Научная статья на тему 'URUSHDAN KEYINGI GO’ZALLIK YOKI KRISTIAN DIOR MODALAR UYI HAQIDA'

URUSHDAN KEYINGI GO’ZALLIK YOKI KRISTIAN DIOR MODALAR UYI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

306
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kristian Dior / modalar uyi / korset / bijuteriya / qirrali tufli / brend / dizayner / modelyer / oddiylik / prolaganda / lisenziya. / Dianian Dior / fashion house / couturier / collection show / costume jewelry / fashion / designer / fashion designer / strictness of style / propaganda / license.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ziyoda Axmedova

Ushbu maqolada biz Kristina Diorning butun hayoti va ijodini ko'rib chiqamiz. U moda sanoatiga qanday kirib kelgan, shon -shuhrat yo'lida qanday qiyinchiliklar bo'lgan va qanday qilib muvaffaqiyatga, yuqori natijalarga erishgan. Buyuk dizayner vafotidan keyin nima bo'ldi, uning moda uyida qanday o'zgarishlar yuz berdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article we will look at the whole life and work of Christina Dior. How he got into the fashion industry, what were the difficulties on the path to fame and how he achieved success, high results. What happened after the death of the great

Текст научной работы на тему «URUSHDAN KEYINGI GO’ZALLIK YOKI KRISTIAN DIOR MODALAR UYI HAQIDA»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-781-785

URUSHDAN KEYINGI GO'ZALLIK YOKI KRISTIAN DIOR MODALAR

UYI HAQIDA

Ziyoda Axmedova

Toshkentdagi Yeoju Technical Instituti talabasi axmedovaziyoda2214@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada biz Kristina Dioming butun hayoti va ijodini ko'rib chiqamiz. U moda sanoatiga qanday kirib kelgan, shon -shuhrat yo'lida qanday qiyinchiliklar bo'lgan va qanday qilib muvaffaqiyatga, yuqori natijalarga erishgan. Buyuk dizayner vafotidan keyin nima bo'ldi, uning moda uyida qanday o'zgarishlar yuz berdi.

Kalitli sozlar: Kristian Dior, modalar uyi, korset, bijuteriya, qirrali tufli, brend, dizayner, modelyer, oddiylik, prolaganda, lisenziya.

ABSTRACT

In this article we will look at the whole life and work of Christina Dior. How he got into the fashion industry, what were the difficulties on the path to fame and how he achieved success, high results. What happened after the death of the great

Keywords: Dianian Dior, fashion house, couturier, collection show, costume jewelry, fashion, designer, fashion designer, strictness of style, propaganda, license.

KIRISH

Kristian Dior - bu nomni eshitganda ko'z oldimizga serjilo ranglar uyg'unligi,chiroyli libosdagi ayollar keladi,hech kimnikiga o'xshamagan hidlar his etiladi. Bugun esa biz uning muallifi haqida sizga ma'lumot berib, Kristianning boshidan o'tkazgan mashaqqatlari haqida qisqacha to'xtalamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Roppa-rosa 115 yil avval, 1905-yilning 21-dekabr sanasida dunyo moda urflarini o'zgartirib yuborgan shaxs Kristian Dior dunyoga keldi. U Normandiyada o'ziga to'q oila farzandi edi. Uning ota-onasi o'g'limiz diplomat bo'ladi deb niyat qilishgan,ammo bu borada yigitchaning qarashlari boshqacha edi. Qahramonimiz yoshlikdanoq rassomchilik va musiqaga qiziqib art galereya, biroq oiladagi moliyaviy muammolar sabab uni yopishga majbur bo'ladi. Pul topishi kerak ekanligini

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-781-785

tushungan Kristian turli eskizlarni chizib uni moda jurnallariga sotib mablag' olish yo'liga o'tadi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan qahramonimiz frontga yo'l olib bir yillik xizmatda bo'ladi. Uning sog'lig'ida muammolar sezgan shifokorlar Kristianni uyiga qaytarishadi. U avvaliga Parijdagi modular uyida dizayner sifatida ish boshlab,zamonga ham to'g'ri kelmaydigan jozibador kiyim tayyorlaydi. Ko'chada urush,Dior esa rang-barang kiyim bilan ovora, shu sababli ham qahramonimizga hech kim ishonch bildirmadi. Baxtsizlik ortidan baxt kelishiga ishongan Kristian ishlashda davom etadi va qisqa vaqt Ichida uning qarshisida Marsel Bussak ismli fransiyalik tadbirkor paydo bo'ladi.

