Научная статья на тему 'XIX ASR BIRINCHI VA IKKINCHI YARMIDA ANGLIYANING AFG'ONISTONGA YUBORGAN EKSPEDITSIYALARI'

XIX ASR BIRINCHI VA IKKINCHI YARMIDA ANGLIYANING AFG'ONISTONGA YUBORGAN EKSPEDITSIYALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2536
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afg'oniston / afg'on xalqi / geosiyosiy / elchilar / ekspeditsiyalar josuslar – M.Elfinstoun / Uilyam Murkroft / A.Byorns / Charlz Messon / Robert Lich / Kobul / Hirot / Qunduz / Vaxan ko'li / Bomiyon darasi / Ost-Indiya kompaniyasi. / Afghan / Afghan people / geopolitical / ambassadors / expeditions spies-M.Elfinstown / William Morkraft / A.Byorns / Charles Messon / Robert Lich / Kabul / Herot / Beaver / Lake Vahan / gorge of okra / Ost-Indian company.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Riskulov, Shoxjaxon Narmaxamatovich

Mazkur maqolada XIX asr birinchi yarmida inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan Afg'oniston hududiga yuborilgan josuslari, elchilari va missiyalarining maqsadlari, ularning mintaqada amalga oshirgan geosiyosiy maqsadlardagi faoliyatlari, Afg'onistonning davlat tuzimi, boshqaruv shakli, qo'shni davlatlar bilan munosabatlari, Afg'onistonning topografiyasi, afg'on xalqining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahvoli, ularning, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi, millatlar rang-barangligi, bu davrning o'ziga xos xususiyatlari, bayon qilinadi. Shuningdek XIX asrning o'ttizinchi yillari oxirida Britaniya mustamlakasi Afg'onistonga bostirib kirish uchun bo'lgan harbiy-siyosiy va diplomatik tayyorgarliklarni qay tariqa olib borgani, Ular mamlakatdagi har-bir yo'llarning batafsil chizmalarini, suv yo'llarini, xukumat amaldorlarini, har qanday manbalarni, hududlarning siyosiy-iqtisodiy sharoitlarini sinchkovlik bilan o'rganishgani yoritiladi. Mazkur maqola mohiyati shundan iboratki: Buyuk Britaniyaning maxfiy xizmat tarmoqlari uzoq yillarga borib taqalishi, ularning faoliyati tizimli va uzluksiz olib borilishi, bunda harqanday vositalardan foydalanishi yoritiladi. Maqola pravardida shu narsa yotardiki birinchi ingliz-afg'on urushiga (1838-42) inglizlar qay tariqa tayyorgarlik ko'rgani, Shuningdek Britaniya imperiyasi har-qanday hududni bosib olishdan oldin uzoq yillar ushbu jarayonga puxtalik bilan tayyorlanishi aks etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BRITISH EXPEDITIONS TO AFGHANISTAN IN THE FIRST AND SECOND HALF OF THE XIX CENTURY

In this article, the purpose of the spies, ambassadors and missions of the British company Ost-India sent to the territory of Afghanistan in the first half of the XIX century, their activities in the region, the state structure of Afghanistan, the form of management, relations with the army countries, the topography of Afghanistan, the economic, political and social situation of the Afghan people, their It also covers the extent to which the British colonialist conducted military-political and diplomatic preparations for the invasion of Afghanistan at the end of the Thirties of the XIX century, they carefully studied the detailed drawings of each of the roads in the country, the waterways, the officials of the government, any sources, the political and economic conditions of the territories. The essence of this article is that the Secret Service networks of Great Britain date back to a long period of time, their activities are systematic and Continuous, the use of any means is covered. The proverb reflects the fact that the British were preparing for the first English-Afghan war (1838-42), which lay the same thing, as well as the long years of thorough preparation for this process before the British Empire conquered any territory.

Текст научной работы на тему «XIX ASR BIRINCHI VA IKKINCHI YARMIDA ANGLIYANING AFG'ONISTONGA YUBORGAN EKSPEDITSIYALARI»

Scientific Journal Impact Factor

XIX ASR BIRINCHI VA IKKINCHI YARMIDA ANGLIYANING AFG'ONISTONGA YUBORGAN EKSPEDITSIYALARI

Riskulov Shoxjaxon Narmaxamatovich

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti Ikkinchi kurs tayanch doktoranti. Ilmiy rahbar t.f,d.prof. J.X.Ismailova

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada XIX asr birinchi yarmida inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan Afg'oniston hududiga yuborilgan josuslari, elchilari va missiyalarining maqsadlari, ularning mintaqada amalga oshirgan geosiyosiy maqsadlardagi faoliyatlari, Afg'onistonning davlat tuzimi, boshqaruv shakli, qo'shni davlatlar bilan munosabatlari, Afg'onistonning topografiyasi, afg'on xalqining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahvoli, ularning, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi, millatlar rang-barangligi, bu davrning o'ziga xos xususiyatlari, bayon qilinadi. Shuningdek XIX asrning o'ttizinchi yillari oxirida Britaniya mustamlakasi Afg'onistonga bostirib kirish uchun bo'lgan harbiy-siyosiy va diplomatik tayyorgarliklarni qay tariqa olib borgani, Ular mamlakatdagi har-bir yo'llarning batafsil chizmalarini, suv yo'llarini, xukumat amaldorlarini, har qanday manbalarni, hududlarning siyosiy-iqtisodiy sharoitlarini sinchkovlik bilan o'rganishganiyoritiladi.

Mazkur maqola mohiyati shundan iboratki: Buyuk Britaniyaning maxfiy xizmat tarmoqlari uzoq yillarga borib taqalishi, ularning faoliyati tizimli va uzluksiz olib borilishi, bunda harqanday vositalardan foydalanishi yoritiladi. Maqola pravardida shu narsa yotardiki birinchi ingliz-afg'on urushiga (1838-42) inglizlar qay tariqa tayyorgarlik ko'rgani, Shuningdek Britaniya imperiyasi har-qanday hududni bosib olishdan oldin uzoq yillar ushbu jarayonga puxtalik bilan tayyorlanishi aks etadi.

Kalit so'zlar: Afg'oniston, afg'on xalqi, geosiyosiy, elchilar, ekspeditsiyalar josuslar - M.Elfinstoun, Uilyam Murkroft, A.Byorns, Charlz Messon, Robert Lich, Kobul, Hirot, Qunduz, Vaxan ko'li, Bomiyon darasi, Ost-Indiya kompaniyasi.

