Научная статья на тему 'VIRTUAL LABORATORIYA KOMPLEKSLARI YORDAMIDA MUHANDIS TALABALARNI KASBIY TAYYORLASHNING METODIK TA’MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH'

VIRTUAL LABORATORIYA KOMPLEKSLARI YORDAMIDA MUHANDIS TALABALARNI KASBIY TAYYORLASHNING METODIK TA’MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
29
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
virtual laboratoriya / muhandislik ta’limi / TechVLab / avtomobil nazariyasi / laboratoriya mashg‘ulotlari. / виртуальная лаборатория / инженерное образование / TechVLab / теория автомобиля / лабораторные занятия.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z.B. Abduraxmanov

maqolada muhandis talabalarni kasbiy tayyorlashda virtual laboratoriya komplekslaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Transport vositalari muhandisligi bakalavriat yo‘nalishidagi talabalarning laboratoriya mashg‘ulotlarini virtual shaklda tashkil etishning metodik ta’minoti ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE METHODOLOGICAL SUPPORT FOR THE PROFESSIONAL TRAINING OF ENGINEERING STUDENTS USING VIRTUAL LABORATORY COMPLEXES

в статье раскрывается значение использования виртуальных лабораторных комплексов в профессиональной подготовке инженерных студентов. Рассматривается методическое обеспечение организации лабораторных занятий в виртуальной среде для бакалавров направления транспортной инженерии.

Текст научной работы на тему «VIRTUAL LABORATORIYA KOMPLEKSLARI YORDAMIDA MUHANDIS TALABALARNI KASBIY TAYYORLASHNING METODIK TA’MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Z.B. Abduraxmanov1H_

1O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali, Jizzax, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada muhandis talabalarni kasbiy tayyorlashda virtual laboratoriya komplekslaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Transport vositalari muhandisligi bakalavriat yo'nalishidagi talabalarning laboratoriya mashg'ulotlarini virtual shaklda tashkil etishning metodik ta'minoti ko'rib chiqilgan.

MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi — muhandislik ta'limida zamonaviy texnologiyalar yordamida talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan virtual laboratoriya komplekslarini ishlab chiqish va qo'llash.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida virtual laboratoriya platformalari, jumladan TechVLab va PhET kabi dasturlardan foydalanilgan, amaliy mashg'ulotlar o'tkazilgan va ularning samaradorligi tahlil qilingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: virtual laboratoriya yordamida talabalar turli yo'l to'siqlarida avtomobillarni sinab ko'rish, o'zlashtirish va natijalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lishlari aniqlangan. Bu esa laboratoriya mashg'ulotlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

XULOSA: virtual laboratoriyalar muhandis talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga, shuningdek, kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: virtual laboratoriya, muhandislik ta'limi, TechVLab, avtomobil nazariyasi, laboratoriya mashg'ulotlari.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ-ИНЖЕНЕРОВ С ПОМОЩЬЮ ВИРТУАЛЬНЫХ ЛАБОРАТОРНЫХ КОМПЛЕКСОВ_

© З.Б. Абдурахманов1И

1Джизакский филиал Национального университета Узбекистана, Джизак, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье раскрывается значение использования виртуальных лабораторных комплексов в профессиональной подготовке инженерных студентов.

Iqtibos uchun: Abduraxmanov Z.B. Virtual laboratoriya komplekslari yordamida muhandis talabalarni kasbiy tayyorlashning metodik ta'minotini takomillashtirish. // Inter education & global study. 2024. No. 10(1). B. 15-25.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Рассматривается методическое обеспечение организации лабораторных занятий в виртуальной среде для бакалавров направления транспортной инженерии.

ЦЕЛЬ: основная цель статьи — разработать и внедрить виртуальные лабораторные комплексы для повышения профессиональной компетенции студентов инженерных направлений.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы платформы виртуальных лабораторий, такие как TechVLab и PhET, проведены практические занятия и их анализ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что использование виртуальных лабораторий позволяет студентам проводить анализ и испытания автомобилей на различных дорожных препятствиях, что способствует повышению эффективности учебного процесса.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: виртуальные лаборатории способствуют улучшению теоретических знаний и практических навыков студентов инженерных направлений.

