Oriental Journal of Social Sciences SJIF for 2022: 5.908
ORIENTAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
SUPPORT
SCIENCE journal homepage:
https://www.supportscience.uz/index.php/oiss
TOSHKENT VOHASI SHAHARLARIANTROPOLGIYASIGA OID TADQIQOTLAR
TAHLILI
M.M. Askarov
PhD, dotsent
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti E-mail manzili: [email protected]
I. Sulaymanov
magistrant,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti E-mail manzili: [email protected]
Kalit so'zlar: etniklik, Annotatsiya: Ushbu maqolada Toshkent vohasi
shahr antropolgiyasi, shaharlari aholising antropologiyasi bilan qiziqib ilmiy ishlar
shaharsozlik, Toshkent vohasi olib borgan sovet davri va mustaqillik yillarida izlanishlar
olib brogan etnolog tarixchilarning asarlari, ilmiy ishlari tarixshunoslik nuqtayi nazaridan chuqur tahlil etilgan. Bundan tashqari shahar antropologiyasiga oid tushunchalar O'zbekistonning boshqa hududlarida ham olib borilgan tadqiqotlar tahlili ham o'rin olgan.
ANALYSIS OF STUDIES ON THE ANTHROPOLOGY OF TASHKENT OASIS
CITIES
M.M. Askarov
PhD, associate professor
Tashkent State University of Oriental Studies
E-mail address: [email protected]
I. Sulaymanov
master student
Tashkent State University of Oriental Studies E-mail address: [email protected]
Key words: ethnicity, Abstract: In this article, the works and scientific works
urban anthropology, urban of ethnologist historians who were interested in the development, Tashkent oasis. anthropology of the inhabitants of the cities of the Tashkent
oasis and carried out scientific work during the Soviet period and the years of independence, are deeply analyzed from the point of view of historiography. In addition, the concepts of _urban anthropology and the analysis of studies conducted in
other regions of Uzbekistan are also included.
АНАЛИЗ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО АНТРОПОЛОГИИ ТАШКЕНТСКИХ ГОРОДОВ-
ОАЗИСОВ
М.М. Аскаров
PhD, доцент
Ташкентский государственный университет востоковедения Электронный адрес: [email protected]
И. Сулайманов
магистрант
Ташкентский государственный университет востоковедения Электронный адрес: [email protected]
Аннотация: В данной статье глубоко анализируются труды и научные труды историков-этнологов, которые интересовались антропологией жителей городов Ташкентского оазиса и проводили научную работу в советское время и годы независимости с точки зрения с точки зрения историографии. Кроме того, также включены концепции городской антропологии и анализ исследований, проведенных в других регионах Узбекистана._
Ma'lum bir xalqning etnogenezi, uning etnik tarixi masalasini tadqiq etishda, ilmiy asoslangan tarixiy, etnografik, arxeologik, antropologik, manbashunoslik bilimlarning qanday yondoshuv asosida o'rganilganligi, haqqoniyligi, tahlili va uning nazariy konseptual asoslari o'rganish muhim rol o'ynaydi.
Toshkent vohasidagi etnik jarayonlar tarixini o'rganishga bag'ishlangan adabiyotlarni xronologik nuqtayi nazardan to'rt bosqichga ajratib, tahlil qilish mumkin:
1) 1950 - 1991-yillar;
2) 1991 - 1998 yillar;
3) 1998 -2016 yillar;
4) 2016 yildan bugungi kungacha yozilgan adabiyotlarda muammoga oid tadqiqotlar. XIX asr davomida rus imperatori tomonidan siyosiy maqsadlarni ko'zlab, yuborgan mutaxassislar O'rta Osiyoni har tomonlama o'rgandi. Mintaqa tabiiy boyliklarini o'rganish va uni o'zlashtirish topshirig'i asosida yozilgan rus adabiyotlarida O'rta Osiyo xalqlari to'g'risidagidastlabki ma'lumotlar uchraydi.
Shunday qilib, o'rganilayotgan mavzuga doir XIX asr so'nggi choragidan boshlab XX asr 90 - yillarigacha bo'lgan davrda yozilgan asarlar turli xil siyosiy-mafkuraviy qarashlar asosida yozilganligi bilan ajralib turadi.
Sovet davlatida etnourbanistikaning mustaqil ilmiy yo'nalish sifatida taraqqiy etishi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, uning turli bosqichlarda sayqallanib borganligini ko'rish mumkin. Uzoq davr maboynida shahar, sovet etnografiya fanining predmeti sifatida o'rganilmadi. Shahar qiyofasi tadqiqot ob'yekti sifatida Rossiya geografiya jamiyati a'zolari tomonidan shahar aglomerasiyasining shakllanishi, tarkibiy tuzilishi, funksional-genetik tasnifi masalasi o'rganilgan1.
Ключевые слова: этнос, городская антропология, градостроительство, Ташкентский оазис
1 Семенов Тян-Шанский В.П. Город и деревня в Европейской России. - Санкт-Петерьург, 1910; Крубер А.А.
Антропогеография. - Санкт-Петерьург, 1915.
Shuningdek, shaharlik aholining xo'jalik madaniyati hamda uning arxaik ko'rinishlari qayd etilgan2 Bevosita O'zbekiston shaharlariga oid o'lkashunoslik tadqiqotlari ham bajarildi3.
