Научная статья на тему 'KORXONALARDA MEHNAT MUHOFAZASINING IQTISODIY ASOSLARI'

KORXONALARDA MEHNAT MUHOFAZASINING IQTISODIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
98
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehnat muhofazasi / mehnat muhofazasini boshqarish tizimi / investitsiyalar / bevosita xarajatlar / bilvosita xarajatlar / baxtsiz hodisalar / jarohatlashlar / kasb kasalliklari / sug‘urta to‘lovlari. / labor protection / labor protection management system / investments / direct costs / indirect costs. accidents / injuries / occupational diseases / insurance payments.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamatov Nurbek Ziyodullayevich, Mirzayev Otabek Abdukarimovich

Ushbu maqolada, korxonada sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishda zamonaviy tizimlarini joriy etish va investitsiyalar samaradorligini oshirishda mehnat xavfsizligi boshqarish tizimining ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar oqibatida bevosita va bilvosita iqtisodiy yo‘qotishlar tahlil qiligan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ECONOMIC FOUNDATIONS OF OCCUPATIONAL SAFETY IN ENTERPRISES

This article outlines the importance of the occupational health and safety management system in ensuring healthy and safe working conditions at the enterprise, the introduction of modern systems and improving the efficiency of investments. Direct and indirect economic losses from production-related accidents were also analyzed.

Текст научной работы на тему «KORXONALARDA MEHNAT MUHOFAZASINING IQTISODIY ASOSLARI»

KORXONALARDA MEHNAT MUHOFAZASINING IQTISODIY ASOSLARI

1Mamatov Nurbek Ziyodullayevich

2Mirzayev Otabek Abdukarimovich

12 Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti, "Mehnat muhofazasi va texnika

xavfsizligi" kafedrasi dotsenti

[email protected]

Annotatsiya: ushbu maqolada, korxonada sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishda zamonaviy tizimlarini joriy etish va investitsiyalar samaradorligini oshirishda mehnat xavfsizligi boshqarish tizimining ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek ishlab chiqarish bilan bog'liq baxtsiz hodisalar oqibatida bevosita va bilvosita iqtisodiy yo'qotishlar tahlil qiligan.

Kalit so'zlar: mehnat muhofazasi, mehnat muhofazasini boshqarish tizimi, investitsiyalar, bevosita xarajatlar, bilvosita xarajatlar, baxtsiz hodisalar, jarohatlashlar, kasb kasalliklari, sug 'urta to'lovlari.

ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОХРАНЫ ТРУДА НА ПРЕДПРИЯТИЯХ

1Маматов Нурбек Зиёдуллаевич

2Мирзаев Отабек Абдукаримович

L2Доцент кафедры «Охрана труда и техника безопасность» Каршинского инженерно-экономического института

[email protected]

Аннотация: в данной статье излагается значение системы управления охраной труда в обеспечение здоровых и безопасных условий труда на предприятии, внедрении современных систем и повышении эффективности инвестиций. Также были проанализированы прямые и косвенные экономические потери от несчастных случаев, связанных с производством.

Ключевые слова: охрана труда, система управления охраной труда, инвестиции, прямые затраты, косвенные затраты. несчастные случаи, травмы, профессиональные заболевания, страховые выплаты.

THE ECONOMIC FOUNDATIONS OF OCCUPATIONAL SAFETY IN

ENTERPRISES

1Mamatov Nurbek Ziyodullayevich

2Mirzayev Otabek Abdukarimovich

12 Associate Professor, Department of Occupational Health and Safety, Karshi

Engineering and Economic Institute

[email protected]

Abstract: This article outlines the importance of the occupational health and safety management system in ensuring healthy and safe working conditions at the enterprise, the introduction of modern systems and improving the efficiency of investments. Direct and indirect economic losses from production-related accidents were also analyzed.

Keywords: labor protection, labor protection management system, investments, direct costs, indirect costs. accidents, injuries, occupational diseases, insurance payments.

