TUPROQQA TURLI IShLOV BERIShNING TUPROQ AGROFIZIKAVIY
XOSSALARIGA TA'SIRI
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o'tloq bo„z tuproqlarida piyoz yetishtirishda tuproqqa turli ishlov berishning tuproq agrofizikaviy xossalariga ta'siri keltirilgan. Dala tajribalarida mexanik tarkibi o'rta qumoqli tuproqlar unumdorligi holatini tavsiflovchi tuproqning "fizik loy" (<0.01) fraksiyalarining yaxshilanishi tuproqqa ishlov berish chuqurligiga ko'ra o'zgargan. Shudgorlash 30-35 sm chuqurlikda o„tkazilganda, tuproqqa yuza (chizellash 18-22 sm) ishlov berilgan variantlarga nisbatan, 0-30 sm haydalma qatlamda 1,7-2,1 %, 30-50 sm haydalma osti qatlamda 1,7-1,9 %, tuproqning agronomik foydali agregatlar miqdorini esa, mos ravishda 8,5-8,8; 10,5-10,8 % ga yuqori bo'lishini ta'minlaganligi bayon etilgan.
Kalit so'zlar: O„tloq bo„z tuproq, piyoz, tuproqqa asosiy ishlov berish, yuza ishlov berish, shudgorlash, chizellash, tuproq agrofizik xossalari, mexanik tarkibi, donadorligi.
In this scientific article, the agrophysical properties of soil on meadow sierozem soils of Samarkand are examined when growing onions. In field experiments, the improvement of the "physical clay" (<0.01) fraction of the soil characterizing the state of fertility of medium-sandy soils varied depending on the depth of tillage. When plowing to a depth of 30-35 cm in the arable layer 0-30 cm 1,7-2,1%, in the sub-arable layer 30-50 cm 1,7-1,9% compared to options where the surface tillage (chiseling 18-22 cm) and the amount of agronomically useful aggregates of the soil is increased by -8.5-8.8, 10.5-10.8 %, respectively.
Keywords: Meadow sierozem soils, onion, basic soil treatment, surface tillage, plowing, chiselling, soil agrophysical properties, mechanical composition, grain size.
Kamol Sharifov
ToshDAU SF assistenti
Shuxrat Rizayev
ToshDAU SF dosenti, q-x.f.d.
ANNOTASIYA
ABSTRACT
October 5-6
Kirish. Tuproqning mexanik tarkibi - tuproqning eng muhim fundamental xossalari va unumdorligini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri bo'lib, birinchi navbatda uning agronomik ahamiyati kattadir. Tuproqning zichligi, g'ovakligi, suv o'tkazuvchanligi kabi xossalari hamda suv, havo, issiqlik rejimlari bevosita mexanik tarkibi bilan bevosita bog'liqdir [7; 331 b.; 2; 135-137 b.; 13; 78-84 b.].
Tuproq mexanik elementlarining miqdoriga ko'ra tuproq va jinslarning xossalari bir xil emas. Tuproq va jinslarning mexanik tarkibi uning fizik, fizik-kimyoviy xossalariga qarab asosan qum, chang (tuproq) va loyqa chuqurliklarga ajratilib, tuproqning mexanik tarkibi A.A.Kachinskiyning mukammallashtirilgan va foydalanish uchun qulay klassifikasiyasiga ko'ra "fizik qum" va "fizik loy" fraksiyalarining nisbati asos qilib olingan [7; 331 b.].
Shuni e'tiborga olish kerakki tuproqning genetik tabiati, ulardagi fizik loy (<0,01) fraksiyalarning struktura agregatlariga birlashuvi xossasi e'tiborga olinib, bunda gumus miqdori, tarkibi va almashinuvi kationlar hamda minerologik tarkibi muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlar tuproqda qancha yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lsa, fizik loy miqdori bir xil bo'lgan sharoitda ham loy zarralarining xossalari unda kuchliroq namoyon bo'ladi. [5; 3-5 b.; 6; 64-74 b.; 12; 295-299 b.].
Materiallar va metodlar. Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun 20172020 yillarda Samarqand viloyati, Tayloq tumanining eskidan sug'orilib kelinayotgan o'tloq bo'z, mexanik tarkibi o'rta qumoq, sizot suvlari 4-5 m chuqurlikda joylashgan, sho'rlanmagan tuproqlar sharoitida dala tajribalari o'tkazildi.