In this article, the purpose of the spies, ambassadors and missions of the British company Ost-India sent to the territory of Afghanistan in the first half of the XIX century, their activities in the region, the state structure of Afghanistan, the form of management, relations with the army countries, the topography of Afghanistan, the economic, political and social situation of the Afghan people, their It also covers the extent to which the British colonialist conducted military-political and diplomatic

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

preparations for the invasion of Afghanistan at the end of the Thirties of the XIX century, they carefully studied the detailed drawings of each of the roads in the country, the waterways, the officials of the government, any sources, the political and economic conditions of the territories.

The essence of this article is that the Secret Service networks of Great Britain date back to a long period of time, their activities are systematic and Continuous, the use of any means is covered. The proverb reflects the fact that the British were preparing for the first English-Afghan war (1838-42), which lay the same thing, as well as the long years of thorough preparation for this process before the British Empire conquered any territory.

Keywords: Afghan, Afghan people, geopolitical, ambassadors, expeditions spies-M.Elfmstown, William Morkraft, A.Byorns, Charles Messon, Robert Lich, Kabul, Herot, Beaver, Lake Vahan, gorge of okra,Ost-Indian company.

В этой статье рассматриваются цели шпионов, послов и миссий британской компании Ост-Индия, направленных на территорию Афганистана в первой половине XIX века, их деятельность в регионе, государственное устройство Афганистана, форма управления, отношения с армией стран, топография Афганистана, экономическое, политическое и социальное положение афганского народа, их В нем также рассказывается о том, в какой степени британские колонизаторы вели военно-политическую и дипломатическую подготовку к вторжению в Афганистан в конце тридцатых годов XIXвека, они тщательно изучили подробные чертежи каждой из дорог в стране, водных путей, должностных лиц правительства, любых источников, политических и экономических условий территорий.

Суть этой статьи заключается в том, что сети секретных служб Великобритании насчитывают длительный период времени, их деятельность носит систематический и непрерывный характер, охватывается использование любых средств. Пословица отражает тот факт, что британцы готовились к первой англо-афганской войне (1838-42), в которой лежало то же самое, а также долгие годы тщательной подготовки к этому процессу до того, как Британская империя завоевала какую-либо территорию.

Ключевые слова: Афганец, афганский народ, геополитика, послы, экспедиции, шпионы - М.Элфинстаун, Уильям Моркрафт, А.Байорнс, Чарльз Мессон, Роберт Лич, Кабул, Херот, Бивер, озеро Ваган, ущелье бамии, Ост-индийская компания.

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KIRISH

Markaziy Osiyo muhim geopolitik mintaqa hisoblanib, Afg'oniston bo'lsa uning asosiy strategik nuqtasini egallagan edi. Lekin bu davrda mintaqaga ikki yirik mustamlakachi davlat tobora yaqinlashib kelmoqda edi. Biri shimoldan, bir necha asrlardan beri Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarga ega bo'lgan, bu davrga kelib Markaziy Osiyoning shimoliy hududlari ustidan o'z hukmronligini qaror toptirib bo'lgan Rossiya bo'lsa, ikkinchisi esa janubdan, Hindiston subkontinentida o'z ustivorligini o'rnatgan va tizimli ravishda shimolga qarab siljib borayotgan Angliya edi. Shubhasiz bu ikki mustamlakachi davlat ham yangi bozorlarga, xom-ashyo manbalariga, qolaversa strategik qulay hududlarga ega bo'lish uchun mintaqani o'z ta'siriga olish va o'z hukmronligini o'rnatish maqsadiga erishishga harakat qilishardi. Shu boisdan bu o'lka borasida ingliz-rus raqobati vujudga keldi va u butun XIX asr xalqaro munosabatlar tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qoldi. Ingliz-rus muxolifligi keyinchalik "Katta o'yin" deb atalgan yangi nomga ega bo'ldi. Angliyaning tashqi tajovvuzkor siyosatining ustivor maqsadiga aylangan Afg'oniston masalasi ingliz-afg'on urushlarini keltirib chiqardi. Birinchi ingliz-afg'on urushidan so'ng Afg'oniston mamlakat sifatida tarqoq holga kelib, buninng natijasida mamlakat ichkarisida kuchli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy bo'hron boshlandi. Urushdan so'ng Afg'oniston amirligining bosh ustivor vazifasi mamlakatni birlashtirish va siyosiy, iqtisodiy islohatlar o'tkazishdan iborat edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XIX asrning eng muhim xalqaro muammolaridan biri bu "Markaziy Osiyo" masalasi edi. Natijada butun asr mobaynida Markaziy Osiyo Angliya va Rossiya o'rtasidagi baxsga sabab bo'ldi. Oqibatda XIX asr oxiriga kelib bu ikki imperialistik davlatlar o'rtasidagi inqiroz kattalashib uzoq davom etgan siyosiy mojaroga aylandi. Asosiy muammo mustamlakachi mamlakatlar o'rtasida hali bo'lib olinmagan hududlarni egallab olish uchun bo'layotgan kurash edi. Bu kurashda XIX asr kapitalistik tizim rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari ko'rinadi. Angliya va Rossiyaning hukmron doiralari Markaziy Osiyodagi tajovvuzkor harakatlarini oqlash, ushbu mintaqaning ma'lum qismlariga o'z huquqlarini asoslash uchun ko'plab jiddiy dalillarni topdilar. Markaziy Osiyoda ikkala davlatning siyosati qandaydir niqoblar ostida olib borilgan bo'lmasin, uni amalga oshirish uchun har qanday bahonalar ishlatilgan bo'lsa ham, bu siyosat mohiyati tajovvuzkor mustamlakachilik edi.

XIX asrda Angliya yer-mulklari ulkan, jahonning eng yirik mustamlakachi mamlakati edi. Birqancha davlatlar va xalqlarni qamrab olgan Hindiston yarim

orolida bosqinchilik va mustamlaka ekspluatatsiyasi uchun ingliz burjuaziyasining

1000

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

asosiy tashkiloti Ost-Indiya kompaniyasi bo'lib, u doimiy ravishda bosqinchilik urushlarini olib bordi. Ost-Indiya kompaniyasi Osiyo qitasining istalgan joyini britaniya mulki deb etlon qilishi va istalgan joyiga qo'shin yuborishi mumkin edi. Xususan Markaziy Osiyoda joylashgan Afg'oniston o'zining qulay geografik joylashuvi tufayli savdo-sotiq, siyosiy va strategik jixatdan Britaniyanig aloxida qiziqish markazida bo'lgan. Bundan tashqari u Hindiston, Eron, Xitoy va o'zbek xonliklari bilan ham chegaradosh bo'lib, o'z vaqtida jaxon sivilizatsiya rivojiga anchagina katta xissa qo'shgan va XIX asrda o'zining biroz axamiyatini yo'qotgan mintaqa orqali Xitoydan Yevropaga qadimgi Buyuk Ipak yo'li o'tgan edi. Bu esa Afg'onistonning geopolitik nuqtainazardan ham naqadar muhim hudud ekanligini bildirardi[1].

