Научная статья на тему 'TURKIYADA JURNALISTIKA TA’LIMINING TASHKIL ETILISHIGA DOIR'

TURKIYADA JURNALISTIKA TA’LIMINING TASHKIL ETILISHIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
94
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jurnalistik ta’lim / media / kommunikatsiya / qonun / o‘rta ta’¬lim / oliy ta’lim / matbuot. / Journalism education / media / communication / law / secondary education / higher education / press.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bahodirova, Sevara

Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmidayoq bu soha vakillarining o‘qimishli bo‘lishiga ehtiyoj sezilganligi, bu yo‘lda bir qancha islohotlar amalga oshirilganligi ko‘rib chiqiladi. 1931-yilgi “Matbuot to‘g‘risida”gi qonun, uning qabul qilinish jarayonlari, kiritilgan o‘zgartirishlar va ko‘p martalik urinishlardan so‘ng jurnalistika ta’limini beruvchi oliy o‘quv yurti ochishga erishish; buning mantiqiy davomi sifatida jurnalistika oliy o‘quv yurtlarining nufuzli universitetlar kommunikatsiya fakultetlariga aylantirilishi, vaqf universitetlarida kommunikatsiya va jurnalistika fakultetlarining ochilishi, xususiy jurnalistika oliy o‘quv yurtlari bilan qisqacha tanishiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE ORGANIZATION OF JOURNALISM EDUCATION IN TURKEY

In this article, it is considered that in the first half of the 20th century, the need for the education of representatives of this field was felt, and several reforms were implemented in this way. The 1931 Press Law, the processes of its adoption, amendments and after many attempts to open a higher education institution providing journalism education; as a logical continuation of this, the transformation of journalism higher education institutions into communication faculties of prestigious universities, the opening of communication and journalism faculties in foundation universities, and the activities of journalism departments in private journalism higher education institutions will be briefly introduced.

Текст научной работы на тему «TURKIYADA JURNALISTIKA TA’LIMINING TASHKIL ETILISHIGA DOIR»

о

TURKIYADA JURNALISTIKA TA'LIMINING TASHKIL ETILISHIGA

DOIR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10366942

Sevara BAHODIROVA,

TDSHU talabasi, Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 90 310 09 04. E-mail: sevaraziyo02@gmail. com

Ilmiy rahbar: filol.f.d., prof. v.b. Xayrulla Hamidov

Annotatsiya. Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmidayoq bu soha vakillarining o'qimishli bo'lishiga ehtiyoj sezilganligi, bu yo'lda bir qancha islohotlar amalga oshirilganligi ko'rib chiqiladi. 1931-yilgi "Matbuot to'g'risida"gi qonun, uning qabul qilinish jarayonlari, kiritilgan o 'zgartirishlar va ko 'p martalik urinishlardan so 'ng jurnalistika ta 'limini beruvchi oliy o 'quv yurti ochishga erishish; buning mantiqiy davomi sifatida jurnalistika oliy o 'quv yurtlarining nufuzli universitetlar kommunikatsiya fakultetlariga aylantirilishi, vaqf universitetlarida kommunikatsiya va jurnalistika fakultetlarining ochilishi, xususiy jurnalistika oliy o 'quv yurtlari bilan qisqacha tanishiladi.

Kalit so'zlar: Jurnalistik ta'lim, media, kommunikatsiya, qonun, o'rta ta'lim, oliy ta 'lim, matbuot.

Abstract. In this article, it is considered that in the first half of the 20th century, the need for the education of representatives of this field was felt, and several reforms were implemented in this way. The 1931 Press Law, the processes of its adoption, amendments and after many attempts to open a higher education institution providing journalism education; as a logical continuation of this, the transformation of journalism higher education institutions into communication faculties of prestigious universities, the opening of communication and journalism faculties in foundation universities, and the activities of journalism departments in private journalism higher education institutions will be briefly introduced.

Key words: Journalism education, media, communication, law, secondary education, higher education, press.

