Научная статья на тему 'XORAZMSHOHLAR DAVLATI HALOKATINING AYRIM JIHATLARI'

XORAZMSHOHLAR DAVLATI HALOKATINING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

2367
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazmshohlar davlati / Chingizxon / elchilik aloqalari / kelishmovchilik / urush / O„tror qamali / Inolxon. / State of Khorezmshahs / Genghis Khan / diplomatic relations / disagreement / war / siege of Otrar / Inol Khan.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — B. T. Xaitov

Ushbu maqolada Xorazmshohlar davlatining mo„g„ullar bilan olib borgan diplomatik aloqalar, o„zaro elchilik munosabatlari yoritib o„tilgan. Chingizxon elchilarining O„trordagi dahshatli halokati o„zaro aloqalarning buzilishiga hamda Xorazmshohlar davlatiga mo„g„ul bosqinchilarining yurishiga asosiy sabab bo„lganligi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZMSHOHLAR DAVLATI HALOKATINING AYRIM JIHATLARI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XORAZMSHOHLAR DAVLATI HALOKATINING AYRIM JIHATLARI

B. T. Xaitov

Chirchiq OTQMBYU Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada Xorazmshohlar davlatining mo'g'ullar bilan olib borgan diplomatik aloqalar, o'zaro elchilik munosabatlari yoritib o'tilgan. Chingizxon elchilarining O'trordagi dahshatli halokati o'zaro aloqalarning buzilishiga hamda Xorazmshohlar davlatiga mo'g'ul bosqinchilarining yurishiga asosiy sabab bo'lganligi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Xorazmshohlar davlati, Chingizxon, elchilik aloqalari, kelishmovchilik, urush, O'tror qamali, Inolxon.

This article highlights the diplomatic relations and mutual embassy relations of the Khorezmshah state with the Mongols. It is stated that the terrible death of Genghis Khan's ambassadors in Otrar was the main reason for the breakdown of mutual relations and the march of Mongol invaders to the Khorezmshah state.

Keywords: State of Khorezmshahs, Genghis Khan, diplomatic relations, disagreement, war, siege of Otrar, Inol Khan.

Bugungi globallashuv davrida butun dunyoda keskin g'oyaviy kurashlar va turli mafkuralarning o'zaro to'qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta'limotlar qarashlari bilan niqobvlangan yovuz g'oyalarni singdirishga intilish kuchayib bormoqda. Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari insoniyat xavfsizligi va mamlakatlar barqarorligini ta'minlash bilan aloqador muammolarni kun tartibiga olib chiqmoqda.

Tobora avj olib borayotgan ma'naviy xurujlar, yot g'oya va mafkuralar, zararli axborotlar oqimining ta' sirida inson qalbi va ongini zabt etishga harakat ham kengayib bormoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Hozirgi vaqtda jahonda va mintaqamizda harbiy-siyosiy vaziyat keskin o'zgarib, milliy va global xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday o'ta mas'uliyatli vaziyat va hayotning o'zi erishgan barcha yutuqlarimizni, shu bilan birga, yo'l qo'ygan kamchiliklarimizni chuqur va tanqidiy tahlil qilishni barchamizdan talab etmoqda" [1-223].

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

January, 2023

Vatanimiz o'zining ko'p ming yillik tarixi davomida ko'plab mash'um xatarlarni o'z boshidan o'tkazgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma'naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o'tmish, bosib o'tgan mashaqqatli yo'limiz barchamizga saboq bo'lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo'lib yashashga da'vat etishi lozim. O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q [3-4].

Uzoq o'tmishdan Sharq va G'arb o'rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy-ilmiy va diplomatik aloqalar yo'li bo'lgan Buyuk Ipak yo'li O'zbekiston hududidan o'tgan. Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan.

O'z davrida mamlakatimiz hududida vujudga kelgan barcha davlatlar yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan, savdo-sotiq ishlarini yo'lga qo'yganlar.

O'rta asrlarda vujudga kelgan Xorazmshohlar hamda Mo'g'ullar davlati o'rtasidagi o'zaro aloqalar tariximizning eng muhim hodisalaridan hisoblanadi.

