Научная статья на тему 'UYG‘ONISH DAVRINING BUYUK DRAMATURGI UILIAM SHEKSPIRNING “HAMLET” ASARI TAHLILI'

UYG‘ONISH DAVRINING BUYUK DRAMATURGI UILIAM SHEKSPIRNING “HAMLET” ASARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
518
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davrning voqealari / keskin burilish / qabohat / xiyonat mavzusi / Hamletning otasini arvohi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Madina Toshmatova, Mamlakatxon Jo‘rayeva

Ushbu maqolada ingliz dramaturgi U.Shekspirning hayoti va ijodi, yozgan asarlari va eng mashxur tragediyasi “Hamlet” asarining tahlili bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UYG‘ONISH DAVRINING BUYUK DRAMATURGI UILIAM SHEKSPIRNING “HAMLET” ASARI TAHLILI»

UYG'ONISH DAVRINING BUYUK DRAMATURGI UILIAM SHEKSPIRNING "HAMLET" ASARI TAHLILI

Madina Toshmatova Ilmiy rahbar: Mamlakatxon Jo'rayeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz dramaturgi U.Shekspirning hayoti va ijodi, yozgan asarlari va eng mashxur tragediyasi "Hamlet" asarining tahlili bayon etilgan.

Kalit so'zlar: davrning voqealari, keskin burilish, qabohat, xiyonat mavzusi, Hamletning otasini arvohi

ANALYSIS OF "HAMLET" BY WILLIAM SHAKESPEARE, THE GREAT

RENAISSANCE ERA

Madina Toshmatova Scientific supervisor: Mamlakkhan Jorayeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article describes the life and work of the English playwright W.Shakespeare, his works and the analysis of his most famous tragedy "Hamlet".

Keywords: events of the period, dramatic turn, horror, the theme of betrayal, the ghost of Hamlet's father

Shekspir dramalari jahon san'ati yutuqlarining eng nodir namunalarini tashkil etadi. Davrning real voqealiklarini teran aks ettiruvchi bu asarlar yuksak umumlashma asarlar darajasiga ko'tarildi. Bu xol dramaturgga jamiyatdagi shiddatli to'qnashuv va ziddiyatlarni ochib tashlash, davrning mashaqqatli muammolarini olg'a surish imkonini berdi. Inson va uyg'onish davri haqidagi haqiqat qanchalik achchiq bo'lmasin, Shekspir bu haqiqatlarni o'z asarlarida ochib berdi.Shekspir aktyor va shoir ham bo'lgan.Uning yozgan eng mashhur asarlari "Hamlet", "Makbet", "Qirol Lir", "Romeo va Julyetta", "Otello", "Yuliy Sezar" va "Qiyiq qizning quyilishi" Boshqa asarlari ham barchamizga taniqlidir.

"Hamlet" asari fojeali va ziddiyatlarga boy asar hisoblanadi. Bu asarni dastlab A.S.Cho'lpon, M.Shayxzoda va Jamol Kamol o'zbek tiliga tarjima qilganlar. Asardagi voqealar Elsionorda bo'lib o'tadi. Hamlet Daniya shaxzodasi, qasos olib o'ldirilgan qirol va malika Gerturudaning o'g'illaridir. Asardagi boshlang'ich voqea -kirish qismida - Tungi payt qasrni qorovullar qo'riqlayotganini ko'ramiz. Bunda

ofitser Bernardo va Fransisko saroyni qo'riqlayotganida soat 12 ga bong uradi, marhum qirolning arvohi tinim bilmay saroyni kezib chiqadi. Fransisko ketib o'rniga Marsel kelgan bo'ladi. Arvohning tashvishli nigohi Marsel va Bernardoni qo'rquv iskanjasiga tashlaydi. Bu voqeani ular Hamletning do'sti bo'lgan Xoratsioga aytishadi. U avval bu gaplarga ishonmaydi. Lekin qasrga kelib qirolning arvohini ko'rganida bularga ishonadi. Marhum qirol shu qadar bezovta ediki, unga kimdir so'z qotsa, nima uchun bu yerda yurganini aytishini sezgan Xoratsio uni gapga tutadi. Lekin tong yaqinlashib, xo'roz qichqirganligi sabab bu ishni uddasidan chiqolmaydi va marhum qirol ko'zdan g'oyib bo'ladi. Ular bu bo'lgan ishlarni Hamletga aytishga qaror qilishadi.

