xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
XALQARO ARBITRAJDA MAXFIYLIK VAOSHKORALIK O'RTASIDAGI
QARAMA QARSHILIKLAR Akmal Akramov Abrorbek Nurmaxammatov https://doi. org/10.5281/zenodo.7367937
Annotatsiya. Ushbu ilmiy ishda maxfiylik tushunchasi milliy qonunchiligimizda xalqaro arbitraj sudlari tomonidan maxfiylikka amal qilish qoidalari, xalqaro davlatlarda arbitraj sudlari yuritilishida xalqaro reglamentlar. konvensiyalar o'rni, AQSh, Belorussiya, fransiya, Kanada va boshqa davlatlarda arbitraj sudida maxfiylik prinsipiga rioya etilishidagi muammolar, xalqaro arbitrajda oshkoralik tushunchasi, oshkoralik va maxfiylik o'rtasida vujudga kelayotgan muammolar o'rganildi va ushbu muammolarni taraflar tomonidan bartaraf etish yo'llari ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar: xalqaro arbitrajda maxfiylik, oshkoralik, YUNISITRÄL qoidalari, UNCITRAL reestri.
Bugungi kunda, chet el investitsiyalarini, shu jumladan, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilishda manfaatdor davlatlar faoliyatining ustuvor yo'nalishi qulay huquqiy muhitni yaratish, qonunlarni va ularni qo'llash amaliyotini takomillashtirish hisoblanadi. Nufuzli, malakali arbitraj sudlari davlatning xalqaro ishbilarmonlik muhitida obro'li qiyofasini shakllantiradi, obro'-e'tiborini mustahkamlaydi, bu esa o'z navbatida iqtisodiyotni barqarorlashtirishga, shu jumladan qulay investitsiya muhitini yaratishga olib keladi. Tijorat sirlari va ishbilarmonlik obro'sining maksimal darajada himoya qilinishini ta'minlash uchun maxfiylik kafolatlari, arbitr sifatida malakali mutaxassislarni tanlash imkoniyati - bularning barchasi xalqaro tijorat arbitrajini investorlar va xalqaro savdo sub'ektlari uchun nizolarni hal qilishning jozibali usuliga aylantiradi.
Shu munosabat bilan YUNISITRÄL Xalqaro savdo arbitraji to'g'risidagi Namunaviy qonun asosida, shuningdek arbitraj muhokamasi sohasida jahon amaliyotini hisobga olgan holda, O'zbekiston Respublikasining «Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida»gi Qonuni qabul qilingan.
Qonun 56 ta moddani qamrab olgan 8 ta bobdan iborat bo'lib, ularda - asosiy tushunchalar, Qonunning qo'llanish sohasi, xalqaro tijorat arbitrajiga hal etish uchun topshiriladigan nizolar, arbitrlarning va arbitraj muhokamasi boshqa ishtirokchilarining immuniteti, arbitraj sudining mustaqilligi, sud aralashuvining chegaralari, sudning vakolati, yozma xabarlarni olish, e'tiroz bildirish huquqidan voz kechishga oid normalar belgilangan.
Mazkur Qonunning 53-moddasiga ko'ra, agar taraflar boshqacha kelishib olmagan bo'lsa, arbitraj muhokamasi va arbitraj muhokamasi uchun tayyorlangan hamda ushbu muhokama jarayonida tayyorlangan barcha hujjatlar maxfiy xususiyatga ega bo'ladi, bundan ushbu axborotni oshkor etish:
1) qonunchilikka muvofiq tarafning majburiyati bo'lgan;
2) uchinchi shaxslarni huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilishga yoki uni amalga oshirishga qaratilgan;
3) arbitrajning hal qiluv qarorini ijro etish yoki ushbu qaror yuzasidan sudda nizolashish uchun zarur bo'lgan hollar mustasno ekanligi belgilab qo'yilgan.
Maxfiylik ko'pincha xalqaro arbitrajning asosiy afzalliklaridan biri sifatida qaraladi. Masalan, maxfiylik maxfiy ma'lumotlarning oshkor etilishini va jamoatchilik fikrining ta'sirini
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
kamaytiradi. Maxfiylikni maxfiylikdan farqlash kerak, chunki faqat arbitraj kelishuvi taraflari sud majlisida qatnashishi va arbitraj muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Arbitraj muxokamasi maxfiyligi uchinchi shaxslarning jarayonga aralashishiga yo'l qo'ymasligini nazarda tutsa, konfidensiallik esa taraflarning arbitraj muhokamasi bilan bog'liq ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatlarini bildiradi.