Ost-Indiya kompaniyasi Afg'onistonning iqtisodiy va siyosiy holatini, hudud orqali o'tgan barcha yo'llarni aniqlash, muhim geografik nuqtada joylashgan harqanday obektlarni o'rganish, axolining ijtimoiy siyosiy qatlamini tadqiq qilish shuningdek xukumat a'zolarini o'z tarafiga og'dirish va Angliya bilan siyosiy aloqalar o'rnatish maqsadida o'z xodimlarini muntazam ravishda jo'natib turadi. Xodimlar turli qiyofada yuborilgan bo'lib, ular asosan savdogar, darvesh, sayyoh, muqaddas joylarga ziyorat qiluvchilar niqobi ostida bu hududda xarakat qilishgan. Yuborilgan ayg'oqchilar mintaqaning eng xilvat joylarigacha kirib, xudud joylashuvini mukammal o'rganishgan va extiyotkorlik bilan to'plangan matlumotlarni qayd etib borishgan. Ular mahalliy aholi tilini va ularning urf-odatlarini yaxshi bilishgan bo'lib, bu esa ularga bu xududda uzoq muddat faoliyat yuritishlariga va o'zlariga nisbatan shubxa paydo bo'lmasligiga yordam bergan[2]. Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha Angliya siyosatida muhim ro'l o'ynagan ingliz tarixchisi J.Older shunday yozadi: "Markaziy Osiyo masalasida diplomatik faoliyat yuritishdan oldin mintaqa xaqidagi tadqiqotlar naqadar muhim ekanligi va ayniqsa geografik bilimlar har doim siyosat, iqtisodiyot, diplomatiya va harbiy xarakatlar bilan chambarchas bog'liq ekanligini, bunda xarqanday askar va siyosatchidan ko'ra tadqiqotchi va maxfiy josuslar muhim ro'l o'ynashini" ta'kidlaydi[3].

Afg'onistonga dastlabki ingliz missiyasi 1809 yil fevral oyida Maunnstyuart Elfinstoun boshchiligida yuboriladi. Unga Afg'oistonni batafsil va hartomonlama o'rganish vazifasi yuklatiladi. Agarda inglizlar mamlakatga bostirib kirganda bu xududda Britaniya o'zining hukmronligini o'rnatishda suyanch bo'la oladigan ma'lum bir ijtimoiy qatlam, guruh va qabilalar orasida alohida e'tiborga ega shaxslar bilan ham aloqalar o'rnatish kabi ko'rsatmalar kirardi. Ekspeditsiya tarkibini ingliz ofitserlari va josuslari tashkil etib, Afg'oistonda har taraflama chuqur harbiy-siyosiy

Scientific Journal Impact Factor

razvedka ishlarini olib bordi. Shaxsan M.Elfinstounga mamlakatning xukmron doiralari haqida batafsil ma'lumotlar yig'ish topshirig'i yuklanadi. Ekspeditsiya deyarli besh oy davom etadi. Shu vaqt mobaynida ular mamlakatdagi karvon yo'llari, afg'on xalqi va qabilalari, alohida e'tiborga ega bo'lgan shaxslar bilan tanishadi. Inglizlar mahalliy amaldorlarga qimmatbag'o sovg'alar berish orqali ular bilan aloqalar o'rnatadi. Pora berib o'z tomoniga og'dirish ingliz siyosatiga xos xususiyat bo'lib, harqanday urushda o'z xukmronligini o'rnatishda vosita bo'lib xizmat qiladi[4].

1809 yil iyun oyida Peshavorda M.Elfinstounning shox Shujo ul-Mulk bilan olib borgan muzokaralari natijasida birinchi afg'on-ingliz shartnomasi imzolanadi. Shartnoma shundan iborat ediki mobodo Fransiya va Eron Hindistonga xujum qilgudek bo'lsa Afg'oniston Angliya tomonida turib urushda qatnashishi nazarda tutilgan edi[5].

Ost-Indiya kompaniyasi 1820-25 yillarda o'zining tajribali xodimi Uilyam Murkroft boshchiligida Afg'oniston va unga qo'shni bo'lgan xududlarga ularning iqtisodiyoti, harbiy-siyosiy holati, xududlarning topografik joylashuvi va ayniqsa tog'lardan o'tib bo'ladigan so'qmoqlar, daralar, yo'llar haqida ma'lumotlar to'plash uchun Britaniya ekspeditsiyasini jo'natadi. Uilyam Murkroft va boshqa ekspeditsiya a'zolari 1822 yilda Jalolobodda, 1824 yilda Kobul shaharlarida bo'lishadi. U va uning hamrohlari yevropaliklar orasida birinchi bo'lib Bomiyondagi buddaning ulkan xaykalini ko'rishgan. Ekspeditsiya a'zolari 1825 yil fevral oyida Buxoro amriligiga yetmush kishilik tarkib bilan kirib kelishadi[6]. Bu ekspeditsiya natijasida inglizlar Buxoro amirligini xartaraflama o'rganadi va mahalliy amaldorlar bilan til topishning uddasidan chiqadi.

Markaziy Osiyoning iqtisodiy, siyosiy imkoniyatlari, savdo yo'llari, strategik ahamiyatga ega nuqtalarini o'rganishda anchagina katta ish qilgan ingliz armiyasi harbiy razvedka leytinanti A.Byorns bo'lib, u Ost-Indiya kompaniyasiga xizmat qilganlar orasida eng qobiliyatlilaridan edi. U fors tili va unga yaqin bo'lgan boshqa dialektlarni ham mukammal egallagan bo'lib, bu esa unga O'rta Sharq xalqlari orasida osonlik bilan munosabatta bo'lishiga va ular orasiga kirishib ketishiga xizmat qildi. U to'plagan matlumotlar harbiylar, diplomatlar, iqtisodchilar, lingvistlar, savdogarlar, geograf va sayyohlar uchun qimmatli matlumotlar bo'lib xizmat qiladi. 1831 yilda A.Byorns hind savdogari niqobi ostida Buxoroga yo'l oladi. Uning vazifasiga Hindistondan Buxoroga eng qisqa bo'lgan yo'lni topish, mahalliy bozorlarni o'rganish, Buxoro amirligi bilan Hindiston o'rtasidagi dastlabki siyosiy va savdo aloqalarini o'rnatish kirardi[7].

