Научная статья на тему 'XORAZM ARXEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASIDA ETNOGRAFIK TADQIQOT GURUHLARINING TASHKIL ETILISHI'

XORAZM ARXEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASIDA ETNOGRAFIK TADQIQOT GURUHLARINING TASHKIL ETILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Etnografiya bo‘limi / Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi / Shimoliy va Janubiy o‘zbeklar / Turkman tadqiqot guruh / T.A.Jdanko / K.L.Zadixina / M.V.Sazonova. / Department of Ethnography / Karakalpak ethnographic research group / North and South Uzbeks / Turkmen research group / T.A. Zhdanko / K. L. Zadikhina / M. V. Sazonova.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rustamjon O‘ktamjon O‘g‘li Isaqov

Ushbu maqolada S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining XX asrning 50-yillari va undan keyingi davrdagi faoliyati haqida qisqacha fikr yuritadi. Ekpeditsiya tarkibida tashkil etilgan etnografik tadqiqot guruhlari va ularning tadqiqot obyektlari, guruh rahbarlarining ilmiy faolaiyati, tadqiqotlar tahlili, natijalari va ular asosida nashr etilgan ilmiy adabiyotlar tahlili amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ETHNOGRAPHIC RESEARCH GROUPS ARE ORGANIZED IN THE KHRAZM ARCHEOLOGY-ETHNOGRAPHY EXPEDITION

This article briefly reviews the activities of the Khorezm archaeological-ethnographic expedition led by S.P. Tolstov in the 1950s and later. The ethnographic research groups and their research objects, the scientific activity of the group leaders, the analysis of the research results and the scientific literature published on their basis will be carried out as part of the expedition.

Текст научной работы на тему «XORAZM ARXEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASIDA ETNOGRAFIK TADQIQOT GURUHLARINING TASHKIL ETILISHI»

XORAZM ARXEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASIDA ETNOGRAFIK TADQIQOT GURUHLARINING TASHKIL ETILISHI

Rustamjon O 'ktamjon o 'g'li Isaqov

Toshkent davlat sharqshunoqlik universiteti tayanch doktoranti Tel: +998934929854 kvazarlar1998@gmail. com

Annotatsiya. Ushbu maqolada S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasiningXXasrning 50-yillari va undan keyingi davrdagi faoliyati haqida qisqacha fikr yuritadi. Ekpeditsiya tarkibida tashkil etilgan etnografik tadqiqot guruhlari va ularning tadqiqot obyektlari, guruh rahbarlariningilmiy faolaiyati, tadqiqotlar tahlili, natijalari va ular asosida nashr etilgan ilmiy adabiyotlar tahlili amalga oshiriladi.

Kalit so'zlar: Etnografiya bo'limi, Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi, Shimoliy va Janubiy o'zbeklar, Turkman tadqiqot guruh, T.A.Jdanko, K.L.Zadixina, M. V.Sazonova.

ETHNOGRAPHIC RESEARCH GROUPS ARE ORGANIZED IN THE KHRAZM ARCHEOLOGY-ETHNOGRAPHY EXPEDITION

Rustamjon Isakov

PhD student

Tashkent State University of Oriental Studies

Tel: +998934929854 E-mail: kvazarlarl998@gmail. com

Annotation. This article briefly reviews the activities of the Khorezm archaeological-ethnographic expedition led by S.P. Tolstov in the 1950s and later. The ethnographic research groups and their research objects, the scientific activity of the group leaders, the analysis of the research results and the scientific literature published on their basis will be carried out as part of the expedition.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14742346

Keywords: Department of Ethnography, Karakalpakethnographic research group, North and South Uzbeks, Turkmen research group, T.A. Zhdanko, K. L. Zadikhina, M. V. Sazonova.

