Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIK TERMINLARINING SHAKLIY STRUKTURASI TAHLILI'

TILSHUNOSLIK TERMINLARINING SHAKLIY STRUKTURASI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

6010
523
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
terminologiya / termin / darslik / sodda termin / qo‘shma termin / juft termin / termin-birikma / ikki tarkibli termin-birikma / uch tarkibli termin-birikma / to‘rt tarkibli termin-birikma / terminology / term / textbook / simple term / compound term / a couple of term / term-combination / a two-component term-combination / a three-component term-combination / a four-component term-combination

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shahlo Abdimurod Qizi Abdisalomova

Ushbu maqola lingvistik terminlar tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ona tili darsliklarida keltirilgan tilshunoslik terminlarining tarkibiy xususiyatlarini aniqlash, shakliy tuzilishini tavsiflash maqsad qilib olindi. Darsliklarda lingvistik terminlarning ifodalanishi: muammo va kamchiliklar o‘rganildi. Terminlarning standartligini ta’minlash va modellashtirish, shuningdek, tarjima jarayonida ularning moddiy ko‘rinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa ilmiy terminologiya, terminografiya taraqqiyoti, terminologik korpus, terminologik ma’lumot bazalarini yaratishning asosiy shartidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE FORMAL STRUCTURE OF LINGUISTIC TERMS

This article is devoted to the study linguistic terms, in which aims to identify the structural features of linguistic terms in the textbooks of the native language, to describe their formal structure. In the textbooks, the expression of linguistic terms: problems and short-comings were studied. Ensuring the standardization of terms, as well as their material appearance in the translation process is important. This is a prerequisite for the development of scientific terminology, terminography, terminology corpus and the creation of terminology databases

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIK TERMINLARINING SHAKLIY STRUKTURASI TAHLILI»

TILSHUNOSLIK TERMINLARINING SHAKLIY STRUKTURASI TAHLILI

Shahlo Abdimurod qizi Abdisalomova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola lingvistik terminlar tadqiqiga bag'ishlangan bo'lib, unda ona tili darsliklarida keltirilgan tilshunoslik terminlarining tarkibiy xususiyatlarini aniqlash, shakliy tuzilishini tavsiflash maqsad qilib olindi. Darsliklarda lingvistik terminlarning ifodalanishi: muammo va kamchiliklar o' rganildi. Terminlarning standartligini ta'minlash va modellashtirish, shuningdek, tarjima jarayonida ularning moddiy ko'rinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa ilmiy terminologiya, terminografiya taraqqiyoti, terminologik korpus, terminologik ma'lumot bazalarini yaratishning asosiy shartidir.

Kalit so'zlar: terminologiya, termin, darslik, sodda termin, qo'shma termin, juft termin, termin-birikma, ikki tarkibli termin-birikma, uch tarkibli termin-birikma, to'rt tarkibli termin-birikma

ANALYSIS OF THE FORMAL STRUCTURE OF LINGUISTIC TERMS

ABSTRACT

This article is devoted to the study linguistic terms, in which aims to identify the structural features of linguistic terms in the textbooks of the native language, to describe their formal structure. In the textbooks, the expression of linguistic terms: problems and short-comings were studied. Ensuring the standardization of terms, as well as their material appearance in the translation process is important. This is a prerequisite for the development of scientific terminology, terminography, terminology corpus and the creation of terminology databases

Keywords: terminology, term, textbook, simple term, compound term, a couple of term, term-combination, a two-component term-combination, a three-component term-combination, a four-component term-combination

KIRISH

Ma'lumki, til va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Jamiyatdagi o'zgarishlar tilda o'z ifodasini topishi zarur. Shu nuqtayi nazardan terminologiya