Scientific Journal Impact Factor

A.Byorns sayoxatini Dehlidan boshlaydi va Amritsar, Peshovar, Kobul orqali Xulumga keladi. Xulumdan u sharqqa qarab yo'l oladi va Qunduz shahrini batafsil tadqiq qiladi. Uerdan u Balxga keladi so'ngra Amudaryodan o'tib Qarshi orqali Buxoroga yetib keladi. Uerda birnecha oy bo'lib, A.Byorns Chorjo'y va Urganch orqali Mashxadga yo'l oladi. Shu joydan unga Ost-Indiya kompaniyasi xodimi Moxan Lal unga Xirotga borishi uchun xamroxlik qiladi. Ular butun Xurosonni aylanib so'ngra Texron va Fors ko'rfazi orqali yana qaytib Hindistonga yo'l oladi[8].

Aslida Byornsning olib borgan barcha ekspeditsion missiyalarining moxiyati Afg'onistonni harbiy yo'l orqali bosib olishga qaratilgan xarakat yotardi. Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlari unga mamlakat bilan har tomonlama tanishish, xususan uning xukumati, xukumat rahbarlari, amaldorlari, iqtisodiyoti, uning qurolli kuchlari, boyliklari shuningdek qo'shni mamlakatlar bilan o'zaro munosabatlari haqida ma'lumotlar to'plash to'g'risida ko'rsatmalar beradi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ekspeditsiya tarkibiga leytenant Robert Lich, hind floti leytinanti Jon Vud va vrach Persival Lordlar kirardi. R.Lichga mamlakatning harbiy soxasini va uning qo'shin turlarini kuzatish, J.Vudga suv yo'llarini birinchi navbatda Amudaryoni o'rganish, P.Lordga esa borgan joylarining tabiy boyliklarini o'rganish vazifasi yuklatiladi. Lord uzoq vaqt mobaynida Qunduz xonligini o'rganadi Vud esa Pomir oldi xududlarini xususan yuqori Amudaryo, Vaxan Sariko'l xavzalari to'g'risida ma'lumotlar to'plash bilan shug'ullanadi. R.Lich bu vaqtda Qandaxorda qolib A.Byornsga Qandaxor, Xirot va Erondagi bo'layotgan voqealar haqida axborotlar jo'natib turadi[9].

A.Byorns o'zining esdaliklarida mintaqaning boy tabiati va iqtisodiy imkoniyatlari xaqida ham batafsil ma'lumotlar keltiradi. Masalan Badaxshondagi Shug'non yaqinidagi daryo bo'yida joylashgan G'aron deb nomlanadigan joydagi yoqut konlari to'g'risida ma'lumotlar beradi. Shuningdek u yana buyerda ulkan kumush konlari zaxirasi joylashganligini ham ta'kidlaydi. A.Byorns Hinduqush tog'idagi Bomiyon darasini va unga yondosh xududlarni "ajoyib boyliklarga ega podsholik" deb ta'kidlaydi. Yana uning xabar berishicha Fuldot yaqinida oltin va kumush qazib olinishini, Bomiyondan uncha uzoq bo'lmagan xududda o'n yoki o'n ikkita qo'rg'oshin konlari joylashganligini aytadi. A.Byorns g'oyat darajada puxtalik bilan mis, qalay, oltingugurt, asbest, temir, chaqmoqtosh va turli xil kimyoviy elementlarga ega bo'lgan konrlarni ham hisoblab chiqadi[10].

Uning to'plagan ma'lumotlari ichida eng qimmatlilari: Hindistondan Afg'oniston va Markazi Osiyoga boradigan yo'llarning batafsil chizmalari, Markaziy Osiyo xonliklarining iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlari,

Scientific Journal Impact Factor

Amudaryoning chap qirg'og'idagi yerlar va Afg'oniston va Sind o'lkasining turli-xil xududlari haqidagi xisobotlar edi. Bu ma'lumotlar Afg'onistonga va Markaziy Osiyoning boshqa o'lkalariga tezkorlik bilan harbiy xujum rejalarini ishlab chiqish uchun kerak edi.

Charlz Messon Afg'onistonda uzoq vaqt davomida norasmiy tarizda ingliz rezidenti sifatida faoliyat olib borgan. Messon Kobuldagi katta bozorni, Kobulga keladigan va undan chiqib ketadigan karvonlarni, turli xil bo'lgan maxsulotlar aylanmasini sinchkovlik bilan kuzatadi. Kuzatuvlari natijasida u 1835 yilda matbuotda "Kobul savdosi to'g'risida" memorandum chop etadi. Bu xujjatda qayd etilishicha Kobul shahri Hindiston va Markaziy Osiyo o'rtasidagi eng muhim savdo markazi sifatida qaraladi sababi 1834 yilda uning savdo aylanmasi 1 mln funt sterling sifadida ko'rsatiladi. U bu bir tomondan Hindistonda ikkinchi tomondan Afg'oniston va Markaziy Osiyoda Britaniya mulklari o'rtasida savdo-sotiqning keng rivojlanishiga yordam beradi deb hisoblagan. Bu hol o'z navbatida ingliz-afg'on munosabatlarida asosiy ahamiyat kasb etgan[11].

Ost-Indiya kompaniyasining maxfiy komiteti 1836 yil 25 iyunda Hindiston general gubernator Oklend va uning tashqi ishlar vaziri Palmerstounning buyrug'i bilan diplomat va josuslarni Kobulga jo'natadi. Hindiston general-gubernatori ularga Afg'onistondagi vaziyatni har tomonlama o'rganish va "Rossiya ta'siriga" qarshi barcha choralarni ko'rishni tavsiya qiladi[12].

