Научная статья на тему 'Ona tili va adabiyot darslarini innovasiyon yondashuv asosida tashkil etish mavzusida tayyorlagan maqolasi'

Ona tili va adabiyot darslarini innovasiyon yondashuv asosida tashkil etish mavzusida tayyorlagan maqolasi Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1621
208
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ta’limiy o’yinlar / texnologik xarita / muammoli vaziyat / innovasion texnologiyalar / interfaol metodlar / educational games / technological map / problematic situation / innovative technologies / interactive methods

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Mamadaliyeva Umida Isroiljonovna

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanlarini o’qitishni pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim samaradorligini oshirish, dars jarayonida ta’limiy o’yinlar o`quvchilarni faol ishtirokiga aylanish yo`llari hamda ona tili va adabiyot fanlaridagi muammoli mavzulardan kelib chiqib, bog’liq muammoni ajratib olish orqali yetuk malakaga ega bo`lishlar masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING INNOVATIVE APPROACH IN UZBEK LANGUAGE AND LITERATURE CLASSES

In this article,increasing efficiency of education, developing participation of pupils in educational games and mastering seperating issues from debateable subjects through using pedagogical technologies in uzbek language and literature classes are shown.

Текст научной работы на тему «Ona tili va adabiyot darslarini innovasiyon yondashuv asosida tashkil etish mavzusida tayyorlagan maqolasi»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINI INNOVASIYON YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MAQOLASI

Mamadaliyeva Umida Isroiljonovna Namangan viloyati Mingbuloq tumani 15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanlarini o’qitishni pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim samaradorligini oshirish, dars jarayonida ta’limiy o’yinlar o'quvchilarni faol ishtirokiga aylanish yo'llari hamda ona tili va adabiyotfanlaridagi muammoli mavzulardan kelib chiqib, bog’liq muammoni ajratib olish orqaliyetuk malakaga ega bo'lishlar masalalariyoritilgan.

Kalitso’zlar: ta’limiy o’yinlar, texnologikxarita, muammoli vaziyat, innovasion texnologiyalar, interfaol metodlar.

ORGANIZING INNOVATIVE APPROACH IN UZBEK LANGUAGE AND

LITERATURE CLASSES

Mamadaliyeva Umida Isroildjonovna School #15 Namangan region Mingbuloq district

Abstract: In this article,increasing efficiency of education, developing participation of pupils in educational games and mastering seperating issues from debateable subjects through using pedagogical technologies in uzbek language and literature classes are shown.

Keywords: educational games, technological map, problematic situation, innovative technologies, interactive methods.

Dunyoning barcha rivojlanayotgan davlatlari (hatto bir qator rivojlangan davlatlar ham) hozirgi globllashuv vaqtda o’z oldiga hamma bolalarni umumiy o’rta ta'lim jarayoniga to’liq qamrab olish masalasini qo’ygan bir vaqtda, mustaqil O’zbekistonimizda ushbu muammo allaqachon muvaffaqiyatli hal etilgan bo’lib, uzluksiz ta’limda masofaviy ta’limni qo’llab, o’quvchilar bilimini baholashda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanmoqda. Bugungi kunda navbatdagi ustuvor vazifa sifatida, sifatli ta'lim-tarbiya berish, ta'limning samaradorligini oshirish masalasi qo’yildi. Ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa,

г<м

182

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini ozlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham ozlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Oqituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yonaltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida oquvchi asosiy figuraga aylanadi.

Shuning uchun umumta'lim maktablarida zamonaviy o'qitish metodlari -interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir.

Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va oquvchilarning birgalikda faoliyat korsatish orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Darslarni innovasion texnologiyalardan foydalanish asosida tashkil etish ijobiy natija beradi, chunki oqituvchi innovasion faoliyat yuritgandagina ta'lim mazmuni ozgaradi.

