Научная статья на тему 'XALQARO TIJORAT ARBITRAJI BO’YICHA SINGAPUR KONVENSIYASI VA MILLIY SUDLARNING O‘ZARO MUNOSABATI'

XALQARO TIJORAT ARBITRAJI BO’YICHA SINGAPUR KONVENSIYASI VA MILLIY SUDLARNING O‘ZARO MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
302
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Singapur konvensiyasi / arbitraj / mediatsiya / tijorat arbitraji / milliy sudlar / xalqaro tijorat arbitraji / investitisya / qaror / ijro. / Singapore Convention / arbitration / mediation / commercial arbitration / national courts / International commercial Arbitration / investment / decision / execution.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Norboyev, Baxtiyor G‘afforovich

Mazkur maqolada xalqaro tijorat arbitraji bo’yicha Singapur konvensiyasi hamda milliy sudlarning o‘zaro munosabati, ularning faoliyatining huquqiy asoslari va ish yuritish tartibi, ishlarni protsessual jihatdan ko‘rib chiqhs bosqichidagi farqli va o‘xshash jihatlari tahlil qilingan. Rivojlangan xorijiy davlatlarning milliy sudlari va xalqaro tijorat arbitrajlari o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishga doir amaliy tajribasining avfzalliklari o‘rganildi. Mazkur maqola doktrinal tadqiqot sifatida qonun hujjatlari va ilmiy-nazariy manbalar tahlilini o‘z ichiga oladi. Unda sohaga oid ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xulosa va fikrlari o'rganilgan. Shuningdek, xalqaro tijorat arbitraji va milliy sud tizimiga oid qonun hujjatlari qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro tijorat aritraji faoliyati va qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SINGAPORE CONVENTION ON INTERNATIONAL COMMERCIAL ARBITRATION AND THE RELATIONSHIP OF NATIONAL COURTS

This article analyzes the relationship between the Singapore Convention on International Commercial Arbitration and national courts, the legal basis and procedure for their activities, differences and similarities at the stage of procedural consideration of cases. The advantages of the practical experience of developed foreign countries in improving relations between national courts and international commercial arbitration are studied. This article, as a doctrinal study, contains an analysis of legislative acts and scientific and theoretical sources. It examines the scientific concepts of the industry, views, conclusions and opinions of theoretical scientists. A comparative legal analysis of the legislation concerning international commercial arbitration and the National judicial System was also carried out. Suggestions and recommendations were also made to improve the legislation and activities of International Commercial Arbitration.

Текст научной работы на тему «XALQARO TIJORAT ARBITRAJI BO’YICHA SINGAPUR KONVENSIYASI VA MILLIY SUDLARNING O‘ZARO MUNOSABATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

UDK: 347.189.8 (055) (575.1) ORCID: 0000-0002-1968-6005

XALQARO TIJORAT ARBITRAJI BO'YICHA SINGAPUR KONVENSIYASI

VA MILLIY SUDLARNING O'ZARO MUNOSABATI

Norboyev Baxtiyor G'afforovich

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: b .norboyev 12 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada xalqaro tijorat arbitraji bo'yicha Singapur konvensiyasi hamda milliy sudlarning o 'zaro munosabati, ularning faoliyatining huquqiy asoslari va ish yuritish tartibi, ishlarni protsessual jihatdan ko'rib chiqhs bosqichidagi farqli va o 'xshash jihatlari tahlil qilingan. Rivojlangan xorijiy davlatlarning milliy sudlari va xalqaro tijorat arbitrajlari o'rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishga doir amaliy tajribasining avfzalliklari o'rganildi. Mazkur maqola doktrinal tadqiqot sifatida qonun hujjatlari va ilmiy-nazariy manbalar tahlilini o 'z ichiga oladi. Unda sohaga oid ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xulosa va fikrlari o'rganilgan. Shuningdek, xalqaro tijorat arbitraji va milliy sud tizimiga oid qonun hujjatlari qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro tijorat aritraji faoliyati va qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Kalit so'zlar: Singapur konvensiyasi, arbitraj, mediatsiya, tijorat arbitraji, milliy sudlar, xalqaro tijorat arbitraji, investitisya, qaror, ijro.

