O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-287-292
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
ULUG'BEK ILMIY MEROSI NAVOIY NIGOHIDA
Marg'uba Abdullayeva
filologiya fanlari doktori, ToshDO'TAU
ANNOTATSIYA
Maqolada Mirzo Ulug'bek ilmiy-adabiy merosining tarixiy manbalarda va Navoiy ijodida tutgan о'гт haqida tahliliy ma'lumotlar o'rin о^ап. Navoiyning badiiy tafakkurida Ulug'bek ilmiy merosining ahamiyati asoslangan. "Xamsa" dostonlari misolida Navoiyning Ulug'bek ilmiy qarasЫaridan samarali foydalanganligi ochib beriladi. Navoiyning kosmogonik bilimlari dostonlarda mumtoz badiiy tasvirlarni yaratishga xizmat qilganligi dalillanadi.
КаШ so'zlar: Mirzo Ulug'bek, Navoiy, taЫil va munosabat, "Xamsa", "ТО'Г1: ulus tarixi", 'сМя)оШ un-nafois", "Muhokamat uЫug'atayn", yetti sayyora.
АННОТАЦИЯ
В статье содержится аналитическая информация о роли научно-литературного наследия Мирзо Улугбека в исторических источниках и творчестве Навои. Значение научного наследия Улугбека основано на художественном мышлении Навои. На примере эпоса «Хамса» раскрывается эффективное использование Навои научных взглядов Улугбека. Доказано, что космогонические знания Навои послужили созданию классических художественных образов в былинах.
Ключевые слова: Мирзо Улугбек, Алишер Навои, «История четырех народов», «Мажолис ун-нафаис», «Мухокамат ул-лугатайн», эпосы «Хамса», семь планет, анализ и отношение.
ABSTRACT
The article contains analytical information about the role of the scientific and literary heritage of Mirzo Ulugbek in historical sources and the work of Navoi. The significance of Ulugbek's scientific heritage is based on the artistic thinking of Navoi. On the example of the epos "Khamsa" the effective use of Ulugbek's scientific views by Navoi is revealed. It is proved that the cosmogonic knowledge of Navoi served to create classical artistic images in epics.
8-fevral
287
Keywords: Mirzo Ulugbek, Navoi, "History of four peoples", "Majolis un-nafais", "Muhokamat ul-lugatayn", "Khamsa", seven planets, analysis and attitude.
Mirzo Ulug'bekning ilmiy va adabiy merosini o'rganish XVII asrdan boshlangan. Bu borada Jon Grivs, Tomos Xayd, Frensis Beyli, L.Sediyo, V.Bartold, V.Vyatkin, Y.Knobl, T.N.Qoriniyoziy, G'.Jalolov va boshqa olimlarning tadqiqotlarini ko'rsatish mumkin. Mazkur tadqiqotlarda Mirzo Ulug'bek ijodi, faoliyati turli nuqtai nazardan o'rganildi. U matematika, falakiyot, musiqashunoslik va tarix ilmi bo'yicha zabardast olim, ilm-fan va madaniyat homiysi edi. Masalan, Sakkokiyga. Sakkokiy unga atab qasidalar bitgan. Ulug'bek saroyida aniq fanlarni o'rganishga katta e'tibor berilgan. O'zi ham bu borada yangi ilmiy kashfiyotlar yaratadi. Ulug'bekning boshqa ilmiy va tarixiy asarlarida ham adabiyot ilmiga tegishli qaydlarni uchratish mumkinligini A.Qayumov[6], A.Hayitmetov[7], H.Boltaboyev[8] alohida ta'kidlagan edi.
O'z zamonasidan boshlab o'tgan asrlar mobaynida va bugungi kungacha ham Ulug'bek siymosi, uning ilmiy merosi, ijodi tarixiy asarlarda, tazkira va bayozlarda, badiiy asarlarda o'ziga xos tarzda ulug'langan. "Qomuslar bosh tahririyati" tomonidan 1996-yilda nashr etilgan "Temur va Ulug'bek davri tarixi" to'plamida jumladan, Shamsuddin Ali ibn Jamolulislomning 1399-1403-yillarda yozilgan "Temurning Hindistonga qilgan yurishlari kundaligi", Nizomiddin Shomiyning 1401-1402-yillarda yozilgan "Zafarnoma", Shohobuddin Abdulloh ibn Lutfulloh al-Havofiyning (u Hofizi Abru nomi bilan ham mashhur) XV asr 20-yillarida yozilgan "Zubdat ut-tavorix", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarlarida Mirzo Ulug'bekning turli davrlardagi faoliyati haqida qimmatli fikrlar bildirilgan.
Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" asari Mirzo Ulug'bekka bag'ishlangan bo'lib, turkiy tilda yozilgan. Asarning kirish qismida Mirzo Ulug'bek haqida shunday fikrlar qayd etilgan. "...saltanat daryosining gavhari va ma'dalat (adolat - M.A.) konining javhari, saxovat boronining abri (anbari - M.A.) va shijoat beshasining babri (yo „Ibarsi - M.A.), farosat sipehrining mohi, kayosat (siyosat) mulkining shohi, shahanshohi a'zam, shahriyori a'lam, sohibus-sayfur-qalam (qimmatli qalam sohibi - M.A.), ma'dani lutfu karam, moliki riqobi umam, farmondehi, turk, arab va ajam, mag'isiddin vad-davron Amir Ulug'bek Ko„ragon..."[10, 6]. Bundan tashqari tarixchi Xondamir "Habib us-suyar" asarida Ulug'bek haqida ma'lumot beradi [11, 38]. Xondamir Chig'atoy ulusi tarixini yozishda "Tarixi arba' ulus"dagi ma'lumotlarga
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-287-292
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
8-fevral
tayangan. "Nusratnoma" asarini yaratishda ham mazkur asar asosiy manba vazifasini o'tagan.
Kamoliddin Abdurazzoq Samarqandiyning "Matla' us-sa'dayn" solnomasida Ulug'bek rasadxonasi haqida keng ma'lumot^ berilgan. Ulug'bek vafotidan keyin yaratilgan "Tazkirat ush-shuaro"da Davlatshoh shunday yozadi: "Ulug'bek olimlikning yuqori darajasiga ko'tarildi... Ikki shoxli Iskandar Zulqarnayn davridan hozirgacha hokimiyat boshida Ulug'beksingaripodshoh-olim bo 'Imagan ".
Darhaqiqat, Boburning "Boburnoma"sida ham Ulug'bek bunyod etgan binolar qatorida rasadxonaning uch qavatli bo'lganligi haqida qimmatli ma'lumotlaг berilgan. Biz nainki Mirzo Ulug'bek haqidagi kitoblarni, balki, u daho yaratgan asarlarni ham sinchkovlik bilan o'гganishimiz zarur. Tarixiy manbalarga ko'гa, Ulug'bek o'lmas kitoblar, turli mavzular she'гlaг ham yozgan. Ularning ko'pchiligi bizgacha yetib kelgan. Navoiyning "Majolis un-nafois" va Abu Tohirxojaning "Samariya" asarlarida ham uning she'riaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida ko'pgina asarlar arab va fors tilidan eski o'zbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq kitoblar bo'lgan.
"Xamsa" dostonlarining bir necha o'rinlarida Mirzo Ulug'bek haqida yozadi. Uning podshohlik faoliyati, ilmiy merosi, kashfiyotlari va shu barobarida ijodiy ishlariga ham munosabat bildiradi. "Farhod va Shirin"ning LIII -bobi Sulton Husayn Boyqaroning o'g'li Shoh G'arib Mirzo madhiga bag'ishlangan qismida Navoiy unga nasihatlar berib o'tadi. Dunyo podshohlari ichida Iskandardan so'ng buyuk podshoh sifatida Ulug'bekni ulug'lab, shunday yozgan: Temurxon naslidin sulton Ulug'bek, Ki olam ko 'rmadi sulton aningdek. Aning abnoyi jinsi bo 'ldi barbod, Ki davr ahli biridin aylamas yod. Va lek ul ilm sori topti chun dast, Ko 'zi ollinda bo 'ldi osmon past. Rasadkim, bog'lamish -zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur. Bilib bu nav ' ilmi osmoniy -Ki, andin yozdi "Ziji Ko 'ragoniy ". Qiyomatga deguncha ahli ayyom,
Yozarlar oning ahkomidin ahkom. ["Farhod va Shirin", 451-
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-287-292
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
452]
8-fevral