Ключевые слова: виртуальная лаборатория, инженерное образование, TechVLab, теория автомобиля, лабораторные занятия.

Для цитирования: Абдурахманов З.Б. Совершенствование методического обеспечения профессиональной подготовки студентов-инженеров с помощью виртуальных лабораторных комплексов // Inter education & global study. 2024. №10(1). С.15-25.

IMPROVING THE METHODOLOGICAL SUPPORT FOR THE PROFESSIONAL TRAINING OF ENGINEERING STUDENTS USING VIRTUAL LABORATORY COMPLEXES_

© Abduraxmanov B. Zoxidjon1®

1 Jizzakh Branch of the National University of Uzbekistan, Jizzakh, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article highlights the importance of using virtual laboratory complexes in the professional training of engineering students. It examines the methodological support for organizing laboratory classes in a virtual environment for undergraduate students in transport engineering.

AIM: the primary aim of the article is to develop and implement virtual laboratory complexes to enhance the professional competence of engineering students.

MATERIALS AND METHODS: the study utilized virtual laboratory platforms such as TechVLab and PhET, conducted practical sessions, and analyzed their effectiveness.

DISCUSSION AND RESULTS: the results demonstrate that virtual laboratories enable students to analyze and test vehicles on various road obstacles, contributing to more effective educational processes.

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

CONCLUSION: virtual laboratories improve both the theoretical knowledge and practical skills of engineering students.

Keywords: virtual laboratory, engineering education, TechVLab, vehicle theory, laboratory sessions.

For citation: Abduraxmanov B. Zoxidjon. (2024) 'Improving the methodological support for the professional training of engineering students using virtual laboratory complexes', Inter education & global study, (10(1)), pp. 15-25. (In Uzbek).

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ta'lim tizimini modernizatsiya qilish o'rtasidagi bog'liqlik zamonaviy jamiyat taraqqiyotining eng muhim qonuniyatlaridan biridir va u zamonaviy ta'lim jarayonining innovatsion shakllari, usullari, vositalari, mazmuni va texnologiyalarini rivojlantirish uchun o'ta zarur hisoblanadi. Bugungi kunda oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Oliy ta'lim muassasalarining muhandislik ta'limi sohasida ta'lim olayotgan talabalarga laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil qilishda turli xil muammolarga duch kelinmoqda. O'rganishlar va kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, laboratoriya darslarida talabalarning mutaxassislik fanlaridan tayyorligi va boshlang'ich eksperimental ko'nikmalarining shakllanganlik darajalari turlichadir. Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib, laboratoriya mashg'ulotlarini olib borishni takomillashtirish zarur[1].

Muhandislik fanlarni o'rganish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish masalasi ayniqsa dolzarbligicha qolmoqda. Bu bo'lajak muhandislarni kasbiy tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, muhandislik ta'limi bakalavriat (tarmoqlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishlarida kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish shartlarini ochib berish vositasi sifatida virtual laboratoriya komplekslari (VLK)ni ishlab chiqish va qo'llash xususiyatlarini ko'rib chiqish kerak.

Ta'lim tizimida virtual laboratoriyalarning ahamiyati. O'quvchilarning fanlarni chuqur o'zlashtirishi va hayotiy faoliyatida olgan bilimlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirishda amaliy darslar juda muhim rol o'ynaydi. Amaliy darslar o'quvchilarga berilgan nazariy bilimlarni tahlil qilish hamda fizik qonunlar to'g'risida keng tasavvurga ega bo'lishga yordam beradi.

