| VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar
UNDALMALAR RUHIYATNI IFODALOVCHI VOSITA SIFATIDA
Matyoqubova Dilfuza
Andijon davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7106714
Annotatsiya: Mazkur maqolada sintaktik vositalardan biri bo'lgan undalmalar haqida fikr yuritiladi. Undalmalarning badiiy nutqdagi o'rni, vazifalari yoritiladi. Shuningdek, undalmalarning nutqiy imkoniyatlari ochib beriladi.
Kalit so'zlar: undalma, nutq, stilistik vosita, kommunikatsiya, muloqot, ijobiy ma'no, salbiy ma'no, nutqiy muloqot
ИМПУЛЬСЫ КАК СРЕДСТВО ВЫРАЖЕНИЯ ПСИХИКИ
Аннотация: В данной статье рассматривается один из синтаксических инструментов-гласные. Освещается роль гласных в художественной речи, их функции. Также раскрываются речевые возможности гласных.
Ключевые слова: восклицание, речь, стилистическое средство, общение, общение, положительное значение, отрицательное значение, речевое общение
IMPULSES AS MEANS OF EXPRESSING THE PSYCHE
Abstrackt: this article discusses exclamations, one of the syntactic tools. The role, tasks of exclamations in artistic speech are covered. Also, the speech capabilities of exclamations are revealed.
Keywords: exclamation, speech, stylistic device, communication, communication, positive meaning, negative meaning, speech communication
KIRISH
Insonning ma'naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning ma'naviy-ma'rifiy rivojida ona tilining o'rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko'zgusidir.
Til belgi ekan, har bir til unsuri ham belgi sifatida muayyan maqsadni ifodalashga yo'naltiriladi. Kommunikativ maqsadning bayon qilinishida Jumladan, undalmalar ham muloqot jarayonida muhim o'rin egallaydi.
Undalma so'zlovchi nutqi qaratilgan shaxs, jonli va jonsiz predmetni ifodalashiga ko'ra kuchli stilistik vosita sanaladi. Undalmalar so'zlovchining tinglovchiga munosabatini ifodalab baho xarakteristikasi ottenkasi (ijobiy, salbiy, neytral, ko'tarinkilik, tantana kabilar)ga ega bo'ladi.
Kishilar jamiyatda yashar ekan, tanish va notanish shaxslar bilan muloqotga kirishadi. Mazkur jarayonda axborot almashadi, mulohazalarini bayon qiladi. Shu tarzda o'zini va boshqalarni, borliqni bilishga intiladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Borliq idroki bilimsiz kechmaydi, idrokning har qanday bosqichi ongli ravishda, shaxsning bilimi doirasida kechadi. Demak, qiyoslash va baholash harakatlari qanchalik emotsional xususiyatga ega bo'lmasin, oxir-oqibatda kognitiv faoliyatning bir qismi bo'lib qolishadi.
Ko'rinadiki, muloqot jarayonida so'zlovchi yoki yozuvchi munosabatining hosilasi bo'lgan baholash muhim o'rin tutadi. Muloqot jarayonida muloqot ishtirokchilari alohida shaxs-nutq egasi sifatida o'z fikrlarini bayon etadi, fikrlarini himoya qiladi, zarur bo'lsa, o'z fikrlarini tasdiqlatishga harakat qiladi. Fikr bayon etuvchi so'zlovchi yoki yozuvchi muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida his-tuyg'ulari va kechinmalarini ham bayon qiladi. Shu tariqa yuzaga kelgan vaziyatni o'zicha baholaydi: ijobiy yoki salbiy munosabatlarini bildiradi.
| VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar
Undalmalar nutqiy muloqot jarayonida, badiiy matnlarda keng ishlatilib salbiy yoki ijobiy baho munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Undalmaning baho ifodalash, his-tuyg'ular bayon eta olish ko'lamining kengligi yozuvchilarga badiiy asarlarda ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Nutqiy muloqot jarayonini badiiy asarlar misolida tadqiq etsak, bu fikrning asosli ekanligiga guvoh bo'lamiz.
