SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
XALQARO XUSUSIY HUQUQNI BIRLASHTIRISH MUAMMOLARI
Azizboyeva Zamira Malik qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi G-mail: malikovna3006@gmail .com
Bugungi globallashuv jarayonida xalqaro miqyosda huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi va rivojlanishi alohida e'tibor talab qiladi. Ushbu maqolada aynan xalqaro xususiy huquq tushunchasi hamda uni tizimlashtirish, ya'ni birlashtirish borasida dunyo tajribasi o'rganilib, kamchiliklar va yutuqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar katta ahamiyatga ega ekanligi, individlar o'rtasida hududiy chegara bilmas munosabatlar vujudga kelishi, o'zgarishi va tugashini ham yaxlit huquqiy manba bilan tartibga solinishi ortiqcha vaqt va ziddiyatlarni oldini olishini inobatga olgan holda, xalqaro xususiy huquqni birlashtirishda muammolar yoritiladi. Bundan tashqari, maqolada muammolarni bartaraf qilish va bu jarayonni tartibga solish usullari bo'yicha takliflar haqida so 'z boradi.
Kalit soizlar: xalqaro xususiy huquq, unifikatsiyalashgan qoidalar, integratsiyalashuv, yurisdiksiya, kollizion normalar, Gaaga konferensiyasi, UNCITRAL, UNIDROIT.
ПРОБЛЕМЫ УНИФИКАЦИИ МЕЖДУНАРОДНОГО ЧАСТНОГО
Азизбаева Замирa Малик кизи
Ташкентский государственный юридический университет Студент 3 курса факультета международного права и сравнительного
правоведения G-mail: malikovna3006@gmail .com
В современном глобализационном процессе регулирование и развитие правоотношений в международном масштабе требует особого внимания. В данной статье исследуется именно понятие международного частного права, а также мировой опыт его систематизации, то есть унификации, анализируются недостатки и достижения. Также будут освещены проблемы
+998337571050
ANNOTATSIYA
ПРАВА
+998337571050
АННОТАЦИЯ
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
интеграции международного частного права, учитывая, что научные исследования, проводимые в этом отношении, имеют большое значение, поскольку регулирование возникновения, изменения и прекращения территориально неограниченных отношений между отдельными лицами с помощью единого правового ресурса предотвращает чрезмерное время и конфликты. Кроме того, в статье будут рассмотрены предложения по устранению неполадок и способы регулирования этого процесса.
Ключевые слова: международное частное право, унифицированные правила, интеграция, юрисдикция, коллизионные нормы, Гаагская конференция, UNCITRAL, UNIDROIT.
PROBLEMS OF UNIFICATION OF PRIVATE INTERNATIONAL LAW
Azizbaeva Zamira Malik kizi
Tashkent State University of Law 3rd year student of the Faculty of International Law and Comparative Legislation
G-mail: malikovna3006@gmail .com
In the modern globalization process, the regulation and development of legal relations on an international scale requires special attention. This article explores exactly the concept of private international law, as well as the world experience of its systematization, namely unification, analyzes the shortcomings and achievements. Also, the problems of integration of private international law will be highlighted, given that scientific research conducted in this regard is of great importance, since the regulation of the emergence, change and termination of territorially unlimited relations between individuals through a single legal resource prevents excessive time and conflicts. In addition, the article will discuss troubleshooting suggestions and ways to regulate this process.
Keywords: private international law, unified rules, integration, jurisdiction, conflict of laws rules, The Hague Conference, UNCITRAL, UNIDROIT.
Bugungi kunda xalqaro xususiy huquqni birlashtirish dunyo miqyosida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga dunyo aholisining o'sishi va insoniyatning o'zaro munosabatga kirishishga bo'lgan ehtiyojini yildan-yilga ortib borishi sabab bo'lmoqda. Shaxslararo munosabatlaг geografik omil natijasida, ya'ni turli davlatlar hududida sodir bo'lishi, ularning huquqiy jihatdan tartibga solinishi uchun esa ulardan birining qonunchiligini tanlash yoki ushbu davlatlar uchun umumiy bir
+998337571050
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
manba mavjudligi asosida hal etilishiga olib keladi. Bu esa shuni taqazo etadiki, xalqaro hamjamiyatning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, o'z yechimini topishi shart bo'lgan vazifalardan biri bir davlatning o'z ichki qonunchiligi bilan tartibga solingan muosabatda chet el elementi aralashishi bilan unga yechim berishni, ya'ni xalqaro xususiy huquq qoidalari mujassam munosabatlarini hal etish qoidalarini uyg'unlashtirish masalasidir.