Tajriba obyekti qilib, eskidan sug'orilib kelinayotgan o'tloq-bo'z tuproqlar, piyoz (Allium cepa L.)ning "Katinka F1" navi, tuproqqa asosiy (shudgorlash 30-35 sm) va yuza (chizellash 18-22 sm) ishlov berish chuqurligi olindi.
Ilmiy tadqiqotlarimiz 2 ta dala tajriba dalasida, piyoz urug'idan va ko'chatidan ekilgan dalalarda o'tkazilib, ilmiy tadqiqqot maqsadi - piyoz maydonlarida tarqalgan begona o'tlarga qarshi tuproqqa turli ishlov berish chuqurligi va usullari hamda gerbisidlar me'yorlarini o'rganishga qaratilib, har bir tajriba 10 ta variantda, 3 takrorlashda, har bir variantning maydoni 5,6x25,0 =140 m , shundan hisobga
9 9
olingani 70 m , 1-ta tajribaning umumiy maydoni 4200 m ni tashkil etdi [9; 1-131 b.].
Tuproqning mexanik tarkibi N.I.Savvinov uslubi bo'yicha piyozni amal davri boshi va oxirida, har bir variantda ikki nuqtada o'rtacha 1,0 kg dan tuproq namunalari olinib, quruq holatga keltirilib, diametri 0,25-10 mm li elaklardan o'tkazilib aniqlandi [8; 440 b.].
Dala tajribalarimiz o'tkazilgan Samarqand viloyati Tayloq
tumanining o'tloq bo'z tuproqlarining mexanik tarkibiga ko'ra,
October 5-6
o'rta qumoq bo'lib olingan, ma'lumotlar 1- 2 - jadvallarda keltirilgan.
Tajriba dalasining agrofizikaviy xossalarini aniqlashda tuproqning solishtirma og'irligi N.A.Kachinskiyning "Piknometr" usulidan foydalanildi va o'tloq bo'z
"5
tuproqlarining solishtirma og'irligi 2,68 g/sm ni tashkil etdi [8; 440 b.].
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tuproqning mexanik tarkibini aniqlashda, tuproq unumdorligida katta ahamiyatga ega va tuproqda qator fizik-kimyoviy jarayonlarga ta'sir etuvchi "fizik loy" ya'ni diametri 0,01 mm dan kichik bo'lgan tuproq fraksiyalari muhim hisoblanib, ulardagi kalloid zarrachalar tuproq strukturasining hosil bo'lishida asosiy rol o'ynaydi.
Tuproqning mexanik tarkibi tajriba maydonida dala tajribasi o'tkazishdan oldin aniqlanganda 0-30 sm haydalma qatlamda fizik loy (<0,01 mm) fraksiyalar 39,1%, haydalma osti 30-50 sm qatlamda esa, 37,5 % ni tashkil etgan holda, ulardagi 0,050,01 mm (yirik chang), 0,01-0,005 mm (o'rta chang), 0,005-0,001 mm (mayda chang) va <0,001 mm dagi (loyqa) fraksiyalar 34,7; 8,7; 16,3 va 14,1 % ni, 30-50 sm qatlamda mos ravishda, 33,8; 7,4; 16,7-13,04 % ni tashkil etganligi kuzatildi.
Shuningdek, mexanik tarkibiga ko'ra, qum (1-0,05 mm) fraksiyalari 0-30 sm qatlamda 1-0,25 mm 3,4; 0,25-0,1 mm 4,2 % va 0,1-0,05 mm li 18,6 ni tashkil etgan holda, ushbu fraksiyalarda 30-50 sm li qatlamda mos ravishda 3,9; 7,8 va 17,0 % ekanligi hisobga olindi. Bu fraksiyalarning suv o'tkazuvchanligi yuqori bo'lib, bo'kish va elastiklik xossasiga ega emas, nam sig'imining kichik bo'lishi kam strukturaligi bilan farqlanadi (1-jadval).