TADQIQOT NATIJALARI
Masalan, Mulla Norqo'zi ertasiga samovarga chiqqanida yana panjasini yozib o'zi bilgan ochiq ayollarni sanab chiqdi va xotini aytgan ayblarn i bularning har qaysisiga taqdi, jinday o'zidan ham qo'shdi...Shunda o'tirganlardan biri, intihosiz gapdan zerikdi shekilli, qattiq esnab dedi:
- Men sizga aytsam, mulla Norqo'zi, gap paranjida emas. (A.Qahhor)
Ushbu parchada atoqli ot(Norqo'zi)undalma vazifa sida kelgan. Tinglovchiga uning ismi orqali murojaat qilinayotgani muloqot qatnashchil ari o'zaro tanish, yaqin munosabatda ekanligini bildiradi. Insonga uning ismi bilan murojaat qilish munosabatlarni yaqinlashtiradi, suhbatdoshlar orasida iliqlikni yuzaga chiqaradi. Ism bilan murojaat qilinganda ko'pincha samimiylik yuzaga keladi. Yuqoridagi holatda esa buning aksini ko'rish mumkin. Murojaat qiluvchining ushbu vaziyatda Norqo'zi bilan hamfikr emasligi(gap paranjida emas deb uning fikrini inkor qilgani), su hbatning cho'zilgani unga yoqmagani(intihosiz gapdan zerikkan), so'zlovc hi nutqining asoslanmagani(qattiq esnab, qarshi fikr aytgani)-bularning barchasi mazkur parchada mulla Norqo'zi undalmasining ishlatilishini taqozo etadi. Bu yerdagi undalma orqali bir necha tagma'nol arni anglash mumkin: mulla sozining qo'shilganligi adresatni hurmatlas h uchun emas, balki asossiz gaplar bilan ma'ruza qilib ko'pchilikning ensasini qotirgan "dono"ni ta'kidlash uchun xizmat qilgan. Mulla so'zi aslida diniy ilmdan xabari bo 'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanadi. Ushbu vaziyatda mulla izohlovchisi ilmllilik bel gisini anglatmaydi, aksincha bilimsizlik, shu bilan birga kinoya ma'nosini bildiradi. Ezmalik qilgan suhbatdoshni to'xtatish maqsad qilinganligi gap yakunidan ham anglashiladi.(gap paranjida emas).
Yoki : Buni ko'rib Asqar tog'aning kayfi uchib ketdi.
-Qizim, bo'lak ot yo'q ekanmi?
-Nima edi?
-Bu oting ovga yaramaydi.
-Men ovga bormayman, otajon, MTSga ketyapman. ("Hur qiz")
MUHOKAMA
Mazkur parchada esa boshqacharoq holatni kuzatish mumkin. Ma'lumki, undalmalar dialoglarda keng qo'llaniladi. Chunki suhbatdoshlar muloqot jarayonida bir-birlariga murojaat qilishlari zaruriy ehtiyojdir. Dialogda ikkita undalma qo'llangan: qizim, ota. Vaziyat bilan tanish kitobxon yaxshi anglaydiki, suhbatdoshlar ota-bola emas. Shunga qaramay, bir-birlariga yaqinlik, qarindoshlik ifodalovchi so'zlar orqali muomala qilishmoqda. Asqar ota nutqidagi qizim undalmasi hayrixohlik va yaqinlik ifodalasa, qiz nutqidagi otajon undalmasi hurmat va ehtirom ma'nosini ofodalab kelyapti. Egalik qo'shimchasi -im, erkalash qo'shimchasi -jon bu ijobiy ma'nolarni bo'rttirishga yordam bergan.
O'zbek tilida notanish adresatga muroj aat qilinganda, ko'proq pochcha, amaki, xola, tog'a, opa, uka, yaxshi qiz, yigitcha undalmalari qo'llanadi va ular shu so'zlarga mos keluvchi adresat
I VOLUME l I ISSUE l I 2G22 ResearchBip (l4) I Zenodo I Google Scholar
katta yoshdagi notanish erkak, katta yoshdagi notanish ayol, o'rta yoshdagi notanish ayol, yoshroq qiz, yigit presuppozitsiyasini, shuningdek, hurmat yoki kesatiq kabi ijobiy yoki salbiy munosabatlar presuppozitsiyasini ifodalaydi. Masalan: Polvon qo'rboshiga orqasini o'girib, yigitlarg a-miltiq o'qtalib turganlarga qaradi.