ОРГАНИЗАЦИЯ ЭТНОГРАФИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ ГРУПП В ХОРАЗМСКОЙ АРХЕОЛОГО-ЭТНОГРАФИЧЕСКОЙ

ЭКСПЕДИЦИИ

Рустамжон Исаков

Базовый докторант Ташкентский государственный университет востоковедения

Тел: +998934929854 E-mail: kvazarlar1998@gmail. com

Аннотация. В статье кратко рассмотрена деятельность Хорезмской археолого-этнографической экспедиции под руководством С.П. Толстова в 1950-е годы и позднее. В рамках экспедиции будут осуществляться этнографические исследовательские группы и объекты их исследования, научная деятельность руководителей групп, анализ результатов исследований и изданной на их основе научной литературы.

Ключевые слова: кафедра этнографии, каракалпакская этнографическая группа, северные и южные узбеки, туркменская группа, Т.А. Жданко, К.Л. Задихина, М.В. Сазонова.

KIRISH.

Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi turli yo'nalishdagi tadqiqotchilardan iborat katta guruhdir. Islomgacha bo'lgan davr Xorazm ijtimoiy tuzumi, xo'jaligi va madaniyati, Amudaryoning qadimgi oqimlari tarixi, u b ilan bog'liq bo'lgan qadimgi O'rta Osiyo sug'orish muammosi, O'zbekiston

aholisining madaniy-maishiy turmush tarzi Xorazm o'z ekspeditsiyasida hal qilgan

muammolar hisoblanadi. Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tarkibida

etnografik tadqiqot guruhlarining tashkil etilishi Orolbo'yining etnik tadqiqida

muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ushbu jamoalarning tadqiqoti davomidagi

so'rovnomalari tugagandan so'ng ular tomonidan nashr etilgan kitoblar, maqolalar

va monografiyalari bugungi kunda ham dolzarbligicha qolmoqda. Ekspeditsiya

tarkibida tashkil etilgan "Etnografiya bo'limi"ga va "Qoraqalpoq etnografik

tadqiqot guruhi"ga boshchilik qilgan T.A.Jdanko tomonidan o'z nashrlarida

qoraqalpoq xalqi etnografiyasi tadqiqot obyektiga aylanadi

Xorazm ekspeditsiyasi tarkibida ilk etnografik tadqiqot guruhlaridan bin 1945-yilda, "Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi" tashkil etiladi, 1946-yilda "Shimoliy va Janubiy o'zbek", 1948-yilda "Turkman tadqiqot guruh" lari ish boshladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi ish olib borgan davr mobaynidagi faoliyati shu qadar keng ko'lamli nashrlarda o'z aksini topdiki, ularning ro'yxatini tuzishning o'zi ancha vaqt olishi mumkin. Bu nashrlar butun bir kutubxonani tashkil qilgan bo'lar edi. Hozirga qadar Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi "Asarlar"ining 16 jildi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi "Materiallar"ining 10 ta juzi, 18 ta tematik to'plami chop etilgan. Shuningdek, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlarining maqolalari «Вестник древней истории», "Вопросы истории", «Советская археология», «Советская этнография», «Этнографическое обозрение» va boshqa jurnallarda bosilib chiqqan. Guruhlarning ishlari haqidagi hisobotlar КСИИМК (Moddiy madaniyat tarixi institutining qisqa axboroti) hamda

KSIE (Etnografiya institutining qisqa axboroti)ning yillik nashrlarida, "Археологические открытия^а boshqa nashrlarda berib borildi.

Ekspeditsiya hodimlarining maqolalari ko'plab xorijiy jurnal va to'plamlarda nashr qilingan. Ularning Encyklopedia (Kolumbiya universiteti nashri) va «History of civiliazations of Central Asia» (YUNESKO nashri) kabi fanning hozirgi rivojini aks ettiruvchi nufuzli nashrlardagi ishtirokini qayd etish kerak. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining 60 yildan ziyod faoliyati natijalari jamlangan yuqorida qayd etilgan nashrlar bizning tadqiqot manbayimiz hisoblanadi. Bunda ularning mazkur ish mavzusiga muvofiqligi nazarda tutilgan. Ushbu nashrlardagi asarlar shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo'lingan.

Birinchi guruh. Xorazmni ilmiy jihatdan o'rganishga asos solgan Sergey Tolstovning fundamental ishlari.

