Научная статья на тему 'XORAZM VOHASI SHAHARSOZLIGI'

XORAZM VOHASI SHAHARSOZLIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
17
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazm / Afrig’iylar / Kat / Shaxriston / Ark / Rabod / Ma’mun Akademiyasi / karvaonsaroy / arxeologiya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yunusova Dilnoza Mametsharipovna

Ushbu maqolada Xorazm vohasida shaharsozlikning savdo madaniy, xunarmandchilik, ilmiy va fan rivojida tutgan o‘rni hamda ularning rivojlanish tarixi haqida Xorazm hududida shahar madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida o‘rta asrlar mualliflariga tegishli yozma manblarda keltirilgan ma’lumotlarni tadqiq qilib o‘rganilgan. Shuningdek, mazkur shaharlarni Xorazmshoxlar davlatining taraqqiy etishdagi o‘rin yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM VOHASI SHAHARSOZLIGI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

XORAZM VOHASI SHAHARSOZLIGI

Yunusova Dilnoza Mametsharipovna

"Tarix"kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149,

O'zbekiston yunusovadilnoza425@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.13318370 Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm vohasida shaharsozlikning savdo madaniy, xunarmandchilik, ilmiy va fan rivojida tutgan o'rni hamda ularning rivojlanish tarixi haqida Xorazm hududida shahar madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida o'rta asrlar mualliflariga tegishli yozma manblarda keltirilgan ma'lumotlarni tadqiq qilib o'rganilgan. Shuningdek, mazkur shaharlarni Xorazmshoxlar davlatining taraqqiy etishdagi o'rin yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Xorazm,Afrig'iylar,Kat, Shaxriston, Ark, Rabod,Ma'mun Akademiyasi, karvaonsaroy, arxeologiya.

KIRISH

Xorazm vohasi qadimdanoq xalqaro savdo va madaniy aloqalarda faol ishtirok etib kelgan. Xorazmlik savdogarlar, ayniqsa, IX-XII asrlarda butun musulmon sharqida juda mashhur bo'lganlar. Ular ko'plab xalqaro savdo aloqalarida asosiy vositasi sifatida yetakchilik qilganlar. Xorazm vohasi xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi vohani turli hududlar bilan bog'lovchi savdo yo'llari bo'yida qad ko'targan shaharlarning rivojlanishiga olib keldi. Savdo yo'llarida qurilgan shaharlar, bozorlar va karvonsaroylar muhim o'rin tutgan bo'lsa, u yerda iqtisodiy munosabatlarning o'ziga xos tarzda tashkil etilganligi bilan ahamiyatli bo'lgan. Ayniqsa Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo'lining ochilguniga qadar mazkur savdo karvon yo'li hamda uning markazida joylashgan Xorazm vohasining shaharlari gullab yashnadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqolani yozishda tarixiy tizimli uslub, davrlashtirish metodi, nazariy tahlil, uslublardan foydalanilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Xorazm hududidan o'tgan karvon yo'llari va ular bo'yida joylashgan shaharlar, karvonsaroylar haqida o'rta asr mualliflari Istahriy, Yoqut, Madisiy, Muqaddasiy va boshqalar ma'lumot beradilar. Shuningdek, "V.V.Grigorbev, N.I.Veselovskiy, V.V.Bartold va V.G.Tizengauzen asarlari Xorazmning X-XV asrlardagi savdo shaharlari to'g'risidagi o'rta asrlar manbalaridagi ma'lumotlarni keltirilganligidan va o'rganishdan tashqari, ularni tanqidiy o'rganish borasidagi ilk urinishlar bo'lganligi bilan ham qimmatlidir"[15]. Xorazmning poytaxti bo'lgan Kat shahri muhim savdo-iqtisodiy, savdo yo'llari va ichki ahamiyatga ega yo'llar bu shahar orqali o'tgan. Kat Xivadan bir kunlik karvon yo'li masofasida joylashgan. Arab mualliflari ma'lumotlariga asoslangan, muhim savdo yo'llari chorrahasida joylashgan Kat shahriga ko'plab mamlakatlardan savdogarlar kirib, savdo-sotiq ishlari bilan shuhullanganlariga ishonch hosil qilamiz.