KIRISH

Yuqori texnologiyaga ega bo'lgan korxonada sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishda zamonaviy mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etish va investitsiyalar samaradorligini oshirishni o'z ichiga oladi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarning oldini olish va xodimlarning xavfsizligini ta'minlash GOST 12.0.230-2007 SSBT. Kasbiy salomatlik va xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Umumiy talablari prinsipga asoslanadi [1]. Buning uchun esa mehnat muhofazasi sohasiga ajratilgan moliyaviy mablag'larni ishlatishdagi samaradorligini amalga oshirish kerak.

Biroq, korxonalarda, ish bilan bog'liq baxtsiz hodisalar turli tuman omillar sabab bo'lganligi, baxtsiz hodisalarni tekshirish moddiy oqibatlarini tahlil qilish korxonada tuzilgan baxtsiz hodisalarni tekshirish komissiyaga bir muncha qiyinchiliklarni to'g'diradi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, baxtsiz hodisalarni tahliliy natijalari korxonadagi bo'limlar (korxona-bosh muhandis xizmati, mehnatni muhofaza qilish xizmati, rejalashtirish va buxgalteriya hisobi xizmatlari, kasaba uyushma qo'mitasi va boshqalar) vakolatlari "kesishgan" nuqtada ma'lumotlar bazasida jamlanadi, bu esa jarayonni yanada qiyinlashtiradi [2].

Shu nuqtai nazardan olib qoraganda ushbu maqola mavzusi o'ta dolzarb bo'lib, uni tadbiq etishni ta'qoza etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqotning tayyorlashda foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar va adabiyotlarning qisqacha tahlili. Ushbu maqola, korxonalarda sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlashda xalqaro mehnat tashkiloti konvensiya (bitim, shartnoma va boshq) hujjatlariga asoslangan, respublikamizda ishlab chiqilgan ko'plab normativ-huquqiy va texnik hujjalar, jumladan, bosh qomusimiz Konstitutsiya, Mehnatni muhofazasi qilish to'g'risidagi qonuni va Mehnat kodeksi yangi tahriri, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti byurosi tomonidan tayyorlangan "Korxonada mehnat xavfsizligi iqtisodiyoti asoslari" o'quv moduli tahlillari asosida tayyorlandi [3].

Korxonalarda ishlab chiqarish bilan bog'liq baxtsiz hodisalar oqibatida iqtisodiy yo'qotishlarini baholash va xarajatlarni hisoblash asoslari ko'rib chiqilgan.

Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilangan:

- korxonada mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xarajatlarni tasniflash va baholash;

- ishlab chiqarish bilan bog'liq baxtsiz hodisalar oqibatida korxonaning bevosita va bilvosita xarajatlarini aniqlash va prognoz qilish;

- mehnatni muhofaza qilishga investitsiyalar samaradorligini tahlil qilish.

METODOLOGIYA

Tadqiqot asosini, mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy-texnik hujjatlar mazmuni va mohiyaati, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy asarlari shuningdek sonoat obyektlarida sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini baholashda "Korxonada mehnat xavfsizligi iqtisodiyoti asoslari" o'quv moduli asosida olib borildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Korxonalarda sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy va texnik hujjatlar, shuningdek xavfsizlikni ta'minlash metodlari o'rganilib, korxonada iqtisodiy - moliyaviy yo'qotishlar ishlab chiqarish jarayoniga ta'siri tahlil qilindi.