СИНГАПУРСКАЯ КОНВЕНЦИЯ О МЕЖДУНАРОДНОМ КОММЕРЧЕСКОМ АРБИТРАЖЕ И ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ СУДОВ

Норбаев Бахтиёр Гаффорович

Магистр Ташкентского государственного юридического университета

E-mail: b .norboyev 12 @mail .ru

АННОТАЦИЯ

В данной статье проанализированы отношения между сингапурской Конвенцией по международному коммерческому арбитражу и национальными судами, правовые основы и порядок их деятельности, различия и сходства на стадии процессуального рассмотрения дел. Изучены преимущества

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

практического опыта развитых зарубежных стран по совершенствованию отношений между национальными судами и международными коммерческими арбитражами. Данная статья как доктринальное исследование содержит анализ законодательных актов и научно-теоретических источников. В нем изучаются научные концепции отрасли, взгляды, выводы и мнения ученых-теоретиков. Также проведен сравнительно-правовой анализ законодательства, касающегося международного коммерческого арбитража и Национальной судебной системы. Также были высказаны предложения и рекомендации по совершенствованию законодательства и деятельности Международного коммерческого арбитража.

Ключевые слова: Сингапурская конвенция, арбитраж, посредничество, коммерческий арбитраж, национальные суды, Международный коммерческий арбитраж, инвестиция, решение, исполнение.

SINGAPORE CONVENTION ON INTERNATIONAL COMMERCIAL ARBITRATION AND THE RELATIONSHIP OF NATIONAL COURTS

This article analyzes the relationship between the Singapore Convention on International Commercial Arbitration and national courts, the legal basis and procedure for their activities, differences and similarities at the stage of procedural consideration of cases. The advantages of the practical experience of developed foreign countries in improving relations between national courts and international commercial arbitration are studied. This article, as a doctrinal study, contains an analysis of legislative acts and scientific and theoretical sources. It examines the scientific concepts of the industry, views, conclusions and opinions of theoretical scientists. A comparative legal analysis of the legislation concerning international commercial arbitration and the National judicial System was also carried out. Suggestions and recommendations were also made to improve the legislation and activities of International Commercial Arbitration.

Keywords: Singapore Convention, arbitration, mediation, commercial arbitration, national courts, International commercial Arbitration, investment, decision, execution.

Norboev Bakhtiyor Gaffarovich

Master degree at Tashkent state university of law E-mail: b .norboyev 12 @mail .ru

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Bugungi rivojlanib borayotgan davrda davlatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivoji, o'zlarining xususiy iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni vujudga keltirmoqda. O'zlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida davlatlar o'zaro huquqiy hamkorlik masalalariga alohida e'tibor berishmoqda. Xalqaro savdo-iqtisodiy integratsiyalashuvni huquqiy jihatdan himoya qilishning ustuvor yo'nalishlari, vazifa va maqsadlari o'zaro ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama shartnomalarda o'z aksini topmoqda.

Iqtisodiy-siyosiy munosabatlarni amalga oshirish va tartibga solish masalalari xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinmoqda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojilanishi davlatlar o'rtasidagi va ularning subyektlari o'rtasida vujudga keladigan nizolarni bartaraf etishni ham nazarda tutadi. Ushbu nizolarni hal qilish uchun xalqaro tijorat arbitrajlari yordamga keladi .

MATERIAL VA METODLAR

Mazkur maqolada arbitraj tushunchasining yuridik tabiati ochib berilgan. Shuningdek, xalqaro tijorat arbitraji buyicha singapur kovensiyasi hamda milliy sudlarning o'zaro munosabati amaldagi qonun hujjatlari asosida tavsiflangan. Muallif xalqaro tijorat arbitraji buyicha singapur kovensiyasi hamda milliy sudlarning o'zaro munosabati huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari asosida tasniflagan. Muallif xalqaro tijorat arbitraji buyicha singapur kovensiyasi hamda milliy sudlarning o'zaro munosabati muammolari va ularni bartaraf qilishda huquqiy mexanizmlarni samarali qo'llash usullari ilmiy-huquqiy jihatdan o'rganilgan. Xalqaro tijorat arbitraji buyicha singapur kovensiyasi hamda milliy sudlarning o'rtasidagi farqli jihatlar tahlil qilingan.

