Kutlimuratov A.A.
Urganch davlat universiteti katta o qituvchi
O'zbekistan
XORAZM VILOYATI TOPONIMLARINING TURLARI VA ULARNI HOSIL QILGAN TABIIY GEOGRAFIK TERMINLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyati toponimlarining vujudga kelishiga ko'ra turlari yoritilgan. Shu bilan birga maqolada Xorazm viloyatidagi ayrim oronimlar hamda gidronilarning manosi haqida ham so Z boradi.
Kalit so Zlar: toponimlar, terminlar, tabiiy geografiya, fitonimlar, zoonimlar, geomorfonimlar, gidronimlar, foydali qazilmalarni bildiruvchi toponimlar.
Kutlimuratov A.A. senior lecturer Urganch State University Uzbekistan
TYPES OF NAMES OF THE KHORAZM REGION AND NATURAL GEOGRAPHICAL TERMS THAT FORM THEM
Abstract. This article discusses the types of toponyms of the Khorezm region by origin. At the same time, the article also mentions some toponyms and hydronyms of the Khorezm region.
Keywords: toponyms, terms, physical geography, phytonyms, zoonyms, geomorphonyms, hydronyms, toponyms denoting minerals.
Kirish. Xorazm viloyati O'zbekistonning shimoliy-g'arbiy qismidagi qadimiy Xorazm vohasining bir qismini egallaydi. Umumiy yer maydoni 6,1 ming km2 ni tashkil etib, viloyat maydonning 74% Amudaryoning chap qirg'og'ida (4,5 ming km2), o'ng qirg'oqda 26% (1.6 ming km2) qismi joylashgan. Viloyat respublika umumiy maydonining 1,4 % tashkil etadi. Viloyatning geografik o'rni 400 351-420 001 shimoliy kenglik va 600 031-620 281 sharqiy uzoqlik oralig'ida, Turon pasttekisligida joylashgan. Viloyatning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani hududidagi Olchin qishlog'i yaqinidagi Nuranbobo to'qayiga to'g'ri kelsa, janubiy chekka nuqtasi esa Tuproqal'adan bir muncha janubda joylashgan.Viloyat shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa 280 km ga cho'zilgan. Viloyatning Urganch shahri joylashgan kenglikdagi g'arbdan sharqqa uzunligi 80 km atrofida.Viloyatning relyefi janubiy g'arbdan(85m) shimoliy sharqqa(198m) tomon ko'tarilib boradi.
XORAZM VILOYATI GIPSAMETRIK KARTAS!
1-rasm. Xorazm viloyatining rel'yef kartasi (SRTMmalumotlari asosida muallif
tamonidan ishlangan)
Joyning geografik o'rniga bog'liq holatda shaklangan nomlar.
Yer yuzasi relyefi, tuzilishi bilan bog'liq nomlar geomorfologik topoterminlar yordamida yuzaga keladi. Yer yuzasining turli shakllari joy nomlarining shakllanishiga sababchi bo'ladi. "Vaqt o'tishi bilan relyef o'zgarishi mumkin, lekin shu relyefni bildiruvchi nom qolaveradi." [1-13 b]
Viloyat toponimlari orasida -obod, -qal 'a topoformatini ko'p uchratishimiz mumkin: Bekobod, Shohobod, G'ozobod, Bekobod, Yangiobod, Paxtaobod, Chinobod, Cho'lobod, Xayrobod, Xonobod, Qulobod, Mehnatobod, Ashaqqal'a, Bo'zqal'a, Doshqal'a, Ko'naqal'a, Chig'atoyqal'a, Shag'alqal'a, Sho'rqal'a, Yuqoriqal'a, Qoramanqal'a, Katqal'a, Ichanqal'a, Dishanqal'a va boshqalar.
