УДК: 631.356.02
UNIVERSAL ILDIZ-MEVA KOVLAGICHNING ASOSIY LEMEX USTUNINING
PARAMETRLARINI ASOSLASH
Norchayev D.R.
QXMITI, t.f.d., professor, +998975375108, davron_1983k@mail.ru
Xaliqulov M.A.
QXMITI, tayanch doktorant, +998901521616, muzaffar.91@list.ru
Shermuxammedov X.P.
"TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti, katta o'qituvchisi, tel:+998946740545, e-mail: shermukhamedovk@bk. ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston tuproq-iqlim sharoitida ildiz-mevalarni tuproqdan sifatli ajratishni ta'minlovchi ixcham va energiya-resurstejamkor universal ildiz-meva kovlagichning asosiy lemex ustunini paramaetrlari asoslangan. Tadqiqotlar o'tkazish asosida universal ildiz-meva kovlagichning asosiy lemex ustunini o'tkirlash orqali ustunning oldiga tuproq yopishib va uyulib qolmasligiga hamda universal ildiz-meva kovlagichning ishlash jaroyonida qarshilik kuchlarining kamayishiga erishish mumkinligi aniqlangan.
Аннотация. В данной статье обоснованы параметры стойки основного лемеха компактного и энергоресурсосберегающего универсального копателя корнеплодов, обеспечивающее качественное отделение клубней от почвы в почвенно-климатических условиях Узбекистана. На основании проведенных исследований установлено что заточив основную стойку лемеха универсального копателя корнеплодов можно добиться того, чтобы почва не прилипала и не скапливалась в передней части стойки, а также уменьшения сил сопротивления в процессе работы универсального копателя корнеплодов.
Annotation. In this article, the parameters of the rack of the main plowshare of a compact and energy-saving universal digger of root crops, which provides a qualitative separation of tubers from the soil in the soil and climatic conditions of Uzbekistan, are substantiated. Based on the conducted research, it was found that by sharpening the main plowshare rack of the universal root digger, it is possible to ensure that the soil does not stick and does not accumulate in the front of the rack, as well as reduce the resistance forces during the operation of the universal root digger.
Kalit so'zlar: ildiz-meva, universal, konstruksiya, g'ildirak, asosiy lemex, qo'shimcha lemex, ustun, burchak, o'tkirlangan yuza, kuch, qarshilik, tezlik, tezlanish.
Ключевые слова: корнеплод, универсальный, конструкция, колесо, основной лемех, дополнительный лемех, стойка, угол, заточенная поверхность, сила, сопротивление, скорость, ускорение.
Key words: root crop, universal, construction, wheel, main plowshare, additional plowshare, rack, angle, sharpened surface, force, resistance, speed, acceleration.
Kirish. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasida, jumladan, «.. .yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, fermer xo'jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash» vazifalari belgilab qo'yilgan. Shunga ko'ra qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda suv va energiya tejash, tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish bo'yicha respublikamiz qishloq xo'jaligida turli xil islohotlar olib borilmoqda [1].
Hozirda respublikamizdagi fermer va dehqon xo'jaliklari tomonidan 165-175 ming gektar asosiy maydonlarga sabzavot ekilmoqda. Misol tariqasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martda qabul qilingan "mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021-yil hosili uchun qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to'g'risida" 121-son qarorini keltirib o'tish mumkin. 2021 yil asosiy maydonga 166 384 gektar, ertaki ekinlardan va g'alladan bo'shaydigan maydonlarga 111 627 gektar, bog' va uzumzor qator oralariga 65 149 gektar, jami 343 160 gektar maydonga sabzavot ekinlari ekilgan [2].
Ushbu maydonlarda yetishtirilayotgan ildiz mevalarni tuproq-iqlim sharoitimizda ish unumi yuqori va kam energiya hisobiga talab etilgan ish sifatini ta'minlaydigan ildiz-meva kovlagich mashinalar kompleksini ishlab chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi [3].