Maxfiylik prinsipi amal qilishi boyicha turli davlatlarning milliy arbitraj qonunchiligidagi farqlar mavjudligi tufayli xalqaro arbitrajda maxfiylikni tartibga solish bo'yicha qarama qarshiliklr vujudg keladi. Xalqaro arbitraj konventsiyalarida maxfiylik to'g'risida aniq tushuncha berib o'tilmagan. Mazkur holatda mafiylik prinsipining doirasi milliy qonunchilik bilan belgilanadi.
Xalqaro arbitrajda maxfiylik boyicha partiyalar avtonomligi tushunchasi mavjud. Bunda taraflar arbitraj muhokamasining maxfiyligi to'g'risida kelishib olish huquqiga ega. Bu huquq zamonaviy huquq tizimlarida tan olingan partiyalar o'zlarini xalqaro maydonda avtonomlikni amalga oshirishidan kelib chiqadi. Ular arbitraj muhokamasi bo'yicha, maxfiylik to'g'risida shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday kelishuvlar vaqtinchalik choralar yoki boshqa tegishli himoya vositalari bilan himoyalanishi mumkin bo'lgan huquqlarni ta'minlaydi.
Biroq, maxfiylik to'g'risidagi shartnomalar uchinchi tomonlarni emas, balki faqat ushbu shartnoma taraflarini bog'laydi, shuning uchun uchinchi shaxslar olingan materiallarni hech qanday maxfiylik cheklovlarisiz oshkor qilishlari mumkin.
Angliya, Fransiya va AQShda maxfiylikni saqlash majburiyati tomonlar maxfiylik qoidalariga aniq rozi bo'lmagan hollarda, milliy sudlar maxfiylikni saqlash bo'yicha nazarda tutilgan majburiyatlarni ta'minlashlari mumkinligini belgilab beradi.
Xususan, agarda taraflar maxfiylik boyicha kelishuvga erisha olmagan bo'lsalar, ingliz sudlari arbitraj kelishuvi mavjudligi sababli maxfiylik bo'yicha nazarda tutilgan majburiyatlarni o'zlari o'rnatadilar. Ingliz sudlari arbitraj muhokamasining maxfiyligini maxfiylik majburiyati deb hisoblashadi. Ushbu qarorlarning mantiqiy asosi shundaki, nazarda tutilgan majburiyat arbitraj sudining o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Biroq, agar biron bir tomonning huquqlarini himoya qilish uchun oshkor qilish zarur bo'lsa, bu prezumpsiya sud tomonidan rad etish mumkin. Ingliz sudlari odatda arbitraj muhokamasi materiallarini himoya qiladi, shu bilan birga taraflarning huquqlarini himoya qilish uchun arbitraj sudining qarorlarini oshkor qilishga ruxsat beradi.
Fransiya qonunchiligiga ko'ra, dastlabki sud amaliyotida arbitraj muhokamasi arbitraj kelishuvidan kelib chiqadigan maxfiylik majburiyatiga bog'liqligini ko'rsatdi. Biroq, keyinchalik Frantsiya ichki arbitraj uchun aniq maxfiylik majburiyatini o'z ichiga olgan qonunchilikni qabul qildi, bu xalqaro arbitrajga tatbiq etilmagan. Ushbu istisno xalqaro investitsion arbitrajda shaffoflikni oshirish tendentsiyasining natijasi sifatida tushuntirildi. Xalqaro tijorat arbitraji uchun fransuz sudlari tomonidan ilgari tan olingan majburiyat o'z kuchini saqlab qoladi, deb bahslashish mumkin. Biroq, bu noaniqlik tufayli, Fransiyada arbitraj uchun, arbitraj kelishuviga maxfiylik bandini kiritish tavsiya etiladi.
Qo'shma Shtatlarda tomonning so'rovidan keyin ko'pincha arbitraj muhokamasini oshkor qilish holatiga yo'l qo'yiladi. Sudlar odatda arbitraj muhokamasida vakillik, dalillar va stenogrammalarni ishlatishga ruxsat beradi. Biroq, bu maxfiylik bo'yicha nazarda tutilgan majburiyatga ta'sir qilmaydi. Ba'zan sud arbitraj kelishuvida maxfiylik to'g'risidagi aniq
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
qoidalarga yoki arbitraj sudining qonunchiligiga binoan maxfiylik bo'yicha yashirin majburiyatlarning mavjudligiga qaramay stenogrammadan foydalanadi.
