Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'ZBEK TILIDA MAKON DEYKSISINING IFODALANISHI
Yoqubjonova Mexrinoz Yaxyojon qizi
Andijon davlat universtiteti Filologiya fakulteti III-bosqich 303-guruh talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada makon deyksisining o 'ziga xos xususiyatlari va uning o 'zbek tilida ifodalanishi pragmatik aspektda o'rganilgan. Makon deyksisini ifodalovchi faol birliklardan biri olmoshlar hisoblanadi va olmoshlardan namunalar berilib, ma 'noviy turlariga ham to'xtalib o 'tilgan.
Kalit so'zlar: makon deyksisi, birlamchi va ikkilamchi deyksis, olmosh va uning ma'noviy guruhlari.
This article explores the features of spatial dexterity and its pragmatic expression in the Uzbek language. One of the active units representing spatial dexterity is rhyme, while examples of rhyme are given, and spiritual types are also mentioned.
Keywords: spatial dexterity, primary and secondary dexterity, diamond and its spiritual groups.
В данной статье исследуются особенности пространственной ловкости и ее прагматичное выражение на узбекском языке. Одной из активных единиц, репрезентирующих пространственную ловкость, является рифма, при этом приводятся примеры рифмовки, а также упоминаются духовные типы.
Ключевые слова: пространственная ловкость, первичная и вторичная ловкость, алмаз и его духовные группы.
Muloqot jarayonida uning ishtirokchilari egallagan o'ringa ishora makon deyksisi mazmunini tashkil qiladi. Voqelikning idrok qilinishi va bu idrokning lisoniy ifoda topishi ikki asosiy lisoniy - tafakkur harakatini talab qiladi : birinchidan, voqelik parchasini tavsiflash lozim bo'lsa, ikkinchidan, uni ma'lum makonda joylashtirish talab qilinadi. Ammo makonda joy olishning o'zi ham ikki ko'rinishda bo'ladi. Obyektlar bir-biriga nisbatan joylashadilar:
a)Registon Samarqandning markazida joylashgan;
b)Rasadxona janubiy kenglikning 50 gradusida joylashgan.
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bu misollarda makon deyktik mazmunga ega emasdek tuyuladi, chunki bunday makon tasavvuri va ifodasida muloqot ishtirokchilarining o'rni yo'q. Makon muloqot ishtirokchilarining muloqot kechayotgan paytdagi o'rniga nisbatan belgilanishi deyktik xarakterga ega.1
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Makon deyksisini hosil qiluvchi birliklar makon semantik maydonga birlashuvchi birliklardan makonni qay tarzda aks ettirishiga ko'ra farqlanadi. Makon deyksisini hosil qiluvchi birliklar bevosita makonni ifodalamaydi, balki obyekt yoki subyektning borliqda egallagan o'rniga ishora qiladi yoki ko'rsatadi. Makon deyksisining ifodalanishi nutqiy vaziyatga bog'liq bo'ladi. Muayyan obyekt yoki subyektning joylashish o'rniga ishora nutq ishtirokchilariga, ya'ni so'zlovchi va tinglovchiga nisbatan belgilanadi. Deyksisning semantik asosida "men", "so'zlovchi" tushunchalari yotadi. Bunda so'zlovchi nutqiy muloqot aktining yuz berayotgan vaqti va o'rnini belgilovchi markaz, mo'ljal sanaladi. Biroq bu o'rinda tinglovchining o'rni ham inobatga olinishi maqsadga muvofiq. Negaki, nutqiy muloqotda so'zlovchi va tinglovchi bir-birini ko'radi, atrofdagi vaziyat, borliqni idrok etish har biri uchun ochiq. Rus olimi Yu.Apresyan mazkur holatdagi deyksisni (dialog, jonli muloqot vaziyatidagi) birlamchi deyksis sifatida, nutqiy muloqotda yuzma-yuz turmagan so'zlovchi va tinglovchining muayyan o'rin-joyga ishorasi hamda nutqiy akt jarayonini bayon, hikoya qilib berishda yuzaga chiqqan deyksisni ikkilamchi deyksis sifatida tasniflaydi.2
Makon deyksisida so'zlovchi bilan bir qatorda kuzatuvchining, ya'ni nutqiy muloqotda ishtirok etmayotgan, biroq vaziyatni kuzatayotgan va uni bayon etayotgan shaxsning ham muhim o'rni bor. Bu o'rinda, albatta, matn nazarda tutiladi. S.Boymirzayeva ham "Matnning makon maydoni tizimiy xususiyatlarga ega bo'lib, ma'lum turdagi nutqiy faoliyatda voqelik hodisalarining muallif kuzatuvi natijasida voqealanadigan tizimdir" deb baholaydi.3
O'zbek tilida makonga ishora qiluvchi deyktik birliklar ham o'zaro farqlanadi. Ularni mohiyatan o'ringa ishora belgisiga ega bo'lgan birliklar hamda muayyan nutqiy vaziyatda deyktik xususiyat kasb etuvchi birliklarga ajratish mumkin. Birinchi turga bevosita o'ringa ishora qiluvchi ayrim ko'rsatish (u, bu, shu, o'sha, ana, mana, ana u, mana bu kabilar), so'roq olmoshlari (qayer,
