Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON AYOLLARINING JAMIYATDAGI MAVQEIGA OID AYRIM MA'LUMOTLAR
Toshtemirova Shohsanam
Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti Etnografiya,etnologiya va antropologiyayo 'nalishi 1-kurs magistiranti E-mail manzil: [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston mintaqasidagi o 'troq aholi ayollarining oilaviy va ijtimoiy hayotiga oid o 'ziga xosliklar keng tahlil qilingan. Ayollarning turmush tarzi va kundalik hayoti mahalliy ijtimoiy hayotning bir qismi sifatida adabiyotlar, davrga oid hujjatlar va etnografik ma'lumotlar yordamidayoritilgan. Maqolada ayollarning o'sha davrdagi oilaviy roli, ta'lim olish imkoniyatlari, huquqlari va ijtimoiy mavqeini aks ettiruvchi tarixiy va adabiy manbalar asosida batafsil ma 'lumotlar taqdim etilgan. Shuningdek, maqolada o 'sha davrda Turkiston viloyati va uning boshqaruv tizimi bilan bog'liq matbuot nashrlari, xususan, Turkiston vedomosti va Turkiston viloyati gazetasida chop etilgan ayollar mavzusidagi maqolalar orqali, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o 'zgarishlar va ayollarga oid mavzular qanday yoritilganligi ko 'rib chiqilgan. Ushbu maqolalar yordamida ayollarning jamiyatdagi o'rni, huquqlari va jamiyatdagi o'zgarishlarga bo'lgan munosabati tahlil qilinadi.
Kalit so'zi: ayollar, xotin-qizlar, ayollar huquqlari, islom dini, gazeta, jurnal. tenglik, oila, odat, jamiyat, qonunlar, musulmonlar.
SOME INFORMATION REGARDING THE POSITION OF TURKESTAN WOMEN IN SOCIETY IN THE END OF THE 19TH CENTURY AND THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY Toshtemirova Shahsanam
Tashkent State University of Oriental Studies Department of ethnography, ethnology and anthropology
1st year graduate student E-mail address: [email protected]
ABSTRACT
In this article, the peculiarities of the family and social life of the women of the settled population in the region of Turkestan at the end of the 19th and the beginning
Research BIB / Index Copernicus
of the 20th centuries are extensively analyzed. The lifestyle and daily life of women as a part of local social life is illuminated with the help of literature, period documents and ethnographic data. The article provides detailed information based on historical and literary sources reflecting the family role, educational opportunities, rights and social status of women at that time. Also, the article shows how changes in social and political life and women's topics were covered through the press publications related to the Turkestan region and its management system at that time, in particular, through the articles on women published in the Turkestan Vedomosti and the Turkestan Region newspaper. drawn up. With the help of these articles, the role of women in society, their rights and their attitude to changes in society are analyzed.
Key words: women, women, women's rights, Islam, newspaper, magazine. equality, family, custom, society, laws, Muslims.
Bugungi kunda Respublikamiz aholisining qariyb 50 foizini tashkil etuvchi xotin-qizlar ham ma'naviy, ham huquqiy, ham moddiy jihatdan faollikni talab qiluvchi ijtimoiy guruh sifatida qaralmoqda. Chunki ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni ta'minlash, millat kelajagini asrab-avaylash ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi va shunday bo'lib qoladi. Prezident Sh. Mirziyoev: "Xalqimiz azaldan tabarruk onaga, ayollarga yuksak hurmat-ehtirom ko'rsatib kelgan" Ayolni e'zozlash, avvalo, oilaga, jamiyat kelajagiga hurmat ifodasidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, "Yer yuzidagi har qanday jamiyatning madaniy saviyasi uning ayollarga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi" degan hikmatli so'zlar, albatta, chuqur ma'noga ega [1,343].
2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ham "Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvidagi mavqeini mustahkamlash, aholi bandligini ta'minlash kasb-hunar kollejlarini bitiruvchi ayollar va qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini mustahkamlash vazifalari belgilab berildi. [2]. Xususan, davlatimiz rahbarining 2018-yil 2-fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni bilan xotin-qizlarga va oilaga munosabat masalalarida tub o'zgarishlar amalga oshirildi [1,346].
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston jamiyatida ayollar mavzusi ijtimoiy o'zgarishlar va milliy uyg'onish jarayonlarida muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Ushbu davrda jamiyatning turmush tarzi, ma'naviy qadriyatlari va an'analari ichki va tashqi omillar ta'sirida o'zgarishlar sari yuz tutgan edi. Ayollar
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
masalasi, xususan, ularning ta'lim olishi, ijtimoiy hayotda ishtirok etishi, oila va jamiyatdagi o'rnini qayta ko'rib chiqish zarurati kuchayib borayotgan bir vaqtda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Bu davrda Turkistonda xotin-qizlar jamiyatda ijtimoiy huquqlari cheklangan va oilaviy hayotga to'la bog'lanib qolgan holatda tasvirlanadi. Bunday qarashning mavjud bo'lishi jamiyatning islom diniga mansubligi bilan belgilanadi va g'arb jamiyatida ayollarni ozod qilish masalasida turli xil maqlalar va kitoblar yozilishiga sabab bo'ladi.
MAVZUNING TADQIQOT USULLARI
Mazkur maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston mintaqasidagi mahalliy ayollarning oila va jamiyatdagi huquqlari o'rganishda bir nechta tadqiqot usullari qo'llanildi. Birinchi navbatda, tarixiy tahlil usuli yordamida o'sha davrga oid hujjatlar, qonunlar va rasmiy manbalar asosida ayollarning huquqlari va jamiyatdagi o'rni tahlil qilindi. Matbuot tahlilida esa Turkiston vedomosti va Turkiston viloyati gazetasida chop etilgan maqolalar, xususan, ayollar haqidagi materiallar o'rganildi. Bu usul orqali ayollarning jamiyatdagi mavqeiga oid muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar yoritildi.
Etnografik ma'lumotlar tahlili usuli yordamida Turkiston mintaqasidagi o'troq aholi ayollarining kundalik hayoti, urf-odatlari va oiladagi roli haqida ma'lumotlar yig'ildi. Ushbu usul, o'sha davrda mahalliy jamiyatda ayollarning o'zaro munosabatlarini va jamiyatdagi roli qanday shakllanganini tushunishga yordam berdi. Shuningdek, matn tahlili yordamida o'sha davrda yaratilgan adabiy asarla r va matnlar tahlil qilindi, bu esa ayollarning ijtimoiy mavqeini qanday ifodalashini va o'z huquqlari uchun qanday kurashganini ko'rsatishga va qiyosiy tahlil etishga imkon berdi.