Etnograflar dastlab shaharga etnik xususiyatga ega bo'lmagan tizim sifatida baho berib, uni sivilizsiyalar unsuri, an'anaviy madaniyatga putur yetkazuvchi, ulkan qishloq aholisi massivlaridan ajralgan muhit sifatida tadqiq etishgan4.
XX asrning 20-30- yillarida sovet etnograflarining asarlarida5 shahar aholisining (asosan ishchilar) turmush tarzi va urf-odatlari atroflicha tahlil etilgan hamda shahar ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida o'rganilgan. 1926-yilda Leningradda shahar etnografiyasiga oid dastlabki ilmiy maqola ham yaratildi.
1929-yilgi Etnograflarning majlisi qarorida asosan, aholining sanoatgacha bo'lgan guruhlarini tadqiq etish belgilandi6. Bu yo'nalishdagi tadqiqotlar sirasiga O.Suxarevaning tadqiqotlarini kiritish mumkin.
Olima Samarqand shahri aholisining xo'jalik faoliyatida urug'chilik jamiyatiga oid belgilarning yo'qolib ketganligi, shahar aholisi orasida an'analarning faqatgina oilaviy munosabatlar va to'y rasm-rusmlarida saqlanib qolganligini ta'kidlaydi7.
XX asrning 50-yillaridan sovet etnografiyasida shahar mavzusini tadqiq etish yangi bosqichga ko'tarildi. Bu markaziy shaharlarga urushdan keyingi yillarda ko'plab aholining ko'chib kelishi bilan bog'liq edi8.
Shu tufayli bo'lsa kerak, bu davrdagi mavzuga doir adabiyotlarda yangi kolxoz kishilarining maishiy turmushidagi shahar muhiti, dehqonlarning turmush tarzi, turar-joy, kiyinish uslublarida shaharga xos bo'lgan xususiyatlar rivojlanib borayotganligi hamda bu jarayonning aholi an'anaviy mashg'ulotiga ta'sir etganligiga alohida e'tibor qaratilgan9. Shaharlarni tarixiy-etnografik jihatdan o'rgangan ayrim asarlar ham yaratilgan10.
60-70- yillarga kelib sovet etnografiyasi fanida shahar etnologiyasi mavzusi alohida ilmiy yo'nalish bo'lib shakllandi11. Shahar antroplogiyasini o'rganishning yuksalishini sovet etnografiyasi tadqiqot doirasining kengayishi bilan bog'lash mumkin12. Uning geografiyasi sosialistik mamlakatlari shaharlarini qamrab olish hisobiga kengaya boshlagan edi13.
2 Забелин И.Г. Домашний быт русских царей. Т.1. - Москва, 1862; Домашний быт русских царей. Т.2. -Москва, 1869.
3 Богородицкий П. Льтопись первой городской церквы в городе Ташкенте. - Верны, 1908.
4 Кунукова З. Полиэтничный город как объект историко-этнологического исследования. Дисс. док. ист. наук. - Москва, 2001.
5 Прусаков А.П. Современный фольклор московских рабочих //СЭ, №3. - Москва: Ленинград, 1949. - C.201-207.
6 Винер Б., Дивисенко К. Становление этнографии города в Ленинграде/Петербурге. // Петербургская социология сегодня. Вып. 9. - Санкт-Петербург, 2018. - С.143-168.
7 Сухарева О.А. Свадебные обряды таджиков г. Самарканда и некоторых других районов Средней Азии // СЭ, №3. - Москва: Наука, 1940. - С.172.
8 Винер Б., Дивисенко К. Становление этнографии города в Ленинграде/Петербурге. // Петербургская социология сегодня. Вып. 9. - Санкт-Петербург, 2018. - С.143-168.
9 Винников Я.Р. Современное жилище колхозников-туркмен Марыйской област//СЭ, №2. - Москва: Ленинград, 1950. - C.107-120.
10 Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). - Ташкент: Издательство АН УзССР, 1958. - 145 с.
11 Этнокультурные процессы в современном полиэтническом городе (на материалах Ташкента). Отв. ред. Алимова Д.А., Хан В.С. - Ташкент, 2011. - С.5.
12 Шабаев Ю.П., Садохин А.П., Лабунова О.В., Сазонова Н.Н. Антропологическое понимание городаи методология урбанистического изучения. // Мониторинг общественного мнения: Экономические и социальные перемены. 2018.
13 Крастыня А.К. О строительстве жилых домов колхозников в Латвийской ССР // СЭ, №3. -Москва: Ленинград, 1960. -сс.52-65.
Shu o'rinda aytish o'rinliki, O'zbekistondagi sotsialistik shaharlar tarixiga bag'ishlangan ko'plab asarlar14 va tadqiqot ishlari15 yozildi. Biroq mazkur asarlarni etnologik tadqiqotlar sirasiga kiritib bo'lmaydi.
Bu davrda O.Suxarevaning shahar madaniyati va hayotiga oid monografiyalari yaratildi. Unda Buxoro shahri aholisining madaniyati, turmushidagi o'ziga xosliklar tahlil etildi16. Shahar hayoti masalasini etnologiya sohasi doirasida o'rgangan D.Kogan shahar va qishloq aholisi o'rtasidagi munosabatlarni shahar etnografiyasi muammolari doirasida o'rgandi. U ikki muhitda yashovchi kishilar o'rtasidagi munosabatlarning shakllanishida muhim rol o'ynovchi etnografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tahlil qilgan bo'lsa17, Pershis va Smirnovalar bir millatli va aralash nikohlar mavzusini o'rgandilar. Yu.Pershis bu borada ko'rsatkichlarni taqqoslash bo'yicha bir qator usullarni ishlab chiqdi18.