Ish beruvchi xavfsiz mehnat sharoitlari va xodimlar sog'ligini muhofaza qilish masalalarda alohida e'tibor qaratishi va jarohatlar va kasbiy kasalliklar profilaktikasi uchun mablag' ajratilishiga bevosita javobgar va uni ta'minlashi shart [4.5]. Buning uchun esa ish beruvchi samarali mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi yaratishi orqali kasbiy jarohatlarni kamaytirishi, mehnat unumdorligi va mahsulotlar sifatini oshirishga erishish garovidir.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, kasbiy bilan bog'liq jarohatlar va kasbiy kasalliklar tufayli iqtisodiy yo'qotishlar sanoati rivojlangan mamlakatlarda YAIMning 4% dan ortig'ini tashkil qiladi. Global miqyosda bu yo'qotishlar yiliga taxmin 1,250,000,000,000 $ ni, Respublikamizda esa YAIMning 1,9% ni tashkil etdi. Iqtisodiy

yo'qotishlarni qoplash davlat byudjetdan tashqari jamg'armalar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin [6].

Raqobatdosh korxonalarda ayniqsa, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, AQSH kabi davlatlarda ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, ish sharoitlari yaxshilash, turli xil uzoq muddatli innovatsiya strategiyalarni joriy etish, ish joylarida ergonomikani yaxshilash orqali baxtsiz hodisalarni kamaytirishga erishilmoqda. Shu bilan birga, ilmiy va amaliy tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, ko'pgina korxonalar (kompaniyalar) ayniqsa, mustaqil hamdo'stlik davlatlari hududidagi korxonalarda mehnatni muhofaza qilishdagi iqtisodiy masalalari rahbariyat tomonidan ko'zda tutilmagan mablag'lar hisobidan ajratiladi, bu esa baxtsiz hodisalar sodir bo'lganda mablag' tanqisligi, natijada, jarohatlanish bilan bog'liq baxtsiz hodisalarni "yashirish" holatlari va jabrlangan xodimlarga kompensatsiya to'lovini amalga oshirishda sustkashliklarga olib kelmoqda [7].

Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi misolidan foydalanib, shunday xulosaga kelish mumkin, xodimalar mehnatni muhofaza qilish holatini yaxshilashga ko'plab omillarni keltirish mumkin, eng muhim omillardan biri, bu mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini rivojlantirishdir. Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari bilan bog'liq xarajatlar ham mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining bir elementi bo'lib, uni hisobga olish va tahlil qilish uchun qulaydir [7,8].

Zamonaviy mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimga qo'yiladigan talablar - xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan "uchlik" (ish beruvchilar, xodimlar va davlat organlari) vakillari manfaatlari va majburiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Bunday yondashuv tegishli korxonalarda xavfsizlik madaniyatining asosini yaratadi.

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarishning asosiy elementlari -siyosat, tashkil etish, rejalashtirish, qo'llab-quvatlash, baholash va takomillashtirish harakatlari GOST 12.0.230-2007 SSBT. Kasbiy salomatlik va xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Umumiy talablarida aks ettirilgan [9].

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat [2]:

- xodimning hayoti va sog'lig'i ustuvorligini ta'minlash;

- barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash;

- mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

- xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag'batlantirish;

- fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ilg'or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish;

- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;

Korxonada mehnat xavfsizligi boshqaruv tizimi samarali faoliyatiga erishish uchun mansabdor shaxslar (ish beruvchi, boshqa mutaxassislar va boshq.) vazifalari, mehnat xavfsizligi maqsadlari va majburiyatlarini to'g'ri belgilanganligiga bog'liq.

Korxonadagi mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi samaradorligini baholash xodimlar xavfsizligi va baxtsiz hodisalarning oldini olish samaradorligi bilan belgilanadi.

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha harakatlar quyidagilardan iborat [10]:

- profilaktik tadbirlarni tashkil etish;

- o'z vaqtida qayta ko'rib chiqish va samaradorlikni kuzatish;

- xavfsizlik boshqarish tizimini baholash va tuzatish natijasida samaradorligini tahlil qilish.

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini doimiy takomillashtirish tadbirlari va uning elementlaridagi o'zgarishlarni o'z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan.

