"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
VIRTUAL TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO'LAJAK MUHANDISLARNING KASBIY KOMPITENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNINGNING
NAZARIY ASOSLARI JHamidov Jalil Abdurasulovich, 2Murodova Aziza Yorqin qizi
Jizzax politexnika institute pedagogika fanlari doktori, professor hamidovjalil95@gmail.com 2Jizzax politexnika institute tayanch doktoranti azizamurodova664@gamil.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10035859
Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasasi, o'qituvchilar malakasini oshirish tizimi, o'qitish amaliyoti, innovatsionyondashuv,virtual ta'lim tizimni rivojlantirish, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, kompetentsiya, takomillashtirish texnologiyasi, baholash kabi masalalar muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: pedagogik amaliyot, innovatsion yondashuv, virtual ta'lim texnologiyasi,mahorat, amaliyot turlari.
Aннотация. В данной статье рассматриваются такие вопросы как высшее учебное заведение, система подготовки учителей, педагогическая практика, инновационный подход, системное развитие, совершенствование управленческой деятельности, компетентность, технология совершенствования.
Ключевые слова: педагогическая практика, инновационный подход, технология виртуального образования, навыки, виды практики.
Abstract. This article discusses issues such as higher education institution, teacher training system, teaching practice, innovative approach, development of virtual education system, improvement of management activities, competence, improvement technology, assessment.
Keywords: pedagogical practice, innovative approach, virtual education technology, skills, types of practice.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim - tarbiya tizimini takomillashtirish uning milliy zaminini mustahkamlash ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon talablari darajasiga ko'tarishga yo'naltirilgan tadqiqotlar keng ko'lamda olib borilmoqda. Ta'lim tizimidagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik, ularning jahon ta'lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bevosita bog'liqdir. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlar va yuqori samaradorlik mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta'limda sifat va samaradorlik ta'minlanib, pedagogik innovatsiya jarayoni vujudga keladi [3].
Pedagogik ta'lim tizimi zamon talablariga javob beradigan, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy-innovatsion faoliyat olib borishga tayyorlash uchun zamonaviy o'qitish tizimining yangi, ilmiy asoslangan model va texnologiyalarini taklif qilgan holda taraqqiy etib bormoqda. Zamonaviy sharoitlarda tobora ortib borayotgan pedagogika sohasining maqomi va mazkur yo'nalishdagi malakali mutaxassislarga bo'lgan talabning ortib borishi, oliy pedagogik ta'limning yaxlit tizimida ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini zamon talablari darajasida modernizasiyalash zaruratini belgilaydi. Oliy ta'limda bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik -
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni uzluksiz ta'lim tizimini modernizatsiyalashning umumiy qoidalariga asoslanadi.
Ta'limni modernizatsiyalash g'oyasining ishlab chiqilishi va uning zamonaviy ilmiy nashrlar hamda normativ hujjatlarda aks ettirilishi uning mohiyatini, oliy ta'limda amalga oshirishning yo'nalishlari va yo'llarini tushunish zarururligini anglatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli Qarori oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma'no-mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan [2].
Pedagogika sohasini yangi sifat bosqichiga ko'tarish sifatli soha mutaxassislarini tayyorlashning mazmuni va uslubini innovatsiyalarga asoslangan holda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun pedagogika sohasida bo'lajak o'qituvchilar tayyorlash tizimining mazmuni, dasturlarining tarkibiy tuzilishini davlat ta'limning mazkur bo'g'ini oldiga qo'ygan talablari asosida takomillashtirish lozimligini ko'rsatmoqda.
Bo'lajak mutaxassislarni innovatsion yondashuv asosida pedagogik amaliyotini takomillashtirish texnologiyasi oliy ta'lim muassasalari oldidagi muhim vazifalardan biridir. Bugun mamlakatimiz ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga chiqarish dolzarb masalalardan biridir.
Ta'lim sohasidagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta'lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan kompetentsiyalari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog'liq.