Maxfiylik har doim xalqaro tijorat arbitrajining afzalliklaridan biri hisoblangan. Doktrinalarda va arbitraj amaliyotida bu muammoga ikkita qarama-qarshi yondashuv mavjud. Klassik yondashuvga ko'ra,"ko'zda tutilgan maxfiylik" mavjud arbitrajning xususiy huquqiy tabiati" (Dolling-Baker v Merret (1990) sifatida namoyon boladi. Bu yondashuv Angliya, Shveytsariya, Fransiyada rivojlangan. Biroq, hozirgi xalqaro tijorat arbitrajining rivojlanish tendentsiyasi maxfiylik prezumpsiyasini rad etish va bir qator qoidalarni joriy etish tarafdori hisoblanadi. Ushbu tamoyildan istisnolar Avstraliya, AQSh davlatlaridagi huquq tizimi mamlakatlari uchun xosdir.
Arbitraj institutlari va reglamentlaridagi maxfiylik prinsipining ayrim istisno holatlari qo'llanilmoqda: o'z huquqlarini himoya qilish, jamoat manfaatlari yoki odil sudlovni himoya qilish zarurati vujudga kelganda; boshqa tarafning ishni oshkora tartibda ko'rishga roziligi mavjud bo'lganda; sud hal qiluv qarorini ijro qilish zarurati. Fakatgina ayrim arbitraj bo'yicha reglamentlar maxfiylik masalasi bo'yicha qoidalarni o'zida nazarda tutadi. Lekin hamma uchun bir xil bo'lgan maxfiylik tushunchasi belgilab qo'yilmagan. Arbitraj shartnomasini tuzishda u yeki bu reglament qoidalariga amal qilinishi bo'yicha shart qo'yishdan oldin reglament qoidalari bilan tanishib chiqish, undagi maxfiylik bo'yicha shartlashuv kimning majburiyatiga aylanishi va qaysi holatlarda maxfiylik qoidalaridan istisno qilish mukinligi masalalarini ko'rib chiqish lozim bo'ladi. Qoida bo'yicha maxfiylikni saqlash, taraflar, arbitraj sudi, ekspertlar, guvohlar zimmalariga tushadi. Maxfiylik shartnomasining predmeti arbitr muhokamasi, protsessual yeki boshqa hujjatlar, nizoning mavjudligi holati, sud muhokamasi ishtirokchilarining shaxsi, arbitraj sudi hal qiluv qarori bo'lishi mumkin.
Belorussiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudi reglamenti maxfiylik prinsipini umumiy qoidalar asosida tartibga soladi. Reglamentning 13 bandida ishlarni maxfiy tarzda ko'rilishi bo'yicha umumiy prinsip mavjud, mazkur prinsip Reglamentning 16 bandida mazmuni ochib berilgan, unga ko'ra, agar taraflar tomonidan ishni ochiq tartibda ko'rib chiqish bo'yicha qaror qabul qilinmagan taqdirda ishni muhokamasi yopiq tarzda olib borilishi ko'rsatilgan.
Xalqaro arbitraj sudi a'zolari, va boshqa xodimlari, boshqa arbitrlar yopiq sud majlisida ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, sud tomonidan taraflarning xoxishiga ko'ra ikki kishidan ko'p bo'lmagan shaxslarni sud majlisiga kiritishi mumkin. Yopiq sud majlisi ishtirokchilari sud muhokamasi bo'yicha olingan ma'lumotlarni sir tutishlari shartligi haqida barcha ishtirokchilarga e'lon qiladi. Ko'rib turganimizdek, Belarussiya Respublikasi arbitraj sud bo'yicha qonunchiligida umumiy qoidalar o'z aksini topgan xolos. Reglamentda maxfiylik bo'yicha aniq qoidalar o'rnatilmagan. Mazkur holatda himoya choralari bo'yicha alohida normalarning o'rnatilmaganligi ikkinchi tarafga qulaylik vujudga keltirib qonunni sharxlashda ustunlik berishi mumkin.