1946-yilda Kristian Dior modalar uyi tashkil topadi va oradan bir yil o'tib o'sha yerda "Gultoj" nomli birinchi kolleksiya taqdimoti o'tkaziladi. U belga ixcham joylashuvchi korset va belbog'dan tashkil topgan edi. Omma uni tomosha qilar ekan, ahir bu o'tgan zamon modasi,bunaqasi avvallari bo'lgan degan fikrlar tarqadi. Lekin Kristian o'tmish va o'z zamonini shu qadar uyg'unlashtirgan ediki, tanqidchilar orasida uning muhlislari ham paydo bo'lgan edi.

Kristian ayollarga eng yarashadigan rang bu kulrang va Pushti deb hisoblar edi. Shu sababli ham uning ilk kolleksiyasidagi kiyimlar asosan yuqorida ta'kidlangan ranglardan tashkil topgan.

Shu mavzuga qo'shimcha qilish mumkinki, Kristian Dior o'z kiyimlariga ulkan bantiklarni qo'shgan. Bu kiyimning ko'rinishini sezilarli darajaga o'zgartirar edi. Shu faktdan kelib chiqib aytish mumkinki Dior libosdagi mayda detallarga ham e'tibor berardi. Aynan Dior liboslarni bijuteriya bilan boyitdi,qimmatbaho metal bilan bezaklar tikdi. Ayniqsa uning tashabbusi bilan chiqarilgan qirrali tuflilar ko'pgina ayollarga manzur bo'ldi. Bu urfga ham qarshi chiqqanlar bor edi,ammo Kristianning ortga qaytmaganligi tufayli bu dizayn muvaffaqiyat keltirdi. Taqdimotdan so'ng Dior shu sferadagi insonlar og'ziga tushdi. Buyurtmalar bo'yicha esa bir necha oyga ilgarilab ketishga ham ulgrudi.

Kristian Diorga butun dunyodan turli xatlar kelgan. Yer yuzidagi minglab ayollar unga o'z minnatdorchiligini bildirsa, erkaklar tomonidan tanqidiy xabarlar qahramonimizga yetib kelar edi. Ayollar libosning go'zalligidan lol ekanligidan, uning dizaynidan qoniqish hosil qilgan ekanliklarini ta'kidlashgan. Erkaklar esa undan farqli ravishda ba'zi kiyimlar qimmatbaho ekanligi va vazni 4-5 kg ekanligini aytib Kristianni tanqid qilishgan.

Britaniya hukumati o'z fuqarolaridan Kristian Dior kiyimlariga baykot e'lon qilishiga undagan. Kristian qaytmas inson ekanligini yuqorida ta'kidladik. Bu safar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-781-785

ham qahramonimiz o'z qadriyatlariga sodiq qoldi va bu safar Britaniya qirolichasi va uning qiz farzandlari uchun alohida hech kimnikiga o'xshamagan ko'rinishdagi liboslarni sovg'a qildi. Bejirim liboslardan hayralangan Prinsessa Margeret o'shanda mamlakatdagi Kristian Diorga baykot propogandasiga chek qo'ygan. Kristian Dior bu harakati bilan qanday did,aql egasi ekanligini hammaga namoyish etdi va qo'shimcha qilish mumkinki uning bu amali hayotidagi eng to'g'rilaridan biri bo'ldi.

Diorning fikricha oddiylik va yaxshi did hammasidan ustun. U g'ayriodatiy uslubni xushlamas edi. Lekin ma'lum vaqtdan so'ng u o'z stereotiplariga qarshi chiqdi va moda olamidagi ilk rangli kolgotkalarni chiqardi.

