TOSHKENT SHAHRIDAGI DARAXT VA BUTALARNING (KUZ - QISH MAVSUMIDAGI) FENOLOGIK OZGARISHLARDA OB-HAVONING TASIRI ORGANISH
TADQIQOTI
Yokubjon Yuldashov Xatamovich Toshkent davlat Agrar Universiteti "O>moncMUk" kafedra mudiriprofessor
Sohibjamol Bozorova Toshkanboy qizi Toshkent davlat Agrar Universiteti 2-kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya: Ushbu maqola Toshkent shaxridagi daraxtlarda olib borilayotgan fenokuzatuvlar haqida yozilgan. Daraxt barglarining sarg^yishi, to^kilishi va qishgi uyquga ketish hodisalarining iqlim o^zgarishiga bogliqligi koлrsatilgan.
Kalit so zlar: daraxt, buta, fenologiya, gul, barg, kurtak, novda, iqlim.
Аннотация: Статья посвящена фенологическим наблюдениям за деревьями в Ташкенте. Было показано, что пожелтение, опадание и гибернация листьев деревьев связаны с изменением климата.
Ключевые слова: дерево, кустарник, фенология, цветок, лист, бутон, ветка, климат.
Annotation: This article is about phenoc observations of trees in Tashkent. Yellowing, shedding and hibernation of tree leaves have been shown to be related to climate change.
Key words: tree, shrub, phenology, flower, leaf, bud, twig, climate
KIRISH
Daraxt- buta o'simliklarining hayotidagi fasliy hodisalar - mavsumiy o'zgarishlar iqlim sharoitlariga chambarchas bog'liq holida kechadi. Bu hodisalarni va ularni o'zaro munosabatlarini o'rganish katta amaliy ahamiyatga egadir, chunki ular turli iqlim- tuproq sharoitlarida turlicha davrlarda kechadi. O'simliklar hayotida sodir bo'ladigan fasliy hodisalarni o'rganadigan fan fenologiya deb ataladi. Fenologiya grekchada phainomal - hodisa, logos - fan degan so'zlar birikmasidan tuzilgan. [1]
Daraxt - buta o'simliklarning vegetatsiya davrida bo'ladigan fasliy o'zgarishlarini bilmasdan turib, ularning biologik, ekologik va boshqa xususiyatlarini bilish mumkin emas. Fasliy o'zgarishlarni o'rganish maqsadida daraxt- butalarning turli fasllarda rivojlanish bosqichlari ustidan kuzatishlar o'tkazish amalga oshiriladi.
Bu kuzatishlar daraxt o'simliklari hayotida asosiy o'zgarish davrlari, ularni boshlanishi, jadal o'tishi va tugallanishi muddatlari haqidagi ma'lumotlar olish
imkonini beradi. Bu o'zgarishlar bir turda turli sharoitlarda turlicha muddatlarda o'tadi, ko'pgina mevali daraxtlar mart oxiri - aprel boshlarida gullasa, tog'larda bu jarayon kechroq aprel oxiri - may boshlarida kechadi.
Fasliy o'zgarishlarning qonuniyatlarini bilish daraxt- buta va o'simliklarini qanday iqlim sharoitlarida ekish, arealini kengaytirish va undan maqsadli to'g'ri foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Ayniqsa, ko'kalamzorlashtirish va o'rmon xo'jaligida qimmatli, xalq xo'jaligi uchun muhim daraxt- buta o'simliklarini introduksiya qilishda va hududlashtirishda bu kuzatishlar katta ahamiyatga ega.
Daraxt- buta o'simliklarida sodir bo'ladigan fasliy o'zgarishlarni o'rganish asosan Botanika bog'i, dendroparklar va o'simlikshunoslik bo'yicha tajriba stansiyalarida amalga oshiriladi, unda nafaqat mahalliy turlar, balkim introduksiya qilingan turlar ham o'rganiladi. Fasliy o'zgarishlarni o'rganishda quyidagi muhim masalalar hal etiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Daraxt va butalarning (kuz - qish mavsumidagi) Fenologik o'zgarishlarda ob-havoning tasiri masalalari obyektiv ochib berildi. Daraxt- buta turlarining urug'lari va ko'chatlari qaysi geografik zonada qanday muddatlarda terilishi, tuproqqa ekilishi, ularni gullash muddatlari, gullashining davomiyligi, urug' va mevalarini yetilishi, hosildorligi, mevalarining to'kilishi, urug'larini yetilishi va tabiatda tarqalishi keng tadqiq qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Daraxt- buta turlarining urug'lari va ko'chatlari qaysi geografik zonada qanday muddatlarda terilishi, tuproqqa ekilishi, ularni gullash muddatlari, gullashining davomiyligi, urug' va mevalarini yetilishi, hosildorligi, mevalarining to'kilishi, urug'larini yetilishi va tabiatda tarqalishi va shu kabi bir qancha amaliy masalalarga aniqlik kiritiladi.
Fasliy o'zgarishlarni kuzatish natijasida o'simliklar vegetatsiyasini davomiyligi aniqlanadi, bu ayniqsa, introduksiya qilingan o'simliklar uchun muhimdir. Fenologik kuzatishlar o'simliklarni introduksiyasida katta ahamiyatga egadir. Daraxt-butalardagi fasliy o'zgarishlarni kuzatish bilan bir qatorda daraxtzorlarda mavjud zararli hasharotlarni qishlovdan uchib chiqishi, tuxum qo'yishi, urchishi kabi hayotiy sikllari hamda zamburug' kasalliklarini rivojlanish sanalari ham qayd etib boriladi. Bu kuzatishlar ularga qarshi ko'rash choralarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Daraxt- butalarni gullashi, gullashini davomiyligi, barglarini kuzda sariq-qizil rangga kirishi ko'kalamzorlashtirishda katta ahamiyatga ega. Ulaming shu manzarali xususiyatlariga ko'ra ko'kalamzorlashtirish maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi. Fasliy o'zgarishlarni o'rganish natijasida olingan ma'lumotlarga asoslanib daraxt- buta turlarini fenospektrini va fenoxaritasini tuzish mumkin. Bular esa o'z navbatida turni qaysi iqlim sharoitlarida o'stirish va ulardan qanday foydalanish imkoniyatlarini ko'rsatib beradi.
