Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINING ASOSIY SABABLARI VA UNGA IMKON BERAYOTGAN SHART-SHAROITLAR'

VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINING ASOSIY SABABLARI VA UNGA IMKON BERAYOTGAN SHART-SHAROITLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
353
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqbuzarlik / taraqqiyot / jamiyat / tarbiya / jinoyatchilik. / преступность / развитие / общество / образование / преступность.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Usmonova, Naima Toxir Qizi

Bugungi kunda kelajagi buyuk davlat fuqarosi bo‘lgan komil insonni tarbiyalamasdan, uning siyosiy ongi, madaniyati, ma’naviyati, ijtimoiy va yaratuvchanlik faoliyatini yuksak darajaga ko‘tarmasdan turib, barqaror taraqqiyotga erishish mumkin emas. Yoshlarni jamiyatdagi faolligini oshirishda, hayotdagi rolini, o‘rnini aniqlashda ma’naviy, axloqiy tarbiya va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlarning o‘rni nihoyatda kattadir. Ammo bugungi kunda mamalakatimizda yosh avlodning bilim olishi va o‘z ustida ishlab, ona vatanimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan yetuk malakali inson bo‘lib kamol topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramasdan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar ko‘nglimizni bir oz xira qiladi. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining asosiy sabablari va unga imkon berayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОСНОВНЫЕ ПРИЧИНЫ ПРЕСТУПЛЕННОСТИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ И ВОПРОСНЫЕ СОСТОЯНИЯ

Сегодня невозможно добиться устойчивого развития без воспитания совершенного человека, который в будущем станет гражданином великой страны, без поднятия его политического сознания, культуры, духовности, общественной и творческой активности на высокий уровень. Чрезвычайно важна роль духовно-нравственного воспитания и созданных условий для молодежи в повышении ее активности в обществе, определении ее роли и места в жизни. Однако, несмотря на созданные в нашей стране для молодого поколения возможности учиться и работать над собой, чтобы стать зрелыми и квалифицированными людьми, служащими интересам нашей Родины, правонарушения и преступления, совершаемые среди несовершеннолетних, нас несколько огорчают. Обсуждаются основные причины преступности несовершеннолетних и условия, которые делают ее возможной.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINING ASOSIY SABABLARI VA UNGA IMKON BERAYOTGAN SHART-SHAROITLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINING ASOSIY SABABLARI VA UNGA IMKON BERAYOTGAN SHART-SHAROITLAR

Usmonova Naima Toxir qizi

Leytenant, Jizzax viloyati Zarbdor tumani IIB JXX HPB VYMB inspektor-psixologi

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda kelajagi buyuk davlat fuqarosi bo 'lgan komil insonni tarbiyalamasdan, uning siyosiy ongi, madaniyati, ma'naviyati, ijtimoiy va yaratuvchanlik faoliyatini yuksak darajaga ko 'tarmasdan turib, barqaror taraqqiyotga erishish mumkin emas. Yoshlarni jamiyatdagi faolligini oshirishda, hayotdagi rolini, o'rnini aniqlashda ma'naviy, axloqiy tarbiya va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlarning o 'rni nihoyatda kattadir. Ammo bugungi kunda mamalakatimizda yosh avlodning bilim olishi va o 'z ustida ishlab, ona vatanimiz manfaatlari yo'lida xizmat qiladigan yetuk malakali inson bo'lib kamol topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramasdan, voyaga yetmaganlar o'rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar ko 'nglimizni bir oz xira qiladi. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining asosiy sabablari va unga imkon berayotgan shart-sharoitlar haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: huquqbuzarlik, taraqqiyot, jamiyat, tarbiya, jinoyatchilik.

АННОТАЦИЯ

Сегодня невозможно добиться устойчивого развития без воспитания совершенного человека, который в будущем станет гражданином великой страны, без поднятия его политического сознания, культуры, духовности, общественной и творческой активности на высокий уровень. Чрезвычайно важна роль духовно-нравственного воспитания и созданных условий для молодежи в повышении ее активности в обществе, определении ее роли и места в жизни. Однако, несмотря на созданные в нашей стране для молодого поколения возможности учиться и работать над собой, чтобы стать зрелыми и квалифицированными людьми, служащими интересам нашей Родины, правонарушения и преступления, совершаемые среди несовершеннолетних, нас несколько огорчают. Обсуждаются основные причины преступности несовершеннолетних и условия, которые делают ее возможной.