tilshunoslikning tez o'zgaruvchan va murakkab tuzilishga ega sohasi hisoblanadi. Har bir fan terminlar tizimidir. Rus faylasufi P.A.Florenskiy terminlarning fandagi o'rnini quyidagicha izohlagan: "Fanning mohiyati terminologiyani tuzish, aniqrog'i, joy-joyiga qo'yishdan iborat...Terminlar hayoti fan tarixining o'zidir". Tilshunoslik ham o'z lingvistik terminlariga ega. Til ta'limiga lingvistik terminlar mohiyatini o'rganish asosida kechadigan jarayon sifatida qarash mumkin. Ona tilida terminlarning puxta ishlanishi va tartibga solinishi nafaqat darslik va qo'llanmalar yaratish, ona tilida dars olib borish uchun, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo'lgan masaladir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Rus tilshunosligida lingvistik terminlar turli yondashuvlar asosida keng tadqiq etilgan. Y.A.Kolesnikovaning "Русская лингвистическая терминология второй половины XVIII. - первой трети ХХ вв.", T.V.Jerebeloning "Словарь лингвистических терминов", Z.I.Yevloyevaning "Русская лингвистическая терминология в эволютивном аспекте", V.A.Tatarinovaning "Введение в научной оборот значительного количества лингвистических терминов объясняется целесообразностью проследить и продемонстрировать динамику развития терминосистемы" nomli ishlari buning yaqqol dalilidir. Xususan, Yevloyeva tadqiqotida rus lingvistik terminologiyasini tartibga solish bo'yicha terminografik ishlar, adabiy tilning tarkibiy qismi sifatida lingvistik terminologiyani o'rganish aspekti, XIX-XX asrlarda lingvistik terminologiyaning rivojlanish xususiyatlari, freym tahlilning terminologiya taraqqiyotini ifodalashdagi o'rni, rus terminologiyasining so'z yaratish imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, xalqaro notijorat tashkilot - SIL tomonidan yaratilgan ingliz lingvistik terminlari glossariyi hamda fransuz-ingliz lingvistik terminlari glossariyi ham lingvistik terminlar tadqiqi mahsulidir. Ingliz lingvistik terminlari glossariyi 900 mingdan ortiq terminlardan tashkil topgan bo'lib, har bir terminning ta'rifi va manbasi keltirilgan. Ko'p maqolalar muhokama, misollar, terminning ierarxik tuzilishi va boshqa qo'shimcha ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Dastlab tilshunoslar uchun tezkor ma'lumot vositasi sifatida bosh muharrir Eugene E.Loos va muharrirlar Susan Anderson, Dwight H.Day, Paul C.Jordan hamda J.Douglas Wingate tomonidan tuzilgan. Fransuz-ingliz lingvistik terminlari glossariyi esa 7,837 fransuz lingvistik terminlari va 8,059 ingliz lingvistik terminlaridan iborat. Ushbu glossariyda terminlarga ta'rif berilmaydi, balki ularning boshqa tildagi ekvivalenti keltiriladi. Ikki tilda terminlarning leksik-semantik munosabatlari ifoda etiladi. O'zbek tilshunosligida tilshunoslikka oid terminlar Hojiyev A., Ermatov I.R., Xudoyberganova D.,

Xamroyeva Sh.M kabi tilshunoslar tomonidan atroflicha o'rganilgan. Ammo lingvistik terminologiyamizda o'z yechimini kutayotgan muammolar yetarli darajada mavjud. Terminlarning standartligini ta'minlash va modellashtirish, shuningdek, tarjima jarayonida ularning moddiy ko'rinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa ilmiy terminologiya, terminografiya taraqqiyoti, terminologik korpus, terminologik ma'lumot bazalarini yaratishning asosiy shartidir. Terminshunos olim R.Doniyorov terminologik sistemani guruhlarga bo'lib o'rganishning imkoniyatlari xususida ta'kidlaganidek, bu jarayon, birinchidan, shu sistemaning umumtermin boyligi haqida tasavvur hosil qiladi; ikkinchidan, bu sistemaning so'z yasash imkoniyatlari haqida ma'lumot beradi; uchinchidan, sistemaning har qaysi mavzu guruhidagi so'z yasash modeli qanday ekanligini aniqlab beradi. Tilshunoslik terminlarining shakliy tuzilishini ona tili darsliklaridagi lingvistik terminlar misolida ko'rib chiqamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ona tili darsliklarida keltirilgan lingvistik terminlarni shakliy tuzilishiga ko'ra quyidagicha tasnif qilish mumkin:

1. Sodda terminlar

2. Qo'shma terminlar

3. Juft terminlar

4. Termin-birikmalar

Sodda terminlar. Sodda terminlar ot turkumiga mansub bo'lib, bir o'zak va shakliy -ma'noviy yaxlitlikka ega bo'ladi. Masalan: ot, sifat, son, ega, bog'lovchi, nutq, omonim, sinonim, metafora, uslubiyat, harf, matn, gap, vergul, nuqta va b. Sodda terminlar derivatsion xususiyatlariga ko'ra sodda tub terminlar va sodda yasama terminlarga bo'linadi:

- sodda tub terminlar: til, nutq, urg'u, termin, lug'at, asos, fe'l, ravish, kesim, ega, hol, tire, iqtibos, kinoya, sinekdoxa, me'yor, nisbat, paronim, bo'g'in va h.k.

- sodda yasama terminlar: tilshunoslik, lug'atshunoslik, taklifnoma, tabriknoma, ifodalilik, uslubiyat, sifatdosh, ravishdosh, to'plam, yozuv, turlanish kabi. Qo'shma terminlar. Bunday terminlar birdan ortiq o'zak birikuvidan iborat qo'shma so'zlar hisoblanadi. Ona tili darsliklaridagi lingvistik terminlarning ushbu ko'rinishi faqat o'zlashgan qatlamga tegishli bo'lib, ularga o'zbek tilida tub termin sifatida qaraladi: leksikologiya, leksikografiya, orfoepiya, orfografiya...