Mazkur maqola doktrinal tadqiqot sifatida qonun hujjatlari va ilmiy-nazariy manbalar tahlilini o'z ichiga oladi. Unda sohaga oid ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xulosa va fikrlari o'rganilgan. Shuningdek, xalqaro tijorat arbitraji buyicha singapur kovensiyasi hamda milliy sudlarning o'zaro munosabati oid qonun hujjatlari qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Maqola mavzuga oid asosiy tushunchalarni o'rganishdan boshlangan, ushbu tushunchalarni rivojlantirish bilan davom ettirilgan hamda mavjud mexanizmlarni takomillashtirish, muammolarni hal qilish yo'llarini ko'rsatishga oid xulosalarga kelish bilan yakunlangan. Mazkur xulosalarning amaliyotga tatbiq etilishi xalqaro tijorat arbitraji buyicha singapur kovensiyasi hamda milliy sudlarning o'zaro munosabati rivojiga xizmat qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TADQIQOT NATIJALARI

Rossiyalik olim, yuridik fanlar mutaxassisi V.N.Kanashevskiy xalqaro tijorat arbitrajini hakamlik sudlarining bir turi bo'lib, tomonlar tomonidan tuzuladigan sudlar deb ataga. O'z navbatida yana bir rossiyalik mutaxassis N.Y.Erpleva ushbu fikrni qo'llab quvvatlab, aynan xalqaro tijorat arbitrajini har bir muayyan holatda doimiy ishlaydigan yoki alohida hollarda tashkil etiladigan sud bo'lib uning asosiy maqsadi xalqaro tijorat nizosining mohiyatini ko'rib chiqish, hal qilish va nizolashayotgan tomonlar uchun majburiy bo'lgan qarorlar chiqarishdan iborat deb hisoblaydi.

Shuningdek, boshqa arbitraj sohasidagi olimlarning ham ushbu fan doirasidagi fikrlarini ham keltirmoqchiman. Xususan, I.V.Getman-Pavlova xalqaro tijorat nizolarini hal qilishning maxsus mexanizmi bo'lib, ularning nizolarini ko'rib chiqish uchun tomonlarning irodasi bilan tanlangan, bu hakamlik xarakteriga ega va milliy qonunchilikka muvofiq tashkil etilganlishini aytib o'tgan. A. A. Gorlenko va M. E. Kroll ta'kidlashicha, tomonlar hakamlik bitimini tuzish orqali davlat sudlarining yurisdiktsiyasini ularning nizosiga nisbatan chiqarib tashlash niyatini tasdiqlashadi.

Xalqaro iqtisodiy nizolarni hal etishning eng ko'p qo'llaniladigan turi bu xalqaro tijorat arbitrajlarda nizolarni hal etish usulidir. Xalqaro tijorat arbitrajlari bu -nodavlat (hakamlik) tijorat arbitraj sudlari hisoblanib, xalqaro tijorat bitimi ishtirokchilari o'rtasidagi iqtisodiy nizolarni hal etish bilan shug'ullanadi. Dunyoda o'zining yuqori mavqeiga ega arbitrajlar jumlasiga Nyu-York, London, Singapur va boshqa arbitrajlar kiradi. Arbitrajlarning qarorlari Modul qonuniga ko'ra yakuniy bo'lib, taraflar uchun majburiy hisoblanadi hamda taraflar qarorni kechiktirmasdan ijro etishlari lozim.

Mohiyatan, arbitraj qarorlari ixtiyoriy ijro etishni nazarda tutsada, lekin ko'p hollarda majburiy ijroni talab qiladi. Bunga sabab sifatida Alan Redfern va Martin Hunterlarning fikricha ikkita asos mavjud: birinchidan, arbitraj bu xususiy protsess, ya'ni vakolatli suddan farqli ravishda taraflarning xohishi bilan arbitraj tarkibi tuziladi, ikkinchidan, arbitraj tribunali uchun qabul qilingan hal qiluv qarori ijro etiladimi yoki yo'qmi ahamiyatga ega emas. [1, 23b] Chunki arbitrajlar nizoni faqatgina hal qiladi, ijrosini ta'minlash esa hal qiluv qarori kimning foydasiga chiqarilgan bo'lsa, o'sha tarafga huquq beriladi.

Milliy sudlardan farqli ravishda artibrajlar o'z qarorlarini ijro etishda hech qanday rol o'ynamaydi, ya'ni bu ularning vakolat doirasiga kirmaydi. Odatda, qaror e'lon qilib bo'lingach, arbitraj nizo bo'yicha boshqa hech qanday harakatni amalga oshira olmaydi, sababi arbitraj faqatgina nizoni hal etish uchun vakolatlidir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Faqatgina taraflarning so'rovi asosida qarorga qo'shimcha kiritishi yoki tuzatish kiritishi hamda qaror bo'yicha tushuntirishlar berishi mumkin. Arbitraj tribunali nizo bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilsa, nizo hal etilgan, arbitraj tribunal esa functus officio, ya'ni arbitrajning vakolati tugagan bo'ladi.

