'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
XALQARO TADQIQOTLAR TAJRIBASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI O‘QISH SAVODXONLIGINI BAHOLASH
Djurayeva Perdegul Saidovna Navoiy viloyat XTXQTMOHM
Annotatsiya: O‘qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Asosiy e’tibor, tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo ‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. O‘qish darslarida o‘quvchini qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: innovatsion taraqqiyot, xalqaro mezon, o‘qish savodxonlogi, xorijiy tajribalar, ta’lim sifatini baholash, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, pedagogik kuzatuv, falsafaviy qarashlar, g‘oyalar, ilovalar.
INTERNATIONAL RESEARCH PRACTICE ASSESSMENT OF PRIMARY
LITERACY LITERACY STUDENTS
Djurayeva Perdegul Saidovna Navoi regional CRATPES
Abstract: Reading literacy - is the ability to comprehend and apply forms of written language that are required and valued by society. The focus is on demonstrating the ability to apply the information learned in new projects and situations, rather than demonstrating understanding. The student’s heart is high in reading lessons. It is important to educate and teach the rules of etiquette using the unique masterpieces created by our ancestors.
Keywords: innovative development, unternational criteria, reading literacy. Foreign experience, assessment of the qulity of education, professional development of teachers, pedagogical observation, philosophical views, ideas, applications.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish,
г<м
234
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi1 tashkil etilib, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha masalan,
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) —boshlang‘ich
4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;
The Programme for International Student Assessment— (PISA) 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash kabi ustuvor mezonlarda quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish belgilandi2:
PISA - The Programme for International Student Assessment — 15 yoshli o‘quvchilarnin go‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
TIMSS - Trends in International Mathematicsand Science Study— 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash;
PIRLS - Progress in International Reading and Literacy Study— boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;
TALIS - The Teaching and Learning International Survey— rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish.
Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi, unga ko‘ra, masalan; o‘quvchilar mustaqil ta’lim olishlari uchun elektron shakldagi ta’limni rivojlantirish, unda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha savollar bazasini yaratish hamda boyitib borishda o‘quvlar tashkil etish kabilar belgilangan. Aynan PISA tadqiqoti baholash topshiriqlari to‘plamida test topshiriqlari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun so‘rovnomalar ustida amaliy mashg‘ulotlarda malaka oshirish kurs
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.
2
PISA 2012 Assessment and Analytical Framework (mathematics, reading, science, problem solving and financial literacy.
235
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
tinglovchilari bilan birgalikda quyidagilarni o‘z ichiga olgan ta’lim yo‘nalishida misol tariqasida “Falsafaviy kafe” topshirig‘i asosida tadqiqot olib borish lozim3: tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-falsafiy, psixologik-pedagogik adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etish; pedagogik kuzatuv; pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish; tadqiqot mavzusi bo‘yicha suhbatlar tashkil etish; tadqiqot natijalarini umumlashtirish.
Amaliy ishning ahamiyati: to‘plangan tajriba materiallarini tahlil qilish, umumlashtirish va ijodiy yondashish asosida ta’lim muassasalarida dars jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro tadqiqotlar talabi darajasida tayyorlash va uning samaradorligini oshirish yo‘llari belgilanadi.
“Falsafaviy kafe” topshirig'i
Kompyuter texnologiyalari asosida ekranda oshxona va undagi o‘zaro suhbatlashayotgan xo‘randalar tasviri namoyishi taqdim etiladi, ma’lumotlarni aynan tasvirli rasmlar va u yerda berilgan matnli ilovalar, ko‘rsatilgan saytlar yordamida vazifa shartlarini bajarish lozim. Rasmli tasvirga yuzlanamiz: o‘ng tomonda 3 nafar falsafashunos: Zenon, Konfutsiy va Bentam, xo‘randalar qatorida falsafa fakulteti o‘quvchilari ham joylashgan. Tasvirlarda olimlarning falsafiy qarashlari aks atgan masalalar matni berilib, o‘ng tomonida yechim topishda foydalanish uchun tarmoqdan giperilova qayd etilgan. 1-ssenariy ilovalarida: “Men boshqa odamlar bilan qanday munosabatda bo‘lishim kerak?”, “O‘zimizni qanday tutishimiz lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyalar qayerdan chiqdi?”, “Odamlar har doim bir narsalar uchun tortishadi” kabi so‘roqlar ustida minglab yillar bo‘yi o‘ylanib kelgan, - degan fikrlar qayd etilgan. Har bir falsafashunos rasmining ustiga bosilsa, sahifa ochilib, ular haqida qisqacha tarixiy axborot va g‘oyalari mavjud bo‘lgan manbalar aks etadi. O‘quvchilarning ko‘pchiligi falsafa ilmi haqida fuzalolarning nominigina bilishi mumkin, ammo ularning hayoti, qarashlari va g‘oyalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi yoki o‘qish vaqtida qunt bilan yondashmaydi. Shuning uchun tasvirlangan ilovalarda berilgan manbalarning qadimgi zamonga tegishli bo‘lishi va hattoki ayrim qarashlar juda eskirib ketganligi bois ham e’tiborni jalb etishi murakkablik darajasida taqdim etilishi kerak. Tasvirli ma’lumot bo‘yicha topshiriq: “O‘zing uchun xohlamaganingni boshqalarga ham ravo ko‘rma” nomli Konfutsiy ta’limotiga oid matn qayd etilgan sayt dan: “Konfutsiy b.z.q.551-479 yillar oralig‘ida yashagan xitoy faylasufi. U uch yoshga to‘lganda otasi vafot etgan, shu sababli onasi bilan birga kambag‘allikni boshidan kechirib, voyga yetadi. Bu Xitoydagi qirg‘inbarot suronli va urush zamoni edi. Konfutsiy atrofidagi odamlarning qiynalayotganini ko‘rib, buni to‘xtatgisi keldi. U mavjud dunyoning tinchligi va
3 “PISA-2018 Kompyuter format xalqaro tadqiqot vositalari”: To‘plam - “Axborot-tahlil markazi” AQ. Astana. 2016-126 bet.
