FARG'ONA VILOYATI MEHNAT RESURSLARI SHAKLANISHINING HUDUDIY JIHATLARI Shermatova Zilola Qahhorjon qizi
Farg'ona davlat universiteti geografiya yo'nalishi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6528658
Annotatsiya. Mazkur maqolada mehnat resurslari va ularning shakllanishining geografik jihatlari Farg'ona viloyati misolida tadqiq qilingan. Shuningdek, mehnat resurslaridan foydalanishning hozirgi holati tahlil qilingan va istiqbolda ulardan samarali foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: aholi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, bandlik darajasi, mehnatga layoqatli aholi, xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi.
ТЕРРИТОРИАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТРУДОВЫХ РЕСУРСОВ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ
Аннотация. В данной статье рассматриваются трудовые ресурсы и географические аспекты их формирования на примере Ферганской области. Также проводится анализ текущего состояния трудовых ресурсов и вносятся предложения и рекомендации по их эффективному использованию в будущем.
Ключевые слова: население, трудовые ресурсы, экономически активное население, уровень занятости, трудоспособное население, услуги, сельское хозяйство.
TERRITORIAL ASPECTS OF LABOR RESOURCES OF FERGANA
REGION
Abstract. This article examines labor resourser and geographical aspects of their formation on the example of Fergana region.It also analyzes the current state of labor resources and develops proposals and recommendations for their effective use in the future.
Keyvords: population, labor resources, economically active population, employment rate, able-bodied population, services, agriculture.
Kirish
Mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo'lga qo'yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [1]. Mehnat bozoridagi haqiqiy holatni chuqur tahlil qilish asosida aholi bandligini ta'minlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarni shakllantirish, ularning bajarilishini muvofiqlashtirish, yangi ish o'rinlarini tashkil etish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan tadqiqotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son qaroriga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo'lgan davrda BMT global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi [2].
Bu qarorning asosiy vazifalaridan biri qashshoqlikni bartaraf etish va aholini ish bilan bandligini ta'minlash etib belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4804-sonli qarori bu ishlarning uzviy davomiyligini tasdiqlaydi. Bunday maqsad va vazifalarga erishishda hududlardagi demografik holat va mehnat resurslarini tarkibini bilish talab etiladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Aholining ijtimoiy tarkibi - jamiyat hayotiga taalluqli umumiy xususiyatlari bilan ajralib turadigan bir-biriga bog'liq ijtimoiy jamoalar majmuasidir. Katta barqaror ijtimoiy jamiyatlar, tuzilmalarga - sinf (sinflar, ijtimoiy qatlamlarva guruhlar), demografik (yoshlar, ayollar, qariyalar), etnik (qabilalar, etnik guruhlar, millatlar) va boshqalar kiradi. Jamiyatning barqarorligini ta'minlaydigan ijtimoiy sinf tuzilmasi rivojlanish jarayonida tobora murakkablashadi [4].
Mehnat resurslarini geografik jihatdan o'rganish, ulardan samarali foydalanish yo'llarini ishlab chiqishga oid tadqiqotlar bilan N.N.Baranskiy, YU.A.Simagin, V.P.Maksakovskiy, Yu.G.Saushkin, S.A.Kovalev, A.I.Aleksevlar shug'ullanishgan. Mamlakatimizda ko'plab tadqiqotchilar aholi bilan bog'liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik masalalarni o'rganganlar. Jumladan, A.A.Qayumov (2000), A.S.Soliev (2005), M.R.Bo'rieva (2005), O.B.Ata-Mirzaev (2006), E.A.Axmedov (2006), R.A.Ubaydullaeva (2006), B.X.Umurzaqov (2007), X.X.Abdurahmonov (2010), Z.N.Tojieva (2010, 2017), R.B.Qodirov (2020) kabi tadqiqotchilar ishlarida mamlakatimiz aholishunosligi, demografiyasi, shaharlar va aholi geografiyasi, mehnat resurslaridan foydalanish va aholi bandligi oid samarali ishlar amalga oshirilgan.
