Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
VOYAGA YETMAGANLARNI HUQUQBUZARLIKDAN JABRLANISHI OMILLARINING ILMIY TAHLILI
Muallif tomonidan maqolada voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasini samarali ta'minlash, eng avvalo, jinoyat sodir etilish sabab va sharoitlar zanjirida jabrlanishni keltirib chiqaruvchi omillarni tadqiq qilishni taqozo etishi ilmiy asoslantirilgan. Ayrim toifadagi voyaga yetmagan shaxslarning g'ayri ijtimoiy xulq-atvori, hayot tarzi, atrofdagilarga bo'lgan salbiy munosabatlari muayyan bir vaziyatda huquqbuzarlik sodir etilishini taqozo etuvchi kriminogen omil sifatida, boshqa bir holatda esa huquqbuzarlikdan jabrlanishini taqozo etuvchi viktimogen omillar bo'lib har qanday joydagi kriminogen vaziyatga to'g'ridan-to'g'ri ta 'sir etishi asoslantirilgan.
Kalit so'zlar: voyaga yetmagan, huquqbuzarlik, profilaktika, jinoyat, jabrlanuvchi, ob 'ekt, sub 'ekt, kriminogen omil, viktimogen omil.
Автором статьи научно обосновано, что эффективное обеспечение виктимологической профилактики правонарушений несовершеннолетних требует, прежде всего, изучения факторов, причиняющих вред, в цепи причин и условий совершения преступления. Антиобщественное поведение, образ жизни, негативное отношение одних категорий несовершеннолетних к окружающим являются криминогенными факторами, обуславливающими совершение правонарушителем преступления в одной ситуации, и криминогенными факторами, требующими от потерпевшего стать потерпевшим от правонарушения, - в другой. его прямое влияние на ситуацию.
Ключевые слова: несовершеннолетний, правонарушение, профилактика, преступление, потерпевший, объект, субъект, криминогенный фактор, виктимогенный фактор.
The author of the article is scientifically substantiated that the effective provision of victimological prevention of juvenile delinquency requires, first of all, the study of the factors that cause harm in the chain of causes and conditions of crime. The
Shodmonov Ubaydulloxon To'raxo'jayevich,
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
antisocial behavior, lifestyle, and negative attitudes of certain categories of minors toward others are criminogenic factors that require the offender to commit a crime in one situation, and criminogenic factors that require the victim to be a victim of the offense in another. based on its direct impact on the situation.
Keywords: juvenile, delinquency, prevention, crime, victim, object, subject, criminogenic factor, victimogenic factor.
Voyaga yetmaganlar o'rtasida amalga oshiriladigan huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasini nazariy ta'minlash, eng avvalo, jinoyat sodir etilish sabab va sharoitlar zanjirida jabrlanuvchining tutgan o'rnini ilmiy jihatdan tadqiq etish orqali amalga oshiriladi. Kriminologiya va viktimologiyaga oid adabiyotlarda voyaga yetmagan shaxslarning g'ayriijtimoiy xulq-atvori, hayot tarzi, atrofdagilarga bo'lgan salbiy munosabatlari muayyan bir vaziyatda huquqbuzarlik sodir etilishini taqozo etuvchi kriminogen omil[1] sifatida, boshqa bir holatda esa huquqbuzarlikdan jabrlanishini taqozo etuvchi viktimogen omillar[2] bo'lib har qanday joydagi kriminogen vaziyatga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etadi.
Shu bois, voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasini nazariy ta'minlash, birinchi navbatda, jamiyat ijtimoiy hayotining turli sohalarida mavjud bo'lgan kriminogen omillar qatori viktimogen omillarni o'rganishni taqozo etadi.