Ikkinchi va asosiy guruh: Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi "Asarlar"idir. Mazkur guruhdagi manbalarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining faoliyati to'g'risidagi asosiy ma'lumotlar aks etgan.

Uchinchi guruhga yuqorida aytib o'tilgan ekspeditsiya xodimlarining monografik tadqiqotlari mansubdir. To'plam va davriy nashrlarda, jurnallarda bosib chiqarilgan ayrim maqolalar, "Археологические открытия^АИс to'plamidagi materiallar to'rtinchi guruhni tashkil etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

"Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasida etnografik tadqiqot guruhlarining tashkil etilishi" deb nomlangan ushbu maqolada etnografik tadqiqotlarni xronologik, muammoviy, tarixiy tahlil metodlaridan foydalanilgan

holda islomgacha bo'lgan davr Xorazm va uning atrofidagi o'zbek, turkman va qoraqalpoq xalqlari ijtimoiy tuzilishi, an'anaviy xo'jaligi, hunarmandchiligi va urf-odatlarini o'rgangan tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini etnologik tahlil qilingan.

TAHLIL VA NATIJALAR.

Ilk boshda tashkil etilgan "Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi" ning ishlari 1945-yildan 1959-yilgacha bo'lgan davrda Qoraqalpog'istonning barcha viloyatlarida olib borildi. Guruh ishining boshida eng dolzarb deb belgilangan mavzular: qoraqalpoqlarningqabilaviy tuzilishi, boshqaruv tabiati, soliqqa tortish, yerdan foydalanish, oila va nikoh munosabatlari, moddiy madaniyatning muhim tarkiblari turar-joylar, hunarmandchilik, xalq liboslari va amaliy san 'at xususan, kiyim -kechak masalalari bo' yicha ma' lumot to' plandi.

Tadqiqotchilarga rahbar etib T.A.Jdanko tayinlanadi. T.A.Jdanko Qoraqalpog'iston tarixi va etnografiyasi bo'yicha bir qator ilmiy ishlar yozgan. Uning shogirdlari orasida O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Sobir Kamolov ham bor edi.

Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining "Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi" 1957-yilda mavsumiy tarzda Kegeyli, Mo'ynoq, Qo'ng'irot viloyatlarida qayta-qayta izlanishlar olib bordi. XIX asr - XX asr boshlarida qabila guruhlari joylashishi va ularning suvdan foydalanish tizimining sxematik xaritasi tuzildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida ba'zi qabila guruhlari (keneges va mang'itlar) o'rni yaqinligini ko'rsatadigan yangi materiallar topildi, ular ba'zi hollarda iqtisodiy faoliyatda, xususan, suvdan foydalanishda hamkorlik qilishlari haqida ma'lumotlar aniqlanadi. (З.И., - Самарканд 2013)

Tadqiqotchi guruh ish rejalarida moddiy madaniyat, xususan, kiyim-kechak

masalalarini o'rganish ham kiritilgan bo'lib, bu masala bo'yicha dala materiallari

O'rta Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklariga oid bir qancha maqolalar uchun asos

bo'ladi. Mintaqa hududida sodir bo'lgan va madaniyatning umumiy rivojlanishiga

ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan murakkab etnik jarayonlar xalqlari libosining

shakllanishida ham katta rol o'ynaydi.

S.K.Kamolov, R.K.Kosbergenov, U.Shalekenov kabi qoraqalpog'istonlik

aspirant-tadqiqotchilar ham qoraqalpoq etnografik jamoasi tarkibida ish olib

borishgan. Ular etnografik otryadda to'plagan dala materiallari keyinchalik

ularning keyingi tadqiqotlari uchun asos bo'ldi. (C.K., - M., 1958 )