Dunyo miqyosida har bir ildiz meva turi uchun alohida hosilni yig'ib beruvchi mashinalardan foydalanib kelinmoqda. Ushbu mashinalar umumiy ekin maydoni 35 gektardan yuqori bo'lgan ildiz-mevalarni hosilini yig'ishtirib olishda samarali hisoblanadi. Ammo yurtimizda ildiz-meva yetishtiruvchi har bir dehqon uchun to'g'ri keladigan o'rtacha yer maydonini 5 gektarni tashkil etishini hisobga oladigan bo'lsak chetda ishlab chiqarilgan hajmi kata bo'lgan ildiz-meva mashinalari dehqon uchun katta zararga ishlaydi. Chunki ushbu mashinalarni narxi kichik dehqon xo'jaligi uchun juda qimmat. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda o'lchami kichik va bir-nechta turdagi ildiz meva hosilini yig'ishtirish imkoniga ega bo'lgan ildiz meva kovlagich loyihasi ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir [4].
Yuqoridagi masala yuzasidan dunyo olimlarining ilmiy izlanishlari o'rganilib chiqildi[5]. Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida universal ildiz-meva kovlagichning konstruksiyasi ishlab chiqildi [6].
Usuli. Ildiz-meva kovlaydigan ish organlarini takomillashtirish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar bilan turli davrlarda bir qator olimlar, jumladan G.Gappoyev, M.Yu.Kostenko, T.T.Kusov, I.I.Popov, I.V.Nikulin, G.K.Arfa, P.Zhao, T.H.Mohamed, B.I.Xamxoev, S.N.Borqchev, V.M.Perevedentsev, I.N.Kiryushin, A.A.CHxetiani, A.S.Kolotov, V.Pasaman, D.R.Norchayev va boshqalar shug'ullanishgan. Ammo, O'zbekiston tuproq-iqlim sharoitida ildiz-mevalarni ixcham va energiya-resurstejamkor kovlagich orqali sifatli kovlab olish, ildiz-mevalarni tuproq palaxsasidan sifatli ajratishni ta'minlovchi takomillashtirilgan qazish ishchi organini parametrlarini asoslash bo'yicha tadqiqotlar yetarli o'rganilmagan [7]
Yuqorida keltirib o'tilgan muammolarni inobatga olgan holda respublikamiz iqlim sharoitiga moslashgan ildiz meva kovagichni ishlab chiqish borasida ilmiy izlanishlar Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutida olib borildi va universal ildiz-meva kovlagichning konstruksiyasi ishlab chiqildi (1-rasm).
Universal ildiz-meva kovlagich orqali bir nechta turdagi ildiz mevalarni kovlash mumkin. Bunda g'ildirak tayanchini asosiy korpusga mahkamlovchi qismini o'zgarishi hisobiga qazish chuqurligi ildiz-meva turiga qarab o'zgartirish mumkin. Shuningdek, asosiy lemex gorizontga nisbatan turli xil burchak ostida o'rnatish va asosiy lemexga ildiz-meva turiga qarab qo'shimcha lemexlar o'rnatilishi mumkin.
1-g'ildiraklar; 2-harkatlanuvchi g'ildirak ustuni; 3-g'ildirak ustunini mahkamlovchi bolt; 4-ildiz-meva kovlagich osmasi; 5-asosiy lemex ustuni; 6-asosiy lemexni mahkamlovchi boltlar; 7-asosiy
lemex; 8-qo'shimcha lemexlarni o'rnatish o'rni 1-rasm. Universal ildiz meva kovlagichning konstruktiv sxemasi
O'tkazilgan tadqiqotlar asosida universal ildiz-meva kovlagichning asosiy lemex ustunini o'tkirlash orqali ustunning oldiga tuproq yopishib va uyulib qolmasligiga erishish mumkinligi aniqlandi. Shu orqali universal ildiz-meva kovlagichning ishlash jaroyonida qarshilik kuchlarining kamayishiga erishish mumkin.