Xalqaro tijorat arbitrajining foydali jihatlari juda ham ko'pdir. Taraflar nizolarni ha etishda nima uchun xalqaro arbitrajni tanlashlari borasida o'tkazilga emperik tadqiqotda ikkita eng muhim sabablar aniqlandi .

1) Kamida 156 mamlakat taraflari bo'lgan kelishuvga, Nyu-York Konvensiyasiga asosan ijroni taminlash ehtimoli [2, 56b] hamda yurisdiksiyasining betarafligi (ya'ni, boshqa taraf sudidan tashqarida bo'las olish) [3, 24b] mavjud bo'lganligidir. Odatda arbitraj qarorining xalqaro darajada ijro etilishi milliy sud qaroriga nisbatan osonroq, chunki Nyu-York Konvensiyasiga asosan jiddiy prosessual xatolar yoki jarayonning yaxlitligiga borib taqaladigan muammolar bo'lmasa, sudlar qarorni ijro etishi talab etiladi. Nyu-York konvensiyasini jro etishda tarafkashlikka yo'l qo'yiladi deb hisoblanadi, shuningdek, aksariyat sudlar ijroga qaratmaslik uchun ruxsat etilgan asoslar doirasini juda tor talqin etadilar.

Boshqa afzalliklariga protses va qabul qilinadigan qarorni maxfiy saqlay olishi kiradi. Maxfiylik ba'zi institutsional qoidalar orqali ta'minlanadi va taraflardan maxfiylik kelishuviga amal qilgan holda, maxfiylik taraflar kelishuvi orqali kengaytirilishi (masalan, guvohlar va ekspertlar qamrab olish uchun) mumkin. Ko'p kompaniyalar maxfiy protseduralarni xohlashadi, chunki ular kompaniya va uning biznes operatsiyalari yoki ular ishtirok qiladigan nizolar haqidagi ma'lumotlar oshkor etilishi istashmaydi yoxud ular nizoning ehtimoliy salbiy oqibati ommaga ma'lum bo'lishini xohlamaydilar.

Bundan tashqari, taraflar muayyan soha bo'yicha maxsus bilim va tajribaga ega bo'lgan arbitrlarni tanlay olish qobilyatlarini ma'qul ko'radilar. Shu bilan birga ularga arbitrajda kamroq ma'lumotlar taqdim etilishi, umuman olganda, shu tarzda keng ko'lamli sud jarayonlarigagina qaraganda qisqaroq protsesga olib kelinishi yoki eng kamida AQSH uslubidagi sud jarayonidan ko'ra qisqaroq bo'lishi yoqadi. Mohiyatiga ko'ra qaror yuzasidan bir necha marta shikoyat qilish imkoniyatining mavjud emasligi ham uning jozibador jihatidir. Ishbilarmon shaxslar o'z bizneslarini davom ettira olishlari uchun nizoni tugatishni qadrlashadi. [4, 12b] Garchi ilgari e'tirof etilgan bir afzallik bu arbitrajning sud jarayoniga qaraganda arzonroq ekanligi bo'lsa-da, ko'p kompaniyalar bugungi kunda ko'p afzallik haqiqatda mavjud deb hisoblamaydilar. [5, 78b] Tijorat arbitrajlari miqdor va tikilgan pul hisobiga o'sib borgani sari, taraflar arbitrajga aksariyat sud jarayoni taktikalarini ko'proq kiritib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bordilar. Ushbu taktikalar xarajatlarini oshirishga, kechikishlarni keltirib chiqarishga va jarayonning qarama -qarshi xususiyatarini kengayishiga xosdir. Shunga qaramasdan arbitraj bir neha jihatdan sud jarayoniga o'xshash xarakter kasb eta boshlagan bo'lsa ham, taraflar arbitraj taqdim etadigan boshqa afzalliklar sababli hali ham xarakatga munosiib deb topishadi .

UNCITRAL qonuniga ko'ra "arbitraj" so'zining ma'nosi juda qisqacha belgilanadi: "har qanday arbitraj, u doimiy arbitraj muassasasi tomonidan amalga oshiriladimi yoki yo'qmi. Shunday qilib, olimlar xalqaro tijorat arbitraj tushunchasi bilan bog'liq shunga o'xshash fikrlarni bildirib, uning asosiy belgilari quyidagi ta'kidlagan:

1)hakamlik muhokamasining bir turi;

2)sud jarayoni tomonlar o'rtasida yuzaga keladi, ulardan birining huquqiy maqom boshqa huquqiy maqomga nisbatan uning tashqi xususiyatlariga ega bo'lish nuqtai nazaridan farq qiladi.