"Shimoliy o'zbek etnografik tadqiqot guruhi" ning boshlig'i esa

K.L.Zadixina edi. Jamoa ishi 1946, 1947, 1948 va 1952-yillarda asosan

Qoraqalpog'iston hududidagi Qo'ng'irot, Xo'jayli va Shumanay viloyatlari hamda

Qipchoq viloyatida olib borilgan (1952-yilda bu viloyat Mang'it bilan

birlashtirilib, Qoraqalpog'istonning Amudaryo viloyati tarkibiga kiritilgan). Ular

bilan bir qatorda Amudaryoning quyi oqimidagi o'zbeklar, Qarshi va Surxondaryo

o'zbeklari, Farg'ona vodiysi va Toshkent o'zbeklari mavzulari bilan

shug'ullangan. K.L.Zadixina Qashqadaryo havzasida aholining tarqalishi xaritasini

tuzadi. "Qashqadaryo havzasi va O Zbekiston SSR Surxondaryo viloyati

aholisining etnik tarkibini o'rganishning ba'zi masalalari" maqolasi xuddi shu

mavzuga bag'ishlangan. (K..H., - M., 1958)

1946-1948 yillarda tadqiqotchi guruh tomonidan to'plangan delta

o'zbeklarining kiyim-kechaklari haqidagi ma'lumotlar eski zamonlarda o'zbek

ayollari, qoraqalpoq va qozoq ayollari hozirda ham saukele va kasava kabi bosh

kiyimlarini kiyganligini tasdiqlaydi. (К.Л., Узбеки дельты Амударьи, - М., 1952 )

Janubiy o'zbek etnografik tadqiqot jamoasiga M.V.Sazonova rahbarlik qiladi. Bu guruh 1946-1949 yillarda O'zbekistonning Xorazm viloyatida olib borgan dala tadqiqotlarining asosiy yo'nalishlari Xonkin, Xiva, Xazorasp va Qo'shko'pir hududlari bo'lgan. Fasllarning birida o'zbeklar ko'p bo'lgan Qoraqalpog'istonning To'rtko'l va Shabazz (hozirgi Beruniy) viloyatlarida ham tadqiqot o'tkaziladi.

M.V. Sazonova Xorazm vohasi tub o'zbek aholisining xo'jalik faoliyatiga diqqatini qaratadi. Birinchi marta Xorazm o'zbeklari (O'zbekiston SSR Xorazm viloyati doirasida) xo'jaligining asosiy tarmoqlari tadqiqot obyektiga aylantirladi. Dala ekspeditsiya tadqiqotlari natijasida to'liq bo'lgan katta hajmdagi materiallar ilmiy muomalaga kiritildi, O'zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi (Toshkent) va Markaziy davlat tarix arxividan olingan arxiv ma'lumotlaridan SSSR (Leningrad) foydalangan holda monografiyalar chop etiladi. (М.В., - М., 1952 )

Xorazm vohasining salmoqli qismini - sug'oriladigan yerlari bo'lgan shimoli-g'arbiy chekkalarini, Sariqamish havzasini va Qoraqum cho'lining unga tutash ulkan shimoliy qismini o'z ichiga olgan Turkmanistonning Tashauz viloyati turkmanlarining etnografiyasini o'rganish ekspeditsiya tarkibidagi turkman etnografik otryadining rahbari G.P. Vasilyeva boshchiligidagi bir guruh olimlar 1948-1966 yillar davomida qisqa tanaffuslar bilan faoliyat yuritadi.

O'zbekistonning Xorazm viloyati - Xiva, Xazorasp, Xanki shaharlari va viloyatlarida, qisman qo'shni Shimoliy Turkmaniston (Kunya-Urganch) va Qoraqalpog'istonda (Beruniy) dala tadqiqotlarini olib borgan yana bir o'zbek

etnografïk tadqiqot guruhiga G.P.Snesaryov boshchilik qiladi. Ushbu guruh 19541959, 1961, 1966 va 1968-yillarda faolïyat yurïtgan. (Г.П., - М., 1969 )