Navoiy Shoh G'arib Mirzoga nasihat berar ekan, Iskandar va Ulug'bek singari ilm bilan dunyoni, xalqni boshqarish kerakligini uqtiradi. Ko'rish mumkinki, Navoiy podshohlarning ilmli bo'lishini jamiyat tarraqqiyoti bilan bog'lagan, ilmiy tafakkur jamiyatni boshqarish uchun kalitligini anglagan va har bir podshoh ilmli, hunarli, ma'rifatli bo'lishini istagan. "Sab'ai sayyor" dostonida Ulug'bek yaratgan ilmiy merosdan samarali foydalandi. Jumladan, dostonning Sulton Husayn Boyqaro madhiga bag'ishlangan IX-bobida[3, 50-51] yetti sayyora - Zuhal, Mushtariy, Bahrom, Mehr, Zuhra, Atorud, Qamar haqida alohida to'xtalgan. Bu sayyoralarning xususiyatlaridan kelib chiqib, mumtoz badiiy tasvirlarni yaratadi. Zuhal - Saturn sayyorasi 7-osmonda, rangi qora. Badiiy adabiyotda u yuksaklik ramzi. Bu o'rinda Navoiy "mening siyohbonimni yuzingdagi ter (qora rang) bilan to'ldir", demoqda [3, 377]. Bizga ma'lumki, Navoiy 1465-1469 yillarda Samarqandda yashadi. Sulton Abullays madrasasida tahsil oldi. Aniq fanlarga oid yangi bilimlarni o'zlashtirdi. Ulug'bek yaratgan rasadxona faoliyati bilan tanishadi. Buni Navoiy "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida alohida qayd etib o'tadi. "Yana chun "Sab'ai sayyor" rasadin zamirim bog'labtur" [9, 32] - ya'ni yetti sayyorani kuzatish maqsadida xayolimda rasadxona bunyod etdim, deydi. Bunda u ko'kdagi yetti yoritgichni xayolot olamida tasavvur qilgan. Demak, Ulug'bek yaratgan Samarqand va Hirot astronomik muhiti shoirning kosmik dunyoqarashi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Navoiy o'z asarlarida Ulug'bek ilmiy merosidan ko'p o'rinlarda olam va uning yaratilishi, sayyoralar harakati, kun va tun, 4 unsur, yer aylanishi, 12 burj, 18 ming olam haqidagi qarashlarini ifoda etishda foydalanib, badiiy tasvirni haqiqiy ilmiy tafakkur bilan boyitgan.
Navoiy "Saddi Iskandariy" [4, 640] dostonida ham astronomik bilimlarga asoslangan qarashlarini berib o'tgan. Jumladan, dostonda usturlob - astronomik asbob va ko'zgu ya'ni oynai jahon jihozlari bilan bog'liq voqealarni tasvirlaydi. Dostonda Iskandar Chin xoqoniga yuborgan sovg'alar ichida oynai jahondan iborat ko'zgudan ta'sirlanadi. Koinot jumboqlari va olam sirlarini bilish uchun o'z ixtiyoridagi olimlarga usturlob va sehrli ko'zgu yasattiradi. Asardagi bu kabi qarashlar badiiy asarning ilmiy qimmatini oshirishga, kitobxonda ilmiy bilish asoslarini shakllanishiga turtki beradi. Zero, "Majolis un-nafois"ning 7-majlisida o'qiymiz: "Mirzo Ulug'bek - donishmand podshoh erdi. Kamoloti bag'oyat ko'p erdi. Yetti qiroat bila Qur 'oni majid yodida erdi. Hay'at va riyoziyni xo 'b bilur erdi. Andoqkim, zij bitidi va rasad bog 'ladi. Va holo aning ziji aroda shoye'dur. Bovujudi bu kamolot gohi nazmg'a mayl qilur. Bu
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-287-292
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
matla ' aningdurkim:
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-287-292
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
Harchand mulki husn ba zeri nigini tust,
Sho „xi makunki, chashmi badon dar kamini tust".
(Ma'nosi: Go'zalllik mulki qanchalik qo'l ostingda bo'lsa-da, sho'xlik qilmagilki, yomonlarning ko'zi seni kuzatmoqdalar) [5, 719].
Ko'rinadiki, temuriylardan yetishib chiqqan 24 nafar ijodkordan Mirzo Ulug'bek alohida o'ringa egali Navoiyning e'tiroflaridan anglashilib turibdi. Zotan, Ulug'bek ilmiy maktabi Navoiy badiiy tafakkurini ilmiy-astronomik qarashlar bilan boyitgan. Olam yaralishining ilmiy-badiiy konsepsiyasini asoslashga xizmat qilgan.