Ключевые слова: преступность, развитие, общество, образование, преступность.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sodir etilishiga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni o'rganmasdan turib jinoyatchilik muammosini atroflicha tahlil qilib bo'lmaydi. Chunki ushbu muammoni keltirib chiqaruvchi sabab va shart -sharoitlar davlat va jamiyat hayotida o'rin tutib kelayotgan mavjud muammolar bilan bevosita aloqador bo'ladi.

Jinoyatchilikning sharoit va sabablari tushunchalari aniq tushunchalar hisoblanadi. "Sharoit" va "sabab" tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'lanib ketganligi sababli ularning mazmunini yetarli darajada aniqlamasdan turib, ajratish qiyin bo'ladi. Xususan, jinoyatchilikning sabablari, jamiyatda jinoyatchilikni ijtimoiy hodisa sifatida muayyan jinoyatni sodir etilishi uchun sharoit yaratuvchi ijtimoiy hodisalar va jarayonlar yig'indisidir. Masalan, voyaga yetmaganlar bezoriligining sababi ichkilikbozlik va nazoratsizlik deb hisoblansada, yuzaki qaraganda o'smirning alohida bir jinoyat sodir etishining sababi bo'lishi mumkin, lekin ular jinoyatning sababi bo'la olmaydi, balki sharoit yaratadi, xolos. Jinoyatchilikning sharoiti deb, o'z -o'zidan jinoyat va jinoyatchilikni keltirib chiqarmaydigan, ammo jinoyat sodir bo'lish sababini tug'diruvchi g'ayriijtimoiy hodisaga aytiladi. Masalan, mulkni qo'riqlashdagi, ularni hisobga olish, maqsadga muvofiq foydalanishdagi kamchiliklar talon -taroj qilish soxasidagi jinoyatchilikning sodir bo'lishiga sharoit yaratsa, transport harakati xavfsizligini ta'minlashdagi kamchiliklar: yo'llarning yaroqsizligi, yo'lning transport harakatlanadigan qismiga turli narsalarni to'kib qo'yganlik, hatto yo'l belgilarining noto'g'ri joylarga qo'yilganligi ham transport halokatlarining sodir bo'lishiga sharoit yaratishi mumkin. Jinoyatchilik shart- sharoitlari uchta asosiy guruhga bo'linadi:

1) bir vaqtda mavjud bo'ladigan hodisa va voqealar, joy va vaqtning umumiy fondini tashkil qiladi;

2) zaruriy-bunday shart-sharoitlarsiz voqeaning ro'y berishi mumkin emas;

3) yetarli-zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlarning yig'indisi.

Jinoyatchilikning sharoiti bilan sabablari o 'rtasida bevosita aloqadorlik

bo'lib, bular yuqorida ta 'kidlanganidek kriminogen determinantlar hisoblanadi. Sharoit o 'z-o'zidan jinoyat va jinoyatchilikni keltirib chiqara olmaydi, ammo sharoitsiz jinoyatchilikning sabablari o'z mazmuniga ko'ra ijtimoiy-ruhiy xususiyat bo 'lib qoladi. Ya'ni, jinoyatni sodir etish uchun mavjud sharoit bo'lmasa jinoyatchilikning sabablari faqatgina shaxsning ichki istak - xohishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lib qolaveradi. Sharoit sababni, sabab esa o'zining oqibati sifatida jinoyatchilikni keltirib chiqaradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir sodir etilgan jinoyatning sabablarini o'rganish va umumlashtirish orqali jinoyatchilikning sabablari o'rganiladi. Jinoyatchilikning sabablarini o 'rganishni osonlashtirish maqsadida ularni tasniflash lozim bo'ladi. Kriminologik adabiyotlarda tasniflashning quyidagi usullaridan foydalaniladi

a) amal qilish darajasiga ko 'ra (subordinatsiyasiga ko 'ra);

b) jinoyatchilikning sabab va sharoitlarning mazmuniga ko 'ra;

v) tabiatiga va boshqa mezonlarga ko 'ra tasniflash .