Movarounnahr, Xuroson, Jurjoniya va shimoldagi Bulg'orlar mamlakati, slaviyanlar yurtiga o'tuvchi savdo markazi hisoblanardi. Hatto o'zining ko'p yillik sayohatlari davrida hech narsadan hayratlanmaslikka

o'rgangan arablar sayyohi va geografi Muqaddasiy Katda bo'lganida bu shaharning va umuman Xorazmshohlarning savdo aloqalari ko'lamidan chuqur hayratda qolganligini yozadi.

Istahriy esa Xorazm shaharlarining iqtisodiy hayotini yoritganda "Xorazm shaharlari serhosil va mevalarga boy, u yerda paxta va jundan buyumlar tayyorlanadi, turklar bilan savdoda katta boylik tushgan" deb xabar beradi [13].

Xorazmda Afrig'iylar sulolasi uzil-kesil tugatilgan. XI asr boshlariga kelib Xorazm poytaxti Katdan Urganchga ko'chiriladi. Yozma manbalarda bu shahar Gurganj yoki al-Jurjoniya (Sam'oniy XII asr) deb atalgan. Xususan, Urganj yoki arablarda al-Jurjoniya deb ataganlar. Shahar XI-XII asrlarda Xorazmshohlar davlatining poytaxti bo'lgan. O'rta asr mualliflari keltirgan ma'lumotlarga ko'ra, Katdan Urganchgacha uch kunlik masofa bo'lgan.

Muallifi noma'lum bo'lgan "Hudud al olam" asarida Urganch ichki va tashqi shahardan iborat ekanligi aytiladi. Muqaddasiy uning 4 ta darvozadan iborat yirik shaharligini ta'kidlaydi. 1219 yil Urganchda bo'lgan arab sayyohlaridan biri Yoqut bu shaharning xalqaro savdo aloqalarida muhim o'rin tutganini ta'kidlab, bu shahar ko'chalarida yurgan kishi bamisli gavjum bozordan o'tgandek bo'ladi deb yozgan edi [13].

TAHLIL VA NATIJALAR

Xorazmshohlar davlatining poytaxti - Gurganj shahri edi. Zakariyo Qazviniyning yozishicha, Gurganj Jayhun daryosi bo'yidagi juda katta shahar, aholisi juda ko'p deb tarif beradi. 1219 yil Mo'g'ullar istilosigacha qadar bo'lgan davrda Gurganjda bo'lgan Yoqub Hamaviy: "Men Gurganj kabi buyuk va go'zal shahar ko'rmadim" - yozadi. Qazviniy esa Gurganj haqida bu go'zal shaharni "Jannatdagi shaharni va chimildiqdagi kelinchakni qo'riqlaganday, farishtalar qo'riqlaydi" deb yozadi. Shahar obodonchiligi Xorazmshohlar davlatining gullab yashnashi bilan bog'liq edi. Gurganj, ayniqsa Takin va Alovuddin Muhammad davrida yuksaladi.

Gurganjda o'sha zamonlardagi barcha kasb-hunarlar taraqqiy etgan (manbalarda 50 xil kasb ko'rsatilgan) Qazviniyning yozishicha Gurganjda mohir ustalar ayniqsa temirchilar, durodgorlar va boshqa hunarmandlar o'z kasbining ustalari edi. Gurganj naqqoshlar fil suyagidan va sandal daraxtidan ajoyib

PPSUTLSC-2024

. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

naqshlar yasar edilar. Ayollari esa chevarlikda mohir bo'lishgan. Binokor quruvchilari tol yog'ochidan yangi binolar qurganlar. Bu uylar juda chidamli bo'lgan[13].

