Qo'qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va yechimlar
BO'LAJAK MUTAXASSISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI
RIVOJLANTIRISH
Nigora Mallaevna Ochilova
Karshi davlat universiteti, "Pedagogika kafedrasi", pedagogika fanlari nomzodi,
dotsent
ANNOTATSIYA
Bo'lajak mutaxassislarniarni bugungi kun talabi asosida tarbiyalash eng muhim vazifalardan biridir. Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda o'qituvchilar o'rni beqiyosdir. Aynan ta'lim sohasida iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Shuning uchun ham mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta'lim sohasi davlat siyosatining ustivor sohasiga aylandi. Bu esa o'qituvchilar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. O'qituvchi o'z sohasining mohir bilimdoni, muammolarning oqilona yechimlarini topa oladigan, o'z ustida tinimsiz ijodiy ishlab, yangiliklar yarata oladigan, o'quvchilari qalbidan munosib o'rin egallagan bo'lishi lozim. Shuning uchun ham bugungi kunda o'qituvchining kasbiy kompetentligi masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Ushbu maqolada mana shu masalalar atroflicha yoritilgan.
Kalit so'zlar: kasbiy kompetentlik, tadqiqotchilik, eksperimental faoliyat, innovatsion faoliyat, modernizatsiyalash.
РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ
СПЕЦИАЛИСТОВ
Нигора Маллаевна Очилова
Каршинский государственный университет, «Кафедра педагогики», кандидат педагогических наук, доцент
АННОТАЦИЯ
Обучение специалистов с учетом требований сегодняшнего дня является одной из важнейших задач. Роль учителей в осуществлении такого сложного и важного процесса неоценима. Именно в сфере образования готовят специалистов для всех отраслей нашей экономики. Поэтому с первых лет независимости сфера образования стала приоритетным направлением государственной политики. Это возлагает на учителей огромные задачи. специалистов должен быть специалистом в своей области, уметь находить
276
Qo'qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va yechimlar
KokandSatePedagogCaKlnSttute^^^^^^^^^^^^^Pida^
разумные решения проблем, уметь постоянно творчески работать над собой, создавать инновации, занимать достойное место в сердцах своих учеников. Именно поэтому сегодня большое внимание уделяется вопросу профессиональной компетентности учителя. Эти вопросы подробно рассмотрены в этой статье.
Ключевые слова: профессиональная компетентность, исследования, экспериментальная деятельность, инновационная деятельность, модернизация.
DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE
SPECIALISTS
Ochilova Nigora Mallaevna Karshi State University, "Department of Pedagogy", Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor
ANNOTATION
Educating students based on today's requirements is one of the most important tasks. The role of teachers in implementing such a complex and important process is invaluable. It is in the field of education that specialists are trained for all sectors of our economy. Therefore, since the first years of independence, the field of education has become a priority area of state policy. This imposes huge tasks on teachers. A teacher must be an expert in his field, able to find reasonable solutions to problems, be able to constantly work creatively on himself, create innovations, and occupy a worthy place in the hearts of his students. That is why, in today's process, great attention is being paid to the issue of teacher's professional competence.
Keywords: professional competence, research, experimental activity, innovative activity, modernization.
Bugungi kunda har bir davlatning jahon hamjamiyatidagi о'гш uning intellektual salohiyati hamda kadrlarni tayyorlash sifati bilan о'lchanadi. "Bugungi kunda oldimizga qо'ygan buyuk maqsadlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri - bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan
en
chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz" . Butunjahon
57 Barkamol avlod -https:/kspi.uz/
277
O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Т.: Sharq, 1997. - B.5.
^ May 15, 2024
International Scientific and Practical Conference
gogj
gogi
p
muammosiga aylangan kadrlar tayyorlash sifatini zamon talablariga moslashtirish bizning respublikamiz uchun ham o'ta dolzarb hisoblanadi.
Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo'lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo'lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o'z qo'li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi. Demak, O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishida ham inson omilining o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta'lim tizimi oldida katta vazifalar qo'yilmoqda.
O'quvchilarni bugungi kun talabi asosida tarbiyalash eng muhim vazifalardan biridir. Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshiris hda o'qituvchilar o'rni beqiyosdir. Aynan ta'lim sohasida iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Shuning uchun ham mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta'lim sohasi davlat siyosatining ustivor sohasiga aylandi. Bu esa o'qituvchilar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. O'qituvchi o'z sohasining mohir bilimdoni, muammolarning oqilona yechimlarini topa oladigan, o'z ustida tinimsiz ijodiy ishlab, yangiliklar yarata oladigan, o'quvchilari qalbidan munosib o'rin egallagan bo'lishi lozim. Shuning uchun ham bugungi kunda o'qituvchining kasbiy kompetentligi masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu muammo barcha rivojlangan mamlakatlarda mutaxassis tayyorlashning asosiy muammolaridan biriga aylangan.