Аннотация. В данной статье рассматривается, что в первой половине XX века ощущалась потребность в образовании представителей этой области, и таким образом было реализовано несколько реформ. Закон о печати 1931 года, процессы его принятия, поправки и после многих попыток открыть высшее учебное заведение, дающее журналистское образование; Логическим

продолжением этого является преобразование вузов журналистики в коммуникационные факультеты престижных университетов, открытие факультетов коммуникации и журналистики в базовых университетах, а также деятельность кафедр журналистики в частных журналистских вузах и будут кратко представлены.

Ключевые слова: Журналистское образование, СМИ, коммуникация, право, среднее образование, высшее образование, пресса.

Ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, ijtimoiy hayotda muloqot jarayoni ahamiyatining tobora ortib borishi yangiliklarni yig'ish va tarqatish bilan shug'ullanadigan muhim kasb egalari - jurnalistlar ta'limini yo'lga qo'yish ehtiyojini XIX asrdayoq tug'dirdi. XX asr o'rtalarida butun dunyoda keng tarqala boshlagan jurnalistika ta'limi birinchi marta 1908-yilda AQShning Missuri universitetida berila boshlagan. XX asr boshlarida Yevropada ham jurnalistika ta'limini yo'lga qo'yish bo'yicha urinishlar bo'lgan. Biroq bu urinishlar tanaffuslar bilan amalga oshirilgani uchun davomiylik va natija ko'zga tashlanmagan. Jahon miqyosida jurnalistik ta'limga jiddiy qiziqish II jahon urushidan keyin boshlandi.

Turkiyada esa yarim asrdan ko'proq vaqtdan beri jurnalistik ta'lim universitet darajasida berilmoqda.

Turli manbalar va tadqiqotlar Turkiyada jurnalistika ta'limi boshlanishi davri haqida turlicha ma'lumot beradi. Juda ko'p tadqiqotchilar 1950-yilda Istanbul universitetining Iqtisodiyot fakulteti tarkibida Jurnalistika instituti ochilishi bilan Turkiyadagi jurnalistika ta'limining boshlanganini iddao qilsa, yana boshqa manbalar bu voqea biroz ertaroq, Marmara universitetining Bosma matbuot maktabiga asos bo'lgan, 1948-yili mudarris Fehmi Yahya Tuna tomonidan ochilgan xususiy jurnalistika maktabiga borib taqalishini ko'rsatadi.

Aslida Turkiyada jurnalistika ta'limiga bundan ham oldinroq, 1930-yillarda tamal qo'yilgan. Yagona partiya (Respublika xalq partiyasi) ma'muriyati jurnalistlar ham kamida o'qituvchilar kabi ta'lim olishi kerak deb hisoblagani uchun 1931-yilgi "Matbuot to'g'risida"gi qonunga "ma'sul muharrirlar uchun litsey yoki oliy o'quv yurtini bitirish majburiyati"ni qo'shib qo'ydi [2].

Shundan so'ng Istanbul dorilfununi jurnalistika maktabi ochish uchun ish boshlaydi. Lekin jurnalistlar tashabbusi bilan qonunning tegishli bandi o'zgartirilgach, maktab ochish harakatlari ham to'xtaydi [1, 2-3]. Respublika davrining matbuotga oid bo'lgan ilk qonuni, 1931-yilgi "Matbuot to'g'risida"gi qonunning 12-moddasida gazeta va jurnal xodimlari ega bo'lishi kerak bo'lgan malakalar ko'rsatilgan bo'lib, unda, "oliy o'quv yurti, litsey yoki unga tenglashtirilgan boshqa maktablardan shahodatnomaga ega bo'lish" sharti keltiriladi. Qonun muhokamasi jarayonida

Zonguldak millat vakili (deputati) Jelal Sahir "oliy o'quv yurti yoki litsey" iborasining ishlatilishiga qarshi chiqadi va bu ikkisidan biriga ustunlik berilishi kerakligini talab qiladi. Shebinkarahisar millat vakili Vasfi Rashit esa, "Jurnalistlar oliy o'quv yurti bo'lgan joylarda mutlaqo oliy ta'lim olishi kerak; bo'lmagan taqdirda litseyni bitirishi ham kifoya", deb majlisda o'z fikrini bayon etadi [3, 450].