- Yigitlar, bu odam o'zining dushmaniga bir barmog'i bilan ikki ko'zini berayotipti, deb hayron bo'lmanglar. Sizlar avval o'zlaringga o'zlaring hayron bo'linglar, sababki, sizlar unga o'zlaringni, aka-uka, ota-onalaringni berib yuribsizlar, o'zlaringga o'zlaring o'q otasizlar.("Ko'r ko'zning ochilishi")
Bu parchada yigitlar undalmasi qo'llangan bo'lib, bu yerda notanish adresatni ifodal ab kelgan. Asar qahramoni Polvon qo'rboshi oldidagi yigitlarga murojaat qilib o'z maqs adini bayon qiladi. So'zlovchi qo'rboshini himoya qilib turgan yigitlarga murojaat qilish bilan ularning ko'zlarini ochib qo'ymoqchi bo'ladi. Ularning harakatlari notog'ri ekanini bildirish maqsad qilingani uchun ham mazkur vaziyatda yaqin olganlik ma'nosida yigitlar undalmasi orqali murojaat qiladi. Bu orqali yaqinlik, hayrihohlik, birodarlik, jonkuyarlik kabi ma'nolar yuzaga chiqqan. Zero Polvon bu yigitlarga nutqi orqal i o'z ta'sirini o'tkazishni maqsad qilgan. Demak, bu yerda diqqatni tortish ma'nosi bilan yashirin holda notanishlik, navqironlik ma'nolari yuqoridagi ma'nolar bilan birgalikda anglashiladi.
Yoki: Asrorqul xatni o'qib bo'g'ildi.-Mehmonlari bilan qolaversa bo'lmas ekanmi? Bu bola meni ertaga ham aldaydi. Qorashaharda nima qilar ekan? Endi o'zim bormasam bo'lmaydi. -Siz, o'glim, gazet-pazetingizni o'qib kechqurunning g'amini eng. Haydar, birga borib kelamizmi, otliq bir yarim soatlik yo'l. ("Asror bobo") XULOSA
Mazkur misolda o'g'lim undalmasi ishlatilgan bo'lib, bu undalma aslida tanish adresatga n isbatan qo'llaniladi. Lekin hikoya bilan, vaziyat bilan tanish o'quvchi yaxshi anglaganidek, mehmon Asror bobo uchun notanish. Shunday bo'lsa ham unga nisbatan o'g'lim undalmasi qo'llanilayotgani badiiy maqsadga ko'radir. Bu undalmani notanish adresatga nisbatlangani, birinchidan, Asror bobo obrazini xarakterlaydi-uning mehribon, ko'ngli toza inson ekani ifoda etiladi. Ikkinchidan, yurtga urush soya solib turgan pallada insonlarning bir-birlariga munosabati yaqinlashgani tabiiy holdir. Har kuni yaqinlaridan ajralish azobi ichida yashayotgan odamlar insonni yana ham qadrlash kerakligini dildan tushunganlar. Shuningdek, o'zbek millatining qon - qoniga singib ketgan mehmondo'stlik xususiyati ham undalma bilan yashirin tarzda ifoda etilgan. Qay holatda, qanday vaziyat va kayfiyatda bo'lmasin(hatto urush ketayotgan og'ir kunda ham, yaqini haqida xabar topolmay ruhan cho'kkan pallada ham) o'zbek o'z mehmoniga hurmat ko'rsatishni o' z insoniy burchi sifatida bilaveradi. Anglashiladiki, bu vaziyatda ishlatilgan o 'g 'lim undalmasi pragmatik jihatdan yaqinlik, mehribonlik, mehmondo'stlik kabi ma'nolarni yuzaga chiqarishga ordam bergan.
Ko'rinadiki, undalmalar badiiy asar nutqida stilistik vosita sifatida keng ishlatiladi. Ular yordamida so'zlovchi va tinglovchining o'zaro munosabati, personajlarning ruhiy holati, kechinmalari ifodalanadi. Muloqot ishtirokchilarining baho munosabatlari ham undalmalardan anglashiladi.
| VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar
Adabiyotlar
1. Mahmudov N. O'qituvchi nutqi madaniyati.- T., 2007.
2. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H. O'zbek tili stilistikasi. -T.,1983.
3. ffl. Ca^apoB. nparna^HHrBHCTHKa. YaM3,2008.