"Kasbiy kompetentlik" termini o'tgan asrning 90-yillarida kirib keldi. Mutaxassis tayyorlashda kompetentli yondashuv muammosi Amerikalik taniqli lingvist olim N.Xomskiy tadqiqotlari natijasida yuzaga keldi. Bu muammo keyinchalik ko'pgina pedagogik maxsus tadqiqotlarning predmetiga aylandi. (N. V. Kuzmina, A. K. Markova, T. I. Rudneva, G. N. Staynov va b.).
O'qituvchining professional kompetentligi deganda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarur bo'lgan kasbiy va shaxsiy sifatlar yig'indisiga aytiladi.
278
gogj
gogi
p
Kompetentlik terminining lug'aviy ma'nosi (kompetentniy) - yetarli ma'lumotga ega bo'lgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, bilimdon; xabardor, omilkor
CO
degan ma'nolarni anglatadi.
Pedagogik faoliyatini, pedagogik muloqotni yuqori darajada amalga oshiradigan, o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasi sohasida yuqori darajadagi stabil natijalarga erisha oladigan o'qituvchini professional kompetentli o'qituvchi deyish mumkin.
Kasbiy kompetentlikning rivojlanishi - bu ijodiy individuallikning rivojlanishi, pedagogik innovatsiyalarga qiziqishning shakllanishi, pedagogik muhitning o'zgaruvchanligiga moslashuvchanlik qobiliyatidir. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o'qituvchining kasbiy darajasiga bevosita bog'liq. Shuning uchun ham oliy o'quv yurtidayoq bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy kompetentlikka tayyorlash zarur.
Bo'lajak o'qituvchilarni pedagoglik kasbiga munosabatni tarbiyalash va kasbiy moslashtirishga qo'yiladigan zamonaviy talablar, kasbiy moslashuvchanlikni, ijodiy munosabatda bo'lishni shakllantirishning pedagogik-psixologik aspektlarini o'rganish, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining mazkur jarayondagi imkoniyatlari diagnostikasi xulosalariga tayanib, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarda kechadi:
I bosqich. Kasbiy faoliyatga motivatsion yo'nalganlik; kasbiy tasavvur-larning shakllanishi; kasbiy bilimlarning o'zlashtirilishi; kasbiy faoliyat talablarining anglanishi.
II bosqich. Kasbiy faoliyat talablarini o'zlashtirish; kasbiy kompetentsiyalarni bilish, o'zlashtirish, muloqotga kirishish, kasbiy ijodkorlik; faoliyatga innovatsion yondashuvning qaror topishi (maxsus fanlar, pedagogik amaliyot, to'garaklar, ijodiy ishlar, sinfdan tashqari ishlar, mustaqil ta'lim vositasida).
III bosqich. Kasbiy o'z-o'zini anglash, moslashish; kasbiy ko'nikma va malakalarning rivojlanishi; pedagogik qobiliyat va kasbiy sifatlarning shakllanishi (umumkasbiy va maxsus fanlar, o'quv amaliyoti, mustaqil ta'lim vositasida).
Ta'lim tizimidagi o'zgarishlar o'qituvchining doimiy ravishda malakasini oshirishni talab etadi, ya'ni uning kasb-kor darajasini, yoki kasbiy kompetentligini oshirishni talab etadi. Hozirgi jamiyatning asosiy vazifasi - shaxsning faol va perspektivadagi jamiyat va davlatning talablariga javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tayyorlash, jamiyatning sotsial adaptatsiyaga mos qobiliyatga ega kasbiy faoliyatni boshlashga tayyor, o'zining bilimi, ko'nikma va malakasini oshirishga qobiliyatli kadrlarni tayyorlash. Mustaqil fikrlaydigan, faoliyatining
58 Ruscha-o'zbekcha lug'at. Toshkent, 1983 y.456-bet. https:/kspi.uz/
279
gogj
gogi
p
natijasini prognozlay biladigan, ma'lumot jarayonini modellashtira oladigan pedagoggina oldiga qo'yilgan maqsadini amalga oshira oladi. Shuning uchun ham hozirgi davrda mustaqil, ijodiy fikrlaydigan, raqobatbardosh, hozirgi tinimsiz rivojlanib borayotgan talablarga javob beradigan shaxsni tarbiyalaydigan o'qituvchiga talab oshmoqda.
Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda pedagogning professional kompetentligini rivojlantirishning asosiy yo'llarini quyidagicha ko'rsatish mumkin:
• Metodik birlashmalar, ijodiy guruhlarda ishlash;
• Tadqiqotchilik, eksperimental faoliyat;
• Innovatsion faoliyat, yangi pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish;
• Pedagogik qo'llab - quvvatlashning har xil shakllari;
• Har xil konkurslarda faol qatnashish: "Yil o'qituvchisi", festivallar, konkurslar va b.
• O'z ustida tinimsiz ishlash, izlanish, yangiliklar yaratish va hayotda qo'llash;
• O'zining pedagogik tajribasini umumlashtirish;
• AKT dan faol foydalanish.