Bu haqda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-sonli Farmonining 7-bandida hamda 2022-yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-289-Qarorining 2-bandida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-
bosqichtalabalariuchunhaftaliko'quvmashg'ulotlari "4+2" tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy ta'lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida amaliyot o'tash tartibida olib borilishini ta'minlash vazifasi ko'rsatilgan.
Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta'limda sifat va samaradorlik ta'minlanib, pedagogik innovatsion jarayon vujudga keladi.
Pedagogik innovatsiya - bo'lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo'lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ta'limda sifat jihatidan o'zgarishlar amalga oshirib, yuqori samaradorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir.
"Innovatsion yondashuv" tushunchasining pirovard maqsadi ta'lim sohasida o'quv-tarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydigan o'zgarish, yangilanishlar kiritishdan iboratdir. Pedagogik
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o'zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo'llaniladi.
Pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining pedagogik amaliyoti professional pedagogik kadrlar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Zero, bilim, xazina bo'lsa, shuhbasiz, uning eshigini ochadigan kalit bu - amaliyot, amaliy ta'limdir. Hozirgi vaqtda pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida amaliy tayyorgarligi yuksak, professional pedagogik kadrlar tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir.
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlashning muhim qismi bo'lgan talabalarning pedagogik amaliyoti - fan- texnika, texnologiya zamonaviy usullar, tajribalarni o'rgangan xolda, kasbiy ko'nikma va amaliy malakalarni shakllantirish orqali pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir.
Bu haqda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g 'risida"gi [4] qarorda quyidagilar pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilangan:
- tarbiya va o'qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o'zlashtirgan, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash;
- pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo'lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni
- maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish;
- pedagogik ta'lim sohasining ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha o'quv reja va dasturlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion o'quv
- me'yoriy va ta'lim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;
- sohada ta'lim, ilm - fan va ishlab chiqarish uyg'unligini ta'minlash orqali ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish;
- pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talablarini muntazam o'rganib borish, ular bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy asoslangan istiqbolli rejalarini belgilash va ularni amalga oshirish;
- oliy pedagogik ta'limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish;
- pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
- pedagogik ta'lim infratuzilmasini yaxshilash, sohadagi xalqaro hamkorlikni
- yanada kengaytirish;
- yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko'nikmaga ega, tarbiya, o'qitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari samaradorligini oshirish.
Shuningdek, 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahriri ta'lim tizimiga juda katta o'zgarishlar kiritdi. Mazkur qonunning 35-moddasida "O'quv rejasida, qoida tariqasida, ta'lim jarayonining jadvali, o'qitishning boshlanishi, muddati va
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
davriyligi, o'quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta'tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o'rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi", deb belgilabqo'yilgan [1].
Ta'lim oluvchilarning amaliyotni o'tash tartibi va uni tashkil etish ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Ta'lim oluvchilar kasbiy ko'nikmalarini mukammal egallashi uchun o'quv rejalari va muayyan fanlarning o'quv dasturlarida o'quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o'tashlari kerak.
Amaliyotlar bakalavr ta'lim jarayoninig majburiy qismi bo'lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko'nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Bakalavrlar tayyorlashda ko'plab amaliyot turlari o'tkaziladi. Shulardan biri pedagogik amaliyot hisoblanadi [4].
Pedagogik amaliyot bo'lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo'g'inidir.
Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta'limi va bo'lajak mustaqil faoliyatini bog'laydigan hamda kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi jarayon bo'lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi.
Pedagogik amaliyot - bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda o'quv-pedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o'quv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo'ladi. Pedagogik amaliyot o'quv mashg'ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi.
Ammo mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda muayyan yutuqlar qo'lga kirtilganligi va uning ta'lim tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatganiga qaramay, "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da ta'kidlanganidek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta'lim tizimi oldida bugungi kunda o'z yechimini kutayotgan qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan: oliy ta'limga ta'lim oluvchilarni jalb etish qamrovi darajasi pastligicha qolmoqda; amaldagi malaka talablari, o'quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilmagan [3].