Natijalar va muhokama. Asosiy lemex ustunining o'tkirlanish burchagini uni oldiga tuproq yopishib va uyulib qolmaslik shartidan topamiz. Buning uchun asosiy lemex ustuni o'tkirlangan qismini tuproq bo'lakchalari bilan gorizontal tekislikdagi ta'sirlanish jarayonini ko'rib chiqamiz (2 -rasm, a)
Gorizontal tekislikda tuproq bo'lakchalariga asosiy lemex ustunining o'tkirlangan yuzasi tomonidan normal Nu va ishqalanish Tu = Nutgp kuchlari ta'sir etadi. Normal Nu kuchni harakat
yo'nalishi bo'ylab yo'nalgan NV va ustunning ishchi yuzasi bo'ylab yo'nalgan NT kuchlarga ajratamiz. 2-rasm, a da keltirilgan sxemaga binoan
4
2-rasm Asosiy lemex ustunining o'tkirlanish burchagini aniqlashga doir sxema
N =
N..
sin у
(1)
va
N = Nuctsr (2)
bunda у - asosiy lemex ustuni o'tkirlanish burchagining yarmi.
Adabiyotlardan ma'lumki [8] asosiy lemex ustunining oldida tuproq yopishib va uyulib qolmasligi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim
N > Tu (3)
Bu tengsizlikka NT va Tu larni yuqorida keltirilgan qiymatlarini qo'yib, quyidagiga ega bo'lamiz
Nuctgy> NJgçx (4)
yoki
У< 90-Vi (5)
Bu shart bajarilganda tuproq bo'laklari Nu va Tu kuchlarining teng ta'sir etuvchi bo'lgan Ru kuchining yo'nalishi bo'ylab (2-rasm, b) Va tezlikda harakat qiladi. 3-rasmda keltirilgan sxemaga binoan
3-rasm. Asosiy lemex ustuni ta'siri ostidagi tuproq bo'lakchalarining tezligini topishga doir sxema
V - V sin У
Va - V --(6)
cos < v y
bunda V - agregatning ilgarilanma harakatdagi tezligi.
Va tezlikni harakat yo'nalishiga ko'ndalang (perpendikulyar) tashkil etuvchisini topamiz
sin У
Vk - V--cos(y + ^) (7)
COs<
4-rasmda V=2,0 m/s qabul qilinib, (7) ifoda bo'yicha < ni turli qiymatlarida VK tezlikni у burchakka bog'liq ravishda o'zgarish grafiklari qurilgan. Bu grafik bog'liqliklardan ko'rinib turibdiki <pj ni barcha qiymatlarida VK tezlikni у burchakka bog'liq ravishda o'zgarishi qabariq parabola ko'rinishiga ega bo'lib, у ning ma'lum qiymatlarida VK maksimal qiymatga ega bo'lyapti.
1- ф1=250; 2- ф7=300 va 3- ф7=350 4-rasm. VK tezlikni щ ning turli qiymatlarida у burchakka bog'liq ravishda o'zgarish grafiklari
Shuni to'liq ishonch bilan ta'kidlash mumkinki y burchakning VK maksimal bo'lishini ta'minlovchi qiymatlarida tuproqni asosiy lemex ustuniga yopishib qolishi va uning oldida uyulib qolish ehtimoli eng kam bo'ladi va shu sababli u tortishga kam qarshilik ko'rsatadi. Demak ustunning o'tkirlanish burchagini VK tezlik maksimal qiymatiga ega bo'lishini ta'minlash shartidan kelib chiqib topish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Asosiy lemex ustuni o'tkirlanishi burchagining VK ni maksimal bo'lishini ta'minlovchi qiymatini topish uchun (7) ifodani y burchak bo'yicha ekstremumga tadqiq etamiz. Buning uchun (7) ifodadan y burchak bo'yicha birinchi darajali hosila olib, olingan natijani nolga tenglaymiz (9)
dV- = V cos ([cos y COS(y + ( ) - sin y sin(y + ( )] = 0 (8)
dy )
yoki
cos(2y+ () = 0 (9)
Bu yerdan quyidagiga ega bo' lamiz
П (
y = 1T-(2T (10)
Bu olingan ifodaga p1 ni ma'lum bo'lgan qiymatlarini (25-350) qo'yamiz va y burchak 270-330, 2y esa 540-660 oralig'ida bo'lishi kerakligini topamiz. Demak, asosiy lemex ustunining o'tkirlanish burchagi 540-660 oralig'ida bo'lishi lozim.