Rashiduddin Vatvatning Iroqdagi Xorazm noibiga yo'llagan maktubida Usmon ibn Ismoil Xorazmiy ismli savdogarga g'amxo'rlik qilishini so'ragan. Abul-Fath Nasr ibn Hasan Shoshiy ismli savdogar Samarqanddan karvon bilan Andolusga borib savdo qilishgan. Amudaryoning ikkala sohilida joylashgan Gurganj shahri chamasi daryodan to'g'on bilan ajratilgan. Mo'g'illar kelgach to'g'on buzilib shaharni suvga bostirgan. Yetti oy davom etgan qamalda ham shahar ancha vayron etilgan. Suv bosgandan va urush qirg'inlardan so'ng faqat shox Najmiddin Kubro bilan Sulton Takish maqbaralari, shuningdek, Aloiddin Muhammadning qizi, Ko'shki Ohmuq (qasri) va bozorning bir qismi qolgan[7].

Mo'g'illar istilosiga qadar Gurganj juda obod aholisi gavjum zich bo'lgan. Z.Qazviniy yozishicha Gurganjda aholi ko'pligidan ko'chalarda, bozorlarda odamlar bir-biriga urilib yurgan va o'tish ancha qiyin bo'lgan. Shaharda bozorlar gavjum bo'lib, savdo-sotiqni muhtasib nazorat qilar edi.

Urganj (Jurjoniya, Gurganj, Kuni - Urganj) Amudaryoning qadimgi Sariqamish shimoliy irmog'ida joylashgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra Ko'xna-Urganch 400 gektarni, boshqa manbalarga ko'ra 600 gektarni tashkil etadi. Shaharning shimoliy qismida qabristonlar joylashgan bo'lib, zamonaviy Urganch shahrining janubiy chegaralariga borib, shahar ichida 2 ta ark, aholi uy joylari, hunarmandlar ustaxonalari, karvon-saroylar, shahar bog'lari joylashgan. Xorazm me'morchilik maktabining asosiy xususiyatlarini namoyish etuvchi Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Oltin o'rda davri me'morchilik yodgorliklari saqlanib qolgan. Ko'xna-Urganch hududini o'rganish shuni ko'rsatadiki, shahar mil.avv. V asrda vujudga kelgan. Vaqt o'tishi bilan u o'ng qirg'oqda joylashgan yirik shaharlardan biriga aylanadi va daryodan suv bilan ta'minlangan. Mil.avv. II-I asrlarda Xitoy yozma manbalarida Gurganis -Yuechangt- Yuegan (Yuetsent) deb tilga olinadi[23].

S.P.Tolstovning fikriga ko'ra, Avestoda Gurganis Urva (Urga) nomi asosida tilga olinadi. Shaharning shimoliy-sharqiy qismida Qirqmolla qal'asi joylashgan. U Gurganisning qadimiy markazi bo'lib, qalinligi 7 metr bo'lgan xom g'ishtdan qurilgan devor, to'g'ri burchakli minoralarga ega. Devor oldidan handak o'tgan Qirqmolla qal'asi mil.av. IV-III asrlarda Amudaryoning Sariqamish bug'ozi yodgorliklari irmoqlarining qurishi tufayli halokatga uchraydi. Qirqmolla shahrida hayot davom etadi. Chunki bu yerga Xorazmning sharqiy hududlarini suv bilan ta'minlovchi, Amudaryo orqali kanallar keltirilgan. Arablar bosqini Gurganjda og'ir oqibatlarni keltirib chiqargan. Manbalarga ko'ra, Qutayba Xorazmga ikkinchi marotaba yurishi natijasida 4 ming aholini qirib tashlaydi. Gurganjning gullab-yashnashi VIII asrning boshlariga to'g'ri keladi, arablar bosqinidan so'ng Gurganj arab amirlarining noibligiga aylantiriladi. 712 yilda arablar Xorazmni zabt etganlaridan so'ng Katda

www.in-academy.uz

hukmronlik qilgan Xorazmshohlar sulolasini saqlab qoladi, biroq bir vaqtning o'zida Gurganjda amir noibini o'rnatishadi. X asrdan boshlab manbalarda Gurganj arab tilidagi ko'rinishi Jurjoniya nomi ostida uchratiladi. Mug'ullar bosqiniga qadar Tosh-qal'a noto'g'ri ko'rinishda, chuqur xandaklar bilan o'ralgan, asosida pishiq g'ishtdan qurilgan vayrona holatdagi devor yotadi[9].