Qonunning 15-moddasida esa, "Gazeta va jurnallar bosh muharriri hamda ommaviy nashrlarga rahbarlik qiluvchi shaxs oliy o'quv yurtini tamomlagan bo'lishi shart, bosh direktor va muharriri esa o'n ikkinchi moddaga muvofiq ta'lim olgan bo'lishi kerak", deyiladi. Yuqorida qayd etilgan oliy ma'lumot talabiga javob bermaydigan, lekin qonun kuchga kirgan vaqtda jurnalist sifatida ishlayotgan shaxslarning maqomi qonunning vaqtinchalik "B" moddasi bilan tartibga solinadi. "B" modda: "Ushbu qonun e'lon qilingan vaqtda gazeta va jurnallarning ish yurituvchi mulkdori, bosh muharriri hamda umumiy nashriga rahbarlik qiluvchi shaxslar vazifalari yuzasidan qonun hujjatlarida ma'lumot darajasi to'g'risida belgilangan ro'yxatga olishdan ozod qilinadilar"

Qonun muhokamasi chog'ida Ordu millat vakili Ahmet Ihsan "Bugun nashrda bo'lgan gazetalarning ta'lim ko'rmagan xodimlariga imtiyoz berilyabdi. Ularga yo muddat beraylik, yohud qonundan "tahsil ko'rishi shart" bandini olib tashlaylik...", -deb, qonunning vaqtinchalik "B" moddasiga qarshi chiqadi [3, 447].

Shundan kelib chiqib, vaqtinchalik "B" moddasida qonun e'lon qilingan paytda gazetalarda ishlayotgan mulkdorlar, muharrirlar va bosh muharrirlar uch yil muddatga ta'lim shartlaridan ozod etilishi belgilandi.

1933-yilda Giresun millat vakili Hakki Tarik "Matbuot to'g'risida"gi qonunning 12-moddasiga o'zgartirish kiritish bo'yicha qonun loyihasini taqdim etadi. Hakki Tarik o'z taklifining asosini quyidagicha izohlaydi:

"Qonun qabul qilinganiga deyarli ikki yil bo'ldi. Yana bir yil o'tib, ular kasbini tashlab ketishi muqarrardek ko'rinyabdi. Chunki bu vaqt ichida oliy ma'lumot to'g'risida hujjat ololmaydilar. Dorulfununga kirish uchun o'rta ma'lumot shart; oliy ta'limni mamlakatda faqat ikki joyda, Anqara va Istanbulda olishlari mumkin. Uzoq yillar bu kasbda ishlaganlarning hammasini Anqaraga yoki Istanbulga ta'lim olish uchun olib kelish imkonsiz, ular o'rta ma'lumotni qaytadan olish uchun ushbu ta'lim darajasiga qo'yilgan yosh chegarasini o'zlariga moslashtira olmaydilar. Shuning uchun oradan bir yil o'tib, ushbu vaqtinchalik moddaga ko'ra, bu kasbning haqiqiy fidokorlari, ustalari o'z kasblari bilan xayrlashishga majbur bo'ladilar. Agar bunga yo'l qo'ysak, biz ularning o'rnini oliy ma'lumotlilar bilan oson to'ldira olmaymiz, kasbni o'pirilishlardan qutqarib qola olmaymiz" [3, 110].

1933-yil 8-iyundagi "Matbuot to'g'risida"gi qonunning vaqtinchalik "B" moddasiga o'zgartirish kirituvchi 2281-sonli qonunda ta'lim darajasiga nisbatan "3 yillik istisno" bekor qilindi. Ushbu qonunga ko'ra, yangi tartib quyidagicha edi:

"Ushbu qonun e'lon qilingan sanada gazeta va jumallarda ishlayotgan bosh muharrir, bosh direktorlar, muharrirlar va amaldagi egalariga ma'lumot darajasi bo'yicha ushbu qonunda belgilangan "tahsil ko'rganlik" sharti qo'llanilmaydi".

1935-yili Anqarada bo'lib o'tgan birinchi Matbuot qurultoyida ham jurnalist kadrlar tayyorlash masalasi ko'tarilgan. Matbuot bosh boshqarmasi tomonidan turk matbuotiga oid ishlarni tashkil etish uchun chaqirilgan qurultoyning asosiy maqsadlaridan biri "jurnalistlik kasbi va jurnalistlarning rivojlanishi va yuksalishini tadqiq qilish hamda Matbuot uyushmasini tuzish edi".