Joriy xarajatlar shaklida mehnatni muhofaza qilishga investitsiyalar jalb etilishi qisqa vaqt ichida foyda keltirmasligi mumkin, lekin vaqt o'tishi bilan jalb qilingan investitsiyalar albatta o'zini oqlaydi. Shu nuqtai nazardan mehnat muhofazasi ajratiladigan investitsiyalar uzoq muddatli strategiyalar asosida ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy xarajatlarga quyidagilar:

- mehnat sharoitlari uchun meyoriy talablarga muvofiqligini ta'minlash xarajatlari;

- zararli va xavfli mehnat sharoitida ishlash uchun kompensatsiya xarajatlari;

- baxtsiz hodisalari to'lov bilan bog'liq xarajatlar.

Meyoriy talablarga muvofiqlikni ta'minlash xarajatlari ko'pincha ishlab chiqarish obyektlarini texnik qayta jihozlash va kapital xarajatlarni amalga oshirish bilan bog'liq.

Zararli va xavfli mehnat sharoitida ishlash uchun quyidagi kompensatsiya turlari belgilanadi [11].

1. Tarif stavkalari (ish haqi) va qo'shimcha to'lovlar;

2. Qo'shimcha ta'til;

3. Qisqartirilgan ish vaqti;

4. Bepul terapevtik va profilaktik ovqatlanish. Sut va boshqa ekvivalent mahsulotlar olish bepul yoki ularni naqd to'lov bilan almashtirish mumkin.

Xorijiy ekspertlar taxminlari shuni ko'rsatadiki, baxtsiz hodisalar tufayli xarajatlari bevosita va bilvosita xarajatlaga bo'linadi va umumiy xarajatlar kelib chiqadi [10].

Bevosita zarar oqibatlari ko'p qirrali ko'rsatkichli - qiymatlar (son, miqdor) ko'rinishida ifoda etiladi va yetkazilgan zarar quyidagicha ifodalanishi mumkin:

W=Wl+W2+W3+W4.....Wn, (1)

bunda, Wi - aholi ichida yo'qotishlar natijasida yetkazilgan zarar; W2 - moddiy va moliyaviy zarar; W3 - atrof muhitga yetkazilgan zarar; W4 - favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga ketgan xarajatlar; Wn - boshqa xarajatlar.

Xavflar zararli ta'sirida ko'pgina iqtisodiy va ijtimoiy obyektlarga zarar yetkazishi mumkin. Bu zararni bashoratlashda xavf omillari noaniqligini hisobga olgan holda, W xavf ko'rsatkichi qiymati quyidagicha ifodalanadi.

w=щ ■ (2)

bunda, P-shikastlanish o'chog'idagi obyektlar soni Wr - zarar yetkazilgan obyektlar soni.

Bevosita zarar - xavf sodir bo'lgan zonadagi barcha obyektlar shikastlanishi bilan belgilanadi.

Bilvosita zarar - xavflar oqibati, xavflar o'chog'ida bo'lmagan obyektlarga yetkazilgan zararlar va boshqa masalan sodir bo'lgan avariyalar oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari uchun ishlatilgan xarajatlar kiradi. Ko'pincha barcha oqibatlar bilvosita zararni keltirib chiqaradigan har xil sikllar darajadagi t ^ oo "xavf-sabab-oqibat" daraxti sifatida tasvirlangan bilvosita xavf zanjiri paydo qiladi. Bunday bog'liqlik hodisalar ketma-ketligini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ular zanjir bo'ylab harakatlanar ekan, birinchidan, boshlang'ich hodisalar ta'siri zaiflashsa, ikkinchidan, bilvosita zararni baholashda qiyinchiliklar kuchayadi. Shuning uchun bilvosita zarar ko'pincha quyidagi formula bo'yicha ifodalanadi.

Wk= aWt, (3)

bunda, a - bilvosita ekspert bahosi, WK - batafsil va tahlil qilmasdan alohida tarkibiy qismi. Bilvosita zarar, pul bilan baholanish mumkin bo'lmagan uzoq global o'zgarishlar bilan alohida ahamiyatga ega.