Xalqaro xususiy huquq— turli davlatlar yoki joylashuvdagi jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasi. Uning asosiy vazifalaridan biri xalqaro nizolarga nisbatan amaldagi qonunchilikni aniqlashdan iborat. U xususiy huquq tizimida yuridik fanning bir tarmog'i sifatida tan olingan alohida huquq sohasi hisoblanadi. Ushbu soha xalqaro hayot sharoitida yuz beradigan xususiy, ya'ni fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessual huquqi bilan tartibga solinadigan, shuningdek oilaviy, mehnat, tadbirkorlik, iqtisodiy protsessual munosabatlar, ya'ni chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni o'z ichiga oladi.1 Bu milliy chegaralarni kesib o'tadigan xususiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar umumiy huquqda "conflict of laws" ya'ni "qonunlar to'qnashuvi" deb ataladigan bir nechta yurisdiksiyaga jiddiy aloqador bo'lgan xususiy nizolarni hal qilish qoidalarga aytiladi. Ammo, qo'llaniladigan moddiy qoidalar ham xalqaro xususiy huquqning bir qismidir. Amerika xalqaro huquq jamiyati uni "milliy chegaralar orqali xususiy munosabatlarni tartibga soluvchi konvensiyalar, namunaviy qonunlar, milliy qonunlar, huquqiy qo'llanmalar va boshqa hujjatlar to'plami" deb ta'riflaydi.2
Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, xalqaro xususiy huquqiy munosabatlar subyektlari, chet el elementi bilan murakkablashgan shartnomaviy va majburiyat-huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi, xalqaro tashishlar, xalqaro oila va vorislik munosabatlari hamda xalqaro fuqarolik va iqtisodiy protsessual masalalar bilan shug'ullanuvchi huquq sohasi hisoblanadi. Ushbu chet el elementlari qatoriga:
S huquqiy munosabatlarning subyektlari - turli davlatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari;
S huquqiy munosabatlar obyektlari - boshqa davlatda vujudga keladigan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar, shuningdek mulk yuzasidan paydo bo'ladigan boshqa huquqlar;
S yuridik faktlar - davlatlar hududida o'rin topadi.3
1 Xalqaro xususiy huquq: Darslik. / Mualliflar jamoasi // y.f.d., dots.I.Rustambekov umumiy tahriri ostida. T.: TDYU, 2019. - 14 bet.
2https://libguides.law.cua.edu/c.php?g=625517&p=4361619#:~:text=Private%20International%20Law%20is%20the,wi ll%20govem%20a%20transnational%20matter
3 Xalqaro xususiy huquq: Darslik / Mualliflar jamoasi || y.f.d., dots. I.Rustambekov umumiy tahriri ostida. -T.: TDYU,
2019. - 13b.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
Shu bilan birga, xalqaro xususiy huquq quyidagi uch muammolarga yechim beradi. Birinchidan, sud "xorijiy" deb belgilangan taraf yoki mulk ustidan yurisdiksiyani amalga oshirishi mumkin yo mumkin emasligi masalasi bilan shug'ullanadi. Ikkinchidan, u huquqni tanlash masalasi bilan - qaysi huquq normalari qo'llanilishi kerakligini aniqlaydi. Uchinchidan, u A mamlakati sudining hukmi B mamlakati sudlari tomonidan tan olinishi yoki ijro etilishiga qanchalik haqli ekanligi bilan bog'liq. Agar ish A davlatining sudlarida ko'rilayotgan bo'lsa, bu sud o'z qonunini (forumning) yoki shartnoma tuzilgan yoxud bajarilishi kerak bo'lgan joyda amal qiladigan qonunni qo'llashi kerakmi, degan savolga javob beradi.4
Demak, "Xalqaro xususiy huquq" chegaralar tashqarisi bilan bog'liq xususiy bitimlarni tartibga soluvchi ichki huquqning moddiy qoidalariga ishora qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xalqaro xususiy huquq transchegaraviy bitimlar va nizolarga turli xil milliy qonunlarni qo'llashni o'z ichiga oladi. Xalqaro xususiy huquqning unifikatsiyalash muammosi zamonaviy dunyoda dolzarb va murakkab muammodir. Xalqaro xususiy huquq transchegaraviy munosabatlarni tartibga solish maqsadiga xizmat qilsa-da, shuningdek xalqaro shartnoma va konvensiyalar mavjud bo'lsa-da, xalqaro xususiy huquqning birlashtirish muammoligicha qolmoqda.