XII asr oxiri XIII asr boshlarida yuzaga kelgan xorazmshohlar davlati Xorazmshohning cheklanmagan hokimiyati ta'sis etilgan, qudratli qo'shinga tayanadigan monarxiya tuzumidagi davlat edi. Bu davlat o'z davrida harbiy qudrati bilangina emas, balki o'zining mehnatkash, jafokash xalqi bilan, o'z davri uchun yuksak madaniyatga ega bo'lgan katta-katta shaharlari bilan ancha yuqori ishlab chiqarish darajasiga erishgan qishloq xo'jaligi bilan, jug'rofiy jihatdan qulay savdo yo'llari va hamisha chet el savdogarlari mavjud gavjum bozorlari bilan ham mashhur bo'lgan.

Mo'g'ul urug' va qabilalari qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin (1155-1227) nomi bilan bog'liq. 1206-yilda Onon daryosi bo'yida chaqirilgan mo'g'ul urug' va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug' xon (qoon) deb e'lon qilinadi, unga "Chingiz" laqabi beriladi va Mo'g'ullar davlatiga asos solinadi.

Chingizxon ulug' xoqon, deb e'lon qilingan birinchi kundayoq o'zining eng yaqin kishilaridan 95 nafarini bahodur, mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beriladi. Chingizxon, ayni paytda, 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta'sis etadi va mingta "dovyurak" jangchilardan iborat shaxsiy gvardiya tuzadi. Butun mamlakatda kuchli temir intizom, qattiqqo'l tartib o'rnatilib, jangovar harbiy safarbarlik ishlari avj oldirib borildi. Bu hol Chingizxonning xorijiy ellarni zabt etishdan iborat o'z oldiga qo'ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yaratib berdi [4-135].

Chingizxon olib borgan urushlar natijasida Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog' (Tyanshan) tizmasining g'arbiy etaklarigacha bo'lgan viloyatlar Mo'g'ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Endilikda Mo'g'ullar davlatining g'arbiy hududlari Sulton

January, 2023

175

Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketdi [5-134].

Chingizxon va Xorazmshoh o'rtasida bir-birining kuch-qudratini bilib olishga va bu haqda ma'lumotlar to'plashga harakat qilinadi. Ikki o'rtada hatto elchilik aloqalari o'rnatiladi. Shunday ishni amalga oshirishda Chingizxon o'z huzuridagi musulmon savdogarlaridan foydalanadi. Har ikki tomondan savdo karvonlari safida yuborilgan elchi va vakillar o'z navbatida ayg'oqchilik vazifasini ham bajaradi [5-134].

Chingizxon qo'shni davlatdagi barcha sir-u sinoatlardan to'liq xabardor edi. U Xorazm davlatidan Mo'g'ulistonga qatnaydigan bir guruh yirik savdogarlardan iborat o'z josuslik mahkamasini tashkil qilib, ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, Hasan Xoja, Yusuf O'troriy singari kishilar shular jumlasiga kirardi. Shu bois, Chingizxon va uning o'rdasi xorazmshohlar davlatida kechayotgan barcha ziddiyatli voqealardan, uning zaif nuqtalaridan xabardor edi [4-135].

Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o'z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto, elchilardan u Sulton Muhammadni G' arbning sohibqironi (G' arb mamlakatlari yerlarining sultoni), o' zini esa Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so'raydi.

Chingizxon qimmatbaho sovg'alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o'z elchilarini Xorazmga yuboradi. Elchilar xorazmlik savdogar Mahmud al-Xorazmiy (Mahmud Yalavoch) Ali Hojib al-Buxoriy, Yusuf Kanka al-O'troriydan iborat bo'lgan. Chingizxon elchilarini Sulton Muhammad 1218-yilning bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar bunday deydilar: "... Sen bilan tinchlik, osoyishtalikda yashashni o'zim uchun majburiyat deb bilaman. Sen menga eng aziz o'g'illarimdan biri kabisan..."[6-54].

