MIRZACHO'L VOHASIDA TASHKIL ETILGAN ISSIQXONALARDA TUPROQ HOSIL BO'LISH JARAYONLARI
Dostonbek Qo'ziboy ugli Sulaymanov
"Bek corp" GulDU Magistratura Tuproqshunoslik 12/20 guruh
ANNOTATSIYA
Maqolada Mirzacho'l-vohasidagi tuproq hosil bo'lish jarayonlari va ushbu vohada tashkil qilingan issiqxonalarning geologik va tuproq xususiyatlari haqida olib borilgan tadqiqotlarning umumiy xulosa va tavsifi berilgan
Kalit so'zlar. Yer, dinamik dasturlash, Mirzacho'l, issiqxonaxanizm
KIRISH
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siridagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, atrof muhitga antropogen ta'sirning me'yordan oshib ketishi bilan bog'liq krizis holatlarining yuzaga kelishi natijasida oshib boradi. Bu asosan, odamlarning ishlab chiqarish, harbiy va boshqa faoliyatlarining nazoratsiz rivojlanishi natijasida yuzaga keladi1
O'zbekistonning kelajakda barqaror rivojlanishida agrar soha tarmoqlarini boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va bozor munosabatlari talablariga moslashtirish muhim strategik tamoyil hisoblanadi. Mazkur o'ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik muammolar yechimini ta'minlash doirasida Respublikada keng qamrovli tashkiliy-boshqaruv, tashkiliy-texnologik shakllari qo'llanilmoqda, ularning moddiy texnik va moliyaviy ta'minoti yaratilgan. Respublikaning Birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi, ko'rsatmalariga muvofiq agrar sohada asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish va yuritishning boshqaruv tizimini takomillashtirish, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishda zamonaviy, ilg'or, jadal agrotexnologiyalarni amaliyotda keng qo'llashga oid farmoyishlar, qarorlar qabul qilindi va amaliyotda qo'llanilmoqda
Rivojlanish va ilm fan taraqqiyoti avj olgan bir davr mobaynida mamlakatlarda atrof-muhit holati muammolaarini tadqiq va tahlil qilish maqsadida atrof-muhit muhofazasi uchun mas'ul vazirlik va davlatlar qo'mitalaari 1993 yil Shveysariyaning Lyusern shahrida "Evropada atrof-muhit" mavzusidagi ikkinchi konferensiyasini o'tkazdilar va unda Yevropa ekologiyasi va yer masalalari muhokama qilindi. Keyingi navbatda esa, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo'yicha Iqtisodiy Komissiyasi (BMTEIK)ning Atrof-muhitni saqlash Qo'mitasi AMSQning o'z doimiy
1 A R. Babajanov "Yerdan foydalanish asoslari"o'quv qo'llanma T-2018 8-b
2 1993-yil 6-maydagi O 'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdanfaydalanish to 'g 'risida " gi Qonuni
dasturi bilan faoliyat olib borgan holda bevosita uni o'z dasturining bir qismiga aylantirishga qaror qildi. BMTEIK mintaqasiga mansub 23 mamlakatda tegishli dastur shartlari bajarilishining birinchi davri 1994 yildan boshlanib to 2004 yilgacha davom
etdi3.
ADABIYOTLAR SHARHI
Mirzacho'l tabiiy geografik hududi, asosan, Sirdaryo bilan Arnasoy ko'li oralig'ida joylashgan. U shimolda Qozog'iston bilan, janubi sharqda Tojikiston bilan, shimoli g'arbda Qizilqum hududi bilan chegaradosh. Hududning janubi va janubi g'arbda Turkiston, Morguzar, Nurota tog' tizmalari joylashgan4.
Umuman olganda issiqxona sharoitida tuproq hosil bo'lish jarayonlari va unda mahsulot yetishtirish, hosil olish jarayoniga yetkazishga qadar juda ko'p ishlar amalga oshiriladi va bu masala hozirgi kunda zamonaviy qishloq xo'jaligi tizimini tashkil etish da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ekin mavsumida o'simliklarni har xil zararkunandalardan himoya qilish kasalliklardan asrash kabi dolzarb muammolarni oldini olish uchun ekinlarni yetishtirishning samarali chidamli usullarini qo'llashdan avval uning tuproq tarkibi va ishlov metodikasidan boxabar bo'lish lozim. Takidlash joizki, ushbu mavzu yuzasidan bir qator olimlar ish olib borganlar. Jumladan quyidagi olimlarimiz ilmiy faoliyatini olib borishgan; Korovkin, Ostonaqulov, Bo'riyev, Dustmuradova, Qodirxodjaev va boshqalar ilmiy izlanishlarni olib borishgan5. TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL Issiqxonada mikroiqlimni boshqarish orqali yetishtirilayotgan ekinning yaxshi o'sishi va rivojlanishiga erishish mumkin. Yopiq gruntda havo namligining yuqori bo'lishi ko'pincha pomidorni har xil kasalliklar bilan zararlanishiga sabab bo'ladi. Bu esa o'z navbatida hosildorlikni keskin (25-50%) pasayishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtga kelib qishloq xo'jaligida 20 mln gektardan ortiq, shu jumladan 3,2 mln gektar sug'oriladigan ekin er maydonlaridan foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo etishtirilmoqda6.