Viloyat yer yuzasi tuzilishining asosiy qismi tekisliklardan iborat bo'lganligi uchun oronimlar nisbatan kam uchraydi. Xorazm viloyatida oronimik indikatorlar qatoriga "jar", "tepa", "qum", "qir", "to'bajik", tumpak(dumpak)(kichik tepa) kabi so'zlarni kiritish mumkin. Shuningdek viloyatda o'y (oy) so'zi bilan chuqurlik va pastlik joylar ifodalanadi, hamda mahalliy shevalarida bu terminning o'ydiq, o'y-handaq, chuqalaq kabi turlari ham uchraydi. Ba'zi geomorfologik topoterminlar yordamida yasalgan toponimlarni keltirib o'tamiz: "jar" topotermini yordamida: Qiziljar, Echkijarko'l, Echkijar, Jarqishloq, Jarchilar va boshqalar; "tepa" termini yordamida: Hazorasp tumanidagi Qumtepa, Qoratepa, Oqtepa, Mingtepa, Oltintepa, Ko'ktepa(Go'ktepa), Qoraultepa va boshqalar; "qum" termini yordamida: Oltinqum, Yuqoriqum, O'rtaqum, Qumbadoq, Oqqum, Amirqum, Qumrabot, Vopqum, Qumyop, Qumoloqli, Oshoqqum, Chuqurqum, Qumonchilar va boshqalar; "qir" termini yordamida: Chingizniqiri, Ulli yoki Kichchi chingizni qiri, To'vshanqir va boshqalar; "to'ba" yoki "dapa" termini yordamida:
Qo'shato'ba, Ullito'ba, Aqto'ba, To'bajiq, shuningdek "rosh", "chel" va boshqa shu kabi relyefning kichik ko'rinishiga oid mikroterminlar yordamida hosil bo'lgan joy nomlarni ham uchratish mumkin.
Viloyatning Xazorasp va Bog'ot tumanlarida Sharqiy Sho'rko'l, Xiva tumanida esa Shimoliy Arbuzko'l, Qo'shko'pir tumanidagi Shimoliy Ko'rpko'l kabilar biror geografik obyektga nisbatan joylashgan o'rnini bildiradi. Urganch va Xonqa tumanlaridagi Chuqurko'l toponomi atrofdagi boshqa ko'llarga nisbatan chuqur bo'lgani bois shunday nomlangan. Xazorasp tumanidagi Chap sohil magistral kanali, Yangibozor tumanidagi O'ng sohil va Qo'shko'pir tumanidagi O'ng tarmoq kanallari ham obyektning joylashgan o'rnini bildiradi.
Bundan tashqari, professor Z.Do'simov Xorazm viloyati toponimlarini tarkibidagi belgi-xususiyati, tomon, o'rin va hajmni bildiruvchi indikatorlar mavjud ekanligini aytib o'tadi. Belgi-xusussiyatni bildiruvchi so'zlarga "avat"(obod) termini orqali Gazavat(Gozobod), Shovot, Xiziravat, Amiravat, Qulavat nomlar shakllangan; tomonni bildiruvchi nomlarga, Xorazmda ufq tomonlari mahalliy shevadagi so'zlar orqali ifoda etiladi. Misol uchun shimol tomon arqa-orqa so'zi bilan(Orqaovul, Orqasolma, Orqaatiz, Arqali, Arqajam, Arqa), janub esa qibla so'zi orqali (Qiblaqayir, Qiblaovil, Qibla Tozabog'(Xiva shahri), hamda g'arb va sharq tomonlarni ifodalash uchun esa kunchiqar va kunbotar so'zlari ishlatiladi.
Viloyatning relyefi janubiy g'arbdan shimoliy sharqqa tomon ko'tarilib borishini mahalliy aholi balan(baland) va pas(past) so'zlarini, quyoshning chiqishi va botishi bilan bog'lab, yuqori yoki baland-"kun chiqishi, ya'ni-sharq", past yoki to'man kunbotish, ya'ni-g'arb" tomonini ifoda etishi va yoplarda suvning oqishi ma'nosida ham keng qo'llaydilar. Shuning uchun viloyatda joyning o'rinni bildiruvchi nomlarga Balandovil, Balandko'pir, Passalma(Pastsolma), Tomanovil, Yuqoriovil kabilarni, hajmni bildiruvchi Ulliqala (Kattaqal'a), Ulliatiz (Kattadala), Ulli (Katta), Kichchiko'l (Kichkko'l), Kichchiqala (Kichikqal'a), Kichchiatiz (Kichikdala) kabi nomlarni ham uchratish mumkin. Xorazmda quyi yoxud past sozlari ashaq yoki oyoq shaklida uchratamiz. AmaKKanta, Oyoqqishloq, Oyoq(Qo'shko'pir tumani), O'yilma(Gurlan tumani) va boshqa shu kabi nomlarni ham uchratamiz. Tumaloq ko'l, Uzunkol, Qiyshiqyap kabi gidronimlar obyektning shakli va tuzilishiga ko'ra nomlangan.[3, 75-b]. Xorazm viloyatining tabiiy turlari bilan bog'liqlik ba'zi toponimlarini quyidagicha tasvirlashimiz mumkin.