Pedagogik kuzatishlar natijalari oliy ta'lim tizimida malakaviy amaliyotni tashkil etish va o'tkazishda bir qancha kamchiliklar mavjudligini ko'rsatadi.
Oliy ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta'minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o'tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo'lib chiqish o'rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o'z kasbini, mutaxassisligini o'rganayotganligi, shuningdek, ta'lim sifatini nazorat kilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta'lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Pedagogik amaliyotni o'tkazish bo'yicha dasturiy ta'minotning zamonaviytalablarga mos emasligi; amaliyotni tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning samarali metodlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi; amaliyot natijalarini baholash tizimi yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi kabi muammolar uni tashkil etish va o'tkazishga innovatsion yondashuv zarurligini taqozo etadi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Pedagogik amaliyotni o'tkazishda talabalar tomonidan amaliy pedagogik faoliyat tajribasini o'zlashtirish, ularning shaxsining kasbiy yo'nalishini shakllantirish- asosiy maqsad qilib olinadi [2].
Ushbu maqsad quyidagi vazifalarda ko'rsatilgan:
1. Pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun ularni qo'llash jarayonidatalabalarning psixologik, pedagogik va maxsus ("Ijtimoiy fanlar" fanidan) bilimlarini takomillashtirish;
2. Talabalarning zamonaviy ta'lim muassasasi ishi (ta'lim dasturlarining o'ziga xos xususiyatlari, professor-o'qituvchilar tarkibi faoliyati, ma'muriyat vakillari va pedagogik jamoaning funksional vazifalari, ta'lim sohasidagi an'analar va innovatsiyalar to'g'risida) g'oyalarini rivojlantirish. ishni tashkil etish);
3. Talabalarning pedagogik mahoratini shakllantirish:
4. Gnostik, talabalarning bilim va kon'ikmalari sifatini diagnostika qilish, ularning tarbiya darajasini aniqlash, talabalarning jinsi, yoshi va individual xususiyatlarini o'rganish,talabalar guruhining rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, tahlil qilish bilan bog'liq.
5. Loyihaviy, o'quv ishlarini rejalashtirishni ta'minlaydigan (tematik va dars), tarbiyaviy ish darslar va sinfdan tashqari ishlar konspektlarini ishlab chiqish, talabalarning xususiyatlariga mos keladigan ta'lim va tarbiya shakllari va usullarini tanlash; ta'lim texnologiyalari;
Tashkiliy, o'z pedagogik faoliyatini amalga oshirishga va talabalarning faol ishiga rahbarlik qilishga, ularning tashabbuskorligi va mustaqilligini rivojlantirishga qaratilgan; Talaba-amaliyotchining talabalar va hamkasblari (uning o'rtoqlari, o'qituvchilari, metodistlari) bilan og'zaki va og'zaki bo'lmagan muloqoti bilan bog'liq;
Talabalarning kasbiy pedagogik faoliyatga qiziqishini, pedagogik mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish;
Talabalarning pedagogik qobiliyatlarini (ifodali nutq, didaktik, taklif, idrok etish va boshqalar), shuningdek, o'qituvchi shaxsining kasbiy ahamiyatli fazilatlarini (bolalar bilan munosabatda bo'lish, o'zini tuta bilish, pedagogik takt, adolat va boshqalar) rivojlantirish.
Pedagogik amaliyotni o'tashda talabalarning kasbiy qiziqishlari va istaklarini inobatga olgan holda, talabalar bilan propedevtik ish olib borish, talabalarning pedagogik madaniyat darajasini oshirish maqsadida zamonaviy ta'lim muammolari bo'yicha turli ilmiy-metodik tadbirlar tashkil etish, ularning moyilliklari va qiziqishlarini aniqlash muhimdir.