Laboratoriya ishi fizika, muhandislik va boshqa tabiiy fanlarni o'rganishning ajralmas tarkibiy qismidir. Laboratoriya ishlarni bajarish o'quvchilarga tushunchalarni, amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga va nazariyani tasvirlashga yordam beradi. Bundan tashqari, amaliy topshiriqlar va laboratoriya ishlari muhandis talabalarning qiziqishini va fanga ijobiy munosabatini oshiradi. O'zining muhimligiga qaramay laboratoriya ishlari hali ham laboratoriya uskunalari va materiallarining qimmatliligi va boshqa sabablardan o'quv jarayonini to'liq qamrab olgani yo'q. Shu bilan birga darslarda virtual laboratoriyalar,

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

animatsiyalar va simulyatorlardan foydalanish juda istiqbolli ekanligini ko'rsatmoqda. Shu sababdan ta'lim muassasalarida laboratoriya darslariga virtual laboratoriya ishlarini integratsiya qilish ta'lim sifatini oshishiga olib keladi [2].

Bundan tashqari, ko'plab tajribalar shuni ko'rsatadiki, virtual laboratoriyalar bilan ishlash bo'lajak muhandis talabalarga yanada yaxshi amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishga yordam beradi. Bu ularning haqiqiy laboratoriya ishlarini bajarib ko'rishlarida erkin harakatlarida aks etadi. Ya'ni talaba virtual laboratoriyalar orqali uskunalarni qanday ishlashi va ulardan foydalanish to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi. Bundan tashqari, virtual laboratoriyalarni talaba o'zi mustaqil tarzda bajara olishi, kerakli asbob-uskunalarni ular real mavjud bo'lmasada tajribalarni bir necha bor takroriy bajara olishi mumkinligi uning ustunligini ko'rsatadi. Axborot hajmining keskin kengayib borayotganligi o'quvchilar uchun ham, pedagoglar uchun ham fanni o'rganishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Ta'lim jarayonida turli-tuman pedagogik texnologiyalardan foydalanib, samarali natijaga erishish uchun o'qituvchi o'zining pedagogik faoliyatini oldindan loyihalashtirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda bo'lajak muhandislarning pedagogik faoliyatini bir butun model ko'rinishiga keltirib olish zarur. Ta'lim sohasida virtual texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish masalalari ko'plab faol tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan. Bunday olimlar orasida A.I. Adamsky, V.N. Alekseev, S.V. Kuzmin, G.A. Monakhov, D.N. Monaxov, I.V. Robert, A.N. Sergeev va boshqalarni misol sifatida keltirish mumkin. N. Sergeev internet tarmog'ini maxsus ijtimoiy va madaniy makon shaklida ko'rib chiqadi, uning tuzilishi va dinamikasi odamlarni umumiy g'oyalar va faoliyat shakllari asosida birlashtiradigan tarmoq jamoalari tomonidan belgilanadi.

I.V. Robert esa virtual texnologiyalarning ta'limda samaradorligidan tashqari salbiy jihatlarini yoritib, bunday ta'lim insonlarni texnikaga bog'lab qo'yishi mumkinligini aytib o'tadi[3].

R.I. Zolotaryov kasb ta'limi sohasida innovatsion kompyuter didaktikasining virtual laboratoriya ilmiy tadqiqot ishida innovatsion pedagogika faoliyatida kompyuter yordamida muammolarni hal qilish va innovatsion kompyuter didaktikasining fanlararo virtual laboratoriyalar modeli hamda innovatsion kompyuter didaktikasi virtual laboratoriyalari tajriba-sinov ishlarini joriy qilish va ularning natijalarini baholash kabi tadqiqot ishlari olib borilgan [4].

I.V. Lapshina tomonidan talabalarni kasbiy tayyorlashda virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi ilmiy tadqiqot ishi bo'yicha kasbiy ta'limda virtual axborot-ta'lim laboratoriyalari konsepsiyasi shakllantirilgan hamda axborot-ta'lim laboratoriyalari modeli imkoniyatlarini amalga oshirishda amaliy savollar kabi tadqiqot ishlari olib borilgan[5].

