Научная статья на тему 'XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI'

XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro tijorat arbitraji / arbitraj bitimi / arbitraj kelishuvi / arbitraj izohi / arbitraj joyi / arbitraj tili / namunaviy izoh / qo‘llaniladigan huquq

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ruslan Raman O’g’li Qosimov

Mazkur maqola xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo‘llaniladigan nizolarni muqobil hal etish usuli hisoblangan arbitrajning huquqiy asosini tashkil etuvchi arbitraj bitimlarining mohiyati va ahamiyatini chuqur tahlil qiladi. Arbitraj bitimi bilan bog‘liq masalalarni ochib berishda asosiy e’tibor xalqaro shartnomalar va xalqaro arbitraj amaliyotiga yo‘naltiriladi. Xususan, kamida 156 ta ishtirokchilari bo‘lgan Nyu-York konvensiyasi hamda ko‘plab davlatlar o‘zining arbitraj qonuni sifatida qabul qilgan YUNSITRAL namunaviy qonunining turli moddalari eslab o‘tiladi. Bundan tashqari, sohaga oid ilmiy ishlar, tajribali xalqaro arbitrlarning fikrlariga havolalar qilinadi. Ushbu maqola, asosan, arbitraj bitimining ta’rifi, uning mazmuni va shartlari, bitimning haqiqiyligi yoki bekor qilinishi bilan bog‘liq jihatlar, namunaviy arbitraj izohlari hamda arbitraj kelishuvi bilan qamrab olinadigan nizolarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, arbitraj bitimining tarkibiy elementlari hamda uni tuzish jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI»

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

TaShhkenm^tmmmTmmnnmPPmm^n

XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING

AHAMIYATI

Ruslan Raman o'g'li Qosimov

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs Yu-1 guruh talabasi Ilmiy rahbar: «Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasi Yuridik fanlar nomzodi, dotsent A.A Kasimova

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqola xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo'llaniladigan nizolarni muqobil hal etish usuli hisoblangan arbitrajning huquqiy asosini tashkil etuvchi arbitraj bitimlarining mohiyati va ahamiyatini chuqur tahlil qiladi. Arbitraj bitimi bilan bog'liq masalalarni ochib berishda asosiy e'tibor xalqaro shartnomalar va xalqaro arbitraj amaliyotiga yo'naltiriladi. Xususan, kamida 156 ta ishtirokchilari bo'lgan Nyu-York konvensiyasi hamda ko'plab davlatlar o'zining arbitraj qonuni sifatida qabul qilgan YUNSITRAL namunaviy qonunining turli moddalari eslab o'tiladi. Bundan tashqari, sohaga oid ilmiy ishlar, tajribali xalqaro arbitrlarning fikrlariga havolalar qilinadi. Ushbu maqola, asosan, arbitraj bitimining ta'rifi, uning mazmuni va shartlari, bitimning haqiqiyligi yoki bekor qilinishi bilan bog'liq jihatlar, namunaviy arbitraj izohlari hamda arbitraj kelishuvi bilan qamrab olinadigan nizolarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, arbitraj bitimining tarkibiy elementlari hamda uni tuzish jarayonida e'tibor qaratish lozim bo'lgan masalalar yoritiladi.

Kalit so'zlar: xalqaro tijorat arbitraji, arbitraj bitimi, arbitraj kelishuvi, arbitraj izohi, arbitraj joyi, arbitraj tili, namunaviy izoh, qo'llaniladigan huquq

Arbitraj bitimi arbitrajning asosi hisoblanadi, chunki u tomonlarning mavjud yoki kelajakdagi nizolarini hal qilishni arbitrajga topshirishga roziligini bildiradi. Mahalliy va xorijiy huquqiy doktrinada, shuningdek, milliy qonunchilikda va arbitraj masalasiga taalluqli xalqaro hujjatlarda bitimning ma'nosini belgilashga kelsak, u qat'iy ta'rifni talab qilmaydi. Demak, arbitaj kelishuvining umumiy qabul qilingan ta'rifi mavjud emas va bugungi kunga qadar ko'plab ta'riflar berilgan bo'lib, ular asosan uning qaysidir elementiga asoslanadi. Arbitraj bitimining mohiyati shundan iboratki, u taraflarning xususiy shartnomasi - nizolarni hal qilishni davlat sudlari o'rniga arbitraj yurisdiksiyasiga o'tkazadi.

Arbitraj bitimi arbitraj jarayonining boshlanish nuqtasi bo'lib, tomonlarning nizolarni sud orqali emas, balki arbitraj orqali hal qilishga kelishganligini tasdiqlovchi hujjatdir. Bu bitimning asosiy huquqiy jihatlari quyidagilardan iborat: Arbitraj bitimi

352

2024-yil, 7-dekabr

xalqaro huquq va milliy qonunchilik bo'yicha majburiy kuchga ega bo'lib, tomonlar ushbu kelishuvga amal qilishga majburdirlar.

