Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
KISHMISHBOP UZUM NAVLARINING TOVARBOPLIK KO'RSATKICHLARIGA O'STIRUVCHI MODDALAR VA MIKROELEMENTLARNING TA'SIRINI O'RGANISH Farrux SHomurot o'g'li Mahmadiyorov
SamDU tayanch doktoran
Maqolada uzumning kishmishbop navlarining o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va tovarboplik ko'rsatkichlariga o'stiruvchi moddalar hamda mikroelementlarning ta'siri o'rganilgan.
Kalit so'zlar. Qora kishmish, Oq kishmish, uzum etishtirish, hosildorlik, qayta ishlash, tayyor mahsulot, mikroelement, o'stiruvchi modda, klaster, hosil sifati.
This article provides data on the growth, development, productivity and impact of microelements and biologically active substances on grape variety of white Kishmish.
Keywords. Qora kishmish, Ok Kishmish, grape production, yield, processing, product, microelement, stimulators, cluster, fruit quality.
Kirish. Dunyoda qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lgan uzumchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida uzumning istiqbolli xo'raki, kishmishbop va vinobop navlarini yaratilgan, hosildor, hosil sifati yuqori navlar tanlangan, maqbul tok tupi yuklamasi, mineral o'g'itlar me'yori, o'stiruvchi moddalarni qo'llash usullari va me'yorlari ishlab chiqilgan. SHuningdek mamlakatimizda uzumchilikni rivojlantirish, eksportbop navlarini yaratish, qayta ishlash va xalqimizga sifatli mahsulot etkazib berish borasida samarali ishlar yo'lga qo'yilmoqda. SHular jumlasidan bizning olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarimizda uzumning kishmishbop navlarining hosil sifatiga va hosildorligiga mikroelementlar va o'stiruvchi moddalarni ta'sirini o'rganish maqsad qilib olindi.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Tajribalar Samarqand viloyati Urgut tumanining tog' oldi mintaqalar
Sanaeva Lobar Mizamovna
ToshDAUSF, magistr
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
sharoitida o'tkazildi. Uzumning kishmishbop Oq kishmish, Qora kishmish kabi navlari hamda mikroelemntlar (Cu, Zn, Mn) va o'stiruvchi moddalar (gibberellin) tadqiqot ob'ekti sifatida olindi. Ilmiy ishimizning maqsadi uzumning kishmishbop navlarini o'sishi, rivojlanishi hamda hosildorligiga mikroelementlar va o'stiruvchi moddalarni qo'llashning samaradorligini o'rganishdan iborat. O'rganilgan variantlar ichida eng samarali va maqbul variant uzumning kishmishbop navlarini vegetatsiya davrida ikki marta, ya'ni birinchi marta gullash tugashi bilan, ikkinchi marta g'ujumlar to'liq shakllanganda 10 litr suvga Cu - 0,5 g, Zn - 0,5 g, Mn - 0,5 g hamda gibberellin 1,0 g solinib tayyorlangan ishchi eritma bilan ishlandi. Olib borilgan tadqiqotlarimizda uzumning kishmishbop navlarining agrobiologik xususiyatlari, fenologik fazalarning o'tishi, tok yuklamasining shakllanishi, tok tuplarining hosildorligi, uzum boshi va g'ujumining mexanik xususiyatlari, biokimyoviy tarkibi hamda sifat ko'rsatkichlari tahlil qilindi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tajribada o'rganilgan uzumning kishmishbop Oq kishmish va Qora kishmish navida tuplarning kattaligi va morfologik belgi xususiyatlarini o'rganish natijalari shuni ko'rsatdiki, Oq kishmishning o'rganilgan tuplarda o'rtacha zang novdalar uzunligi 87,2 santimetrni, novdalar soni 38,6 donani, qo'ltiq novdalar soni 4,3 donani tashkil etdi. Bir tupdagi novdalarning umumiy uzunligi 39,6 metrni, novdalarning o'rtacha uzunligi 109,7 santimetrni, tupning barg bilan qoplanish darajasi 682 donani, har bir novdadagi barglar soni 20,2 donani assimilyasiya yuzasi 13,1 m2 ni tashkil etdi. SHuningdek Qora kishmish navida ham ushbu k^rsatkichlar mos ravishda 98,7 sm, 48,9 dona, 93,7 metr, 201,7 sm, 774 dona, 19,9 dona, 21,5 m2 ni tashkil etdi.