S.Tokarev sanoatlashgan o'lkalar aholisining etnografik tadqiq etishning vazifalari xususida o'zining nazariyalarini bildirdi19. L.Anoxina va M.Shmelevalar Tokarevdan farqli ravishda, aniq bir shaharni tanlash, uni o'rganishda anketa-statistik ma'lumotlardan foydalanishning ahamiyatini yuqori baholadi. Mualliflar shaharning taraqqiyotida alohida guruhlarining rolini ochib berishga uringan20. R.Lipes esa zamonaviy shahar fenomenining xalqni o'zlikni anglashidagi ahamiyatini ochib beradi21. Yu.Kolosova va E.Nitoburglar xorijdagi urbanizasiya jarayonlarini etnologik jihatdan tahlil etadi22. N.Volkovaning izlanishlari esa zamonaviy shahar aholisining etnik xaritasining shakllanishidagi tarixiy omillarni ko'rsatib berishga xizmat qiladi23.
Mazkur muammoni o'rganishda M.Shmeleva juda faol ishtirok etdi. U L.Anoxina bilan birgalikda shahar aholisining tasnifiga doir, zamonaviy shaharlari turar joylari taraqqiyotining qator muammolari, so'nggi yuz yillikdagi rus shaharlari aholisi moddiy madaniyati taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari, Budina bilan hamkorlikda esa SSSR shaharlarini etnografik o'rganish masalalari va rus shaharlari aholisining zamonaviy turmushidagi jamoaviy bayramlar mavzusini yoritib bordi. M.Shmeleva RSFSR shaharlari aholisi turmushi haqida Anoxina bilan birgalikda fundamental asar ham yaratdi24 Uning tadqiqotlari ko'p jihatdan nazariy va tavsifiy xususiyatga ega bo'ldi.
G.Ostrovskiy rus shaharlarining qiyofasini o'rganishda rus xalqining tasviriy ijodiga alohida e'tibor qaratadi. Ya'ni milliy arxitektura faqatgina shaharsozlik emas, balki shu shahar aholisining madaniyati, psixologiyasini tadqiq etishga ham xizmat qilishini ta'kidlaydi25. Bu
14 Ахмедов Э.А. Новые города Ташкент-Чирчик-Ангренского промышленные район. Дисс. 1962; .
15 Рахимов М. История основания и развития социалистического города Бекабада (1942-1965 г.г.). Дисс. кан. ист. наук. - Ташкент, 1968;
16 Сухарева О.А. Позднефеодальный город Бухара. - Ташкент, изд-во АН Уз ССР, 1962. - 235 с; Сухарева О.А. Бухара конца XIX - начала XX веков. - Москва: Наука, 1966. - 166 с.
17 Коган Д. Связи городского и сельского населения как одна из проблем этнографии города // СЭ, №4. -Москва, 1967. - С.40-51.
18 Першиц И. О методике сопоставления показателей однонациональной и смешанной брачности // СЭ, №4. - Москва, 1967. - С.129-137.
19 Токарев С. О задачах этнографического изучения народов индустриальных страна//СЭ, №5. - Москва,
1967. - С. 133-143.
20 Анохина Л.А., Шмелева М.Н. Использование анкетно-статистических данных при этнографическом изучении города // СЭ, №2. - Москва, 1968. - С.18.
21 Липец Р.С. К вопросу о генезисе былин (город в русском эпосе) // СЭ, №6. - Москва, 1967. - С.42-53.
22 Колосова Ю.А. Особенности урбанизации негритянского населения США // СЭ, №2. - Москва, 1968. -С.46-56;
23 Волкова Н.Г. Изменения в городском населении Закавказья в конце XIX—XX веке // СЭ, №6. - Москва,
1968. - С.39-52.
24 Анохина Л., Шмелева М. Быт городского населения средней полосы РСФСР в прошлом и настоящем. -Москва, 1977.
25 Островский Г.С. О природе русского городского изобразительного фольклор // СЭ, №1. - Москва, 1974. -С. 104-113.
yondashuv vizual tadqiq etish usuliga o'xshash bo'lib, Amerika shaharlarini o'rganishda Kreysning aynan shu yo'ldan borganligi yuqorida ta'kidlangan edi.
XX asrning 80-yillariga kelib, sovet etnografiyasi sohasida shahar etnologiyasi yo'nalishi o'z taraqqiyotiga erishdi26. Bu davrda zamonaviy shaharlardagi ma'lum etnoslarning hayoti masalasi G.Starovoytova, M.Xaykina, L.Monogarova, M.Rabinovich va M.Shmeleva, Yu.Arutyunyan, shahar va etnomadaniyat muammosi M.Rabinovich, A.Mbilnikova, O.Budinva, M.Shmeleva, Ye.Filippova, V.Bondarchik, E.Pain, A.Ter-Sarkisyans, shaharlarga migrasiya va etnik aralashuv, ko'pmillatlilik, shahar muhitida milliy o'zlikni anglashga doir A.Ginzburg, A.Pokshishevskiy, V.Koroteyeva, Yu.Arutyunyan, V.Chistov, M.Kogan, shaharni tadqiq etish metodologiyasi va urbanizasiya nazariyalari M.Rabinovich, M.Shmeleva, A.Suskolov, V.Gusev, N.Dubova, S.Sokolovskiy kabi sovet etnograflari tadqiqotlaridan joy oldi.