MAVZUNING TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI
Mavzuning tarixshunosligidan ma'lumki, o'rganilayotgan mavzu bo'yicha aniq bir tadqiqot ishlari olib borilmagan. Metodologik yondoshuvlarning harakteriga va ilmiy baholarining hususiyatlariga qarab, u quyidagi asosiy ikki guruhlarga bo'linadi 1) shu davrga oid kundalik va adabiyotlarda xotin-qizlar masalasining yoritilishi, 2) o'rganilayotgan davrda chiqarilgan gazeta va jurnallarda xotin-qizlarga bag'ishlangan maqolalar.
Brinchi guruh adabiyotlariga to'xtalib shuni aytmoq kerakki, Turkistonda xotin-qizlar ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy ahvolini aholi orasida yashab to'la yoritib bergan adabiyotlar sanoqlidir. Bularga yaqol misol tariqasida N. Nalivkin va M. Nalivkinalarning «Очерк быта женщины оседлого туземного населения Ферганы» (Farg'onaning tub aholisi ayoli hayoti haqida ocherk)(Qozon, 1886) va va N. Ostroumov «Современное правовое положение мусульманской женщины»
Research BIB / Index Copernicus
(Musulmon ayolning zamonaviy huquqiy maqomi) (Qozon, 1911) ko'rsatiladi. Bundan tashqari XIX asr oxiri - XX asr boshlarida rus tadqiqotchilari tomonidan Turkiston ayollarini ozod qilishga qarata yozilgan bir qator asarlar mavjud. Masalan Agaev Ahmad-Bek "Женщина по исламу и в HoraMe"(Islomda ayollar)(Tiflis,1901), O.S. Lebedev "Об эмансипации мусульманской женщины" (Musulmon ayollarning ozodligi to'g'risida) (Sankt-Peterburg, 1900) va boshqalar.
Ikkinchi guruhga 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida mavjud bo'lgan gazeta va jurnallarni keltiramiz. Mavzuga doir masalalarni o'lkada birinchi marta "Туркестанские ведомости" gazetasi boshlab beradi. 1870-yildan 1917-yilgacha chop etilgan ilk mahalliy tildagi gazeta "Туркистон вилоятининг газети" da ham xotin-qizlarning oil va jamiyatdagi o'rni, ularning huquqlari va vazifalari to'g'risida maqolalar e'lon qilinadi.
MUHOKAMA
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ko'plab rus tadqiqotchilari ayollarni ozod qilish haqida bong urayotgan bir payda Turkistonda ayollarning oil ava nihoh hamda ajrashish maslasi qanday bo'lganligi haqida tadqiqotchilar tomonidan aniq ma'lumotlar keltiriladi va biz ularni tahlil qilish davomida ayollar huquqlari oilada diniy tomondan himoya qilinganligining guvohi bo'lamiz. Chor Rossiyasidagi Turkistonlik musulmon ayol odatda oilada bo'ysunuvchi mavqeni egallagan va juda cheklangan ijtimoiy huquqlarga ega ekanligi aytilgan. Bu qiyofaning jamoatchilik ongida o'rnashib qolishiga Turkiston aholisining islom diniga mansubligi deb bilishadi. Islomda ayollarning huquqlari yo'qligi haqidagi g'oya doimiy stereotipga aylanadi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida mintaqadagi musulmon ayollarning ahvoli kerakli tadqiqotlar bilan tasdiqlangan va aholi ongida singib qolgan ayollarga nisbatan yomon munosabatda bo'lmaganligini ko'rsatadi.
Avvalo bu davrda mahalliy ayollarning oiladagi o'rni va huquqlarini muhokama qilamiz. Islomiy qonunchilikka ko'ra, er va xotin rasmiy nikoh shartnomasini bekor qilish imkoniyatiga ega edi. Taloq - ajralishning oxirgi chorasi sifatida qabul qilingan va u taloq so'zini talaffuz qilish orqali amalga oshirilgan. Bu imkoniyat aqli raso va balog'at yoshiga yetgan erkaklarga berilgan bo'lib, shariatga ko'ra, taloq qonuniy kuchga ega hisoblangan. Agar ajralish erning tashabbusi bilan sabab ko'rsatilmasdan amalga oshirilgan bo'lsa, u xotiniga mahr - ya'ni to'yga olib kelingan sovg'a yoki kelin mulkini to'lashi shart edi va to'y xarajatlarini qaytarishni talab qilishga haqli emas edi.
Aksincha, agar ajralish xotinning sabab ko'rsatilmasdan talabiga binoan amalga oshirilgan bo'lsa, u mahridan mahrum qilingan. Bu jarayon shariatda "xulu"
Research BIB / Index Copernicus
deb atalgan bo'lib, bunda ayol, agar nikohni davom ettira olmasligini his qilsa, ajralish uchun tovon to'lab, o'zini eridan ozod qilishi mumkin bo'lgan [28,317].
Rossiyalik olim S.N. Abashin fikriga ko'ra, ba'zi hollarda kelin narxi(qalin)va mahr bir-biriga qo'shilib ketadi, boshqalarda esa ular mustaqil elementlar sifatida faoliyat ko'rsatadi. Mahr va to'y xarajatlari o'rtasida aniq chegara yo'q, lekin ularning musulmon urf-odatlari doirasida e'tiborli bo'lishi zarur bo'lgan vaziyatlarda, masalan, sovg'alar almashish marosimida yoki moliyaviy imkoniyatlar namoyishi kerak bo'lgan holatlarda bu chegaralar yuzaga keladi.[3]
Islomiy qonunchilikka ko'ra, erkakka bir vaqtda to'rtta xotinga ega bo'lishga ruxsat berilgan, lekin ba'zi hududlarda va madaniy odatlarda erkakning yangi xotin olishida muayyan shartlar mavjud bo'lgan. Ko'plab jamiyatlarda, ayniqsa turmush qurgan erkakning ikkinchi xotin olishini birinchi xotinning roziligi bilan amalga oshirish odatiy bo'lgan. Bu amaliyot birinchi xotinning huquqlarini himoya qilish va oila farovonligini saqlash maqsadida joriy qilingan [15,224].
