Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYATI O‘LKASHUNOSLIK MUZEYLARI FAOLIYATINING O‘RGANILISHI (CHIRCHIQ O‘LKASHUNOSLIK MUZEYI MISOLIDA)'

TOSHKENT VILOYATI O‘LKASHUNOSLIK MUZEYLARI FAOLIYATINING O‘RGANILISHI (CHIRCHIQ O‘LKASHUNOSLIK MUZEYI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

230
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYATI O‘LKASHUNOSLIK MUZEYLARI FAOLIYATINING O‘RGANILISHI (CHIRCHIQ O‘LKASHUNOSLIK MUZEYI MISOLIDA)»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

TOSHKENT VILOYATI O'LKASHUNOSLIK MUZEYLARI FAOLIYATINING O'RGANILISHI (CHIRCHIQ O'LKASHUNOSLIK

MUZEYI MISOLIDA)

Gavharshod Tulqinjonovna Jabborova

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

magistranti

XX asrda muzey arxitekturasida "deindustrializatsiya" tendensiyasi paydo bo'ldi. Ya'ni sobiq zavod, elektr stansiya, sanoat zonalari o'zlashtirilib, rekonstruksiya qilingan holda zamonaviy san'at muzeylari va galereyalariga aylantirildi.

Toshkent viloyatidagi birinchi o'lkashunoslik muzeyi hisoblanadigan Chirchiq o'lkashunoslik muzeyi binosi xam 1942-yilda qurilgan bo'lib, "O'zbekximmash" zavodining sobiq klubi bo'lgan, "oltiqirrali" shaklga ega holatda muzeyga moslashtirilgan. Chirchiq o'lkashunoslik muzeyi birinchi tashrif buyuruvchilarni 1959-yil 1-may kuni qabul qildi va bu shahar madaniy hayotida muhim voqea bo'ldi. Bu vaqtda muzey fondida 816 birlik moddiy ashyo saqlanar edi. Muzey murakkab sharoitlarda hech qanday moddiy bazaga ega bo'lmay tashkil etilgan bo'lib, dastavval ilk ishchi xodimlar oldin shahar gazetasi redaksiyasi bo'lgan tor va kichik xonalarda ishlaganlar.

Muzeyning boshlang'ich binosi torlik qilganligi sababli 1960-yilda 1-qavati kengaytirilgan. 1961-yilda binoning 2-qavati qurilib, unda Respublikada birinchi bo'lgan "Planeratiya" ochilgan. Muzey binosini umumiy maydoni 577 m.kv.ni tashkil qiladi.

Dastlab yig'ilgan muzey buyumlarining deyarli barchasi ekspozitsiyada namoyish qilingan edi. Eksponatlar orasida "Chirchiqqurilish" davriga oid noyob foto albomlar, shaxsiy buyumlar, hujjatlar, fotosuratlar, kitoblar shahar ilk quruvchilari bo'lgan X.M.Shokirov, T.Turdaliyev, A.Tursunbayev. I.G.Gutsalov, V.P.Manuylov, T.M.Arskaya va boshqalar arxivlaridan olingan. Shuningdek ekspozitsiyalarda "Chirchiqqurilish" ishchilari kiyimlari, turar joy interyerlari ham namoyish qilingan.

Bundan tashqari mehmonlarga paleolit davriga oid tosh va suyak qurollar, Xojikent atrofidagi ilk odam manzilgohi qazilma ashyolari, bronza davri buyumlari ham namoyish qilingan.

Chirchiq o'lkasi tabiiy va iqlim sharoitining o'ziga xos xususiyatlari, uning o'simlik va hayvonot dunyosini ko'rsatishga

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

237

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

katta e'tibor qaratilgan. Birinchi yarim yillik davomida muzeyga 10 ming kishi tashrif buyurdi.

Muzeyda keng ko'lamli yig'ish va tadqiqot ishlari 1970-yillarda o'tkazildi. Bu davrda muzey fondi muhim qimmatli muzey buyumlari bilan to'ldirildi. Bular Chirchiq shahri asoschilari bo'lgan: "Chirchiqqurilish" birinchi boshlig'i D.P.Rozit, qurilish birinchi bosh muhandisi K.A.Drennov, "Chirchiqqurilish"ning 1937-41 yillardagi boshlig'i F.G.Loginov, "Chirchiqqurilish" texnik bo'limi ilk boshlig'i S.I.Povarenny, topograf I.I.Klimashevskiy va boshqalar shaxsiy arxivlaridir.

Muzey Troitsk dahasiga ilk ko'chib kelgan ruslarning fotosuratlari va maishiy buyumlari, Chirchiq o'lkasi tub aholisidan D.Pobedinskiy, V.Atlanov, K.Kurganbayev va boshqalar hujjatlari kabi qimmatli ashyolarga ega bo'ldi.

Ushbu yillarda muzeyning Tabiat bo'limi jihozlanishi yanada jonlantirildi. Endi o'lka tabiati 3 ta landshaftli: tog', o'rmon va vodiy kabi majmualari bilan Chirchiq o'lkasi tabiatini tabiiy aks ettiradigan bo'ldi.

1980-yillarda muzey faoliyati zamonaviy, birmuncha yuqori bosqichga ko'tarildi.

Buning uchun muzeyda batafsil mavzuviy-ekspozitsiya rejasi ishlab chiqildi va muzeyga zaruriy ashyolarini yig'ishga tadbiq qilindi.