Jamiyatda har qanday shaxsning, shu jumladan voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar sodir etishini taqozo etuvchi kriminogen xususiyatlarga ega bo'lgan voqea, hodisa va jarayonlar[3] mavjudligi kabi huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimolini vujudga keltiruvchi va jabrlanishini taqozo etuvchi viktimogen xususiyatli sub'ektiv (inson xulq-atvorida namoyon bo'ladigan) va ob'ektiv (viktimlikni shakllantiruvchi muhit bilan bog'liq) omillar ham borligi tadqiqotlarda ilmiy taxlil qilingan[4].
Huquqshunos Q.A. Saitqulovning tadqiqotlarida, shaxsda huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimolining mavjudligini ko'rsatuvchi va jabrlanishini taqozo etuvchi omillarga: a) axloqsizlik (15 foiz); b) ishonuvchanlik (13 foiz); v) huquqiy savodsiz (12 foiz); g) soddalik (5 foiz); d) beparvolik va loqaydlik (10 foiz); ye) qo'rqoqlik (1 foiz); yo) bilimsizlik (5 foiz); j) ochko'zlik (7 foiz); z) qiziqqonlik (14 foiz); i) yolg'onchilik (8 foiz); k) insonlarni mensimaslik (4 foiz); l) himoyalanishni bilmaslik (12 foiz) kabi individual viktim xususiyatlarni kiritish mumkin[7].
Shuni alohida qayd etish joizki, tadqiqotlarda huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari zanjirida jabrlanuvchi shaxsiga va hayot tarziga xos individual viktim (yoshga
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
doir) xususiyatlar o'mi yuqoriligini inobatga olgan holda mazkur xislatlarga xos bo'lgan toifadagi shaxslar bilan viktimologik profilaktik ishlarni muntazam amalga oshirib borish zarurligini kuzatish mumkin[5].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jamiyat rivojlanishining bugungi bosqichida shaxsda huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimolini vujudga keltiruvchi va jabrlanishini taqozo etuvchi xususiyatlarni shakllantiruvchi ob'ektiv omillarga: a) nosog'lom muhit (14 foiz); b) ishsizlik (13 foiz); v) adolatsizlik (5 foiz); g) aholining tabaqalashuvi (2 foiz); d) korrupsiya va huquqiy nigilizm (16 foiz); ye) «ommaviy madaniyat» (8 foiz); j) milliy qadriyatlar zaiflashuvi (4 foiz); z) migrasion jarayonning jadallashuvi (3 foiz); i) davlat organlariga ishonchsizlik (5 foiz); k) jabrlanishdan himoyalash va reabilitatsiya tizimi yetarli emasligi (8 foiz); l) jamoatchilik ta'siri sustligi (12 foiz) kabilarni kiritish mumkin[7].
Shuni alohida qayd etish joizki, sub'ektiv va ob'ektiv omillar bir-birini taqozo etuvchi, kuchaytiruvchi xususiyatga ega bo'lishi bilan bir qatorda, ular jamiyatdagi barcha, ayniqsa kriminogen xususiyatga ega bo'lgan voqea, hodisa va jarayonlar bilan sababiy va korrelyatsion bog'liqlikda ekanligini hech qachon unutmaslik kerak.
Yuqoridagilarga asoslanib, sodir etilgan jinoyatlarning kriminologik va kriminalistik jihatlarini o'rganish, bizga voyaga yetmagan jabrlanuvchilardagi jinoyat sodir etilishiga turtki beruvchi omillarni aniqlash imkonini berdi.
