TURKISTON O'LKASIDA XALQ SUDLARINING NOTARIAL XATTI-
HARAKATLARI
Sherzod Xoliqulov
Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi sherzod0102 @mail .ru
ANNOTATSIYA
Maqolada Turkiston o'lkasidagi xalq sudlarining notarial hatti-harakatlari, yirik shaharlar va o'troq aholi istiqomat qiladigan volostlardagi xalq sudlarining yillik rag'batlantirish pullari, ovullardagi xalq sudlarining notarial hatti-harakatlar uchun undirgan to'lovlari to'g'risida ma'lumotlar yoritilgan. Shuningdek, Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizomning moddalarida xalq sudlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda undirilishi belgilab berilgan davlat bojlari to'g'risidagi ma'lumotlar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Turkiston o'lkasi, oldi-sotdi shartnomasi, notarial hatti-harakatlar, xalq sudlari, davlat boji, bayonnoma daftari, ishonchnoma, nikoh shartnomasi, volost.
NOTARIAL PROCEDURES OF PEOPLE'S COURTS IN THE TURKESTAN
REGION
Sherzod Kholikulov
Researcher of Samarkand State University sherzod0102@mail.ru
ABSTRACT
The article discusses the issues of notarial actions of people's courts in Turkestan region, annual incentives for people's courts in large cities and volosts, fees collected by people's courts in villages for notarial actions. In addition, the materials are presented on the tasks assigned to the people's courts and on the established state fees indicated in the articles of the Regulations on the governance of the Turkestan region.
Keywords: Turkestan region, sale and purchase agreement, notarial actions, people's courts, state duty, protocol book, power of attorney, marriage contract, volost
KIRISH
Turkiston o'lkasining xuquqiy va iqtisodiy hayotini tartibga solishda xalq sudlariga berilgan notarial hatti-harakatlarni amalga oshirish vazifasi muhim o'rin egallagan. Notarial muassasalar faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish barobarida ularga tuzilayotgan shartnoma haqqoniyligi va to'g'ri to'ldirilganligi, turli ko'rinishdagi
dalolatnoma va majburiyatnomalarning xuquqiy asosga ega ekanligi, iqtisodiy shartnomalar va kredit to'lovlar bilan bog'liq hatti-harakatlarni amalga oshirish vazifalari qo'yilgan. Yuqorida xalq sudlari borasida bildirilgan fikrlar, ularning notarial hatti harakatlari bilan muvofiq amalga oshirilganda, afsuski kutilgan natijalarni bermaydi. Turkiston o'lkasini taftish qilgan Palen buni quyidagi fikrlar orqali izohlaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizomning 235-moddasida xalq sudlariga:
1. Mahalliy aholi o'rtasidagi yer uchastkalari oldi-sotdisi bilan bog'liq holatlarda ishtirok etish, bunda oldi-sotdida ko'rilayotgan yer-uchastka miqdori 300 rubldan ko'p bo'lmasligi belgilangan.
2. Mahalliy aholi o'rtasida tuziladigan boshqa hujjatlar va shartnomalarni tasdiqlash.
Ushbu Nizomning 236-moddasiga ko'ra, xalq sudlari tomonidan beriladigan bayonnoma va boshqa shu ko'rinishdagi hujjatlar tomonlarning shaxsiy imzolari bilan tasdiqlanishi, agar tomonlar orasida savodsizlari bo'lsa, ularning ishonchli vakillari va kamida ikki nafardan kam bo'lmagan guvohlar tomonidan imzolanishi, xalq sudlari tomonidan imzo qo'yilgan holatda muhr bilan tasdiqlanib, tikilgan kitobga kiritilishi lozim bo'lgan. 236-modda mahalliy aholi o'rtasidagi yer uchastkalarining birinchisidan ikkinchisiga o'tishida va bu bo'yicha kelishuv imzolash chog'ida tomonlarning umumiy sud qarorlaridan foydalanishlari mumkinligini belgilab bergan. Nizomning ushbu moddasi ko'chmas mulk bilan bog'liq masalalarni ham ko'rib chiqqan. Jumladan, ko'chmas mulk ob'ekti joylashgan hudud xalq sudyasi ushbu holatni ko'rib chiqishga haqli bo'lgan va bu masalada sudya mulk egasi hamda mulkning haqiqatdan mavjudligi bilan bog'liq hujjatlarni ko'rib chiqishga haqli bo'lgan. Va, nihoyat, Nizomning 226-moddasi har qanday ko'rinishdagi hujjat va bayonnomalarni to'ldirish va guvohlik berilgani uchun moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Turkiston general-gubernatori tomonidan tasdiqlangan bojni undirish huquqiga ega bo'lishgan. 1901 yilning 3 martida 47-raqam ostida qabul qilingan buyruqda (Turkiston general-gubernatori buyrug'i) xalq sudlarini rag'batlantirishning quyidagi tartibi belgilab berilgan:
1. 500 rublgacha miqdordagi bayonnoma, shartnoma va majburiyatlarning har qanday ko'rinishi uchun 2 rubl 50 tiyin, 1000 rublgacha bo'lgan ishlar uchun 5 rubl. Har 1000 rubl uchun 1 rubl, 5000 rubldan yuqori har ming rubl uchun esa 50 tiyindan rag'batlantirish undirilgan.