XIX asr o'ttizinchi yillarida general Malkoltmning maxfiy topshiriqlarini bajarish maqsadida ingliz ofitserlari Afg'onistonning olis xududlari, hechqanday qonunlar amal qilmaydigan va hali hechqachon shupaytgacha hechbir tadqiqotchining qadami yetmagan joylarda josuslik ishlarini olib borishadi. O'sha vaqtlarda Bombey piyoda qo'shinlar beshinchi polki ofitserlari kapitan Charlz Kristi va leytenant Genri Pottinjerlar o'zlarining missiyalarini bajarishga kirishadi. Ular sayohati davomida mahalliy qabilalar va ularning sardorlari, shaharlarning mudofa tizimi va ularning istehkomlari haqida yetarlicha ma'lumot to'plashga muvaffaq bo'ladi. Charlz Kristi Afg'onistondagi strategik jixatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan Hirot shahrini tadqiq qiladi va u haqda to'plagan hisobotlarni Hindiston general gubernatoriga jo'natishga muvaffaq bo'ladi.

Shuni ta'kidlash kerakki ingliz maxfiy xizmat xodimlarining Afg'onistondagi asosiy rezidentsiyasi Hirot shahri bo'lib xodimlarga buyruqlar asosan shuyerdan berilardi. Hirotdagi bu yashirin tarizda asos solingan markazga mayor d,Arsi Todd boshchilik qilgan[13].

Scientific Journal Impact Factor

Mustamlakachi Britaniya bir zum ham Afg'oniston xududini tadqiq qilish ishlarini to'xtmadi. Ular Afg'onistonning siyosiy, iqtisodiy ahvolini va qulay bo'lgan savdo yo'llarini topish maqsadida o'lkani sinchkovlik bilan o'rganish ishlarini muntazam ravishda olib borishgan. Mamlakatda faoliyat olib borayotgan Ost-Indiya kompaniyasi xodimlari Kalkutta va Londonga turli xil ma'lumotlar va axborotlarni boricha yetkazib turishgan.

Nega? Nima uchun bu jafokash xalq urush ichida yashashga mahkum? Nima uchun tamaddundan orqada qolgan bu zamin so'nggi ikki asr ichida ulkan siyosiy kurash maydoniga aylanib qoldi?

Yer yuzining shunday mintaqalari, hududlari borki, ular tabiiy va turli-tuman qazilma boyliklari bilan emas, aynan geografik joylashuvi bilan yirik imperiyalar e'tiborini o'ziga jalb etadi. Osiyoning strategik muhim mintaqasida joylashgan Afg'onistonning siyosiy kurashlar va fitnalar markaziga aylanib qolayotganining asosiy sababi ham shunda. "Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir" Shunday ish ko'rsak, Afg'oniston va uning atrofida (boshqa olovli nuqtalarda ham) kechayotgan geosiyosiy o'yinlar mohiyatini o'rganish osonroq kechadi.

XIX asr boshlarida Angliya Afg'onistonga shunchaki mamlakat sifatida ettibor qaratib qolmay balki uni Hindistonning shimoliy-g'arbiy ostonasi sifatida ko'radi. Sababi Britaniyaning bosqinchilik siyosati rejasida bo'lgan Eron va Markaziy Osiyo yerlariga harbiy yurishlar olib borilgan taqdirda Afg'oniston eng muhim harbiy amaliyotlarga tayyorgarlik ko'radigan maydon sifatida boshlang'ich nuqta vazifasini bajarishi kerak edi. Shu sababli Angliya Afg'onistonni tadqiq etish va batafsil o'rganish maqsadida u yerga o'zlarining maxfiy ayg'oqchilarini va xodimlarini jo'natadi. Masalan ulardan M.Elfïnstoun,Ch.Kristi, U.Murkroft, Trebek, Frezer, Stirling, Konolli, Ch.Messon, A.Byorns kabi Ost-Indiya kompaniyasining maxfiy xodimlari to'plagan ma'lumotlar uzoq yillar davomida nafaqat Angliya balki boshqa imperialistik davlatlar uchun ham qimmatli manba bo'lib xizmat qildi.

Shu tariqa XIX asrning o'ttizinchi yillari oxirida Britaniya mustamlakasi Afg'onistonga bostirib kirish uchun bo'lgan harbiy-siyosiy va diplomatik tayyorgarlikni yakunlaydi. Ular mamlakatdagi har-bir yo'llarning baktafsil chizmalarini, suv yo'llarini, xukumat amaldorlarini, har qanday manbalarni, hududlarning siyosiy-iqtisodiy sharoitlarini sinchkovlik bilan o'rganishadi.

Afg'oniston bilan 1838-1842 yildagi birinchi ingliz-afg'on urushidagi mag'lubiyatdan so'ng, u orqali o'zbek honliklariga safar qilish inglizlar uchun o'ta mushkul bo'lib qoldi. Endilikda inglizlar uchun Turkistonga Sin imperiyasi orqali kirish mumkin bo'lgan yo'l ham bor ediki, ammo bungacha Xitoy xukumati Murkroft

Scientific Journal Impact Factor

ekspeditsiyasidan so'ng yevropaliklarga o'z chegaralariga kirishga ham ta'qiq qo'ygan edi. Xitoyning 1840-1842 yillardagi birinchi "afyun urushi" dagi mag'lubiyati Sharqiy Turkiston (Sinszyan) orqali Markaziy Osiyoga kirishga umid berardi. Shunday bo'lsada Kanningxem va Streche ekspeditsiyalarining Xo'tan va Yorkentga kirishlariga mahalliy hokimiyat vakillari ruxsat bermagan. Shu tariqa XIX asrning o'rtalarida ingliz tadqiqotchilari, savdogarlari va ayg'oqchilarining Afg'onistonga sharqdan Xitoy orqali shimoldan Rossiya, janubdan Eron orqali kirib kelish yo'llari yopiq edi. Rossiya bilan munosabatlarning vaqtinchalik yaxshilanishidan foydalangan inglizlar Afg'onistonga Rossiya Turkistoni orqali kirishga urinib ko'rishdi. Shu tariqa XIX asrning 50 yillarida britaniyaning Markaziy Osiyo xususan Afg'onistondagi josuslik tizimi o'ziga xos inqiroz ko'chasiga kirib qoldi. Vaziyatning bunday tus olishi Britaniyaning tashqi siyosati va bosqinchilik amaliyotlarini olib boruvchi Ost-Indiya kompaniyasida Markaziy Osiyo ayniqsa Afg'oniston to'g'risidagi ma'lumotlarning taqchilligiga va ushbu mintaqa haqidagi mavjud ijtimoiy-siyosiy holatning qanday ekanligi borasidagi tasvvurlarning kamayib ketishiga olib keldi. Bunday vaziyatdan chiqish maqsadida inglizlar mahalliy aholi vakillaridan iborat bo'lgan josuslik tizimini yaratadi. Inglizlar ushbu maqsadni amalga oshirish uchun barcha vositalarni ishga soladi, xususan yollangan mahalliy josuslarni o'z davrining zamonaviy va kerakli bo'lgan anjomlari bilan ta'minlaydi va ularni ishlatish yo'llarini, ularga ayg'oqchilik ishlarini amalga oshirish sir asrorlarini o'rgatadi va har-bir qimmatli bo'lgan ma'lumot uchun katta miqdordagi pul mukofoti belgilaydi. Ushbu tizim Uokker tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ayniqsa mayor T.S.Montgomeri tomonidan rivojlantirildi va o'zining natijasini berdi. Ilgari mahalliy aholi vakillaridan josuslikka yollash kamyob holat bo'lgan bo'lsa (Mir Izzat Ullo, Munshi Mo'xanlal) endilikda juda ham katta ko'lamga aylangan edi[14]. 1850-1864 yillardagi taypinlar harakati, 1856-1860 yillarda Xitoyning ikkinchi "afyun" urushidagi mag'lubiyati, mahalliy musulmonlar qo'zg'aloni natijasida Sint imperiyasidan ajralib chiqqan Sinttszyan (Shinjon) va inglizlarning qo'llab-quvvatlashi bilan XIX asrning 60-yillarida hokimiyat tepasiga kelgan Yoqubbek hokimiyati davrida inglizlar Afg'onistonga sharqdan Ladak va Tarim orqali kirib kelish imkoniyati yuzaga keladi.