Tadqiqot jarayonida o'tkazilgan anketa so'rovi natijalariga ko'ra jinoyatlarning sodir etilishida voyaga yetmagan jabrlanuvchilarlarga turtki beruvchi xulq-atvori o'rganilganda jabrlanishni yuzaga keltiruvchi omil sifatida: a) qasddan odam o'ldirishda jismoniy ojizligi (12 foiz), qo'rqoqligi (1 foiz), axloqsizligi (23 foiz), huquqbuzar bilan o'zaro salbiy munosabatlarning mavjudligi (10 foiz), davomiy zo'ravonligi (11 foiz); o'g'rilikda jabrlanuvchilarning mulkni ochiq qoldirishga odatlanganligi (22 foiz), xonadonlarning qo'riqlash pultiga ulash bo'yicha tavsiyalarga amal qilmasligi (27 foiz), transport vositasini qarovsiz qoldirishga odatlanganligi (29 foiz), mol-mulkini va boyliklarini ko'z-ko'z qilishni yoqtirishi (16 foiz), beparvoligi (5 foiz); d) nomusga tegishda jabrlanuvchilarning ojizligi (42 foiz), axloqsizligi
(30 foiz), ishonuvchanligi (13 foiz), soddaligi (15 foiz); ye) qasddan tan jarohati yetkazishda jabrlanuvchilar xulq-atvoridagi turmushidan nolishi (15 foiz), tarbiyadagi kamchiliklar (40 foiz), huquqbuzar bilan o'zaro munosabatlarining nosamimiyligi (19 foiz), sha'ni va qadr-qimmatining kamsitilishi (10 foiz), oilaviy maishiy nizolarga sababchi bo'lganligi (45 foiz) qayd etilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'g'irliklar sodir etilishi sabab va sharoitlari zanjirida ham viktim omillarning yuqori ekanligini sudlar tomonidan ko'rilgan jinoyat ishlari bo'yicha materiallar tahlillarida ham ko'rishimiz mumkin. 2021 yil davomida Qashqadaryo viloyatida o'g'irlik jinoyatlarining sodir etilishiga turtki bergan omillar o'rganilganda jabrlanuvchilarning 70,5 foizi beparvolik, 10,8 foizi qo'riqlash tovush chiqaruvchi vositalari imkoniyatlaridan foydalanmaslik, 9,9 foizi uzoq muddat xonadonini nazoratsiz qoldirganligi, 8,8 foizi kalitlar hisobini yuritmaslik yoki uni boshqa shaxslarga ishonib topshirganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, to'g'ridan-to'g'ri shaxsga nisbatan sodir etilgan jinoiy tajovuzlar o'rganilganida faqatgina 12 foiz jabrlanuvchilar o'zlarini himoya qilishga qat'iy turgan bo'lsa, qolgan 88 foizi esa passiv harakat qilganligi kuzatilgan. Bunday holatlarda jinoyat sodir etgan shaxslar jabrlanuvchilarning keyingi xatti-harakatlariga ham alohida e'tibor qaratib kelishgan.
O'tkazilgan anketa so'rovida ishtirok etganlarning o'ziga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanganligi haqida zudlik bilan tegishli organga xabar bermaganligining sababi so'ralganda respondentlarning 11,9 foizi har doim jinoyatchi tomonidan tazyiq o'tkazilib kelinganligi, 4,6 foizi ko'proq o'zi qo'rqqanligi, 13 foizi biron joyga murojaat qilgan taqdirda uldirish bilan po'pisa qilinganligi keltirilgan.
Tadqiqotlarda maishiy-turmush sohasida, ayniqsa, oilada voyaga yetmaganning hayoti va sog'lig'iga qarshi qaratilgan jinoyatlar sodir etilishida viktim omillarning ta'siri yuqori ekanligi qayd etilgan[6].
Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, jamiyatda voyaga yetmaganlarning viktimlashuvini shakllantiruvchi va uni yanada jonlantiruvchi turli xil muammolarni chuqurroq o'rganish va tahlil qilgan holda bu kabi shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanishni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasi faoliyati oldida turgan asosiy vazifalardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Ularni o'z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish bilan bog'liq masalalarni ijobiy hal etish ichki ishlar organlari tomonidan aynan voyaga yetmaganlar o'rtasida amalga oshiriladigan huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasi samaradorligiga bog'liq.
