UZUMNING URUG'SIZ NAVLARININING MEXANIK VA
BIOKIMYOVIY TARKIBI
Dexqonova Shahnoza Yulbarsovna
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11477575
Annotatsiya. Ushbu maqolada Antijon ivloyati yetishtirilayotgan uzumning urug'siz navlarini yetishitirish, uning texnologik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Bunda, tajribalar uchun tanlab olingan kishmishbop uzum navlarining asosiy ko'rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ilmiy asoslangan xulosalar hosil qilingan.
Kalit so'zlar. Uzum, kishmish, hosildorlik, sifat, kuzgi va qishki navlar, quritish texnologiyasi.
Kirish. Jahonning ko'plab mamlakatlarida meva-uzum mahsulotlarini quritish bo'yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Olib borilgan ilmiy - tadqiqotlarda asosan mevalarni quritish, uning qadoqlanishi va nav tanlash bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Ayniqsa, Turkiya, Eron va AQSh olimlari tomonidan mevalarni quritish texnologiyasiga asosiy urg'u berilib, aksariyat tadqiqotlar meva va uzumni quritish jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha olib borilgan.
Bugungi kunda uzum mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish, xom-ashyoga ishlov berish usullarini takomillashtirish, quritish jarayonlariga resurs va energiya tejamkor samarali texnologiyalarini tatbiq etish bo'yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Uzum navlarining texnologik ko'rsatgichlarini tahlil qilishda (1-jadval) kishmishbop uzumlarning Botir kishmish, Kishmish rozoviy, Kishmish chyorniy, Kishmish beliy va Kishmish Sogdiana nalarining quruq modda miqdorlari, qattiqligi, nitrat miqdori, bir bosh uzum vazni va uzum donasining vazni 2020-2022 yil olingan natijalarga nisbatan tahlil qilindi.
Taxlilga ko'ra, quruq modda miqdorlarini refraktometr yordamida dala sharoitida aniqlandi. O'rganilayotgan kishmish navlardan Botir kishmish, Kishmish rozoviy, Kishmish beliylarda quruq modda miqdori 19,1-19,6 foizni tashkil qilgan bo'lsa, qolgan Kishmish chyorniy va Kishmish Sogdiana naavlarida 21-25 foizga boshqa navlarga nisbatan quruq modda ko'pligi aniqlandi. Quruq modda miqdorini tahlil qilishda Kishmish roziviy navida 2020 yil quruq modda miqdori 19,5 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2022 yilda bu ko'rsatgich bir muncha past ko'rsatgichlar qayd etilgan. Botir kishmish va Kishmish beliy navlarida quruq modda miqdori yillar kesimi bo'yicha quruq modda miqdori ortganligini ko'rish mumkin.
Kishmishbop uzumlardan Kishmish chyorniy va Kishmish Sogdiana navlarini quritish natijasida boshqa navlarga nisbatan ko'proq tayyor mahsulot olish mumkinligi aniqlandi.
1-jadval. Uzum navlarining texnologik ko'rsatkichlari (2020-2022 yy.)
№ Navlar Yillar Quruq modda miqdori, % Qattiq-ligi Nitrat miqdori, % Bir bosh uzum vazni, g Uzum donasi vazni, g
1 Kishmish 2020 19,1 190 59,2 356 1,8
Botir 2021 19,5 230 56,5 348 2,0
2022 19,6 265 57,3 395 2,1
o'rtacha 19,4 228,3 57,7 366,3 2,0
2 Kishmish 2020 19,5 203 59,4 400 1,5
rozoviy 2021 19,6 220 57,8 395 1,7
2022 19,1 248 57,3 405 1,8
o'rtacha 19,4 223,7 58,2 400,0 1,7
3 Kishmish chyorniy 2020 22 205 28,2 418 2,1
2021 22,4 280 27,8 420 2,2
2022 22,8 290 26,5 425 2,6
o'rtacha 22,4 258,3 27,5 421,0 2,3
4 Kishmish beliy 2020 19,1 210 58,3 318 1,6
2021 19,5 240 58,7 329 1,8
2022 19,6 250 56,6 389 2,1
o'rtacha 19,4 233,3 57,9 345,3 1,8
5 Kishmish Sogdiana 2020 21 200 29,3 526 4,2
2021 23 210 28,5 559 4,9
2022 25 260 27,6 647 5,1
o'rtacha 23,0 223,3 28,5 577,3 4,7
Kishmishbop uzum navlarining qattiqlik darajasini aniqlash uchun uzum donalarini penetrometrning 2,0 millimetrli uchlik(nosadka)dan foydalangan holda qattiqlik darajasi navlar kesimida 2020-2022 yillar davomida kuzatildi. Tadqiqotlarni 2020 yilda kishmishbop uzum navlarida kuzatilganda Kishmish botir navida 190, Kishmish rozoviy navida 203, Kishmish chyorniy 205, Kishmish beliy 210, Kishmish Sogdianada 200 ni tashkil qilib, eng yuqori qattiq darajasi Kishmish beliy va Kishmish chyorniy navlarida aniqlandi. 2021 yildagi kuzatishlar natijalarida eng yuqori qattiqlik Kishmish chyorniy (280), Kishmish beliy (240), Kishmish Botir (230) qattiqlikga ega bo'ldi. 2022 yildagi tahlillarda eng kattiq kishmish uzumning Kishmish chyorniy (290), Kishmish Botir (265), Kishmish Sogdiana (260) navlari qattiq bo'lib, o'rgangan 2020-2022 yilllar davomida o'rganilgan kishmishbop uzumning Kishmish Botir va Kishmish chyorniy navlarida o'sish kuzatildi.