Huquqshunos olimlarining fikriga ko 'ra, voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik sabab va shart - sharoitlari quyidagicha tasniflangan, Professor V.S.Volkov g'ayriijtimoiy xulq-atvor deformatsiyasining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, jinoyatchilik sabablari va shartlarini uch guruh (kompleks)ga ajratishni taklif qiladi:

a) jamiyat ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq sabablar va shartlar;

b) shaxsning jamiyatga integrastiyalashuvi, uning ijtimoiy -psixologik o'ziga xosliklari bilan bog'liq sabablar va shartlar;

v) ijtimoiy munosabatlarni ijtimoiy -huquqiy tartibga solish va huquqiy tartibotdagi, huquqbuzarliklarning oldini olishdagi kamchiliklar bilan bog'liq sabablar va shartlar.

Voyaga yetmaganlar jinoyatchilining kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini aniqlashda, o'smirlar o'rtasida o'tkaziladigan sostiologik tadqiqotlar ham muhim o'rin egallaydi. Xususan, tadqiqotchi M.Xodjayev tomonidan ushbu muammo bo'yicha o'tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalarida diqqatga sazovor holatlar aniqlangan.

Jumladan, tarbiya koloniyasida g'araz maqsaddagi jinoyatlari uchun jazoni o'tayotgan o'smirlarga: "Siz hayotda erishishni istayotgan muvaffaqiyatlardan eng muhimi qaysi?", deb berilgan savolga respondentlar tomonidan moddiy ta'minlanganlik, boylik-14,0 foiz, yuqori ma'lumotlilik, madaniyatlilik, bilimdonlik-4,0 foiz, mashhurlik, shon - shuxrat, hurmat -1,0 foiz, atrofdagilarning hurmatiga sazovor bo'lish -12,0 foiz, obro'li oshna - og'aynilar orttirish-7,0 foiz, katta haq to'lanadigan ish topish - 15,0 foiz, hech narsaga muhtojlik sezmasdan erkin yashash - 17,0 foiz, va boshqa javoblar - 2,0 foiz ekanligi ma'lum bo'lgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bu ma'lumotlar voyaga yetmaganlar asosan, moddiy boyliklarga erishishga intilishlarini ko'rsatadi. Olingan javoblarni muayyan tartibda joylashtiradigan bo'lsak, yaxshi oilaga ega bo 'lishga intilishdan tashqari, dastlabki uch o'rinni moddiy farovonlik, to'kinlik bilan bog'liq hayotiy muvaffaqiyatlar egallaydi. Yuqori ma'lumot olish, madaniyatli bo'lish, bilimdonlik hayotiy muvaffaqiyat sifatida oxirgi o'rinni egallaydi. O'quvchi yoshlar orasida olib borilgan sostiologik tadqiqotlar respondentlarning 80 foizi moddiy farovonlikni ta'minlashni o'z hayotining asosiy maqsadi deb hisoblashini ko'rsatdi. So'ralganlarning 40 foizi "qayg'usiz, maishatda yashash " imkoniyatini hayotdagi ideali, deb qayd etishgan. Moddiy ne'matlar egasi bo'lishga intilish sodir etilgan jinoyatning motivida bevosita namoyon bo'ladi. Jinoyat ishlarini o'rganish, jazoni o'tayotgan shaxslar orasida o'tkazilgan so'rovlar jinoyatlarning quyidagi motivlarini aniqlash imkonini berdi: pul, boylik to'plash-7,0 foiz, qimmatbaho buyumlar sotib olish-10,0 foiz, zaruriy hayotiy ehtiyojlarini qondirish -42,0 foiz, o'z oilasiga yordam berish 17,0 foiz, spirtli ichimliklar, giyohvand vositalar iste'mol qilish bilan bog'liq motivlar-13,0 foizni tashkil etadi. Bu raqamlardan ko 'rish mumkinki, g 'araz niyatdagi jinoyatlar asosan moddiy boylikni harid qilish uchun pulni egallash bilan bog'liq. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalarini iste 'mol qilish bilan bog'liq motivlarning ulushi ham ancha katta.