Xulosa. O'tkazilgan tadqiqotlar asosida universal ildiz-meva kovlagichning asosiy lemex ustunini o'tkirlash orqali ustunning oldiga tuproq yopishib va uyulib qolmasligiga erishish mumkinligi aniqlandi. Shu orqali universal ildiz-meva kovlagichning ishlash jaroyonida qarshilik kuchlarining kamayishiga erishish mumkinligi ma'lum bo'ldi. Tajriba natijalariga ko'ra asosiy lemex ustunining o'tkirlanish burchagining eng maqbul qiymati 540-660 oralig'ida bo'lishi lozimligi aniqlandi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23-oktyabrdagi PF-5853-sonli "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" farmoni. htt's://lex.uz/docs/4567334.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 121-son "mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021-yil hosili uchun qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to'g'risida" qarori. htt's://lex.uz/docs/5323647.
3. Norchayev D.R., Xaliqulov M.A., Turkmenov X.I., Shermuxamedov X.P., Ibragimova G.N. Acceptable solutions for harvesting root crops in the soil climate of the Republic of Uzbekistan // IOP Conf. Ser. Earth Environ. Sci. 1076 (2022) 012029. https://doi.org/10.1088/1755-1315/1076/1/012029.
4. Norchayev R., Norchayev D. Ildiz-mevalarni yig'ishtirish mashinalarning konstruktsiyasi va nazaraiyasi. Monografiya - Toshkent, 2019. 43-57
5. Kannazarova Z., Xaliqulov M., Norchayev D., Juliev M, Turkmenov X.,
Shermuhammedov X., Ibragimova G., Abduraxmonova Sh. Root harvester machine: a review of papers from the Scopus database published in English for the period of 1982-2022 // E3S Web of Conf. Volume 402, 2023 International Scientific Siberian Transport Forum - TransSiberia 2023. 10010, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340210010.
6. Norchayev D.R., Xaliqulov M.A. Xo'jalikbop universal ildizmeva kovlagich // "O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi" agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommapob jurnali. Maxsus son-1, Toshkent -2023 yil, 65-67 betlar.
7. Д.Р.Норчаев. Научно-технические решения механизированной уборки картофеля в условиях Узбекистана. Диссертации по техническим наукам. Ташкент - 2018. - 128 с.
8. Кленин Н.И., Сакун В.А. Сельскохозяйственные и мелиоративные машины. -Москва: Колос, 1980. - 617 c.
9. Выгодский М. Я. Справочник по высшей матиматике.- Москва: Наука, 1972.872 б.
10. Norchayev D. R., Xaliqulov M. A., Shermuxamedov X. P., Ibragimova G. N. Test results of the new Root Crop Harvester. // IOP Conf. Ser. Earth Environ. Sci., vol. 868, no. 1, p. 012059, Oct. 2021, https://doi.org/10.1088/1755-1315/868/1/012059.
11. Mamasoliyeva, S. X., & Abduvahobov, D. A. (2021, March). Analysis Of Reduced Vibration In Geared Mechanisms. In Science in modern society: regularities and development trends: Collection of articles following the results of the International Scientific and Practical Conference (p. 49).
12. Мухамедов, Д., & Махмудов, Ф. (2023). ОБОСНОВАНИЕ ПАРАМЕТРОВ КАТКОВ АГРЕГАТА ДЛЯ ПОСЕВА ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В МЕЖДУРЯДИЯ ХЛОПЧАТНИКА. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(5), 478-483.