Tadqiqot guruhi tomonidan klan guruhlarining yashash joylari o'rganilib, nasabnoma va rivoyatlar to'plangan. Urug'larning kelib chiqishi haqidagi ma'lumotlar, rivoyatlar, boshqa qabila va urug'lar bilan munosabatlari, boshqaruv tabiati, soliqqa tortish, yerdan foydalanish, oila va nikoh munosabatlari haqida ma'lumotlar yig'iladi. Keyingi yillarda qoraqalpoq otryadining vazifalari XIX asr - XX asr boshlaridagi qoraqalpoqlarning ovul yer-suv munosabatlarini tarixiy-etnografik o'rganishga qaratildi. Shu bilan birga, oilaviy hayot, qoraqalpoq oilasi hayoti bilan bog'liq urf-odat va marosimlar, qadimiy e'tiqod yodgorliklari haqida ham ma'lumotlar to'plandi. Dala tadqiqotlari rejalarida moddiy madaniyatning muhim tarkiblari turar-joylar, hunarmandchilik, xalq liboslari va amaliy san'at asosiy o'rinni egalladi. (Т, - Л.: Наука, 1978. )

Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi 1957-yilda mavsumiy tarzda Kegeyli, Mo'ynoq, Qo'ng'irot viloyatlarida qayta-qayta izlanishlar olib bordi. XIX asr - XX asr boshlarida qabila guruhlari joylashishi va ularning suvdan foydalanish tizimining sxematik xaritasi tuzildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida ba'zi qabila guruhlari (keneges va mang'itlar) o'rni yaqinligini ko'rsatadigan yangi materiallar topildi, ular ba'zi hollarda iqtisodiy faoliyatda, xususan, suvdan foydalanishda hamkorlik qilishlari haqida ma'lumotlar aniqlanadi.

Qoraqalpoqlar va o'zbeklarning bir xil nomdagi etnonimlari Qanjig'ali, Ashamayli, Balg'ali, Qang'li, Qiyot, Tartullar - o'zbeklar orasida Qo'ng'irotlar va Ashamayli, Balg'allar, Qiyot kabi urug'lar qoraqalpoqlar orasida ham borligi, hududiy birlik va shunga o'xshash xo'jalik turlari asosida vujudga kelgan bu

xalqlarning etnogenezi, etnik tarkibi va an'anaviy kundalik madaniyati birligi

aniqlanadi. Janubiy Orolbo'yi xalqlarining madaniy tarixini, xususan irrigatsiya

tizimini o'rganish natijasi janubiy Orolbo'yida irrigatsiya va dehqonchilik tarixiga

bag'ishlangan "Orolbo'yining qadimiy irrigatsiya tizimlari" deb nomlangan

monografiya shakllantiriladi. (Т.А., Этнографические исследования и

этнографы Хорезмской экспедиции, - 1997.)

Moddiy madaniyat, xususan, kiyim-kechak masalalarini o'rganish ham etnografik tadqiqot guruhlari manfaatlari doirasida kiritilgan bo'lib, bu masala bo'yicha dala materiallari O'rta Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklariga oid bir qancha maqolalar uchun asos bo'ladi. Mintaqa hududida sodir bo'lgan va madaniyatning umumiy rivojlanishiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan murakkab etnik jarayonlar xalqlari libosining shakllanishida ham katta rol o'ynaydi.

Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi tomonidan o'z respublikasidan tashqarida, asosan, O'zbekiston va unga qo'shni viloyatlarda istiqomat qiluvchi mahalliy qoraqalpoqlarning etnik tarixi masalalari ham o'rganildi.

S.K.Kamolov, R.K.Kosbergenov, U.Shalekenov kabi qoraqalpog'istonlik aspirant-tadqiqotchilar ham qoraqalpoq etnografik jamoasi tarkibida ish olib borishgan. Ular etnografik otryadda to'plagan dala materiallari keyinchalik ularning keyingi tadqiqotlari uchun asos bo'ldi. Dala etnografik materiallar, tarixiy adabiyotlar va arxiv ma'lumotlari asosida yozilgan bu tadqiqotlarda qoraqalpoqlarning Sirdaryodagi hayoti davomida ham, Xivada yashagan davrlarida ham qoraqalpoq xo'jaligining xususiyatlariga munosib o'rin berilgan. (С.К., Народно-освободительная борьба каракалпаков против хивинских ханов в XIX , - М., 1958)

Xorazm ekspeditsiyasining etnografik tadqiqotlariga Xorazm vohasi o'zbeklarini o'rgangan etnografîk tadqiqot jamoalari katta hissa qo'shdilar. Otryadlar oldida turgan vazifalar Xorazm o'zbeklari orasida alohida ajralib turadigan ikki katta guruhning etnografik xususiyatlaridan kelib chiqib belgilandi.

