Научная статья на тему 'TURIZM TERMINOLOGIYASINING NAZARIY MASALALARI VA TADQIQI'

TURIZM TERMINOLOGIYASINING NAZARIY MASALALARI VA TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

945
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
termin / atama / terminologik sistema / suffiksatsiya / leksika / term / term / terminological system / suffix / vocabulary.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gavharoy Kuchqarova

Maqolada terminologiya sohasi va uning nazariy masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda terminlarning paydo bo‘lishi, ‘ayniqsa, turizm sohasiga oid terminlar hamda ularning tarjima muommolari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL PROBLEMS AND RESEARCH OF TOURISM TERMINOLOGY

The article deals with the field of terminology and its theoretical issues, the origin of terms, in particular, terms related to tourism and their translation problems.

Текст научной работы на тему «TURIZM TERMINOLOGIYASINING NAZARIY MASALALARI VA TADQIQI»

TURIZM TERMINOLOGIYASINING NAZARIY MASALALARI VA

TADQIQI

Gavharoy Kuchqarova

Andijon davlat universiteti, Ingliz tili fonetikasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada terminologiya sohasi va uning nazariy masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda terminlarning paydo bo'lishi, 'ayniqsa, turizm sohasiga oid terminlar hamda ularning tarjima muommolari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: termin, atama, terminologik sistema, suffiksatsiya, leksika.

THEORETICAL PROBLEMS AND RESEARCH OF TOURISM

TERMINOLOGY

ABSTRACT

The article deals with the field of terminology and its theoretical issues, the origin of terms, in particular, terms related to tourism and their translation problems.

Keywords: term, term, terminological system, suffix, vocabulary.

KIRISH

Ma'lumki, har bir fan sohasining rivojlanishi va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etgani, shuningdek, tartibga solingani bilan ham uzviy bog'liqdir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta'sir ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XX asrning 30-yillarida o'zbek tilida ko'plab terminologik lug'atlari tuzilib nashr etildi. Shu jarayonda terminlar tarixi, terminlarning ma'no va mavzu guruhlari, grammatik tuzilishi va yasalishi, taraqqiyot yo'li va boyish manbalari haqida nazariy masalalar ham ishlab chiqildi. Tilshunoslikda terminlarning o'zgarishi, yangi terminlarning paydo bo'lishi ilm-fan taraqqiyoti va sohalar rivoji bilan bevosita bog'liqdir. Buni L.I. Bojno quyidagicha ta'kidlaydi: "Texnika taraqqiyoti ta'sirida terminologiya o'zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika jarayoni qonuniyatlari, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog'liq ravishda

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

520

o'zgarib boradi"

Turizm terminologiyasi ham o'zbek terminologik tizimida alohida o'rin egallaydi, biroq bu terminologik tizim hali nazariy jihatdan tadqiq etilmagan.

O'tgan asrda turli sohalarga oid terminlar o'zbek tiliga rus tili orqali Yevropa tillaridan o'zlashgan bo'lsa, bugungi kunga kelib, to'g'ridan-to'g'ri chet tillaridan o'zlashmoqda. Ma'lumki, xalqaro terminlarda yunon va lotin tiliga taalluqli terminelementlar ko'p kuzatiladi. Turizm terminlarida terminelementlar mavjudligini tekshirish ham nazariy masalardan biri hisoblanadi.

Rus tilshunosligida turizm terminologiyasi bo'yicha bir qator tadqiqotlar olib borilganini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, E.T. Belan, V.L. Vinogradova tomonidan dissertatsiyalar himoya qilingan. Shuningdek, turizm terminologiyasiga bo'yicha ilmiy kuzatishlar olib borilgan.

Terminlar sinonimiyasi ma'lum fan va sohalarning to'xtovsiz rivojlanishi, yangi-yangi tushunchalarning, binobarin, terminlarning paydo bo'lishi mahsulidir.

Biroq ilmiy uslubda, fanda terminlarning aniqligiga ehtiyoj kuchli bo'lgani sababli terminlar dubletligidan qochish uchun tabiiy intilish sezilib turadi. Shunga ko'ra terminologiyaga bag'ishlangan barcha adabiyotlarda terminlar sinonimiyasi terminologiyaning jiddiy nuqsoni deb ko'rsatiladi.

