Umumta'lim maktablari musiqa madaniyati darslarida o'zlashtirishi past bo'lgan bolalar bilan ishlash uslublari
Ollabergan Sharofiddinovich Jumaniyazov O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim maktabi "Musiqa madaniyati" darslarida past o'zlashtiruvchi o'quvchilarning faolligini oshirish ularni o'qitish texnologiyalari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, ijrochilik, o'quvchi, musiqiy faoliyat, metodika, texnologik o'yin
Methods of working with children with low mastery in music culture lessons of general education schools
Ollabergan Sharofiddinovich Jumaniyazov Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute
Abstract: In this article, there are opinions about the teaching technologies of increasing the activity of students with low mastery in the lessons of the general secondary school "Music Culture".
Keywords: music culture, performance, student, musical activity, methodology, technological game
Musiqa madaniyati darslarida bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o 'quvchilarida musiqa ta'limga uyg'un holda rivojlanishi kerak. Buni amalga oshirish uchun, dastlab, o'quvchilarni musiqa madaniyati darslarida mustaqil faoliyatga nazariy va amaliy tayyorlash, ularda biror ishni qilish ko'nikmalarini va shu faoliyatni samarali amalga oshirishiga ishonch hissini uyg'otish lozim. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati darslarida mustaqil ish turlari, avvalo, o'qituvchi tomonidan puxta o'ylangan, ta'lim maqsadiga yo'naltirilgan va davomiy bo'lishi kerak. Bu jarayonda o'quvchining barcha imkoniyati inobatga olinishi, yosh xususiyati, o'quvchining musiqiy faoliyat turiga qiziqishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarni aqliy shakillantirish shartlaridan biri dars jarayonida ijro etiladigan kuy va ashulalarni, topshiriqlarni to'la "eslab qolib" vazifasini bajarishdir. Bunda bajariladigan vazifaning maqsadini anglagan holda uning rejasini aniqlash va bajarish
www.openscience.uz / issn 2181-0842 719
metodini belgilash, e'tiborsiz qoldirilgan xatolarni mustaqil izlay olish va uni o'zgartira bilishlariga alohida diqqat qaratiladi. O'quvchilarning vazifalarni tez, to'g'ri qilishlari va izlanishlari uchun qulay metodlarni tanlash, yo'naltiruvchi topshiriqlar berib, kalit so'zlarni taklif qilish samaralidir.1
Musiqa madaniyati darslarida o'quvchlarda mustaqil ishlarni sifatli bajarishda qiyinchiliklar paydo bo'lishi tabiiy. Chunki o'quvchilarning tasavvuri to'liq, so'z boyligi unchalik yetarli bo'lmaydi. Tadqiqot natijalari shuni bayon qiladiki, o'quvchilar pedagog rahbarligida ishlaganda, tezroq fikrlay oladilar. Bu vaziyatga o'rganmasliklari uchun ko'proq e'tiborni o'quvchilarning mustaqil fikrlashlariga e'tiborini jalb qilish kerak. Bolalar diqqatini jalb etish maqsadida musiqa asaridagi voqealarni bir qator eslatib: Nega shunday bo'ldi? Seningcha qanday bo'lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma'qullab, "yana o 'ylasang topasan", "juda yaxshi", "juda soz!" kabi rag'batlantiruvchi so'zlarni ishlatish foydalidir.
Birinchi bajargan mustaqil topshiriqdan o'quvchi mamnun bo'lsa, uning qiziqishlari ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekrishish lozim.