N.Nalivkin va M.Nalivkinalarning yozishicha diniy qoidaga ko'ra erkak 4 xotinini ham birdek ta'minlay olishi kerak bo'lganligi sababli aholining badavlat qatlamida ko'pxotinlik ko'roq uchraydi. Odatda er hamma xotinlari bilan bir hovlida yashaydi va ularga xona va ba'zi hollarda hatto o'choqlarini ham alohida qilib beradi. Agar erkak yangi xotin olgan va biror sabab tufayli uni o'z uyiga olib kela olmasa, shariat qoidalariga ko'ra, xotin ota-onasi yoki qarindoshlari bilan yashashi mumkin. Bunda erkak o'z xotinini moddiy ta'minlashga, ya'ni unga nafaqa berishga majburdir. Nafaqa tarkibiga yashash joyi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va zarur ehtiyojlar kiradi. Er o'z ayoliga muntazam tashrif buyurishi yoki uni ziyorat qilib turishi ham uning majburiyatlari qatoriga kiradi, bu xotin bilan bo'lgan munosabatlarni saqlab qolish va unga g'amxo'rlik qilish uchun muhim hisoblanadi [15,221].
Islomiy qonunchilikka ko'ra, agar er jinsiy qobiliyatsizlik yoki erkak ojizligi tufayli o'z vazifalarini bajara olmasa, xotin uning ustidan shikoyat qilish huquqiga ega edi. Qozi bu holatda erga bir yil muddat berardi. Bu muddat ichida agar er o'z xotini bilan jinsiy aloqada bo'la olsa, nikoh saqlanib qoladi. Aks holda, agar xotin bu nikohni bekor qilishni xohlasa, qozi nikohni bekor qilishga qaror chiqaradi [28,351].
Shuningdek, haddan tashqari holatlarda, xotin o'z eridan ajralmoqchi bo'lsa, qoziga bevosita murojaat qilmasdan, o'z uyida eshik oldiga poyabzali tag qismini yuqoriga qarab qo'yib ketardi. Bu bir xil jim ishora shakli bo'lib, qozi buni xotin tomonidan erning zaifligi yoki o'z vazifasini bajara olmasligi haqida yashirin shikoyat sifatida qabul qilardi. Shu tariqa, qozi bunday shikoyatni tushunib, kerakli choralarni ko'rardi [25,221].
Research BIB / Index Copernicus
K.K. Palenning tadqiqotlariga ko'ra, qozilik sudlarida ajrashish uchun qabul qilingan jiddiy asoslardan biri "xotinning sog'lig'i uchun xavf tug'diruvchi" shafqatsizlik holatlari edi. Biroq, shunchaki qo'pol munosabat va noqulay muomala ajralish uchun asos sifatida ko'rib chiqilmagan. Bu ko'rsatma shafqatsizlik darajasi va uning xotinning jismoniy yoki ruhiy holatiga ta'siriga qarab ajralishga sabab bo'lishi mumkinligini anglatadi, lekin har bir noqulay muomala holati shunday natijaga olib kelmagan bu qarashlari qozilik sudlarining qarorlarida muayyan darajada mulohazali yondashuv bo'lganini ko'rsatadi, chunki har bir oilaviy mojaroni ajralish uchun sabab deb qabul qilishdan ko'ra, asosan xotinning hayoti yoki salomatligiga xavf tug'diradigan vaziyatlar e'tiborga olingan [18].
Garchi din va odat oila boshlig'i sifatida erni tan olgan bo'lsa-da, ba'zi holatlarda bu nazariy ustunlik amalda ayolning ta'siriga to'liq bo'ysungan. Misollar ko'p: ba'zi ayollar nafaqat erlari ustidan nazorat o'rnatib, balki ularni qo'rqitib, hatto ayrim hollarda ularga kuch ishlatgan [14,158].
Masalan, sobiq Namangan viloyatidagi qiziqarli voqealardan biri xalqqa o'rtasida Holbibi nomi bilan tanilgan ayolning hayoti edi. U eri Xo'jabek mirabning ishlarida faol ishtirok etib, uni bevosita qo'llab-quvvatlagan. Xo'ja-bek vafot etganidan keyin Holbibi nafaqat erining o'rnini egallagan, balki erkaklarning an'anaviy kiyimlarini kiyib, o'zi erkaklarga xos vazifalarni bajargan. U erkaklar dunyosida katta hurmatga sazovor bo'lib, o'g'li bilan birgalikda jamiyatdagi o'zining kuchli mavqeini saqlab qolgan [15,159].
Bu ma'lumotlar ko'pincha an'analar va gender rollariga qaramay, ba'zi ayollarning o'z oilalarida va jamoalarida katta ta'sir kuchiga ega bo'lganini ko'rsatadi. Ayollar, nafaqat o'z oilalarining, balki butun qishloq yoki tuman hayotining muhim rahbarlariga aylanishgan.
Nalivkinlar Turkistondagi ajralishlar haqida ayrim muhim va qiziqarli tafsilotlarni keltirib o'tgan. Ularning ma'lumotlariga ko'ra, agar er birinchi xotinining roziligisiz ikkinchi xotin olgan bo'lsa yoki unga olti oy davomida ovqat bermasa, shuningdek, turmush o'rtog'ini onasidan ajratib ketgan bo'lsa, xotin ajralishni talab qilish huquqiga ega bo'lgan. Bundan tashqari, agar er xotinini asossiz ravishda kaltaklagan yoki uning roziligisiz uch kundan uzoq safarga chiqqan bo'lsa, bu ham ajralish uchun asosiy sabab sifatida qabul qilingan [15,229].
Beva qolgan ayollarga ham jamiyatda yozilmagan ba'zi qonunlar bo'lib ko'chmanchi qozoqlarda an'anaga ko'ra, ota vafot etganidan so'ng, uning bolalari marhumning eng yaqin erkak qarindoshiga qaram bo'lgan, va beva ayol odatda o'sha erkak qarindoshiga turmushga chiqishga majbur bo'lgan. Ushbu odatning ildizi shundaki, agar ona yangi turmush qurib, yangi bolalar ko'rgan bo'lsa, yangi eri bilan
Research BIB / Index Copernicus
murosaga kelish uchun avvalgi bolalarga e'tibor bera olmasligi mumkin edi. Qozoq ayollarining o'z bolalarini saqlab qolish uchun ba'zan Rossiya rasmiylaridan ruxsat olishlari talab etilgan, lekin bu ko'pincha ulardan farzandlarini olib qo'yishni anglatgan. Beva ayol bevosita qayta turmushga chiqishni xohlamasa, odat uni majburlamas edi, lekin ko'pincha moddiy va ijtimoiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan bevalar marhum erining ukasiga yoki boshqa yaqin qarindoshiga turmushga chiqishni tanlagan. Agar beva ayol boy bo'lsa, marhumning qarindoshlari u bilan turmush qurish uchun ko'proq intilishgan. Shu bilan birga, bu an'ananing ijtimoiy ahamiyati ham bor edi. Beva ayol va uning bolalari otasiz tarbiyalanmasligi va moddiy yordamga ega bo'lishi uchun oila ichida himoya qilinardi. Rossiya ma'muriyati bu urf-odatni "vahshiylik" deb qaragan bo'lsa-da, u qozoqlarning o'ziga xos ijtimoiy himoya tizimi bo'lib, bevalar va yetimlarning moddiy farovonligini ta'minlagan. Biroq, beva ayol mustaqil qolishni tanlasa, hech kim uni majbur qilmasdi. Shu tarzda, qozoqlarda beva ayollarga nisbatan hurmat va g'amxo'rlik odatiy bo'lgan [6,205].