Asosiy voqeaga turtki bo'ladigan voqea bu - qirol Klavdiy va Gertrudaning hali marhmning azasi tugamasidan shoshilinch nikohlari sabab bo'ladi.Hamlet otasini shu qadar yaxshi ko'rar ediki, uning o'limidan keyin shaxzodaning qaddi bukilgan edi. Aza marosimi to'y marosimiga shoshilinch ulanib ketganidan Hamletni bu hol judaham tushkun va og'ir iztirobga solib qo'ydi. U amakisi va onasidan qattiq ranjidi. Bu asarda asosiy mavzu - xiyonatdir. Chunki Gertruda qirolning o'limiga ikki oy bo'lmay turib, darrovda turmish qurishi aqlga sig'maydigan darajada. Agar Gertruda motam libosini kiyib erining arvohini xurmat qilib, hech bo'lmaganda bir yil u uchun motam azasini saqlaganda ham bunday og'ir va murakkab ziddiyatlar namoyon bo'lmagan bo'lardi. U o'zining his tuyg'ulariga qarshi borolmadi va shaxsiy manfaatlarini ustun qo'ydi. O'z nafsini yenga olmay, unga asir bo'ldi. Klavdiyni yolg'on va shirin so'zlariga ishonib, sarob orzular og'ushida uchdi. Demak qirol o'ldirilib, Klavdiy va Gertrudaning nikohdan o'tishi oldindan rejalashtirilgan bo'ladi.

Hamlet onasini qilgan ishini, otasining arvohiga xurmatsizlik deb biladi. Chunki otasi malikani shu qadar qattiq sevardiki, buni til bilan ta'riflab bo'lmas edi. Malika bu sevgini qadrlamadi.

Hamlet bir tomondan shaxsiy intiqom tuyg'usi bilan xarakat qilsa, ikkinchi tomondan u sermuloxazali hamma vaqt o'zi bilan o'zi band. Hamlet nafaqat o'zini, oilasini, maxbubasini, atrofdagi odamlarni va o'zi yashayotgan shafqatsiz ijtimoiy tuzumginani emas, balki butun dunyoni, inson moxiyatini chuqur mushoxada qiladi. U judaham aqlli va farosatli shaxzoda. Hamlet xonasida yolg'iz, uning oldiga Xoratsio kelib, unga hamdard bo'ladi va tunda otasining arvohi qasrni darbadar kezib yurganini aytadi. Buni eshitgan Gamlet qattiq qo'rquvga tushadi. Tunda ular bilan birgalikda qorovullik qilishga axd qiladi. Marsel, Xoratsio va Hamlet marhum qirolning arvohini kutishadi va qirolning arvohi kelib, Hamletni imo ishora bilan o'ziga chorlaydi. O'limi oddiy ajali bilan emas, o'z ukasi taxt ilinjida uning qulog'iga zahar quyib, o'ldirganini aytadi. Buning uchun Hamletni amakisidan qasos olishini talab qiladi. Mana shu yerda asar keskin burilib ketadi. Bularni eshitgan Hamlet aqldan ozishiga oz qoladi. Og'ir ahvolga tushadi... Alamidan, Hamlet nafaqat

amakisi, balki onasidan ham o'ch olishini aytganda, otasining arvohi onasiga ziyon yetkazmasligini aytadi. Chunki uni vijdon azobi bilan qiynalishi, uning og'irligi malikaga yetadi deydi. Hamlet otasiga amakisidan o'ch olishga va'da beradi. Lekin u qasos olishga shoshilmaydi. Bo'lmasa u shaxzoda, Daniya xalqi ham uni shu qadar qattiq yaxshi ko'radi. Lekin qasos olmaslikka uni onasi ushlab turgan bo'ladi. Amakisi bu qilgan qotilligini o'z bo'yniga olishini kutadi, lekin u hech nima bo'lmagandek yashashda davom etadi.

Asarning tuguni va keskin burilishi Hamlet va otasining arvohi o'rtasidagi suxbatidir.

Klavdiy o'z akasini o'ldirib, nafaqat o'ziga, akasiga va butun Daniya xalqiga , vataniga xiyonat qildi. U o'z manfaatlari va taxtni deb shu ishlarga qo'l urdi, Klavdiy o'zini o'ylaydigan, razil va xudbin. U malika Gerturudani aldab avradi. To'g'ri u malikani sevadi, ammo uning uchun muxabbatdan ustunroq turadigan narsa shaxsiy manfaatidir. Mana shunday qilib voqealar rivojlanib boraveradi.