"Virtual laboratoriya" nima? V.V. Truxin ta'rifiga ko'ra, virtual laboratoriya - bu haqiqiy o'rnatish bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilmasdan yoki ular mavjud bo'lmaganda tajribalarni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturiy-apparatlar jamlanmasidir. Birinchi holda, biz masofadan kirish imkoniyatiga ega bo'lgan laboratoriya sozlamalari bilan shug'ullanamiz, u haqiqiy laboratoriyani, sozlashni boshqarish va olingan ma'lumotlarni

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

raqamlashtirish uchun dasturiy ta'minot va apparat vositalarini, shuningdek, aloqa vositalarini o'z ichiga oladi. Ikkinchi holda, barcha jarayonlar komputer yordamida modellashtiriladi"[6].

Shuningdek ta'lim tizimini takomillashtirishda ko'plab mahalliy tadqiqotchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan S.A.Usmanov "Imitatsion model qurilmalari vositasida muhandis-pedagoglarni tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari" hamda F.R.Murodova "Oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyadan foydalanish metodikasini takomillashtirish" mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib borgan.

S.A.Usmanov tomonidan imitatsion model qurilmalarini ishlab chiqish metodikasi, model qurilmalarini tayyorlash va o'quv materialini aniqlash, uni ratsional konstruksiyalash, mazmunini ochib berish metodlarini tanlash, talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning vosita va metodlarini tanlash, konstruksiyasini aniqlash va imitatsion model qurilmalari sifatini ekspert baholash kabi imkoniyatlar yaratilgan[7].

F.R.Murodova tomonidan talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyalardan foydalanishga doir o'quv materiallarini idrok etishning audial, vizual, kinestetik tizimlarini integratsiyalash, maxsus, texnologik, kommunikativ, refleksiv kompetensiyalarni yaxlit tarzda shakllantirish kabi metodik shart-sharoitlari jarayon monitoringini adaptiv, reproduktiv, evristik, kreativ darajalar bo'yicha korrelyatsiyasini ta'minlash orqali takomillashtirilgan[8].

Q.K. Tagayev tomonidan virtual texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanish metodikasi ilmiy tadqiqot ishi bo'yicha pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun virtual texnologiyalardan foydalangan holda o'quv materiallari hamda ularning metodikasi ishlab chiqildi[9].

K.M. Xalikov, Z.R.Mamadaliyevalarning "Internet tarmog'ida virtual laboratoriya ishlarini bajarish imkoniyatini beruvchi konstruktorlari" ilmiy tadqiqot ishida virtual laboratoriya-ta'limda axborot kommunikatsiya tizimining o'ziga xos omili ekanligi hamda virtual laboratoriya ishlarini bajarish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy vositalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishi olib borilgan[10].

"Physics Education Technology" (PhET) platformasi tabiiy fanlar yo'nalishida 2001-yildagi Nobel mukofotining sovrindori K. Viman tomonidan yaratilgan. PhET platformasida turli xil mavzularga oid modellar mavjud bo'lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan. PhET platformasida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo'lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin[7].

Xuddi shunga o'xshash Phet.colorado.edu, vascak.cz va olabs.edu.in kabi saytlarda fizika, kimyo, matematika va biologiya fanlariga oid virtual laboratoriya ishlarini bajarish mumkin.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan ishlab chiqilgan Vlab dasturi yordamida fizikaning "Mexanika" va "Molekulyar fizika" bo'limlari uchun virtual laboratoriya mashg'ulotlarini olib borish mumkin.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

"Transport vositalari muhandisligi" bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun asosiy bazaviy fan hisoblangan "Avtomobil nazariyasi" fanidan "Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchanligini aniqlash" laboratoriya mashg'uloti olib boriladi. Ushbu laboratoriya mashg'ulotini olib borish uchun zarur jihozlar va asbob-uskunalar kerak bo'ladi. Bularni sotib olish uchun esa mablag' kerak bo'ladi. Bu bir nechta noqulaylik va muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sabab ushbu laboratoriyani virtual holatda bajarish yuqorida keltirib o'tilgan noqulaylik va muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.

"Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchanligini aniqlash" laboratoriya mashg 'ulotini olib borish uchun TechVlab dasturi ishlab chiqilgan. Bo'lajak muhandis talaba ushbu dastur yordamida laboratoriya mashg'ulotini virtual holatda amalga oshiradi va shu asosda kerakli laboratoriya natijalarini olishi mumkin.

"Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchanligini aniqlash" laboratoriya ishini o'tkazish jarayonini bajarilishini va metodik ta'minotini keltirib o'tamiz:

Laboratoriya ishi: Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchanligini aniqlash

Ishning maqsadi: TechVlab dasturi yordamida avtomobilning sun'iy yo'l to'siqlaridan o'tuvchanligining geometrik va tayanch tishlashish o'lchamlarini laboratoriya sharoitida aniqlash.

Avtomobil o'tuvchanligining geometrik o'lchamlari quyidagilardan iborat: avtomobilning eng pastki nuqtasi bilan yo'l sathi orasidagi masofa-h; o'tuvchanlikning oldingi va keyingi burchaklari-Yo', 0o'j yo'l to'siqlarining bo'ylama va ko'ndalang radiuslari-Pb Pk; o'tiladigan to'siqning balandligi-ht.

Yo'l to'siqlaridan o'tuvchanlikning tayanch-tishlashish o'lchamlariga quyidagilar kiradi: tortish va tishlashish shartlari bo'yicha maksimal dinami k faktorlar; avtomobilning orqa ilmog'idagi solishtirma tortish kuchi; shinaning yo'l sthiga solishtirma bosim kuchi; oldingi va orqa g'ildiraklar izining mos kelish koeffitsienti.

Ma'lum bo'lishicha yetaklanuvchi g'ildiraklarning to'siqlardan oshib o'tish xususiyati yetakchi g'ildiraklarga nisbatan yomonroqdir. Chunki yetaklanuvchi g'ildiraklar ko'proq to'siqlarga tiralib qolsa, yetakchi g'ildiraklar esa uni burovchi moment hisobiga yengib o'tadi. Yetaklanuvchi va yetakchi g'ildiraklarning tik to'siqlarga urilishi paytida hosil bo'lgan reaksiya kuchlarining taqsimlanishini qarab chiqamiz (1-rasm).

1-rasm. Avtomobil g'ildiragining tik to'siqlarni yengib o'ta olish sxemasi. yetaklanuvchi g'ildirak; b) yetakchi g'ildirak. T-to'siqni yengib o'tish uchun zarur bo'lgan kuch, N; R-to'siqning reaksiyasi, N; X va Z-reaksiya kuchining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari. Yetaklanuvchi g'ildirakning h balandlikka ega to'siqdan oshib o'tishi uchun zarur bo'lgan T kuchning miqdori quyidagicha topiladi (1-rasm, a).

■ h - h2

T = Gk

1 H V

tga1

= G,

h - h

Agar g'ildirakka Mk burovchi moment ta'sir etayotgan bo'lsa, T kuchning miqdori Rk tortish kuchi hisobiga kamayadi (1-rasm, b).

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Т = G,

•h - h

rk - h

- P

rk - h

Har ikkala formuladan ko'rinadiki h =rk bo'lsa, T kuchning miqdori cheksiz oshib ketadi va g'ildiraklarga keltirilgan burovchi momentning qiymati har qancha katta bo'lmasin, avtomobil yo'l to'siqlaridan oshib o'tish xususiyatini butkul yo'qotadi.

Avtomobilning to'siqlardan o'tuvchanligini laboratoriya sharoitida kuzatish va aniqlashga mo'ljallangan tajriba qurilmasi qo'zg'almas, tekis va gorizontal joylashgan taglik, yo'l xususiyatlariga ega nov, yig'ib teriladigan sun'iy to'siq, avtomobil modeli, chig'iriq va tarozi toshlaridan tashkil topgan TechVLab dasturi yordamida amalga oshirish mumkin. Quyidagi keltirilgan jadvaldagi avtomobil parametrlari kiritiladi (1-jadval).