Rus terminologiyasi tarixi bilan maxsus shug'ullangan L.L.Kutina shunday deb yozadi: "Ilmiy terminologiya sohasida keng tarqalgan sinonimiya hodisasi terminologik sistemalar amal qilishining ilk davri, ularning shakllanish davri uchun xarakterlidir"1 Biroq sinonimlik faqat terminologik sistemalarning dastlabki rivojlanish bosqichigagina xos bo'lib, hozirda bu holat terminologiyada yo'q deb o'ylamaslik kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Demak, terminlar sinonimiyasi barcha tillarda uchraydigan hodisa hisoblanar ekan. Ingliz tilida 334 ta, rus tilida esa 144 ta o'zaro sinonim bo'lgan turistik terminlar mavjudligi aniqlangan. Har ikki tilde ham kavzisinonimlar ustunlik qiladi. Kvazisinonim - ma'nosi qisman bir-biriga mos keluvchi, biroq terminologiyada aynan bir xil tushunchani ifodalash uchun xizmat qiluvchi sinonimlar. Masalan, ingliz tilida administrator (adminstator) termini bilan bir paytda xuddi u ifodalagan ma'noni ifodalovchi receptionist termini qo'llanadi. Receptionist o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qilinganda "qabul qiluvchi" degan ma'noni anglatadi (o'zbek tilida bu terminning administrator varianti iste'molda faol qo'llanadi). Bu kabi holatga bir qancha

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

521

namunalarni keltirish mumkin:

stewardess, cabin girl - stuardessa;

second class, economy class - ikkinchi klass; accomadation, room - xona; Rus tilida esa quyidagi birliklar sinonimik qatorni tashkil etadi:

тур по городу, обзорная экскурсия по городу - shahar bo'ylab sayohat; двухместный номер, номер с двухспальной короватъю - ikki o'rinli nomer;

электропоэзд, электричка - elektrtichka; турист, экскурсант - turist. Boshqa tillardan farqli ravishda inglizcha xalqaro turtistik terminlarda omonimiya hodisasi ham kuzatiladi. Bir termin bir necha ma'noni ifodalash uchun xizmat qiladi: charter -

1) ustav, nizom;

2) yollanma reys;

3) yollangan samalyot;

4) yollangan kema;

5) charter dam olish; porter -

1) yuk tashuvchi;

2) shveytsar;

3) eshik qorovuli; route -

1) yo'nalish;

2) kurs;

3) qatnov yo'li; cabin -

1) kupe;

2) salon;

3) kayuta.

Rus tilida esa terminlar omonimligi kuzatilmaydi.

Demak, yuqorida ko'rib chiqilgan tadqiqot ishi qiyosiy xarakterga ega bo'lib, formal-struktur va matematik statistika metodlaridan keng foydalanilgan,rus va ingliz tillaridagi turizm sohasiga oid terminlar tahlil qilingan,terminologiya sohasining ochiq xususiyatga ega ekanligi qayd etilgan, tarixiy va ijtimoiysabablarga ko'ra ingliz tilining xalqaro turizm

terminologiyasida muhim rol o'ynashi e'tirof etilgan.

February, 2022

Turizm terminologiyasining nazariy masalalariga bag'ishlangan yana bir tadqiqot Vinogradova Ludmila tomonidan himoya qilingan ("Терминология туризма английского и русского языков в синхронном и диахронном аспектах). Rus va ingliz tillaridagi turistik terminlar sinxron va diaxron aspektda tadqiq etilgan ushbu ishda turistik terminlar paydo bo'lishining muhim tipologik xususiyatlari o'rganilgan. Leksemalar analizining diaxron metodi turizm terminosistemasining paydo bo'lish jarayonini har tomonlama tavsiflashni taqozo qiladi. Shunga ko'ra dissertatsiyada turizm terminosistemasining rus va ingliz tillaridagi rivojlanish bosqichlari ajratilgan, turistik terminologiya bilan bog'liq tushunchalar sistemasi hosil bo'lishi dalillangan. Rus va ingliz tillaridagi turizm terminologiyasining semantik va struktur xususiyatlari batafsil yoritib berilgan. Tahlil uchun 1700 ga yaqin leksema va so'z birikmasi olingan bo'lib, ulardan 700 tasi rus tiliga, 990 tasi ingliz tiliga mansubdir. Ikki tilli so'zlik ilova qilingan.

Tadqiqotning muhim jihatlaridan biri terminlar sistemasining muhim xususiyatlari keltiriladi, turistik termin va turizm terminologiyasi tushunchalariga ta'rifberiladi.