Ofeliyaning akasi Laert Fransiyadan Daniyaga Klavdiyning toj kiydirish marosimiga qatnashgani keladi. Marosim tugagach Fransiyaga ketish oldidan Ofeliya bilan xayrlashar ekan, unga Hamlet bilan muxabbati haqida maslaxat beradi. "Singlim. Hamlet judaham yaxshi, aqlli yigit. Lekin sen uning muhabbatiga ko'p ham ishonmagin. Rutbasiga ko'ra uning erki qo'lida emas, tug'ilishi bilan nasl-u nasabga asir, u yor tanlashda ham manffatlarini o'ylab qolishdan qo'rqaman. Uning iltifotlariga aldanib muxabbating hazon bo'lib qolmasin. Shuning uchun undan o'zingni uzoq tut" deydi. Shu mahal Poloniy kirib keladi. Laertga Fransiyada o'zini ehtiyot qlishi uchun qayg'urib o'gitlar beradi. U oq fotixa olib, Ofeliyaga "so'zlarimni yodingda saqla" deb ketadi. Poloniy Ofeliyadan nima haqida gaplashganlarini so'raydi. U Hamletni sevgi izxor qilganlarini aytadi. Poloniy bu gaplarni eshitgach, Laert aytgan so'zlarni takrorlab, oxirida ahmoq bo'lib qolma deydi.

Hamlet otasini arvohini ko'rib unga va'da berganidan keyin o'zini saroyda telbaga solib yuradi. Qirol va malika bundan havotirga tushib uning maktabdosh do'stlarini chaqirib, ularga vazifa topshiradi. Rozenkrand va Gildensternlarga Hamletni dard-u azoblari nimadan ekanligini so'rab uni ko'nglini olinglar deydi. Ular Hamletni oldiga borishadi. Shaxzoda yoshlikdagi do'stlari bilan so'rashib bo'lgach, bu yerga nima maqsadda kelganlarini so'raydi. Ular sizdan xabar olgani va suxbatlashib o'tirgani keldik deyishadi. Hamlet Rozenkrand va Gildensternlarni o'z manfaatlarini o'ylovchi shaxs ekanliklarini azaldan yaxshi bilib yurardi. Ularga qarab: "Bu yerga sizlarni qirol va malika chaqirtirdi, ikkovingiz xam o'z ixtiyoringiz bilan kelmagansizlar" deydi. Hamletni gapi rostligidan uyalgan Rozenkrand va Gildenstern vaziyatdan chiqib ketish maqsadida, yo'lda kelayotib o'zlari bilan aktyorlarni olib kelganlarini aytishadi. Hamlet ularni chaqirtiradi. Qirol va malika

Hamletni do'stlarini uning oldiga jo'natganlarida u yerga Poloniy kirib shaxzodani nima sababdan bu holga tushib qolganini aytadi. Sababi shuki qirolim: "U meni qizim Ofeliyani sevib uning ishqida dard chekkani uchun shunday bo'lyapti deb o'ylayman" deydi. Lekin qirol va Gertruda buning sababini o'zlarini nikohlari deb o'ylashadi. Poloniy buning isbotini qilib berishini aytadi. U Ofeliyaga Hamlet oliy nasabli inson ekanligini aytib, u bilan uchrashib yurishini bekor qilib va bergan sovg'alarini qaytarib berishini buyurganini aytadi. Ofeliya Hamletni sevgisini rad qilgani uchun, shaxzoda muhabbat dardiga yo'liqib telbaga aylangan bo'lishiga ishonishini aytadi va buning uchun Ofeliya va Hamletni uchtashtirib o'zlari ularni poylashlarini so'raydi. Qirol va malika bundan umid qilib bu ishga rozi bo'lishadi. Agar Hamlet chindan ham muhabbat dardiga yo'liqqan bo'lsa bu dardiga albatta Ofeliya malxam bo'lishini tushuntiradi. Poloniy Hamletni xuzuriga kelib aktyorlar tashrif buyurganini bildiradi. Shaxzoda aktyorlar bilan ko'rishib, ertaga kechki bazmda, bir sahna ko'rinishi qilib berishlarini iltimos qilib asar tanlashadi va bu asarga o'zining yozgan so'zlarini qo'shib, aktyorlarga vazifa topshiradi. Keyin Poloniyga amakisi va onasini ushbu saxna ko'rinishiga taklif qilishini aytadi. Poloniy ketadi.