Musiqa madaniyati darslarida past o'zlashtiruvchi o'quvchilarni mustaqil faoliyatga o'rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim:
> Darsda beriladigan vazifalarni o'quvchining ijro va aqliy imkoniyatlariga mos va hos bo'lishi va qiziqish uyg'ota olish;
> Topshiriqlar yengildan murakkab tomon qarab yo'naltirilsin, bolalarga topshiriqlar tushunarli bo'lsin;
> musiqa ijro qilishda bolalarda o'ziga ishonch hissi uyg'onsin, ishga kirishishda ular o'zlarida dadillik sezsin;
> musiqiy faoliyatlar turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak;
> Vazifalarni barcha birdaniga boshlab, bir vaqtda tugatishini eslatish kerak, past o'zlashtiruvchi o'quvchilarni ushbu talabni bajarishga ko'o'rgatish kerak;
> topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
> o'quv darslik, metodik materiallardan foydalanishda davomiylik maqsadga muvofiq.2
O'quvchilar, imkon qadar sinf sharoitidadan kelib chiqib bilim va salohiyatini uqtirish, uyga beriladigan topshiriqlar berishda standart asosida qilish kerak. Bolalar darsdan keyin tiniqib dam olsalar, ko'proq ochiq havoda bo'lib, harakatli o'yinlar, sayr bilan vaqt o'tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o'zlashtirish yaxshi bo'ladi. Shu sababli uy vazifalari murakkam
1 Kharatova, S. K., & Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). Use of innovative technologies in the educational process. Science and Education, 3(3), 713-718.
2 N.B.Qahharov vocal fundamentals (for voice and piano) Tashkent "Economics-Finance " 2008®
www.openscience.uz / issn 2181-0842 720 [m^^^hl
bo'lmasligi, asosan, o'quvchilarni kuzatishga, xulosa chiqarib fikrlashiga undashi lozim.
Tan olish kerakki, past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash ancha murakkab jarayon. Pedagokning pedagogik malakasi, zamonaviy innovatsion dars o'tish texnologiyalaridan foydalanishi, past o'zlashtiruvchi bolalar bilan individual tartibda faoliyat olib borishi natijasida uni sifatli amalga oshirish imkoni mavjud.
Shuni ham takidlash lozimki, o'quvchilarni zamonaviy ilm-fan, texnikaning, yutuqlaridan xabardor qilmay turib, ularga yuqori malakali kasb egalari bo'lib yetishishiga imkon yarata olmaymiz. Eng avvalo, ta'lim jarayonida o'quvchilarga to'g'ri va maqsadga muvofiq bilim berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash o'qituvchidan yuqori malaka talab qiladi. Ushbu faoliyatda pedagog yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishi, bo'sh o'zlashtiruvchi bolalarning ijodiy-musiqiy faolligini oshirishi va bu orqali bo'sh o'zlashtiruvchi bolalarning boshqa tengqurlari bilan bir qatoriga yetib olishini bajarish kerak. Faqat shunda har bir musiqa o'qituvchisi o'z faoliyatini to'g'ri amalga oshirgan va har bir bola bilan alohida ish faoliyatini amalga oshiradi.
Bolalarni aqliy zo'riqtirish va turli psixologik ta'sirlardan avaylash, qiziqarli metodlar orqali bilimlarini mustahkamlash juda ahamiyatlidir. Pedagok bolalarni ziyraklik va chaqqonlikka hamda fikrini to'g'ri va aniq ifoda etishga undovchi o'yinlardan foydalanishi samarali natija beradi. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash o'qituvchidan alohida saboq va mas'uliyatni talab etadi. Shu bois bu toifa bolalar bilan shug'ullanish uchun, avvalo, yakkama-yakka suhbat o'tkazib, ularning qaysi cholg'u yoki musiqa faoliyatiga qiziqishlarini aniqlash lozim. Maxsus jurnal tutilib, bolalarning o'zlashtirishini muntazam monitoring qilib borilishi, o'quvchilarga qiynalayotgan musiqiy faoliyatdan alohida mashg'ulotlar daftari tuttirish kabi usullar ham samarali hisoblanadi. Shuningdek o'quvchilardagi ijobiy o'zgarishlar rag'batlantirilishi muhim. Musiqa madaniyati darslarida past o'zlashtiruvchilarning faolligini oshirish uchun ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini hamda nutqini rivojlantirish kerak. O'qituvchi dars o'tishda boshqa ko'plab usullardan ham foydalanishi lozim. Eng muhimi, ular samara berishi.3
Shuningdek, o'zlashtirishi past o'quvchilar uchun musiqa madaniyati darslarni tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat bolalarning o'qish savodxonligi oshadi, shu bilan birgalikda ularning dunyoqarashi ham o'stiradi.