So'rovnomaning: «jinoyat sodir etgandan keyin nimani his qildingiz? » degan savolga jazoni o'tayotgan o 'smirlar berishgan javoblar quyidagicha: qoniqishni-3,0 foiz, sodir etgan qilmishi uchun jazodan qo'rqishni -24,0 foiz, oshna-og'aynilarning qoralashidan qo'rqishni -6,0 foiz, uyat hissini, o'z qilmishini qoralash kabi ijobiy tuyg'ularni his etishgani qayd etilgan.

O'smirlarning atigi 14,0 foizi jinoyat sodir etgani uchun ota-onasi urushishidan qo'rqqan. Bu bejiz emas, chunki jami holatlarning 24,0 foizida aybdorlarning oila a'zolari sodir etilayotgan jinoyatlardan xabardorlar, ayrim holatlarda esa, jinoiy faoliyatni qo'llab-quvvatlaganlar. Bu ma'lumotlar "o'z oilasiga yordam berish" motivi hamda aybdorning o'g'irlangan moldan qanday foydalangani bilan bog'lanadi. "O'g'irlangan molni nima qilgansiz ", degan savolga jinoyat ishtirokchilari shunday javob berishgan: oilamga berdim -24,0 foiz, o'zimga ishlatdim-35,0 foiz, oshna - og'aynilarimga berdim-12,0 foiz, sotdik, pulini bo'lishib oldik -10,0 foiz, birgalikda sovurdik -8,0 foiz, foydalanishga ulgurmadik, chunki uni ichki ishlar xodimlari olib qo'ydi -11,0 foiz.

Yuqoridagilarga ko'ra, ota-onalarning to'rtdan bir qismi o'z farzandining jinoiy qilmishidan xabardor bo'libgina qolmasdan, balki o'g'irlikdagi mol -

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mulkdan birgalikda foydalangan va shu tariqa o 'smirni yangi jinoyat sodir etishga rag'batlantirgan.

Xulosa qilib aytganda, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari va ulami keltirib chiqarayotgan shart -sharoitlarni quyidagi shaklda klassifikastiya qilish mumkin:

1. Latent jinoyatchilik, ya'ni voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turli sabablarga ko 'ra huquqni muxofaza qilish idoralari tomonidan ro'yxatga olinmasligi ularning kelgusida og'irroq jinoyatlar sodir etishlari uchun zamin yaratmoqda.

2. Voyaga yetmaganlarning hech bir qiyinchiliksiz moddiy ne 'matga ega bo'lishga intilishlari turli jinoyatlar sodir etishiga olib keladi.

3. Tarbiyasi og'ir va muqaddam sudlangan voyaga yetmaganlar bilan ichki ishlar idoralari voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish guruhi nozirlari tomonidan profilaktika ishlari O 'zbekiston Respublikasi IlVning talabi asosida olib borilmasligi ham turtki bo'lmoqda.

4. Voyaga yetmaganlar bo'sh vaqtlarini unumli tashkil etishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, ya 'ni yoshlarni darsdan bo'sh vaqtlarida turli to'garaklarga jalb etish ishlarida tegishli tashkilot va muassasalarida tashabbuskorlikning yetishmasligi o'rin tutib kelmoqda.

5. Voyaga yetmaganlarning bandligini ta'minlashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, ya'ni voyaga yetmaganlarni ish bilan ta'minlash hamda mehnat qonunida belgilangan rag'batlarni yetarli darajada ta'minlanmasligi ham o'zining ta'sirini o'tkazmoqda. Bunda joylardagi o'qimasdan, ishlamasdan yurgan voyaga yetmaganlar sonini aniqlash bo'yicha ma'lumotlar muntazam monitoring yo'lga qo'yilmaganligi va amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida tashkil etilmayotganligi oqibati deb hisoblash mumkin.

Voyaga yetmaganlar shaxsiyati hali to'liq shakllanib bo'lmaganligi bilan ajralib turadi. U o'zi sodir etgan noqonuniy qilmishning mohiyatini ko'p hollarda to'liq anglab yetmaydi ham. Bundan tashqari, yoshga bog'liq bo'lgan qiziqqonlik, o'zini tuta olmaslik kabi boshqa xususiyatlar tufayli ham o'spirin noqonuniy harakatga katta yoshli insonga nisbatan tezroq qo'l urishi mumkin.