Xalqaro xususiy huquqning unifikatsiyasi - bu chegara huquqiy masalalarini hal qilishda umumiy qoidalarni yaratish va huquqiy tamoyillarni birlashtirishga qaratilgan jarayon. Bu shuni anglatadiki, transchegaraviy vaziyatlar bilan bog'liq nizolarni hal qilishda xalqaro miqyosda amal qiladigan yagona qoidalar qo'llanilishi kerak. Oddiy so'zlar bilan aytganda, xalqaro xususiy qonunlar har qanday xorijiy element ishtirok etganda nizoni hal qilish yo'lini aniqlash vositasi sifatida ta'riflanishi mumkin.5 Biroq, xalqaro xususiy huquqni birlashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga qaramay, jarayonni qiyinlashtiradigan bir qator muammolar mavjud.
Turli xalqlarning ichki qonunlarini birlashtirishga birinchi urinish 1886-yilda Bern konvensiyasi orqali amalga oshirildi, unga ko'ra mualliflar va yozuvchilarning adabiy asarlari ustidan manfaatlarini himoya qilish uchun Xalqaro ittifoq tuzildi. Keyin Birinchi jahon urushidan keyin Xususiy qonunlarni birlashtirish instituti tashkil etildi. Institut turli davlatlarning fuqarolik qonunlarini birlashtirishda ma'lum muvaffaqiyatlarga erishdi. 1929-yildagi Varshava konvensiyasi (keyinchalik 1955-yilgi Gaaga konvensiyasi bilan o'zgartirilgan) bu borada muhim ahamiyatga ega
4 https://www.law.berkeley.edu/php-programs/courses/fileDL.php?fID=7587
5 https://blog.ipleaders.in/private-international-law-unification/
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
bo'lib, u yuk va odamlami havo orqali tashishni tartibga soluvchi yagona qonunlarni belgilab berdi.6
Quyida biz xalqaro xususiy huquqning unifikatsiya bilan bog'liq bo'lgan ba'zi asosiy muammolarni ko'rib chiqamiz.
1. Milliy huquqiy tizimlardagi farqlar.
Har bir davlatning o'ziga xos huquqiy tizimi mavjud bo'lib, u boshqa davlatlar tizimidan farq qiladi. Nikoh, meros, shartnoma majburiyatlari va boshqalar masalalarni hal qilish turli mamlakatlarda turli xil qoidalar, tamoyillar, huquqiy tushunchalar va yondashuvlarga asoslanishi mumkin. Misol tariqasida, ba'zi mamlakatlar umumiy huquq, ba'zilari kontinental huquq va boshqalari bo'lsa Islom huquqi kabi turli xil huquqiy tizimlarga ega.7 Ushbu farqlar xalqaro nizolar yuzaga kelganda amaldagi qonunni aniqlash va uni talqin qilishda, shuningdek qonunlarni uyg'unlashtirish va yurisdiksiyalar o'rtasidagi samarali hamkorlikni olib borishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
2. Qarorlarning qo'llanilishi va ijro etilishi bilan bog'liq muammolar.
Xususiy xalqaro huquq bir nechta yurisdiktsiyalar bilan bog'liq ishlar bilan shug'ullanar ekan, turli mamlakatlarda qarama-qarshi hukmlar chiqarish xavfi mavjud. Bu ishtirok etayotgan tomonlar uchun chalkashlik va noaniqlikni keltirib chiqarishi va huquqiy tizimning umumiy samaradorligiga putur yetkazishi mumkin.
