Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATI TOPONIMIKASI TARKIBIDA KO‘CHMA OYKONIMLARNING SHAKLLANISHI'

XORAZM VILOYATI TOPONIMIKASI TARKIBIDA KO‘CHMA OYKONIMLARNING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponim / geografik nomlar / geografik terminlar (topotermlar) / gidronimlar / oykonimlar / ko‘chma oykonimlar / etnonimlar / fitonimlar. / toponym / geographical names / geographical terms (topoterms) / hydronyms / oikonyms / portable oikonyms / ethnonyms / phytonyms.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kutlimuratov A. A., Xoʻjyazova D. Sh

Xorazm viloyati geografik jixatdan o‘ziga xos bo‘lgan tabiiy sharoitga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, ushbu maqolada Xorazm viloyati toponimlari tarkibida ko‘chma oykonimlarning vujudga kelganligi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EMERGENCE OF PORTABLE SIGNS IN THE TOPONYMICS OF KHORAZM REGION

Khorezm region is a region with unique natural conditions from a geographical point of view. Based on this, the article analyzes the appearance of portable oikonyms in the toponymy of the Khorezm region

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATI TOPONIMIKASI TARKIBIDA KO‘CHMA OYKONIMLARNING SHAKLLANISHI»

Kutlimuratov A. A.

Urganch davlat universiteti katta o 'qituvchisi

O'zbekiston Xo jyazova D.Sh.

Urganch davlat universiteti talabasi

O'zbekiston

XORAZM VILOYATI TOPONIMIKASI TARKIBIDA KO'CHMA OYKONIMLARNING SHAKLLANISHI

Annotatsiya: Xorazm viloyati geografik jixatdan o 'ziga xos bo 'lgan tabiiy sharoitga ega bo 'lgan hudud hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, ushbu maqolada Xorazm viloyati toponimlari tarkibida ko 'chma oykonimlarning vujudga kelganligi tahlil qilingan.

Kalitso'zlar: toponim, geografiknomlar, geografik terminlar (topotermlar), gidronimlar, oykonimlar, ko'chma oykonimlar, etnonimlar, fitonimlar.

Kutlimuratov A. A.

Senior lecturer, Urgench State University

Uzbekistan Khojyazova D.Sh.

Urgench State University student

Uzbekistan

THE EMERGENCE OF PORTABLE SIGNS IN THE TOPONYMICS

OF KHORAZM REGION

Abstract: Khorezm region is a region with unique natural conditions from a geographical point of view. Based on this, the article analyzes the appearance of portable oikonyms in the toponymy of the Khorezm region

Keywords: toponym, geographical names, geographical terms (topoterms), hydronyms, oikonyms, portable oikonyms, ethnonyms, phytonyms.

Kirish Bizga ma'lumki, Toponimikada o'rganiladigan geografik nomlarning eng katta tarmog'i oykonimika(yunoncha,"oykos"-uy, turar joy, makon) ya'ni: ma'muriy-hududiy birliklar, aholi yashash maskanlari va ularning qismlari(shahar, qishloq, mahalla, guzar, ko'cha, ovul, qo'rg'on) nomlarini o'rganuvchi soha hisoblanadi.

Oykonimlar tarkibiga shahar, qishloq, shaharcha, ovul, mahalla, guzar, ko'chalar kirib, joy nomlari orasida alohida ahamiyatga ega. Bu nomlar joyning tabiiy va iqtisodiy geografik sharoiti, aholining milliy-etnik tarkibi, kasb-hunari, tarixda yuz bergan muhim voqea va hodisalar haqida batafsil ma'lumot beradi. Shuningdek toponimlar tarkibida kishilarning ism-familiyasi bilan bog'liq bo'lgan oykonimlar antropooykonimlar deb, urug', qabila, elat, xalq, millat kabi etnik

birliklar nomi bilan atalgan oykonimlarni etnooykonimlar deb atash qabul qilingan[5].

O'zbek toponimikasining shakllanishi va taraqqiyotida H.Hasanov, S.Qoraev, Z.Do'simov, T.Nafasov, T.Enazarov, B.O'rinboev, N.Oxunov, Sh.Qodirova, T.Rahmatov, L.T.Karimova, Yo.Xo'jamberdiev, J.Latipov, K.Seytniyazov, A.Otajanova, M.Mirakmalov, K.Xakimov, M.Tillaeva, F.Abdullaev, O.Madrahimov, A.Ishaev kabi olimlarning xizmatlari katta bo'ldi.