Xalqaro arbitraj amaliyotida quyidagi himoya vositalari uchrab turadi. Ular: sud taqiqi, zararlarni qoplash bo'yicha va da'voni ta'minlash bo'yicha choralarni ko'rish. Biroq taraflar tomonidan sudning u yoki bu himoya choralari ko'rilishida asosli qaror chiqarayotganligi bo'yicha nizolar kelib chiqishi, shuningdek, maxfiylik buzilganligi sababli kelib chiqqan zararlar bo'yicha noroziliklar bo'lishi extimoli mavjud. Ko'pchilik holatlarda sudlar masalani qanday
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
tartibga solish bo'yicha aniq qoidalar reglamentda mavjud bo'lmaganda, ularni bu maxfiylik masalasi bo'yicha masalani yechishga vakolatlari yo'qligini ko'rsatadilar.
Taraflarga kelajakda shartnoma yuzasidan nizolarni ko'rib chiqishda arbitraj sudida kelishmovchiliklar vujudga kelmasligi uchun quyidagilar maslahat beriladi: shartnomaga maxfiylik bo'yicha xalqaro hujjatlarga amal qilish bo'yicha shart kiritish; alohida maxfiylik bo'yicha shartnoma tuzish, arbitraj sudlovi jarayoni bo'yicha reglament tanlashda aniq qoidlar to'liq aks etganligiga alohida e'tibor qaratish va uni amal qilishini shartnomaga kiritish.
2013 yilda Birlashgan Millatlar tashkilotining xalqaro savdo huquqi bo'yicha komissiyasi (UNCITRAL) xalqaro shartnomalar asosida investorlar va davlatlar o'rtasidagi arbitraj muhokamasi sharoitida shaffoflik qoidalarini ishlab chiqdi.
Mazkur qoidalar UNCITRAL arbitraj reglamentining ajralmas qismiga aylandi. Qoidalar sakkizta normani o'z ichiga oladi. Birinchi norma hujjatni qo'llash sohasiga bag'ishlangan. Qoidalar 2014 yil 1 aprelda yoki undan keyin tuzilgan xalqaro investitsiya shartnomalari boyicha UNCITRAL arbitraj qoidalariga muvofiq qo'zg'atilgan investorlar va qabul qiluvchi davlatlar o'rtasidagi nizolar boyicha qo'llaniladi.
Qoidalar xalqaro shartnoma taraflari boshqacha kelishuv tuzishlarini rad etmaydi. Qoidalar, agar arbitraj muhokamasi taraflari ularni qo'llashga rozi bo'lsa yoki xalqaro investitsiya shartnomasi taraflari 2014 yil 1 apreldan keyin kelishib olgan bo'lsa ham qo'llanilishi mumkin.
Mazkur Qoidalar nafaqat UNCITRAL arbitraj reglamentlari bo'yicha qo'llanilishi mumkin, balki boshqa arbitraj reglamentlari bo'yicha ham qo'llanilishi mumkin..
Shuni ta'kidlash kerakki, qoidalar agar bu xalqaro shartnomada nazarda tutilmagan bo'lsa nizo taraflariga orqaga chekinish imkoniyatini bermaydi.
Hozirgi vaqtda foydalanishda ijobiy natijaga erishish maqsadida Kanada bilan bog'liq to'rtta investitsiya nizolari bo'yicha hujjatlar UNCITRAL reestriga kiritilgan.
Taraflardan biri arbitraj to'g'risida xabar olganidan so'ng, darhol xabarnomaning nusxasini UNCITRAL axborot zaxirasiga yuboradi.
Da'vogar yoki javobgar tomonidan da'vo nusxasi axborot saqlovchi zaxiraga kiritilgandan so'ng zaxira tomonlarning nomlari, ular tomonidan amal qilinaetgan reglament, qaysi soha bo'yicha ya'ni iqtisod, qishloq xo'jaligi, ishlab chiqarish, energetika sohalari bo'yicha ajratib oladi.
Oshkor etilishi mumkin bo'lgan hujjatlar arbitraj tomonidan tomonlarga tanishib chiqish uchun berilgan tilda va shaklda yuboriladi va axborot zaxiraida saqlanadi. Hujjatlarni olishga ruxsat berilgan taraf hujjatlarni yuborish, nusxa ko'chirish xarajatlarini berishi lozim bo'ladi.
Qoidalarning 3-moddasida ochiq e'lon qilinishi mumkin bo'lgan hujjatlar ro'yxati keltirib o'tilgan. Bular: arbitraj bo'yicha xabarnoma, arbitraj xabarnomasiga javob; da'vo arizasi; da'vo bo'yicha e'tiroz, nizo taraflarining yozma da'volari va iltimosnomalari; yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarga keltirilgan dalillar ro'yxati, ekspertlar xulosasi, guvohlar ko'rsatmalari, uchinchi shaxslrning da'volari, muhokama bayonnomalari, arbitraj sud qarorlari.