So'ngra Qirol Xamletni xuzuriga chaqirtiradi. Yo'lakda Ofeliyani uchratadi. Qiz undan xol axvol so'raydi va bergan qimmatbaho sovg'alarini qaytarib berayotganda shaxzoda bularni men bermaganman deb o'z sevgisini inkor etadi. Ofeliyani shu saroydagi bo'layotgan yovuzlik va zulmatdan qutqarish uchun uzlatga chekinishini iltimos qiladi. Ofeliya: "Naxotki men aldandim, axir sizning sevgingiz haqiqiy ediku, siz meni aldadingizmi?" deydi. Shaxzoda uni jonidan ortiq sevsada, sevishini rad qilib, qizga qattiq gapirib uning ko'nglini qoldirishga urinadi. Ofeliya uni ko'rib "Shunday aql soxibi bo'lgan inson, chindan ham aqldan ozibdi. Parvardigor o'zing uni asra" deb xudoga iltijo qiladi. Bu suxbatlarni eshitgan Klavdiy uning aqldan ozishi muxabbatdan emasligini anglaydi. Poloniy men muxabbatdan deb bilaman, uning ko'nglini bilish uchun malikamiz o'zlari suxbatlashib ko'rsinlar, biz uni eshitaylik, agar uning dardi muxabbat bo'lmasa, bu yog'i o'zingizga havola deydi. Qirol shaxzoda Hamletni Amerikaga yuborishga ahd qiladi. Unga yo'lda hamroxlari qilib uning maktabdosh do'stlarini tanlaydi. Amerika qiroliga xat yozib, agar do'st bo'lsang Hamletni o'ldirasan degan bo'ladi. Shu yo'l bilan uni yo'q qilmoqchi bo'ladi. Shunda Gertruda mendan shubxalanmaydi deb biladi. Hamlet aslini olganda telba bo'lmaydi, o'zini shu holatga solib yuradi. Agar u shunday qilib yurmasa, chindan ham aqldan ozib qolardi.

Pyesadagi "qopqon" voqeasida yana bir keskin burilish sodir bo'ladi. Unda Hamlet aktyorlar o'ynaydigan rolda qirol va malikaning qilmishlarini sahnalashtirib, ularga ko'zgu tutadi. Xoratsioni chaqirib, mening ko'zlarim amakimda bo'ladi, sen ham uni kuzat, biz bu qotilikka ishonchimiz komil bo'lsin deb aytadi. Asar

qo'yilarkan, undagi voqealarda qirol o'z qilmishlarini ko'radi va qotillik qilganini sezdirib qo'yadi, joyida o'tirolmaydi, yuragi g'ash bo'lib u yerdan chiqib ketadi. Hamlet uning qotiligiga ishonchi komil bo'lib, arvohning so'zlarini oltingga teng deb biladi. Xursandligidan mashshoqlarni qayta chaqirib ularning cholgan kuylarini eshitadi. Shu payt Rozenkrand kirib, "Shaxzodam siz avvalari meni yaxshi ko'rar edingiz" deydi.

Hamlet - Hozir ham shunday!

Rozenkrand -Bo'lmasa nega dard-u iztiroblaringizni aytmaysiz, yoki ishonmaysizmi menga?

Hamlet - Mening dardim yuqori mansabni egallash.

Rozenkrand - Axir siz valiaxd mansabidasiz -ku... Yana qanday yuqori mansabni istaysiz?

Hamlet - Xa taqsir, biroq "pichan unib o'sguncha, ot ochidan o'lmasmi?" degan naql bor! (deydi va Gildensternga qarab) - Nega hammangiz atrofimda o'ralashaverasiz, nima meni to'rga tushirmoqchimisizlar.

Gildenstern - O shaxzodam, sizga yopishqoqligim, muxabbatim hurujidan.

Hamlet - Unda bu nayni chaling, bir eshitay, deydi. Lekin u nayni chalishni bilmasligini aytadi.

Shunda shaxzoda: bu yolg'on gapirishday oson puflaysiz va bu pardalarni bosasiz deydi. U yana chalolmasligini aytadi.