1860-1861 yillarda pushtun urug'idan chiqqan mahalliy ayg'oqchi Abdul Majid Kobuldan chiqib Badaxshon, Vaxan va Oloy tog' tizmalari orqali Qo'qonga safar qiladi. Uni Ost-Indiya kompaniyasi yollagan bo'lib, Qo'qondagi Mullaxon ismli shaxsga turli-xil sovg'alar va maktub olib boradi[15]. 1863 yilda boshqa bir mag'alliy yollanma ayg'oqchi Muhammad Hamid Yorkentga keladi, va uyerda 1864 yilgacha qoladi, so'ngra Jammu Kashmirdagi Ladak viloyatiga yo'l oladi ammo yo'lda

Scientific Journal Impact Factor

kutilmaganda be'tob bo'lib qolishi natijasida vafot etadi[16]. XIX asrning 60-yillarida A.Shlagintveytning sobiq yo'l boshlovchisi Muhammad Amin Pomir va Sharqiy Turkistonga tashrif buyuradi.Uning vazifasi Shinjon, Yorkent, Xo'tan, Koshg'ar va Afg'onistonning ma'muriy boshqaruv tizimini puxtalik bilan o'rganish, harbiy-qo'shin, qal'a inshoatlari holati va uning soni, ijtimoiy-iqtisodiy, savdo yo'llari va bozorlari haqidagi ma'lumotlarni to'plashdan iborat edi. Bundan tashqari u Pomir orqali o'tadigan barcha dovonlarning ro'yxatini tuzib chiqadi va Sarikulning o'sha vaqtdagi siyosiy ahvolini tahlil qiladi[17].

1865 yilda yana bir yollanma ayg'oqchi Fayz Baxsh Badaxshon, Vaxan, Pomir, Qunduz, Buxoro va Xivaga safar uyushtiradi va o'zining sayohatini 1869 yilda Balxda yakunlaydi. Unga yuklatilgan vazifa o'zi bosib o'tgan yo'llarning batafsil chizmalarini qog'ozga tushirishdan iborat edi.

1867-1868-yillarda boshqa-bir pandit (yollanma ayg'oqchi) Manful Badaxshonda bo'ladi. 1868-1869-yillar qishida mayor Montgomeri tomonidan yuborilgan asli Mashhadlik bo'lgan Mirza ismli pandit Badaxshon va Pomir orqali o'tib Sharqiy Turkistonga keladi. Uning asil ismi ma'lum bo'lmagan, ya'ni Montgomeriga ishlagan barcha ayg'oqchilarning nomlari ular vafot etib ketgunicha sir saqlangan. Mirzo Hindistondagi Ost-Indiya kompaniyasining "kuzatuvchilar" xizmati xodimi sifatida ishlagan. 1867 yilda unga Chitroldan Badaxshonga olib boruvchi qisqa bo'lgan yo'lni topish, Qo'qon va Koshg'ar oralig'idagi yo'llarning xavfsizligini tekshirish vazifasi yuklatiladi[18]. Mirza yaxshi tayyorlangan ayg'oqchi bo'lgan u zamonaviy uskunalardan foydalanishni, turk va fors tillarini mukammal bilgan. U yollanma ayg'oqchilar orasida (panditlar) Pomirni batafsil va izchil o'rgangan edi[19]. Darhaqiqat Mirza harbiy maqsadlar uchun Pomir yo'llarining batafsil tavsifini birinchi bo'lib tasvirlagan edi. U puxtalik bilan aholi yashash manzillari orasidagi masofalarni hatto ahamiyatsiz bo'lgan kichik yo'llarni ham unutib qoldirmasdan qayd etib o'tgan. U bundan tashqari qo'shinlar uchun lagerlar, yem-xashak, yoqilg'i va zaxiralarni saqlash uchun mos joylarni ham xaritaga tushirgan[20]. Mamlakatdagi barcha istehkomlarni ham qayd etgan va mudofa uchun qulay va noqulay bo'lgan joylarni belgilagan. U Qorovul qal'asini quyidagicha tasvirlagan "istehkom qulay yerga joylashgan bo'lib, u jarlik ustiga qurilgan edi, uning ustidan barcha yo'llarni nazorat qilish imkoni mavjudligi, shuningdek dushmanning qal'a ustiga chiqishi imkonsiz edi" deya ta'riflaydi . Bundan tashqari Mirzo Tyan Shandagi rus harbiylariga tegishli mudofaa istehkomlari haqida ham ma'lumotlar to'plagan: masalan u "Tojia istehkomida 400 nafar o'qchi, Narayan daryosi ustidagi ko'prikni 500 nafar askar, Narayandan o'n kunlik masofada Tomsk

Scientific Journal Impact Factor

qal'asi joylashganligi uyerda 100 ta askar 4 ta zambarak, uyerdan yana o'n kunlik masofada Oloy tizmasi boshlanish nuqtasida 2 ming askar va 8 ta zambarak" bor ekanligini aniqlagan[22].