Musiqa madaniyati darslarida past o'zlashtiruvchi o'quvchilarga ilg'or ta'lim texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi hisoblanadi. Chunki o'sha o'quvchi musiqa darslarida yoki har doim jamoa bo'lib olib boriladigan ijodiy darslarda mavzularni yetarlicha singdira olmagan. Shunday ekan past o'zlashtiruvchi
R.A.Mavlonova, B.Normurodova. "Tarbiyaviy ishlar metodikasi". -T., 2007 yil.
www.0penscience.uz / issn 2181-0842 721
bolalar bilan birinchi hamma pedagogik texnologiyalari individual qo'llab, keyin ularni jamoaviy metodikalar va ta'lim-tarbiyada jarayoniga jalb etish lozim.
Musiqa madaniyati darslarida past o'zlashtiruvchi o'quvchilarga musiqadagi yuksak badiiylikni tushuntirish, musiqa asarlarining mazmun va mohiyati bilan tanishtirish, musiqiy didini tarbiyalash hamda musiqiy his-tuyg'usini rivojlantirishda asosiy omil sifatida xizmat qiladi. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilarda dastlabki his-tuyg'u va fikrlarni rivojlantirish va shakllantirishda albatta ta'limning dastlabki bosqichlaridan boshlab, o'quvchilarning yosh va psixologik-fiziologik xususiyatlariga e'tiborni qaratmoq muhimdir. Birinchi sinfda musiqa darslari ta'limotining poydevori qo'yiladi.
O'qituvchi o'quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslangan holda har bir musiqa zamirida ma'lum his-tuyg'u va fikrlar aks ettirilishi haqida tushuntirishi kerak, birinchi darslardanoq musiqa asarlarini o'z-o'zidan paydo bo'lmasligi, uni kimdir katta ijodiy mehnat qilib, yaratishi haqida suhbat o'tkazadi. Buning uchun "Musiqani kim yaratadi?", "Kim ijro etadi?", "Kim tinglaydi?"- degan savolni o'rtaga tashlaydi. O'rganiladigan asarning xarakterini obrazli qilib ifodalansa, bolalar uni tushunib, mazmunini aniq qilib ochib beradilar. Ma'lumki, 1-sinf o'quvchilari musiqa haqida har xil darajada umumiy tushunchaga, bilimga ega bo'ladilar. Ammo, ularning kundalik musiqaviy hayotdan olayotgan taassurotlari va musiqaviy tajribalari bir-biriga yaqin turadi. O'qituvchi sinf jamoasini birlashtirishda aynan shundan foydalanmog'i lozim.
Dars mazmunini hayot bilan bog'lashda past o'zlashtiruvchi bolalarning taassurotlari va tajribalarining boyitib borilishi asosida, musiqaning eng oddiy qonuniyatlari haqida bilim darajalari kengaytirilib boriladi.
Musiqa madaniyati darsi dastur asosida rejalashtirilib, ko'rgazmali qurollar bilan musiqa o'qitishning og'zaki, amaliy, taqqoslash metodlaridan foydalangan holda, darsda past o'zlashtiruvchi o'quvchilarni darsga jalb qilib, raqs elementlari, musiqali o'yinlar o'ynab, musiqaga mos qadam tashlash, chapak chalishni mayin ifodali qilib kuylash bilan metodik talablar asosida olib boriladi.
Xulosa qilib aytsak, umumiy o'rta ta'lim musiqa madaniyati darslarida past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash jarayonini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish o'zining ijobiy samarasini ko'rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni.// Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: 1997. - 20-29 betlar.
2. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"// -T.: 1997. - 31-60 betlar.
www.openscience.uz / issn 2181-0842
722
3. R.A.Mavlonova, B.Normurodova. "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" -T., 2007
yil.
4. Bo'ri Ziyomuhedov. "Ilm hikmati." Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1999 y.
5. Kharatova, S. K., & Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). Use of innovative technologies in the educational process. Science and Education, 3(3), 713-718.
6. N.B.Qahharov vocal fundamentals (for voice and piano) Tashkent "Economics-Finance" 2008^
www.openscience.uz / issn 2181-0842
723