1 Sh.Safarov. Pragmalingvistika. - Toshkent. 2008.
2 Ю.Д.Апресян. Дейксис в лексике и грамматике и наивная модель мира. [Электрон ресурс].
3 S.Boymirzayeva. О^Ьек йШа таШт^ kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategoriyalar. -Toshkent 2010. 21^1
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
qayerga, qayerda, qani kabilar), belgilash olmoshlari (har qayer kabilar), o'rin ravishlari (unda-bunda, oldinda, uzoqda, orqada kabilar), o'rin ifodalovchi atoqli otlar, o'rin kelishiklari (chiqish, o'rin-payt), chegara shakli (-gacha) qo'shimchalari, u yer, bu yer, o'sha joy kabi so'z birikmalari kiradi. Ikkinchi turga ayrim otlashgan kishilik va o'zlik olmoshlari, o'rin valentligiga ega fe'llar (bormoq, kelmoq, ketmoq, chaqirmoq kabilar), o'rin-joyga munosabat bildiruvchi sifatlar (quyidagi, yuqoridagi) va boshqalarni kiritish mumkin.
O'zbek tilidagi olmoshlar faol deyktik birliklar hisoblanadi. Olmoshlarning makonga ishora qilish xususiyati nutqiy muloqotda matn qurshovi orqali yuzaga chiqadi. Bunda olmosh ishora qilayotgan obyektning tinglovchi tomonidan to'g'ri qabul qilinishida nutq vaziyati, matn va til egalarining umumiy bilish fondi muhim ahamiyatga ega. Matndan yoki nutqiy vaziyatdan tashqarida olmoshlar so'zlovchi maqsadini to'liq yetkazib bera olmasligi mumkin. Masalan: Tinchlik deya yurak bag'ri kuyuk eldir bu, Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu, O'tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu, Menga qanday yashamoqni o'rgatmagin sen! (Iqbol Mirzo) Ushbu parchada 1-2-3-misralar oxirida takrorlanib kelayotgan bu olmoshida ishora obyekti ma'nosi mavjud. Olmoshning ishora obyektini aniqlashtirish uchun nutq vaziyati yoki kontekstga ehtiyoj tug'iladi. "Umar uyni ko'rib chiqishgach, dallolga yuzlandi. Bu menga yoqmadi, boshqasini ko'raylik". Ushbu nutqiy vaziyatda, bu olmoshi matnning oldingi qismidagi uyga ishora qilib, makon deyksisini shakllantirishga xizmat qilgan.
Nutqda makonga ishora qiluvchi deyktik birliklar muayyan makonga ishora qilish bilan birga makonning so'zlovchiga nisbatan joylashgan masofasi (uzoq-yaqin)ga ham ishora qiladi. Masalan, Yusupov oblast ijroiya komiteti binosi oldida mashinadan tushdi. Kanal shtabi shu binoga o'rnashgan (Said Ahmad) gapida shu olmoshi ijroiya komitet binosiga ishora qilish bilan birga binoning matn subyekti (Yusupovga) yaqin masofadaligini ham ko'rsatadi.
Ana, ana u olmoshlari esa makonga ishora qilish bilan birga makonning so'zlovchidan ma'lum bir uzoqlikda joylashganligiga ishora qiladi. Masalan: Kelgan yo'lingni ham bilmaysan-a. Manavi Kuyganyorga, anavi qirg'oqdan ketgan yo'l qamish oralab Oltinko'lga, Chinobodga olib boradi (Said Ahmad) gapida qo'llangan manavi olmoshi so'zlovchiga yaqin masofadagi, anavi olmoshi nisbatan uzoqdagi makonga ishora qiladi. Mazkur holatda olmoshlar
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
makon deyksisi sifatida uzoq-yaqinlik belgisi ostida zidlanadi: mana -so'zlovchiga yaqin masofadagi makon, ana - so'zlovchidan uzoqdagi makon.