Arbitraj bitimi mustaqil huquqiy hujjat sifatida qabul qilinadi. Bu, asosiy tijorat shartnomasining haqiqiyligi yoki bekor qilinishi arbitraj bitimiga ta'sir qilmasligini anglatadi.

Arbitraj bitimi yozma shaklda bo'lishi talab etiladi. Nyu-York konvensiyasi (1958) ham ushbu talabni belgilaydi. Bitimda arbitraj sudi joyi, arbitraj tartib-qoidalari va qo'llaniladigan huquq ko'rsatilishi lozim.

Arbitraj bitimining xalqaro tijorat arbitrajida tutgan o'rni

Arbitraj bitimi xalqaro tijorat arbitrajida quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: Jarayonni boshlash uchun asos yaratadi,arbitraj bitimi mavjud bo'lmasa, nizolarni arbitraj orqali hal qilish mumkin emas. Bu hujjat arbitrajning qonuniyligini tasdiqlaydi va jarayonni boshlash uchun huquqiy asos beradi.

Arbitraj sudining yurisdiktsiyasini belgilaydi,arbitraj bitimi arbitraj sudining vakolatini aniqlaydi va sudning qaysi nizolarni ko'rib chiqishi mumkinligini belgilaydi. Nizolarni hal qilishda samaradorlikni ta'minlaydi ,arbitraj bitimi tomonlarga suddan tashqari nizolarni tez va kam xarajat bilan hal qilish imkoniyatini beradi.

Arbitraj bitimining xalqaro huquqiy me'yorlar bilan muvofiqligi

Xalqaro tijorat arbitrajida arbitraj bitimi quyidagi xalqaro huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi:

1958-yilgi Nyu-York konvensiyasi

Ushbu konvensiya arbitraj bitimining tan olinishi va ijro etilishini tartibga soladi. Konvensiya tarafdorlari sonining ko'pligi bitimlarning xalqaro darajada samarali tan olinishi va ijrosini ta'minlaydi.

UNCITRAL arbitraj qoidalari va model qonuni

UNCITRAL qoidalari arbitraj jarayonini samarali tashkil etish uchun yo'riqnoma sifatida xizmat qiladi va milliy qonunchilikni takomillashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Arbitraj bitimi bilan bog'liq dolzarb masalalar;

Bitimning haqiqiyligi masalasi;

Ba'zi hollarda arbitraj bitimi haqiqiyligi milliy qonunchilik va xalqaro me'yorlar o'rtasidagi tafovutlar sababli muhokama qilinishi mumkin. Arbitraj bitimi qoidalari noto'g'ri talqin qilinsa, bu arbitraj sudining yurisdiktsiyasini cheklashi yoki murakkabliklarga olib kelishi mumkin.

Ba'zi davlatlarda milliy manfaatlar arbitraj bitimlarining tan olinishiga to'sqinlik qiladi. Bu holat, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda ko'zga tashlanadi.

353

2024-yil, 7-dekabr

Tomonlarning roziligi arbitraj bitimining asosiy shartidir. Shartnoma taraflarning iroda erkinligidan kelib chiqqan bo'lishi kerak. Shuning uchun agar ulardan biri firibgarlik, majburlash yoki noto'g'ri ta'sir natijasida harakat qilgan bo'lsa, unda kelishuv haqiqiy emas deb topiladi. Taraflarning arbitrajga topshirish qobiliyatining yo'qligi ham bitimining haqiqiy emasligiga olib keladi. Keng ma'noda, o'z zimmasiga majburiyat olish huquqiga ega bo'lmagan taraf tomonidan irodaning namoyon bo'lishi yuridik oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