Sug'oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, melliorativ holati va suv ta'minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko'lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Natijada 2008-2017-yillar mobaynida 1.7 mln gektardan ortiq sug'oriladigan maydonlarning suv ta'minoti hamda 2.5 mln gektar maydonlarning meliorativ holatining yaxshilanishiga erishildi7.
Biroq, global iqlim o'zgarishi natijasida so'nggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining asosiy qismi yaroqsiz
3 BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi atrof-muhit siyosati qo'mitasi atrof-muhit holatining sharhi O'zbekiston ikkinchi sharh birlashgan millatlar tashkiloti Nyu-York va Jeneva, 2010 1-b
4 http://geografiya.uz/ozbekiston-tabiiy-geografiyasi/11699-mirzachol-tabiiy-geografik-okrugi.html
5 I.X. Yusupova "Issiqxonada ko'chat yetishtirishning samarali usullarini qo'llash"Urganch-2017 5-b
6 https://lex.uz/docs/-4378526
7 DSQning 2019-yilgi malumotlari asosida
holatga kelganligi sug'oriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan chiqib ketishiga olib kelgan.
Mirzacho'l hududining yer yuzasi bir xil emas. U janubiy-sharqdan shimoliy-g'arbga tomon pasayib boradi. Mirzacho'l hududi geologik tuzilishi jihatidan ham bir xil emas. Uning janubidagi tog'tizmalari paleozoy erasining gersin tog' hosil bo'lishi jarayonida ko'tarilgan. Bu davrda Mirzacho'lning tekislik qismi dengiz suvi ostida bo'lgan. So'ngra ko'tarilgan tog'lar yemirilib pasaygan, natijada, ularning quyi qismlarini dengiz suvi bosgan. Alp tog' hosil bo'lish jarayonida o'sha pasaygan tog'lar qayta ko'tarilib, dengiz suvi chekinib, hududning tekislik qismi ham quruqlikka aylangan.
Hududning tekislik qismi shimoli g'arbga nishab bo'lib, o'rtacha balandligi 250300 m. Uning shimoli g'arbining balandligi 260 m, janubi sharqiniki 350 m, Sirdaryo
o
sohillarida 250 m. Janubidagi tog' etaklarida balandlik 450-530 m ni tashkil etadi .
Ushbu mintaqa tuprog'ini o'rganish jarayonida o'ziga xos jihatlarga duch kelindi. Mirzacho'l hududining asosiy qismini sug'orma och bo'z va bo'z-o'tloq tuproqlar egallaganligi bois issiqxonalardagi tuproq hosil bo'lish jarayonlari birmuncha sekin kechadi
Masalaga chuqurroq yondashgan holda nafaqat ushbu hudud, umumiy yer sathida tuproq hosil bo'lishining asosiy omillariga alohida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir.
Tuproqning hosil bo'lishida bevosita qatnashuvchi jarayonning material va energetik asoslarini yaratuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
1. Tuproq hosil qiluvchi ona jins. Tog' jinslari, har xil cho'kindilar, tabiiy kuchlar, haroratning o'zgarishi, atmosfera yog'inlari, shamol va yuksak o'simliklar ta'sirida yemirilishi natijasida har xil kattalikdagi zich joylashmagan, o'zining petrografik va mineral tarkibini saqlab qolgan moddalar hosil bo'ladi. O'z navbatida barcha tuproq hosil qiluvchi ona jinslar kelib chiqishiga ko'ra quyidagi guruhlarga: elyuvial, delyuvial, elyuvial-delyuvial, kollyuvial, delyuvial-kollyuvial, soliflyuksion, delyuvial-soliftyukasion, allyuvial, koallyuvial, prolyuvial, allyuviai-prolyuvial, muz yotqiziqlari, flyuvioglyasial, dengiz, eol, agroirrigatsiya va lyoss yotqiziqlariga bo'linadi9.
2. Tirik organizmlar (o'simlik va hayvonot dunyosi qoldiqlari). Tuproq hosil bo'lishi, unumdorlikning shakllanishi, organik moddalaming hosil bo'lishi asosan bir yillik va ko'p yillik o'simliklar, hayvonot dunyosi qoldiqlari hisobiga yuzaga keladi.