Aniq xalqaro tijorat arbitraj huquqiy tabiatini aniqlash mumkin emas. Bu masala bo'yicha bir nechta nazariya mavjud. Shartnoma kontsepsiyasi hakamlik bitimi mohiyatan fuqarolik-huquqiy shartnomasi ekanligini anglatadi, ya'ni hakamlik bitimi tomonlarning nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga yuborish irodasini o'zida mujassam etgan. Shunday qilib, shartnomaning shartnomaviy xususiyati hakamlik sudining shartnomaviy xususiyatini nazarda tutadi. Protsessual kontsepsiya tarafdorlari hakamlik sudlarini davlat adolatining nostandart shakli deb hisoblashadi. Shunday qilib, ular hakamlik bitimini davlat sudining yurisdiktsiyasini bekor qilishga qaratilgan protsessual xarakterdagi kelishuv deb tan olishadi. Ularning fikriga ko'ra, hakamlik sudining davlat majburlash kuchiga ega emasligi va protsessni to'liq amalga oshirish uchun vakolatli sudga murojaat qilishga majbur bo'lganligi sababli, davlatchilik elementi hakamlik xarakterida ko'rinadi. Aralash tushunchalar, uning nomidan ko'rinib turibdiki, yuqoridagi nazariyalarning pozitsiyalarini birlashtiradi. U arbitrajni moddiy va protsessual elementlarni o'z ichiga olgan mustaqil va avtonom muassasa deb topadi. Ya'ni, ushbu nazariyani qo'llab-quvvatlovchilar hakamlik sudi ish yuritadigan davlat qonuni va amaldagi qarama-qarshi qonun qoidalari nazarda tutilgan tegishli xorijiy qonunlarning ham qo'llanilishini ta'minlashga imkon beradi.

Xalqaro tijorat arbitrajida ishni ko'rib chiqish muqobil bo'lmagan va majburiy emas, balki ikkala tomonining tanlovidir. Shunga qaramay, har yili hakamlik muhokamasida ko'rib chiqilayotgan ishlar soni ko'paymoqda. Bu aniq shuni ko'rsatadiki, xalqaro tijorat arbitrajida nizoni ko'rib chiqishning afzalliklari davlat sudiga nisbatan ko'proq deb hisoblashadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Birinchi ustunlik shundaki, hakamlik sudlari davlat sudlaridagidek ish yuritish qat'iy, rasmiy va standartlashtirilgan xususiyatga ega emas. Bu juda moslashuvchan va tomonlarga nizolarni hal qilishning ko'plab muhim tomonini tanlash imkoniyatini beradi.

Arbitrajning ikkinchi muhim afzalligi shundaki, har bir hakamning ishi davlat sudlarining sudyalariga qaraganda ancha kam. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ma'qullanib, Prezident tomonidan imzonlangan va 2021 -yil avgust oyida kuchga kirishi lozim bo'lgan qonunning 15 -moddasida: Taraflar o'z xohishiga ko'ra arbitrlar sonini belgilashi mumkinligi aytilgan. [6, 15m] Bunday kelishuv bo'lmaganda uch nafar arbitr tayinlanadi deyilgan. Shuningdek, xalqaro tijorat arbitraj eng muhim afzalliklaridan biri nizoni hal qilish uchun tor-milliy yondashuv oldini olish uchun imkoniyat ekanini qayd etdi.

Shuningdek, ishni xalqaro tijorat arbitrajida ko'rib chiqish afzalligi - bu hakamlik sudining maxfiyligi. Tadqiqotchilar ta'kidlashlaricha, agar ish davlat sudida ko'rilsa, ishning ba'zi holatlari jamoatchilikka oshkor bo'lishi mumkin, ammo nizolarni hakamlik muhokamasida ko'rib chiqish protsessning tafsilotlari sir saqlanishiga olib keladi. Agar qabul qilingan qarorga kelsak, u nafaqat ma'lum bir xalqaro tijorat arbitraj sudi joylashgan mamlakat ichida, balki chet elda ham, barcha mamlakatlarda-1958-yilgi Nyu-York Konvensiyasining ishtirokchilari tomonidan ijro etilishi mumkinligini ta'kidlash lozim.