Eng ardoqli o'g'illari qatorida ko'rish "iltifoti", shubhasiz, Sharq ustomonligida "Chingizxonning Xorazmshohni o'ziga qaram qilib olish niyati bor" degan ma'noni anglatardi. O'zini Iskandari soniy (Ikkinchi Iskandar) deb hisoblab yurgan podshoga bunday "istiqbol" sira yoqmas edi. Xorazmshoh Mahmud Yalavochni tunda xufiyona o'z huzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga xorazmlik bo'lgani uchun Chingizxonga emas, balki Xorazm shohiga xizmat qilishini, Chingizxon to'g'risidagi bor haqiqatni aytishini, keyinchalik xon qarorgohida Xorazmshohning josusi bo'lib qolishini talab qiladi [6-54]..

Chingizxon o'z elchilarining ish natijalaridan mamnun bo'ladi. Chunki Mahmud Yalavoch Xorazm davlati va uning podshosi to'g'risida Chingizxonga, mo'g'ullar to'g'risida Xorazmshohga aytgan ma'lumotlariga qaraganda ham ko'proq axborot to'plab qaytgan edi.

Chingizxon ikki buyuk qo'shni davlatlar o'rtasida shartnoma tuzish uchun 1218-yilning o' zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo'natadi. Karvon ko'p miqdorda oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz mo'ynalari va boshqa xil qimmatbaho

January, 2023

1?6

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

mollar ortilgan 500 tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlaridan tashkil topgan edi. Bu ulkan savdo karvoni mamlakat poytaxti Urganch shahri tomon borar edi. Ammo karvon yo'lda chegara shahar O'trorda ushlab qolinadi. Shaharning noibi G'oyirxon (Inolchiq) tomonidan karvon talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. Faqat bir tuyakashgina tasidifan o'limdan qutulib qoladi. U Chingizxonning qarorgohiga zo'rg'a yetib borib, karvonning dahshatli qismatidan xabar beradi [6-55].

Ushbu voqeadan keyin Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Ibn Qafraj Bug'rani (uning otasi Sulton Takishning amirlaridan biri bo'lgan) ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Elchilar Xorazmshohga quyidagi so'zlar bitilgan nomani topshiradi: "Sen savdogarlarning xavfsizligini ta'minlash, ulardan hech qaysisiga hujum qilmaslik to'g'risida muhring bosilgan hujjatni yuborgan eding. Lekin sen ahdingga vafosizlik qilding, bergan so'zingni buzding. O'z so'zida turmaslik yomon, ayniqsa, mo'minlar sultonining xiyonatkorligi yanada og'ir. Agar sen bu ish mening buyrug'imsiz, Inolxon tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblaydigan bo'lsang, u holda Inolxonni menga ber, uni jinoyatkorona ishi uchun jazolaylik, shu tariqa olomonni tinchitib, qon to'kilishini oldini olaylik. Aks holda -urush. Bu tufayli qancha aziz jonlar xoru xasga aylanadi, nayzalarning sopi majaqlanadi"

Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar o'rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea har ikki buyuk davlatlar o'rtasida urush boshlanishiga bahona bo'ldi.

Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, Xorazmshohlar va mo'g'ullar o'rtasidagi aloqalarning buzilishiga, Muhammad Xorazmshohning Arab xalifaligining poytaxti Bog'dodga amalga oshirgan 1217-yildagi yurishi muhim rol o'ynagan [6-39]. Aynan xalifa Nosir Xorazmshohga qarshi Chingizxonni yurish qilishga undagan hamda boshqa musulmon mamlakatlarni Xorazmshohni qo'llab-quvvatlamasligini ta'minlagan.

XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo'shinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Ammo, Xorazmshoh hokimiyati siyosiy, xususan ma'muriy boshqaruv jihatidan mustahkam emas edi. Chunki, mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o'z vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o'zboshimchalik bilan o'z bilganlaricha yo'l tutar edilar. Hatto ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo'ysunib, amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon xotun, ya'ni "turklar onasi" nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qo' shinning oliy sarkardalari hisoblangan qipchoq oqsuyaklari bilan urug'-qabila aloqalari orqali mahkam bog'langan edi. U o'z qabiladoshlari manfaati yo'lida saroyda ko'tarilgan barcha fitnalarga

[6-56].