O'rganilgan kishmishbop uzum navlarini tarkibidagi nitrat miqdorini aniqlash uchun to'liq pishib yetilganda nitrotomer bilan aniqlanganda eng kam nitrat miqdori Kishmish chyorniy navida 28,2-27,8-26,5 foizlar bo'lib, kamaydi. Xuddi shunday Kishmish Sogdiana navida ham 29,3-28,527,6 foizda o'rtacha 27,5-28,5 foizni tashkil qildi. O'rganilgan boshqa Kishmish Botir, Kishmish roziviy, Kishmish beliy navlarida nitrat miqdori bir muncha ko'pligini ya'ni 56,6 -59,2 foizga ko'pligi aniqlandi.
Oziq-ovqat havfsizligi dolzarb bo'lib turgan bir paytda mahsulotning tarkibidagi nitrat miqdorlarini o'rganish muhim hisoblanadi. Biz o'rgangan kishmishbop uzum navlaridan Kishmish chyorniy va Kishmish Sogdiana navlari oziq-ovqat havfsizligi talablariga javob beradigan va nitrat miqdori boshqa navlarga nisbatan kam bo'lgan sifatli mahsulot olish mumkinligi isbotlandi.
Yetishtirilayotgan kishmishbop uzum navlaridan tayyorlanadigan kishmish sifati va tayyor mahsulot chiqimini oshirish tadbirlaridan biri bu bir bosh uzumning og'irligi hisoblanib, biz o'zgargan kishmishbop uzum navlarini 2020-2022 yillar kesimida tahlil qilinganda juda kam farq bilan Kishmish chyorniy navida 418-420-425 gr bilan o'rtacha 421 grammni qilgan bo'lsa, Kishmish Sogdiana navida katta farq bilan ya'ni 526-559-647 gramm. O'rtacha 577,3 grammni tashkil qilib, yillar kesimida o'sish kuzatildi.
Tadqiqotlar boshqa kishmishbop uzum navlarida ham o'lchash ishlari amalga oshirishdi va ular Kishmish Botir navida yilllar kesimida 356-348-395 gramma o'rtacha 366,3 gramm, Kishmish rozoviy navida 400-395-405 gramm, o'rtacha 400 gramm, Kishmish beliy navida esa 318-329-389 gramm, o'rtacha 345,9 grammni tashkil qildi.
Kuzatishlar natijalariga asoslanib, eng sifatli hosil va tovarliligi yuqori bo'lgan Kishmish chyorniy va Kishmish Sogdiana navlari aniqlandi.
O'rganilgan kishmishbop uzum donasining vazni yuqori bo'lgan navlarida Kishmish beliyda 1,8 gramm, Kishmish Botirda esa 2,0 gramm kuzatildi. Kishmish rozoviy o'rtacha 1,7 gramm, Kishmish chyorniy o'rtacha 2,3 gramm va Kishmish Sogdiana o'rtacha 4,7 gramm og'irlikka ega bo'ldi. Eng yuqori uzum donasi Kishmish Sogdiana navida kuzatilib, yuqori sifatga ega bo'lgan kishmish olindi.
LIST OF REFERENCES
1. Islamov S.Ya., Durxodjaev Sh.F., Murotov Q.G'. Uzumning kishmishbop navlarini quritishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash // O'zbekiston agrar fani xabarnomasi" jurnali. -Toshkent, 2019. - № 3 (77). - B. 100-102
2. Umidov Sh. E., Berdiev J. N. Varieties of Quince (Cydonia Oblonga Mill.) Grown In Uzbekistan and The Importance of Their Storage and Processing //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences 23, 44-48
3. Polegaev V.I. Method otsenki quality of fruits and vegetables (Metodicheskie razrabotki). M .: - 1978.- 66 p
4. Umidov Sh.E., Temirova D.F., Shaumarov H.B. The effect of preliminary processing on the preservation properties of grapes on it in storage // ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, Year : 2021, Volume : 11, Issue : 9, September, P : (716-720) Last page : (221), Print ISSN : 0000-0000. Online ISSN : 22497137., Article DOI: 10.5958/2249-7137.2021.01982.0
5. Islamov S.Ya., Jalalov S.A., Shamshiev J.A.Storage containers of grapes in the refrigerator and their impact on the quality of products // International Journal of Agriculture, Environment and Bioresearch (IJAEB) (May-Yune 2020). - India, 2020. - Volume 5. - Issue 3. - P. 186190 (ISSN: 2456-8643; SJIF Impact Factor: 6.651).