Oquv mashg’ulotlari samaradorligini oshirishda ona tili va adabiyot darslariga interfaol metodlar va ta'limiy oyinlardan foydalanish oquvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan bir qatorda ularni fanga bo'lgan qiziqishlarini ham orttiradi.Quyida biz ana shunday metodlardan ayrimlari haqida fikr yuritib, ulardan namunalar keltiramiz:

Mashg’ulotni o'tkazish tartibi muammo o'zi nima degan savol asosida mavzuga kirib boriladi. Muammo bilish va bilmaslikning o'rtasi bo'lib, bunda muammoning dolzarbligi va o'ziga xosligi nazarda tutiladi. Bir mavzuga oid qator muammolar olinib, undan eng dolzarblari ajratiladi. Mashg’ulotda o'qituvchi ishtirokchilarni guruhlarga ajratib, darsni o'tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi. Chunki, ushbu texnologiyani amalga oshirish jarayoni bosqichli ketma-ketlik asosida olib boriladi.

Ishtirokchilar dars davomida yakka, juftlikda va kichik guruhda faoliyat olib borishlari tushuntiriladi. Masalan, 6-sinf ona tili darsligida berilgan "Shakl yasovchi qo'shimchalar" mavzusini o’qitishda quyidagi muammoni aniqlash texnologiyasidan foydalanish tavsiya qilinadi:

Muammo turi Muammoning kelib chiqish sababi Muammoning yechimi

Otlarda egalik va fe'llarda shaxs-son shaklini qanday ajratish mumkin Chunki har ikkala shakllar ham bir xil korinishda. M.: kitobim, bordim. Egalik shakllari otlarga bog’lanib, narsa-buyumning egasini bildiradi. Shaxs-son shakl fe'llariga qo'shilib, ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi.

Muammoli ta'limning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u o'quvchiga qo'yilgan muammo yechimini topish uchun ilmiy-ijodiy tafakkur yuritish, jadal va mantiqli fikrlash, so'z va atamalar, asar g’oyasi hamda ma'nosini ozaro qiyoslash, o'zi uchun eng to'g’ri yechim tanlash imkoniyatlarini beradi. Bu

183 HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

texnologiya o'quvchining imkoniyatlaridan ozaro uzviylik va uzluksizlikdan foydalanish, izchil va mantiqiy fikrlash darajasini yaxshilaydi. Organuvchi sub'ektning o'ziga bo'lgan ishonchini mustahkamlanishiga olib keladi, xususiy intellektual iste'dod qirralarini ochishga yo'naltiradi.

Texnologiyaning afzalliklari. O'quvchilar hamkorlikda faoliyat olib boradilar. Muammoni aniqlash ko'nikmalari shakllanadi. Diqqatni idrok qilishni. mantiqiy fikrlashni o'rganadi. Muammolar ichidan dolzarbini ajratib olishni o'rganadi.

Kamchiliklari. Vaqt ko'p sarflanadi. Barcha ishtirokchilarning fikrlari to'liq inobatga olinmasligi mumkin. Ozaro bir to'xtamga kelish uchun ortiqcha mulohazalar qayd etilishi kuzatiladi va h.k.

Muammoli vaziyat va muammoning bayoni. Tafakkur - inson oldida turgan masala va muammolarni yechishga olib keladigan idrok bo'lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi hamda muammoni yechishga qaratilgan bo'ladi.

Muammoning qo'yilishi. Muammonining bir necha yechim yo'llari mavjud ekanligi va ular ichidan eng optimal variantini tanlash shuningdek, muammoning yechimini topish.

