Научная статья на тему 'UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI KAMAYTIRISHNING DOLZARBLIGI VA YECHIMLARI'

UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI KAMAYTIRISHNING DOLZARBLIGI VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yashirin iqtisodiyot / umumiy ovqatlanish / soliq tizimi / nazorat mexanizmlari / raqamlashtirish / qonuniy biznes / jamoatchilik nazorati. / shadow economy / catering / tax system / control mechanisms / digitization / legal business / public control.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tilloyev Temur Asliddin O‘g‘li

Ushbu maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarida yashirin iqtisodiyotning salbiy ta’siri va uni kamaytirishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Yashirin iqtisodiyot soliq tushumlarining kamayishiga, raqobat muhitining buzilishiga va mehnat huquqlarining buzilishiga olib keladi. Ushbu muammoni hal etish uchun samarali nazorat tizimlarini joriy etish, raqamli hisob-kitob tizimlarini keng joriy qilish, biznesning qonuniy ishlashiga rag‘batlantirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi yechimlar taklif etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the negative impact of the shadow economy in catering enterprises and the urgency of reducing it. The shadow economy leads to a decrease in tax revenues, a distortion of the competitive environment, and a violation of labor rights. To solve this problem, solutions are proposed, such as the introduction of effective control systems, the widespread introduction of digital accounting systems, incentives for the legal operation of businesses, and increased public control.

Текст научной работы на тему «UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI KAMAYTIRISHNING DOLZARBLIGI VA YECHIMLARI»

UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI KAMAYTIRISHNING DOLZARBLIGI VA YECHIMLARI

Tilloyev Temur Asliddin o'g'li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Marketing" kafedrasi stajyor-assistenti

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarida yashirin iqtisodiyotning salbiy ta'siri va uni kamaytirishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Yashirin iqtisodiyot soliq tushumlarining kamayishiga, raqobat muhitining buzilishiga va mehnat huquqlarining buzilishiga olib keladi. Ushbu muammoni hal etish uchun samarali nazorat tizimlarini joriy etish, raqamli hisob-kitob tizimlarini keng joriy qilish, biznesning qonuniy ishlashiga rag'batlantirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi yechimlar taklif etiladi.

Kalit so'zlar: yashirin iqtisodiyot, umumiy ovqatlanish, soliq tizimi, nazorat mexanizmlari, raqamlashtirish, qonuniy biznes, jamoatchilik nazorati.

Abstract. This article analyzes the negative impact of the shadow economy in catering enterprises and the urgency of reducing it. The shadow economy leads to a decrease in tax revenues, a distortion of the competitive environment, and a violation of labor rights. To solve this problem, solutions are proposed, such as the introduction of effective control systems, the widespread introduction of digital accounting systems, incentives for the legal operation of businesses, and increased public control.

Keywords: shadow economy, catering, tax system, control mechanisms, digitization, legal business, public control.

Umumiy ovqatlanish sohasi iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotida salmoqli ulushga ega. Chunonchi, 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida jami ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 564,8 trln. so'mni tashkil etgan bo'lib, yashash va ovqatlanish xizmatlari 119,5 trln. so'mni yoki xizmat ko'rsatish sohasidagi ulushi 21,2 % ni tashkil etgan. Biroq, ushbu sektorda yashirin iqtisodiyotning ulushi yuqori bo'lib, bu davlat budjeti tushumlarining kamayishiga, adolatsiz raqobatga va iste'molchilar huquqlarining buzilishiga sabab bo'lmoqda. Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlarning umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyati o'rganish uchun davlat idoralarining statistik va boshqa ma'lumotlari hamda 2,1 mingdan ortiq umumiy ovqatlanish korxonalari vakillari o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar natijalari tahlil qilinganda sohaga oid bir qator muammolar aniqlangan:

Birinchidan, soliq yuki va murakkab soliq ma'muriyatchiligi. Umumiy ovqatlanish korxonalari 7-9 turdagi soliqlar va yig'imlarni to'laydi. Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq (tovar aylanmasi 1 mlrd so'mgacha), qo'shilgan qiymat solig'i, foyda solig'i, ijtimoiy soliq, daromad solig'i (soliq agenti sifatida), mol -mulk solig'i, yer solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun undiriladigan yig'im (alkogolli ichimliklar sotilsa). Soliq yukining yuqoriligi umumiy ovqatlanish korxonalarining 61 foizini soliqdan

qochishga undamoqda. Shuningdek, ko'p soliqlar to'lash o'z-o'zidan ular bilan bog'liq soliq ma'muriyatchiligini ham murakkablashtirmoqda: korxona 6 xil vaqtda soliqlarni to'lashi va 5 xil vaqtda soliq hisobotlarini taqdim etishi lozim. Shu sababli umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini boshlashda respondentlarning deyarli 1/3 qismi soliq qonunchiligini tushunib olishda qiynalishgan. Mazkur omillar esa o'z navbatida sohadagi yashirin iqtisodiyotning ulushi yuqori (30-40 foiz) bo'lishiga olib kelmoqda.