O'sha olmoshi nutqda so'zlovchi va tinglovchilarning umumiy bilimlari va ular uchun oldindan ma'lum bo'lgan makonga ishorani shakllantiradi. Masalan: O'shamikin? Adashmadikmi? - binoning ahvolini ko'rib do'stining "saroyga o'xshaydi" degan gapi yodiga tushib miyig'ida kulib qo'ydi. Ushbu nutqiy parchada o'sha olmoshi binoga ishora qilish bilan birga nutq ishtirokchilarining bu o'rin-joy to'g'risida oldindan ma'lumotga ega ekanliklarini anglatadi.
Nutqda ko'rsatish olmoshlaridan tashqari qani, qayerga // -da, -dan so'roq olmoshlari va qayer so'roq olmoshi bilan hosil qilingan bo'lishsizlik hech qayerga// -da, -dan, gumon allaqayerga//-da, -dan, -qayergadir, belgilash har qayerga//-da, -dan olmoshlari ham o'rin-joyga ishora qilib, makon deyksisini shakllantiradi. Quyidagi misollarga e'tibor beraylik:
l.So'roq olmoshlari orqali: Qayerdansiz?-deb so'radim undan (Said Ahmad).
2.Bo'lishsizlik olmoshlari orqali: Sizlarga uy topib bersam, qiroatxona ochmaysizlarmi? - Ochamiz. Lekin kitoblarni qayerdan olamiz. Hozirgacha hech qayerdan kitob to'plaganimiz yo'q (H.Qodiriy).
3.Gumon olmoshlari orqali: Dadam bosmaxonadanmi, magazindanmi, juda ko'p har xil afishalar, "Mushtum" keltirib berdilar... So'ng dadam o'z kutubxonalaridan va yana allaqayerlardan ancha kitob keltirib berdilar (H. Qodiriy).
4.Belgilash olmoshlari orqali: Butun xalq yopirilib, kattakon Farg'ona kanalini qazdik. Har qayerdan odamlar kela boshladi (H.Olimjon).
Charlz Fillmor Indiana universiteti lingvistik klubida 1971-yilda o'qigan deyksis haqidagi ma'ruzasida deyktik iboralar nutqda qo'llanishini uch turga bo'lishni taklif qilgan:
1)"uzoqdagi" va "yaqindagi" obyektni bevosita ko'rsatish vazifasini bajaruvchi lisoniy belgi - jestlar (general use);
2)ma'lum axborot, bilim tashuvchisi (bu bilim ushbu muloqot vaziyatidan yoki mustaqil ravishda egallangan bo'lishi mumkin)bo'lgan ramziy belgi (symbolic use);
3)anaforik bog'lovchi sifatida.4
Deyktik birlikning birinchi turda qo'llanishini "Ushbu kitobni o'sha yerga (ya'ni olgan joyingizga qo'yishingizni) istayman" misolida ko'rib chiqamiz. Bu
4Sh.Safarov. Pragmalingvistika. - Toshkent. 2008.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
gap mazmunidan so'zlovchi bevosita makonga ishora etayotganligi anglashiladi. O'sha yer ko'rsatish olmoshi orqali makonga ishora qilingan.
Shuni ta'kidlash joizki, makon deyksisi keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Nutqda makonga ishora qiluvchi deyktik birliklar muayyan makonga ishora qilish bilan birga makonning so'zlovchiga nisbatan joylashgan masofasi (uzoq-yaqin)ga ham ishora qiladi. Olmoshlar makon deyksisini hosil qiluvchi faol birliklar bo'lib, olmoshning qanday ma'noda qo'llanishi va nutqiy vaziyatda ifodalayotgan ma'nosi konteksda aniqroq namoyon bo'ladi.
REFERENCES
1. Safarov Sh. Pragmalingvistika. - Toshkent. 2008.
2. Апресян Ю.Д. Дейксис в лексике и грамматике и наивная модель мира. [Электрон ресурс].
3. Boymirzayeva S. O'zbek tilida matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategoriyalar. - Toshkent. 2010. 21-bet.
XULOSA