Hamlet - Gildenstern bas yetar! Meni qanday loyga qorishtirganingizni ko'rib qo'ying. Siz meni o'z maqomingizga solib, chalmoqchi bo'lasiz. Naxotki men shu naydan ham battar bo'lsam, meni cholg'u deb bilishingiz mumkin, lekin chalolmaysiz. Sizlar menga do'st emas... O'zingizni o'ylaysiz xolos. Aslida men bilan ishingiz yo'q. Lekin o'zingizni menga mexribondek ko'rsatasiz.

Ular bundan qattiq uyaladilar. Shu payt Poloniy kirib malika chaqirayotganini aytadi. Shaxzoda onasining oldiga boradi. Poloniy pardani orqasiga yashirinib olib, ularning suxbatini eshitadi. Shaxzoda onasiga qo'pol muomala qilishni boshlaydi, unga nafrat ko'zi bilan qarab, o'z otasi va amakisini solishtiradi. Malikani, otasini mehr muxabbatiga xiyonat qilganlikda ayblaydi. U o'g'lining vajoxatidan meni o'ldiradi deb qo'rqib, baqirib yuboradi. Poloniy ham pardani orqasidan unga jo'r bo'ladi. Hamlet alamzadaligidan o'zini bosolmay, "kalamush" deb baqirib parda ortiga pichoq uradi. Chunki uni qirol deb o'ylaydi. Biroq u Poloniy bo'lib chiqadi. U onasiga qo'pol muomala qilganida otasining arvohi kelib, uni tinch qo'yishini shusiz ham u vijdon azobida qiynalayotganini aytadi. Unga dalda bo'lib to'g'ri yo'lga undashini so'raydi. Hamlet bu ishi uchun onasidan kechirim so'raydi: va shu gaplarni aytadi: "Bizni haddan tashqari semirgan bu harom zamonamizda fazilat nuqsondan kechirim so'ramoqqa majbur" bu Shekspirning gaplaridir. Zamonni o'ylab shu so'zni aytib o'tgan. Va yana shu so'zlar asarda Hamlet obrazi orqali ko'p aytiladi: "Davr

izidan chiqdi...Uni qaytadan izga solish mening zimmamga tushdi" Shekspir asarlari orqali insonlarni o'ziga ko'zgu tutib, bu xatolarni qilmaslik uchun chaqiradi.

Hamlet Amerikaga yo'l oladi va bunda bir xiyla borligini payqab qirolning farmonini o'qib, o'limga mahkum etilganini biladi, farmonni boshqatdan yozib otasining muhrini bosib xatni almashtirib qo'yadi. U kemaga qaroqchilar tushib Hamletni olib ketishadi va bu yo'l bilan qutilib qoladi. Poloniy o'lganidan keyin Ofeliya aqldan ozadi, lekin Hamletdan nafratlana olmay uni sevishda davom etadi. Chunki u Hamletni insonparvar va sermuloxazaligini biladi. Otasini ham qattiq yaxshi ko'radi. Ikki o'tni orasidan qolgan Ofeliya telba bo'lib qoladi. Laert otasi o'lganini eshitb qirolning oldiga keldi va bu ishda uni aybladi. Qirol aybi yo'qligini aytdi. Shu maxal qirolga Hamletdan xat keladi va unda shu gaplar, Amerikaga ketayotganlarida qaroqchilar xujum qilib va ulardan qutilib qolganini, batafsil hammasini uyga qaytganida aytib berishi yoziladi. Qirol Laertga: "Otangni u o'ldirdi, sen farzandlik burchingni ado et. Hamletdan o'ch ol, men qilichbozlik uyushtirib beraman" deydi va shu yo'l bilan Laertni miyyasini zaharlaydi. Shunda Laert qilichga zahar surkab qo'yishini aytadi. Qirol: Agar bu zahar ish bermasa, men qadahga zahar solib qo'yaman, har bir jangda tanaffus bo'lganida uning sharafiga qadah ko'taramiz deydi. Shu payt Gerturda kelib, Ofeliya suvga g'arq bo'lib o'lganini aytadi. Hamma uni ko'mish marosimiga tayyorgarlik ko'radi.