Yuqoridagi ishdan so'ng u birinchi bo'lishni ma'qul ko'rganini anglash mushkul masala emas. Yana bir amalga oshgan ish bilan yuqoridagi gapni isbotlay olamiz. Modalar olamidagi birinchi litsenziya ham aynan Kristian Dior tomonidan tadbiq qilingan. Gap shundaki ko'pgina biznesmenlarga Kristian Dior brendi ostidag i kiyimlarni sotish katta mablag' keltirar edi. Ko'pgina mamlakatlarda allaqachon Kristian Dior nomi bilan feyk mahsulotlar sotuvga qo'yilgan edi. IQ darajasi ancha yuqori bo'lgan qahramonimiz o'z brendini litsenziya orqali ishlab chiqarish mumkin ekanligini, buning uchun libos dizayni originalidan katta farq qilmasligi yoki Dior dizayni bilan bir hilda ishlab chiqarilishi shart edi. Buning ortidan turli yirik biznesmenlar bilan shartnoma imzolagan Kristian Dior katta foyda ko'rgan.

Litsenziya ortidan Kristian Dior butun dunyoga tarqaldi. Turli mamlakatlarda muallifsiz namoyishlar boshlandi. O'z uslubini dunyoga tarqatgan Dior yangi uslubni topish kerak ekanligini tushunib yetdi va bu ishni amalga oshirdi ham. U o'z dizayniga pastga yo'naltirilgan chiziqlarni qo'shdi. 50-60-yillarga kelib esa keng yelkali dizayn urfga kirdi. Biroq bu vaqtga kelib dunyo buyuk modelyeridan ayrilib bo'lgan edi.

1957-yildan Kristianning vafotidan so'ng uning ishlarini Iv Sen Loran egallaydi. Uni ko'pchilik yosh va tajribasiz deb hisoblagan. Ammo u qisqa vaqt Ichida nimalarga qodir ekanligini isbotlay oldi. Sen Loran ustozi yo'lidan ketdi deyish mumkin va ma'lum bir vaqt uning uslubiga o'xshash bo'lgan liboslar taqdimotini o'tkazadi. U tayyorlagan kiyimlar qulaylik borasida Kristiannikidan yaxshiroq ekanligi bilan ajralib turar edi deyiladi ba'zi manbaalarda. Afsuski Iv Sen Loran "taxtda" uzoq o'tirmadi. U davomchi sifatda o'zini a'lo darajada ko'rsatadi ammo harbiy xizmat rejalarni o'zgartirishga majbur qiladi. Uning o'rnini bosh dizayner sifatida Mark Boen tanlanadi va bu lavozimda 1989-yilga qadar faoliyat yuritadi. Mark qo'l ostida modalar uyi katta muvoffaqiyat qozonmadi. Yangi va o'ziga hos bo'lgan dizaynlar taqdim etilmadi, nom ommaga tadbiq bo'lmadi, ammo

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-781-785

Mark qo'l ostida Kristian Dior obro'si ham tushgani yo'q. Eng qizig'I aynan Mark Boen Kristian Dior brendining erkaklar kiyimlariga asos solgan.

1989-yilda brend siyosatida katta o'zgarish yuz berdi. Kristian Diorni Louis Vuitton konserni sotib olganini e'lon qiladi. Voqealar keskinlashib Mark Boen o'z ishidan ozod qilinadi va uning o'rnini Janfranko Ferre egallaydi. Tanqidchilar bu ishni muvoffaqiyatli hisoblab, haqiqiy Dior qaytdi deb hammaga ovoza qiladilar. Ba'zi insonlar haligacha Ferreni Kristianning haqiqiy davomchisi sifatida ko'rishadi. Hammaning ishonchini qozongan qahramonimiz esa oradan 7 yil o'tib rahbarlikdan voz kechadi, bunga asosiy sabab esa u o'z shaxsiy brendini rivojlantirishni istayotgan edi.