O'zbekistonda N.Savchenko, A.Djalilov, S.Tursunov, Sh.Zuxritdinovlarning sosialistik shaharlar mavzusidagi risolalari yaratildi27. N.Savchenkoning "Chirchik" risolasi o'zbek, rus, fransuz va ingliz tillarida chop etildi. Shuningdek, ushbu yo'nalishda qator tadqiqotlar ham olib borildi28. Mazkur ishlarda asosan, jamiyat taraqqiyotining shahar qiyofasida aks etishi, ularning sosialistik millat vakillari birdamligini ta'minlashdagi ahamiyatini ko'rsatib berishga ko'proq e'tibor qaratildi29. O.Suxareva va R.Mukminovaning asarlarini esa tarixiy shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid tadqiqotlar sirasiga kiritish mumkin30.
Bu davrdagi shahar muammosiga doir etnografik tadqiqotlar sifatida V.Koroteyevaning ishlarini alohida qayd etish lozim31. Mazkur tadqiqot ishida ko'pmillatli yirik shaharlar aholisi orasidagi tug'ilishning etnososial talqini yaratildi. Toshkent va Tbilisi shaharlarida turli millat vakillaridan iborat (turmushga chiqqan) ayollar o'rtasida so'rovlar o'tkazish, ZAGSlar arxivi qaydlari hamda aholi ro'yxatiga doir ma'lumotlar tahlili orqali ko'pfarzandli yoki kam bola tug'ilishining etnik, ijtimoiy-iqtisodiy omillari aniqlangan.
Toshkent shahrining mahalliy tub aholisi orasida qolgan millatlarga nisbatan ko'pfarzandlilikning ustunligi, aholi demografiyasida tabiiy o'sish jarayoni shu millat vakillarining ulushiga to'g'ri kelishi ta'kidlangan32.
Aytish mumkinki, sovet davrida shahar antropologiyasini o'rganilishiga doir tadqiqot ishlarilarda umumiylik bilan birga qatorda ayrim o'ziga xosliklar mavjud. Sovet jamiyatida yashovchi aholining maishiy turmushini o'rganish, sosialistik taraqqiyotning kishilar kundalik hayotiga olib kirgan yuksalishlarni tarannum etish yondoshuvi deyarli barcha mualliflarga xosdir. Bu borada etnologik tadqiqotlarning ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishi bilan juda kuchli bog'langanligini ko'rish mumkin.
Mustaqillik yillarida shahar mavzusini tadqiq etish turli soha vakillarining diqqat markazida bo'ldi. Natijada ushbu muammoni o'rganishning turlicha talqini vujudga keldi. Shu sababdan ularni o'rganishda guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq deb topildi. Tanishib chiqilgan adabiyotlarni tasniflashda tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan muammoning mavzusi yuzasidan yaqin bo'lgan adabiyotlar va dissertasiyalar bir guruhga umumlashtirildi.
Shulardan birinchisi, shaharlar tarixiga bag'ishlangan tadqiqotlar33 bo'lib, mazkur masala mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko'pchilik olimlar tomonidan o'rganildi.
26 Рукавишников В. Население города: социальный состав, развития, оценка городской среды. - Москва, 1980. - 246 с.
27 Савченко Н., Джалилов А. Чирчик. - Ташкент: Узбекистан, 1980;
28 Зухритдинов Ш. Возникновение новых городов и их роль в строительстве социализма в Узбекистане. Дисс. док. ист. наук. - Ташкент, 1984;
29 Исмаилова Ж. Социально-экономическая и культурная жизнь "новой" части города Ташкента в 60-х годах XIX - начале ХХ в. Авт. дисс. кан. ист. наук. - Ташкент, 1988. - С.4.
30 Сухарева О.А. Квартальная община позднефеодального города Бухары. - Москва: Наука, 1976. - 370 с
31 Коротеева В. Этносоциальные аспекты рождаемости у населения крупного многонационального города (По материалам Ташкента и Тбилиси). Дисс.кан. ист. наук. Этнография. - Москва, 1987.
32 Коротеева В. Курсатилган манба. - С.5.
^^^риева^^ошкент^а^ринингиарииийиииийивйииииииеиии!!^^
www. supportscience.uz/index.php/oj ss 135
Jumladan, M.Mambetullayev, A.Kojageldiyev, A.Kudiyarov, G.Agzamova, Yu.Raxmonva, S.Saymanov, A.Xasanov, X.Bo'riyeva, M.Xatamova, Z.Yesnazarova, U.Mansurovlar o'z ishlarida turli davrga oid shaharlarning tarixi, aholining ijtimoiy tarkibi, shaharlar madaniyatning o'sha davrga xos bo'lgan xususiyatlarini ochib berdilar. Shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, tarixiy qiyofasi, aholining ijtimoiy tarkibi, shahar madaniyatida jamiyat a'zolarining ishtiroki kabi masalar o'z o'rnini topgan34.
Shuningdek, shahar tushunchasining etnik xususiyatlari, shaharlarning vujudga kelishida tarixiy shart-sharoitlarning roli hamda har bir shaharning tegishli vazifalari haqida to'xtalingan35. Qolaversa, toponimlarning etimologiyasi tahlili orqali shahar aholisining etnik xususiyatlari yoritiligan36.