Mehnat resurslarining shakllanish manbalari to'g'risida so'z yuritadigan bo'lsak, birinchi navbatda mintaqalarning demografik imkoniyatini inobatga olish kerak. Chunki, mintaqadagi demografik o'sish mehnat bozoriga 15-16 yildan keyin ta'sir etadi, ya'ni ayni davrda tug'ilgan insonlar shuncha davr o'tib mehnatga salohiyatli insonlar safiga kiradi [4, 5].
Hududning demografik sig'imi o'zgaruvchan xususiyatga egadir. Chunki, hududi katta, aholi soni esa, kam bo'lgan hududlarning demografik sig'imi ba'zan past, aksincha, kichkina hududlar iqtisodiy rivojlanish xususiyatiga ko'ra bir necha barobarga ko'p aholini boqa olishi, sig'dirishi mumkin. Odatda, hududning demografik sig'imini aniqlashda kunlik hayot uchun eng muhim bo'lgan omillar tahliliga asoslanadi. Masalan, bularga aholini uy-joy bilan ta'minlash, sanoat korxonalari qurish uchun qulay bo'lgan yer maydonlarining mavjudligi, elekt
energiyasi, suv resurslari, rekreatsiya resurslari, oziq-ovqat zahirasini tashkil etish va boshqalar kiradi [4, 5].
Taxlillar shuni ko'rsatadiki, bandlik masalasini yechishda kompleks tarzda yondashish, ya'ni bandlik dasturidan kelib chiqib viloyat va tumanlararo yondashish maqsadga muvofiqdir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy va investitsion siyosati mamlakatda qator loyihalarni amalga oshirilishiga hamda yangi ishlab chiqarish korxonalarni barpo etilishiga zamin yaratmoqda. Bu o'z navbatida kelajakda mehnat resurslariga bo'lgan, ayniqsa malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj hududiy jihatlarini tadqiq etishni taqozo etadi.
Muhokama va natijalar
Hozirgi kunda Farg'ona viloyati Respublikamizda aholi soni bo'yicha Samarqand viloyatidan so'ng 2-o'rinda turuvchi viloyat hissoblanadi. Lekin viloyatda aholining taqsimlanishi tumanlar bo'yicha turlichadir (1-rasm). Farg'ona viloyati ma'muriy hududiy bo'linishiga ko'ra 4 ta viloyat miqyosidagi shahar, 15 ta tuman, 5 ta tumanlar tasarrufidagi shaharlar, 197 ta shahar tipidagi posyolkalar, 1227 ta aholi yashash punktlari hamda 1041 ta mahalla fuqarolar yig'inlaridan tashkil topib, ularda 3 834,1 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan, 2 159,0 ming kishi - shahar joylarida (jami aholi sonining 56,3 foizi) va 1 675,1 ming kishi - qishloq joylarida (43,7 foizi) istiqomat qiladi. Viloyat aholisi yiliga o'rtacha 68 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko'payib bormoqda [10].
Farg'ona viloyati aholisi joylashuviga demografik, iqtisodiy-ijtimoiy omillarning roli beqiyosligini ta'kidlash lozim. Quva, O'zbekiston tumanlarida tug'ilishning yuqoriligi, Farg'ona, Qo'qon va Marg'ilon shaharlarida sanoatning yaxshi rivojlanganligi, xizmat ko'rsatishning boshqa tumanlarga nisbatan yaxshi ekanligi, buning natijasida aholining qishloqdan shaharga intilishini kuzatish mumkin.Viloyatda maydonining kattaligi bo'yicha eng yirik tumanlar Farg'ona shahri va Beshariq tumani hissoblanadi. Aholi soni bo'yicha esa, Farg'ona (294,8
ming kishi) va Qo'qon shaharlari (257,1 ming kishi), Quva (262,1 ming kishi) tumani alohida ajralib turadi (1-jadval). 1-rasm
Farg'ona viloyatida doimiy aholi sonining taqsimlanishi
Qo'shtepa
5,1% Rishton
5,3%
Toshloq 5,4%
Oltiariq
5,6%
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi (2021-yil sentyabr holatiga % da
Quvasoy sh c_.Y Dang'ara Furqat Y°zyoJon,5% So x
4 6% 3,1% 6,2%
2,2,1%
Farg'ona sh 7,7%
Quva „ , , .00/ Qo'qon sh
M/o 6,7%
O'zbekiston
6,3%
arg'ilon sh
6,2%
Bog'dod 5,7%
Farg'ona 5,7%
Buvayda 6%
Beshariq 6%
Uchko'orik 6,1%
Nafaqat Farg'ona viloyatida balki Resublikamiz bo'ylab aholini har tomonlama, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan islohotlar natijasida aholining sog'lomlik, fiziologik, o'rtacha umr ko'rishi kabi parametrlari ortib borayotganini aytib o'tish lozim. Bu esa yaqin kelajakda mehnatga layoqat yoshidan kattalarning ham ko'proq ishlab chiqarishda ishtirok etishiga sabab bo'lishi, keyinchalik pensiya yoshini oshirish bo'yicha islohotlar amalga oshirish lozimligini anglatadi. Lekin bu bilan mehnat resurslarini ish bilan ta'minlanish darajasida alohida e'tibor berish kerak.