Xalqaro tijorat arbitraj davlat sudlari mexanizmining ajralmas qismi bo 'lmasa-da, uning faoliyatini samarali amalga oshirish uchun yagona imkoniyat vakolatli sud bilan hamkorlik qilishdir. Xalqaro tijorat arbitraj to'g'risidagi UNCITRAL qonunining 5- moddasida "Sud aralashuvi doirasi"da sud xalqaro tijorat arbitrajiga faqat qonun hujjatlarida belgilangan shartlar bilan aralashish imkoniyatiga ega ekanligi ko'rsatilgan. Mutaxassislar xalqaro tijorat arbitraji va davlat sudlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir shakllarini ikki guruhga bo'lishni taklif qilmoqdalar:

1)Davlat sudining hakamlik sudyalariga yordami

2)Davlat sudlari tomonidan nazorat qilinishi.

Ta'kidlanishicha, davlat sudlarining hakamlik sudlariga nisbatan yordam va nazorat funksiyalarini bajarish qobiliyati dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari qonunchiligida belgilab qo'yilgan. Ushbu vaziyatda M.V. Petrovning mualliflik yordamining ta'rifiga murojaat qilishingiz mumkin. Uning fikriga ko'ra, hakamlik sudiga ariza berish huquqiga ega bo'lmagan kuch-qudratni amalga oshirish uchun sudning faoliyati yordam beradi. Ushbu funksiyalarni amalga oshirishning maqsadi hakamlik muhokamasining samaradorligini oshirishni ko'rsatadi. Shunday qilib,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rag'batlantirish ikki mustaqil institutlari umumiy muammoni hal qilish uchun o'zaro sifatida belgilangan bo'lishi mumkin, ya'ni hakamlik mustaqil amalga oshirish imkoniyatiga ega emas harakatlar bu sodir, lekin aslida na birinchi, na ikkinchi tuzilishi "itoat"bir holatda emas.

Ushbu fikriga qo'shilish mumkin, u quyidagi funksiyalarni yordam sifatida tasniflaydi:

• hakamlik sudi tarkibini shakllantirishda davlat sudlarining ishtiroki;

• xalqaro tijorat hakamlik sud ishlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha vaqtinchalik choralar;

• dalillarni olish.

Shunga qaramay, ba'zi olimlar yordam funksiyalarining boshqa shakllarini yordam funksiyalari guruhiga ajratadilar. Masalan, boshqa tomondan olimlar shuningdek, ushbu guruhga hakamlik sudining vakolatlarini aniqlash masalasi kabi yordam turini o'z ichiga oladi.

Shu bilan birga, biz ushbu masala bo'yicha u bilan kelishish qiyin, chunki biz ushbu chorani amalga oshirish bo'yicha davlat sudining harakatlarida, ya'ni ikki mustaqil institutlarning hamkorligiga ko'maklashish konsepsiyasining mos kelmasligini ko'rib turibmiz. Bundan tashqari, bu holatda, davlat sudi hakamlik yo'nalishi bo'yicha o'z kuch-qudratini qo'llaydi, vakolatning mavjudligi yoki yo'qligini aniqlaydi.

Davlat sudlari va arbitraj o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning ikkinchi guruhi nazorat vazifalarini o'z ichiga oladi. Bizning fikrimizcha, nazoratni amalga oshirish "nazorat ostida bo'lgan hodisaning maqsadiga muvofiq har qanday dinamik jarayonning oqimini kafolatlaydigan muayyan usullar va usullar to'plami" ni o'z ichiga oladi . Xalqaro tijorat arbitrajida ko'p hollarda taraflar va arbitrlar sudlarning arbitraj prosessiga aralashishini xohlamaydi. Ammo ba'zi hollarda sudlarning arbitrajga aralashishi muhim hisoblanadi. Buning asosiy sababi shundaki , sudlarning arbitrajga ega bo'lmagan vakolatlari mavjudligi -xususan, majburlash vakolaiga ega, ya'ni kimnidir nimadir qilishga majburlash vakolati [7, 241b] Sudlar ijroni talab qilish vakolatiga ega, chunki ijro etilmasa ular salbiy oqibatlarni keltirilishi mumkin; jarimaga tortish ,qamoq jazosi yoki boshqa jazolash shaklida. Garchi arbitrajda taraflarga salbiy oqibatlar keltirish vakolati bo'lsada, masalan taraf hujjat taqdim etmasa unga nisbatan salbiy chora ko'rish kabi, ammo arbitrajda taraflarni qarorni bajarishga, shuningdek arbitrajga aloqasi bo'lmagan shaxslarni majburlaydigan kuch mavjud emas.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sudlar bundan tashqari nazorat funksiyasini bajarishadi. Bu ham bir ikki tomonning o'zaro munosabatga kirishishining bir dalolatidir desak aslo mubolag'aa bo'lmaydi. Garchi arbitraj taraflar tanlagan huquq va qoidalar bilan tartibga solinadigan huquqning xususiy tizimi bo'lsada, u qonun bilan ya'ni, deyarli hamma holatda arbitraj joylashgan joyning huquqi (lex arbitri ) bilan tartibga solinadi. Sudlar xususiy sud tizimi-arbitrajning firibgar, korrupsiya berilgan yoki prosessual asoslarga ega bo'lgan tizim emas, balki adolatlilikning minimal standartlariga javob berishini nazorat qilish darajasini ushlab turishni nazarda tutmoqdalar.