Dala tajribalarimizda tuproqqa turli ishlov berilib, piyoz urug'i va ko'chatidan yetishtirilganda, amal davrining oxirida tuproq mexanik tarkibi aniqlandi va ma'lumotlar 2 - jadvalda keltirilgan.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, tuproqqa asosiy ishlov shudgorlash 30-35 sm chuqurlikda o'tkazilgan variantlarda tuproq mexanik tarkibi dastlabki (2017 y) hamda tuproqqa yuza (chizellash 18-22 sm) ishlov berilgan variantlarga nisbatan, sezilarli o'zgarganligi kuzatildi. Masalan, tuproqqa asosiy ishlov berish 30-35 sm o'tkazilib, piyoz urug'idan va ko'chatidan yetishtirilganda tuproqning agronomik ahamiyatga ega bo'lgan qiymati fizik loy fraksiyalari haydalma 0-30 sm qatlamda 40,8-41,4 %, haydalma osti 30-50 sm qatlamda 38,6-39,7 % ni tashkil etgan holda, bu ko'rsatkichlar tuproqqa yuza (chizellash 18-22 sm) ishlov berilib, piyoz urug'i va ko'chatidan yetishtirilgan variantlarda 0-30; 30-50 sm qatlamda mos ravishda 1,72,1 % va 1,7-1,5 %; dastlabki (2017 y) ko'rsatkichlarga ko'ra, 1,7-2,3 va 1,1-1,4 % ko'p bo'lganligi qayd etildi.
October 5-6
Tuproq donadorligi (strukturasi) uning unumdorligi va ekinlar hosildorligini belgilovchi muhim agronomik xossadir. Tuproqning qator fizikaviy, fizik-mexanik xossalari, suv-havo, issiqlik va ozuqa rejimi hamda tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar, uning donadorligiga bevosita bog'liq [1; 102-109 b.; 3; 97-101-b.; 4; 44-47-b.].
Donador tuproq xosil bo'lishida o'simlik ildizlari qoldig'idan xosil bo'ladigan gumus tuproqda yashaydigan jonivorlarning faoliyati ayniqsa yomg'ir chuvalchangini roli alohida ahamiyatga ega bo'lib, ular organik va mineral zarrachalarni o'zidan o'tkazib, tuproq donadorligini oshiradi. Shuningdek, agregatlarning yuzaga kelishida almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish (shudgorlash, chizellash, kultivasiya, boronalash singarilar) ham rol o'ynaydi [10; 11907-11916 b.; 11; 50-53 b.; 14; 124
Bunda erta ishlov berishni har qaysi hududda tuproq sharoitiga mos keladigan tuproqqa ishlov berish tizimini to'g'ri joriy etishdir.
Tajribalarimizda tuproqqa turli ishlov berish usullarida ya'ni asosiy ishlov berish shudgorlash tuproqqa yuza chizellash chuqurliklarining piyoz yetishtirilgan dala tuproqlari, qatlamlari bo'yicha agregatlar holatiga ta'siri bo'lib, makroagregat tarkibiy qismlarida o'zgarishlar qayd etildi.
Dala tajriba maydonida dastlabki yili (2017 y) o'tmishdosh ekin kuzgi bug'doy yig'ishtirib olingandan so'ng, shudgorlashdan oldin, tuproq strukturaviy holati aniqlanganda, tuproq 0-30 sm qatlamida 10 mm dan katta makroagregatlar 28,2%, 10-0,25 mm gacha bo'lganlari 66,3%, 0,25 mm dan kichik bo'lgan tuproq zarralari-5,5 % ni tashkil etgan bo'lsa, 30-50 sm qatlamda mos ravishda 32,6; 63,1 va 4,3% ni tashkil etganligi aniqlandi.
Piyoz urug'idan ekishdan oldin tuproqqa asosiy ishlov shudgorlash 30-35 sm o'tkazilgan variantlarda, 10-0,25 mm li agronomik qimmatli agregatlar miqdori o'rtacha yillar bo'yicha (2017-2020 y) 0-30 sm qatlamda 71,7 % tuproqqa yuza (chizellash-18-22 sm) ishlov berilgan variantlarda 69,4 % piyoz ko'chatidan ekishdan oldin tuproqqa asosiy ishlov shudgorlash 30-35 sm o'tkazilgan variantlarda 71,4 %, yuza (chizellash 18-22 sm) ishlov berilgan variantlarda - 69,4% ni tashkil etib, ishlov berish chuqurligi 30-35 sm da o'tkazilgan variantlarda foydali agregatlar miqdori oshib borishi qayd etildi. Piyoz urug'i va ko'chatidan yetishtirilgan variantlarda, tuproqqa ishlov berishlarning tuproq makrostruktura tarkibiga farqlar deyarli sezilmadi (0,2-0,3 %), asosiy o'zgarishlar tuproqqa asosiy (shudgorlash 30-35 sm) va yuza (chizellash 18-22 sm) ishlov
b.].
berilganda farqlandi.