Odatda tug'ilish yuqori bo'lgan hududlarda mehnat resurslarining ko'pligi kuzatiladi. Farg'ona viloyati aholisining 60 foizdan ortig'ini mehnatga layoqatli yoshdagi aholi tashkil etadi. Lekin shundan 25 foizga yaqinigina iqtisodiy faol aholi xolos. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki viloyatda iqtisodiy faol aholi soni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Farg'ona va Qo'qon shahri, Quva, O'zbekiston
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 1
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ISSN: 2181-3337
tumanlariga to'g'ri kelsa, eng past ko'rsatkich bo'yicha esa So'x, Yozyovon tumani va Quvasoy shaharlari xissasiga to'g'ri keladi (2-jadval). 1-jadval
Farg'ona viloyati shahar va tumanlari.
Tuman (shahar) nomi Hududi ming.kv.km) Doimiy aholi soni, ming kish. 1 km2ga aholi zichligi, kishi
Farg'ona sh. 0,1003 294,8 2939,2
Qo'qon sh. 0,037 257,1 6948,6
Quvasoy sh. 0,264 95,4 361,4
Marg'ilon sh. 0,041 239,5 5841,5
Oltiariq 0,631 215,3 341,2
Qo'shtepa 0,368 194,3 528,0
Bag'dod 0,333 219,7 659,8
Buvayda 0,279 231,9 831,2
Beshariq 0,774 231,4 299,0
Quva 0,438 262,1 598,4
Uchko'prik 0,275 232,8 846,5
Rishton 0,307 205,1 668,1
So'x 0,221 79,5 359,7
Toshloq 0,243 206,0 847,7
O'zbekiston 0,243 242,6 352,1
Farg'ona 0,689 217,1 354,9
Dang'ara 0,435 177,2 407,4
Furqat 0,305 119,7 392,5
Yozyovon 0,407 112,6 276,7
Farg'ona viloyati 6,759 3834,1 567,3
2-jadval
Farg'ona viloyati hududlari bo'yicha iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni
Tumanlar kesimida Iqtisodiy faol aholi soni jami, ming kishi shundan: Ishsizlik darajasi, foizda
Iqtisodiyotda bandlar Ishsizlar
Quvasoy sh. 40,9 36,7 4,3 10,4
Qo'qon sh. 110,7 99,4 11,4 10,3
Marg'ilon sh. 90,8 81,1 9,6 10,6
Farg'ona sh. 159,1 143,4 15,6 9,8
Beshariq 85,8 76,3 9,4 11,0
Bog'dod 87,2 77,5 9,7 11,1
Buvayda 84,9 75,4 9,5 11,2
Dang'ara 74,1 65,7 8,4 11,3
Yozyovon 45,8 40,5 5,2 11,5
Quva 116,4 103,9 12,5 10,7
Oltiariq 99,1 88,4 0,6 10,7
Qo'shtepa 83,2 73,8 9,4 11,3
Rishton 85,7 76,5 9,2 10,7
So'x 33,0 29,2 3,8 11,5
Toshloq 85,8 76,2 9,6 11,2
O'zbekiston 98,1 87,0 11,1 11,3
Uchko'prik 91,8 81,3 10,4 11,4
Farg'ona 90,2 80,2 10,0 11,0
Furqat 51,6 45,7 5,8 11,3
Jami 1 613,9 1 438,3 175,5 10,9
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 1
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ISSN: 2181-3337
Ish bilan ta'minlanish darajasida eng yuqori ko'rsatkich Farg'ona, Qo'qon, Marg'ilon, Quvasoy shahri, Quva, Oltiariq, Rishton tumanlari xissasiga to'g'ri keladi. Bu tuman va shaharlarda sanoatning yaxshi rivojlanganligi, xizmat ko'rsatishning yuqoriligi va qishloq xo'jaligining intensiv usulda tarmoqlararo olib borilayotganligi aholining ish bilan ta'minlanish darajasini yuqoriligini belgilab beradi.