Bu davr mobaynida shahar sanoat korxonalari ilg'or kishilari T.G.Kagramonov, M.V.Beglov, V.X.Xaydarov, CHEKX direktori L.A.Kostandov, CHEKX faxriylari Sh.A.Kugushev, S.N.Niyazov, shahar keksa tibbiyot xodimi U.T.Gizatullina, V.A.Skvortsovava keksa madaniyat xodimi A.P.Nesterenkolarning arxiv hujjatlari, mavzuli kolleksiyalaridan iborat ashyolar majmuasi yig'ildi.

Mustaqillik yillari davrida muzey aholining milliy, madaniy va maishiy hayotini aks ettiruvchi eksponatlar, hujjatlar shuningdek, Mustaqillik davridagi shaharning sanoat, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport sohalariga oid ashyolari bilan to'ldirildi.

Muzeyda 2017-yilda joriy ta'mirlash o'tkazilgan. 2018-yil Chirchiq shahar O'lkashunoslik muzeyi Chirchiq shahar tarixi muzeyiga aylantirildi.

2018-2019-yilda davlat dasturi asosida mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi. 2020-yilda oldingi O'lkashunoslik muzeyi Chirchiq shahar tarixi muzeyi nomi bilan qayta tashkil etildi.

Mazmuni bo'yicha mavzuli bo'limlar tarkibida "Chirchiqqurilish" - shaharning qurilish tarixi bo'limi muzey ekspozitsiyasida asosiy rol o'ynaydi. Bunda Chirchiq daryosi vodiysida ulkan qurilish maydoni hosil

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

qilgan "Chirchiqqurilish" xaritasi va "Chirchiq GESi va kanali qurilishi" dioramasi markaziy o'rin egallaydi.

Muzeydagi "Chirchiq vodiysi qadimiy tarixi" bo'limi kishilik jamiyatining paleolit davridan to XX asr boshigacha bo'lgan evolyutsion rivojlanishi (tosh va suyak mehnat qurollari, bronza va quldorlik davri sopol idishlari, ilk feodalizm davri metall otish vositalari, Qo'qon xonligi aholisining o'rta asrlar etnografiyasi va maishiy buyumlari)ga oid qiziqarli artefaktlari bilan hikoya qiluvchi "Dastlabki odam manzilgohi" dioramasi namoyish qilingan.

"Chirchiq Ikkinchi jahon urushi yillarida" mavzusi bo'limida urushda qatnashgan kishilarning shaxsiy buyumlari va shu yillarda Chirchiq hayotidan hujjatli lavhalar o'rin olgan.

Muzey ekspozitsiyasining mantiqiy davomi bo'lgan va eng zamonaviy mavzuli bo'lim -"O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik yillarida Chirchiq" bo'limidir. Bu yerda asosan so'nggi yillardagi shahar korxonalari, ularning rivojlanish bosqichlari va erishilgan yutuqlarini hikoya qiluvchi eksponatlar bilan tanishtirilgan.

"Bugungi Chirchiq shahri" dioramasi tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurotlar qoldiradi. Bu dioramada Chirchiq shahridagi mavjud barcha uylar, ko'chalar, yodgorliklar yuqori aniqlikda ko'rsatilgan bo'lib, uning jamiki ajoyibotlarini ko'rish mumkin.

"To'qay", "Tog'", "Yong'oq-mevali o'rmonlar" kabi uchta landshaftli dioramalar muzeyning mavzuli bo'limida namoyish qilingan. Ularda o'lkaning flora va faunasi, unda hayvonlar va qushlar, sudralib yuruvchilar shuningdek O'zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan, kamayib ketgan hayvon turlari: ilvirs(qor barsi), oqboshli qumoy, Menzbir sug'uri, Tiyonshon qo'ng'ir ayig'i va boshqalar bor.

Chirchiq muzeyining asosiy bo'limlar, katta va kichik ko'rgazma zallarida muntazam ravishda rassomlar, amaliy san'at ustalarining shuningdek, muzey etnografik, numizmatik va geologik-mineralogik kolleksiyalar bo'yicha turli xil ko'rgazmalar o'tkaziladi.

Hozirgi paytda muzeyda jami 34873 ta ashyolar saqlanmoqda, shularning 34302 tasi asosiy fond, 571 tasi ilmiy yordamchi 236 ta arxeologiya, 1199 ta numizmatika, san'at 537 ta etnografiya va maishiy buyumlar 743 ta fotografiya 9853 ta, hujjatlar 2705 ta va 19029 tasini boshqa bo'limlar tashkil etadi.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

REFERENCES

1. Ismailova J. "Zamonaviy jahon muzeyshunosligi". [Matn] /J.Ismailova, M.Muxamedova. "PREMIER PRIENT". MCHJ. Toshkent. 2013. - 312 b.

2. Kuryazova D.T. O'zbekistonda muzey ishi tarixi. [Matn] / D.T. Kuryazova Toshkent: San'at, 2010.- 154 b.

3. Kuryazova D.T. Muzey ishi tarixi va nazariyasi. [Matn] / D.T. Kuryazova Toshkent: San'at, 2011. - 216 b.

4. https://eson.uz/portfolio/chirchikskij -gorodskoj -istoricheskij -muzej -chirchikmuseum-uz/

5. https://chirchikmuseum.uz/about/

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.