Terminologiyaning muhim xususiyatlari sifatida quyidagilar qayd etiladi:

1) semantik xususiyat: ixtisoslashganlik, tushuncha bilan aloqadorlik, tushunish darajasida sistemalanganlik, aniqlik, motivlanganlik, bñ ma'nolilik, kontekstual mustaqillik;

2) formal xususiyatlari: ifoda planida sistemalanganlik, invariantlik, qisqalik;

3) pragmatik xususiyatlari: ta'riflanganlik, o'rnatilganlik.

Turistik termin - turizm terminosistemasining elementi hisoblangan, turizm sohasidagi o'ziga xos tushunchani ifodalovchi so'z yoki so'z birikmasi.

Turistik terminosistema o'z ichiga sohaga oid terminlarni va terminoidlarni oluvchi tizim deya qayd etiladi. Tadqiqotchi terminoid deganda turizm sohasidagi kasbiy maxsus leksik birliklarni (профессионализм), kasbiy so'zlashuv tilida qo'llanadigan so'z va iboralarni (профессиональные просторечие) va kasbiy jargonlar (профессиональные жаргонизми) ni nazarda tutadi.

Shu o'rinda termin va kasbiy leksika o'zaro farqlanadi. Ko'pgina tadqiqotchilar (M.N.Volodina, S.G.Kazarina) leksikaning bu ikki qatlami birgalikda mavjud bo'lishi va axborot ko'lamida bitta hududda ekanligini qayd etishsa, ayrimlar (N.M.Shanskiy) kasbiy leksikani termin sifatida baholaydi, boshqalar esa (T.R.Kiyak) sinonim terminlar deb hisoblaydi.

L.Vinogradova kasbiy leksema bilan terminlar o'zaro

February, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

bog'liq bo'lsa-da, biroq qo'llanish sohasi jihatdan farq qilishini aytadi: terminlarga "rasmiylik", kasbiy leksema norasmiy munosabatlarda foydalanilgani uchun "norasmiylik" maqomini beradi. Disseratsiyada ajratilgan terminosistema doirasida kasbiy leksika ham tahlil qilinadi va ular terminoid birliklar deb ataladi.

Tadqiqot doirasida quyidagilar aniqlangan:

1. Rus va ingliz tillaridagi turistik terminlar mazkur terminologik sistema chegarasida xizmat qiladi, turistik faoliyat va turizm sohasidagi tushunchalarni nomlaydi, shunga ko'ra tushunchaviy terminologik maydon, mikromaydon va mavzuiy guruhlarga ajratiladi.

2. Turizm terminosistemasining shakllanishi rus va ingliz tillarida turlicha kechgan. Ingliz tilidagi turizm terminologiyasi deyarli mustahkam shakllangan, rus tilidagi esa rivojlanayotgan sistemadir.

3. Har ikki til turizm terminosistemasidagi maksimal yaqinlik termin hosil bo'lishida qatnashuvchi morfemik asosda kuzatiladi. Termin hosil bo'lishining sermahsul usuli har ikki til uchun ham suffiksatsiya va qo'shma so'z hosil qilishdir. Terminologik birikmadagi asos so'z har ikki til modellarida ham ot turkumiga mansubdir. Biroq rus tilida asos so'z atrofida birlashuvchi leksik birlik sifat turkumiga mansub bo'lsa, ingliz tilida ot turkumiga mansubdir. Masalan,

tourist class - туристический класс - turistik klass (ot+ot) (sifat + ot)

(sifat + ot) wine tourism - винный туризм - vino turizmi (ot+ot) (sifat + ot)

(ot+ot) business tour - деловой туризм - xizmat turizmi (ot+ot) (sifat + ot) (ot+ot) fam-tour - рекламный туризм - reklama turizmi

4. Rus va ingliz tillari omonimiya va antonimiya kabi leksik-semantik munosablarda bir xillikka ega. Termin-omonim va termin-sinonimlar o'rtasidagi foizlar nisbati bir xil ko'rsatkichga yaqin. Ular o'rtasidagi asosiy farq ingliz tilida modellashtirilgan omonimlarning mavjudligidir. Rus tilida esa bunday holat mavjud emas. Ingliz tilida polisemiya hodisasi ko'p kuzatilsa, rus tilida katta miqdordagi variantlarda sinonimiya hodisasi kuzatiladi. Bu holat ingliz tili turizm terminologiyasi rus tilidan ancha rivojlangan, me'yorlashganligini ko'rsatadi.