Muammoli vaziyatni shakllantirish tamoyillari. Muammoli o'quv toshiriqlari.Muammoli vaziyatlarni yaratish metodi orqali o'quvchilarni turli muammolardan chiqib ketish yo'llarini axtarishga, kezi kelganda ana shu muammoning yechimini topishga yo'naltirish lozimligi tushuntiriladi. Masalan, G’.G’ulomning "Mening o'g’rigina bolam" hikoyasi asosida o'quvchilarni asar matnidan kelib chiqib, muammoni topishga, muammoni keltirib chiqargan sabablar hamda ushbu muammoni hal etish yo'llari haqida fikrlar bildiriladi.Masalan, hikoyadagi o'g’ri haqiqatan ham o'g’rimi, muammosi qo'yilsa, ushbu muammoni keltirib chiqaruvchi sabablar - xalqning og’ir hayotga giriftor bo'lishi, mahalliy sharoitning og’irligi, noto'g’ri davlat boshqaruvi, ishsizlik, xalq boyligi huzurini boshqalar ko'rishi, urushning xalqqa yetkazgan zarari, deya mulohazalar bayon etilsa, muammoni hal etish yo'llari - mamlakat aholisini savodxon qilish, yurtni bosqinchilar zulmidan ozod etish, mingboshi, ellikboshi kabi chalasavod rahbarlar o'rniga savodli xalq vakillaridan tayinlash, ishsizlikni bartaraf etish, jamiyatni yanada rivojlantirishga o'z hissasini qo'shish kabilar nazarda tutiladi.

Muammoli vaziyat yaratish usullari:

- o'qituvchi o'quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo'lini topishni taklif qiladi;

- bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;

- hal etish uchun yetarli bo'lmagan, ortiqcha ma'lumotlar bo'lgan yoki savolning qo'yilishi noto'g’ri bo'lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.

Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:

- o'qituvchi muammoni qo'yadi va o'zi yechadi;

184

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

- oqituvchi muammoni qoyadi va uning yechimini oquvchilar bilan birgalikda topadi;

- oquvchilarning ozlari muammoni qoyadilar va uning yechimini topadilar.

Muammoli vaziyatni yechishda qo 'llaniladigan usullar:

- muammoni turli nuqtai-nazardan o'rganish, tahlil qilish;

- solishtirish, umumlashtirish;

- faktlarni aniqlash va qiyoslash;

- vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish;

- oquvchilarning ozlari aniq savollar qo'yishi va boshqalar.

Bu amaliy mashg’ulotda tinglovchilar quyidagi vazifalarni bajarishlari tavsiya qilinadi:

- O'qituvchilar oz mutaxassislik fanlari boyicha ozlari tanlagan mavzuda darsni eng maqsadga muvofiq muammoli o'qitish turlaridan foydalanib otkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlaydilar va uning asosida guruh ishtirokida shu mashg’ulotni qisqa bayon qilib beradilar va tegishli muhokama otkaziladi.

-Bunda oquvchilarning quyidagi masalalar boyicha bilim, konikma malakalarini yanada mustahkamlash nazarda tutiladi:

-Oquv fani va darslar mavzusini orgatishda ular bilan bog’liq muammoli masalalarni belgilash, ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish. Oquvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish. Zarur oquv vositalarini tayyorlash.

-Muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni korsatish, topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish.

- O quvchilarning muammoni hal etishda yol qoyayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini korsatish. Oquvchilarning notog’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, tog’ri yolni topishlariga komaklashish va boshqalar.

Dars ta’limning mazmuni, metodi va shakli kabi tushunchalar doirasida chegaralanib qolmaydi. Maktabdagi ta’lim, tarbiya va rivojlanishni pedagog va oquvchilarni ozaro hamjihat, hamkorlikdagi faoliyatlari orqali amalga oshirishni nazarda tutadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni alohida ta’kidlash joizki, darsning sifati, samaradorligi o'qituvchi tomonidan unga puxta tayyorgarlik ko'rishiga bog‘liqdir. Bunda dars ishlanmasining hozirgi zamon ilg‘or texnologiyalariga muvofiq holda loyihalanishi alohida o'rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. / Barkamol avlod - 5. O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997. 20-29 betlar.

г<м

185

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,- Xalq ta’limi, 1998, 1-son.

3. “Tilshunoslik atamalarining izohli lug’ati ”. N.Uluqov.Namangan

4. “Darsda hammasi bo'lmasa ham pedagogikaning asosiy qismi markazlashgan”. (Совершенствование процесса обучения. M. 1971. 149 стр.).

186

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.