Xorazm viloyati O'zbekiston Respublikasining shimoliy g'arbida joylashgan bo'lib uning yer maydoni 6,3 ming km2 ni tashkil etadi. Mamlakatning shimoli-g'arbida joylashgan, qadimiy sug'orish madaniyatiga ega bo'lgan ko'hna viloyatlardan biridir. Tarkibida 3 ta shahar (Urganch, Xiva, Pitnak); 11ta qishloq tumani (Hazorasp, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Qo'shko'pir, Bog'ot, Yangiariq, Yangibozor, Tuproqqal'a); 58 shaharcha, 98 ta qishloqlardan tarkib topgan. Ma'muriy markazi - Urganch shahri.

Xorazm toponimlarining aksariyat ko'pchiligi uzoq tarixdan beri mavjud bo'lib, tabiiy sharoit, siyosiy o'zgarishlar va turli tarixiy jarayonlar ta'sirida shakllangan.

Xorazm qadimdan sharq va g'arbni, shimol va janubni tutashtiruvchi chorrahada joylashganligi hamda ko'pgina xalqlar uchun doimo go'zal va jannatmakon yurt timsolida ko'rib, barcha podsholar bu makonga ega bo'lishga va o'ziga qo'shib olishga intilganlar. Shuning uchun qadimdan Xorazmga ko'chib kelib joylashgan juda ko'plab xalqlarning avlodlarini etnooykonimlar ko'rinishida ham uchratishimiz mumkin.

Darhaqiqat, O'zbek xalqining asosini tashkil etgan etnik komponentlardan biri o 'g 'uz qabilalar guruhiga kirgan Soyot, Bayot, Juvondir, Ovshar, Qinik, Bijanak va boshqalar shuningdek, qipchoq qabilalariga kirgan Kenagas, Nukus, Qatag'on, Uyg'ur, Mang'it, Qangli, Qo'ng'irot, Nayman kabi ko'plab etnonimlar bilan ataluvchi joy nomlari uchraydi. Turkman xalqini etnik tarkibini tashkil etgan ayrim etnik guruhlardan Chavdur, Yovmut, Ali-eli, Xizr-eli, Taka va boshqa qabilalar ham Xorazm toponimiyasining bir qismini tashkil etadi[1]. Jumladan, Soyot(mahalla, Xiva tumani), Bayot(aholi punkti, Yangiariq tumani), Ovshar(qishloq,Hazorasp tumani), Ovsharbadoq(aholi punkti, Hazorasp tumani), Knik(aholi punkti, Xiva tumani), Kenegas(qishloq, Qo'shko'pir tumani), Qangli(shaharcha, Shovot tumani), Nayman(qishloq, Bog'ot tumani) va boshqalarni misol qilish mumkin.

Abulg'ozi Bahodirhonning xabar berishicha Xorazmshoh Takashxon qangli qabila boshliqlarining birining qizi Turkun(Turkon) Xotunga uylangan. Shundan so'ng Xorazmga ko'plab qangliklar ko'chib kelganlar[1].

Hozirgi kunda ham Xorazmda yashovchi aholi o'zlarining urug' va qabilalarga bo'linishlarini unutgan bo'lsalarda ular etnik nomlar asosida vujudga kelgan toponimlar ko'rinishida hududiy tarqalgan. Bu esa Xorazm aholisining urug'-qabilaga bo'linishi uzoq davrlardan beri saqlanib kelganligini ko'rishimiz mumkin.

Shu bilan birga siyosiy jarayonlar natijasida qo'shni hududlarni bosib olish orqali asirlar yoki qullarni, shu yerdagi shahar yoki qishloq aholisini ham butulay majburan ko'chirib olib kelingan. Bunday harakatlar zamirida o'z mamlakati aholi

sonini, mudofaa tizimini yaxshilash, qishloq xo'jalik ishlarini yanada rivojlantirish, qurilish va boshqa ishlarni takomillashtirishga qaratilgan edi.