M.M.Haydarning "Tarixi Rashidiy" asarida Mirzo Ulug'bekning tarixiy mavzuda "Ulus-i arba'" deb nomlangan asar yozganligi alohida qayd etib o'tilgan [11]. "Tarixi arba' ulus" Mirzo Ulug'bekning ilmiy rahbarligi va shaxsan ishtirokida yaratilgan. Asar 1425-yilda yozib tugatilgan. Asar o'z davrida "Ulus-i arba'-yi Chingiziy" ("Chingiziylarning to'rt ulusi") va "Tarixi arba' ulus" ("To'rt ulus tarixi") nomlari bilan mashhur bo'lgan. Biroq "To'rt ulus tarixi" asari adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tadqiqot manbai bo'lgan emas. B.Ahmedovning ko'rsatishicha, temuriylar davrida yaratilgan tarixiy va boshqa mavzudagi asarlarni o'rganish va chop etish qoniqarli darajada emas. Ulug'bekning ko'p qirrali faoliyati o'zining tadqiqotchilarini kutib turibdi.
"To'rt ulus tarixi" o'z davri adabiy jarayonlarini qamrab olganligi, adabiy janr va shakllar mavjudligi, tazkiraviy xususiyatlari, epik, lirik, dramatik turga xos jihatlari bilan adabiy asarga xosligini ko'rsatadi. Tarixiy shaxslar va voqealarning tavsifiy bayonida, O'g'uzxon, Alanquvo, Chingizxon obrazlarini yaratishda o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, shiru shakar, ig'roq san'atlaridan foydalanadi. Hukmdorlar va oqsoqollar tomonidan aytilgan ibratli so'zlar - nasihatlar va o'gitlar, ov manzaralari, tabiat tasviri, saltanatni boshqarish qoidalari haqidagi ma'lumotlari bu asarni adabiy manba sifatida badiiy qimmatini oshiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Ulug'bek ilmiy-adabiy merosi o'z davri va undan so'ng mumtoz, tarixiy manbalarda ko'p tilga olingan. Uning ilmiy-ijodiy ishlaridan yuksak badiiyat namunalarini yaratishda unumli foydalanishgan. Birgina Navoiyning asarlarida Ulug'bekni turli nuqtai nazardan o'rganish imkoni mavjud. Navoiy o'z asarlarini ishonchli faktik materiallarga boyitish, ilmiy bilishni badiiy tafakkurga singdirgan holda ob'yektiv yondashishga harakat qilgan. Shu bois ham Navoiy yaratgan asarlarning ilmiy qimmati bugungi kunda ham yuqori.
REFERENCES
1. Navoiy A. Farhod va Shirin. G'afur G'ulom. - T.: 2020. -528 b.
2. Navoiy A. Sab'ai sayyor. G'afur G'ulom. - T.: 2020. - B. 50-51.
3. Navoiy A. Saddi Iskandariy. G'afur G'ulom. - T.: 2020. - 640 b.
4. Navoiy A. Majolis un-nafois. TAT. 10 jildlik. 9-jild. - T.: 2013. - B. 719.
5. Qayumov A. Asarlar. 10 jildlik. 10-jild. Qadimiyat obidalari. Mirzo Ulug'bek. -Toshkent: Mumtoz so'z. 2010. - B. 220.
6. Hayitmetov A. Adabiyotdan turkiyda birinchi nazariy qo'llanma. // O'zbek tili va adabiyoti. 2002. 1-son.
7. Boltaboyev H. Mahmudov M. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. (2 jild. O'rta asrlar uyg'onish davri). - 224 b.
8. Navoiy A. Muhokamat ul-lug'atayn. 15 tomlik. XIV-tom. -T.: 1966. - B. 32.
9. Shayx Ahmad Taroziy. Funun ul-balog'a. - T.: Xazina. 1996. -B. 6.
10. Бартолд В.В. Сочинения. Т. 2. Ч.2. - М.: 1964. - С. 158-159. // Улугбек и его время. Петроград: 1918. - С.38.
11. Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy. Tarixi Rashidiy. - T.: O'zbekiston. 2011. -
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-287-292
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
704 b.
8-fevral