Har bir xalqaro tijorat arbitraj sudining yurisdiksiyasi tomonlarning arbitraj to'g'risidagi kelishuvidan kelib chiqadi. Shuning uchun bunday bitimning mavjudligi va haqiqiyligi masalasi arbitrajning hal qiluv qarorini sud tomonidan ko'rib chiqish bosqichida katta amaliy ahamiyatga ega bo'lgan masaladir. Arbitraj bitimi u kiritilgan shartnomaga nisbatan mustaqil bitim sifatida qaraladi va bu shartnomaning bekor qilinishi, umuman olganda, asosiy shartnomaning haqiqiy emasligiga bog'liq emas. Biroq, asosiy shartnomada ham, arbitraj kelishuvida ham bir xil kamchilik mavjud hollarda asosiy shartnoma arbitraj kelishuviga bevosita ta'sir qiladi. Bu esa arbitraj sudi tomonidan bitimning haqiqiy emas deb e'lon qilinishiga olib keladi. Masalan, asosiy shartnoma bo'yicha taraflarning roziligi yo'qligi, shuningdek, ushbu shartnomaga kiritilgan arbitraj bitimini tuzishga roziligi yo'qligini ham anglatishi mumkin. Asosiy shartnoma va arbitraj kelishuvining yakuniy natijasi bir xil bo'lsa-da, alohida baholash muhimdir. Chunki arbitraj bitimining haqiqiy emasligini tekshirish tartibi asosiy shartnomaning haqiqiy emasligi tartibidan alohida hisoblanadi. Nyu-York konvensiyasiga ko'ra, arbitraj bitimining yozma shaklda bo'lishi muhimdir. Konvensiyaning 2-moddasidagi "yozma ravishda kelishuv" atamasi taraflar tomonidan imzolangan shartnomadagi arbitraj izohi yoki arbitraj bitimini yoki o'zaro xatlar, telegrammalar almashinuvini o'z ichiga oladi. Shuningdek, ko'plab davlatlar o'zining arbitraj qonuni sifatida qabul qilgan YUNSITRAL namunaviy qonunida ham bu talab mavjud. Uning 7-moddasi ikkinchi qismiga ko'ra: "Agar bitim taraflar imzolagan hujjatda bo'lsa yoki bunday bitimning qayd etib qo'yilishini ta'minlaydigan xatlar, teletayp, talegraf orqali yoki boshqa elektr aloqa vositalaridan foydalangan holda xabarlar ayirboshlash yo'li bilan yoxud taraflardan biri bitimning mavjudligini tasdiqlaydigan, boshqasi esa bunga e'tiroz bildirmaydigan da'vo arizasini va da'voga javobni ayirboshlash yo'li bilan tuzilgan bo'lsa, u yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi. Shartnomada arbitraj shartlarini o'z ichiga olgan hujjatga ishora qilinishi, agar shartnoma yozma shaklda tuzilgan bo'lsa va mazkur ishora zikr etilgan shartlarni shartnomaning bir qismiga aylantirsa, u arbitraj kelishuvi hisoblanadi".

Arbitrajlarini boshqarish uchun institutlarni tanlaydigan taraflar shartnomalarida

354

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

mazkur institutning namunaviy arbitraj izohidan foydalanishlari tavsiya etiladi. Yetarlicha odatiy bo'lgan namunaviy izoh London xalqaro arbitraj sudiga (LCIA) tegishli:

"Ushbu shartnoma bilan bog'liq yoki shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizo, shuningdek shartnomaning mavjudligi, haqiqiyligi yoki bekor qilinishi bilan bog'liq bo'lgan har qanday savol, LCIA Qoidalariga muvofiq arbitrajga havola etiladi va arbitraj tomonidan hal qilinadi, shu bilan birga LCIA Qoidalari ushbu bandda nazarda tutilgan holda kiritilgan hisoblanadi.

Arbitrlarning soni (bitta/uchta) bo'lishi lozim.

Arbitraj amalga oshiriladigan joy yoki arbitrajning huquqiy joyi (Shahar va/yoki Davlat) bo'ladi. Arbitraj jarayonlarida foydalaniladigan til bo'ladi.

Shartnomani boshqaruvchi qonun davlatning moddiy qonunchiligi bo'ladi".

Bundan tashqari, Toshkent xalqaro arbitraj markazining (TIAC) namunaviy izohini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq: "Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan yoki unga bog'liq bo'lgan barcha nizolar, shu jumladan uning mavjudligi, haqiqiyligi yoki bekor qilinishi bilan bog'liq har qanday nizolar Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC) arbitraj qoidalariga muvofiq ko'rib chiqiladi va yakuniy hal qilinadi.

Arbitraj bitimi xalqaro tijorat arbitraji protsessida muhim ahamiyat kasb etadi. Arbitraj qarorini tan olish va ijro etish uchun tegishli qonun talablariga javob beradigan arbitraj bitimi mavjud bo'lishi shart. Taraflar o'zlarining nizolarini hal qiluchi huquqiy tizim parametrlarini belgilashda juda katta erkinlikka ega. Arbitraj bitimini tuzadigan tomonlar ular xohlagan jarayonlarga ruxsat beradigan, tizimning o'zi bo'yicha nizolarni minimallashtiradigan, institutsional qoidalarni yoki boshqa majburiyatlarni buzish xavfini tug'dirmaydigan, arbitraj bitimini bekor bo'lishiga olib keluvchi noaniqliklarni keltirib chiqarmaydigan huquqiy tizimni tanlashni e'tiborga olishlari lozim. Arbitraj bitimini aniq va puxta tuzish nizolarni samarali hal qilishni ta'minlash orqali xalqaro tijoratga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Agarda arbitraj bitimi aniq qonuniy kuchga ega bo'lsa hamda muammosiz va samarali ishlaydigan tizimni yaratsa, taraflarning sudga murojaat qilish kabi jarayonni kechiktiradigan usullarni qo'llash xohishlari kamayadi.

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi konvensiyasi (Nyu-York konvensiyasi) (1958)

2. "Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni

XULOSA

REFERENCES:

355

2024-yil, 7-dekabr

3. Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risidagi YUNSITRAL namunaviy qonuni (1985)

4. Рустамбеков И.Р. Международный коммерческий арбитраж. Учебник. -Т.: ТГЮУ, 2018

5. Axtamova, Yulduz Axtamovna, and Samandarbek Farxodjon O'G'Li Norboyev. "XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI INGLIZ HUQUQI VA AMALIYOTI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2.12 (2022):

356

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.