Xalqaro shartnomalar asosida investorlar va davlatlar o'rtasidagi arbitraj muhokamasi sharoitida shaffoflik qoidalari bo'yicha sud muhokamasi ochiq tarzda o'tkaziladi. Lekin maxfiy axborotni sir tutilishi lozim bo'lgan holatda sud tomonidan muhokamaning ayrim qismlar i ya'ni maxfiy hujjat bilan bog'liq qismi bo'yicha ish ko'rilayotgan paytda sud majlisi yopiq tarzda o'tkazilishi mumkin. Taraflar bilan maslahatlashgndan so'ng qaysi bir ma'lumotlar maxfiy bo'lishi bo'yicha kelishib olinadi. Arbitraj tomonidan hujjatdagi qaysi axborotlar oshkor etilishi
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
mumkinligi masalasi ko'rib chiqiladi, bunda hujjatdagi maxfiy deb topilgan qism taraflar tomonidan chaqirib olinadi. Shu bilan birga arbitraj sud tomonidan javobgar tomonning davlatidan xafsizlikka va manfaatlarga zarar yetkazuvchi ma'lumotlarni oshkor qilishni talab qtilishi mumkin emas.
Qoidalarda quyidagi ma'lumotlar himoya qilinadi:
a) maxfiy tijorat ma'lumotlari;
b) xalqaro shartnomaga muvofiq oshkoralikdan himoyalangan ma'lumotlar;
c) oshkoralikdan himoyalangan ma'lumot; Ma'lumot javobgar davlat tomonidan, davlat qonuniga muvofiq taqdim etilgan bo'lsa, boshqa ma'lumotlar bo'lsa-har qanday qonun yoki qoidalarga muvofiq, arbitraj sudi bunday ma'lumotlarni oshkor qilish yoki qilmaslik masalalarini ko'rib chiqadi;
d) oshkor etilishi qonun hujjatlariga rioya qilinishiga to'sqinlik qiladigan ma'lumotlar (Qoidalarning 7-moddasi 2-bandi).
Nizo taraflari bilan maslahatlashgandan so'ng, arbitraj sudi maxfiy yoki himoyalangan ma'lumotlarning oshkor qilinishini oldini olish choralarini ko'radi.
Konventsiya ushbu moddada ko'rib chiqilgan qoidalarni investorlar va davlatlar o'rtasidagi har qanday arbitraj muhokamasiga tatbiq etishni nazarda tutadi.
Ushbu Mavrikiya konventsiyasining muqaddimasida o'z ifodasini topgan Mavrikiy konventsiyasini ishlab chiquvchilarning fikriga ko'ra, " shaffoflik qoidalari muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Xalqaro investitsiya nizolarini adolatli va samarali hal etish uchun kelishilgan huquqiy asosni shakllantirishga qo'shgan hissasi shaffoflikni oshiradi, javobgarlik va yaxshi boshqaruvga hissa qo'shadi..."
Xalqaro biznes bozorining yirik sub'ektlari o'rtasidagi nizolarni ko'rib chiqishda, ma'lum ma'lumotlarni oshkor qilishda zarar etkazish xavfi tufayli, ko'pincha maxfiylik masalasi paydo bo'ladi. Maxfiylik tushunchasi bir necha jihatlarni nazarda tutadi. Birinchidan, arbitraj muhokamasining maxfiyligi oshkoralikni istisno qiladi, ya'ni uchinchi shaxslar (shu jumladan matbuot, jamoatchilik), har xil turdagi tashkilotlar arbitraj muhokamalarida ishtirok etishga yoki tomonlarning tegishli roziligi olinmasa, tomonlarning ishi materiallariga kirishni talab qilishga haqli emas.
