Научная статья на тему 'UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA GEOGRAFIYA DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI DARSLARNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI'

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA GEOGRAFIYA DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI DARSLARNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
35
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Geografiya ta’limi / sinfdan tashqari ishlar / kreativ qobiliyat / ijodkorlik / zamonaviy ta’lim metodlari. / Geography education / extracurricular activities / creative abilities / creativity / modern teaching methods.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Esenova I.M.

Ushbu maqolada geografiya ta’limining samaradorligini oshirish, geografiya o‘qituvchisining pedagogik mahorati hamda geografiya ta’limida o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish masalalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF ORGANIZING EXTRACLASS LESSONS IN GEOGRAPHY LESSONS IN SECONDARY SCHOOLS

This article highlights the issues of improving the effectiveness of geography education, the pedagogical skills of the geography teacher, and the organization of extracurricular work in the development of students' creative abilities in geography education

Текст научной работы на тему «UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA GEOGRAFIYA DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI DARSLARNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI»

Esenova I.M.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tabiiy geografiya va gidrometerologiya kafedrasi

O'zbekiston Nukus

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA GEOGRAFIYA DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI DARSLARNI TASHKIL ETISHNING

AHAMIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada geografiya ta'limining samaradorligini oshirish, geografiya o'qituvchisining pedagogik mahorati hamda geografiya ta'limida o'quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish masalalari yoritilgan

Kalit so'zlar: Geografiya ta'limi, sinfdan tashqari ishlar, kreativ qobiliyat, ijodkorlik, zamonaviy ta 'lim metodlari.

Esenova I.M.

Karakalpak State University named after Berdakh Department Physical Geography and Hydrometeorology

Uzbekistan Nukus

THE IMPORTANCE OF ORGANIZING EXTRACLASS LESSONS IN GEOGRAPHY LESSONS IN SECONDARY SCHOOLS

Abstract: :This article highlights the issues of improving the effectiveness of geography education, the pedagogical skills of the geography teacher, and the organization of extracurricular work in the development of students' creative abilities in geography education

Keywords: Geography education, extracurricular activities, creative abilities, creativity, modern teaching methods.

Bugungi kunda O'zbekistonda ta'lim tizimi va uning samaradorligini yana oshirish maqsadida yangi islohatlar olib borilmoqda. Ayniqsa, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunlarning qabul qilinishi natijasida ta'lim sohasidagi ishlarda keng ko'lamga erishildi. Bu hujjatlar asosida barcha ta'lim muassasalarida ta'limga e'tibor kuchaydi, bu esa ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha uslub va yondashuvlarning kirib kelishiga sabab bo'ldi. Yosh avlodni bilim olishlarini yanada qulaylashtirish, bilimlarni tez va oson o'zlashtirishlari hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishni bilishlari uchun yangidan yangi inoovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish davom etmoqda.

So'nggi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasining maqsadi va mazmuni yangilanib bormoqda, asosiy e'tibor raqobatga chidamli yetuk kadrlarni tayyorlashga qaratilgan bo'lib, bunda asosiy vazifa o'qituvchilarga qaratilgan.

Umumiy o'rta ta'lim maktablariga o'qituvchi tomonidan bajariladigan muhim vazifa o'quvchilarning bilim, ko'nikma va ilmiy tajribalarini kelgusi hayotida amalda qo'llay olishdan iborat. Har bir o'qituvchi o'quvchiga shaxs sifatida qarashi lozim. Chunki maktabga kirgan har bir o'quvchi - ertangi kunning jamiyat a'zosi, kelajak egasi hisoblanadi.

Shuning uchun ham maktabda o'qitiladigan har bir fanning samarali tashkil etilishiga etibor berishimiz lozim, bunda dasturiy darslardan tashqari sinfdan tashqari darslar (to'garak)ning o'tkazilishiga ham aloqida e'tibor qaratishimiz lozim.

Geografiya ta'limining samaradorligini oshirishda zamonaviy ta'lim metodlari va vositalari bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati ham katta. Ayniqsa, o'quvchilarning ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va olib borish maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarning ijodkorlik faoliyatlarining rivojlanishi, shuningdek, fanga bo'lgan qiziqishining ortishi o'qituvchi tomonidan sinfdan tashqari ishlarni qanchalik samarali tashkil etishiga bog'liq. Geografiya fani bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning bir necha turlari mavjud bo'lib, o'quvchilar dars davomida to'liq o'zlashtira olmagan materiallarni aynan sinfdan tashqari ishlarda o'zlashtirishlari mumkin.

Geografiya fanidan o'quvchilarning kreativligini rivojlantirish uchun tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlarning ta'limiy va tarbiyaviy vazifalari ajratilib, bu vazifalar geografiya ta'limining umumiy maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. O'quvchilarning nafaqat kreativligini, balki ularda o'zaro do'stona munosabat, hamkorlik, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat hamda biror kasbni egallashga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar va mustaqil idrok qilish jarayonida o'quvchilarning intellektual - ijodiy mahsulot ustida ishlashi amalga oshirilib, o'qituvchi o'quv jarayonini boshqarar va nazorat qilar ekan, ayni vaqtda o'z o'quvchilarida kreativlikni, jumladan, kreativ -intellektual - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi.

Shuningdek, sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilar darsdagidek qat'iy talablar doirasidan biroz chiqib, ancha erkin, mustaqil faoliyat olib boradilar. Sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilar o'zlarining o'qituvchiga ma'lum bo'lmagan qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. Shu orqali o'qituvchi ulardagi kreatvlik qobiliyatlarini seza olishi va shunga ko'ra uni rivojlantirishlari zarur bo'ladi.