Agar qozoq ayoli boshqa oila a'zosiga turmushga chiqish uchun bolalarini olib qochgan bo'lsa, sobiq erining qarindoshlari uni topishga harakat qilgan, bolalarini va mol-mulkini o'z nazoratiga olish uchun barcha choralarni ko'rgan. Ular o'zlarini sharmanda qilingan, "ayb" keltirilgan deb hisoblashgani uchun yangi erdan ma'lum tovon talab qilishgan. Faqat shunday sharoitda ayol va uning yangi oilasi ta'qiblardan qutulishi mumkin edi [6,299].
1896-yilda Sirdaryo viloyatidagi Amudaryo bo'limi boshlig'i F. Shkapskiy bir qozoq ayolining murakkab holatini tasvirlab bergan. Ayolning eri besh-olti yil avval vafot etgan va o'zi o'sha paytda besh oylik homilador bo'lgan. Marhum eri kambag'al bo'lgani uchun uning boy qarindoshlari beva ayolga hech qanday yordam bermagan va hatto meros sifatida qolgan arzimas narsalarni ham unga bermay, uni qo'shni tumandan bir kambag'al qozoq bilan turmush qurishga majbur qilishgan. U ikkinchi eri bilan hayotini davom ettirib, qiz farzand ko'rgan va uni yangi eri bilan birgalikda tarbiyalagan. Besh yil davomida avvalgi erining qarindoshlari bilan aloqada bo'lmagan, ammo keyinchalik, qishlash mavsumida, uning hududiga marhum erining qarindoshlari kelib, qizni o'zlariga olishga qaror qilishadi. Ayol tuman hokimiga murojaat qilib, vafot etgan erining qarindoshlarining zulmidan himoya qilishini so'raydi, chunki ular qizni o'zlariga topshirishni talab qilishgan. Ayolning rad javobidan so'ng, marhum erining qarindoshlari ishni biyga olib chiqadi. Biy holatni ko'rib chiqib, qizni ularga berish to'g'risida qaror chiqaradi. Qarorni qo'llariga olgan qarindoshlar ayoldan qizni berishni talab qilishadi, ammo ona biyning qarorini tan olishdan bosh tortadi. Natijada, bu masalani tuman boshlig'i ham, volost hokimi ham hal qila olmaydi [30].
Research BIB / Index Copernicus
Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida qozoq ayollarining ajralish huquqi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, uch xil huquqiy tizimning birgalikda amal qilishi doirasida amalga oshirilgan: adat (odat huquqi), shariat (musulmon huquqi), va Rossiya imperiyasi qonunlari. Odat uquqi ko'chmanchi qozoqlar orasida qadimdan amal qilib kelgan bo'lsa, shariat huquqi musulmon qoidalari asosida ayollarning turmush masalalarida ba'zi huquqlarini tan olgan. Shu bilan birga, Rossiya imperiyasi tomonidan kiritilgan qonunlar qozoq jamiyatida ayollarning huquqiy maqomini shakllantirishda muhim rol o'ynadi, ayniqsa, o'troq hayot tarzini qabul qilgan aholi orasida.
Musulmonlikda xufton namozidan keyin ayniqsa ayollarga uydan tashqariga chiqish ta'qiqladadi agar biror kimnikiga borgan taqdirda tunashga to'g'ri kelgan joyda qolish tavsiya qilinadi. Bu qoida, ayniqsa shahar va qishloqlarda qattiq kuzatilgan. Misol tariqasida "Sartov shahri" ko'rsatilgan, unda kech namozdan keyin ko'chalar bo'shab qoladi. Ramazon oyida bu tartibdan istisno sifatida, aksariyat odamlar kechalari ham uyda qolmay, faol hayot kechirishlari mumkin, chunki kunduzgi ro'za kechki faoliyat bilan almashtiriladi [15,164].
Ayollar bu davrda faqat uy bekasi va "ona" obrozida tasvirlanadi ammo dadqiqotlar ayollarning o'z zaruryatlari yuzasidan ma'lum qoidalarga ko'ra jamiyatga qo'shilganliklarnini ko'rsatadi. Masalan ayollar qisqa masofalarni odatda piyoda bosib o'tganlar va uzoq masofalarga sayohat qilayotganda aravada yurishni afzal ko'rganlar. Ot minish esa kamdan-kam hollarda uchragan, chunki ayollar ot minganda ham har doim yaqin erkak qarindoshlari — eri, o'g'li yoki boshqa bir qarindoshi — bilan birga bo'lganlar. Ayol odatda o'ziga joy qilib o'ralgan adyolda yoki to'shakda otga o'tirgan. Bu holat shuni ko'rsatadiki, mahalliy madaniyatda ayollar mustaqil tarzda ot minishdan tiyilgan. Faqatgina qirg'iz va lo'li ayollar mustaqil ravishda, ya'ni erkak egarida yolg'iz ot minish odatiga ega bo'lganlar [15,165].
N.Nalivkin hamda M.Nalivkinalar Farg'ona va uning atrofidagi mozorlarga aholining tashrif buyurishi haqida yozib ayollar uzoqdan bunday yaqin bo'lgan mozorlarga turmush o'rtog'i bo'lmagan holda kelishi mumkin emasligini agar zarurat tug'ilgandagina 5-6 ayol arava yollar zarur narsalarni olib yo'lga chiqishlari mumkinligi haqida yozadi [15,154].
Mahalliy madaniyat va diniy talablarga muvofiq, ayollar ko'chaga chiqqanda yuzlarini yopib, chimbet va paranji kiyimlari orqali kamtarona ko'rinishg a ahamiyat berishlari kerak. Biroq, bu qoidalarga har doim ham to'liq rioya qilinmas edi. Ayollar ba'zida atrofda erkaklar yo'qligini payqab, chimbetlarini boshlaridan tashlab,
Research BIB / Index Copernicus
yuzlarini ochishardi va erkaklar bilan tasodifiy uchrashuvlarda qaytadan yopishga ulgurmaslik holatlari ham bo'lgan.