Qolaversa, bir davlatda qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta'minlash boshqa davlatda ularni tan olish va majburiy ijro etishning samarali mexanizmlarining yo'qligi sababli muammoga aylanishi mumkin. Bu ko'pincha uzoq va murakkab jarayon bo'lishi mumkin bo'lgan ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama shartnomalarni ratifikatsiya qilishni talab qiladi. Chet el qarori boshqa mamlakatda amalga oshirilishi kerak bo'lganda, ba'zi mamlakatlar xorijiy sud qarorlarini tan olmasligi yoki ularni faqat ma'lum sharoitlarda bajarishi mumkin. Ya'ni, ushbu holatda murakkablik shundan iboraki, bunda taraflar adolat va qonun oldida tenglik tamoyiliga zid ravishda, bir-birining manfaatlariga putur yetkazadigan o'zlari uchun qulay holatlarni tanlashga harakat qilishadi. Ushbu jarayonni yengillashtirishga qaratilgan xalqaro shartnomalar va konventsiyalar mavjud bo'lsa-da, xorijiy sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarni izchil va samarali tartibda tan olish va bajarilishini ta'minlashda hali ham qiyinchiliklar mavjud.
6 https://blog.ipleaders.in/private-international-law-unification/
7 https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/11-3-types-of-legal-systems-around-the-world
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
3. Kollizion normalar, ya'ni konflikt qonunlari qoidalariga turlicha yondashuvlar.
Kollizion normalar xalqaro xususiy huquq normalari bo'lib, muayyan ishda qaysi huquq qo'llanilishi kerakligini belgilaydi. Turli mamlakatlarda bunday normalarga nusbatan turlicha yondashuvlar bo'lishi mumkin, bu esa xususiy huquqni integratsiyalashuviga qo'shimcha murakkablik kiritadi.
4. Madaniyat va tildagi farqlar.
Madaniyat va tildagi farqlar huquqni to'g'ri tushunish va qo'llash, ayniqsa shartnomalarni to'g'ri talqin qilishda, huquqiy nizolarni hal qilishda va samarali aloqada muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Umar Saidning fikricha, huquqni birlashtirish - bu milliy miqyosda amal qiladigan qonunlarni birlashtirish jarayoni; yoki milliy huquqni muhofaza qilish organlarini birlashtirish. Nozik qonunlarni, ya'ni odat huquqini amalga oshirishga olib keladigan qonunlarni birlashtirish juda qiyin, negaki har bir mintaqada turli xil urf-odatlar mavjud.8
Bu ham samarali muloqotni va hamkorlikni qiyinlashtirishi, shuningdek ish natijalariga ta'sir qilishi mumkin.
5. Texnologiyaning jadal rivojlanishi va globallashuv.
Zamonaviy texnologiyalar va globallashuv xalqaro xususiy huquqda nafaqat xususiy tadbirkorlar, balki oddiy insonlar uchun ham yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, elektron tijorat, kiberjinoyatchilik va boshqa faoliyat sohalari huquqiy normalarni yangi voqelikka moslashtirishni talab qiladi, bu esa xalqaro xususiy huquqning uyg'unlashuvini murakkablashtiradi. Avvalambor, e-tijorat va elektron shartnomalar tuzilishi kengayishi bilan amaldagi qonun va yurisdiksiyani aniqlash yanada murakkablashadi. Kiberfazoda va transchegaraviy operatsiyalarda samarali tartibga solish zarurati xalqaro xususiy huquq asoslarini doimiy ravishda moslashtirish va yangilashni talab qiladi.
Boshqa so'z bilan aytganda, global bitimlarning o'zgaruvchan tabiati, ya'ni murakkabligi va xilma-xilligining oshishi bilan xalqaro xususiy huquq xalqaro savdoning yangi shakllariga moslashishda doimiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kiber-kosmik, elektron tijorat va xalqaro arbitraj amaliyoti kabi yangi sohalar mavjud qonunlar va tartibga solishlarni doimiy ravishda yangilab turish va tuzatishni talab qiladigan noyob huquqiy masalalarni keltirib chiqaradi.