50% 45% 40% 35% 30% 25% 20% 15% 10% 5% 0%
Joyning geografik o'rni, o'ziga xos xususiyatlari hamda relf bilan bog'liq nomlar
Suv ob'ektlari bilan bog'liqlik Tuproq, o'simlik va hayvonot nomlar (gidronimlar) dunyosi hamda landshaft tulari bilan bog'liq bo'lgan nomlar
Foydali qazilmalar va tog' jinslari bilan bog'liq nomlar
Xorazm viloyatining tabiiy turlari bilan bog'liqlik toponimlari1-rasm
(Diagramma muallif tamonidan tuzilgan)
Suv obyektlari bilan bog'liq nomlar (Gidronimlar)
Xorazm viloyati Amudaryoning quyi qismida joylashganligi sababli gidronimlar nisbatan ko'proqni tashkil etadi. Viloyatda uchraydigan gidronimlarni quyidagi xususiyatlariga qarab guruhlarga ajratishimiz mumkin:
Joyning geografik o'rni, o'ziga xos xususiyatlari hamda relf bilan bog'liq gidronimlar
Xalq, urug-qabila, shaxslar bilan bog'liq etnogidronimlar
r Tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda landshaft tulari bilan bog'liq bo'lgan gidronimlar
Foydali qazilmalar va tog' jinslari bilan bog'liq gidronimlar
17%
32%
24%
27%
Xorazm viloyatidagi gidronimlarning xususiyatiga qarab guruhlari 2-rasm
(Diagramma muallif tamonidan tuzilgan)
Shu bilan birga Xorazm viloyati toponimlarini o'rganish jarayonida faqat shu viloyatda uchradigan ba'zi geografik terminlarni uchratishimiz mumkin. Xorazm viloyati gidronimlari tarkibida "ko'l" topotermini yordamida hosil bo'lgan joy nomlari ko'p: Achchiqko'l, Xalpako'l, Sho'rko'l, Ashshaqko'l, Chuqurko'l (Urganch tumani), Aqdayko'l, Boriyataqko'l, Obilko'l, Ulug'sho'rko'l (Yangiariq tumani), Gavkko'l, Dinakko'l, Eshonko'l (Xiva tumani), Dovutko'l, Sho'rko'l, Toshliko'l, Tuzloqko'l (Qo'shko'pir tumani), Jarmishko'l (Xiva va Yangiariq tumanlari), Oqko'l (Xiva, Shovot, Yangiariq tumanlari), Suzaliko'l (Xiva tumani), Tuzko'l, Uzunko'l (Xazorasp tumani) va boshqalar.
Akademik V.V.Bartold arna, yap (yop) so'zlarini xorazmcha deb hisoblagan va "o'ta, obdon yaxshi" ma'nosidagi qadimgi arta (arda) sifatida Xorazmning geografik nomenklaturasida tez-tez uchrab turadi deb yozgan [2,122-b]. Z.Do'simovning fikricha, arna so'zi ar-eroniy tillarda suv o'zagi orqali yasalgan [3,69-b]. Shuningdek ko'pgina gidronomik terminlarni jumladan: Amudaryodan suv saqa orqali arnalarga va undan yoplarga undan badoq deb atalgan o'rtacha ariqlar orqali ajralib chiqishida uchratishimiz mumkin. Xorazmdagi ba'zi mahalliy shevalarda ko'pincha badoqni "solma" termini bilan ham yuritadilar. Solma Xorazmning sug'orish tarmoqlari tizimida eng kichik suv yo'li hisoblanadi. Solma ikki xildir: oyoq solma va chigir solma. Umuman Xorazmda o'zi oqar tarmoq "oyoqsu", yoki suv oyog'i, etagiga ya'ni suv solmaning nishabligidan kelib chiqib o'zi oqadigan degan ma'noda. Chig'ir solma faqat chig'ir yordami bilan vjudga keltirilgan. Hozirda Chig'irning nomi qoldi xolos, o'rnida elektr va yoqilg'i evaziga ishlaydigan naso'slar yordamida suv chiqariladi va naso's solma iborasi ishlatiladi.
Viloyat toponimlari tarkibida gidronimlar nisbatan ko'p uchraydi (1:200 000 masshtabli xaritasida saqa, arna, yormish, yop, solma, ko'l va yosqa terminlarning umumiy soni 212 dan oshadi). Bu nomlarning 31 % ko'l, 25 % yop, 4% kanal, 3 % arna, 3% solma topotermini yordamida hosil bo'lgan.