Matbuot qurultoyida tuzilgan uyushma faoliyati natijasida 1938-yil 27-iyunda 3511-sonli "Matbuot uyushmasi qonuni" chiqarildi. Qonunning 5-moddasida "Jurnalistika maktablari yoki kasb-hunar kurslarini ochish" ham Matbuot uyushmasining rejalari qatoriga qayd etilgan. Demokrat partiya davrining birinchi matbuot qonuni bo'lgan 1950-yil 15-iyuldagi 5680-sonli "Matbuot qonuni"ning 5-moddasida mas'ul rahbarning ega bo'lishi kerak bo'lgan sifatlar ko'rsatilar ekan, "turk tilida savodli bo'lishi yetarli" deb yozilgan. 1960-yil 27-maydagi qonunga o'zgartirishdan so'ng, 1960-yil 29-noyabrdan mas'ul direktor uchun "o'rta ma'lumotga ega bo'lish yoki bu ma'lumot darajasini rasman tasdiqlab ko'rsatish" sharti joriy etildi.

Turkiyadagi birinchi xususiy jurnalistika maktabi 1948-yilda mudarris Fehmi Yahya tomonidan ochilgan Istanbul xususiy jurnalistika maktabi edi. Matbuot dunyosi va ishbilarmonlik hayotiga tayyor xodimlarni tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan mazkur maktab ikki bosqichdan iborat bo'lib, biri o'rta maktabda uch yillik, ikkinchisi esa, litseyda bir yillik ta'limni o'z ichiga qamrab olardi. Maktab faoliyati 1963-yilda to'xtatildi [4, 155-157].

1949-yilda Istanbul universiteti ma'muriyati Iqtisodiyot fakulteti qoshida jurnalistika institutini tashkil etishga qaror qildi [5, 68]. Ushbu muassasa jurnalistlarga diplom beradigan birinchi kasb-hunar ta'limi muassasasi bo'ldi [2]. 1950-yil kuzida Jurnalistika institutiga ikki yillik o'qishga talabalar qabul qilinadi. Litsey bitiruvchilari ham, vaqtinchalik moddaga asosan ikki yil davomida haqiqatan jurnalist bo'lib ishlagan shaxslar ham ma'lumot darajasidan qat'i nazar talabalikka qabul qilindi. Talabalar uyushmasining 1960-yilda ta'limni 3 yilga oshirish talabi ta'lim muddati avval uch yilga, keyin esa to'rt yilga oshirildi va institut nomi Istanbul universiteti Jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar litseyi deb o'zgartirildi.

1960-yil oxirida Anqara jurnalistlar jamiyati bakalavriat darajasida ta'lim beradigan yangi oliy o'quv yurti tashkil etish masalasini ko'tardi. Kommunikatsiya

sohasida ta'lim beradigan muassasa tashkil etish istagi Anqara universiteti Siyosiy fanlar fakultetiga yuborildi. Siyosiy fanlar fakulteti 1962-yilda "Kommunikatsiya instituti"ni tashkil etishga qaror qiladi. YUNESKO shtab-kvartirasi tomonidan Bryussel universiteti jurnalistika fanlari bo'yicha professor Rojer Klausga maktabni tashkil etish bilan bog'liq muammolarni o'rganish topshiriladi, u o'rganishlar olib boradi va hisobot tayyorlaydi. Hisobotda oliy o'quv yurtining tor doirada faqatgina jurnalistikani emas, televideniye, radio, kino va jamoatchilik bilan aloqalar yo'nalishlarini ham qamrab olishi, kasbiy amaliyot bilan aloqalarni yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlandi. Klausning hisoboti asosida 1964-yilda Anqara universiteti ma'muriyati tomonidan institut tashkil etilishi bo'yicha qaror qabul qilindi. Ushbu qaror bilan maktab nomi Anqara universiteti Siyosiy fanlar fakulteti Bosma matbuot oliy o'quv yurti bo'ldi.