5. Har ikki tilda ham semantik derevatsiyani kuzatish

(ot+ot) (sifat + ot) (ot+ot)

vegitarian meal - вегетарианская еда - vegetariancha ovqat (ot+ot) (sifat + ot) (sifat + ot)

master key - этажный ключ - qavat kaliti ot+ot) (sifat + ot) (ot+ot)

mumkin. Bu holatda terminologizatsiya, determinoligizatsiya va

February, 2022

transterminologizatsiya hodisalari sodir bo'lgan va terminologik fond mundarijasi kengaygan.

6. Rus va ingliz tillari turizm terminologiyasidagi katta farq so'z o'zlashtirish darajasida ko'rinadi. Rus tilida termin o'zlashtirish 60,3 foizni, ingliz tilida esa 6,3 foizni tashkil qiladi. Demak, termin hosil qilishda o'zlashtirish rus tilida sermahsul usuldir. Inglizcha o'zlashmalarning ko'pligi ikki tildagi terminosistemalar o'zaro yaqinlashish tendensiyaga ega ekanligidan dalolat beradi. Rus va ingliz tillaridagi turistik terminlarning qiyosiy tahliliga, ilmiy nazariy tadqiqiga bag'ishlangan bu tadqiqot ishida ham formal-struktur va matematik statistika metodlaridan keng foydalanilgan.

Yuqorida ko'rib o'tilgan tadqiqot ishlari tahlilidan ma'lum bo'ladiki, turizm terminologiyasi jahon, rus tilshunosligida ilmiy tadqiqot darajasida o'rganilgan. Turizm terminosistemasining shakllanish davrlari aniqlab chiqilgan.

O'zbek tilida turizm terminologiyasi ilk shakllanish bosqichida bo'lib, soha rivoji natijasida uning tarkibi yangi maxsus birliklar bilan boyib bormoqda. Turizm iqtisodiy faoliyat natijasida dastlab Angliyada vujudga kelganligi uchun uning vatani sifatida shu hudud e'tirof etiladi. Shuningdek, xalqaro turizm terminologiyasida ingliz tilining yetakchi mavqeda ekanligini inobatga olsak, o'zbek tilidagi o'zlashmalarning asosiy qismi shu tildan o'zlashganligi tabiiy holdir. O'zbek tili materiallari asosida to'plangan turistik terminlar tahlil qilinganga quyidagi holatlar kuzatildi.

Turizmning bir qancha turlari mavjudligi "turizm" tarkibli terminlarning ham mavjud bo'lishini o'z-o'zidan taqozo qiladi: bolalar turizmi, ekstremal turizm, gastronomik turizm, harbiy turizm, havaskorlik turizmi, ichki turizm, ijtimoiy turizm, individual turizm, karvon turizmi, kongress turizmi, madaniy turizm, milliy turizm, muzey turizmi, nikoh turizmi, reklama turizmi, sanoat turizmi, sarguzashtli turizm, sog'lomlashtirish turizmi, tog' turizmim, kichik turizm zonalari kabi.

"Tur ", "nomer ", "klass " terminlari ishtirokida yuzaga kelgan maxsus leksik birliklar, asosan, turistik xizmat ko'rsatish sohasida faol iste'molda bo'lgan terminlardir: tur militsiyasi, tur paket, tur tashkilotchisi, tur yo'llanma; bir o'rinli nomer, ikki o'rinli nomer.

Turizm terminologiyasi ochiq xarakterda bo'lib, takibining tez boyishi bilan boshqa terminologik tizimlardan farq qiladi.

XULOSA

Jahon tishunosligida turizm terminologiyasi bo'yicha qiyosiy

February, 2022

xarakterdagi ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilganligi ularda ushbu soha terminologiyasi ma'lum ma'noda tartibga solinganligi, yangi paydo bo'layotgan tushunchalarni nomlashda ma'lum tamoyillar ishab chiqilganidan dalolat beradi. O'zbek tilida mavjud turistik terminlarni tartibga solish, termin tanlash va uni muomalaga kiritish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish soha oldidagi muhim vazifalardan biridir.

REFERENCES

1. Mirzayev M., Aliyeva M. Turizm asoslari. - Toshkent, 2011.

2. Абдурахмонов F., Мамажонов С. Узбек тили. - Тошкент: Узбекистан, 2002.

3. Алиева М. Дизайнерлик терминларида семантик майдон // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 2017.

4. Бектемиров X,., Бегматов Э. Мустакиллик даври атамалари. - Тошкент: Фан, 2002. - 48 б.

5. Белан Э. Особенности формирования новых терминосистем (на материале англиской и русской терминологий международного туризма): Автореф.дисс. канд. филол. наук. - Москва, 2009.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.