Umuman olganda Xorazm nomining kelib chiqishi ham ko'chish bilan bog'liq holda shakllangan. Bu fikr bo'yicha yagona to'xtamga kelinmagan bo'lsa ham, tadqiqotlar davom etmoqda. Xususan, bir guruh olimlar (S.P.Tolstov, Ya.P.G'ulomov, I.M.Dyakonov, M.G. Vorobyova) xorazmliklar Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm vohasida yashab, janubiy Turkmanistongacha bo'lgan hududda hukumronlik qilganlar deb hisoblasalar, yana birlari (V.M. Masson, I.V.Pyankov, B.F.G'ofurov, B.I.Vaynberg, A.S Sagdullaev, L.S.Tolstova) xorazmliklar Tajan-Gerirud daryolari havzalarida yashashgan va keyinchalik qandaydir tazyiq ostida shimolga - hozirgi Xorazm hududiga ko'chib kelganlar, deb ta'kidlaydilar. Shu bilan birga "Katta Xorazm" tarixiga oid yangi ma'lumotlarni professor B.I.Vaynberg(1932-2010 yy) o'rgandi. U miloddan oldingi 674 yilga oid Asarhoddon yozuvlarida Ossuriya davlatiga qaram bo'lgan sharqdagi eng uzoq o'lka - Xoreana (Xorazm) haqida yozma ma'lumot borligini aniqladi. Demak Xoreana(Xarri yoki Xvarri qabilasining vatani) bu Xorazmliklarning oldingi yashagan joydagi nomi, ko'chib kelgandan so'ng hozirgi Xorazm nomi ko'rinishiga o'tgan degan xulosaga kelinadi.

Olim Xoreanadagi Koles-Mura daryosining tasviri Gerodotning Akes daryosi haqidagi ma'lumotlarga mos kelishi, shimoliy Eron hududida yashagan xorazmliklar assiriyaliklar tazyiqi ostida O'rta Osiyoning janubiy viloyatlariga ko'chishga majbur bo'lganlar degan fikrni ilgari surdi[3].

Etnograf L.S.Tolstova xorazmliklarning yangi yerlarga ko'chib kelish haqidagi ma'lumotlarni o'zbek va qoraqalpoqlar orasidagi keng tarqalgan rivoyatlar bilan bog'laganligini ko'rishimiz mumkin. Abu Rayhon Beruniy ma'lumotlariga qaraganda milloddan avvalgi 1202 yilda Marv atroflarida yashagan xorazmliklar Amudaryo bo'lariga ko'chib kelganlaridan so'ng, kayoniylar sulolasi vakili Siyovushning o'g'li Kayhusrov boshchiligida ilk davlatga asos solganliklarini yozib o'tadi.

Amudaryo o'z yo'nalishini o'zgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlagandan so'ng Gurganj suvsiz qoladi. Shundan so'ng Xiva xoni Abulg'ozi Bahodirxon1646 yilda Gurganj va Vazir shaharini va uning atroflaridagi tarqoq holda yashagan aholini ko'chirib Amudaryoning janubiy qismida joylashtirgan hamda aholi o'rnashgan hudud atrofini qal'a devori bilan mustahkamlab unga „Toza Urganch", ya'ni „Yangi Urganch" deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Ko'hna Urganch bo'lib, Yangi Urganch bilan Ko'hna Urganch oralig'i 170 km ni tashkil etadi. Suningdek, Urganch tumanida Ko'nayurt aholi punkti borki u ham asli Ko'hna Urganch shahri atrofidan ko'chib kelgan aholining avlodlari bo'lib, yashash joyini Ko 'nayurt(eski ona makon,yurt) deb nomlashgan.

O'rta asrdagi Vazir shahri aholisi ham tabiiy sharoit tufayli yangi maskanga hozirgi Gurlan shahrchasidan 12 km shimoli-g'arb tomonga ko'chirtirildi. Yangi Vazir shahri XIX asrda aholisi ancha zieh shahrlardan biri hisoblangan[2].

