Научная статья на тему 'FUQAROLIK SUDLARIDA BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHNING AYRIM JIHATLARI'

FUQAROLIK SUDLARIDA BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHNING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
752
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sud hokimiyati / odil sudlov / fuqarolik protsessi / taraflar / buyruq tartibida ish yuritish / sug‘urta shartnomasi. / judiciary / justice / civil proceedings / parties / writ proceedings / insurance contract.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Alimjanov, Baxtiyor Muqumjanovich

Mazkur maqola orqali fuqarolik protsessida buyruq tartibida ish yuritish tushunchasi, huquqiy asoslari, ahamiyati va protsessual jihatlari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, buyruq tartibida ish yuritishda yuzaga keladigan amaliyotdagi muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va mulohazalar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF WRIT PROCEEDINGS IN CIVIL COURTS

This article provides a scientific and practical analysis of the concept, legal basis, its significance and procedural aspects of writ proceedings in civil courts. Suggestions and comments were also made to address the problems and shortcomings in the practice of the judicial order in writ proceedings.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK SUDLARIDA BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHNING AYRIM JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FUQAROLIK SUDLARIDA BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHNING AYRIM JIHATLARI

Alimjanov Baxtiyor Muqumjanovich

Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi e-mail: Baxtiyoralimj anov576@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola orqali fuqarolik protsessida buyruq tartibida ish yuritish tushunchasi, huquqiy asoslari, ahamiyati va protsessual jihatlari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, buyruq tartibida ish yuritishda yuzaga keladigan amaliyotdagi muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va mulohazalar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: sud hokimiyati, odil sudlov, fuqarolik protsessi, taraflar, buyruq tartibida ish yuritish, sug 'urta shartnomasi.

НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ ПРОЦЕССУАЛЬНОГО ПРОЦЕССА В

ГРАЖДАНСКИХ СУДАХ

Алимжанов Бахтиёр Мукумджанович

Студент Высшей школы судей e-mail: Baxtiyoralimjanov576@gmail.com

АННОТАЦИЯ

В данной статье проводится научно-практический анализ понятия, правовой основы, значения и процессуальных аспектов процессуального судопроизводства в гражданском судопроизводстве. Были также сделаны предложения и замечания по устранению проблем и недостатков в практике приказа.

Ключевые слова: судебная власть, правосудие, гражданский процесс, стороны, исполнительное производство, договор страхования.

SOME ASPECTS OF WRIT PROCEEDINGS IN CIVIL COURTS

Alimjanov Bakhtiyor Mukumjanovich

Student, Higher School of Judges

ABSTRACT

This article provides a scientific and practical analysis of the concept, legal basis, its significance and procedural aspects of writ proceedings in civil courts.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Suggestions and comments were also made to address the problems and shortcomings in the practice of the judicial order in writ proceedings.

Keywords: judiciary, justice, civil proceedings, parties, writ proceedings, insurance contract.

KIRISH

Ta'kidlash lozimki, har bir inson o'z huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so'rab sudga shikoyat qilishi mumkin. Sud orqali himoyalanish huquqi fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash kafolatlaridan biridir. Sud orqali himoya qilish davlat tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning eng asosiy vositalaridan biri hisoblanib, odil sudlovni ta'minlash orqali amalga oshiriladi [1].

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 8-moddasiga ko'ra, har bir inson unga konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega [2].

Shuningdek, Konstitutsiyaning 44-moddasida har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi [3].

Bundan tashqari, Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasiga ko'ra, har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo'yicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli [4].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda oxirgi yillarda keng ko'lamda amalga oshirilayotgan sud-huquq isloxotlari, eng avvalo, sudlarning nufuzini oshirish, fuqarolarga o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali ximoya qila olishlari uchun keng sharoitlar yaratish xamda shunga mutanosib ravishda sudlarning ish yuritish tartibini imkon darajasida soddalashtirishni nazarda tutadi. Ayniqsa, fuqarolik protsessiga oid ishlarni ko'rishni takomillashtirish, ishlarni sifatli va qonuniy ko'rilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib himoya qilish zaruratini qo'yadi.

Bizga ma'lumki, fuqarolik sud ishlarini yuritishning quyidagi turlari mavjud:

- da'vo tartibdagi ishlar;

- buyruq tartibida ko'riladigan ishlar;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- alohida tartibda yuritiladigan ishlar;

- hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog'liq ishlar;

- chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ishlar;

- korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ishlar.