Ayollar o'zaro ko'chada uchrashganda, yuzlarini qisqacha ko'rsatib, qisqa suhbatlashishlari odatiy hol edi, lekin quchoqlashish uyda bo'lgan uchrashuvlarga xos bo'lib, ko'chada kamdan-kam uchraydi. Notanish ayollar bilan suhbatlashish odobsizlik hisoblanmagan, balki oddiy hol bo'lgan; masalan, ayollar biror-bir kiyim yoki rang masalasida begona ayoldan so'rashlari, tekshirishlari va keyin o'z yo'llarida davom etishlari mumkin edi [15,164].
Shuningdek, ko'plab yevropaliklar musulmon ayollari Makkaga hajga borib, diniy marosimlarda ishtirok etsalar-da, ular hech qachon erkaklar bilan teng maqomda bo'la olmasligi fikrida edi. Ushbu noto'g'ri qarashlar musulmonlar yashagan jamiyatlarda ayollarning haqiqiy roli va maqomi haqida xolis bilim yetishmasligi sababli shakllangan. Lekin bu umumiy qabul qilingan tasavvur butunlay noaniq edi.
Musulmon dini va uning kundalik ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, biz, jumladan, ona jamiyatining taraqqiyoti, to'g'rirog'i, bilimlar yig'indisi qay darajada arzishini ko'rib chiqamiz. Shuning uchun, bu yerdagi, ayollarning bilimi haqida gapirganda, biz uning bilimlarining umumiy doirasi erkaklarnikiga qaraganda ancha torroq ekanligini ta'kidlash bilan cheklanib qolamiz- deya yozadi N.Nalivkin hamda M.Nalivkinalar. Ayollar orasida savodli kishilar kam edi, va hatto o'qish-yozish imkoniga ega bo'lganlar ham ko'pincha arab va turkiy tilni tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishardi. Ayollar asosan diniy yoki madaniy sohalarga oid kitoblarni o'qiy olishda qiyinlik sezishgan, bu esa ta'lim va bilim olish imkoniyatini yana ham cheklagan. Biroq, istisno tariqasida ayrim ayollar din va huquq haqida kengroq bilimga ega bo'lib, ulamolar darajasiga erishgan va ularning bilimiga murojaat qilishgan. Ayniqsa, qishloq ayollarining matematik va umumiy hisoblash malakasi juda past edi. Ko'plab ayollar pul, og'irlik o'lchovlari, yoki yil oylarini sanashga qodir emas edi. Bu savodsizlik tufayli turli xil ramziy vositalar bilan muloqot qilish odat tusiga kirgan. Masalan, ayol erini sog'inganda unga zig'ir, somon va ko'mir bilan bezatilgan to'qimalarni jo'natib, o'zining dard va hasratini ramziy tarzda ifoda qilgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Chor Rossiyasi hududida hamda G'arb jamiyatlarida O'rta Osiyoda musulmon ayollar huquqlarini himoya qilish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga chaqirilgan qator asarlar yoziladi. Bulardan biri L.O.Sergeyivnaning "Об эмансипации мусульманской женщины" (Sank-Peterburg,1900) kitobidir.Bu kitob musulmon jamiyatlarida ayollarning huquqlari, xususan, ta'lim olish huquqi haqidagi noto'g'ri qarashlarni rad etishga qaratilgan.
Research BIB / Index Copernicus
Yozuvchi "Qur'on va Payg'ambar Muhammadning (s.a.v) ta'Hmotlarida ayollarga berilgan mas'uliyat va huquqlar ochiq-oydin tasdiqlangan. Qur'onning ayollar haqidagi ta'limoti ayol va erkakning tengligini ta'kidlaydi, ayollarga faqat xizmatkor yoki uyda o'ralib qoluvchi sifatida qarash noto'g'ri ekanini ko'rsatadi. Islomda ayollarni ta'lim olishga undovchi va ularga keng huquqlar beruvchi qadriyatlar ko'plab dalillar bilan tasdiqlanadi. Misol uchun, Muhammad (s.a.v)ning zamonida va keyinroq ham bir qancha mashhur musulmon ayol olimlar, muallimalar va shoiralar bo'lgan, ular ilm-fan va madaniyat rivojiga hissa qo'shganlar. Tunis va Jazoir misollarida ko'rsatilganidek, ayollarning ta'lim olish va jamoat hayotida faol ishtirok etishlari mumkinligi yana bir bor isbotlangan. Bu kabi qadriyatlar asosida O'rta Osiyoda ham ayollar huquqlarini qo'llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlar yaratish zarur" deya aytib o'tiladi [25].
Yana bir kitob A.Agayevning "Женщина по исламу и в исламе" (Tiflis,1901) kitobi bo'lib yuqoridagi misollarni u ham tasdiqlab O'rta Osiyoda ayollar ro'lini tarixiy ahamiyatini yozadi. Yozuvchi turkiy-tatar ayollarining tarixiy mavqeini va islom dini ta'siridan oldingi erkinliklarini tasvirlaydi. Kitobda "Islomni qabul qilishdan oldin ham ko'chmanchi turkiy xalqlar orasida ayollar muhim jamiyat va oila a'zosi sifatida hurmatga sazovor bo'lganlar. Ular erkaklar bilan teng huquqlarga ega bo'lib, hayotning barcha xavf-xatarlarini ulashganlar. Ibn Battuta o'zining Osiyo bo'ylab sayohatlarida bu erkinlikdan va ayollarga nisbatan hurmatdan hayratda qolgani qayd etilgan. Shu bilan birga, turkiy-tatar jamiyatlarida ayollarning yuqori mavqei keyinchalik ham davom etgani aytiladi. Forslar va boshqa o'troq xalqlar bilan aloqalar kuchaygan sari bu mavqe ayrim o'zgarishlarga uchragan. Turkiy-tatar ayollari ilm-fan, ma'rifat va san'at sohalarida faol ishtirok etib, arab va boshqa sivilizatsiyalarga o'z iste'dodlari bilan ta'sir ko'rsatganlar. Masalan, Amir Temur davrida turkiy-tatar jamiyatida maktablar, kutubxonalar va ilmiy markazlarning barpo etilishi ayollarning ham ta'lim olishi va jamiyat hayotida faol bo'lishiga imkoniyat yaratgan" deyiladi [4,51].