Aholining ish bilan taminlanganlik darajasiga ta'sir qiluvchi omillardan asosiysi, bu hududning sanoatlashish darajasidir. Bugungi kunda Farg'ona viloyatida 10321 ta sanoat korxonalari ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ulardan 9916 faoliyat ko'rsatmoqda (2-rasm). Shundan, 1413 tasi (faoliyat ko'satayotgan korxonalar umumiy sonining 14,2 %) Qo'qon shahriga, 1124 tasi (11,3%) Farg'ona shahriga, 1023 tasi (10,3 %) Marg'ilon shahriga, 673 tasi (6,7%) Uchko'prik tumaniga, 583 tasi (5,8 %) O'zbekiston tumaniga, 582 tasi (5,8 %) Buvayda tumaniga to'gri kelmoqda .
2-rasm
Jami faoliyat ko'rsatayotgan korxona va
tashkilotlar
22,5
29,5,%
l savdo sanoat l qurilish
yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar
l qishloq,o'rmon va baliqchilik xo'jaligi tashish va saqlash axborot va aloqa
sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish l boshqa xizmatlar
Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha jami faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 29,5 % savdo, 21,6 % sanoat, 7,7 % qurilish, 5,3 % yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar, 4,8 % qishloq, o'rmon
va baliqchilik xo'jaligi, 3,7% tashishva saqlash, 2,7 % axborot va aloqa, 2,2 % sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va 22,5 % boshqa faoliyat turlari hissasiga to'g'ri keladi.
Mehnat resurslarining asosiy faoliyatlaridan biri bu-savdodir. Viloyat savdo munosabatlarini qo'shni mamlakatlar va MDH mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi, Korea, Pokiston va kabi davlatlar bilan rivojlanib bormoqda. Savdoning asosini qishloq xo'jaligi mahsulotlari, yengil va oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi.
MDH davlatlari orasida Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari, tashqi savdo aylanmasida asosiy xamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 43,8 % ni tashkil qiladi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Polsha, Afganistan, Pokiston, Germaniya va boshqa davlatlari hisoblanadi. Ularning ulushi 44,5 % ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda xizmat ko'rsatish jahon mamlakatlari orasida eng rivojlanib kelayotgan va iqtisodiyotni yuksalishiga olib kelayotgan soha hissoblanadi. Farg'ona viloyatida ham xizmat ko'rsatishning ko'plab turlarining rivojlanayotganligi uni respublika iqtisodiyotidagi ulushining ortishiga sabab bo'lmoqda (3-rasm).
Aholi jon boshiga eng katta xizmatlar hajmi Farg'ona (3 718,2 ming so'm), Qo'qon (1 722,8 ming so'm) va Marg'ilon (1 109,5 ming so'm) shaharlarida qayd etildi. Shuningdek, Quvasoy shaxri (1 076,6 ming so'm), So'x (858,6 ming so'm) va Furqat (759,2 ming so'm) tumanlarida ham aholi jon boshiga xizmatlar hajmi salmoqli bo'ldi. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlarning eng past ko'rsatkichi O'zbekiston tumanida (473,9 ming. so'm) kuzatildi, o'sish sur'ati 105,3 % ni tashkil etdi.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulush savdo xizmatlari (jami xizmatlarning 31,6 foizi), transport xizmatlari (19,5 foizi), moliyaviy xizmatlar (18,2 foizi), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,4 foizi) hissasiga to'g'ri keldi.