Ikkinchidan, sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari va qoidalar eskirgan, biznes yuritish amaliyotiga mos kelmaydi. Masalan, restoran tozalash, ta'mirlash va shu kabilar ishlar uchun yopilishidan bir hafta oldin bu haqda e'lonni osib qo'yishi kerak. Buni bajarmasa 2 mln so'm jarimaga tortiladi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatiga oid sanitariya norma va qoidalari (SanPiN 0309-14-son) ham zamon talablariga mos kelmaydi, buning natijasida qoidalarning 20 tasiga rioya etish imkonsiz bo'lib qolgan. Jumladan, taomlarni ko'mir, o'tin, qattiq yoqilg'ida ishlaydigan plitalarda pishirish mumkin emas (qish mavsumlarida gaz ta'minoti cheklanganda mazkur talabga rioya qilib bo'lmaydi). Yana bir misol, taxminan, 12 turdagi mahsulotlar uchun alohida-alohida pichoqlar mavjud bo'lishi lozim (amalda aksariyat umumiy ovqatlanish korxonalarida har bir mahsulot uchun alohida pichoq ishlatilmaydi).

Uchinchidan, tekshirish o'tkazish holatlari juda ko'p. Umumiy ovqatlanish korxonalarini 10 dan ortiq davlat idoralari (soliq, yong'in nazorati, sanitariya nazorati, mehnat, ichki ishlar organlari, kommunal xizmatlarni ko'rsatuvchi korxonalar va b.) doimiy bezovta qiladi. Ularni eng ko'p tekshiruvchi 3 ta idora (soliq, yong'in nazorati, sanitariya nazorati) tomonidan 2020—2021 yillarda 8 mingga yaqin tekshirish o'tkazilgan. Ya'ni har yili o'rtacha 14,5 foiz umumiy ovqatlanish korxonalari tekshirilgan. Biroq so'rovda ishtirok etgan korxonalar vakillari boshqa fikrni bildirishdi, ya'ni 2,1 ming respondent har oyda deyarli 5,5 mingta tekshirish o'tkazilganligini ta'kidlashdi. Demak, ularning faoliyatini noqonuniy tekshirish holatlari ko'p. Sohadagi tadbirkorlar ularning faoliyatini eng ko'p tekshirish soliq organlari tomonidan amalga oshirilganligini, keyingi o'rinlarda sanitariya va yong'in nazorati organlari, ichki ishlar organlari (asosan, tunda faoliyat yuritishni to'xtatish yuzasidan) ekanligini bildirishdi

To'rtinchidan, tekshirishlardagi korrupsiya holatlari. Faoliyatga oid qonun-qoidalar murakkab va tekshiruvchilar ko'p bo'lishi korrupsiyaga yo'l ochib bermoqda. Masalan, respondentlarning 26,4 foizi (905 nafar) soliq, 20,3 foizi (697 nafar) sanitariya va 11,3 foizi (387 nafar) yong'in nazorati organlarida korrupsiya holatlariga duch kelishganini, shuningdek, korrupsiyaning eng ko'p tarqalgan turi davlat organlari xodimlariga bepul xizmat ko'rsatish ekanligini ta'kidlashdi.

Beshinchidan, infratuzilma obyektlariga ulanish va ularda bo'ladigan uzilishlar. 63,4 foiz umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini boshlashda infratuzilma ob'ektlari bilan bog'liq muammolarga duch kelishgan. Ta'minotdagi uzilishlar ham ular uchun odatiy hol bo'lib qolmoqda. Jumladan, respondentlarning 36,3 foizi (766 nafari) suv ta'minotida, 35,2 foizi (742 nafari) gaz ta'minotida, 28,5 foizi (602 nafari) elektr ta'minotida qiyinchiliklarga yo'liqishmoqda.

Oltinchidan, ishchilarni norasmiy yollash. Odatda restoran, kafe va oshxonalarda oshpaz, ofitsiant, farrosh kabi ishchilarni mehnat shartnomasi tuzmasdan og'zaki kelishuv bilan ishga oladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida 300 mingdan ortiq odam ishlasa, ularning 200 mingdan ko'pi norasmiy band bo'lib, bu holat korxona uchun (jarimaga sabab bo'ladi), ishchi uchun (mehnat huquqlari kafolatlanmaydi) va davlat uchun (ijtimoiy va daromad soliqlari tushmaydi) ham manfaat olib kelmaydi. Jumladan, so'rovda ishtirok etgan korxonalar o'z ishchilariga oyiga o'rtacha 1,8 mln so'm ish haqi to'lab kelayotganligini inobatga olsak, ulardagi norasmiy bandlik tufayli davlat budjetiga 1,6 trln so'mlik (ijtimoiy va daromad soliqlari) qo'shimcha pul tushmasdan qolgan deyish mumkin.

Bayon etilganlar asosiy muammolar hisoblanib, bundan tashqari, umumiy ovqatlanish korxonalar oldida yana boshqa to'siqlar ham bor (oziq-ovqat mahsulotlari uchun naqd pulga ehtiyoji baland, ijara xarajatlari va h.k.).