2. Qimmatbaho mahsulot bilan bog'liq hujjat va shartnomalarni tuzish va amaliyotga kiritish uchun 2 rubl.
3. Nikoh shartnomasini tuzish va nikohni bekor qilish uchun 1 rubl.
4. 500 rublgacha baholangan shartnomalarga guvohlik berish uchun 1 rubl, 1000 rublgacha bo'lgani uchun 1 rubl 50 tiyin. Ushbu so'mmadan yuqori har 1000 rubl uchun 50 tiyindan.
5. Ishonchnomalarni amaliyotga kiritish jarayonida uning birinchi varag'i uchun 1 rubl, keyingi varaqlar uchun 50 tiyindan to'lov undirish.
6. Tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma uchun 1 rubl.
7. Bayonnoma daftaridan nusxa ko'chirish uchun uning har bir varag'iga 40 tiyindan.
8. Hujjat nusxasini tasdiqlab berishda uning birinchi varag'ini 25 tiyin, keyingi varaqlarini 10 tiyindan olinishi belgilangan.
9. Yozma ma'lumotnoma berish 40 tiyin.
10.Hujjat nusxasini yozib berishda har bir qatori uchun 1 tiyindan. 11.Imzoni tasdiqlaganligi uchun 10 tiyindan haq undirish mumkin bo'lgan.
MUHOKAMA
Xalq sudlarini yuqoridagi tartibda moddiy rag'batlantirish amalga oshirib kelingan bo'lsada, ular bu to'lovlardan norozi bo'lganlar. Shuningdek, xalq sudlarining notarial hatti-harakat ishtirokchilaridan qo'shimcha to'lov talab qilishlari holatlari mavjud bo'lgan. Masalan, Jizzax uezdining Pistali volosti xalq sudlari s'ezdi mol-mulkni bo'lish uchun belgilangan 9 rubl o'rniga merosxo'rlardan 400 rubl undirish to'g'risida qaror chiqargan. Ushbu qaror Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizomning 218-moddasidan iqtibos keltirilgan holda rad etilgan va okrug sudiga yuborilgan. Okrug sudi 226-moddaga asoslanib, xalq sudlari qarorini o'zgarishsiz qoldirgan. Shundan so'ng xalq sudlari yuqorida keltirilgan so'mmadan bir muncha yuqori to'lovni joriy qilganlar.
NATIJA
Farg'ona viloyatining Andijon u'ezdi taftish qilinganda u'ezddagi barcha xalq sudlari birgina 1907 yildagina 22 ming 120 rubl rag'batlantirish olganligi aniqlandi. Andijon uezd rahbarining guvohlik berishicha, Andijon shahridagi 4 ta xalq sudyalarining yillik daromadlari 40 ming rublni tashkil qilgan. Taftish davomida Farg'ona va Samarqand viloyatlaridagi xalq sudlarining notarial hatti-harakatlari borasida quyidagilar aniqlangan. Ma'lumki yuqorida keltirilgan har ikkala viloyat paxtachilik va boshqa sanoat tarmoqlari va tijorat korxonalari birmuncha rivojlangan hududlar sanalgan.
1907 yilda yuqorida nomlari qayd etilgan viloyatlarda hujjatlashtirish ishlari uchun quyidagi tartibda haq undirilgan.