Mazkur guruhga doir tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, bir makonda turli ijtimoiy qatlamlarning to'planganligi, shaharning ma'muriy markaz sifatidagi rolining yuqoriligi hamda uning paydo bo'lishi va qulashi oralig'idagi ma'lum davrda mavjud bo'lishi kabi xususiyatlar shahar qiyofasini aks ettiruvchi jihatlar hisoblanadi. Shu o'rinda har qanday zamonaviy shahar antropologiyasini tadqiq etishda va unga ta'sir etuvchi omillarini tahlil etishda shahar tarixiga murojaat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O'z o'rnida ijtimoiy-iqtisodiy hayot ham har qanday zamonaviy shahar qiyofasi haqida tasavvurning shakllanisha imkon beruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shu tufayli shahar antropologiyasini tadqiq etishda uning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o'rganmasdan maqsadga erishish mushkul.
Bu borada mustaqillik yillarida shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilganligini ta'kidlash o'rinli. Ushbu yo'nalishda tarix sohasida I.Ramazonov, J.Tursunov, E.Ahmedov, A.Xasanov, S.Shadmoanova, Sh.Raxmatullayev, D.To'xtaboyeva, G.Seydametova, J.Peremkulov37 tadqiqotlar olib borib, jamiyat aholisining ijtimoiy tarkibi, demografiyasi, hududda joylashuvi kabi qator muammolarni yoritdilar.
Xususan, J.Peremkulovning o'zining dissertasiyasida Toshkent viloyati sanoat shaharlari tarixi orqali O'zbekistonning sanoat shaharlarida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini batafsil ochib bergan. Ayniqsa, bu ish rasmiy hujjatlar va arxiv materiallari ma'lumotlaridan ko'plab foydalanilgani bilan ham ahamiyatlidir. Shuningdek, chet ellik olimlar tomonidan mavzuning o'rganilishiga doir tahliliy xulosalari tegishli muammoning xorijdagi talqini xususiyatini ochib beradi38.
Biroq mazkur ishda biz nazarda tutgan sanoat shaharlari aholisining turmush tarzi, ro'y berayotgan ijtimoiy-madaniy o'zgarishlarga moslashuvi masalasi aks etmaydi.
Iqtisodchilardan esa U.Sultanov, A.Akilov, S.Zokirov, S.Safarov, S.Safayevalar39 o'z sohalari doirasida shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, xususan, shahar aholisiga daromad keltiruvchi yordamchi sohalar, bozor iqtisodi talablariga kishilarning turmushini moslashtirish muammolari bilan shug'ullandilar.
Qolaversa mazkur yo'nalishda geografiya sohasida M.Egamberdiyeva, A.Mavlonov, S.Tashtayevalar40 shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tabiiy shart-sharoitlari, aglomerasiya jarayonlarining xususiyatlarini o'rgandilar. To'g'ri, keyingi o'rinlarda ta'kidlangan
34 Агзамова Г.А. XVI-XIX асрнинг биринчи ярмида Узбекистан шадарлари ва шадарлар даёти. Тар. фан. док. дисс. авт. - Тошкент, 2000. 6-11-бетлар.
35 Хатамова М.М. Турк хоконлиги шадарлари (VI-VIII асрлар). Тар. фан. фал. док. (PhD) дисс. авт. -Тошкент, 2018;
36 Буриева Х. Тошкент шадрининг тарихий топонимлари. - Тошкент: Noshirlik yog'dusi, 2009. 35-бет.
37 Рамазонов И.Р. Шадар билан кишлок адолисининг социал даёт шароитларини якинлаштириш муаммолари. Тар. фан. док. дисс. - Тошкент, 1992.
38 Перемкулов Ж. ХХ аср урталари - XXI аср бошларида Тошкент вилояти саноат шадарлари тарихи. Тар. фан. фал. док. (PhD) дисс. авт. - Тошкент, 2021. 6-бет.
39 Султанов У.С. Социально-экономическое развитие малых средних городов Ферганского экономического района. Дисс. кан. экон. наук. - Тошкент, 1993.
40 Эгамбердиева М.М. Бозор икисодиёт шароитида шадарлар ривожланишининг минтакавий муаммолари (Тошкент вилояти мисолида). Геог. фан. номз. дисс. - Тошкент, 2008.
tadqiqotlar shahar antropologiyasi muammosiga taaluqli emasdek ko'rinadi. Biroq, tabiiy sharoitning mintaqa aholisining ruhiyati, xo'jaligi va madaniyatining shakllanishida muhim rol o'ynaganligiga dissertasiya yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarda guvoh bo'lindi.
Ma'lumki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning darajasi urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvida o'z aksini topadi. Manzilgohlarning shaharlashuvi esa u yerda yashayotgan aholining turmushiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shahar aholisining hayot tarzidagi o'zgarishlarni urbanizasiya jarayonlari bilan bog'liq holda qator soha vakillari o'rgandilar. Jumladan, urbanizasiya jarayonlarini tarixiy aspektda o'rgangan O.Ata-Mirzayev, V.Gentshke, R.Murtazayeva, A.Saliyevlar tomonidan urbanizasiya jarayonlarining tarixiy-demografik xususiyatlari tahlil etilgan bo'lsa41, Yo.Rozimova mazkur jarayonga Xorazm vohasi misolida globallashuv davrida ta'sir etuvchi omillar, shahar turmush tarzini joriy etish masalasi, ekologik vaziyatning ta'siri, migratsiya jarayonlarining aholi milliy tarkibiga ta'siri, aholi demografiyasining o'ziga xos jihatlariga alohida etibor qaratdi42.