Arbitraj sudining hakamlari va xodimlari taraflar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashlari, bunday ma'lumotlarni taqdim etishda arbitraj sudining tarafi bo'lmagan shaxsning so'rovini rad etishlari kerak. Maxfiylikni huquqiy belgilashda ushbu kontseptsiya ikki jihat bilan belgilanadi, ya'ni maxfiylik prinsipini tarqatish predmeti va ob'ekti. Maxfiylikning subyektiv jihati maxfiylikni saqlash majburiyatining egasi kimligini aniqlaydi, masalan, arbitraj muhokamasi taraflari, arbitraj sudyalari, arbitraj sudi kotibiyati, arbitraj muhokamasi taraflari vakillari (advokatlar, advokatlar), shuningdek protsessda ishtirok etadigan uchinchi shaxslar. Maxfiylik prinsipining ob'ektiv tarafi nuqtai nazaridan, ushbu prinsipga bo'ysunadigan ob'ektlar (hujjatlarning) hisobga olinishi kerak, masalan, tinglash jarayonida oshkor qilingan ma'lumotlar (dalillar), hakamlarning buyruqlari va qarorlari (protsessual hujjatlar), tomonlarning har qanday yozma arizalari, shu jumladan bunday ma'lumotlarga qo'shimchalar, tomonlarning tafsilotlari va boshqalar. Arbitraj sudlarining qoidalarida ushbu prinsip kimga va nimaga tegishli ekanligi aniq ko'rsatilgan. London xalqaro arbitraj sudining arbitraj qoidalariga muvofiq (30-moddaning 1-qismi), birinchi navbatda, arbitraj muhokamasi ishtirokchilari barcha arbitraj qarorlari va uni o'tkazish uchun yaratilgan
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
arbitraj muhokamasining barcha boshqa materiallari, shuningdek boshqa hujjatlar va arbitraj muhokamasining mazmunini maxfiy saqlashga majburdirlar. Savdo palatasi huzuridagi arbitraj institutining Reglamenti Stokgolm shuningdek, maxfiylik to'g'risidagi qoidani o'z ichiga oladi va ushbu prinsipning shahar savdo palatasiga tarqalishini belgilaydi.
Maxfiylik qoidalari va ushbu prinsipga rioya qilish majburiyatlari Parij Savdo sanoat palatasi arbitraj Reglamentida keng tavsiflangan. Ikkala tomonning iltimosiga binoan arbitraj tarkibi arbitraj muhokamasining maxfiyligi to'g'risida buyruq chiqarishi, tijorat sirlari va maxfiy ma'lumotlarni himoya qilishga qaratilgan choralarni ko'rishi mumkin (22-moddaning 3-qismi).Parij Savdo sanoat palatasi arbitraj Reglamenti (ICC) Xalqaro arbitraj sudining Nizomi tarkibiga kiradi, shu sababli ishida ishtirok etadigan har qanday shaxs uchun sud majlisi maxfiy xarakterga ega.
Ushbu Nizom"sud va uning kotibiyati ishiga tegishli materiallar"ni ham maxfiylikni tarqatish ob'ektlari deb ta'riflaydi. UNCITRAL arbitraj reglamentida sud majlisini maxfiylikka rioy etilishi boyicha aniq qoidalar nazarda tutiladi (28 modda), ammo tomonlarning maxfiylikni saqlash boyicha majburiyatlari va maxfiylik ob'ekti boyich aniq qoidalarni qamrb olmaydi.
Ukraina TPP huzuridagi (MKAS) Arbitraj reglamentiga muvofiq (12-modda), arbitraj raisi, uning o'rinbosarlari, arbitrlari va kotibiyati o'zlariga ma'lum bo'lgan ma'lumotlarga nisbatan maxfiylikni saqlashlari shart.