Farg'ona viloyati
U'ezd nomi Bayonnoma So'mmasi Sudyalarning
soni mukofot pullari
Marg'ilon uezdi 106.189 13.950.140 48.340
Andijon uezdi 60.515 4.877.892 22.120
Namangan uezdi 56.693 7.061.542 17.234
Qo'qon uezdi 45.768 5.471.316 33.815
O'sh uezdi 19.568 1.759.600 8.845
Jami 288.733 33.120.490 119.354
Samarqand viloyati
Uezd nomi Bayonnoma soni So'mmasi Sudyalarning mukofot pullari
Samarqand uezdi 21.020 2.268.306 21.154
Xo'jand uezdi 22.958 2.294.461 9.060
Jizzax uezdi 5.758 388.277 4.916
Kattaqo'rg'on uezdi 8.286 423.558 10.009
Jami 58.017 5.374.602 45.139
Taftish davomida shu narsa ma'lum bo'ldiki, xalq sudlarining notarial hatti-harakatlari ko'chmanchilarga nisbatan o'troq aholi o'rtasida nisbatan yaxshi rivojlangan. Yirik shaharlar va o'troq aholi istiqomat qiladigan volostlardagi xalq sudlarining 1 yillik rag'batlantirish so'mmasi qirg'iz ko'chmanchi aholisi istiqomat qiladigan ovullardagi xuddi shu vazifalarni bajaruvchi xalq sudlarining notarial hatti-harakatlar uchun undirgan to'lovlaridan bir necha yuz barobar ko'p bo'lgan.
Masalan, 1907 yilda Namangan shahrining Sardoba qismi xalq sudyasi tomonidan 6445 ta notarial hatti-harakat amalga oshirilgan va bu 1 mln. rubldan ortiq miqdordagi rag'batlantirish bilan tasdiqlangan. Qirg'izlar istiqomat qiladigan Arm volostidagi 3 ta xalq sudi birgalikda bir yil davomida 16 ta notarial hatti-harakatni bajarganlar va bu 511 so'mlik boj bilan rasmiylashtirilgan.
XULOSA
Palen Marg'ilon shahar xalq sudlari faoliyatini taftish qilib, quyidagi ma'lumotlarni beradi. Marg'ilon shahrining Toshmozor qismi sudyasi tomonidan 1369021 rubl hajmidagi 7852 ta hujjat rasmiylashtirilgan, Mashhad qismi sudyasi 877536 rubllik 6839 ta hujjat, Qalandarxona qismi sudyasi 953345 rubl hajmida 3460 ta hujjatni harakatga keltirgan. Yozyovon volosti tomonidan harakatga keltirilgan 6469 ta hujjat uchun 1009179 rubl, Shaxrixon volosti sudyasi 10134 ta hujjat uchun 1780817 rubl miqdorida boj tulov undirishgan. Farg'ona viloyatining Ush u'ezdida xalq sudlarining har biri o'troq aholi istiqomat qiladigan hududlardan 100 ming rubldan ortiq boj to'lovlarni undirishgan bo'lsa, ko'chmanchi aholi istiqomat qiladigan hududlardagi oldi-sotdi va boshqa shu kabi notarial harakatlar hujjatlari uchun 40 ming rublgacha to'lov undirilgan shunday holatni boshqa viloyatlar misolida ham ko'rish mumkin.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
REFERENCES
1. Нисимова И.В. Проблема реформирования традиционной судебно-правовой системы Туркестана и степных областей в конце XIX - начале XX в.
2. Abduraximova N., Ergashev F. Turkistonda chor mustamlaka tizimi. Toshkent "Akademiya" nashriyoti. 2002.
3. Махмудова Н.Б. Сенаторская ревизия графа К.К. Палена в Туркестане: причины, ход, последствия // Метаморфозы истории. 2016. № 7.
4. Салиев А. Попытки инкорпорации традиционных судов Туркестана в систему судопроизводства Российской империи // Право и управление. XXI век. 2015. № 2 (35).
5. Фиолетов Н. Судопроизводство в мусульманских судах Средней Азии. Суды казиев. Т., 1910.
6. Sultonova T. Shariat qoidalari va notarial harakatlar // Huquq va burch", 2009 yil 2-son.
7. Бакиров Ф. Чор Туркистонида суд, шариат ва одат. - Т.: Фан, 1967.