Umumiy zarar - bevosita va bilvosita zararlar yig'indisidir:

Wto'l =Wn+Wt, (4)

Umumiy zarar ma'lum bir vaqtdagi holat bilan baholanadi va uzoq muddatdagi holatlar uchun hisoblanadigan umumiy zarar bilan solishtirganda oraliq hisoblanadi.

Masalan: Baxtsiz hodisa tavsifi: ayol texnologik muhandis (o'rtacha oylik ish haqi - 7,0 mln so'm - 175 ming so'm/soat) pol silliq bo'lganligi uchun yiqilish tufayli to'pig'i cho'zilgan. U voqea sodir bo'lgan kuni 4 soat ishlamagan, ertasi kuni ishga chiqgan.

Korxona tibbiy punktidan korxona transportida uyga olib borilgan. Tashish narxi 10000 ming so'm tashkil etdi (haydovchi maoshi va yoqilg'i narxi). Keyingi kun, voqea sodir bo'lgan kunidagi bajarilmagan ishlarni yakunlagan.

Baxtsiz hodisalarni tekshirish natijalariga ko'ra:

- jabrlanuvchi ishlaydigan korxona xodimlari uchun rejadan tashqari yo'l- yo'riq o'tkazildi, 9 muhandis yarim soat davomida ishdan chalg'igan (har bir ish haqi oyiga 7,0 mln so'm - soatiga 125 ming so'm).

- pol qoplamasi almashtirilgan. O'zgartirish narxi 12,0 mln so'm tashkil qiladi (materiallar narxini hisobga olgan holda, ishchi ish haqi va tozalash xarajatlari).

- tekshiruvni o'tkazgan mehnat xavfsizligi muhandisi maoshi oyiga 5,0 mln (soatiga 125 ming so'm). Tekshiruv 2 soat davom etdi.

Umumiy yo'qotishlar 14740 so'mni tashkil etadi.

Bilvosita xarajatlar bevosita xarajatlarga nisbatan 8-36 marta ko'p bo'lishi mumkin Masalan, jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish, ishlamagan kunlari uchun ish haqi kabilar bevosita xarajatlarga misoldir. Bilvosita xarajatlar esa faqat avariyani batafsil tahlil qilish asosida baholash mumkin. Bularga:

- korxona ishlab chiqarishdan oladigan foydaning cheklanishi;

- ish kunlarini yo'qotishlari;

- baxtsiz hodisadan so'ng darhol ishlab chiqarish jarayoni buzilishi;

- ishdagi kasbdoshlarga ma'naviy-ruhiy-axloqiy ta'sir;

- baxtsiz hodisa tufayli xodimlarni tekshiruvlarga jalb qilish;

- yangi xodimlarni yollash va o'qitish xarajatlari;

- uskunalar va materiallar shikastlanishi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- baxtsiz hodisadan keyin mahsulotlar sifati pasayishi;

- jabrlangan ishchilarni yengil ishlarga o'tkazilishi natijasida mehnat unumdorligi pasaytirishi;

- baxtsiz hodisalar bilan bog'liq yo'qotishlarni qoplash uchun zaxira quvvatini foydalanish xarajatlari va boshqa qo'shimcha xarajatlar.

Agar korxona bilvosita yo'qotishlarni aniqlamasa va hisobga olmasa, bu korxona byudjetiga jiddiy zarar bo'lishi mumkin. Shu bilan birga aksariyat korxonalar uni hisobga olinmaydi. Buning sababi turlicha lekin umumiy omillari quyidagilar:

1. Baholash masalalari: Bunday xarajatlarni baholash qiyin va qimmat bo'lishi mumkin.

2. Boshqaruv organlari haddan tashqari yuklanishi: Boshqaruv organlari yangi ma'lumotlarni olish va qayta ishlash uchun jismoniy, moddiy va ma'naviy qobiliyati cheklanganligi.