Kishmishbop uzumning Oq kishmish navida kurtaklar bo'rtishining boshlanishi 12 aprelda, gullashning boshlanishi 24 mayda, g'ujumlarning pisha boshlashi 22 avgustda, g'ujumlarning to'liq pishishi 10 sentyabrda namoyon bo'ldi. Ushbu navda vegetatsiya davrining davomiyligi 153 kundan iborat bo'ldi. Qora kishmish navida esa 15 aprel, 21 may, 23 iyul, 22 avgust va 131 kundan iborat bo'ldi.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
O'rganilgan kishmishbop uzum navlarining mexanik belgi xususiyatlari tahlili shuni ko'rsatdiki Oq kishmish navida uzum boshlarining o'rtacha vazni 274,7 gramm, uzum boshidagi shingillarning o'rtacha og'irligi 5,8 gramm, uzum boshidagi g'ujumlarning o'rtacha og'irligi 268,9 gramm, uzum boshidagi g'ujumlarning o'rtacha soni 181,7 dona, uzum boshi uzunligi 24,2 santimetr, uzum boshning eni 12,1 santimetr oralig'ida bo'ldi. Qora kishmish navida esa ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 345,4 gramm, 6,4 gramm, 337,1 gramm, 150,1 dona, 23,4 sm, 14,5 sm ni tashkil qildi.
Oq kishmish navida uzum mevasining og'irligiga nisbatan po'sti 1,47% ni, urug' rudimenti 0,21 % ni etdorligi esa 98,32 %ni tashkil qildi. SHuningdek, uzum boshi biokimyoviy tarkibi esa quruq modda 28,8 % ni, qand miqdori 25,7 % ni, kislotalik 4,2 g/l ni tashkil qildi. Qora kishmish navida esa ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 0,85 %, 0,46 %, 98,71 %ni, qanddorligi esa 24,3 % ni, kislotalik 4,5g/l ni, quruq modda 27,9 % ni tashkil etdi.
Uzumning kishmishbop navlariga o'stiruvchi moddalar bilan birgalikda mikroelementlar qo'llash orqali Oq kishmish navida 65-68%, Qora kishmish navida 70-72% ko'proq uzum hosili olishga erishildi. Uzumning kishmishbop navilariga gullash tugagashi zahoti gibberellin bilan bir marta ishlov berish uzum boshi va g'ujum og'irligi hamda o'lchamini 165-168 % ga oshirib, quruq moddalar va qand miqdorini esa nisbatan kamaytirar ekan. Bundan tashqari uzum mevasi tarkibida kislota, pektin va oshlovchi moddalar miqdorini esa oshirdi. Oq kishmish va Qora kishmish navlariga gibberellin va
mikroelementlarni ikki marta - birinchi marta gullash tugashi
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
bilan va ikkinchi marta g'ujumlar to'liq shakllanganda purkalganda uzum boshi va g'ujum o'lchami ancha kattalashib, pishishi tezlashdi va tarkibida qand miqdori sezilarli darajada ortib, tovarbop mahsulot olishni ta'minladi.
Xulosalar. Olib borilgan tadqiqotlar natijariga asoslangan holda qo'yidagicha xulosalar qilindi, kishmishbop uzumning Oq kishmish, Qora kishmish navlarini vegetatsiya davrida o'stiruvchi moddalar (gibberellin) va mikroelementlar bilan ikki marta ya'ni, gullash tugashi bilan hamda g'ujumlar to'liq shakllanganda bargdan oziqlantirish uzum boshi va g'ujum o'lchami kattalashtirib, hosilni pishishni tezlashtib, tarkibida qand miqdori sezilarli darajada ortishiga va tovarbop mahsulot me'yoriga olib keldi.
REFERENCES
1. Makarova A.G. - Vliyanie mineralnogo pitaniya na povtishenie urajaynosti v kachestva vinograda stolovtix sortov v usloviyax tersko-kumskix peskov. Avtoref. diss. kand. s/x. nauk. - Novocherkask, 2019. - S. 15-20.
2. Normurodov D.S., Normurodov I.T., Sanaev S.T., Hamdamova E.I. -Uzumchilik. - Samarqand: 2021.
3. Sanaev S.T. - Uzumchilik (fermerlar maktabi tinglovchilari uchun o'quv qo'llanma). - T.: 2022.
4. Temurov SH. - Uzumchilik (darslik). - T.: 2002.
5. Fayziev J.N. - Uzumning urug'siz navlarini etishtirish texnologiyasi. Tavsiyanoma. T.: 2019.
May 12-13