Biroq, an'anaviy yoki o'ta radikal islom sharoitida, islom olamidagi ayol ko'plab hollarda achinarli ahvolda tasvirlanadi. Ayolning jamiyatdagi o'rni ko'pincha haramning, ya'ni noqonuniy yoki axloqsiz faoliyatlarning bir qismining qurboni sifatida tasavvur qilinadi. Bu munosabatlar jamiyatning ma'naviy-axloqiy hayotida chuqur iz qoldirgan bo'lib, ayolning shaxsiy erkinligi va huquqlari ko'pincha cheklangan holda tasvirlanadi. Bir kitobda musulmonlar haqida quyidagicha fikrlar keltirilgan: "Hozirgi kunda musulmonlar milliy va madaniy jihatdan yuksalish bosqichida, musulmon ziyolilari o'sib, bilim olishga bo'lgan intilish kuchaymoqda. Musulmonlarning quyi va o'rta ta'lim maktablari rivojlanmoqda, musulmon
Research BIB / Index Copernicus
gazetalari, jurnallari, kitoblari va risolalari nashr etilmoqda. Shuningdek, musulmon san'atkorlari va musulmon jamiyatlari tashkil qilinmoqda. Biroq, bu yuksalishga qaramay, muslima ayollarning ijtimoiy mavqei pasaymoqda va fohishalik hollari ortmoqda. Ba'zi musulmonlar qimmatbaho haramlarni saqlashni tashlab, ularni fohishaxonalarga aylantirganlar, ba'zilari esa ayollarni buzuqlik uchun sotib olish va sotish bilan shug'ullanadi. Musulmon jamiyatlari va ziyolilari bunga befarq qaramoqda. Shuningdek, musulmon madaniyatida ilm-fan va yangi boyitish yo'llari mavjudligi bilan birga, bu salbiy holatlar ham e'tirof etilmoqda"[24,83].
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda ayollar mavzusining matbuotda ko'tarilishi ijtimoiy o'zgarishlar va modernizatsiya jarayonlari bilan bog'liq edi. Bu davrda jadidchilik harakati kuchayib, jamiyatni isloh qilish va bilim darajasini oshirishga e'tibor qaratiladi. Ayollarning huquqlari, oila va jamiyatdagi o'rni haqida turli qarashlar paydo bo'ladi va bu masalalar gazetalarda muhokama qilina boshlaydi.
"Туркестанские ведомоети"va "Turkiston viloyatining gazeti" kabi nashrlar ayollar mavzusini ommaga tanishtirib, ularning huquqlarini shar'iy qonunlar doirasida tahlil qilishadi. Gazetalar turli qarashlarni aks ettirib, bir tomondan ayollarning ilm olish, oilaviy hayotda huquqlarini himoya qilishga intilishlarini qo'llab-quvvatlagan, boshqa tomondan esa ularning faqatgina oilaviy vazifalar bilan cheklanib, erkaklar bilan teng bo'lmasligini targ'ib qiluvchi maqolalarni ham chop etishgan. Bu munozaralar ayollarning jamiyatdagi o'rniga nisbatan turlicha yondashuvlarni namoyon qilib, Turkiston jamiyatida ayollarning huquqlari va roli masalasida keskin fíkrlar to'qnashuviga sabab bo'ladi.
1875-yilda "Туркестанские ведомости" gazetasida P. Maevning "O'rta Osiyo ayollarining huquqlari" nomli maqolasida, O'rta Osiyo ayollarining huquqlari dastlab past baholanishi mumkin bo'lsa-da, aslida ular o'z huquqlarini bilish va himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishganligi ta'kidlanadi. Maqolada, Qur'onda ayollarning huquqlariga alohida e'tibor qaratilgan va ular qul sifatida ko'rilmagan, balki ularning nikohdan ajrashish, meros olish huquqlari mavjudligi, hatto nikohsiz tug'ilgan bolalarning ham meros huquqlari cheklanmaganligi keltiriladi [23].
Shu bilan birga, 1889-yilda "Turkestanskie Vedomosti" gazetasida, ayollarning huquqlari va umumiy ijtimoiy holati bo'yicha masalalar ko'tarila boshladi. Bu gazeta O'rta Osiyoda ushbu mavzuga oid muhim ilk bosma manbalardan biri sifatida ajralib turadi.
1889-yilda Turkestanskiye Vedomosti gazetasi Genri D'Estréning Revue Scientifiqueda chop etilgan "Le voile des musulmanes" maqolasini qayta chop etdi. Ushbu maqolada muallif musulmon ayollari yevropalik ayollarga qaraganda ko'proq
Research BIB / Index Copernicus
erkinliklarga ega, degan kutilmagan va original qarashni bildiradi. Gazeta bu fikr o'ziga xosligi tufayli e'tibor qaratishga arziydi, deb qayd etadi [22].
Shuningdek, uzoq vaqt davomida O'rta Osiyoda yashagan va mahalliy hayot bilan yaqindan tanish bo'lgan V. va M. Nalivkinlar ham shunga o'xshash fikrlarni ilgari surishgan. Ularning yozishicha, musulmon ayollarining huquqlari shariat va mahalliy odatlar orqali himoya qilingan bo'lib, bu mintaqada erkaklarning ayollarga nisbatan zulmi Yevropaga qaraganda kamroq, ayollar esa ko'proq huquqlarga ega.
1911-yilda "Туркестанские ведомости" gazetasida Fransiyada chop etilgan Musulmon jurnalidan olingan "Khotun" nomli maqola bosilib chiqadi. Maqola musulmon ayollarini ozod qilish zarurligini ta'kidlab, ularning ijtimoiy hayotdagi ishtirokining yo'qligi musulmon jamiyatining taraqqiyotini to'xtatib qo'yganini qayd etadi. Muallifning ta'kidlashicha, ayollar ahvolining jamiyatning iqtisodiy va madaniy rivoji bilan bevosita bog'liqligi mavjud.
Shu bilan birga, o'sha davrda jamiyatda ayollar mavqei bo'yicha qarama-qarshi fikrlar mavjud edi. Masalan, 1912-yilda Turkiston viloyatining gazetasida chop etilgan "Xotin kishi erkaklar bilan barobar emas" nomli maqolada, ayollarning huquqlarini erkaklar bilan tenglashtirishga intilgan taraqqiyparvarlar keskin tanqid ostiga olinadi. Maqola muallifiga ko'ra, ayollarning jamiyatdagi roli faqatgina farzand tug'ish va tarbiyalashdan iborat bo'lib, ularga erkaklarga xos huquqlar va bilimlar berish kerak emas edi. O'sha davrdagi ko'pchilik bu qarashlarni qo'llab -quvvatlagan.
Ba'zi ilg'or fikrli musulmon ayollari orasida erkaklar bilan teng huquqlar va ozodlik uchun talablar paydo bo'layotgan edi, bu harakat asosan tatar ayollari orasida tarqalgan edi. Turkiston viloyatining gazetasining 1913-yil 28-noyabr sonida tatar ayollarining musulmon ayollariga teng huquqlar va ozodlik talab qilib yozgan maktubi e'lon qilinadi. Unda "Sharq xalqlarining erkaklari, bilinglar, biz johillikdan chiqmagunimizcha, sizlarga birlik yo'q", deb yozilgan edi [11].