January, 2023

boshchilik qilar, hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg'unlashtirib qo'ygan edi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, Xorazmshohlar va Mo'g'ullar o'rtasidagi o'zaro elchilik aloqalari ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishidan ko'ra, bir-birlarining harbiy salohiyatini bilishga, aholining davlat hokimiyatini qo'llab-quvvatlashini aniqlashga, chegaralarning mustahkamligiga, harbiylarning tayyorgarligini o'rganishga alohida e'tibor qaratilgan.

XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatida ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi. Bunday o'ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sulton Muhammad o'z hukmronligining so'ngida "Davlat kengashi"ni ta'sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi [6-53]. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo'g'ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo'ldi.

Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko'rgan edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u o'z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi to'g'risida savdogarlar orqali to'plagan ma'lumotlarni sinchiklab o'rgangan. Chingizxon Xorazmshohlar davlatining ichki ziddiyatlaridan to'la xabardor edi.

Xorazmshoh bilan sarkardalar o'rtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq mavjud ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Urush boshlanishi arafasida bo'lgan harbiy kengashda ular o'rtasidagi kelishmovchilik yaqqol namoyon bo'ldi. Kengashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilab olish o'rniga fikrlar bo'linib ketdi. Mamlakat harbiy vaziri Sh.Xivaqiy, Sulton Muhammadning o'g'li Jaloliddin, Xo'jand hokimi Temur Malik singari sarkardalar harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarga to'plab, dushmanga zarba berishni taklif etadilar. Biroq Sulton katta qo'shinni bir joyga to'plashdan qo'rqar edi. Sulton nazarida bir joyga to'plangan qo'shin uni taxtdan ag'darib tashlashi mumkin edi. Shuning uchun ham harbiy kengashda sulton o'z qo'shinlarini turli shaharlarga bo'lib yuborib, urushda mudofaa taktikasini qo'llashga qaror qiladi. Shu tariqa mamlakat katta xavf ostida qoldi [6-58].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Xorazmshoh hukmdorining kaltabinligi, mnamlakat taqdiri, uning ertangi kuniga befarqlik, yirik sarkardalar o'rtasidagi kelishmovchiliklar, harbiy tayyorgarlikning yetarli darajada emasligi, uzoqni ko'zlamasdan yuritilgan siyosat, davlat hokimiyatidan noroziliklar mamlakat hayotini butunlay izdan chiqishiga sabab bo'ldi.

"Bir fikrni hech qachon unutmasligimiz kerak: armiyani moddiy jihatdan barcha zamonaviy zarur texnika va jihozlar, qurol-yarog'lar bilan ta'minlash mumkin. Ammo shaxsiy tarkib ma'naviy

January, 2023

1?8

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

jihatdan zaif bo'lsa, ya'ni askar va ofitserlarimizda jangovar ruh, Vatanga mehr va sadoqat, uning taqdiri uchun mas'uliyat bo'lmasa yoki ularning o'rtasida beparvolik hukm sursa, bunday holat nihoyatda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin" [2-162].

Mo'g'ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Mamlakatning yirik shaharlari Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va boshqa ko'plab shahar-qishloqlar xarobazorga aylandi.

Yirik dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va ilm-fan markazi bo'lib kelgan shaharlar butunlay inqirozga yuz tutdi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-tom, -T.: "O'zbekiston", 2017.

2. Sh.M.Mirziyoyev. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-tom, -T.: "O'zbekiston". 2018.

3. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T.: "Ma'naviyat", 2016.

4. Q.Usmonov va b. O'zbekiston tarixi. -T.: "Iqtisod-Moliya", 2016.

5. M.Rahimov, A.Zamonov. O'zbekiston tarixi. -T.: "Fan", 2019.

6. Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi. -T.: "O'zbekiston", 2006.

7. B.T Xaitov. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda axborot xurujlaridan himoyalash. Academic Research in Educational Sciences, 2(10) (2021), 257-263. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-10-257-263.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.