, tizim, tarkibiy o'zgarishlar, dolzarblik.

Khojamberdiyeva S.K.

University of Economics and Pedagogy NTM

Assistant teacher

BASED ON FOREIGN EXPERIENCES TEACHER TRAINING IN UZBEKISTAN IMPROVEMENT ISSUES

Abstract. This article discusses the needs of teachers in some disciplines, which are of great interest for both our country and the world community in determining the prospects for the development of the system of educational, social and professional support for teachers. The study analyzes the experience of countries that have achieved high pedagogical education processes due to the training ofpedagogical staff and effective work with them.

Keywords: pedagogical staff, civilization, teacher, standards, educational programs, strategy, system, structural changes, relevance.

Jahonda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalarni, raqamli boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy qilish asosida samarali foydalanish keng tadbiq etilayotgan bugungi kunda, pedagog kadrlar tayyorlashdagi muammolar inson kapitali sifatining o'sishini susayishiga sabab bo'lmoqda. Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud o'qituvchilik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo'g'in hisoblanadi.

Shu bilan birga ohirgi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida (iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ham) ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yuqori malakali pedagog kadrlar tanqisligi kuzatilmoqda. Respublikamizda ham kadrlar bo'shlig'ini to'ldirish, shu jumladan, umumta'lim maktablarida pedagog kadrlarga

bo'lgan ehtiyojlarni qondirish ob'ektiv zarurat. Ushbu masalalarni hal qilish mexanizmlarini ilg'or horijiy tajribalar asosida ishlab chiqish zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi va ushbu ishning tadqiqot mavzusi sifatida tanlanishiga asos bo'ldi.

Ta'limda ixtisoslashtirishning ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, ta'lim tarmoqlarida moddiy-texnik va innovatsiya tizimining talab darajasida emasligi, oliy ma'lumotli professional pedagog kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta'lim muassasalari (OTM)ning malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari bilan integratsion munosabatlaridagi muayyan muammolarning yuzaga kelishi natijasida xalq ta'limi tizimida ayrim fanlar (boshlang'ich ta'lim, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, fizika va astranomiya) bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyoj qondirilmay qolmoqda.

Pedagoglar tayyorlash hamma davrda aniq tarixiy tavsifga ega va shunday bo'lib qoladi. Keyingi davr Sharq va O'rta Osiyo allomalari, ma'naviyat va ma'rifat darg'alari pedagog kasbi mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifi to'g'risida qimmatli so'zlarni aytganlar. Buni biz Abdulla Avloniy, Oybek, G'afur G'ulom, Abdullo Oripov va kenja avlod ta'limotida yaqqol ko'ramiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-son Qarorida pedagogik ta'lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo'shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy qilish kerakliligi asosiy maqsad ekanligi qayd etilgan. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da ham ushbu mavzu yuzasidan fikrlar yuritilib, bir qancha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu maqolada o'qituvchilar uchun o'quv, ijtimoiy va kasbiy qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta qiziqish uyg'otayotgan ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta'lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi. Ma'lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini, xususan, pedagogikani jamiyatning yangi talablariga muvofiq, tez o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, umuman ta'lim paradigmasining o'zgarishi bilan isloh qilishga katta ahamiyat berilmoqda.

O'zbekistonda salohiyatli pedagogik ta'lim tizimi azaldan mavjud. Shu bilan birga o'zbek pedagogik ta'lim tizimining ijobiy jihatlaridan biri, O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan va mehnat bozorining barqaror bo'lmagan sharoitida pedagogika ta'lim yurti bitiruvchisi o'z kasbi bo'yicha faoliyat yuritmasa ham, shu diplom bilan boshqa sohada o'z faoliyatini davom ettira olish imkoniyati kengligidir. Chet el universitetlarida, shu jumladan, Amerika pedagogika oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining tor doiradagi mutaxasislari mehnat bozori ehtiyojlari va o'zgarishlariga moslashuvida hamda ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchi-mutaxasislarni tayyorlashda muammolar paydo bo'lmoqda. Shunga ko'ra,

O'zbekistonda pedagogika ta'lim yurtlari bitiruvchilarining umumiy va kasbiy malakasi yuqoriligi o'tish davri iqtisodiyoti uchun qulay bo'ldi. Yevropa mamlakatlarida maxsus pedagogika oliy ta'lim muassasalari yo'q, biroq pedagogika institutlarini o'z ichiga olgan yirik universitetlar faoliyat yuritadi. Yevropa standartlariga ko'ra, ta'lim doirasida turli tarmoqlar va kasblar o'rtasida harakatlanishga imkoniyat ko'plab oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim dasturlari orqali ta'minlanadi va ular bo'lajak o'qituvchiga yetarli darajadagi malaka beradi.