REFERENCES
1. Musaev M.A. Hayotga qarshi jinoyatlar: nazariya va amaliy muammolari: Monografiya. - T.: «Sharq», 2011. - B.228.; Ismailov I. Uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatining oldini olishni nazariy va tashkiliy-huquqiy ta'minlash: yurid. fan. d-ri. ... dis. -T., 2006. - B.38.;
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
2. Abdurasulova Q.R. Ayollar jinoyatchiligining jinoyat-huquqiy va kriminologik muammolari: yurid. fan. d-ri ... dis. avtoref. - T., 2006. - B.27-28.;
3. Zakirova O.G. Rashk tufayli sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurash muammolari (jinoiy-huquqiy, kriminologik va viktimologik jihatlari): yurid. fan. d-ri ... dis. avtoref. - T., 2004. - B.23-24.
4. Musaev M.A. Hayotga qarshi jinoyatlar: nazariya va amaliy muammolari: Monografiya. - T.: «Sharq», 2011. - B.228.; 217.
5. Murodov A.Sh. Ichki ishlar organlarining oiladagi zo'ravonlik bilan bog'liq huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish: yurid. fan. bo'yicha fal. d-ri (PhD) ... dis. - T., 2019. - B.28,110.; 220.; Fazilov I.Yu. Odam savdosiga qarshi kurashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari: yurid. fan. d-ri. ... dis. - T., 2016. - B.30.
6. Ismailov I. Kelajak avlod huquqiy madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish muammolari // Bola va zamon. - 2008. - 2-son.; Ismailov I., Ziyodullaev M.Z. Talqin, taklif va tavsiyalar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ijtimoiy xatar guruhiga kiruvchi bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoyalash faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlari // Bola va zamon. - 2010. - 2-son. - B.14-16.; Ismailov I. Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish - barkamol avlod tarbiyasining kafolati // Sog'lom turmush tarzi - barkamol avlod tarbiyasining asosi: Xalqaro forum materiallari (2930 noyabr). - T., 2010. - B.264-268.; Ismailov I. Barkamol avlod huquqiy tarbiyasini takomillashtirish muammolari // O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi axborotnomasi. - 2010. - № 2. - B. 12-18.
7. Ismailov I. Huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy himoyalashni ta'minlash muammolari // Yoshlar huquqlarini ta'minlash huquqbuzarliklarning oldini olish garovi: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2008. - B.44-54.
8. Развин Я.М. Виктимология коррупции // Виктимология. - 2016. - № 1/7. -С.53-54.; 254. Вишневецкий К.В. Криминогенная виктимизация социальных групп в современном обществе: Автореф. дис. ... д-ра. юрид. наук. - М., 2007. -С. 3; Википедия // Электронный ресурс]. Режим доступа: - URL: https://гu.wikipedia.oгg/wiki/(дaтa обращения: 20.05.2020).; Развин Я.М. Виктимология коррупции // Виктимология. - 2016. - №1/7. - С.53.; 260. Кучина М.С. Значимость виктимологической профилактики в системе мер предупреждения преступлений // Электронный ресурс]. Режим доступа: https.//ceberlelininka.ru/article/n/ znachimost-viktimologicheskoy-profilaktiki-v-sisteme-mer-preduprezhdeniya-pгestupleniy.(дaтa обращения: 20.05.2020).
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
9. MypogoB A.ffl. Hhkh umnap opraHnapuHHHr ounagaru 3ypaBOHnuK 6unaH öofhhk xyKyKÖy3apnHKnap npo^unaKTHKacuHH TaKOMunnamTupum: ropug. $aH. 6-Ha $anca$a g-pu (PhD) guc.... aBTope^. - T., 2019. - E.19.
10. CauTKynoB K^.A.. hhkh umnap opraHnapuHHHr xyKyK6y3apnHKnap BHKTHMonorHK npo^unaKTHKacH 6yÖHHa ^aonuaTHHu TaKOMunnamTupum: ropug. $aH. 6-Ha $anca$a g-pu (PhD) guc.... aBTope^. - T., 2020. - E. 17.