Ingliz ayg'oqchilari orasida alohida o'rin egallagan agent Agarxon bo'lib u Bombey va Pomirdagi Shialar rahnamosi edi. uning ta'sir doirasi Kobul va Koshg'arda juda kuchli edi. U o'z obro' e'tiborini saqlash maqsadida Kobul va Koshg'arga tez-tez safar qilib turar va safari davomida bu o'lkalar haqida batafsil ma'lumotlar to'plashga harakat qilardi[23].

1870-yillarda ingliz "tadqiqotchilari" tomonidan bir-qancha ekspeditsiyalar uyushtirildi. Katta zobit Xavildar Xisor, Kulob, Qorategin hududlarini tadqiq etadi[24]. 1872 yilda Xavildar maxfiy topshiriq bilan Chitrol va Fayziobodda bo'ladi, uyerdan o'sha vaqtlarda Buxoro amrligi sarhadlariga tegishli bo'lgan Darvoz va Qo'qon xonligiga qarashli Qorategin hududlarida bo'ladi. Xavildar Peshovor va Fayziobod yo'llarini batafsil tavsiflaydi va Badaxshondagi aholining turmush-tarzi, yashash-sharoiti, ularning urf-odatlari to'g'risida ma'lumotlar yig'adi[25]. Serjant Sappers Montgomerining topshirig'i bilan Peshovordan Fayziobodgacha bo'lgan yo'llarni tadqiq qiladi[26]. Ammo ko'plab o'rganilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra Xavildar va Sappers bir shaxs ekanligi ta'kidlanadi[27].

XIX asrning 70 yillari boshlarida Afg'onistondagi ingliz razvedka faoliyatida kichik pasayish kuzatildi. Ammo tez orada britaniyalik agentlarning faolligi tufayli vaziyat o'zgardi. Bunga sabab esa 1873 yilda Xiva xonligining Rossiya podsholigiga qo'shib olinganligi bo'ldi.

Pandit Ibroximxon Tyan Shandagi Yasin vodiysi Balistondagi Darkut dovoni orqali Badaxshondagi Langar degan joygacha uyerdan unga hamrohlik qilgan D.Forsayt bilan Koshg'argacha boradi[28]. 1873-1874 yillarda D.Forsayt Koshg'arga amalga oshirgan ekspeditsiya keng qamrovli bo'lib, ekspeditsiya tarkibiga polkovnik Gordon, kapitan Trotter, Biddalf, Belyu, Chepmen va doktor Stolichkalar hamrorohlik qildi. Ekspeditsiyaning go'yoki asosiy maqsadi Yoqubbek bilan savdo shartnomasini tuzish va bosib o'tgan hududlarini ilmiy jihatdan o'rganishdan iborat edi. "Tadqiqotchilar" Koshg'arga quruq qo'l bilan kelmadilar, ular o'zlari bilan Yoqubbek saroyiga 2200 ta miltiq, 8 ta 3 fut kalibrli tosh yorar qurol keltirishdi[29]. Forsaytning asl maqsadi Afg'oniston va Koshg'arning Rossiya bilan chegara hududlaridagi mavjud holat to'g'risida to'liq va aniq ma'lumotlarni aniqlash va ularni qayd etib boishdan iborat edi. U o'zining hisobotida yo'lida uchragan barcha aholi yashash manzillarini sanab o'tgan, shuningdek uyerlarda yashayotgan aholining soni, yo'llar, so'qmoqlar, tabiat va iqlim sharoitlari, mudofa qobiliyatlari, harbiy

Scientific Journal Impact Factor

istehkomlar to'g'risida hattoki bu yerlarda uchraydigan kasalliklar haqida ham ma'lumotlar keltirgan[30]. 1874 yil mart oyida Gordon, Trotter, Stolichka va boshqa bir qancha panditlar Koshg'ardan chiqib Xisor va Sarikul orqali Pomirga jo'naydi. Ular asosan e'tiborlarini yo'llarga qaratadi. Trotter yo'llarning to'liq manzarasini astronomik kordinatlar asosida aniqlab xaritaga tushirgan. Shuningdek u yo'lida uchragan har-bir aholi yashash manzillarining orasidagi masofalarni ham hisoblab borgan va to'htab o'tish mumkin bo'lgan joylarni belgilab o'tgan. Stolichka tog'lardan o'tish mumkin bo'lgan daralarni, tog'larning balandligini, daryolar va yaylovlarni tadqiq qilgan. Gordon asosan borgan hududlarining qo'shin turlari ularning shart-sharoitlari va harbiy istehkomlar to'g'risida ma'lumotlar to'plash bilan shug'ullangan[31]. U ayniqsa Toshqo'rg'onda joylashgan qaltaga qiziqib qoladi ammo unga mahalliy hukumat qaltaga 450 metrdan kam bo'lmagan masofada yaqinlashmaslikka ruxsat bermaydi. Kapitan Biddalfning alohida topshirig'i bo'lib u Chitroldan Badaxshonga o'tish mumkin bo'lgan qisqa yo'lni topishi kerak edi va buni u muvaffaqiyatli amalga oshiradi. U aniqlagan yo'l Barogil dovoni orqali o'tish joyi bo'lib, u judayam qisqa (3777 m) dovon va 5 ming metr balandlikda edi. Britaniya Qirolligi Jug'rofiya jamiyati kotibi K.P.Marxemning aniqlangan bu yo'l haqida Shunday deydi: "Barogil dovoni ma'lum bo'lgan barcha dovonlar ichida eng qulayi edi" deya ta'kidlaydi[32]. O'sha vaqtda Hindiston Kuzatuv xizmati maxfiy xodimi asli gretsiyalik doktor Potagos ham Pomir orqali Koshg'arga o'zining ekspeditsiyasini amalga oshirgandi[33]. Hindistondagi Katta Trigonometrik Xizmatining bosh rejasi transximolay va transchegaraviy tadqiqotlar olib borishdan iborat edi.