Pedagogik amaliyotning har bir bosqichi yakunida talabalar stajyor-talabaning kundaligini tuzadi va tekshirishga topshiradi, yakuniy konferensiyalarda talabalar pedagogik amaliyotdan o'tganligi to'g'risida hisobot taqdim etadi; tadqiqot ishlari, ijodiy loyihalar natijalarini e'lon qiladigan hisobotlarni tuzadi [11].
Bo'lajak o'qituvchini kompetensiyaga asoslangan o'qitishning muhim tarkibiy qismi talabalarni joriy, oraliq va yakuniy attestatsiyadan o'tkazish tartibini o'zgartirishdir.
Talabalarni tayyorlash sifatini baholash ikki yo'nalishda amalga oshirilishi shart: fanni o'zlashtirish darajasini baholash (kognitiv komponent); talabalarning malakasini baholash (faoliyat komponenti).
Talabalarning kasbiy kompetensiyalarining rivojlanish darajalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2G23-yil
Yuqori daraja: talaba kasbiy bilimlar tizimiga ega, taklif qilingan savollarni turli pozitsiyalardan ko'rib chiqadi, nazariy qoidalarni o'z misollari bilan tasdiqlaydi; kasbiy bilimlarni yangilash va muayyan pedagogik vaziyat shartlaridan kelib chiqib to'g'ri yechimtopishni biladi;
O'rta daraja: talaba ushbu masalalar bo'yicha nazariy qoidalarni asosli, to'liq, amaliyotdan misollar bilan tasvirlab beradi; pedagogik muammoga o'z yechimini taklif qiladi;
Past daraja: talaba taklif qilingan savollar bo'yicha asosiy nazariy qoidalarni taqdimetadi; pedagogik muammoni hal qilish qobiliyatini ko'rsatadi.
Talabaning amaliy tayyorgarligi ularni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali o'qitish, tarbiyalash va talaba shaxsi va individual xususiyatlarini rivojlantirishning yuqori samaradorligini ta'minlash zarurati bilan bog'liq.
Amaliy mashg'ulotlarning vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda chuqurlashtirish va mustahkamlash;
Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
Tanlangan kasbga muvofiq har xil faoliyat turlarini bajarishga kasbiy yaroqlilik va tayyorlikni aniqlash;
Muayyan kasbiy faoliyatga qiziqish va motivatsiyani shakllantirish;
Iqtisodiy faoliyatning ilg'or va innovatsion tajribasini o'rganish. Amaliy mashg'ulot tamoyillari nazariy mashg'ulot va amaliyot, amaliy mashg'ulot v'a amaliyotning o'zaro bog'liqligi va bir-birini to'ldirishini ifodalaydi; kasbiy o'zini ozi belgilash va amaliy mash'ulotlarni diversifikatsiya qilish.
Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun amaliyotdan boshlab ta'lim muassasalari bakalavrlar tayyorlashda o'quv jarayonining eng muhim qismi bo'lib, ta'limning har bir bosqichida talabalarning kasb-hunarni o'zlashtirish, nazariy bilimlarini chuqur mustahkamlash, kasbiy va ijodiy ijro mahoratini rivojlantirish bo'yicha tizimli va maqsadlifaoliyati sanaladi.
Amaliyot davomida qo'yilgan vazifalarni eng yuqori saviyada bajarish uchun bilim va ko'nikmalarni nafaqat aniq kasbiy modulga kiritilgan fanlararo kurslarda, balki oldingi umumiy ta'lim, umumiy gumanitar va ijtimoiy fanlar bo'yicha ham qo'llash lozim [12].
Amaliy mashg'ulotlardan o'tishning ahamiyati shundaki, u talabalarning mustaqil ishlashga tayyorgarligini tekshirish quroli, shuningdek, kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishning muhim shakli sanaladi.
Bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni murakkab xususiyatga ega bo'lib, bu
jarayonda maqsad aniq belgilanishi lozim.
Bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash quyidagi uchta tarkibiy asosdan tashkil topadi:
Yangi ijtimoiy bosqichga xos bol'gan xususiyatlar asosida yuzaga kelgan faoliyat turlari.
Kasbiy talablari aniq ko'rsatiladigan faoliyat turlari.
Davlatning ijtimoiy-siyosiy tuzilmasi hamda uning ma'naviy-axloqiy tizimi mohiyatiga ko'ra tashkil etiluvchi faoliyat turlari [13].
Yuqorida keltirilgan faoliyat asoslari ma'lum mutaxassis uchungina emas, balki barcha mutaxassisliklar vakillari uchun ham zarur bo'lgan mahorat (shuningdek, ma'lum bilimlar) ni o'z ichiga oladi, jumladan, o'qish mahorati, jamoani boshqara olish, ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlik. Keyingi ikki faoliyat turi ma'lum kasb uchun qo'yiluvchi aniq talablar darajasini belgilaydi [14].
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, pedagogik ta'lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy-innovatsion faoliyat olib borishga tayyorlash uchun
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
zamonaviy o'qitish tizimining yangi, ilmiy asoslangan model va texnologiyalarini taklif qilgan holda taraqqiy etib bormoqda. Zamonaviy sharoitlarda tobora ortib borayotgan pedagogika sohasining maqomi va mazkur yo'nalishdagi malakali mutaxassislarga bo'lgan talabning ortib borishi, oliy pedagogik ta'limning yaxlit tizimida ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini zamon talablari darajasida modernizasiyalash zaruratini belgilaydi. Oliy ta'limda bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik - innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni uzluksiz ta'lim tizimini modernizatsiyalashning umumiy qoidalariga asoslanadi.
REFERENCES
1. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun. O'RQ-637-son. 2020-yil 23-sentabr.https://lex.uz/
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekistonRespublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni //O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son, 70-modda
3. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni, Qonun xujjatlari to'plami milliy bazasi, https://lex.uz/
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022- 2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-sonli Farmoni (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)
5. 2022-yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-289-Qarori (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/289/0562-son)
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 28.02.2020-y., 07/20/4623/0220- son, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)
7. Hamidov J.A. "Using multimedia technology problems in professional education". Eastern European Scientific Journal/Auris - Verlag.de 2019, № 1. 187-190 стр.
8. Hamidov J.A., To'raqulov O.X. "Ilg'or pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida". Uslubiy tavsiyanoma Jizzax-2009. 149 bet.
9. Hamidov J.A., Ximmataliyev D.O., Qodirov I.D., Ravshanov J.F., Xikmatullayeva D. "Jahon ta'lim tizimi" fanidan elektron darslik. Davlat patent idorasi guvohnomasi. T.:2022 №DGU 18218.
10. A.Y.Murodova. Virtualization in the training of engineers as a factor of increasing scientific efficiency. Academic Research Journal 2023. 184-189 betlar.
11. A.Y.Murodova. Technology of development of professional and technical component of future engineers by means of virtual education technology. Science and innovations, 2023/2, 306-311 pp.
12. J.A.Hamidov, A.Y.Murodova. Technology for development of professional and technical component of future engineers through virtual educational technology. The Compiting Science and Technology International Journal, 4 May 2023, 87-90 pp.
13. A.Y.Murodova, Sh.Maxammatov. Virtual ta'lim texnologiyasi vositasida bo'lajak muxandislarning kasbiy-texnik kompitetligini rivojlantirish texnologiyasi. "Boshlang'ich ta'limning zamonaviy tendensiyalari: ta'lim va tarbiya integratsiyasi" III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Jizzax shahri, 2023 yil 4 may. 214-216 betlar.
14. A.Y.Murodova, Sh.Maxammatov. Technology of development of professional and technical
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
component of future engineers by means of virtual education technology. "Boshlang'ich ta'limning zamonaviy tendensiyalari: ta'lim va tarbiya integratsiyasi" III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Jizzax shahri, 2023 yil 4 may. 204-207 betlar.