Shuningdek, D.Rasilova ekologik madaniyatning shakllanishida urbanizasiyaning rolini falsafiy nuqtai nazardan yoritgan bo'lsa43, sosiologiya sohasida R.Isaqova urbanizasiya davrida milliy qadriyatlarda ro'y beradigan transformasiyalarni tadqiq etdi. U ayniqsa, o'zbek xalq ma'naviy madaniyatining urbanizasiya jarayonlaridagi o'zgarishlar dinamikasi, aholi turli tabaqalari tafakkuri va turmush tarzda milliy qadriyatlarning o'rni masalasiga alohida to'xtaldi44.
P.Qurbonov esa urbanizasiya jarayonlarining geografik omillariga doir tadqiqot olib bordi45. Bundan tashqari A.Vetlugina urbanizasiya davrida shaharning joylashgan hududi xususiyatidan kelib chiqib, uning arxitekturasini hal etishga doir izlanishlar olib bordi46.
Xullas, bundan ko'rinadiki, urbanizasiya shahar hayotining barcha tomonlariga ta'sir etadi, jumladan uning madaniyatiga ham. Shahar madaniyati va shaharsozlik madaniyatining o'zi shahar antropologiyasining muhim jihati hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mazkur yo'nalishda ham talay tadqiqotlar amalga oshirildi. Ular sirasiga D.Ziyoyeva, O.Dospanov, M.Isamiddinov, B.Eshov, S.Zohidova, I.Yuldashev, J.Eshtemirov, O.Kdirniyazov, A.Tog'ayeva, M.Sidikova, D.Normurodovlarning47 dissertasiyalarini kiritish mumkin.
Ularda O'zbekiston hududida shaharsozlik madaniyati va zamonaviy shahar madaniyati shakllanishi masalalari tadqiq etilgan. Bu borada J.Peremkulovning Zamonaviy shahar madaniyati bo'yicha qilingan eng so'nggi yirik ishlardan biri sifatida "F1-FA-0-11986 raqamli "O'zbekiston shaharlari tarixi: an'analar, urbanizasiya va transformasiya jarayonlari (eng qadimdan hozirgacha)" fundamental loyihasi" doirasida yaratilgan monografiyasini keltirish o'rinli48. Unda shahar muammosi bilan bog'liq deyarli barcha jihatlar qamrab olingan.
Zamonaviy shahar muhiti, uning boshqaruvi, klassifikasiyasi, aglomerasiyalar va urbanizasiya kabi muhim masalalar yoritilib, shahar aholisining demografiyasi, respublika hisobida ulushining ortib borayotgani tahlil etilgan49. Ayniqsa, D.Ziyoyevaning ishlarida shahar
41 Ата-Мирзаев О.. Гентшке В., Муртазаева Р., Салиев А. Историко-демографические очерки урбанизации Узбекистан. - Ташкент, 2002.
42 Розимова Ё.Ю. Узбекистонда урбанизация жараёнлари (Хоразм вилояти ва Коракалпогистон Республикаси мисолида 1991-2007). Тар. фан. ном. дисс. - Тошкент, 2010;
43 Расилов Д. Урбанизациялашган мудитнинг экологик маданиятни ривожлантиришдаги роли. Ижт. фал. фан. ном. дисс. - Тошкент, 2000.
44 Исакова Р. Урбанизация жараёнларида миллий кадриятларнинг трансформацияси. Соц. фан. ном. дисс. -Тошкент, 2008.
45 Курбонов П.Р. Жанубий Узбекистонда урбанизация жараёни ривожланишининг омиллари ва иктисодий географик асослари. Геог. фан. ном. дисс - Тошкент, 2012.
46 Ветлугина А.В. Функционально-планировочная организация малых городов - структурных элементов территориальных градостроительных систем Узбекистана. Дис. кан. архит. наук. - Ташкент, 2011.
47 Доспанов О.Т. Городская культура Правобережного Хорезма в эпоху среднеевековья (по примере городища Джанпык-кала). Дис. кан. ист. наук. - Нукус, 1996;.
48 Узбекистонда замонавий шадар маданияти (1991-2016 йиллар). - Тошкент: Yangi nashr, 2017. - 246 бет.
49 Уша асар. 267-бет.
madaniyati va etnik aralash hududlardagi etnomadaniy hayotdagi ziddiyatli va muammolar yoritilgan50. Ushbu ma'lumotlar muammoni o'rganishda muhim, biroq, etnologik talqinda bo'lmaganligi bois shahar antropologiyasini to'la ochish imkonini bermaydi.
Shaharni kompleks o'rganish bo'yicha so'nggi yillarda qilingan eng muhim tadqiqotlar sifatida Yu.Rahmonovaning ishlarini alohida qayd etish lozim. Ularda shaharning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jaryonlarda tutgan o'rni, shaharsozlikdagi an'anaviylik, chet ellik sayyohlarning shahar haqidagi taassurotlari, shahar ma'muriy boshqaruvining mahalliy xususiyatlari, an'anaviy iqtisodiy tarmoqlari va xo'jaliklari, shahar me'moriy qiyofasining o'zgarib borishi, madaniy hayot, aholining maishiy hayotidagi transformasiyalar, shahar madaniyatining yo'nalishlari, xususan maorif sohasidagi yuksalish, aholining e'tiqodiy qarashlari, ayollarning kundalik va marosimiy hayoti yoritilgan51. Shuningdek, hududdagi ayrim diasporalar tarixiga ham to'xtalingan52.