Mana shu yerda go'rkovlar orqali gap aytiladi: "Nima uchun bu qizni o'z joniga qasd qilsa marosimlar o'tkazishyapti deganida, ikkinchi go'rkov - bu qiz oily mansabli shaxslar xonadonidan ekanligini aytadi, agar oddiy fuqaro bo'lsa xristiancha ko'milmas edi" deydi. Mana shu gaplar o'sha davrdagi xalqning holatni ochib beradi. Ya'ni oddiy va mansabdor kishilarning holatini ko'rs ak bo'ladi. Qabr boshiga Ofeliyani olib kelishadi. Buni kuzatib turgan Hamlet dod soladi. Ularning oldilariga keladi va Laert bilan qabr boshida tortishadilar.

Hamlet: -Sen Ofeliyaga cheksiz muhabbat qo'yganingni aytib qabrga birga ko'mishlarini aytayabsan, kel shuni uchinchisi bo'lib men qo'shilay deb iztirobga tushadi. Hamletni mana shu monologlarida Ofeliyaga qanchalik yuksak muhabbat qo'yganini ko'rishimiz mumkin.

Qirol Hamletga garov o'ynalganligini Laert bilan qilichbozlik qilishini aytadi, Hamlet bunga rozi bo'ladi. Jang davomida tannafus e'lon qilinib, Klavdiy qadahdagi mayni uni ichishga davat etadi. U keyinroq deb jang qilishda davom etadi Laert shaxzodani yaralaydi. Ularni qilichi almashib qolib, u ham zaxar surkalgan qilichni Laertga tekkizadi. Natijada ikkalasi ham zaharlanadi. Bu orada Gertruda qadahdagi zaharni ichib qo'yadi. Shunda Hamlet onasini axvolini ko'rib qo'rqib ketadi. Malika o'ladi. Laert Hamletdan uzur so'rab qilichda zaxar borligini, bu ishlarni Klavdiy qilganini va yo'ldan urganini aytib u ham o'ladi. Shaxzoda zahar surkalgan qilich bilan amakisini o'ldiradi. So'ng Xoratsioga: men o'layabman, bu zamon qanchalar

og'ir bo'lmasin, sen shu yerda yashab qol deb undan ichmoqchi bo'lgan zaharini tortib oladi, Axir bundagi chin xaqiqatni birov bilmasa, men avlodlar nazarida toparman taxqir. Bitta savob ish qil do'stim, mening sho'r yozmishimni insonlarga hikoya qil.

Shu payt marsh va o'q ovozlari eshitiladi. Hamlet: Bu qanday ovoz.

Ozrik Fortinbras Polshadan g'olibona qaytib kelganini uni Angliya elchilari olqishlayotganini aytadi.

Hamlet: Men tugayabman, zaharning kuchi karaxt qildi, Angliya elchilari to yetib kelguncha o'laman. Bashoratim Fortinbras qirol bo'lgusi, men buni quvvatlayman, unga ovoz beraman. Bunda nelar kechganini o'zing aytib o't do'stim Xoratsio deb o'ladi, Asar eng yuqori cho'qqiga kulmnatsiyaga ko'tariladi va portlash sodir bo'ladi.

Yechim - Xoratsio bor bo'lib o'tgan haqiqatlarni Fortinbrasga aytib beradi. Hamletni jasadini so'riga eltib , uni chiroyli xolatda Fortinbras va sadoqatli do'sti Xoratsio dafn etishadi. Shu bilan asar yakunlanadi.

Men bu asarni o'qir ekanman, Hamletni oliyjanobligi, Ofeliyaning pok sevgisi, Klavdiyning munofiqligi, Gertrudaning xiyonatkorligi qalbimni larzaga soldi. Gertrudaning xatosi butun bir mamlakatni parokandalikka olib keldi va qirol oilasi qirilib ketdi. Asardagi voqealar insonlar o'z manfaatlari uchun qanchalar tubanlikka, razilikka hamda qabohat botqog'iga botganligini ko'rsatadi.

Asarda yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik, muxabbat bilan nafrat, xaqiqat bilan yolg' on kurashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hamlet. M. SHayxzoda tarjimasi - T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1983.

2. Tursunov T. O'zbek teatr tarixi — T.:Toshkent 2008.

3. Abdusamatov H. Drama nazariyasi.— T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2000.

4. Tursunov T. Sahna va zamon. — T.: Yangi asr avlodi, 2007.

5. Islomov T. Tarix va sahna. — T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1998.

6. Rahmonov M. Hamm. (O'zbek davlat akademik drama teatri tarixi.) Birinchi kitob (1914 — 1960 yillar). — T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2001.

7. Rahmonov M., To'laxo'jayeva M. T., Muxtorov I. A. O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi. — T., 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.