Maktubda Yevropa va Amerika davlatlarining rivojlanishi va xalqlarining yaxshi yashashida "ta'lim olgan onalar"ning o'rni muhim ekanligi ta'kidlanadi. Shuningdek, musulmon jamiyatining orqada qolishi sabablaridan biri ayollarning johillikda qolganligi ekanligi aytiladi va ayollarga maktablar ochib, ta'lim b erishni talab qiladilar. Ular "Huquq va ozodlik talab qilamiz. Taraqqiyot va dunyo bilan bog'lanishni istaymiz. Bizni o'qitib, bizga yo'l beringlar" deb yozadilar. Maktubda ilm va kasb o'rganish faqat diniy emas, balki hayotiy zarurat sifatida ko'rsatiladi. Ayollarni ozod qilishning yo'li ularga ta'lim va ma'rifat berishdan iborat ekanligi tushunilgan edi [12].
Research BIB / Index Copernicus
1913-yilda Turkiston viloyatining gazetasida "Vaqt" gazetasining muharriri Fotih Karimov Orenburgga safar qilgan 16 yoshli Toifa xonim haqida maqola e'lon qiladi. Maqolada Toifa xonimning Yevropa uslubida kiyinib Orenburgga borishi, u yerda ikki hafta yashashi, maktablar, madrasalar, masjidlar va "Vaqt" gazetasining idorasiga tashriflari haqida so'z yuritiladi. Toifa xonim, shuningdek, musulmonlarning xayriya kutubxonasini ham ziyorat qiladi. Fotih Karimov ingliz va nemis xalqlarini o'rnak qilib, ular o'z farzandlarini bir-biriga yuborib, do'stlikni mustahkamlayotganini aytadi va Rossiyadagi musulmonlarni birlashishga undaydi. Uning fikricha, musulmonlar o'zaro aloqalarni rivojlantirib, bir-birlarini yaxshiroq tanishi kerak, chunki bir hukumatda yashab, bir tilni o'rtoqlashsalar ham, ular bir-birlaridan begona bo'lib qolgan. Maqolada Toifa xonimning tashrifi "sahroda ochilgan ilk gulga" qiyoslanib, musulmon yoshlari kelajakda taraqqiyot va birlik sari yondashishi kerakligi ta'kidlanadi [13].
Biroq, Turkiston viloyatining gazetasi sahifalarida bu maqolaga javoban, Toifa xonimni o'rnak qilish boshqa musulmon qizlarini "yo'ldan ozdiradi" degan mazmunda noma'lum muallifning maqolasi chop etiladi. Ushbu maqolada Fotih Karimovdan bunday "tarbiya" uchun uzr so'rash talab qilinadi va musulmon ayollari uchun islomiy qoida bo'yicha, ularning mahrom erkaksiz uzoq safarga chiqishi noto'g'ri ekanligi eslatiladi.
XX asrning boshlarida Turkiston madaniy hayotida xotin-qizlar ham ishtirok eta boshlaydilar, ularning ichida tatar ayollarining o'rni alohida edi. Jumladan, tatar muallimalari yangi usul maktablarida qizlarga ta'lim berishgan. Shuningdek, musulmon xotin-qizlari o'sha davrda urf bo'lgan turli maktablardagi ochiq imtihonlarda chetdan bo'lsa-da, kuzatish imkoniga ega bo'lganlar [5].
Ma'lumki, bu davrda o'lka teatr san'ati kirib keladi, unda xotin-qizlar ham ishtirok eta boshlaydi. Asosan tatar ayollari o'lkaga teatr san'atining kirib kelishiga o'z hissalarini qo'shganlar. Jumladan, 1909-yil 31-oktabrda Toshkent shahrida tatar qizlari o'qiydigan maktab foydasi uchun teatr o'yinlari ko'rsatishadi. Lekin, ayollarning ochiq ravishda teatr o'yinlarida ishtirok etishini o'lka musulmonlari ziddiyatli ravishda qarshi oldi. Shu munosabat bilan 1909-yil 29-noyabrda Olimzoda degan muallifning "Turkiston viloyatining gazetasi"da maqolasi chop etiladi. Unda ayollarning paranjisiz yurishlari qattiq tanqid ostiga olinadi. Maqolada yozilishicha, "agar musulmonlar foydasi uchun teatr qilib, pul yig'moq bo'lsalar, bunday muxolif shara' qilmasdan to'g'richa boshqa tariqa ila teatrlarni amalga keltirmoqlari lozim edi" [14].
Bundan tashqari "Turkiston viloyatining gazetasi"ning birgina 1908-yildagi bir necha sonlarida e'lon qilingan huquqshunos muallim va shoir Ibrohim Davronning
Research BIB / Index Copernicus
"Haq so'z" (37-son), Mirza Toshpo'lat Alimboy o'g'lining "Zaifalarga erlarbarobarida huquq berilsindeganzotlarga ochiq xat" (81-son), "Bir musulmon imzosi" ostida bosilgan "Eski hammom, eski tos" (82-son), Imomali Buronovning "Tilsiz xotin" (83-son), Fayzullohning "Xotinlarga ilm lozimmi?" (1909, 62-son), "Xotinlar erkaklar bilan barobar emas" (1912, 72-son), "Xotun kishi qozi bo'la oladimi?" (1912, 54-son), "Bir musulmonning teng huquqlilik tog'risida yozgani" (1913, 91-93-sonlari), "Musulmonlar ovozi (xotin-qizlarga teng huquq berilishi to'g'risida)" (1914, 4-son) kabi publitsistik maqolalarida Turkiston ijtimoiy-maishiy hayotining asosiy muammolaridan bo'lgan mahalliy xotin-qizlarning haq-huquqi va maorifi masalasi haqida bahslar yuritiladi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda xotin-qizlar masalasi jamiyatda yangi bosqichga ko'tarila boshladi. Ushbu davrda ayollar mavzusiga bo'lgan munosabat ko'plab ijtimoiy, madaniy va diniy omillar ta'sirida shakllandi. Matbuotda chop etilgan maqolalar va muhokamalar bu mavzuni kengroq muhokama qilishga zamin yaratdi. Xotin-qizlarning ta'lim olish huquqi, ijtimoiy mavqei va islom dinidagi o'rni haqidagi turli qarashlar jamiyatdagi o'zgarishlarni aks ettirdi.