Taraflar odatda arbitraj jarayoni nohaq yoki adolatsiz bo'lsa sudga murojaat qilishni xohlashadi. Masalan xorijiy davlatlar misolida ko'radigan bo'lsak, Belgiya qonunchiligida Belgiya bilan bog'liq bo'lmagan taraflar o'rtasidagi nizolar bo'yicha Belgiya arbitraji qarorini milliy sud qayta ko'rib chiqmasligini belgilangandan so'ng, taraflar Belgiyaning arbitraj sudiga murojaat qilmay qo'yishgan. Kompaniyalar noto'g'ri arbitraj qarori ustidan sudga murojaat qilish imkoniyatlarining cheklanishini yoqtirishmaydi. Buning natijasida qonunga taraflar o'zlari voch kechmagan holda, taraflarning sudga murojaat qilishi mumkinligi to'g'risida o'zgartirish kiritildi. [8, 78b]

Redfernand Hunterning Xalqaro arbitraj kitobida keltirilishicha arbitraj jarayoni boshlanishicha sudning aralashuvini quyudagi 3ta holatda aniqlashtirishimiz mumkin. Arbitraj shartnomasini ijro etishda:

• Sudning tashkil etilishida

• Yurisdiksiya chaqiruvida

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Dastlab tomon masalani arbitraj sudidami yoki davlat sudidami ko'rib chiqishga qaror qiladi. Boshqa holatlarda, arbitraj ijrosi hisoblangan bo'ladi va sud jarayoni davom etadi. Biroq arbitraj kelishuviga kirib , javobgar odatda milliy suddan ko 'ra arbitrlar tomonidan qabul qilingan qarorni ma'qul ko'rishadi. Bu haqida Nyu-York Konvensiyasining 2-bo'limida ham aytib o'tilgan.[8, 105b]

Boshqa tomondan arbitraj jarayonini haqida gaplashadigan bo'lsak, bunda milliy sudlarning ta'siri ko'zatilmaydi. Bu Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risidagi qonunda ham o'z aksini topgan. Chunonchi ushbu qonuning 7-moddasida Arbitraj sudlari o'z faoliyatida hech kimga bo'ysunmaydi va mustaqildir. Arbitraj sudlarining faoliyatiga biror-bir aralashuvga, xuddi shuningdek unga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi hamda bu O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi deyilgan.[10, 1b] Arbitraj sudining faoliyatiga hech qanday sud aralashuviga, mazkur tegishli qonunda bunday aralashuv belgilangan hollardan tashqari, yo'l qo'yilmaydi. [10, 2b]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xalqaro sud arbitraji boshlanganidan keyin arbitraj suddagi guvohlarni qatnashishini ta'minlash uchun davlat sudlariga talabnoma(request) kiritadi.[12, 22b] Ushbu qoida Xalqaro qonunda ham qayd etilgan. Xususan, Model law Arbitrationning 27-moddasida arbitraj sudi yoki arbitraj sudi qo'llab quvvatlagan tomon guvohlik olish uchun davlatdan yordam sifatidan milliy sudga talabnoma( request) kiritadi deyilgan. Agarda xorijiy davlatlarga qaraydigan bo 'lsak, ba'zi arbitraj sudlari masalan, Shvetsariyada Model law qabul qilinmagan. Boshqa arbitraj huquqiga qaraydigan bo'lsak, 1996-yilda qabul qilingan Ingliz Arbitraj Aktining 43-moddasiga ko'ra:

1. Og'zaki guvohlik berish yoki hujjatlar yoki boshqa moddiy dalillarni ishlab chiqarish uchun bir guvoh tribunal oldin ishtirok ta'minlash uchun huquqiy muhokamasi nisbatan mavjud bo'lib arbitraj muhokamasi uchun bir tomon shu sud tartib foydalanishingiz mumkin.