Mazkur sanab o'tilgan sud ishlarini yuritishning har biri alohida xususiyatlariga ko'ra farqlanadi va belgilangan tartibda ko'riladi. Sud buyrug'i nizosiz talablar bo'yicha sud muhokamasi o'tkazmasdan berilgan sud hujjati [6] hisoblanadi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning alohida turi hisoblangan buyruq tartibida ish yuritish - fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilishning soddalashtirilgan va ixchamlashtirilgan shakli hisoblanadi. Shu o'rinda fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilishning soddalashtirilgan va ixchamlashtirilgan shakli sifatida ayrim toifadagi fuqarolik ishlarini sud buyrug'i chiqarish yo'li bilan xal qilish muxim axamiyatga ega yekanligini aloxida etirof etishimiz joiz xisoblanadi.

Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan ushbu huquqiy institutining ahamiyati shundan iboratki, ilgari undiruvchining qarzdordan pul mablag'larini undirish yoki ko'char mulkni nizosiz tarzda qarzdordan talab qilib olish to'g'risidagi arizalari bo'yicha ish taraflar sud majlisiga chaqirilgan holda ko'rib chiqilgan bo'lsa, sud buyrug'i instituti joriy etilgach, mazkur toifadagi arizalar bo'yicha sudya ishni sud majlisida ko'rmasdan va taraflarni sud muhokamasiga chaqirmasdan, sud buyrug'i chiqarish vakolatiga ega bo'ldi.

2018 yil 1 aprelga qadar amalda bo'lgan Fuqarolik protsessual kodeksida 5 talab yuzasidan sud buyrug'i chiqarilgan bo'lsa, 2018 yil 22 yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan Fuqarolik protsessual kodeksida 8 talab yuzasidan, 2019 yil 22 oktyabrda kiritilgan o'zgartirishlarga asosan jami 9 talab yuzasidan sud buyrug'i chiqarilishi belgilangan. Yangi tahrirda qabul qilingan FPKda so'ngi yillarda asosan da'vo tartibida ko'rilgan 3 ta nizo turi yuzasidan ishlarni fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiligini oldini olgan holda, aslida ushbu ishlar nizosiz bo'lganligi sababli, sud buyrug'i chiqarish orqali ya'ni taraflar ishtirokisiz ko'rib chiqilib sud xujjati chiqarilishi belgilandi. Bu esa fuqarolarga arizalarini tezkor va sifatli ko'rib chiqilish imkoniyatini yaratdi.

[5]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Fuqarolik ishlar bo'yicha sudlar tomonidan 2018 yilda birinchi instansiyada jami ko'rilgan 453 354 ta ishlardan 236 030 tasi (52,1%) sud buyrug'i berish tartibida ko'rilgan bo'lsa, 2020 yilda esa 291132 ta ishdan 96 584 (33,2%) tasi buyruq tartibida ko'rilgan [7]. Bundan ko'rinadiki, sud ishlarini yuritishning buyruq tartibida yuritish to'g'risidagi ishlar ham ko'pchilikni tashkil etib, nizosiz talablar bo'yicha ishlarning tez va soddalashtirilgan tartibda ko'rilishiga olib keladi.

Yangi qo'shilgan talablar yuzasidan so'ngi yillardagi statistik xisobotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, ko'p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to'lovlarni undirish to'g'risidagi talablar yuzasidan Respublika bo'yicha 2020 yil 9 oy davomida 122 ta ish, 2021 yil 9 oy davomida 366 ta sud buyrug'i chiqarilgan, xuddi shunday ijara shartnomasida belgilangan ijara to'lovlari muddatida to'lanmaganligi sababli ushbu to'lovlarni undirish to'g'risida talablar yuzasidan 2020 yil 9 oy davomida 11 ta, 2021 yil 9 oy davomida 20 ta sud buyrug'i chiqarilgan. Ushbu ma'lumotlardan ko'rinadiki, ushbu talablar yuzasidan fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar yildan yilga ko'payib borayotganligini ko'rsatadi. Hozirgi kunda fuqarolik sudlarida yildan yilga ish hajmi ko'payib bormoqda. Bu esa nizolarni ko'rishda ish sifatini pasayishiga olib kelmoqda. Shu sababli ishlarni ko'rishda taraflar ishtirokisiz ko'riladigan talablar doirasini kengaytirish zamon talabi bo'lmoqda. Buyruq tartibida ish yuritishdagi talablar yuzasidan xorij tajribasiga nazar soladigan bo'lsak, xususan Germaniya Federativ Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida avtomobil sug'urtasi yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sud buyrug'i tarzida chiqarilishi belgilangan.