№ Modellashtirilgan kattaliklar Belgilanis hi Avtomobi modeli

Yengil Yuk

1 Avtomobilning oldingi g'ildiraklaridagi massasi, N Gk 14500 53955

2 Bazasi, m L 2,52 3,35

3 Koleyasi, m В 1,4 1,475

4 G'ildirak radiusi, m rk 0,27 1,7

5 To'siq balandligi, m ht 0,12 0,12

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6 Tortish kuchi, N Pk 0 0

7 Yo'l prosveti, m H1 0,23 1,3

8 Orqa ko'prik prosveti, m H2 0,23 1,25

9 O'tuvchanlik burchaklari, grad.: - oldingi - keyingi Гу иу 36 17 41 25

TechVLab dasturi yordamida "Avtomobilning yo'l to'siq aridan o'tuvchanligini

aniqlash" laboratoriya mashg'ulotini olib borishda talaba tomonidan avtmobil parametrlari (umumiy og'irligi, bazasi, koleyasi, g'ildirak radiusi, to'siq balandligi, yo'l prosveti, tortish kuchi, avtomobil turi, harakatlanish holati kabilar) kiritiladi. Ushbu tajriba yordamida avtomobilning tegishli balandlikka ega yo'l to'sig'ini yengib o'tish uchun kerak bo'ladigan

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

2

r

k

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tayanch tortish kuchi hamda avtomobilning yo'l to'sig'ini yengib o'ta oladigan ko'ndalang va bo'ylama radiuslari aniqlanadi. (2-rasm)_

Ш

Avtomobilning og'iriigifG^N) 14500

Yo'l prosveti(Hi,M)

0,23 ] 0,23

(L,M) Koleyasi(B,M) G'ildirak radiusi (r„ M) To'siq balandligi(tltj M) ] h-* 1 0,27 I 0,12 |

Orqa ko'prik Tortish kuchi

prosweti(Hi,M) (Pk,N) ] °

Mashinaturi

Harakatlanish holati

Yengil avtomobil

Yetakchi g'ildirakj

Mashinaturi Harakatlanish holati ht, (M) рб (M) рк(М) Th (N)

This (N)

To'siq balandligi (ht, M)

O'tuvchanlik ko'rsatkichi

ps

p,< Q

T„

Trnj

M

Dm

N N

Natijani jadvalga qo'shish Dastlabgi holatga qaytarish

2-rasm. Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchan igini aniqlash.

Sun'iy to'siq avtomobilning harakat yo'nalishiga tik holda joylashgan bo'lib, bir nechta mustaqil, qalin metall plastinkalardan iborat bo'ladi. Zarur balandlikdagi g'ov hosil bo'lishiga mo'ljallangan plastinkalar bir-biriga ustma-ust joylashtirilib, qo'zg'almas taglikga yashirin vintli birikmalar yordamida bikr qilib mahkamlanadi.

Tajribani amalga oshirish uchun avtomobil modeli ma'lum yo'l sharoiti ta'minlangan va sun'iy to'siq bilan jihozlangan gorizontal novga erkin o'rnatilib, oldingi uchi bilan tros-ip yordamida chig'iriq orqali tarozi bilan tutashtiriladi. So'ngra avtomobilning oldingi g'ildiraklari talab qilingan balandlikka teng sun'iy to'siqga tirab qo'yiladi va tarozi sekin-asta bir me'yorda oshib boruvchi toshlar bilan yuklanib boriladi. Toshlarning vazni avtomobil g'ildiraklari sun'iy to'siqni yengib o'tguncha qadar oshirib boriladi va bu miqdor tayanch-tortish o'lchami - T itaruvchi kuchning qiymatiga mos keladi. Har gal sun'iy to'siq balandligi plastinkalar qalinligi hisobiga oshirib boriladi va har bir tajriba kamida uch marta yuqorida bayon qilingan tartibda takrorlanadi.