8 https://adcolaw.com/blog/apprehend-the-codification-and-unification-of-law/
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
6. Uyg'unlashtirish harakatlari yetarli emasligi.
Xalqaro xususiy huquqni birlashtirish yo'lida ishlaydigan bir nechta xalqaro tashkilotlar mavjud. Ushbu tashkilotlar transchegaraviy operatsiyalarni yengillashtirish va qonunlarning ziddiyatlarini hal qilish uchun turli yurisdiksiyalarda huquqiy prinsiplar va qoidalarni uyg'unlashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan. Ushbu sohadagi ba'zi taniqli tashkilotlarga quyidagilar kiradi:
> Xalqaro xususiy huquq bo'yicha Gaaga konferensiyasi (HCCH): HCCH xalqaro xususiy huquqni izchil rivojlantirish va kodifikatsiyalashga qaratilgan global hukumatlararo tashkilotdir. U bolalarni o'g'irlash, xalqaro asrab olish, nikoh, ajralish va aliment majburiyatlari kabi turli mavzularda ko'plab konvensiyalar va protokollarni ishlab chiqdi.9
> Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi bo'yicha komissiyasi (UNCITRAL): Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh Assambleyasining xalqaro savdo huquqi bilan shug'ullanadigan yordamchi organidir. Uning asosiy yo'nalishi tijorat huquqiga qaratilgan bo'lsa-da, UNCITRAL xalqaro xususiy huquq masalalarini ham hal qiladi. Bu bir necha namunaviy qonunlar va konvensiyalarni ishlab chiqdi.10
> Xalqaro xususiy huquqni birlashtirish instituti (UNIDROIT): U xalqaro darajada xususiy huquq qoidalarini uyg'unlashtirishga qaratilgan mustaqil hukumatlararo tashkilotdir. U shartnoma huquqi, tijorat huquqi va madaniy boyliklar kabi sohalarga qaratilgan. UNIDROIT xalqaro tijorat shartnomalarining UNIDROIT tamoyillari kabi muhim vositalarni ishlab chiqardi.11
> Yevropa Ittifoqi (YI): Yevropa Komissiyasining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Evropa Ittifoqida 16 millionga yaqin xalqaro juftliklar mavjud. Shu sababli, chegaradosh oilaviy muammolar tez-tez sodir bo'lishi mumkin. Er-xotin ajrashganda, oila a'zolari, shu jumladan bolalar ko'pincha turli mamlakatlarda yashashadi va ularning huquqiy nizolari murakkablashadi. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, so'nggi yillarda Evropa Ittifoqida xalqaro ajralishlar va ajralishlar soni ko'paygan.12 Shuning uchun ham Yevropa Ittifoqi a'zo davlatlar ichida xalqaro xususiy huquqni birlashtirishda muhim rol o'ynaydi. U transchegaraviy huquqiy masalalarni tartibga soluvchi turli xil qoidalar va ko'rsatmalarni qabul qildi, shu jumladan yurisdiksiya,
9 https://www.hcch.net/en/about#:~:text=The%20HCCH%20(Hague%20Conference%20on,1%20of%20the%20Statute)
10 https://uncitral.un.org/
11 https://www.unidroit.org/
12 Calabuig, Rosario Espinosa. "Cross-Border Family Issues in the EU: Multiplicity of Instruments, Inconsistencies and Problems of Coordination." Diversity and Integration in Private International Law, edited by Verónica Ruiz Abou-Nigm and María Blanca Noodt Taquela, Edinburgh University Press, 2019, pp. 65-82. JSTOR,
http://www.jstor.org/stable/10.3366/j.ctvrs90px.9. Accessed 8 Oct. 2023.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
hukmlarni tan olish va ijro etish, shuningdek qonun qoidalarini tanlashni tartibga harakat qiladi.13