Finlyandiyada maktab o'qituvchisi bo'lish uchun juda qattiq tanlovdan o'tish zarur: pedagogika mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12% atrofida maktablarga ishga olinadi. Finlyandiya ta'lim tizimining yana bir ijobiy jihati, kichik guruhlarda o'qitishga ustuvorlik berilishi. Bu shubhasiz, ta'limning yuqori sifatda bo'lishiga olib keladi. Mamlakatda maktab ta'limining muvaffaqiyati maktab o'quvchilarini qo'llab-quvvatlash tizimi bilan ham bog'liq. Finlyandiyada jami iqtisodiyotda bandlar ulushida ijtimoiy ishchilar va psixologlar soni jihatidan, barcha Yevropa mamlakatlari orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Buyuk Britaniyada ham o'qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali o'qituvchi maqomini olish uchun muqobil ta'lim dasturlari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Bular maktab bazasida o'qituvchilarni tayyorlash (School Centered Initial Teacher Training), "tezkor yo'l" (The Fast Track Programs) deb ataluvchi dasturlar va boshqalardir. Bugungi kunda ta'lim sohasida yetakchi o'rinni "aqlli maktablar, ziyoli millat" strategik dasturida o'z aksini topgan mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish paradigmasiga ega bo'lgan Singapur egallaydi. Ushbu strategiyaning asosiy g'oyasi "umrbo'yi ta'lim" g'oyasi bo'lib, u bilan mamlakat kelajagi uzviy bog'liq. Singapurda Finlandiyadagi kabi o'qituvchilik kasbi ijodkorlik hisoblanib, o'qituvchi kasbi ijobiy va jamiyatda sharafli hisoblanadi, shuning uchun, o'qituvchi kasbiga talabgor nomzodlar eng yaxshi deb tan olinishi uchun yetarlicha uzoq va murakkab tanlov jarayonidan o'tadilar. Xitoy dunyoda eng katta aholi soniga ega bo'lgan davlat bo'lganligi sababli ham hukumat qashshoqlikni kamaytirish maqsadida ta'lim tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan. Olib borilgan islohotlar natijasida keyingi 10 yilliklarda Xitoy ta'lim tizimi katta yutuqlarga erishdi. XX asrning o'rtalariga qadar Xitoy iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan bo'lib, qo'l mehnatiga tayangan dehqonchilik bilan shug'ullanishgan. Aholining katta qismi qishloqlarda istiqomat qilgan va ta'limda ko'proq gumanitar fanlar falsafa, tarix va ijtimoiy sohalarga ustuvorlik berilgan.

Xitoy yoshlari uchun pedagogik oliy o'quv yurtlariga qabul qilishning jozibali jihatlaridan biri bepul ta'lim olishning joriy etilishi bo'ldi. Bu bepul ta'lim uchun talabalar OTMni bitirganidan so'ng qishloq maktablarida ikki yil davomida ishlab berishi kerak va keyin boshlang'ich yoki o'rta maktablarda yana o'n yil ishlashlari lozim. Biroq, bunday qat'iy sharoitlarning o'zi o'qituvchilik kasbini olishga bo'lgan qiziqishni oshirish uchun etarli emas. Shuning uchun o'qituvchilar uchun ijtimoiy imtiyozlar va yuqori ish haqi oshishi doimiy ko'zda tutilgan. Amerika, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlarida pedagog kadrlar tayyorlashdagi umumiy tendensiya o'qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, kasbiy malakali o'qituvchini

ish bilan ta'minlash va saqlab qolish, kadrlar siyosatini takomillashtirish, o'qituvchilarni o'z ustida ishlashga jalb etish, professional jamoalarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy kompetentlikni oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarni yo'naltirishdan iboratdir.