Maxfiylik prinsipi e'tiborsiz qoldirilgan holatlar ham mavjud. Masalan, esso Australia Resources Ltd va boshqalar Plowmanga qarshi (energiya va minerallar uchun Minister) ishida Avstraliya Oliy sudi maxfiylik arbitraj muhokamasining ajralmas qismi emasligini va qonundato'g'ridan-to'g'ri ko'rsatma yoki tomonlarning aniq kelishuvi bo'lmagan taqdirda, arbitraj shartnomasining o'zi maxfiylik majburiyatini o'z ichiga olmasligini, ishni ko'rib chiqish jarayonida olingan ma'lumotlarni oshkor qilishni taqiqlash to'g'risida sud majburiyatga ega emasligini takidlaydi. Sud davlatlar organlari o'rtasidagi ushbu nizoda tomonlar nazorat qiluvchi organ bo'lgan va butun jamiyat manfaatlari yo'lida faoliyat yuritadigan Avstraliya energetika vazirligiga malumotlarni berish maxfiylik bilan bog'liq emasligini ta'kidladi. Bulgarian Foreign Trade bank Ltd ishida. va boshqalar A. I. Trade Finance Inc. Shvetsiya oliy sudi apellyatsiya sudi tomonidan Arbitraj sudi qarorini bekor qilish bo'yicha qaroriga qo'shildi. Ushbu qarorda ko'tarilgan masalalar arbitraj shartlri va tomonlar maxfiylik majburiyati bilan bog'liq edi. Ushbu ishda arbitraj sudi maxfiylik majburiyatlarini bajarmaganligi aniqlangan. 1929 yildagi Shvetsiya arbitraj to'g'risidagi qonunida bunday majburiyatni nazarda tutmaydi. A. I. Trade Finance Inc. Bulgarian Foreign Trade bank Ltd maxfiylik majburiyatlari bilan bog'liqlik haqida. Birlashgan Millatlar tashkilotining Evropa iqtisodiy komissiyasining arbitraj qoidalariga asoslanib, "ish faqat ikkala tomon ham talab qilishi sharti bilan ochiq eshiklar ostida ko'rib chiqiladi" (29-modda). Bulgarian Foreign Trade Bank Ltd. uning ta'kidlashicha, bunday talqin, garchi u butun jarayonga tegishli bo'lsa - da, lekin so'zma-so'z shakllantirish faqat og'zaki tinglash bilan bog'liq. Sudning fikriga ko'ra, maxfiylik masalasini hal qilishning boshlang'ich nuqtasi shundaki, arbitraj muhokamasi kelishuvga asoslanadi. Arbitraj xususiy xarakterga ega bo'lsa-da, u qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu ishda arbitraj sudi arbitraj muhokamasi arbitraj qonunchiligida belgilangan qoidalarga asosan davlat sudlariga mkonunchiligiga ko'ra yoki xavfsizlik choralarini ko'rishda, dalillarni yozishda yoki sud muhokamalariga qarshi chiqishda ochiq bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. Shvetsiya Oliy sudining fikriga ko'ra, agar taraflar bunga rozi bo'lmasa arbitraj sudi tarafi maxfiylik majburiyatlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin emas.
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi rivojlanib borayotgan davrda davlatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivoji, o'zlarining xususiy iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni vujudga keltirmoqda. O'zlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida davlatlar o'zaro huquqiy hamkorlik masalalariga alohida etibor berishmoqda. Xalqaro savdo-iqtisodiy integratsiyalashuvni huquqiy jihatdan himoya qilishning ustuvor yo'nalishlari, vazifa va maqsadlari o'zaro ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama shartnomalarda o'z aksini topmoqda. Iqtisodiy-siyosiy munosabatlarni tartibga solish masalalari xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinmoqda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojilanishi davlatlar o'rtasidagi va ularning subyektlari o'rtasida vujudga keladigan nizolarni bartaraf etishni ham nazarda tutadi. Ushbu nizolarni hal qilish uchun xalqaro tijorat arbitrajlari yordamga keladi.
Xalqaro arbitraj sudlarida ish olib borilishida maxfiylik qoidasi amal qiladi, lekin xalqaro arbitrajda maxfiylik tushunchasiga aniq chegaralar belgilanmaganligi, ayrim holatlarda ishlarni ko'rilishida taraflar tomonidan aniq qoidalar o'rnatilmaganligi sababli sud muhokamalari ochiq tartibda olib borilishiga yo'l qo'yilishi, sud hal qiluv qarorlarini ochiq tarzda e'lon qilinishi holatlari, uchinchi shaxslarning manfaatlari vujudga kelgan holatda sud ochiqlikka yo'l qo'yishi holatlari yuzaga keladi, bu esa taraflar obro'siga putur yetkazishi yoki tijorat siri bilan bog'liq ma'lumotlar oshkor bo'lib qolishi natijasida taraflarga zarar yetkzilishi holatlari vujudga kelmoqda.
Shu bilan birga sud muhokamasida ochiqlik prinsipiga amal qilinishini ijobiy taraflari mavjud. Sud muhokamasi ochiq tarzda bo'lganda, arbitraj sudi odil bo'lishiga ishonch yuqori darajada bo'lishi, uchinchi taraflarning manfaatlari ham himoya qilinishi, boshqa shu kabi nizolar vujudga kelganda ishning hal bo'lishi bo'yicha boshqa investorlarda huquqiy tajriba oshishida ahamiyatli hisoblanadi.