K.L Zadixina ta'kidlashicha, shimoliy o'zbeklarning qabila etnonimlarini Orolbo'yining boshqa xalqlari etnonimlari bilan taqqoslash etnogenezning ayrim xususiyatlarini yoritib beradi. Shimoliy o'zbeklar orasida etnonimlarning katta qismi o'rta asr qabilalari va xalqlari nomlarini takrorlagan holda qo'llaniladi. Etnonimlarni tahlil qilganda, shimoliy Xorazm o'zbeklarining etnogenezi, birinchi navbatda, qoraqalpoqlar va qozoqlar, shuningdek, no'g'aylar bilan bog'liqligi aniq bo'ladi.

Xorazm o'zbeklarining qabilaviy tuzilishi tahlili ko'plab urug'-aymoq guruhlari va ular o'rtasidagi mulkiy munosabatlarning yaqinligini ko'rsatadi. Katta ehtimol bilan, K.L.Zadixinaning yozishicha, XI - XIII asrlarda qayd etilgan bu mo'g'ul (yoki turkiy-mo'g'ul) an'anasi XVII asrda Abulg'ozi Bahodirxon tomonidan Xorazm o'zbeklarining to'rtta guruhga - har birida ikkita urug'ga bo'linishi bilan ham bog'liq bo'lgan. Shunday qilib Xorazm o'zbeklari o'rtasida yaqin-yaqingacha "sovchi" munosabatlarini saqlab kelgan qang'li va kanjig'ali qipchoq urug'lari o'rtasidagi juftlik munosabatlari arxaik xarakterga ega bo'lib, ular o'rtasidagi nikoh munosabatlarini "bir paytlar bu urug'lar o'rtasida mavjud bo'lgan majburiy nikohning fratrial qoldiqlari deb hisoblash mumkin". (К.Л., Узбеки дельты Амударьи, - М., 1952)

Shimoliy o'zbek otryadining faoliyati natijasida birinchi marta o'zbek xalqining bu yirik, ilgari o'rganilmagan, noyob etnografik guruhining madaniyati

va turmush tarzida sodir bo'lgan barcha o'zgarishlar va saqlanib qolgan an'analar

bilan 1940-yillarda taqdim etiladi va ulaning etnografik tavsifi yaratildi.

Janubiy o'zbeklar otryadining qiziqish doirasiga janubiy o'zbeklarning

irrigatsiya va dehqonchiligiga oid tarixiy va etnografik materiallar kiritilgan.

Olimlarning asarlarida to'plangan sug'orish haqidagi ma'lumotlar dehqonlarning

ko'p asrlik tajribasini bugungi kungacha saqlanib qolgan xo'jalik va madaniy

an'analar asosida o'rganuvchi etnografiya ma'lumotlari bilan sezilarli darajada

boyitildi. (З.И., - Самарканд 2013)

G.P.Snesarev boshchiligidagi o'zbek etnografik guruhining tadqiqotlari

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

asosan diniy e'tiqodlarni o'rganishga e'tibor qaratdi. Jamoa Xorazm o'zbeklarining

e'tiqod va marosimlarida musulmonlardan oldingi yodgorliklarni o'rgangan.

O'zbekiston viloyatlari, Qoraqalpog'iston va Xorazm hududida joylashgan diniy

binolar va mozorlarning kelib chiqishi va vazifalari tahlil qilinadi.