Angliya va AQSh universitetlarida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash tizimi ko'p darajali-bakalavr, magistraturadan iborat. Qozog'iston va Rossiyada bakalavr, mutaxassis, magistr sifatida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash tizimi shakllangan. Ta'lim muddati 4 yildan 11 yilgacha belgilangan. Aksariyat o'qituvchilar ta'lim sohasida gumanitar fanlar magistri yoki aniq fanlar magistri darajasi bilan universitetlarni bitirib chiqadilar. O'rta hisobda ma'lum bir mutaxassislik bo'yicha magistr darajasini olgan talabalar 4-5 yil davomida o'qiydi. Hozirgi kunda Angliyadagi davlat maktablarida ta'limning barcha darajalarida (maktabgacha, boshlang'ich, shu jumladan tayyorlov va o'rta ta'lim sinflarida) dars berish uchun malakali o'qituvchi maqomiga ega bo'lish lozim.

Jumladan, maktabgacha ta'lim qamrovining oshishi, 11 yillik umumiy o'rta ta'lim tizimini qayta joriy qilinishi hamda oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash ko'lamining kengayishi munosabati bilan yuqori malakali mutaxassislarga nisbatan yuzaga kelayotgan ehtiyojni o'z vaqtida ta'minlash maqsadida so'nggi yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan xorijiy va mahalliy oliy ta'lim muassasalari faoliyati kengaytirildi, mazkur ta'lim sohasi bo'yicha xorijiy davlatlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etildi. Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablari soni 1990-1991-o'quv yiliga nisbatan 1797 taga ko'payib, 21,6 foizga oshgan. Shundan, shahar joylardagi umumiy o'rta ta'lim maktablari soni yillar davomida o'sib borib, 1990-1991-o'quv yiliga nisbatan 2 188 taga ko'payib, 1,3 barobar oshgan. Qishloq joylarda umumiy o'rta ta'lim maktablari soni 5,1 foizga kamayish tendensiyasi urbanizatsiya jarayoni ta'sirida qishloqlarni shaharga aylantirilishi hisobiga sodir bo'lgan. O'quvchilar soni dinamikasining tahlil natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, 2000-2001 o'quv yiliga nisbatan 199 500 taga ko'payib 3,3 foizga oshgan. O'zbekiston Respublikasida 2000-2001 o'quv yilida 6 083 700 o'quvchi ta'lim olgan bo'lsa, 2010-2011 o'quv yilida 4 695 300 o'quvchi, 2020-2021 o'quv yilida esa 6 283 200 nafar o'quvchi ta'lim olgan. Tahlillar natijasiga ko'ra, o'n yil davomida o'rtacha 19,3 foizga o'quvchilar soni oshib borsa, 2030-yilga kelib O'zbekiston Respublikasida o'quvchilar soni 7 495 858 dan, ya'ni bir yilda 749 585 nafar o'quvchidan oshib ketishi prognoz qilinmoqda.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, shahar joylarda o'qituvchilar soni 2,2 barobarga ortgan bo'lsa, qishloq joylarda 4,0%ga oshgan xolos. Sababi yuqori bilimli kadrlar shahar joylarda qolishmoqda. Bir o'qituvchiga to'g'ri keladigan o'quvchilar soni dinamikasi, kishi Bitta o'qituvchiga to'g'ri keladigan o'quvchilar soni dinamikasi o'rganilganda, o'rtacha ko'rsatkich 2010-2011 o'quv yiligacha -2,4 nafargacha kamayib kelayotgan edi. 1 ta maktabga to'g'ri keladigan o'qituvchi soni yillar mobaynida o'sib borib 2016-2017 o'quv yiliga nisbatan 9 nafarga ya'ni 22,0% ga oshgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablariga o'qituvchilarining qaytishi, so'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta'lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha

amaliy ishlarning amalga oshirilishi, jumladan moddiy va ma'naviy rag'batlantirishlarning muntazam ravishda oshib borayotganligi sababli ushbu o'rtacha ko'rsatkich oshib bormoqda.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalq ta'limi tizimida ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog kadrlar buyurtmasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish asosida tarmoq samaradorligini oshirishda to'planib qolgan yuqoridagi muammolarni xal etish bo'yicha ilmiy jixatdan asoslangan va amaliy ahamiyatga molik bo'lgan fikr muloxazalar, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qoladi.

Adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-son Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida

5. Avesto. Asqar Mahkam o'zbekcha tarjima. -T.:2001. 56-bet

6. F.K.Voros (1975). DEMOCRITUS' EDUCATIONAL THOUGHT, Paedagogica Historica, 15:2, 457-470, DOI: 10.1080/0030923750150206

7. Brickhouse, Thomas C. (2000). The Philosophy of Socrates. Westview Press.

8. Lodge R. C. Plato's theory of education. - Routledge, 2014.

9. Arastu «Mantiq» eramizgacha 384-322 yy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.