236
http://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
rivojlanishini tiladi. Konfutsiy jamiyatni o‘zgartirish uchun har kim o‘zining yakka tartibini o‘zgartirishi lozim deb hisoblaydi. U bu ayniqsa, xulq-atvori oddiy odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan mulk egalariga tegishli deb hisobladi. Bizning asosiy maqsadimiz atrofimizdagi odamlar bilan kelishib yashash bo‘lishi lozim. Konfutsiyga mos kelishuvchanlikga erishishning ahamiyatli usullaridan biri “Ren” bo‘lib hisoblanadi, uni tarjima qilganda ma’nosi “mehribonlik” degani, bir odamning ikkinchi odamga mehribonlik ko‘rsatishini bildiradi”. 1-So‘roq: “Falsafaviy kafe” saytining sahifasidan “Konfutsiy” ilovasini bosasiz va aks etgan “Ren” so‘zi orqali Konfutsiy nimani yetkazmoqchi bo‘lganligini topishingiz kerak. A. Tinchlik va rivojlanish. B. Suronli va urush zamonida yashagan. C. Mulk egalarining xulq-atvori.
D. Odamlarga bo‘lgan mehribonlik. E. Kelishuvchanlik bilan hayot kechirish. To ‘g‘ri javob: D.
2- so‘roq: 2-ssenariy ekranda tasvirlangan komiks Zenon ilmlarini quyidagicha “Tortning ta’mini ko‘ring”, “Alomat!”, “Nima qilsam ekan?”, “Voy, yo‘q, o‘tgan safar menda shunday odam chidashi qiyin bo‘lgan shish paydo bo‘luvdi” kabi ilovalarda berilgan so‘zlardan faylasufning g‘oyasini aniqlash. A. Biz baxtli hayot kechirishimiz uchun boshqalar bilan ham hisoblashishimiz lozim. B. Biz o‘zimizning tashqi kelbatimizni kutishimiz kerak. C. Biz xohishimizning o‘zimizni bo‘ysundirishimizga yo‘l bermasligimiz lozim. D. Biz o‘tgan narsalarni o‘zgartirishga harakat qilmasligimiz kerak. To ‘g‘ri javob: C.
3- so‘roq: Berilgan saytdan matnga xos vaqt shkalasini topib, 3ta faylasufning (Zenon, Bentam, Konfutsiy) har birining qaysi vatda dunyoga kelganini bilish uchun veb-saytdagi axborotdan foydalanib, kengaytmali faylni shakllantirish kerak. To ‘g‘ri javob: Barcha faylasufshunoslarga tegishli to‘g‘ri sanalarni tanlaydi. A. Konfutsiy: b.z.q. 551-479 B. Zenon: b.z.q. 400-200 C. Bentam: b.z. 1600-1800.4
Shu kabi elektron shakldagi amaliy mashqlarni ham tahliliy izohlashlar orqali o‘rgatish asnosida Xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish maqsadida o‘qitishning innovasion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash masalalariga ijobiy yondashish - davr talabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
4
“PISA-2018 Kompyuter format xalqaro tadqiqot vositalari”: To‘plam - “Axborot-tahlil markazi” AQ. Astana. 2016126 bet.
237
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.
2. PISA 2012 Assessment and Analytical Framework (mathematics, reading, science, problem solving and financial literacy.
3. “PISA-2018 Kompyuter format xalqaro tadqiqot vositalari”: To‘plam -“Axborot-tahlil markazi” AQ. Astana. 2016-126 bet.
4. http://www.tdi.uz/uzTa’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
5. ttp://markaz.tdi.uz/- Ta’lim sifatini baholashda xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi
238
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