Turkmanistonning Tashauz viloyati, O'zbekistonning Xorazm viloyati,

Qoraqalpog'iston va boshqa joylardan dindorlar ziyoratga boradigan Xo'jayli

viloyatidagi Shamun Nabiy va Jumart-Kassab, Beruniy viloyatidagi Sulton Uvays

bobo va boshqa qadamjolar o'rganiladi. Shu bilan birga, Sulton Uvays boboga

sig'inish turli millatdagi dindorlarni birlashtiradi. (Г.П., Хорезмские легенды как

источник по истории религиозных культов Средней Азии, - М., 1983)

Jamoa a'zolari demonologiya, sehr, tug'ilish kultlari va boshqalar bo'yicha

yo'qolib borayotgan ko'plab ma'lumotlarni yozib olish, tizimlashtirish va

umumlashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Dafn marosimlarida eng mustahkam

saqlangan zardushtiylik yodgorliklari topildi, bu din odamlar hayotida chuqur iz

qoldirganligini ko'rsatdi.

G.P.Snesaryev boshchiligidagi o'zbek etnografik otryadining Xorazm va unga tutash hududlarni etnografik o'rganishi bu sohada juda muhim va ba'zi maxsus, hali ham bahsli muammolarni hal qilish uchun din tarixi, masalan, zardushtiylikning tug'ilgan joyi masalasi ham chuqur tadqiq qilinadi. (Г.П., Хорезмские легенды как источник по истории религиозных культов Средней Азии, - М., 1983)

Turkman etnografik jamoasi aholining etnik tarkibini, ayniqsa turkmanlarning urug' va qabilaga mansubligini o'z xotiralarida mustahkam saqlagan etnografik guruhlarni batafsil o'rganishga oid materiallar to'play boshladi. Turkman urug'larining rivoyatlari va tarixiy an'analari, nasl-nasabi, Xorazm bilan bog'liq ko'chish va tarixiy voqealardagi ishtiroki haqida ma'lumotlar to'plangan. Hozirgi turar-joy bilan bog'liq ma'lumotlarga aniqlik kiritildi. Bu materiallar shimoliy turkmanlarning etnik tarixini sezilarli darajada boyitdi va etnik xaritalarni tuzish va nashr etish uchun manba bo'ldi.

Turkman etnografik tadqiqot guruhi tomonidan Turkmanlarning moddiy madaniyatiga oid materiallar ham to'plangan, xususan, uy-joy turlari, kiyim-kechak va zargarlik buyumlari, gilamdo'zlik, kashtachilik, naqshli kigiz yasash va boshqalar haqida maylumotlar qayd etilgan. Bu material turkmanlar madaniyati va turmushining umumiy ko'rinishi haqida tushuncha beribgina qolmay, balki asosiy qabila guruhlari - yomutlar, yemrelilar, chovdurlar, qoradashlilar, goklenlar va boshqalarning o'ziga xosligini ham ta'kidlaydi. Jamoa ishining yakunida Xorazm turkmanlarining zamonaviy hayotiga bag'ishlangan monografiya nashr etildi. Asarda turkmanlar hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlarning xususiyatlari bilan bir qatorda turkmanlarning tarixiy va madaniy an'analari haqida ham batafsil ma'lumotlar keltirilgan. (Г.П. В. , - М., 1952.)

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha etnografik jamoalarning asosiy maqsadi voha aholisini muntazam ravishda o'rganish, mahalliy guruhlarning joylashishini aniqlashtirish, xalqlarning an'anaviy madaniyati va hayotini tavsiflovchi tarixiy va etnografik materiallarni to'plash bo'lgan.

Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi Xorazmning tarixiy ahamiyati, avval paydo bo'lishi O'rta Osiyo tarixining yangi, shu paytgacha tushunarsiz bo'lgan sahifalarini ochib berish o'z rivojlanishining turli bosqichlarida turli qarashlardagi olimlarning unga bo'lgan cheksiz qiziqishini arxeologik va etnografik tadqiqotlar natijasida bu masalaga oydinlik kiritadi.