1965-yilda faoliyat boshlagan oliy o'quv yurtiga qabul qilinganlar ichida litsey bitiruvchilari bilan bir qatorda imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan va 5 yil davomida jurnalistika sohasida ishlagan o'rta maktab bitiruvchilari ham bor edi. Oliy o'quv yurti dastlab uchta kafedradan iborat edi: Matbuot; Jamoatchilik bilan aloqalar; Radio-televideniye. 1968-yilda kiritilgan o'zgarishda Matbuot va Jamoatchilik bilan aloqalar kafedralari birlashtirildi. Bu 1988-yilgacha, ya'ni Jurnalistika va Jamoatchilik bilan aloqalar kafedralari bir-biridan ajratilgungacha davom etdi [7, 22].

1965-yilda 625-sonli "Xususiy ta'lim tashkilotlari to'g'risida"gi qonun bilan Turkiyada jurnalistika sohasida xususiy oliy o'quv yurtlari davri boshlandi. 1966-yilda Istanbul xususiy jurnalistika oliy o'quv yurti, 1967-yilda Anqarada Boshkent xususiy jurnalistika oliy o'quv yurti, 1968-yilda Izmirda Izmir Karatash xususiy jurnalistika oliy o'quv yurti ochildi [6, 110]. Bu o'quv yurtlariga kelgan shikoyatlar o'rganilib, 1971-yilda chiqarilgan qonun bilan davlat tasarrufiga o'tkazildi va akademiyalarga biriktirildi [7, 23].

1992-yilda 3837-sonli qonun bilan 2908-sonli "Oliy ta'lim tashkilotlari to'g'risida"gi qonunga o'zgartirishlar kiritildi va mavjud bo'lgan besh bosma matbuot oliy o'quv yurtlari kommunikatsiya fakultetlariga aylantirildi. Shu bilan birgalikda, bu qonun bilan Konyadagi Selchuk universiteti va Eskishahardagi Anadolu universiteti qoshida kommunikatsiya fakultetlari tashkil etildi.

1994-yilda Istanbulda Galatasaray, 1997-yilda Erzurumda Ataturk, Elazig', 1998-yilda Kojaeli, 1999-yilda Akdeniz universitetlari tarkibida kommunikatsiya fakultetlari tashkil etildi. Davlat universitetlarida bunday fakultetlar soni ortishi bilan bir qatorda, turli davlat universitetlarining tasviriy san'at fakultetlari ichida kommunikatsiya bilan bog'liq bakalavriyat dasturlari, kasb-hunar oliy o'quv yurtlarida kommunikatsiya, jamoatchilik bilan aloqalar, radio va televideniye, fotografiya kafedralari va xususiy kommunikatsiya ta'lim tashkilotlari ochildi.

1997-yildan e'tiboran vaqf universitetlari tashkil etilishiga yo'l ochilishi bilan vaqf universitetlarida ham kommunikatsiya fakultetlari ochila boshlandi. Bular orasida Istanbulda 1997-yilda tashkil etilgan Yeditepe, Maltepe, Bilgi, Bahcheshehir (2000), Istanbul Tijorat (2000), Anqarada Boshkent (1997), Chankaya va Atilim (1999) universitetlari bor. Bugungi kunda Turkiyada jurnalistika va kommunikatsiya sohalari bo'yicha 40dan ortiq yo'nalishlarda bakalavriyat va magistratura darajalarida ta'lim berilmoqda.

Jurnalistika ta'limi sifatida boshlangan ta'lim avval davlat, keyinroq vaqf universitetlari va xususiy oliy o'quv yurtlarida hamon kommunikatsiya fakultetlarida davom etmoqda. Ko'rinib turibdiki, xoh jurnalistika ta'limi bo'lsin, xoh kommunikatsiya davlat va jamiyatning barcha sohasida, siyosat, iqtisod, texnologiya, media va h.k.larda boshlang'ich nuqtasidan o'z ahamiyati va muhimligini saqlamoqda.