Ushbu tajribani avtomobil modelining oldingi g'ildiraklari yetaklanuvchi yoki yetakchi bo'lgan hollarda, hamda yo'l to'siqlarining rusumi va xarakterini o'zgartirgan holda davom ettirish mumkin (3-rasm). kiritiladi.

/Р To'siq balandligi O'tuvchanlik ko'rsatkichi

ht, m -б -к Ttaj.

120 0,183 1,180 15048

Nazorat savollari

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1 .O'tuvchanlikning geometrik va tayanch-tishlashish o'lchamlari orasida qanday farq bor?

2. Avtomobilning o'tuvchanligiga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?

3. O'tuvchanlikni oshirishning qanday usullari mavjud?

4. Avtomobilning konstruktiv xususiyatlarining o'tuvchanlikka ta'siri qanday?

Ushbu virtual laboratoriya ishini talaba mustaqil bajarsa, qolgan mavzulariga doir laboratoriya ishlarni ham TechVlab dasturida oson, tushunarli va qulay tarzda bajara oladi._

@ Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchanlrgini aniqiash — X

Kuch(N)

15050

Avtomobilning og'irligi (Gk,IM) Bazasi(L,M) Koleyasi(B, M) G'ildirak radiusi (rk M)

10055 |2,52 Ьл I |0,27

Yo'l prosvsti (Hi,Ml Orqa ko'prik prosveti(Hi,M) Tortish kuchi (Pt,N) Mashina turi

To'siq balandligi(ht, 0,12

Harakatlanish holati

0,23

0,23

[Yengil avtomobil - Yetakchi g'ildirak

Mashina turi Harakatlanish holati ht, (M) рб (M) рк (M) Th (N)

This (N)

To'siq balandligi (ht,M)

0,12

O'tuvohanlik ko'rsatkiohi /Jв |0,182574 M

рк 1,1802173913043! M

Th 15048,946009604! ¡\] Ttaj 15048,946009604! N Natijan jadvalga qo'shish

Dastlabgi holatga qaytarish

Barchasini tozalash

Natijani Excelga ko'chirish

3-rasm. Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchanligini aniqlash.

Mazkur tajriba orqali aniqlab olingan barcha kattaliklar natijalari quyidagi jadvalga Transport vositalari muhandisligi ta'lim sohasi bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun laboratoriya jihozlarining yetishmasligi yoki ularning eskirganligidan kelib chiqib, bo'lajak muhandislarni hozirgi zamon texnologiyasidan foydalangan holda, axborot texnologiyalari, sun'iy intellekt, smart aloqa vositalariga qiziqishi va ularda texnika vositalarining mavjudligini inobotga olsak, virtual laboratoriya ishlarni qiyinchiliksiz bajarishga imkon beradi. Talabalar zamonaviy vositalar orqali laboratoriya ishlarini bajarsa, ularning muhandislik sohasiga bo'lgan qiziqishlari, kashfiyotchilikka bo'lgan intilishlarini rivojlantiradi, Bu esa o'qituvchining ham mas'uliyatini yanada oshiradi.

Hozirgi zamon talabi laboratoriya ishlarini bajarishda eski usullardan qochish, yangi g'oya va modellarga o'tish o'qitishning samaradorligi oshiradi. Albatta talaba faqatgina virtual laboratoriya ishlarini bajarib yetarli miqdorda kasbiy mahoratini shakllantirib bo'lmaydi, bunda real laboratoriya ishlarining roli alohida o'rin tutadi.

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Virtual laboratoriya ishlarini talaba mustaqil joy, vaqt tanlamasdan qo'lidagi smart aloqa vositalari orqali ham bajara oladi, bu esa talabada ishtiyoqni oshiradi, fanga bo'lgan qiziqish va ijodkorlikni shakllantiradi.