2%%%
25% 3%
31%
■ soqa Tarna r yormish Tyop r solma rko'l ■ yosqa ■ kanal ■ boshqa
Xorazm viloyatida shakillangan gidronimlarni hosil qilgan terminlarning
ulishi 3-rasm (Diagramma muallif tamonidan tuzilgan)
Viloyat hududi o'simlik turlari bo'yicha juda kambag'al hisoblanadi. Shunday bo'lsa ham viloyatda asosan, aholi hayoti uchun zarur bo'lgan, umuman ishlab chiqarish, hayot kechirish jarayoni bilan aloqador o'simliklar turlarini va ular bilan bog'liq nomlarni uchratishimiz mumkin. Daraxt turlari bilan atalgan nomlarga Gujum yoki Narvon, Erikbog' (O'rikbog'), Yakkatut, Tutbag'i(Tutbog'i), Go'jatal (Go'jatol), Qoratal(Qoratol), Beshgujum, Aqterak (Oqdarak), Ko'kterak (Go'kdarak), Go'ja, Qiyshiqjiyda, Aqtut (Oqtut), Danatut; ekin turlari bilan bog'liq fitonimlarga Arpabadiyan, G'avusher (jo'xori ekiladigan maydon), Yong'irchqaatiz (beda ekiladigan maydon), Kandirli (kanop),
Mashtaxta (Moshtaxta) (mosh ekilgan maydon) va hakozalarni aytish mumkin. Amudaryo daryosi va viloyatdagi mavjud ko'llar atrofida yovvoyi o'simliklar bilan bo'g'lq nomlar vujudga kelgan. [3,52-b]
Viloyatda o'simlik bilan bo'g'liq nomlarni quyidagi guruhga ajratamiz:1 -жадвал
Manzarali daraxt Mevali daraxt Butalar O't o'simliklar Poliz va sabzavotlar
Beshgujum Erik(O'rik)bog' Qoratal Arpabadiyan Qovun
Narvon(Gujum) Angarik Sazaq(Saksavul) G'avusher Gurvak
Qaramon Anjirbog' Yulg'in Yong'irchqa Bo'rikalla
Darak(terak) Aq(Oq) tut Janggal Aqvash Xarmiz(Tarvuz)
Oqdarak(terak) Danatut Aqjugan Gashiratiz
Go'k(ko'k) terak Qoratut Kandirli Zamchaqariq (handalak)
Baqaтerak Shol(Shom) tut Mashtaxta
Yakkatut
Amudaryo viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy tomonidan oqib o'tadi va buyerda o'ziga xos bolgan tabiat kompleksi-to'g'aylarni(to'qay) vujudga keltirgan. Xorazmda to'qayni to'g'ay deyishadi, Z.Do'simov fikriga ko'ra, to'g'ay asli turkiycha termin bo'lib, o'rmon, o'tli dala, daryo bo'yidagi o'rmon, o'tloq ma'nolariga ega [3,64-b]. Viloyat fitotoponimlari tarkibida turli yovvoyi o'simliklar, daraxtlar, poliz ekinlari nomlarini uchratish mumkin. Ularga Arpabodiyon, Kandirli, Mashtaxta, Yilg'inli, Qamishliq, va boshqa shu kabilar misol bo'ladi.[4, 211-b]
Xulosa.Yuqoridagi ma'lumotlardan shuni bilish mumkinki, Xorazm viloyati toponimlarining turlari orasida tabiiy sharoitni o'zida aks etuvchi toponimlar ko'pchilikni tashkil etadi. Viloyatda juda ko'plab toponimlar faqat shu hududa uchraydigan va o'ziga xos bo'lgan "saqa", "arna", "yormish", "yop", "solma", "ko'l", "yosqa", "jar", "tepa", "qum", "qir", "atiz" va boshqa topoterminlar asosida shakllangan.
Foydanaligan adabiyotlar:
1. Охунов Н. Жой номларининг таъбири. -Т.: «Узбекистан», 1994, 13-б
2. Бартольд В.В. Соченения Т II. -M.: 1963, 122-б.
3. Дусимов З. "Хоразм топонимлари" Тошкент. "Фан". 1985,52-б.
4. Хдкимов К. М., Миракмалов М.Т. Топонимика (дарслик) -Т.: 2020, 211-б.