Taraflar o'rtasida ishni arbitraj sudida ko'rilishida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun arbitraj shartnomasini tuzishda u yeki bu reglament qoidalariga amal qilinishi bo'yicha shart qo'yishdan oldin reglament qoidalari bilan tanishib chiqish, undagi maxfiylik bo'yicha shartlashuv kimning majburiyatiga aylanishi va qaysi holatlarda maxfiylik qoidalaridan istisno qilish mukinligi, shartnomaga maxfiylik bo'yicha xalqaro hujjatlarga amal qilish bo'yicha shart kiritish; alohida maxfiylik bo'yicha shartnoma tuzish, arbitraj sudlovi jarayoni bo'yicha reglament tanlashda aniq qoidalar to'liq aks etganligiga alohida e'tibor qaratish va uni amal qilishini shartnomaga kiritish masalalarini ko'rib chiqish lozim bo'ladi.
REFERENCES
1. Гэри Борн, Международный коммерческий арбитраж, Второе издание, глава 20: Конфиденциальность в международном арбитраже, п. 2782.
2. Akramov, A., & Kalkonov, R. (2022). Importance of application of unidroit principles in the republic of Uzbekistan and its place in the legislative system. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(4), 287-292.
3. Bakhramova, M. (2022). Legal Regulation of Electronic Arbitration: Recognition and Execution of its Decisions. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 5, 412-415.
4. Bahramovna, B. M. (2022). Raqamli makonda onlayn nizolar tushunchasi va ularning huquqiy maqomi. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 163-168.
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
5. Gulyamov, Said, and Mokhinur Bakhramova. "Digitalization of International Arbitration and Dispute Resolution by Artificial Intelligence." World Bulletin of Management and Law 9 (2022): 79-85.
6. Gulyamov, S., & Yusupov, S. (2022). Issues of Legal Regulation of Robotics in the Form of Artificial Intelligence. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 5, 440445.
7. Rustambekov, Islambek, and Mokhinur Bakhramova. "Legal Concept and Essence of International Arbitration."
8. Lourens T. Protsessning maxfiyligi va oshkor etilishi // Sud jarayoni va arbitraj. 2009. 14-19-betlar.
9. Crookenden S. Arbitrajning maxfiyligi masalalarini kim hal qilishi kerak // Arbitraj Xalqaro. 25-jild. No 4. 2009. B. 603-614.
10. Kyriaki N. Xalqaro tijorat arbitrajida maxfiylik / Berlin: Springer Verlag
11. Викторова Н. Н. К вопросу о применении правил ЮНСИТРАЛ о прозрачности в контексте арбитражных разбирательств
12. Н. Н. К вопросу о применении правил ЮНСИТРАЛ о прозрачности в контексте арбитражных разбирательств//Вестник университета имени О.Е.Кутафина 2015 http//cyberleninka.ru
13.http://www.uncitral.org/uncitral/ru/uncitral_texts/arbitration/2014Transparency.html (дата обращения: 10.01.2014).
14. Yukos Universal Ltd. (UK, Isle of Man) v. Russian Federation . URL: http://www.encharter.org/fileadmin/user_upload/InvestorState_Disputes/Yukos_Final_Award_-_18_July_2014.pdf ; Hulley Enterprises Ltd. (Cyprus) v. Russian Federation. URL: http://www.encharter.org/fi leadmin/user_ upload/Investor-State_Disputes/Hulley_Final_Award_-_18_July_2014.pdf; Veteran Petroleum Trust (Cyprus) v. Russian Federation. URL: http://www.encharter.org/fi leadmin/user_upload/ Investor-State_Disputes/Veteran_Petroleum_Final_Award_-_18_July_2014.pdf (дата обращения: 17.01.2015).
15. Резолюция Генеральной Ассамблеи ООН, принятая 10 декабря 2014 г. /RES/69/116.URL:http://daccess-dds
16.RosInvest Co UK Ltd. v. Russian Federation. Under BIT. Final Award. SCC Case No. V079/2005. Stockholm. 12 September 2010. URL: http://www.arbitrations.ru/library/case-law/investmentarbitration.php (дата обращения: 09.01.2015).
17.Tokios Tokeles v. Ukraine (ICSID Case No. ARB/02/18). URL: https://icsid.worldbank.org/apps/ICSIDWEB/cases/Pages/casedetail.aspx?CaseNo=ARB/02/18& tab=DOC (дата обращения: 10.01.2015).