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda transport muhandisligi bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari laboratoriya ishini bajarishdan oldin talaba fan dasturidagi laboratoriya ishining mavzuga doir to'liq yo'riqnomani mustaqil o'qib chiqishi va undagi o'zi tushunmagan bilimlarni yoki asbob - uskunalarni, ularning ishlashini avval o'qituvchidan so'rashi, ishni bajarishiga doir ko'rsatmalar bilan chuqur tanishib, shundan so'ng ish yuzasidan talaba va o'qituvchi orasida qisqa savol - javob shaklida yo'riqnomadagi keltirilgan ma'lumotlarni mustahkamlab olsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Laboratoriya ishini virtual shaklida tashkil etish orqali talabaning bilim saviyasi oshishiga hamda o'quv jarayonining sifat va samaradorligi o'sishga olib keladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Каршибоев, Ш. 2023. Методика современной организации лабораторных занятий по физике. Общество и инновации. 4, 8/S (окт. 2023), 94-101. DOI : https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp94-101.

2. Sh.Sh.Sayfiyev, U.E.Haydarov, U.O'.To'xtayev, M.N.Yusupov FIZIKA DARSLARIDA VIRTUAL LABORATORIYALARDAN FOYDALANISHNING YANGICHA USULLARINI ISHLAB CHIQISH // SAI. 2024. №Special Issue 23. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/fizika-darslarida-virtual-laboratoriyalardan-foydalanishning-yangicha-usullarini-ishlab-chiqish (дата обращения: 25.07.2024).

3. Xalikov, Akbar & Egamov, Sulton & Normatov, Jahongir. (2022). Informatika fanida virtual ta'lim texnologiyalari. Общество и инновации. 3. 109-113. 10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp109-113.

4. Р.И.Золотарёв. «Виртуальная лаборатория инновационной компьютерной дидактики в системе профессионального образования» дис.. кан. пед. наук/ Кубанский государственный университет. Россия. 2008, стр. 217. https://disser.uz/virtualnaja-laboratorija-innovacionnoj-kompjuternoj-didaktiki-v-sisteme

5. И.В.Лапшина. «Виртуальная информационно-образовательная лаборатория в профессиональной подготовке студентов» дис.. кан. пед. наук/ Ставропольский государственный университет. Россия. 2002, стр. 161. https://disser.uz/virtualnaja-informacionno-obrazovatelnaja-laboratorija-v-professionalnoj

6. Xoliqov Q.T., Qarshiboyev Sh., Sulaymanov O.A., Egamberdiyev T.X. Fizika ta'limida online virtual laboratoriyalardan foydalanishning afzalliklari. Fan va ta'lim integratsiyasi 2023-YIL 1-SON https://journals.uzfi.uz/.

7. S.A.Usmanov. "Imitatsion model qurilmalari vositasida muhandis-pedagoglarni tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari" dis.. ped. fan. nom./ O'rta maxsus, kasb-hunar

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ta'limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti. 2007-yil.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

155 bet. HIIIHIIIHHIIIIIIIH

8. F.R.Muradova. "Oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda virtual laboratoriyadan foydalanish metodikasini takomillashtirish" dis.. DSc./ Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 2022-yil. 200 bet.

9. Q.K.Tagayev. "Virtual texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanish metodikasi" mag. diss.. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 2023-yil. 91 bet.

10. K.M.Xalikov, Z.R.Mamadaliyeva. "Internet tarmog'ida virtual laboratoriya ishlarini bajarish imkoniyatini beruvchi konstruktorlari" monografiya. Novateur Publication nashriyoti ISBN: 978-93-86253-36-2.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Abduraxmanov Zoxidjon Baxtiyor o'g'li. doktorant [Абдурахманов Зохиджон Бахтиер угли, докторант], [Abduraxmanov B. Zoxidjon doctoral student]; manzil: 130100, Jizzax viloyati, Jizzax shahri Sh.Rashidov shox ko'chasi, 259 uy, [адрес: 130100, Джизакская область, г. Джизак Улица Рашидова, д. 259], [address: Rashidov Street, 259, Jizzakh, 130100, Jizzakh region]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.