3. Buxgalteriya standartlari: Buxgalteriya standartlari baxtsiz hodisalar natijasida bilvosita yo'qotishlarni hisobga olish uchun asosli standartlar yo'qligi bilan izohlanadi. Bunda ham jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash sug'urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi ushbu holatlarda korxona hech qanday xarajatlarga duch kelmaydi degan taassurot rol o'ynaydi.

4. Taqsimlash muammolari: Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi moliyaviy xarajatlar to'g'ri maqsadlarda taqsimlanishi muhimdir.

5. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari moliyaviy jihatdan vakolati yetarli emasligi: mehnatni muhofaza qilish uchun mablag'larni hisoblash va taqsimlash bo'yicha ishlarga korxonada tegishli xizmatlar vakolati pastligi tufayli jalb etilmaydi. Shuningdek zarur resurslarni talab qilish yoki korxona strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etishiga ruxsat bermaydi. Bunda eng muhimi korxona tarkibidagi mehnatni muhofaza qilish xizmati samarali "mehnat xavfsizligi madaniyati"ning aspekti maqomni oshirishdir.

6. "Gapirma va so'rama": ba'zi korxonalarda, ish sharoitlari bo'yicha sukunat fitnasi mavjud. Ya'ni, korxonada xodimalarga sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishini talab etishda rahbariyat bilan nizoga bormaslik maqsadida, hech kim gapirmaslikka va so'ramaslikka harakat qiladi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, baxtsiz hodisa xarajatlari nafaqat korxona tomonidan qoplanadi, balki butun jamiyat tomonidan. Ushbu xarajatlar ko'pincha "ichki" (korxona uchun) va "tashqi" (davlat va umuman jamiyat uchun) belgilanadi.

Baxtsiz hodisalar uchun tashqi xarajatlar quyidagilar kiradi:

- jabrlanuvchiga to'lanmagan ish haqlari;

- dasturlar asosida jabrlanuvchiga tibbiy xarajatlari va ijtimoiy sug'urta tomonidan qoplanmaganligi;

- jabrlanuvchiga qarab turadigan qarindoshlarga sarflanadigan vaqt va xarajatlar;

- jabrlanuvchi turmush tarzidagi cheklovlari;

- jabrlanuvchiga davlat tibbiy kafolatlari;

- korxona hududdagi atrof-muhit ifloslanishi;

- mehnat unumdorligi pasayishi;

Yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari korxonaning faoliyati bilan bog'liq va boshqa bir qancha qo'shimcha xarajatlarni ham hisobga olish mumkin.

Amalda bizni korxonadagi yo'qotishlarni baholash usullari ko'proq qiziqtiradi. Birinchidan, bilvosita yo'qotishlarning qanday turlarini hisobga olish mumkinligi haqida o'ylab ko'raylik [5].

1-jadval

Korxonalarda baxtsiz hodisalar oqibatida yo'qotish turlari

Yo'qotishlari turlari yo'qotishga misollar

Ishga yaroqsizligi uchun kompensatsiya Vaqtincha boshqa xodimalarni jalb etish va ortiqcha to'lovlar

Boshqa xodimalar ish kunini yo'qotilishlari Ta'mirlash va tozalash ishlari. Jarohat olgan shaxsga yordam berish. Birinchi tibbiy yordam

ko'rsatish. Uskunalar bekor turishi. Baxtsiz hodisani tekshirish

Mulkni yo'qotish Texnik uskuna va qurilmalar nosozligi. Mahsulotlar va yarim mahsulotlar yo'qotilishi

Mahsulot yo'qotilishi Mahsulotlar tannarxi va xizmat ko'rsatish narxi oshishi. Jarima. Mijozlarni yo'qotish

Boshqa bevosita yo'qotishlar Mumkin bo'lgan oqibatlar: imidjni yo'qotish, advokatlar uchun xarajatlar, jarimalar, moliyaviy mablag'larga badallarni ko'paytirish