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
Tajribalarimizda (piyoz urug'i va ko'chatidan ekishdan oldin) tuproqqa asosiy ishlov shudgorlash 30-35 sm o'tkazilgan variantlarda, shudgorlashdan oldingi dastlabki (2017 y) donadorlik tarkibiga nisbatan agronomik foydali 10-0,25 mm li agregatlar 0-30 sm qatlamda 5,4-5,1 %, ekishdan oldin tuproqqa yuza ishlov berilgan variantlarga nisbatan 2,3-2,6 % ga, 0-50 sm qatlamda mos ravishda 6,3-6,1 % va 1,71,9 % ga oshganligi aniqlandi.
Piyoz o'suv davri oxirida tahlil etilganda, atmosfera yog'inlari, sug'orish suvlari, havo harorati va nisbiy namligining ta'siri natijasida, tuproq donadorligining o'zgarishi kuzatildi. Masalan, agronomik qimmatli bo'lgan 10-0,25 mm li agregatlar shudgorlash 30-35 sm ishlov berilgan piyoz urug'i va ko'chatidan ekilgan variantlarda 0-30 sm qatlamda o'rtacha 69,6-69,7 %, 30-50 sm qatlamda 68,2-68,4 % ni tashkil etgan holda, piyoz ekishdan oldingi ko'rsatkichlarga nisbatan qatlamlar (030; 30-50 sm) bo'yicha 2,8-2,4 % va 2,8-2,5 % donadorligi kamayganligi qayd etildi. Tuproqqa yuza (chizellash 18-22 sm) ishlov berilgan variantlarda tajribaning 3 yiliga borib amal davri oxirida agronomik foydali 10-0,25 mm li agregatlar miqdori qatlamlar (0-30; 30-50 sm) bo'yicha 62,2-61,9; 58,8-58,4 % ga yoki shu davrdagi tuproqqa asosiy ishlov shudgorlash 30-35 sm o'tkazilgan variantlarga nisbatan, mos ravishda 8,5-8,8 % va 10,5-10,8 % ga kamayganligi aniqlandi.
Taj lib a dalasi o'tloq — bo'z tuproqlarining mexanik tarkibi. % (Dala tajribasida shudgorlashdan oldin. 201" y).
Tuproq qatlamlari: sm Fraksiyalar o lchajui: mm
10:25 03.50:1 0=1 0:05 0:05-0:01 0:010:005 0:0050:001 <0,001 Fizik loy <0,01
0-30 3:4 4:2 1 S=6 34:7 S:7 16:3 14=1 391
30-50 3=9 7,8 17,0 33=8 7 ,4 16=7 13=4 37=5
Tuproqqa turli ishlov berish usullarLuLug umg'i vi ko'chatidan ekilgan piyoz dalasi anial c
tuproqning mexanik tarkibi, % (2018 y).
Tuproqqa ishlov berish Tuproq qatlamlari, sm Fraksiyalai olchami, mm
1- 0,25 0,25-0=1 0=1-0,05 0,050:01 0,010:005 0,0050:001
Piyoz urug'idan ekilgan dala
Tuproqqa asosiy ishlov berish. Shudgorlash 30-35 sm 0-30 1=7 3=2 1S:2 36,1 9=0 15=1
30-50 2=8 6=9 17=4 34=3 9=6 14=7
Tuproqqa vuza ishlov berish. Chizellash. 18-22 sm 0-30 4=2 2=7 20:1 33:9 9=8 16=3
30-50 3=8 4:2 21,8 33,7 7=5 16=7
Piyoz ko'chatidan ekilgan dala
Tuproqqa asosiy ishlov berish. Shudgorlash 30-35 sm 0-30 1=9 3=0 17,9 35,8 9=4 15=9
30-50 3=1 6=4 17=1 34:5 9=9 14:9
Tuproqqa vuza ishlov berish. Chizellash 18-22 sm 0-30 3=9 2=5 20,3 33,6 10:2 16=1
30-50 3=7 4=5 21=4 33=0 7=3 17=3
October 5-6
595
Xulosalar. Dala tajribalarimiz tahlili shuni ko'rsatadiki, tajriba maydoni o'tloq bo'z tuproqlari mexanik tarkibiga ko'ra, o'rta qumoq tuproq unumdorligi va strukturaviy holatini tavsiflovchi tuproqning "fizik loy" (<0,01) fraksiyalarining yaxshilanishi tuproqqa turli ishlov berish chuqurligiga ko'ra, asosiy ishlov shudgorlash 30-35 sm chuqurlikda ishlov berish tuproqqa yuza (chizellash 18-22 sm) ishlov berilgan variantlarga nisbatan 0-30 sm haydalma qatlamda 1,7-2,1 %, 30-50 sm haydalma osti qatlamda 1,7-1,9 %, tuproqning agronomik foydali agregatlar miqdorini mos ravishda 8,5-8,8; 10,5-10,8 % ga yuqori bo'lishini ta'minlab, tuproqni fizik (tuproq zichligi, g'ovakligi), suv-fizik (suv o'tkazuvchanligi, nam sig'imi, namligi) va fizik- mexanik (yopishqoqligi, qovushqoqligi, elastikligi) xususiyatlarini yaxshilab, piyoz o'simligini o'sishi, rivojlanishi va ildiz hosilini shakllanishi uchun qulay va qimmatli bo'lgan donadorligini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.
