RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833
| VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)
USMON NOSIR - O'ZBEK PUSHKINI (BOG'BONIN UNUTMAS NAZM BOG'LARI)
Muxtorjonov Axmadjon
Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo. 7410565
Annotatsiya: Usmon Nosir biografiyasi o'rganilib yozgan asarlari tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: she'riyat, iste'dod, tasvirlash, ta'sirchanligiga, poetik hodisa УСМОН НАСЫР - УЗБЕКСКИЙ ПУШКИНИ (НЕЗАБЫВАЕМЫЕ СТИХИ САДА)
Аннотация: Изучается биография Усмана Насира и анализируются его произведения.
Ключевые слова: поэзия, талант, описание, выразительность, поэтический феномен.
USMON NASYR - UZBEK PUSHKINI (UNFORGETTABLE GARDEN POEMS)
Abstract: The biography of Usman Nasir is studied and his works are analyzed.
Key words: poetry, talent, description, expressiveness, poetic phenomenon.
KIRISH
O'zbek Pushkini nomini olgan, XX asr o'zbek she'riyatiga chaqmoqdek kirib kelgan, yashindek qisqa umr kechirgan lekin o'zidan momaqaldiroq ovozidek kuchli adabiy meros qoldirgan atoqli shoir Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan viloyati Chuqurko'cha dahasida tavallud topgan. Otasidan erta yetim qolgan Usmonning bolaligi qiyinchilik bilan o'tdi. Otasidan to'rt yoshida ajralgan Usmon onasi Xolambibi Nosirhoji ismli insonga turmushga chiqishi ortidan Qo'qonga ko'chadi. U Qo'qondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Tug'ma iste'dodga ega bo'lgan o'smir bola u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1929-1930 yillarrda, atigi bir yil, Moskva Kinematografiya institutining ssenariy fakultetida o'qiydi, biroq qiyinchilik tufayli ta'lim yakunlanmaydi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
1931-yildan Samarqanddagi O'zbekiston davlat universiteti (O'zDU) ning filologiya fakultetida o'qidi. Bolaligidan she'rlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yo'g'i o'n besh yilgina, ya'ni qamoqqa olinguncha astoydil shug'ullanib keldi. U o'zining ilk she'rini "Haqiqat" nomi bilan 1927-yilda "Yangi yo'l" gazetasida e'lon qildi. 1931-yilda Fuqarolar urushiga bag'ishlangan Norbo'ta nomli dostonini yaratdi. Shu fursatda o'zining qanchalik nodir iste'dodga ega ekanligini yaqqol ko'rsatdi. Yosh shoirning „Quyosh bilan suhbat" (1932), „Safarbar satrlar" (1932), „Traktorobod" (1934), „Yurak" (1935), „Mehrim" (1935) kabi she'riy to'plamlari hamda „Norbo'ta" (1932) va „Naxshon" (1935) kabi dostonlari va „Atlas", „Zafar", „So'nggi kun", „Dushman" kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir 1937-yilning 14-iyulida „xalq dushmani" sifatida qamoqqa olindi va Toshkent, Magadan, Kemerovo turmalarida yotdi. Nohaq tuhmatlar uning vujudini kemira bordi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin bo'lmaydigan qiynoqlarga duchor bo'lgan shoir 1944-yilda Kemerovoda halok bo'ldi. Usmon Nosir o'zbek she'riyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi.
TADQIQOT NATIJALARI
U she'rlarida alangali tuyg'ularini jilovlamas, dilida kechayotgan tug'yonlarni sira susaytirmas, ichki kechinmalarni sof holda bayon qilar, inson ruhiy dunyosini po'rtanalar ichida ko'rsatardi.
O'zbek she'riyatida tuyg'ularni boricha, dolg'ali ko'rsatish an'anasi yo'q edi. Milliy she'riyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi va bu hech kim his
RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833
| VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)
qilmagan ammo barchaga yod bo'lib ketgan an'anaga aylanib ulgurgan edi. Usmon Nosir ana shu qoliplarni buzishga jur'at qilgan birinchi shoir bo'ldi. Shoirning o'z tuyg'ularini:
Sevgi! Sening shirin tilingdan Kim o'pmagan, kim tishlamagan? Darding yoyday tilib ko'ksidan, Kim qalbidan qonlar to'kmagan? tarzida tasvirlashi miqyosi, ko'lami va ta'sirchanligiga ko'ra mislsiz poetik hodisa edi. MUHOKAMA
Shoirning: „Ilhomimning vaqti yo'q selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob" shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir. Usmon Nosir she'riyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning „Yurak", „Nil va Rim", „Monolog", „Nasimaga deganim", „Yana she'rimga", „Begona", „Yoshlik" sigari o'nlab bitiklarida yorqin namoyon bo'lgan[1][2].
Usmon Nosir she'riyati hech kimniga o'xshamagani, she'rlarida shoirning tirik, otashin, isyonkor ruhi sezilib turishi bilan o'zgacha. XULOSA
So'nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonlaridan beqiyos shoirning ijodi va shaxsiyatiga e'tibor kuchaytirildi. "Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to'g'risida" gi PQ-125-sonli qaror qabul qilindi. Bu qarorda Namangan shahrida shoir haykali o'rnatish bandi Usmon Nosirga bo'lgan hurmat tuyg'usini yana bir pog'onaga oshirishi tabiiy.[3]
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirvaliev S. O'zbek adiblari. -T.: „Yozuvchi", 2000.
2. Q. Yo'ldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „O'qituvchi". 2000.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.02.2022-yildagi PQ-125-sonli qarori