2. Ushbu holat boshqa tomonlarnning kelishuvi yoki tribunal ruxsati bilan bajariladi.

3. Bu sud protsessida foylanalishini mumkin, agarda

(a) guvoh Buyuk Britaniyada bo'lsa,

(b) arbitraj yuritish Angliya va Uelsda olib borilsa, yoki Shimoliy Irlandiyada.

4.Biror kishi ushbu bo'limdan kelib chiqib, qonuniy ish yuritishda ishlab chiqarishga majbur bo'lmaydigan har qanday hujjat yoki boshqa moddiy dalillarni ishlab chiqarishga majbur qilinmaydi.[13, 30b]

Arbitraj oxiridagi jarayon bilan tanishadigan bo'lsak, bitta oxirgi arbitraj sudi va milliy sud o'rtasidagi bog'liqlik bu qay darajada milliy sudlar xalqaro arbitraj qarorini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirilishidir. Qonun hujjatlarida milliy sudlarga berilgan vakolatlar yoki ular biriktirish vakolatlari kabi sudlarning o 'zlari tomonidan ishlab chiqilgan bank hisobvaraqlari, tugatuvchilarni tayinlash yoki buyruqlar berish uchun mavjud adolat manfaatlariga xizmat qiladi. Ular sud protsessining asosiy maqsadi yo'qolib borayotgan dalillar yoki mol-mulkdan xafa bo'lmasligini ta'minlash uchun, yoki qonunni o'z qo'llariga olgan tomonlar tomonidan. Xalqaro tijorat operatsiyalari va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ko'payishi bilan sudlar, hakamlik kelishuvi bo'lgan taqdirda ham, agar zarur bo'lsa, muhim bo'lishi mumkin odil sudlov maqsadlari to'g'ri ta'minlanishi kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Alan Redfern and Martin Hunter. International Arbitration, 6th edition. Oxford University Press. 2015. p.607

2. Chet el qarorlarini tan olish va ijro etish bo'yicha BMT ning 1958-yilgi konvensiyasi. 1958 -yil, 10-iyun

3. 2018 International Arbitration Survey: The Evolution of International Arbitration // White & Case URL: https://www.whitecase.com/publications/insight/2018-international-arbitration-survey-evolution-international-arbitration (дата обращения: 04.05.2019).

4. Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti . Margaret L.Mozes. 2020 -yil

5. International Arbitration Loses Its Grip 96 A.B.A.

6. Xalqaro arbitraj to'g'risidagi qonun

7. Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti . Margaret L.Mozes. 2020.

8. Villiam V.Park. Xalqaro arbitrajning o'ziga xos xususiyatlari .

9. New York Convention, Article II (3) , states

10. O'zbekiston Respublikasi Xalqaro arbitraj to'g'risidagi qonun. 2021,Tashkent

11. O'zbekiston Respublikasi Xalqaro arbitraj to'g'risidagi qonun. 2021,Tashkent

12. R.Hunter International Arbitration . Article of arbitration in the national court

13. Under Arbitration Act 1996, s. 2(3), this section of the Act (and that concerning court powers exercisable in support of arbitral proceedings) applies even if (a) the seat of the arbitration is outside England, Wales, or Northern Ireland, or (b) no seat has been designated or determined.

14. George A. Bermann. Recognition and enforcement of foreign arbitral awards: the application of the New-York Convention by national courts. 2014.

15. Charlie Lightfoot, James Woolrich. Guide to Enforcement of Foreign Arbitral Awards and Court Judgments in England & Wales. Practice Series. 2017.

16. И. Рустамбеков. Практические аспекты формирования системы международного коммерчиского арбитража в Республики Узбекистан. (практическое пособие). Т. 2018. 30 Стр.

17. И. Рустамбеков. Порядок признания и исполнения решений судов иностранных государств и международных арбитражей в республике узбекистан: правовые проблемы и пути их совершенствования. Информационно-аналитическая справка. Т. 2018.

18. Jean-Jacques Arnaldez, Yves Derains. Collection of ICC arbitral awards 19911995. ICC Publishing S.A. Paris-New-York. 1997.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

19. О.Ю. Скворцова, М.Ю. Савранского, Г.В. Севастьянова. Международный коммерческий арбитраж. Учебник, издание второе. Санкт-Петербург, Москва.

20. В. В. Комаров, В. Н. Погорецкий. Международный коммерческий арбитраж. Харьков. 2009.

21. И. Рустамбеков. Международный коммерческий арбитраж. Учебное пособие. Т.: 2018.

22. Ъ. Б. иЬауёиПауеу. ХаЦаго хшш1у Иидид. XXV ЬоЫ. Т.: 2002.

2018 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.