Qadimgi xorazmliklar hayotining ko'p qirralari yozma dalillarning kamligi tufayli iqtisodiy, siyosiy tarix, moddiy madaniyat, san'at va diniy e'tiqod masalalari arxeologik va etnografik tadqiqotlar tufayli tobora ko'proq aniq bo'ldi. Yuqorida tilga olingan etnografik guruhlar, shuningdek, ushbu guruhlardagi ishtirokchilarning faoliyati nafaqat mintaqa xalqlarini etnik jihatdan o'rganishga katta hissa qo'shgan, balki ilmiy qiziqishlar doirasini kengaytirishga imkon yaratgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Андрианов Б.В. Ак-джагыз (к истории формирования современной этнической территории каракалпаков в низовье Амударьи) // ТХАЭЭ. Т. I. - М., 1952 - C. 572.

2. Брусина О. И. Татьяна Александровна Жданко (Wayback Machine saytida 2017-09-30 sanasida arxivlangan) // Этнографическое обозрение. 2008. № 2. - С. 188-191

3. Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков // ТИЭ. Т. IX, - М., - Л. 1950 - C. 157-174.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14742346

4. Жданко Т.А. Работы Каракалпакского этнографического отряда в 1956 году // Материалы Хорезмской Экспедиции (далее МХЭ). Вып. I. - М., 1959 - C. 190-208.

5. Задыхина К.Л. Узбеки дельты Амударьи // ТХАЭЭ. Т. I. - М., 1952 - C. 326 - 342.

6. Кнорозов Ю.В. Мазар Шамун-Наби (Некоторые пережитки домусулъманских верований у народов Хорезмского оазиса). Советская этнография №№ 2. - М., 1949 - 12 с.

7. Курбанова З.И. Этнографические отряды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции.//Приаралье на перекрестке культур. -Самарканд - Ташкент: МИЦАИ, 2013. - C. 81.

8. Сазонова М.В. Традиционное хозяйство узбеков Южного Хорезма -Л.: Наука, 1978. - 98 с.

9. Снесарев Г.П. Хорезмские легенды как источник по истории религиозных культов Средней Азии. - М., 1983 - 218 с.

10. Толстова Л.С. Каракалпаки за пределами Хорезмского оазиса в XIX

- нач. XX вв. - Нукус, 1963 - C. 223.

REFERENCES

1. Г.П., В. (- М., 1952.). Итоги работы Туркменского отряда Хорезмской экспедиции за 1948 г. ТХАЭЭ. Т. 1.

2. Г.П., С. (- М., 1969). Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. - C. 292-297.

3. Г.П., С. (- М., 1983). Хорезмские легенды как источник по истории религиозных культов Средней Азии. - 218 с.

4. З.И., К. (- Самарканд 2013). Этнографические отряды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. Приаралье на перекрестке культур,

- C. 81.

5. К.Л., З. (- М., 1952). Узбеки дельты Амударьи. ТХАЭЭ. Т. I., - C. 326

- 342.

6. К.Л., З. (- М., 1952). Узбеки дельты Амударьи. ТХАЭЭ. Т. I. , - C. 326 - 342.

7. К.Л., З. (- М., 1958). Культура и быт узбеков Кипчакского района Каракалпакской АССР. ТХАЭЭ. Т. II, - C. 71. .

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14742346

8. М.В., С. (- М., 1952). К этнографии узбеков южного Хорезма (Полевые исследования южноузбекского этнографического отряда ХАЭЭ в 1946-1948 гг.). ТХАЭЭ. Т. I., - С. 253-260.

9. С.К., К. (- М., 1958 ). Народно-освободительная борьба каракалпаков против хивинских ханов в XIX в. . ТХАЭЭ. Т.Ш., - С. 133-206. .

10. С.К., К. (- М., 1958). Народно-освободительная борьба каракалпаков против хивинских ханов в XIX . ТХАЭЭ. Т.Ш, - С. 133-206.

11. Т, С. М. (- Л.: Наука, 1978 ). радиционное хозяйство узбеков Южного Хорезма . - 98 с.

12. Т.А., Ж. (- 1997.). Этнографические исследования и этнографы Хорезмской экспедиции. Этнографическое обозрение. №2 1. , - 35 с.

13. Т.А., Ж. (1950). Очерки исторической этнографии каракалпаков . ТИЭ. Т. IX, - М., - Л. , - С. 157-174.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.