Juft terminlar. Juft terminlar ikki so'zning juftlanishi asosida hosil bo'ladi. Biz tadqiqot davomida birgina so'z-gap juft terminiga duch keldik. Termin-birikmalar. Barcha terminosistemalarda kuzatilgani kabi lingvistik terminlarimiz orasida ham termin-birikmalar miqdori ustuvorlik kasb etadi. Birikma-

terminlar birdan ortiq leksik birlikdan tashkil topadi va birikma holatida bo' ladi: unli tovush, nutq a'zosi, bosh so'z, hikoya matni, so'z yasovchi qo'shimcha, sodda yasama so'z, fe'lning vazifa shakllari, buyruq-istak mayli, otlashgan sifat, vazifadosh bog'lovchi, adabiy me'yor, nutqning boyligi, nutqning jo'yaliligi va b. Ona tili darsliklarida ifodalangan lingvistik termin-birikmalarni tarkib nuqtayi nazaridan guruhlaymiz:

Ikki tarkibli termin-birikmalar - sodda so'z birikmasi shaklida bo'lib, shaklan hokim-tobelik munosabati sezilib turadi: badiiy nutq, nutq tovushi, unli tovush, undosh tovush, nutq a'zosi, fonetik hodisa, tovush ortishi, tovush tushishi, tovush almashishi, ochiq bo'g'in, yopiq bo'g'in, so'z urg'usi, gap urg'usi, qo'sh undosh, qator undosh, so'z turkumlari, mustaqil so'zlar, o'timli fe 'l, o'timsiz fe'l, o'zlik nisbat, birgalik nisbat, harakat nomi, adabiy me 'yor, nutq madaniyati, undov belgisi, o'zlashtirma gap, ajratilgan hol, sifatlovchi aniqlovchi, vositasiz to'ldiruvchi, daraja-miqdor holi, atov gap, buyruq-istak mayli, shaxs-son qo'shimchalari, o'rin-payt kelishigi, nutq texnikasi kabi.

Uch tarkibli termin-birikmalar - bunday murakkab terminlar uch mustaqil ma'noli lug'aviy birlikdan iborat bo'ladi, ya'ni uch tarkibli so'z birikmasi zanjiri termin sifatida ma'no ifodalab, bir tushunchani anglatishga xizmat qiladi: shakl yasovchi qo'shimcha, so'z yasovchi qo'shimcha, sodda yasama so'z, fe'lning vazifa shakllari, fe'lning munosabat shakli, so'roq va taajjub yuklamalari, tovushga taqlid so'z, holatga taqlid so'z, vazifadosh modal so'z, sinonim so'zlar qatori, adabiy nutq uslubi, erkin mavzudagi insho, otli so'z birikmasi, fe'lli so'z birikmasi, shaxsi ma'lum gap, shaxsi umumlashgan gap, shaxsi noma'lum gap, ikkinchi darajali bo'lak, ajtatilgan izoh bo'lak, qo'shma gap qismlari, bog'langan qo'shma gap, bog'lovchisiz qo'shma gap, ritorik so'roq gap, tinish belgilari me 'yori kabi.

To'rt tarkibli termin-birikmalar. Tilshunoslikka oid bunday termin-birikmalar ona tili darsliklarida nisbatan kamligi bilan xarakterlanadi: ko 'chirma gapli qo'shma gap, lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha, sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha kabi.

XULOSA

Kuzatishlardan ma'lum bo'ladiki, ona tili darsliklarida besh va undan ortiq tarkibli termin-birikmalar uchramaydi hamda sodda terminlar va termin-birikmalar yetakchi o'rinda bo'lgani holda, qo'shma va juft terminlar miqdori juda kam hajmni tashkil etadi. Ona tili darsliklarida mavjud lingvistik terminlar tizimidagi murakkab terminlarning aksariyati umumnutqda so'z birikmasi sifatida ham ishla tiladi va ular tarkibidagi har bir lug'aviy ma'noli birlik o'z avtosemantikligini saqlab qoladi. Faqat

bir ilmiy-lingvistik tushunchani anglatishi, ba'zilarining boshqa tillarga bir so'z bilan tarjima qilinishi kabi xususiyatlar ularni termin-birikmalar safiga kiritishga asos bo'ladi. Terminologik korpus, terminologik ma'lumot bazalari yaratishda terminni modellashtirish asosiy bosqichlardan sanaladi va bu jarayonda ham, terminni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda ham murakkab tarkibli terminlar turli qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa tilshunoslik terminologiyasi oldiga lingvistik terminlarni qayta ishlash, tizimlashtirish va tartibga solish vazifasini qo'yadi.

REFERENCES

1. Евлоева З.И. Русская лингвистическая терминология в эволютивном аспекте: диссертация кандидата филологических наук. - Нальчик , 2006. - 150 с.

2. Hojiyev A.Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. - Toshkent:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002

3. Ermatov I.R. O'zbek tilshunoslik terminlarining shakllanishi va taraqqiyoti: filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PHD)dissertatsiyasi avtoreferati. -Toshkent, 2019

4. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug'ati. -Toshkent:Turon zamin ziyo, 2015

5. Хамроева Ш.М. Корпус лингвистикаси атамаларининг кискача изошли луFати. - 2020

6. Doniyorov R. O'zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. -Toshkent:Fan, 1977

7. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. - Toshkent, 2020

8. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. - Toshkent, 2017

9. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. - Toshkent, 2017

10. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. - Toshkent, 2019

11. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. - Toshkent, 2019

12. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik. - Toshkent, 2017

13. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik. - Toshkent, 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.