Baxtsiz hodisani tekshirish Komissiya ishini tashkil etish, ekspertiza, transport uchun va boshqa xarajatlar. Komissiya ishining xulosasi bo'yicha chora tadbirlar

Ish vaqtidagi yo'qotishlar faqat bitta baxtsiz hodisaga uchragan shaxsni yo'qotilishi bilan cheklanmaydi, bu butun jamoaga ta'sir qiladi, bu degani normal ish jarayoni buzilishi, ishlab chiqarish mahsulotlari va hajmi kamayishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqarish faoliyati, baxtsiz hodisa og'irligi qarab ish vaqtini yo'qotishi kamroq yoki ko'proq bo'lishi mumkin.

Mulkni yo'qotishlari asosiy vositalar va aylanma mablag'lar yo'qotishlariga bo'linadi. Asosiy vositalarga mashinalar, dastgohlar va ishlab chiqarish obyektlari kabi muddatli ishlash uzoq vaqt uchun mo'ljallangan uskunalar kiradi. Aylanma mablag'larga tayyor mahsulotlar, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar, ishlatilgan energiya va turli xil qurilmalar kiradi [11].

Baxtsiz hodisa natijasida ishlab chiqarish shu darajada buzilishi mumkinki mijozlarga mahsulot yetkazib berish buzilishi va buyurtmalar to'liq bajarilmay qolishi mumkin.

Sug'urta mukofotlari miqdori iqtisodiy faoliyatning muayyan turlari bo'yicha baxtsiz hodisalar statistikasi bazasiga asoslanadi va sug'urta mukofotlari miqdori farq qiladi. Agar korxonadagi jarohatlar ko'rsatkichlari va kasbiy kasalliklar ushbu faoliyat turi bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlardan oshib ketsa, korxona baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklardan majburiy ijtimoiy sug'urta qilish tarifiga qo'shimcha mablag' ajratishga to'g'ri keladi.

Agar korxona faoliyatini takomillashtirish orqali nosozliklarning oldini olish mumkin bo'lsa, ishlab chiqarish jarayonlari va ish sharoitlari buzilishi, bu bir vaqtning o'zida baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu o'zgarishlar birgalikda korxonaning moliyaviy ko'rsatkichlarini yaxshilaydi. Shuning uchun mehnat jarayoni tabiati va korxonadagi umuman ishlab chiqarish jarayonini GOST 12.0.230 talablariga alohida e'tibor qaratish lozim.

Baxtsiz hodisaning moddiy oqibatlarini tahlil qilish uchun asos korxonadagi statistik ma'lumotlar hisoblanadi.

Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish jarayoni quyidagicha:

- boshlang'ich ma'lumotlarni olish; masalan, baxtsiz hodisa sodir bo'lgan joyni o'rganish materiallari;

- keyin esa eng to'liq va ishonchli ma'lumotlar tanlanadi;

- amaldagi xarajatlar va narxlarni hisobga olgan holda, korxonadagi haqiqiy yo'qotishlarini hisoblash amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa bilan bog'liq xarajatlar va yo'qotishlarni hisoblash quyidagi asosiy elementlarga muvofiq amalga oshiriladi [12].

1. Boshlang'ich yo'qotishlar va xarajatlar.

2. Ishlab chiqarish bilan bog'liq yo'qotishlar va xarajatlar.

3. Baxtsiz hodisa oqibatida korxonaga keltirilgan zararlar (usukuna va qurilmalar, mahsulotlar, bino va inshootlar).

4. Ishlab chiqarishni qayta tiklash uchun xarajatlar.

5. Baxtsiz hodisani tekshirish uchun xarajatlar.

6. Baxtsiz hodisalarni tekshirish komissiyasi xulosasi asosida chora tadbirlani bajarish xarajatlari.

7. Baxtsiz hodisaga uchragan xodimni dovalash va profilaktik chora tadbirlar uchun xarajatlar.

8. Baxtsiz hodisaga uchragan xodimga ishlamagan kunlari uchun oylik ish haqi to'lash.

Korxona xarajatlari va zararlarning umumiy qiymatini hisoblash ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, tovar moddiy umumiy qiymati asosida xulosa qilinadi.