Fikrimizcha, mazkur normani O'zbekiston Respublikasini amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksiga ham kiritsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Xususan, "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonunning 3-moddasiga asosan, sug'urta shartnomasi bo'lib, unga ko'ra sug'urtalovchi sug'urta hodisasi sodir bo'lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga ushbu sug'urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug'urta mukofoti) evaziga sug'urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi [8]. Demak mazkur normaga asosan shartnomada sug'urta puli undirilishi uchun xech qanday nizo mavjud emas va bunday holatda ishlarni buyruq tartibida ko'rilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Bundan tashqari, Rossiya Federativ Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida fuqaroni (qarzdorni) majburiy sudga keltirish yoki uning mol-mulkini qidirish bo'yicha xarajatlarning o'rnini qarzdor tomonidan qoplash yuzasidan sud buyrug'i chiqarilishi belgilangan. Shunga mazkur normani ham bizning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qonunchiligimizga kiritilsa bo'ladi. Buni quyidagicha izohlaymiz: O'zbekiston Respublikasida 2018 yil 1 aprelga qadar Fuqarolik protsessual kodeksida protsessual majburlov choralaridan majburiy keltirish degan norma yo'q edi. Agarda taraf sud majlisiga kelmaydigan bo'lsa, FPKni 144-moddasiga asosan agar FPKning 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart bo'lgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga ko'ra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini ma'lum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish to'g'risida ajrim chiqarilishi mumkin. Mazkur ajrimning ijrosi hududiy ichki ishlar organining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bog'liq xarajatlarni undirish FPKda belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organining tegishli arizasiga asosan amalga oshiriladi. Demak ushbu holatda ish bo'yicha taraf majburiy keltirilishi uchun xarajatlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari ayrim doiradagi ishlar yuzasidan qarzdorni qidirish uchun sud tomonidan ajrim chiqariladi. Buning asosini FPK 165-moddasida ko'ramiz.

Alimentlar undirish to'g'risidagi va mayib bo'lish yoki sog'liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining o'limi natijasida ko'rilgan zararning o'rnini qoplash haqidagi da'volar bo'yicha javobgarning (qarzdorning) amaldagi turish joyi noma'lum bo'lgan taqdirda, javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar organlari tomonidan javobgarni (qarzdorni) qidirish to'g'risida ajrim chiqaradi. Albatta mazkur xolat yuzasidan xarajatlar amalga oshiriladi. Ushbu xarajatlarni undirish nizosiz bo'lganligi uchun, jarajatlarni undirishni sud buyrug'i chiqarish bilan undirsa bo'ladi.

XULOSA

Yuqoridagilarga ko'ra xulosa qiladigan bo'lsak, hozir fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda sudyalarning ish yuklamalarini kamaytirish, sudlarda ishlarni soddalashgan tartibda hal etish tizimini takomillashtirish maqsadida fuqarolik protsessual qonunchiligida sud buyrug'i chiqarish asoslari ro'yxatini kengaytirish lozim deb o'ylaymiz.

REFERENCES

1. Yodgorov X. [va boshq.] Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilish tartibi [Matn]/-Toshkent: Baktria press, 2016. - 224 b.

2. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyutsiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e'lon qilingan. https : //constitution. uz/ uz/pages/h uman ri ghts.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son).

4. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021 y., 03/21/716/0877-son ).

5. Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O'quv qo'llanma. To'ldirilgan va qayta ishlangan nashr. -Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018.

6. Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O'quv qo'llanma. To'ldirilgan va qayta ishlangan nashr. -Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018. -300 b.

7. https://stat.sud.uz/file/2021/fib/fib 2020.pdf.

8. O'zbekiston Respublikasining "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni. O'RQ-155-son 21.04.2008. https://lex.uz.

-300 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.