Shahar mavzusi doirasidagi tadqiqotlarning xilma-xilligini shu bilan baholash mumkinki, bu borada arxitektura, texnika, tibbiyot sohalarida ham qator tadqiqotlar olib borildi53.
Shahar antropologiyasining o'rganilishi haqida so'z ketar ekan, mazkur muammo bo'yicha amalga oshirilgan etnologik tadqiqotlar haqida to'xtalish maqsadga muvofiq. Mustaqillikning dastlabki yillarida bu muammoni o'rganishga qo'l urgan I.Sadgyan, B.Ubaydullayeva, Z.Arifxanova, G.Zununova, M.Kamaritdinova, M.Payziyeva, Z.Rasulova, V.Xanlar o'z tadqiqotlarida shahar sharoitida farzand tarbiyasi, ijtimoiy hayotdagi etnik xususiyatlar, shahar aholisining marosimiy hayoti hamda nikoh to'yi bilan bog'liq urf-odatlar, shahardagi diasporalar muammosini o'rganishgan54.
Buni ularning asosan kichik oilalarda tarbiya topayotganligi bilan izohlash mumkin. Shu mavzuga yaqin bo'lgan B.Ubaydullayevaning tadqiqotlarida asosiy e'tibor o'zbek xalqining an'anaviy etnopedagogikasiga qaratilgan bo'lsada, shahar sharoitida u bilan bog'liq masalalarga ham atroflicha to'xtalib o'tilgan.
Shahar aholisining etnomadaniyatiga doir Z.Arifxanova, G.Zununova, M.Kamaritdinovalar tomonidan yozilgan monografiyada ham tadqiq etilayotgan mavzuga doir ko'plab qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Mualliflar tomonidan tegishli muammo yuzasidan ko'plab dala etnografik ma'lumotlarni keltirgan.
Jumladan, etnomadaniy jarayonlarda an'anaviy jamiyatlarning faoliyati, mahalla, qo'shnichilik institutlarining kishilar hayotidagi o'rni55, shahar aholisiga xos etnomadaniy belgilarning moddiy madaniyatlarda aks etishi56, shahar aholisi xo'jalik hayotida an'anaviy hunarmandchilik roli, shaharlik o'zbek oilalarining ma'naviy hayoti Toshkent shahri misolida tahlil etilgan57.
Shahar aholisining an'anaviy va zamonaviy motam marosimlari masalasi M.Payziyevaning monografiyasida o'z aksini topgan. Mazkur masala muallif tomonidan shahar
50 Зиева Д. Узбекистон шадарлари XIX ааасрнинг иккинчи ярми - ХХ асрнинг бошлари. - Тошкент: Yangi nashr, 2017. 413-417-бетлар.
51 Рахмонова Ю. Хива шадри тарихи (анъана ва узгаришлар, 16 аср-20 аср бошлари). - Тошкент: Akademnashr, 2019. - 222 б.; Рахмонова Ю. Хива тарихидан лавдалар - Тошкент: Akademnashr, 2019. - 222 б.
52 Рахмонова Ю. Хива тарихидан лавдалар - Тошкент: Akademnashr, 2019. 42-43-бетлар.
53 Мамаджанов И.М. Преемственное развитие градостроительной среды исторического города (на примере Коканда). Дисс. кан. архит. наук. - Ташкент, 1994.
54 Пайзиева М.Х. Тошкент шадри узбекларининг анъанавий ва замонавий мотам маросимлари (ХХ аср). Тар.
фан. ном. дисс. - Тошкент, 2009;.
55 Арифханова З., Зунунова Г., Камаритдинова М. Ташкента. - Ташкент: Фан, 2005. С.8-52.
56 Арифханова З., Зунунова Г., Камаритдинова М. Ташкента. - Ташкент: Фан, 2005. С.8-52.
57 Уша асар. 103-167-бетлар.
Современные этнокультурные процессы в махаллях Современные этнокультурные процессы в махаллях
aholisining motam marosimlaridagi etnik va mahalliy (lokal) xususiyatlar orqali ochib berilgan58. Bu tadqiqot alohida etnos misolida o'rganliganligi bois, shaharda yashayotgan ko'plab etnik guruhlarning marosimiy hayoti va bu bog'liq etnomadaniy xususiyatlarni to'liq ochib bermaydi. Bu borada D.Alimova va V.Xan muxarrirligidagi monografiya59 ahamiyatli hisoblanadi.
Asarda shahar aholisining etnodemografik xususiyatlari, etnik identiklikdagi transformasiya jarayonlari, shaharda yashayotgan turli millat vakillarining jamoaviy hayoti kabi shahar antropologiyasini ochib beruvchi muhim masalalar tadqiq etilgan. Ayniqsa, "sovetcha identiklikning" turli sosialistik bayramlar orqali shakllanishiga doir ma'lumotlar60 sanoat shaharlari aholisining o'zligini anglashi bilan bog'liq masalalarni yoritishda muhim. Unga qo'shimcha qilib aytish mumkinki, sosialistik bayramlardan tashqari, ixtisosligidan kelib chiqib, har bir sanoat shahrining o'z bayramlari ham bo'lgan. Jumladan, Chirchiq shahrida "Kimyogarlar kuni", Angrenda "Konchilar kuni" va boshqalar. Bu haqda dissertasiyaning tegishli paragrafida batafsil to'xtalingan.