3. Quyosh energiyasi-tabiatda sodir bo'ladigan barcha jarayonlarni issiqlik va yoruglik bilan ta'minlovchi manbadir.
4. Atmosfera yoki iqlim sharoiti (yog'inlar, harorat, havo, havo namligi, shamol) tuproq hosil bo'lish jarayonida sodir bo'ladigan fizik, fizik-kimyoviy, biologik
8 X.Ch. Bo'riyev, G.A. Samatov, I.B. Rustamova. .Agrologistika asoslari ... O'quv qo'lIanma. Toshkent, 2003-y.
9 G'.A. Samatov, J.Y. Yodgorov, I.B. Rustamova. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish. Darslik. .O'zbekiston milliy ensiklopediyasi .. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent, 2005-y
jarayonlarning yo'nalishi va miqdoriy ko'rsatkichlarini belgilaydi va ishtirok etadi. Havodagi kislorod miqdoriga o'simlik va mikroorganizmlaming hayoti bevosita bog'liq bo'ladi.
5. Oqar (daryo) va yer osti suvlari. Oqar suvlar tog' jinslarining yemirilishida ishtirok etadi. O'simlik va boshqa organizmlar yashashi uchun asosiy omil hisoblanadi.
Mirzacho'l hududining tekislikdan iborat ekanligi va janubida tog' tizmalarining mavjudligi natijasida iqlimi o'ziga xosdir. Qishda Arktika va Sibir sovuq havo massalari bemalol to'siqsiz tekislikka kirib keladi. Bu sovuq havo massalari hudud janubidagi tog'lardan o'ta olmay, tekislik qismida to'planadi. Natijada, qishda havo harorati pasayib, yanvarda o'rtacha harorat -1 - 3°C bo'lsa, ayrim kunlarda havo harorati -30 -35°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda termik depressiya ta'sirida bo'ladi va havo quruq, jazirama issiq bo'lib, iyulning o'rtacha harorati +26 +28°C bo'ladi, ba'zida harorat +44 +45°C gacha ko'tarilishi kuzatiladi.
Mirzacho'lning tekislik qismida yillik yog'in miqdori 200-350 mm atrofida bo'lib, tog'larga tomon orta boradi. Shuning uchun ham unda yuqoridagi tuproq hosil bo'lish jarayonlarining barcha pog'onalarini kuzatish va amalga oshirish imkoni mavjud emas.
NATIJALAR
Yuqoridagi mavzuni o'rganish jarayonida faqatgina malum -dagina emas balki turli mintaqalarda masalan Mirzacho'lning janubiy va g'arbiy qismlarida, jumladan inson omili bilan barpo qilingan intensive issiqxonalarda tuproq hosil bo'lish jarayonini malum davr va - miqyosida belgilovchi sharoitlarga umumiy mazmunda quyidagilar kiradi:
1. Mintaqaning geografik joylashishi. Yer sharining shimoldan janubga yoki tekisliklardan tog'larga qarab yo'nalishida iqlim sharoitining o'zgarishi natijasida tuproq hosil bo'lish jarayoni har xil jadallikda o'tadi. Shimoliy qutbda hozirga qadar o'simlik uchun zarur xossalarga ega boigan tuproqiar shakllanmagan. Markaziy Osiyoning tekislik qismida shakllangan tuproqlar eng qadimiy tuproqlar hisoblanadi10.
2. Hududning past-balandligi (relyef) tuproqning shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
3. Davr. Yer yuzida hayot vujudga kelishi bilan bir vaqtda boshlangan tuproq hosil bo'lish jarayoni tuganmas jarayon hisoblanadi. Shu sababli tuproq yoshi mutlaq va nisbiy yoshga bo'lishi mumkin. Mutlaq yosh mazkur to'siqning to'liq shakllanishi (hozirgi davrga qadar) uchun o'tgan vaqt. Nisbiy yosh tuproq hosil bo'lish jarayonining tezligi bo'lib, u sharoitlar bilan bog'liq. Ayrim iqlim sharoitda tuproq tez hosil bo'ladi va rivojlanadi, boshqa sharoitda nisbatan sekin shakllanadi va rivojlanadi.