Xorazm toponimiyasida eroniy xalqlardan qolgan joy nomlari ham o'z o'rniga ega. Hozirda viloyatda Qullar, Pirsiyan, Jamshid deb ataluvchi xalqlarni

uchratishimiz mumkin. Xorazmda eronlik xalqlarni Pirsiyon yoki eroniylar deb atashadi. Xiva xonligi qo'shinlari 1826 yilda Xuroson atrofiga bostirib kirib Oqdarband qal'asini xarobaga aylantiradi, uning aholisini esa Xorazmning Qo'shko'pir tumaniga joylashtiradi va bu qishloq hozir ham shu nom bilan yuritiladi[1].

Chor Rossiyasining topshirig'i bilan 1760-70 yillarda asli millati nemis bo'lgan qirolicha Ekatirina II tomonidan Prussiyada yashagan nemis-mennonitlarni Volga, Ural, Sirdaryo daryolari quyi oqimi bo'ylariga ko'chirib keltiradi. O'rta Osiyo bosib olinishi bilan, Turkiston gubernatori general Konstantin Petrovich fon-Kaufman asli millati nemis bo'lganligi uchun 1873 yil 12 avgust Gandimyon shartnomasidan keyin, 1883-84 yillarda nemis-mennonitlarni qulay joyga Xiva xonligidagi Yangiariqning tinch va unumdor yerlariga ko'chirib keltirgan. Bu joy Oqmachit deb yuritilib uning ma'nosi ajralib turishi uchun oq rangda, iqlim xususiyatidan kelib chiqib issiqlikni qaytaruvchi, hamda yorqin sof tinchliksevarlik belgisini anglatadi. Ularning oldingi makoni Qo'qon xonligining Sirdaryoning quyi oqimidagi Oqmachit(1853 yilgacha, 1938 yildan Qizil O'rda) bo'lganligi uchun, keyingi manzil nomi ham shu shahar nomidan ko'chirilgan bo'lishi kerak.

Munis("Munis" - taxallusi ostida Avazbiy o'g'li Shermuhammad Mirob(1778-1829yy) ning hikoya qilishicha, Yormish kanalining qurilishiga Anushoh hukumronligi davrida o'ng qirg'oqdagi Kat shahrining "suvsiz qolganligi" sabab bo'lgan. Shuning uchun shahar aholisini suvga muhtojligini nazarga olib, 1681 yil chap qirg'oqdan Yormish deb ataladigan kanalni qazish haqida buyruq bergan va u yerga Qiyot qal'asini ko'chirib o'tgan.

Muhammad Rahimxon 1810 yilda Yangiariq kanali etaklaridagi Oqmachit mavzeisiga suv o'tkazish va bu joylarni obod qilish haqida buyruq bergan. Bu tadbirlarning hammasi Gurlan rayonidan ko'chirilgan "qo'zg'olonchi" uyg'urlarni joylashtirish maqsadida o'tkazilgan edi. Muhammad Rahimxon jazo chorasi sifatida butun qabilani uch qismga bo'lgan: ularning bir qismini Oqmachitning yangi o'zlashtirilgan yerlarga, ikkinchisini Toshovuzga, uchinchisini Xivaning shimolidagi Zax(hozirgi Zeyyop) kanali bo'yiga ko'chirgan[2]. Hozirda Uyg'ur viloyatning Yangibozor, Yangiariq, Qo'shko'pir, Urganch tumanlarida qishloq yoki mahalla nomlarida uchratish mumkin.

Xiva xoni Muhammad Rahimxon 1823-24 yillarda Buxoroga yurish qilib Qoqushtuvon qishlog'i, Poykent shahri hamda Xayrobod qishloqlari aholisini Xorazmga ko'chirib kelgan. Hozirda Xayrobod Qo'shko'pir tumanida qishloqlardan birining nomidir.

Siyosiy jarayonlar natijasida Respublikamizning ko'pgina hududlarida Xorazmdan ko'chib borgan aholi o'zlari bilan birga joy nomlarini ham olib borishgan. Jumladan, birgina Buxoro vohasida Urganch so'zi bilan ko'pgina qishloqlarni(Urganji, Urganj mahallasi, Urganjiylar, Urganji eli) uchratishimiz mumkin.

Xiva xonlari zulmidan ozor chekkan urganchliklar (Xorazm) Sirdaryo bo'ylab yuqori tomon suzib, yillar davomida Farg'ona vodiysigacha kelganlar va daryo bo'ylarida o'rnashib, o'z qishloqlarini tashkil qilganlar. Bunday qishloq nomlari

Sirdaryoga yaqin joylashgan. Farg'ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Jizzax viloyatlarida ham "Urganji", "Urganjiyon", "Urganji bog'" nomida qishloqlar bor[4].