Mustaqillik yillarida aynan Toshkent viloyati sanoat shaharlari o'rganilgan qator asarlar ham yaratildi. Bu borada hududning toponimlariga oid ishlarni61 alohida ta'kidlash o'rinlidir. Ulardagi turli tomonimlar sharhi orqali berilgan ma'lumotlardan voha aholisining etnik tarixiga doir qimmatli ma'lumotlarni olish mumkin.
Ushbu davrda sanoat shaharlarini o'rganish bo'yicha bevosita mazkur sanoat shaharlari tadqiqotchilari tomonidan ham qator ishlar bajarildi. Jumladan, O.Levka, J.Nasriddinov, A.Hasanov, Yormatovlar Chirchiq, Bekobod, Olmaliq shaharlarining shakllanishiga doir o'z risolalarini chop ettirdilar62. Bu borada so'nggi yillarda ushbu mavzudagi ilmiy-ommabop nashrlarning63 ko'payganligini alohida ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq. Ularning ahamiyatli tomoni shundaki, so'nggi yillardagi sanoat shahri aholisi demografiyasi64, shahar topografiyasining tarixiy ildizlari65 masalalari qisman bo'lsada yoritilgan.
Biroq bularni ilmiy-ommabop nashrlar ruknidagi ishlar sifatida e'tirof etish o'rinli. Mazkur asarlardagi aksariyat ma'lumotlar ilmiy tildan uzoq bo'lgan, badiiy hamda omma so'zlashuvidagi jumlalar bilan boyitilgan. Bir so'z bilan aytganda, dissertasiya mavzusi yuzasidan tahlil etilgan adabiyotlar mazkur muammoni o'rganishda qimmatli ma'lumotlarni taqdim etadi. O'rganuvchida shahar bilan bog'liq ko'pgina masalalar yuzasidan tasavvur hosil qilishda muhim hisoblanadi. Lekin sanoat shaharlaridagi ijtimoiy-madaniy moslashuv jarayoniga doir ilmiy-nazariy xulosalarni bermaydi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida antropolog T.K.Xodjayovning G.K.Xodjayova bilan hammualliflik asosida yozgan -O'zbek xalqining antropologiyasi va etnik tarixi66 o'quv qo'llanmasi ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Asar Toshkent vohasining ijtimoiy masalalariga oid ma'lumotlar beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
58 Пайзиева М. Узбекларнинг анъанавий ва замонавий мотам маросимлари (Тошкент шахри мисолида). Монография. - Тошкент: Yangi nashr, 2014. 95-106-бетлар.
59 Этнокультурные процессы в современном полиэтническом городе (на материалах Ташкента). Отв. ред. Алимова Д.А., Хан В.С. - Ташкент, 2011.
60 Уша асар. 29-бет.
61 Тошкент шахри ва вилояти топонимлари муаммолари. // илмий-амалий конференция докладлари тезислари. - Тошкент, 1994. - 92 б
62 Ошер Л. Время не властно. - Ташкент: Навруз, 1995; Насриддинов Ж. ва бошкалар. Сайхун сохилидаги шахар. - Тошкент: Узбекистон, 1995. - 60 б.;.
63 Раззоков А. Охангарон гавхарлари. - Тошкент: Oltin Meros Press, 2019;.
64 Самеджанов А. Чирчик; келажакка интилаётган шахар. - Тошкент: Innovatsiya-ziyo, 2020. 89-бет.
65 Зияев А. Алмалык (Туккет - Кульота) древность, средневековые, современность. - Ташкент: San'at, 2019. 36-бет.
66 Хужайов ТД., Хужайова Г.К. Узбек халкининг антропологияси ва этник тарихи. Укув кулланма.-Т.:Университет, 1995. - 110 б.
1. Аббосов Б., Рахимов М. Бекобод. - Тошкент: Узбекистон, 1975. - 40 б.
2. Аскаров А.А. Узбек халкининг келиб чикиши тарихи. - Тошкент: Узбекистон, 2015. - 678 б.
3. Аширов А.А. Этнология. -Тошкент: Шарк, 2013. - 543 б.
4. Ахмедов А. Узбекистон шахарлари мутсакиллик йилларида. -Тошкент, 2002.
5. Бейли Ф.М. Миссия в Ташкенте. Перевод А.Михаилова. - Моква, 2013. - 384 с.
6. Гулямов А. Ангрен. - Ташкент: Узбекистан, 1971. - 74 с.
7. Ёрматов И. Илок тарихи. - Тошкент, 2005. - 90 б
8. Зияев А. Алмалык (Туккет - Кульота) древность, средневековые, современность. - Ташкент: San'at, 2019. - 60 c.
9. Зияева Д. Узбекистон шахарлари XIX асрнинг иккинчи ярми - ХХ асрнинг бошлари. - Тошкент: Yangi nashr, 2017. - 338 б.
10. Зотов А., Раимов Т. Узбекистон шахарлари. - Тошкент: Узбекистон, 1965. - 282
б.
11. Зунунова Г.Ш. Материальная культура узбеков Ташкента: трансформация традиций (XX - начало XXI в.) - Ташкент: Extremum-press, 2013. - 320 с.