Shaxsning alohida ijtimoiy tipini ajratish uchun asos bo'ladigan shaxsiy xususiyatlar mavjudligi to'g'risidagi masala qizg'in bahslarga sabab bo'lib kelmoqda. Ayrim mualliflar fikriga ko'ra, jinoyatchi shaxs sifatida boshqa odamlardan ajralib

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

turadi, ayrim mualliflar esa, asosan jinoyat sodir etish paytida shaxsning shart-sharoit bilan o'zaro ta'siriga ishora qiladi.

Jinoyat sodir etuvchi voyaga yetmagan shaxsining tipini aniqlashda ayrim metodologik va metodik qoidalarni e'tiborga olish lozim:

birinchidan, bu yerda tipning ijtimoiy tabiati to'g'risida so'z yuritiladi, shu bois aynan insonning "shaxsi, ijtimoiy qiyofasi" uning ontogenizi jarayonida o'rganiladi;

ikkinchidan, ko'rib chiqilayotgan shaxs tipi u o'ziga xos bo'lgan odamlarning barqaror ijtimoiy belgilangan xususiyatlarining mavjudligini ifodalagan taqdirdagina ahamiyat kasb etadi. Bu xususiyatlar jinoiy xulq-atvor fakti bilan emas, balki uning imkoniyati bilan belgilanadi. Mazkur imkoniyat faqat muhit bilan o'zaro aloqada yuzaga chiqadi. Shu bois mazkur shaxs tipining tarqalganlik darajasi jinoyat sodir etuvchi shaxslarning tarqalganlik darajasiga mos kelmasligi mumkin. U qonunda belgilangan tartibda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan barcha shaxslarni qamrab olmaydi. Shu sababli deyarli barcha tadqiqotchilar asosan shart-sharoit ta'sirida jinoyat sodir etuvchi "tasodifiy jinoyatchi" tipini farqlaydi.

Binobarin, kriminogen shaxs tushunchasi boshqa shaxs tiplari bilan taqqoslaganda tegishli shart-sharoitda jinoiy xulq-atvor yuz berish ehtimoli katta bo'lgan muayyan ijtimoiy tipni ifodalashi mumkin. Bunday ehtimol faqat ijtimoiy muhit bilan o'zaro ta'sirga kirishish natijasida ro'yobga chiqadi va shundan keyin, ya'ni jinoyat sodir etilganidan so'nggina kriminogen shaxsning ijtimoiy tipini ifodalovchi shaxs jinoyatchiga aylanadi. Shaxs kriminogen xususiyatga ega ekanligini aniqlash uning ijtimoiy muhitini sog'lomlashtirish, shaxsga zarur ijtimoiy yordam ko'rsatish, unga nisbatan tarbiyaviy-profilaktik ta'sirni kuchaytirish uchun asos bo'ladi. Tayinlanadigan jazo sodir etilgan qilmishning xususiyatiga mos kelishi lozim.

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish va profilaktikasini tashkil etish maqsadida yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2021-yilning 2-aprel kuni PQ-5050-sonli prezident qarori qabul qilindi va ichki ishlar organlarida 2000 ta shtat birligidan iborat voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlari lavozimi joriy etildi. Hozirda inspektor-psixolog lavozimida faoliyat yuritayotgan xodimlar har bir o'quvchi kesimida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qnun buzilishlariga murosasiz munosabatda bo'lish hissini shakllantirish, muammoli o'quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Xushvaqtov O'. Kriminal madaniyatning o'smirlar xulq-atvoriga ta'siri va uni oldini olish choralari. -T.: Huquq Pravo Law 2005.

2. Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. - T.: Yangi asr avlodi. 2007 B-35.

3. Sattorova M. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish. - T.: TDYI 2006 B-65.

4. Abdurasulova Q., Nizova S. Jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi muammolari. - T.: TDYI. 2006. -B.75.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5050-son qarori 02.04.2021-yil "Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.