Shuningdek Turkiyada Harezm, Isroilda Korazim, Chorazm va boshqa joylarda shu kabi nomlarni uchratishimiz mumkin.

Uzoq davom etgan xar-xil jarayonlar natijasida Xorazm viloyati hududiga ko'chib kelgan xalqlar shu yerdagi mahalliy aholi bilan o'zaro aralashib ketib hozirgi zamonaviy shavalarga ega bo'lgan xalq, urug' - qabilalarni shakllantirganlar.

Yuqoridagi ma'lumotlardan shunisi ayon bo'ladiki qadimdan Xorazmga kuchib kelib joylashgan juda ko'plab xalqlarning avlodlarini hozirda etnooykonimlar ko'rinishida uchratishimiz mumkin. Shulardan kelib chiqib xalq, urug' - qabila nomlari bilan bog'liq joy nomlari viloyat oyk onimlari tarkibida jami toponimlarning 21% ni tashkil etadi.

Xulosa Geografik nomlar bugungi kundagi muayyan hududdagi mahalliy aholi tomonidan tarixiy rivojlanish jarayonida tabiiy ravishda shakllantirilgan, tegishli ob'yektlarga oid qimmatli tarixiy-madaniy ma'lumotlarni o'zida saqlayotgan, ularning muhim tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, etnomadaniy xususiyatlarini aks ettirgan, geografik nomlar hisoblanadi. Shuning uchun hududiy oykonimlarni geografik jixatdan ham tadqiq qilish ishlari Xorazm toponimikasini o'rganishdagi dolzarb vazifalaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi.

Foydalangan adabiyotlar 1. Дусимов З. "Хоразм топонимлари" Т. "Фан". 1985. 98-б 2 Гуломов Яхё. Хоразмнинг сугорилиш тарихи. 1959. 294-б.

3. Махмудов М. "Катта Хоразм" илмий муаммосининг урганилиши тарихидан. T. 2015 й.

4. Uluqov N. va boshq. O'zbekiston joy nomlarining izohli lug'ati. -Toshkent, "Donishmand ziyosi", 2022. -640 b.

5. Hakimov Q.M., Mirakmalov M.T. Toponimika-Toshkent:«Tafakkur avlodi», 2020.

6. Kutlimuratov A.A. (2024). XORAZM TOPONIMIKASIDA TARKIBIDA GEOGRAFIK TERMINLARNING SHAKLLANISHI. Экономика и социум, (1 (116)), 252-257. doi: 10.5281/zenodo.10715972

7. Kutlimuratov A.A. (2024). XORAZM VILOYATI TOPONIMLARI TARKIBIDA OYKONIMLARNING SHAKLLANISHI. Hamkor Konferensiyalar, 1(3), 223-227.

8. A.A.Kutlimuratov, & T.T.Jumaniyazov (2023). Xorazm viloyati geografik joy nomlari tarkibida o'simliklarga bog'liq nomlar (fitonimlar). Science and Education, 4 (5), 1649-1653.

9. Monitoring land use and land cover (LULC) in the Khorezm oasis using the Esri Sentinel-2 Land Cover Explorer database. Rifat Boymurodov, Muzaffar Matchanov, Qudrat Tajiyev, Dilshodbek Amandurdiyev, Ali Mansourian, Abdullo Ashurov E3S Web of Conf. 590 04001 (2024) DOI: 10.1051/e3sconf/202459004001

10. Matchanov, Muzaffar & Boymurodov, Rifat. (2024). ANALYSIS OF THE INFLUENCE OF EROSION ON THE DESERTIFICATION PROCESS IN THE KHORAZM OASIS USING REMOTE SENSING DATA. 6. 46-51.

11. Anthropogenic transformation of oasis landscapes in Khorezm Province, Uzbekistan: A geoecological analysis. Abror Khaitbaev, Kuvondik Yarashev, Yunus Karimov, Maqsud Nazarov. E3S Web Conf. 497 02043 (2024). DOI: 10.1051/e3sconf/202449702043

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.