Sinfdan tashqari darslarning maqsadi - o'quvchilarning har tamonlama rivojlanishini ta'minlashdan iborat. Bu o'quvchiga berdigan tarbiyaviy maqsadning asosiy g'oyasi bo'lgan ma'naviy boylik, axloqiy poklik va jismoniy barkamol insonni tarbiyalashga yordam beradi.

Geogrfaiya darslarida sinfdan tashqari darslarning tarbiyaviy maqsadi va vazifalari mavzuga oid holda fanni o'qitishning umumiy maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Sinfdan tashqari ishlarning mazmunida ikkita asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin:

1)ta'lim va tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega bo'lgan maktab o'quvchilarining qiziqishini uyg'otadigan maktab kurslari mazmunining asosiy vazifalarini chuqurlashtirib o'rgatish;

2) joylarda amaliy ishlarni olib borishda, sinfda turli axborot manbalari bilan ishlashda, asboblar, shuningdek kompyuterlardan foydalanishda tadqiqot xususiyatiga ega bo'lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.

Sinfdan tashqari ishlarni tashkillashtirishning turlari va shakllari juda xam ko'p bo'lib unda o'tiladigan mavzuga bog'liq holda darsning maqsadiga, uslubiy yo'nalishiga, o'quvchilarni qamrab olishga va sinfdan tashqari ishlarni o'tkazish o'rniga bog'liq holda darsni tashkillashtirish mumkin. Geografiya fanida sinfdan tashqari ishlarni yakka tartibda yoki va guruh shakllarida olib borilsa bo'ladi.

Viktorinalar, savollar, o'yinlar va jumboqlar sinfdan tashqari ishlarning bir-biriga juda yaqin turlari hisoblanadi. Ularning asosiy maqsadi - to'garak ishlarini qiziqarli o'tishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga, bu ishlar ijodkorlik va izlanishni kuchaytirishi, o'quvchilarning fikrlash va taqqoslay olish qobiliyatini rivojlantiradi.

Sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilarning faoliyatini tashkil etish usullari ko'pincha sinfdagi o'quvchilarning yoshiga mos ravishda tanlanishi kerak, chunki ularning tanlovi, avvalo, o'rganiladigan materialning mazmuni- geografîk bilimlar bilan mos kelishi lozim. Geografiya fani bo'yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning turlari juda ham ko'p bo'lib ularni mavzuga oid holda tanlanishi lozim.

- o'zlari yashayotgan o'lkaning tabiyatini yaxshi o'rgatish maqsadida ochiq havoga sayohat tashkillashtirish;

-sinfdagi o'quvchilarni gruhlarga bo'lib zakovat o'yinlarini o'tkazish;

- geografîk mavzularga oid o'quvchilar ishtirokida tadbirlar tashkillashtirish;

- iqtisodiy geografîk bilimlarini yanada rivojlantirish maqsadida o'lkadagi karxona va ishlab chiqarish o'rinlariga o'quvchilarni olib borish va boshqa da yunalishlari bor.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozim geografiyaning fan sifatida o'ziga xos xususiyati shundaki, aynan shu fan yordamida talabalar dunyoga yaxlit nuqtai nazarda qarashni o'rganadi, shuningdek, geografiya ta'limida sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning mustaqil fîkr yuritish, mustaqil xulosalar chiqarish, o'z-o'zini namoyon qilish hamda kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishda eng muhim vositalardan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Esenova I. M. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKILLASHTIRISHNING AHAMIYATI //Konferensiyalar| Conferences. - 2024. - Т. 1. - №. 11. - С. 358-360.

2. Ходжаева Г.А., Жиемуратова Г.0. География сабакларын окытыуда езбетинше тапсырмаларды пайдаланыудын, эхмийети.// Илим х,эм жэмийет, №2, 2020. 66-68 б

3. Esenova I. M., Kurbanazarov B. M. GEOGRAFIYA PÂNIN OQÎTWDA INTERAKTIV METODLARDAN PAYDALANÎWDÎN ÂHMIYETI //Hamkor konferensiyalar. - 2024. - Т. 1. - №. 3. - С. 346-349.

4. Ходжаева Г.А., Жиемуратова Г.О. География пэни сабакларында ауызеки методтан пайдаланыудын, эхдоийети // Вестник Каракалпакского государственного университета, №3, 2021. 85-88 стр.

5. Xodjaeva G.A., Jiemuratova G. Geografiya darslarida o'quvchilarning kreativ fikrlashini shakillantirish masalalari// Янгиланаётган Узбекистонда география: фан, таълим ва инновация республика микиёсидаги илмий-амалий конференция, Тошкент, 15-декабрь,2021. 352-354 б

6. Xudaybergenov N. S., Ganiev N. J., Esenova I. M. EKOTURIZMNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI //Hamkor konferensiyalar. - 2024. - Т. 1. - №. 3. - С. 298-302.

7. Xodjaeva G.A., Nurlanov A.S., Allanazarov K.J., Yesenova I.M MEKTEPLERDIN OQIW HÄM TÄRBIYALIQ ISKERLIGIN JETILISTIRIW MASHQALALARI Вестник КГУ им. Бердаха. № 2(60) 2023.195-196\.

8. Tilakova M.A. VIII-IX sinf o'quvchilarida sinfdan tashqari mashg'ulotlarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 2019. - 72 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.