Agar pedagog o'zining shaxsiy kasbiy komponentligini oshirish zarurligini tushunib yetmasa yuqoridagi ko'rsatilgan vositalarning birortasi ham samara bermaydi. Shuning uchun ham pedagogik yuksalish motivi va uning amalga oshirilishi uchun mos sharoit yaratilishi zaruriyati kelib chiqadi. Shunday sharoit yaratilishi kerakki pedagog o'zi mustaqil o'zining kasbiy sifatlarini oshirish zarurligini tushunib yetsin va unga ehtiyoj tug'ilsin. Buning uchun ta'lim muassasasida demokratik muhit yaratilishi lozim. O'qituvchining ijodiy ishlari qo'llab quvvatlanishi va rag'batlantirilishi uni yangi-yangi ishlarga qo'l urishiga, ijodiy izlanishiga turtki bo'ladi.
O'zining shaxsiy pedagogik tajribasini tahlil qilish pedagogning o'z-o'zining kasbiy rivojlanishini faollashtiradi, buning natijasida tadqiqotchilik malakasi rivojlanadi va bu pedagogik faoliyat bilan integrallashadi. Pedagog maktabni boshqarish jarayoniga jalb etilishi uning kasbiy rivojlanishiga yordam beradi.
Shaxsiy professional sifatlarning rivojlanishi- bu dinamik jarayon bo'lib, kasb sohasidagi tajribalarni o'zlashtirish va modernizatsiyalash, uzluksiz rivojlanish va o'z- ustida ishlash jarayonidir.
Kasbiy kompetentlik shakllanishining uchta etapini ko'rsatish mumkin:
• o'z-o'zini tahlil qilish va o'zini anglashning zarurligi;
• o'z-o'zini rivojlantirish rejasiga ega bo'lish (maqsad, vazifa, uni amalga oshirish yo'llari);
• o'zini ko'rsatish, tahlil qilish va kamchiliklari ustida ishlash.
280
gogj
a
p
Kasbga oid kompetentlikning shakllanishi uzluksiz jarayon. Pedagogning kasbiy kompetentligining shakllanishi o'z-o'zini anglagan va o'z kasbiy qobiliyatini rivojlantirish dasturiga ega bo'lib, o'z faoliyatini tahlil qila oladigan, kamchiliklarini tugatish ustida tinimsiz izlanadigan davridan boshlanadi. Chunki pedagogik faoliyat jarayonida tinimsiz o'z kasbiy faoliyati ustida ishlash zarur bo'lib, bu jarayonda bajargan ish turlari ba'zan takrorlanadi, lekin bu takrorlanish aynan bo'lmay pedagogning o'z ustida tinimsiz ishlashi natijasida yangicha shaklda o'zgargan, sifat jihatidan yangilangan shaklda takrorlanadi. Pedagogning o'zini rivojlantirishi, ongli ravishda o'z hayotini tashkil qilishi kasbiga oid faoliyatining taraqqiyotiga sabab bo'ladi. O'z ustida tinimsiz izlanib, kasbi sohasida kamolot cho'qqilarini egallagan o'qituvchigina mamlakatimiz taraqqiyotinining egalarini tarbiyalab yetishtira oladi, ta'lim jarayonini o'quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishga yo'naltira oladi. O'quvchilarda shakllangan kompetensiyalar esa ularning o'z hayot yo'llarini to'g'ri tanlashiga asos bo'ladi.
Kompetentsiyalarni hakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim 'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy kompetentlikni shakllantiradi. O'quvchi o'z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishi uchun ularda tayanch bo'ladi. Shuning uchun ham o'zlashtirish jarayonida fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda fanga oid kompetentsiyalar shakllantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Sh. Mirziyoyev Erkin va farovon demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T: Ozbekiston NMIU, 2016
2. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti / O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2017-yil.
3. Jo'rayev R.X., Rahimov B.X.,Xolmatov Sh.F., Yangi pedagogik texnologiyalar.-T., Fan, 2005. 66
4. Morgan L. Pervobytnoe obshchestvo: Issledovaniya progressa chelovechestva iz dikogo sostoyaniya k barvarstvu i iz barvarstva k tsivilizatsii.- SPb: L.F.Panteleev, 1900.- [3. S.97-102].
281
gogj
a
p
5. Engels F. Proisxojdenie semi, chastnoy sobstvennosti i gosudarstva: v svyazi s issledovaniyami Lyuisa G. Morgana.- M .: URSS, 2007.- [4. S.45].
6. Tokarev S. History of foreign ethnography.- M .: Vysshaya school, 1978.- [5. S.111-117].
7. Yaspers K. Smysl i naznachenie istorii.- M .: Respublika, 1994.- [6. S.36-43].
8. Danilevskiy N. Russia and Europe: Russia and Europe: cultural and political views of the Slavic world to the Germano-Romance.- M .: Eksmo, 2003; Toynbi A. Civilization pered sudom istorii.- Moscow: AYRIS PRESS, 2006; Shpengler O. Zakat Evropy. Gestalt and activity. Essays on the morphology of world history.- M .: Eksmo, 2006.- [7.S.77-83.].
May 15, 2024
https:/kspi.uz/
International Scientific and Practical Conference