REFERENCES
1. Bobomirzayev P.X., Boboqulov Z.R. Photosynthetic activity of durum wheat on irrigated lands at different times and seeding rates. 1st International Forum on Bioeconomy for Sustainable Development of Countries and Regions (IFBSDCR) 27th & 28th April 2022, Samarkand 2022, 102-109 rr.
2. Djurayev A., Sharifov K., Rizayev Sh.X. The influence of the depth of plowing on water and physical properties of the soil in fighting against weeds in the wheat fields. «World science: Problems and innovations» VI Mejd. Nauchno-prak. Konferensii. Penza (Rossiya). 2016. 135-137 s.
3. Kaxxorov, S.K.S., Sanayev, S.T., Botirov, A.Ye. (2022). Brokkoli karamining oziq ovqat havsizligida tutgan o'rni. Академические исследования в области педагогических наук , 3 (4), 97-101.
4. Каршиев А.Э. Бобомирзаев П.Х. Роль сорта, сроков инорм посева в технологии выращивания твердой пшеницы на богарах. Ж// Актуальные проблемы современной науки, Москва, 2022, № 4 (127). - С.44-47.
5. Mashrabov M.I., Makhmatmurodov A.U. Yield of corn grain at various forms and rates of phosphorus fertilizers on the unwashed and washed off typical gray soils. European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Available Online at: Vol. 2 No. 2, February 2021. P. 3-5.
6. Mashrabov M.I., Makhmatmurodov A.U., Kadirova G.A. The changing of phosphate regime of soils with carbon-magnesia salting under the
influence of new complex fertilizers at cotton cultivation.
Academic Research in Educational Sciences Volume 3. Special
October 5-6
Issue 1. 2022. ISSN: 2181-1385. DOI: 10.24412/2181-1385-2022-01-64-74. -Р. 6474.
7. Maqsudov X.M., Rasulova N.B., Komilov B.S., Namozov X.V. Tuproqshunoslik. Darslik. Toshkent. 2013. B. 331.
8. Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в полевных хлопковых районах. -Ташкент: 1963. -440 б.
9. Nurmatov Sh. va boshqalar. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. O'zPITI, T. 2014. B. 1-131.
10. Ostonakulov T., Alimardonov O., Amanturdiev I., Shamsiev A. Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern Uzbekistan. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, pp. 11907-11916. 2021.
11. Ризаев Ш.Х. Влияние глубины вспашки на агрофизические свойства почвы и сорные растения на пшеничном поле. Путь науки (The Way of Science) Межд. науч. журнал, Россия. № 1 (35), 2017. С. 50-53.
12. Ризаев Ш.Х. Влияние ресурсосберегающих технологий обработки почвы на сорные растения и урожайность озимой пшеницы. Современное состояние, традиции и инновационные технологии в развитии АПК: Мат. Межд. науч.-прак. конф. Башкирский ГАУ.-2020,-с. 295-299.
13. Sharifov K., Rizayev Sh.X. The effects of different soil processing depths on the distribution of weeds through soil layers in irrigated land. 1st International Forum on Bioeconomy for Sustainable Development of Countries and Regions (IFBSDCR). Multidisciplinary Scientific Journal. SAM TSAU jointly with Latvia University of Life Science and Technology (LLU) 27th & 28th April 2022, Samarkand, Uzbekistan. 2022. Pp. 78-84.
14. Шарифов К.Ф., Джураев А.М., Ризаев Ш. Влияние глубины впахи на водные и физические свойства почвы при борьбе с сорняками на пшеничных полях. - Мировая наука: Проблемы и инновации, 2016. С. 124.
October 5-6