XULOSA

Respublikamizda ohirgi yillarda mehnat jarayonida xodimalar xavfsizligi, hayoti va sog'lig'i, ish qobiliyati saqlanishini ta'minlash borasida keng ko'lamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy to'rtta vazifani amalga oshirishga qaratigan:

- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga o'tkazib berilishi;

- mehnatni muhofaza qilish bo'yicha davlat va jamoat nazorati kuchaytirilishi;

- barcha amalga oshirilayotgan tadbirlar eng avvalo korxona va tashkilotlarda, ish o'rinlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash;

- ishlab chiqarishdagi jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan.

Shunday bo'lsada ko'plab holatlarda baxtsiz hodisalar guvohi bo'lmoqdamiz bunga sabab gohida ish beruvchining layoqatsizligi yoki ish jarayonida ishlayotgan ishchilar bilimsizligi, mehnat madaniyati yetishmasligidadir.

Bu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif shundan iboratki, Mehnatni muhofaza qilish yuzasidan komissiya tuzish, komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organlari, yuridik maslahatchilar kiritilishi, bundan maqsad: korxonalar faoliyatida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, sanoat xavfsizligi, juda bir keng qamrovli bo'lib, bunga bitta mutaxassis ya'ni, mehnatni muhofaza qilish muhandisini kuchi yetmaydi, har kuni har ish joylarida har xil kamchiliklar bo'lishi tabiiy xol. Bu xato kamchiliklar avalam bor kimga ta'sir qiladi insonga shu ish joylarida ishlovchilar hayotiga sog'lig'iga ta'sir qiladi.

Har birimiz bu kamchiliklarni ko'rib joyida va o'z vaqtida bartaraf etishimiz lozim bo'ladi, bu degani bir odamga har bir narsani yuklab qo'ymasdan har bir kishi o'zining hayoti sog'ligi uchun javobgarligini xis qilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni. //O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami - T.: "Adolat", 2016.

3. O'zbekiston Respublikasi "Mehnat kodeksi". //O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami - T.: "Adolat", 2005.

4. GOST 12.0.230-2007 "SSBT. Kasbiy salomatlik va xavfsizlikni boshqarish tizimlari". Umumiy talablari.

5. Международная организация труда". Основы экономики охраны труда на предприятии". Учебний модул - 2010.

6. Ibragimov E.I., Gazinazarova S., Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus kursi. Darslik. - Toshkent, 2014. - 535 b.

7. Maxmatqulov G.R., Murtazaeva I.T., Usmanxodjaeva. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi. O'quv qo'llanma (1-qism). T.: «Voris-nashriyot», 2024. - 397 b.

8. Xolbayev B.M., Raximov O.D., Maxmatqulov N.I. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik (1-qism). - T.: «Voris-nashriyot», 2020. - 304 b.

9. Чепелев Н.И. Управление охраной труда в организации: учебное пособие [Электрон ресурс]. - Красноярск, 2018. - 175 с.

10. Maxmatqulov N.I., N.Z. Mamatov/ Mehnat muhofazasi va xavfsizlikni boshqarish tizimini takomillashtirish. Monografiya. 2024, - 120 b.

11. Maxhmatkulov N. I. Fire as a factor of technogenic disaster// International Journal of Advanced Research in Education, Technology and Management. Vol..2, Issue 9. 2023. 70-77,

12. Maxmatkulov N.I. Correct conduct of the population in emergency situations. // International journal of advanced research in education, technology and management. Vol. 2, issue 9, 2023. 175-182 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.