Musulmon ayollari taqdiri haqida ko'p hollarda noto'g'ri tushunchalar mavjud edi. Yevropa va Rossiya jamiyatlarida mahalliy ayollar huquqlari toptalgan, degan qarash hukm surgan bo'lsa-da, aslida islomiy qadriyatlarda ayollarning oilaviy huquqlari himoya qilingan va ular jamiyatning muhim qismi sifatida qaralgan. Shu bilan birga, ba'zi hududlarda ayollarning savodsizligi mavjud bo'lsa-da, qishloq hayotida jamoani boshqarishga qodir, jasoratli va mas'uliyatli ayollar ham uchragan. Bu holatlar ayollar faqatgina uy-ro'zg'or ishlari bilan cheklanmaganligini, balki ular jamiyatda ham muhim o'rin egallaganini ko'rsatadi. Ayollar ta'limi masalasi ham bu davrda alohida e'tiborga loyiq edi. Yangi usul maktablarida o'qituvchi sifatida faoliyat yuritgan ayollar o'z jamiyatlarida ta'limning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Ularning sa'y-harakatlari natijasida qizlar uchun o'quv imkoniyatlari kengayib, jamiyatda ayollarning roli o'zgarishga yuz tutdi. Bu jarayon, ayniqsa, ma'rifatparvarlik harakatlari ta'sirida ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim o'zgarishlarni keltirib chiqardi.Aholi o'rtasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va ochiq hayotda ishtirok etishiga bo'lgan munosabat turlicha edi. Ba'zi hollarda bunday o'zgarishl ar tanqid ostiga olinib, an'anaviy qarashlar bilan to'qnashgan bo'lsa, boshqa hollarda ular jamiyatning modernizatsiya jarayonida zarur qadam sifatida baholangan. Ushbu qarama-qarshiliklar Turkistonda ayollarning o'rnini qayta baholash va ular uchun yangi imkoniyatlarni ochish ehtiyojini keltirib chiqardi.
XULOSA
Research BIB / Index Copernicus
Xulosa qilib aytganda, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda ayollar mavzusi ijtimoiy va madaniy hayotda dolzarb masalaga aylandi. Ushbu davrda ayollar o'z huquqlari uchun kurashib, jamiyatda o'z mavqeini oshirish yo'lida ilk qadamlarini qo'ya boshladilar. Ularning ta'lim va ijtimoiy hayotdagi faolligi jamiyatda yangi davrning boshlanishidan dalolat edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Shavkat Mirziyoyev: Miliy taraqqiyot yo'limizni qa'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz -T:. -"O'zbekiston"- 2018 yil b-346.42-43
2. Абашин, С.Н. Национализм в Средней Азии в поисках идентичности / С.Н. Абашин.- СПб.: Алатейя. - 2007. - С.89.
3. Абашин С. Н. Калым и махр в Средней Азии: право или ритуал? // Отечественные записки. М., 2003. - №5.
4. Агаев А. Женщина по исламу и в исламе - Тифлис, 1901 50-53 с.
5. Батафсил к.: Насретдинова Д.М. Туркистоннинг маданий хаётида татар бошккирд аёлларининг тутган урни (XIX асрнинг охири - XX асрнинг биринчи чораги). - Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация автореферати. - Тошкент, 2011. - 29 б.
6. Гродеков Н. И. Киргизы и каракиргизы Сырдарьинской обл. Т.1. Юридический быт. - Ташкент, 1889. - 299 с. + приложение 205 с.
7. Загряжский Г. Юридические обычаи киргиз и о народном суде у ко- чевого населения Туркестанского края по обычному праву / Материалы для статистики Туркестанского края. B.IV. - Спб., 1876. - С. 151-203.
8. Калмаков Н. Некоторые семейные обычаи северных уездов Сырда-рьинской области / Кауфманский сборник. - М., 1910. - С.221-229.
9. Кандурушкин, С. Эмансипация мусульманской женщины/ С. Кандурушкин. //Слово, 1908. - №568. - Туркестанский сборник. - Т.494. - С.133
10. Кисляков Н. А. Очерки по истории семьи и брака у народов Средней Азии и Казахстана. - Ленинград: Наука, 1969. - 240 с.
11. Мусулмон хотин-кизларининг тенг хукуклик тугрисидаги хати //Туркистон вилоятининг газети. 1913. 28 ноябр.
12. Мусулмон хотин-кизларнинг тенг хукуклик тугрисидаги хати //Туркистон вилоятининг газети. 1913. 1 декабр.
13. Мусулмон хотин-кизларнинг тенг хукуклик тугрисидаги хати. //Туркистон вилоятининг газети. 1913. 5 декабр.
14. Мусулмон хотунларининг юзларини бекитишлари хусусида. //Туркистон вилоя-ти-нинг газети. 1909. 29 ноябр.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
15. Наливкин В., Наливкина М. Очерк быта женщины оседлого туземного населения Ферганы. - Казань: Типография императорского Универси- тета, 1886.
16. О социально-экономическом и правовом положении женщин в Бухарском ханстве (по материалам архивных документов и нарративных ис- точников XIX - начала XX в.) / Ислам и женщины Востока (История и современность). - Ташкент: Фан, 1990. - С.46-62
17. Остроумов Н. П. Сарты. Этнографические материалы. Изд-е 2-е, доп. -Ташкент, 1896. - 272 с.
18. Пален К. К. Отчет по ревизии Туркестанского края. Правовой быт туземного населения. - Спб, 1910.
19. Права среднеазиатской женщины //Туркестанские ведомости. 1875. 3 июнь.
20. Покрывала мусульманских женщин //Туркестанские ведомости. 1889. 14 марта.
21. Подварков А. Брак и развод у киргиз / Средняя Азия. № 2. - Таш- кент, 1910. - С.62-64.
22. Покрывала мусульманских женщин // Туркестанские ведомости. - 1889. -№11.
23. Права среднеазиатской женщины // Туркестанские ведомости. - 1875. -№22.
24. «Продажа оренбургских девушек» //Оренбургская газета. - №49. -Туркестанский сборник. Т.503. - С.83-86.
25. Сергев Л.О. Об эмансипации мусульманской женщины - Санк-Петербург, 1955.
26. Сарты, их хозяйство, женщины и проч. // Туркестанский сборник. Том. 116.
- С.121-123.
27. Семья и семейные обряды у народов Средней Азии и Казахстана. - М.: Наука, 1978.
28. Сухарева О. А., Бикжанова М. А. Прошлое и настоящее селения Айкыран.
- Ташкент, 1955.
29. хидоя. Комментарии мусульманского права. Том 1. - Ташкент: Узбекистан, 1994.
30. Шаниязов К. Узбеки-карлуки. - Ташкент: Наука, 1964. - 195 с.
31. Шкапский Ф. Положение женщины у кочевников Средней Азии / Туркестанский сборник. Том 521.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
32. Шахтантинский, М. Эволюция мусульманского семейного быта/ М. Шахтантинский //Петербургские ведомости. - 1908. - №25. -Туркестанский сборник. Т.453. - С.72-73.