Ushbu tashkilotlar tadqiqot, hamkorlik va konvensiyalar, namunaviy qonunlar va ko'rsatmalarni ishlab chiqish kabi sa'y-harakatlariga qaramay, erishilgan uyg'unlik darajasi yetarli emas. Ko'pgina mamlakatlar ushbu konvensiyalarni ratifikatsiya qilmagan yoki ijrosini amalga oshirmagan. Bu ham aslida xalqaro xususiy huquqni qo'llashda qo'shimcha kelishmovchilik va nomuvofiqliklarga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xalqaro xususiy huquqning birlashtirish turli yurisdiksiyalar o'rtasida hamkorlikni talab qiladigan murakkab jarayondir. Xalqaro xususiy huquqning integratsiyasi hamda uyg'unlashtirish jarayoni yuqorida qayd etilgan bir qator muammolarga duch kelmoqda. Ularni hal qilish bo'yicha Gaaga konferensiyasi, UNIDROIT kabi turli xil xalqaro vositalar va tashkilotlar mavjud bo'lib, ular ushbu muammolarni hal qilish uchun xalqaro unifikatsiya qoidalarini soddalashtirish va muvofiqlashtirish ustida ishlamoqda. Biroq, maqbul qonunchilikni aniqlash bilan bog'liq murakkablik va noaniqlik, qarama-qarshi qarorlar va parallel protsesslar, qarorlarning ijro etilishidagi muammolar, huquqiy tizimdagi farqlar va texnologik taraqqiyotning ta'siri - bularning barchasi xalqaro xususiy huquqning birlashtirishga va uzluksiz integratsiyasiga to'sqinlik qiluvchi omillardir. Ushbu muammolarni hal qilish xalqaro hamkorlikni, huquqiy asoslarni uyg'unlashtirishni va rivojlanayotgan global landshaftga doimiy moslashishni talab qiladi.
Demak, xalqaro xususiy huquqni birlashtirish muammosini hal qilish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va yagona standartlarni ishlab chiqish zarur. Xalqaro konvensiyalarning ishlab chiqilishi va xalqaro xususiy huquqning barcha jihatlarini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjatning yaratilishi yanada samarali integratsiyalashuvga yordam beradi va xalqaro nizolarda huquqni qo'llashda bir xillikni ta'minlaydi. Qachonki xalqaro hamkorlikning samarali darajasiga erishilsa, xalqaro xususiy huquqning birlashish jarayoni osonlashadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Xalqaro xususiy huquq: Darslik. / Mualliflar jamoasi // y.f.d., dots.
1.Rustambekov umumiy tahriri ostida. T.: TDYU, 2019. - 354 bet.
2. https: //lib guides.law.cua.edu/c. php?g=625517&p=4361619#:~: text=Private%20 International%20Law%20is%20the,will%20govern%20a%20transnational%20matter
3. https://www.law.berkeley.edu/php-programs/courses/flleDL.php?fID=7587
13 Trimmings, Katarina, and Burcu Yuksel. "Non-Uniform Application of European Union Private International Law." In Diversity and Integration in Private International Law, edited by Veronica Ruiz Abou-Nigm and Maria Blanca Noodt Taquela, 83-94. Edinburgh University Press, 2019. http://www.jstor.org/stable/10.3366/j.ctvrs90px.10.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
4. https: //blo g. ipleaders. in/private-international-law-unification/
5. https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/11-3-types-of-legal-systems-around-the-world
6. https://adcolaw.com/blog/apprehend-the-codification-and-unification-of-law/
7. https: //www.hcch.net/en/about#: ~:text=The%20HCCH%20(Hague%20Confere nce%20on,1%20of%20the%20 Statute)
8. https: //uncitral. un.org/
9. https: //www.unidroit. org/
10. Calabuig, Rosario Espinosa. "Cross-Border Family Issues in the EU: Multiplicity of Instruments, Inconsistencies and Problems of Coordination." Diversity and Integration in Private International Law, edited by Verónica Ruiz Abou-Nigm and María Blanca Noodt Taquela, Edinburgh University Press, 2019, pp. 65-82. JSTOR, http://www.jstor.org/stable/10.3366/j.ctvrs90px.9. Accessed 8 Oct. 2023.
11. Trimmings, Katarina, and Burcu Yüksel. "Non-Uniform Application of European Union Private International Law." In Diversity and Integration in Private International Law, edited by Verónica Ruiz Abou-Nigm and María Blanca Noodt Taquela, 83-94. Edinburgh University Press, 2019. http: //www. j stor. org/stable/10.3366/j. ctvrs90px. 10.