Ushbu tadqiqot natijasida aniqlangan muammolar va sabablar quyidagi oqibatlarga olib keladi:

1. Naqd pul va nazoratsiz hisob-kitoblar: Ko'pgina umumiy ovqatlanish korxonalarida hisob-kitoblar naqd pul orqali amalga oshiriladi va kassadan tashqarida aylanma mavjudligi kuzatiladi. Bu soliq to'lovlaridan qochishga olib keladi.

2. Ishchi kuchining norasmiy bandligi: Restoran va kafelarda ko'pincha xodimlar rasmiy mehnat shartnomasiz ishlaydi, bu esa soliqlardan qochish va ijtimoiy kafolatlarning buzilishiga olib keladi.

3. Hisobotlarning noto'g'ri yuritilishi: Ko'pgina korxonalar daromadlarni past ko'rsatish yoki hisob-kitob hujjatlarida manipulyatsiya qilish orqali soliqlardan qochishga harakat qiladi.

4. Soliq yukining yuqoriligi: Ayrim tadbirkorlar soliq tizimining murakkabligi va yukining yuqoriligi sabab yashirin iqtisodiyotga o'tishga majbur bo'lmoqda.

Umumiy ovqatlanish sohasidagi yashirin iqtisodiyot dunyoning rivojlangan davlatlarida ham kuzatilgan. Ularda turlicha yondashuv orqali bu muammoga yechimlar izlangan va amaliyotda qo 'llanilib kelinmoqda. Jumladan,

-Italiyada naqd pul muomalasini kamaytirish maqsadida katta miqdordagi naqd to'lovlarga cheklovlar qo'yilgan va raqamli to'lovlar keng targ'ib qilinmoqda;

-Shvetsiyada raqamli iqtisodiyot rivojlantirilib, ko'pgina umumiy ovqatlanish korxonalari naqd pulsiz ishlashga o'tkazilgan;

-AQShda soliq tushumlarini oshirish maqsadida soliq xizmati tomonidan zamonaviy elektron monitoring tizimlari joriy qilingan;

-Janubiy Koreyada kafelar va restoranlarda elektron hisob-kitob tizimlari majburiy qilib belgilangan va kartalar orqali to'lov qilishga rag'batlantirilmoqda.

Jahon tajribasidagi yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda qo'llanilgan bir qator samarali usullar orqali O 'zbekistondagi umumiy ovqatlanish xizmatlaridagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish uchun quyidagi yechim va tavsiyalar o'rinli deb hisoblaymiz:

1. Elektron to'lov tizimlarini keng joriy etish: Naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish orqali daromadlarni aniq hisobga olish imkoniyatini yaratish lozim.

2. Soliq imtiyozlari va yengilliklar berish: Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun o'z faoliyatini ochiq yuritishga rag'batlantiruvchi soliq imtiyozlarini joriy etish kerak.

3. Xodimlarni rasmiylashtirishni rag'batlantirish: Mehnat munosabatlarini qonuniylashtirishni ta'minlash maqsadida xodimlarga rasmiy bandlik bo'yicha qo'shimcha motivatsiyalar berish lozim.

4. Davlat nazorati, qonunchilik va normalarni zamon talabiga moslashtirish: Nazoratni kuchaytirish va yashirin iqtisodiyotda ishtirok etayotgan subyektlarga nisbatan jazo choralarini qat'iylashtirish, shu bilan birga qonunchilikni biznes muhitiga moslashtirish muhim hisoblanadi.

5. Raqamli texnologiyalarni joriy etish: Soliq organlari tomonidan real vaqt rejimida nazorat qilinadigan onlayn kassa tizimlarini majburiy tartibda tatbiq etish lozim.

Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, umumiy ovqatlanish korxonalarida yashirin iqtisodiyotning yuqori darajada saqlanib qolishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun soliq siyosatini yengillashtirish, nazorat tizimini kuchaytirish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va qonunchilikni biznes muhitiga moslashtirish zarur. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish uchun soliq tizimini soddalashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni joriy qilish va monitoring tizimlarini kuchaytirish eng samarali usullardan biridir. Ushbu muammolarga kompleks yondashuv orqali yashirin iqtisodiyot ulushini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Isxakov A., Urmanova D. Korxonalarning innovatsion faoliyatini baholash usullari. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni Muvofiqlashtirish qo'mitasi. 6-8 oktyabr, Toshkent, 2015, 140 b.

2. Kodirova N.Sh. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsiyalarning o'rni. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni Muvofiqlashtirish qo'mitasi. 6-8 oktyabr, Toshkent, 2015, 137 b.

3. Abdullaev Yo.A. Statistikaning umumiy nazariyasi. Darslik. T.: "O'qituvchi", 1993-240 b.

4. Pardayev M.Q., Isroilov J.I., G'apparov A.Q. Xizmat ko'rsatish sohasida iqtisodiy tahlilni takomillashtirish muammolari. Risola. Samarqand. "Zarafshon", 2009. 66 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.