10 Bo'riyev X.Ch. Ashurmetov O.A. poliz ekinlari biologiyasi va ulami yetishtirish texnologiyasi T. Mexnat 2000 y 45-b
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 127
4. Tuproq hosil bo'lishida inson ishtiroki, Inson mehnati va fantexnika taraqqiyoti ta'sirida tuproq hosil boiish jarayoni, uning xususiyatlari, shakllanishi maium darajada o'zgaradi, tuproq madaniylashadi yashirin ya samarador umimdorlik ortadi.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki ushbu mintaqadagi issiqxonalarda tuproq hosil bo'lishi jarayonlari ekinlar hosildorligi va klaster faoliyatida muhim ahamiyatga ega:
Tuproq qatlami, sm Gumus,% Yalpi,% Harakatchari shaklï, mg/kg
N P K N- N03 N-NH3 P2 OS K2 O
0-30 1,19 0,08 0,23 2,0 9,8 6,40 25,4 196
30-50 0,86 0,05 0,1 5 1,6 4,9 4,10 1 5,8 174
1-rasm: Mintaqa uchastkasining agrokimyoviy ta'rifi11
Intensiv issiqxonalar (600 69 geografik uzunlik va 410 53 geografik kengliklar) joylashgan bo'lib, jami 145 ga maydondan iborat. Hududning dengiz sathidan mutloq balandligi +/- 99 m. Tajriba maydoni tuprog'i eskidan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproq, kam sho'rlangan, tuproq eritmasining reaksiyasi kuchsiz ishqoriy (rN-7,1-7,3), mexanik tarkibi o'rtacha qumoq, sizot suvlari 1,5-2,0 m chuqurlikda
"5
joylashgan. Haydalma qatlamda tuproq hajm massasi 1,38-1,4 g/sm , g'ovaklik darajasi 35-38% atrofida.
Yil Oylar Umu
1st yanv Fêv mar Apr may iyun iyuL avg sen ok I noya dek miy
Namlik darajasi, %
2014 88,7 79,2 75,1 46,6 41,8 45,6 48,3 54,3 56,4 59,1 70,1 75,5 61,7
2015 85,4 70,0 70,7 57,4 39,5 41,4 54,1 60,7 56,7 64,9 70,0 89,6 63,4
YOg'in miqdûri, mm
2014 LL 20,4 23 13,2 7 0 0 0 0 6,1 2,8 10,8 7,85
2015 13,8 15,4 18,1 8,9 0,3 0 0 0 0 0,2 0,2 10,4 5,6
Harorat, S
2014 1,72 0 10,87 28,02 30,35 34,47 35,81 34,42 27,57 21,94 10,91 1,1 19,47
2015 5,98 7,35 15,82 21,13 29,79 33,88 35,59 32,96 30,81 20,17 14,17 3,49 20,92
1-rasm: Mirzacho'l hududidagi havoning o'rtacha sutkalik harorati va yog'inlar miqdori
XULOSA VA MUNOZARA
Bir so'z bilan aytganda yer resurlarini xarakter jihatidan bilish va davlat nazoratini o'rnatishning samarali tizimi tashkil etilmoqda va bu tizim nafaqat iqtisodiy foyda, balki ekologik jihatdan ham manbalarning muvofiq saqlanishiga katta yordam beradi. Jumladan ushbu foydalanish tizimini modellashtirish ekologik va melioratsiya modelining asosiy xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi, rivojlanish qonunlari va
11 Bo'riyev X.Ch. Ashurmetov O.A. poliz ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish texnologiyasi T. Mexnat 2000 y
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 128
omillarning o'zaro ta'sirini aniqlaydi.
Xulosa qilib aytganda issiqxonalarda tuproq hosil bo'lishi jarayoni murakkab tarkibiy asosga ega bo'lib uning tadqiq etilishida avvalo usha hududning geografik va iqlim holati shuningdek geologik va relef strukturasini ham alohida hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Mirzacho'l o'zining o'ziga xos iqlimi va geologik tarkibi bilan ajralib turadi va undagi issiqxonalarda asosan tuproqga yaxshi ishlov berish va milleorativ ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yish orqali ko'zlangan maqsadga erishish mumkin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi T-2019
2. O'zbekiston Respublikasining yer kodeksi T 01.07.1998, 1,2 moddalar
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoni, 17.06.2019 yildagi PF-5742-son.
4. Bo'riyev X.Ch. Ashurmetov O.A. poliz ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish texnologiyasi T. Mexnat 2000 y
5. Zuyev V. I. Abdullayev A.G. Sabzavot ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish texnologiyasi T. O'zbekiston 2001 y
6. Ostanaqulov T.E va boshqalar Meva-sabzavotchilik va polizchilikdan amaliy mashg'ulotlar samarqand 2004 y
7. X.Ch. Bo'riyev, G.A. Samatov, I.B. Rustamova. .Agrologistika asoslari ... O'quv qo'lIanma. Toshkent, 2003-y.
8. G'.A. Samatov, J.Y. Yodgorov, I.B. Rustamova. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish. Darslik. .O'zbekiston milliy ensiklopediyasi .. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent, 2005-y
9. Ziyonet.uz, yan.ru, google.com, fayllar.or, cyberleninka.ru, arxiv.uz, dissertant.ru, natib.uz