3-rasm
2021-yil holatiga nisbatan xizmatlar sohasida ulushi katta bo'lgan hududlar
42,2%
— 12,0%
4,2% ^ 4,70% 7,2%
29,7%
■ Farg'ona sh
■ Qo'qon sh
■ Marg'ilon sh
■ Buvayda
■ Oltiariq
■ Boshqa hududlar
Farg'ona viloyati mehnat resurslarining asosiy faoliyati ham aynan yer bilan, qishloq xo'jaligi bilan bog'langan. Xo'jalik toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 88,0 % i - dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga, 6,3 % i - fermer xo'jaliklariga, 5,7 % i - qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri kelishini ko'rsatmoqda.
Farg'ona viloyatida 2021 yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko'ra ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo'jaliklarining ulushi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Farg'ona shaharida (10,7%), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarining eng yuqori ulushi Marg'ilon shahrida (100,0 %), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Farg'ona tumanida (24,3 %) qayd etildi. Fermer xo'jaliklarining qishloq xo'jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo'yicha eng kam ko'rsatkich So'x tumanida (0,7 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarining eng kam ulushi Farg'ona tumanida (71,2 %), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi So'x tumanida (0,1 %) qayd etildi.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki Farg'ona viloyatida aholining bandligi bo'yicha eng past ko'rsatkichlar So'x, Yozyovon, Uchko'prik, O'zbekiston, Qo'shtepa tumanlarida ekanligi va ayni shu hududlarda sanoatning, qishloq xo'jaligining past darajada rivojlanganligi va xizmat ko'rsatish sohalarining nisbatan past ekanligi aniqlandi.
Xulosa
Farg'ona viloyatida olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki mehnat resurslari hududning geografik o'rni va iqtisodiyotiga bog'liq holda notekis taqsimlangan. Aholining tez sur'atlar bilan o'sib borayotgani kuzatilmoqda. Farg'ona viloyati tumanlari bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishda hududning statistik ma'lumotlari eng muhim omillardan biri hissoblanadi. Olingan ma'lumotlar aholining bandlik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Olingan natijalar asosida ishsizlik yuqori bo'lgan hududlarda (So'x, Yozyovon, Uchko'prik, O'zbekiston, Qo'shtepa tumanlari) sanoatning boshqa tumanlarga nisbatan past darajada rivojlanganligini, qishloq ho'jaligi imkoniyatlaridan to'la foydalanilmayotganligi, xizmat ko'rsatish sohalarining taraqqiy etmaganligi aniqlandi. Ayni shu soxalarni rivojlantirish viloyatdagi ishsizlarni kasbiy o'qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug'ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish tavsiya etiladi.
Adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-sonli "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to'g'risida" gi qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-soni "Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat
faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4804-sonli qarori.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi "2019 yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o'rinlarini tashkil etish bo'yicha davlat buyurtmasi to'g'risida"gi PQ-4227-son qarori.
4. Tojieva Z.N. Statistikaning umumiy nazariyasi. - T. 2000. - 58 b.
5. Tojieva Z.N. Iqtisodiy va demografik statistika. - T. 2002. - 16-b
6. Qodirov R.B. Farg'ona mintaqasi mehnat resurslari dinamikasi.O'zbekiston Geografiya jamiyati axboroti. 49-jild. Ilmiy jurnal. Toshkent. 2017-yil. 121-124-b
7. Yuldashev N.N. O'zbekiston mintaqalarida mehnat resurslari balansi o'zgarishining tahlili. O'zbekiston geografiya jamiyati axboroti 54-jild. Ilmiy jurnal. Toshkent. 2018-yil. 69-75-b.