Turkiyada jurnalistika ta'limining kuchli taraflari bilan bir qatorda zaif taraflari ham yo'q emas. Jurnalistika ta'limi beradigam kafedralar ko'pligi, ayniqsa, davlat universitetlarida kvotaning ko'pligi va guruhlarda talaba sonining ortiqchaligi; dars beradigan o'qituvchilarning yetarli emasligi; jurnalistik yo'nalishlarida oliy ta'lim olishni boshlagan talabalarning boshlang'ich bilimlarining kamligi; oliy ta'limni yakunlab o'z sohalari bo'yicha muvaffaqiyatli ish topa olishga bo'lgan noumidlik, jurnalistlik kasbida ishga joylashish imkoniyatlarining juda cheklanganligi kabilar ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

"Albatta, fakultetlarning ko'pligi va hamma fakultetlarning ham bir xil imkoniyatga ega emasligi ta'limning zaif tomonlaridan biridir. Talabalarning ko'pligi ta'limni sifatsizlashtiradigan jihatlardandir". (Prof. Asli Yapar Go 'nench)

O'rganishdan olingan natijalardan biri Turkiyadagi davlat universitetlarining jurnalistika va kommunikatsiya fakultetlarining mavjudligini aniqlash bo'ldi. Ular orasida eng ko'p jurnalistika va aloqa fakultetlari Anqara va Istanbulda joylashgan. Anqarada Anqara universiteti, Anqara ijtimoiy fanlar universiteti, Gazi universiteti va Hajettepe universiteti ni o'z ichiga olgan 4 universitetda; Istanbulda Galatasaroy universiteti, Istanbul universiteti va Marmara universitetlarida jurnalistik ta'lim beriladi. Vaqf universitetlarida 19 ta jurnalistika va kommunikatsiya fakultetlari mavjud. Ulardan 15 tasi Istanbulda joylashgan bo'lsa, 2 tasi Izmirda, 1 tasi Anqarada va 1 tasi Gaziantepda. Markaziy Anadolu mintaqasi vaqf universitetlari jurnalistika fakultetlarini ochmagan.

Jurnalistika ta'limi dunyoda yuz yildan ortiq vaqtdan beri mavjud bo'lsa-da, uning maqsadi va mazmuni bo'yicha munozaralar hali ham davom etmoqda. Bunda jurnalistikaning ijtimoiy o'zgarishlarga sezgir, dinamik soha ekanligi muhim. Turkiyada 1930-yillarda ehtiyoj sezilgan jurnalistika ta'limi 1950-yildan berila

boshlandi. Jurnalistika ta'limi 60 yildan ortiq vaqtda hozirgi kunda tobora kengayib borayotgan kommunikatsiya ta'limining faqat bir qismiga aylandi. Ma'lumot to'plash fuqarolarning ixtiyorida bo'lishi kerakligi haqida axborot tashkilotlarida bir tendensiya bor: turli sohalarda ixtisoslashgan ko'p sonli muxbirlar o'rniga, fuqarolardan kelgan ma'lumotlarni formatlash va taqdim etish qobiliyatiga ega muharrirlarga ehtiyoj oshmoqda. Bugungi kunda Turkiyadagi jurnalistika va kommunikatsiya ta'limi ham zamon bilan hamnafas holda shu maqsadga yo'nalgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Alemdar, Korkmaz (1981). "Cumhuriyet Döneminde Gazetecilik Egitimi Konusunda ilk Giri§imler". ileti§im. AiTiA Gazetecilik ve Halkla tli§kiler Yüksek Okulu Yayin Organi

2. Alemdar, Korkmaz ve Erdogan, irfan (1998). "ileti§im". Cumhuriyet Döneminde Türkiye'de Bilim: Sosyal Bilimler II. Ankara

3. iskit, Server. R. (1939). Türkiye'de Matbuat Rejimleri. istanbul: Matbuat Umum Müdürlügü

4. inugur, Nuri (1988). Türk Basininda iz Birakanlar. istanbul: Der.

5. Abadan-Unat, Nermin (1972). Bati Avrupa ve Türkiye'de Basin Yayin Ögretimi. Ankara: Sevinf Matbaasi

6. Altun, Abdülrezzak (1995). Türkiye'de Gazetecilik ve Gazeteciler. Ankara: Qagda§ Gazeteciler Dernegi Yayinlari

7. Tokgöz, Oya, (1975) "Türkiye'de Mesleki Egitim Yapan Okullarda Mesleki Egitim ve Stajin Önemi", 2. Türk Basin Kurultayina Sunulacak Tebligler, Basin Yayin Genel Müdürlügü, Ayyildiz Matbaasi, Ankara.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.