XULOSA VA TAKLIFLAR Xorazm vohasida iqtisodiyot, madaniyat va savdo-sotiqning rivojlanishida shaharsozlikning rivojlanishi bilan uzviy bog'liq ekan. Tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan manb'alardagi ma'lumotlarda shaharlarning rivojlanishida savdo-sotiq bilan birga ilm-fanning rivojlanishiga olib kelgan. Amir Ma'mun davrida Ma'mun Akademiyasiga asos solinib, o'z zamonasining ko'plab yirik olimlari fan bilan shug'ullanishgan hamda matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi asarlar buning isbotidir. Shu bilan birga diniy bilimning rivojlanishi esa shaharlarda qurilgan madrasalarning o'rni bilan bog'liq bo'lgan. Bu esa markazlashgan davlatchilikning

mustahkamlanishida hamda madaniyatning taraqqiy etishi orqali xalqlarning jipslashuvida muhim vosita bo'lgan.

Shuningdek, shaharlarning hunarmandchilikning barcha turlari kosibchilik, temirchilik, durodgorlik va boshqa kasblarning rivojlarishiga olib keldi.

Buyuk ipak yo'lida savdo-tijorat bilan birga madaniy - ma'rifiy aloqalarning mustahkamlanishida aynan shu shaharlarning o'rni tarixiy yozma manb'alar hamda tarixiy yodgorliklarda o'z aksini topgan.

ADABIYOTLAR:

[1] Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

[2] Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild. - T.: O'zbekiston, 2017. - 592 b.

[3] Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021. - 300 b.

[4] Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti / Kamol Matyoqubov tarjimasi. - T.: O'zbekiston, 2006. - B. 74.

[5] Juvayniy Alouddin Atomalik. Tarixi Jahonkusho. (Jahon fotihi tarixi) / Mas'ul muharrirlar: H.Boltaboyev, M.Mahmudov. - Tos'hkent: MUMTOZ SO'Z, 2015. -504 b.

[6] Bartolbd V.V. Istoriya kulbturnoy jizni Turkestana. T. ch. 2.1964. - C. 380-387 s

[7] Buniyatov 3. M. Gosudarstvo Xorezmshaxov — Anushteginidov. - M., 1986.

[8] Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti / Matyoqubov K. tarjimasi - T.: O'zbekiston - Yozuvchi, 1999. - 432 b.

[9] http ://xorazmiy .uz/uz/pages/view/3 22

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

[10] Omonulla Bo'riyev, Nuryogdi Toshev "Jaloliddin Manguberdi" (Davri, Sarkardalik faoliyati. Manbalar).T.: Fan, 1999.-72 b

[11] Fozila Sulymonova "Sharq va G'arb" ( qadimiy davr va o'rta asrlar

[12] madaniy aloqalari). T.: O'zbekiston, 1997.- 210 b

[13] Ne'matullo Ibrohimov. Ibn Battuta va uning O'rta Osiyoga sayohati.-T, 1993. 104 bet.

[14] Yoqut al-Hamaviy. Mu'jam al-udabo. Misr, 1925, 1929, 1931.

[15] G'ulomov Ya.G'. Xorazmning sug'orilish tarixi. Qadimgi zamonlardan hozirgacha. -Toshkent, 1959. -B.132-137.

[16] Azamat Ziyo O'zbek davlatchilik tarixi. Toshkent:. Sharq, 2001.

[17] Oydin Tonariy. Jaloliddin va uning davri. (Turk tilidan Boboxon Muhammad Sharif tarjimasi.) - T.: Sharq,1999

[18] Fozila Sulymonova "Sharq va G'arb" ( Qadimiy davr va o'rta asrlar madaniy aloqalari). T.: O'zbekiston, 1997.- 210 b

[19] Alimova D.A "Tarix fani metodologiyasi".T.: O'zbekiston, 2018. 324-b

[20] Y.D Mametsharipovna "Umumiy o 'rta ta'lim tizimida sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatini o'qitish texnologiyalari" PEDAGOGS jurnali 10 (1), 169-179.

[21] http://www.vcdh.virginia.edu/index.php?page=VC DH

[22] www.ziyouz.com kutubxonasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.