XIX asr 80-yillarida Britaniya razvedka tizimining rivojlanganligiga qaramasdan Markaziy Osiyoga ingliz ayg'oqchilarining kirishi judayam mushkul bo'lib qoldi. Sababi podsholik xukumati Turkistonga rus bo'lmagan barcha yevropaliklarning kirishiga ta'qiq qo'yadi, bu esa "ilmiy" faoliyat bilan shug'ullanadiga ingliz sayohatchilariga ham ta'luqli bo'lib, endilikda ularning Turkiston orqali Afg'onistonga o'tishi xatarli bo'lib qoldi. Ushbu ta'qiq tufayli Turkistonda ingliz ayg'oqchilariga qarshi "ov" boshlandi. Masalan kapitan Barnebi Xiva orqali Afg'onistonga ketayotgan paytida qo'lga tushadi va uni asirga oladi. 1880 yilda Buxoroda hind savdogari niqobi ostida bo'lgan Go'pal Singx, Turkistonga kelgan L.G.Ksuereba va Shayx Abdulla Majid ismli shaxslar josuslikda gumon qilinib hibsga olinadi[34]. Shunday qilib inglizlar uchun Turkiston orqali Afg'oistonga kirish ancha xatarli bo'lib qoldi. Shuning uchun inglizlar endilikda Afg'onistonga faqatgina o'zlarining shimoliy chegaralari orqali kirishga majbur bo'lib qoldi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

1885 yilda Elias siyosiy topshiriq bilan Shug'non yo'li orqali Pomirni kesib o'tib Koshg'arga boradi. 1888-1889-yillarda Littldel, Yungensbend va amerikalik

0.Konnor va Ridgveylar Pomirni tadqiq qilish maqsadida ekspeditsiya uyushtirad. Buyuk Britaniyaning bo'lajak tashqi ishlar vaziri Kerzon 1892-1895-yillarda Pomirga ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida tashrif buyuradi[35]. 1895 yilda leytenant Pich ham Pomirda bo'ladi.

XULOSA

Yer yuzining shunday mintaqalari, hududlari borki, ular tabiiy va turli-tuman qazilma boyliklari bilan emas, aynan geografik joylashuvi bilan yirik imperiyalar e'tiborini o'ziga jalb etadi. Markaziy Osiyoning strategik muhim mintaqasida joylashgan Afg'onistonning siyosiy kurashlar va fitnalar markaziga aylanib qolayotganining asosiy sababi ham shunda.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Angliya va Rossiya Afg'onistonga shunchaki mamlakat sifatida ebtibor qaratib qolmay, balki uni o'z mamlakatlarining ostonasi sifatida ko'radi. Sababi Britaniyaning bosqinchilik siyosati rejasida bo'lgan Eron va Markaziy Osiyo yerlariga harbiy yurishlar olib borilgan taqdirda Afg'oniston eng muhim harbiy amaliyotlarga tayyorgarlik ko'radigan maydon sifatida boshlang'ich nuqta, Rossiya uchun esa janubiy sarhadlarining xavfsizligi uchun Afg'oniston bufer zona vazifasini bajarishi lozim edi.

REFERENCES

1. Хидоятов.Г.А. Британская экспансия в Средней Азии, Т.,1981, с.7

2. Тимченко С.В. Англо-русское соперничество в Средней Азии в 40-е гг. XIX века. — Алматы. — 120 с.

3. АМег G. J. British India's Northern Frontier 1865-1895. London, 1963, p.4.

4. Хопкирк П. Большая Игра против России: Азиатский синдром. — М.: Рипол классик, 2004. — 266 с.

5. Штейнберг, ЕЛ. История британской агрессии на Среднем Востоке / E.JI. Штейнберг. М.: Воениздат, 1951. -212 с.

6. История Узбекистана и Средней Азии во второй половине XIX — начале XX вв. / Английская экспедиция в Среднюю Азию в первой поло

вине XIX в. — [Электронный ресурс] — Режим доступа. — URL: http://testhistory.ru/ history.php?id=his 2 151 (дата обращения: 24.08.20

19)

7. Бёрнс А. Путешествие в Бухару, ч. III. M., 1850, с. 274.

8. Хидоятов.Г.А. Британская экспансия в Средней Азии, Т.,1981, с. 11.

Scientific Journal Impact Factor

9. Россия и Афганистан. - М., 1989. - C. 25.

10. Бёрнс А. Путешествие в Бухару, ч. III. М., 1850, с. 185.

11. Бартольд В.В. Работы по истории ислама и Арабского халифата. — М.: Восточная литература, 2002. — 784 с.

12. См: там же, с. 789.

13. Риштия С.К. Афганистан в XIX веке. — М.: Иностранная литература, 1958. — 487 с.

14. Мушкетов И.В. Туркестан. - Т. 1. - Ч. 1. - СПб., 1886.

15. Мушкетов И.В. Туркестан. - Т. 1. - Ч. 1. - СПб., 1886.

16. Риттер К. Землеведение. - Вып.2. - СПб., 1873.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17. Мушкетов И.В. Туркестан. - Т. 1. - Ч. 1. - СПб., 1886.

18. Мушкетов И.В. Туркестан. - Т. 1. - Ч. 1. - СПб., 1886.

19. Минаев И. Сведения о странах по верховьям Аму-Дарьи. - СПб., 1879.

20. Минаев И. Сведения о странах по верховьям Аму-Дарьи. - СПб., 1879.

21. Хидоятов Г.А. Из истории англо-русскихотношений в Средней Азии в концеХГХ в. (60-70-х гг.). Ташкент,1969.

22. Минаев И. Сведения о странах по верховьям Аму-Дарьи. - СПб., 1879.

23. Мушкетов И.В. Туркестан. - Т. 1. - Ч. 1. - СПб., 1886.

24. Мушкетов И.В. Туркестан. - Т. 1. - Ч. 1. - СПб., 1886.

25. Хидоятов Г.А. Из истории англо-русских отношений в Средней Азии в концеXIX в. (60-70-х гг.). - Ташкент, 1969.

26. Wood J. A journey to the source of the river Oxus. New edition, with an essay on the geography of the valley of the Oxus by H. Yle. - London. - Гл. 12. - 1872.

27. Wood J. A journey to the source of the river Oxus. New edition, with an essay on the geography of the valley of the Oxus by H. Yle. - London. - Гл. 12. - 1872.

28. В.П. Яншин. Английские"путешественники" - разведчики в Центральной Азии. Вестник КРСУ. 2004. Том4. №1

29. Куропаткин А.Н. Кашгария. - СПб., 1879.

30. Хидоятов Г.А. Из истории англо-русских отношений в Средней Азии в концеXIX в. (60-70-х гг.). - Ташкент, 1969.

31. Путешествие на Памир Гордона//Изв. РГО. - Т. 12. - Вып. 6. - СПб., 1877.

32. Хидоятов Г.А. Из истории англо-русских отношений в Средней Азии в концеХГХ в. (60-70-х гг.). - Ташкент, 1969.

33. Дор Р., Науманн Клас. М. Киргизы Афган-ского Памира. - Грац, 1977.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.