Yuqoridagi voqealardan so'ng Jon Galyano davri boshlanadi. U Kristian Diorda eng noodatiy ko'rgazmalar o'tkazgan shaxs sifatida qolgan deyish mumkin. U o'z modellari ustiga muz suv sepgan holda podiumga olib chiqqan. 1993 -yilda esa "Yosh qirolicha Lukretsiyaning Bolshevik Ruslardan qochishi" nomli liboslar taqdimotini o'tkazadi. Rossiya mintaqasiga mos keluvchi teri,turli to'qimalar Dior uslubiga ideal to'g'ri kelgan edi. 1996-yilga kelib Galyano rahbarlik bilan qo'shimcha tarzda bosh dizaynerlik kursisiga ham o'tiradi. Uning qo'l ostida har bir taqdimot, har bir chiqish katta shou darajasiga chiqgan edi. Uning harakatlari bilan Kristian Dior obro'si yanada oshdi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Shu kungacha minglab yulduzlar va mashhur boshqa shaxslar spirtli ichimliklar oqibatida o'z karyerasini buzgan yoki tamomlagan. 2011 -yilda shunday kunlar Jon Galyano boshi uzra aylanayotgan edi va aynan uning ortidan u o'z ishidan ayrildi. 2012-yilda uning o'rnini dunyoqarashi va didi jihatdan Galyanodan tubdan farq qiluvchi minimalist Raf Simons Kristian Dior rahbari etib tayinlandi. U ishga kirishganida kutilmagan hodisa ro'y berdi. Raf o'zining ilk kolleksiyasida jimjimador va turli ranglarni o'zida birlashtirgan liboslarni ommaga taqdim qildi. Kolleksiya ichida esa Kristian Dior tomonidan tayyorlangan birinchi liboslarga juda o'xshas h bo'lgan mato va dizaynlar ko'rindi. Ko'pgina manbaalarda aynan Raf qo'l ostida Dior modalar uyi avvalgidek yarqiradi, ko'zga tashlandi va odamlar tiliga tushdi. Ba'zilar Raf Simonsni Kristian Diorning haqiqiy davomchisi deb qarab turgan bir pallada 2016-yilda u shahsiy sabablarga ko'ra boshliq kursisini topshirishini ma'lum qildi. Uning qo'l ostidagi so'nggi chiqish 2016-yilning yozida Luvrda bo'lib o'tgan edi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-781-785

O'sha yildan esa kema shturvaliga yangi rahbar tayinlandi. U esa italiyalik Mariya Kyuri edi. Bu ma'lumotga yana bir faktni qo'shimcha qilish mumkinki Mariya Kristian Dior tarixidagi ilk ayol rahbar edi. Shu kungacha almashgan dizayner va boshliqlardan birontasi nozik hilqat a'zolaridan emasdi. Mariya qo'l ostida Dior yanada o'zgardi deyish mumkin. U 2017-yildagi kolleksiya namoyishida ijtimoiy muammolarni ko'targan holda liboslarni tayyorladi. Unda ayollarni qo'llab quvvatlash va gender tengligiga oid yozuvlar paydo bo'ldi. Mariya Kyuri hozirgacha Kristian Dior modalar uyini boshqarishda davom etmoqda.

Dior modalar uyi hozirda liboslar,taqinchoq,parfyumeriya mahsulotlari va soat ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan. Urushdan keying davrda paydo bo'lgan uy qancha qiyinchiliklar bo'lmasin barchasini yengib kelmoqda va uning faoliyati hali uzoq davom etishi aniq.

REFERENCES

1. https://parfumclub.org/articles/christian-dior-history.html

2. https://vintagedream.ru/blogs/istorii-brendov/istoriya-brenda-christian-dior

3. Kristian Dior - "Я - кутюрье"

4. Paris 1962: Schatzberg : Yves Saint Laurent and Christian Dior : the Early Collections

5. Dior. Словарь моды. Учитесь одеваться: пособие для женщин

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.