Daraxt- buta o'simliklarining vegetatsiya davomidagi hayotiy davrida quyidagicha fasliy hodisalar ro'y beradi va ularni o'rganish uchun quyidagi kuzatishlar olib boriladi va fenokuzatuv jurnalida qayd etiladi:
1. O'simlik tanasida shira harakatini boshlanishi;
2. Bargkurtak va gulkurtaklarni bo'rtishi;
3. Kurtaklarni yozilishi;
4. Boshlang'ich - birinchi bargni paydo bo'lishi;
5. Yoppasiga barglarni paydo bo'lishi;
6. Gulg'unchalarni rivojlanishi, ochila boshlashi, to'liq ochilishi va ochilib bo'lishi;
7. Changlanishi va urug'lanishi;
8. Meva va urug'larni yetilishi;
9. Yetilgan meva va urug'larni to'kila boshlashi va tarqalishi;
10. Novdalarni o'sishi va o'sishdan to'xtashi;
11. Yangi kurtaklarni paydo bo'lishi;
12. Gulkurtaklarni rivojlanishi;
13. Kuzda barglarni sarg'aya boshlanishi va yoppasiga sarg'ayishi;
14. Kuzda barglarning to'kilishini boshlanishi;
15. Barglarni batamom to'kilib bo'lishi;
16. Qishqi tinim muddatiga kirish;
Kuzatiladigan daraxtdagi shira harakati daraxt tanasini chuqur kesish orqali aniqlanadi. Kesilgan joyda tomchilar paydo bo'lishi shira harakati boshlangan kun sifatida kuzatish jurnalida qayd etiladi. Fenokuzatishlar bir yoki bir guruh daraxtlar ustida o'tkazilishi mumkin.
Muayyan geografik zonada daraxt-buta o'simlik turining fenologik fazalarini yaqqol ko'rish uchun ularni fenologik spektri ko'rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir.
Fenologik kuzatishlar o'rmon xo'jaligida, ko'kalamzorlashtirishda, muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Fenologik kuzatishlar meteorologik ma'lumotlar bilan to'ldiriladi, bu esa yillik mavsumiy o'zgarishlarni to'g'ri izohlash imkonini beradi. Fenokuzatuvlarda yig'ilgan ma'lumotlar daraxt- buta turlarini turli iqlim sharoitlarida o'stirish imkoniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazishda qimmatli daraxt va butalarni vegetatsiya davridagi fasliy o'zgarishlarini o'rganish maqsadida quyidagi keng qamrovli fenokuzatishlar o'tkaziladi:
1. O'simlik tanasida shira harakatini boshlanishi - ko'pgina daraxtlarni o'tkir pichoq bilan po'stlog'i yog'och tanasigacha qirqilganda shira tomchilari paydo bo'lishi, daraxt tanasida shira harakati boshlanganligini bildiradi va fenologik kuzatuvlar jurnalida qayd etiladi.
2. Kurtaklarni bo'rtishi - kurtaklarning hajmini ortishi va kurtak po'stloqlarini biroz surilishi bilan qayd etiladi.
3. Kurtaklarni yozilishi - kurtak po'stloqlarini bir- biridan ajralishi bilan qayd etiladi.
4. Yangi kurtaklarni paydo bo'lishi - novdalardagi kurtaklarni shu daraxt turiga xos bo'lgan rang olmagan bo'lsa ham, normal ko'rinishdagi holatgacha kattalashuvi bilan qayd etiladi.
5. Birinchi barglarni paydo bo'lishi - novdalarda bir necha kichik, lekin shu daraxt turiga xos bo'lgan yetuk barg shakliga o'xshash barglarni paydo bo'lishi bilan qayd etiladi.
6. Barglarni to'liq ochilishi - daraxt shox- shabbalaridagi barglarni to'liq ochilib bo'lganligi bilan qayd etiladi.
7. Barglarni sarg'aya boshlashi - shox-shabbadagi barglar orasida kuzgi qizg'ish-sariq rangli ilk barglarni paydo bo'lishi bilan qayd etiladi.
8. Barglarni to'liq sarg'ayishi - daraxt shox-shabbasini asosiy qismidagi barglarni yashil rangini yo'qotib kuzgi qizg'ish- sariq rangga kirishi bilan qayd etiladi.
9. Barglar to'kilishini boshlanishi - daraxtlardagi ilk barglarni novdadan ajralib, to'kilishi bilan qayd etiladi.
10. Barglarni to'liq to'kilishi - shox-shabbadagi barcha barglarni to'liq to'kilishi bilan qayd etiladi.
11. Gullashning boshlanishi - kuzatilayotgan daraxtning nov-dalarida birinchi gul g'unchalarini ochilishi bilan qayd etiladi.
12. Gullashni tugallanishi - gul qismlarini to'liq to'kilib bo'lishi bilan qayd etiladi.
13. Gullash darajasi - ko'z bilan chamalab 6 - balli sistemada aniqlanadi: 5 ball-juda yaxshi, 4 ball- yaxshi, 3 ball- o'rtacha, 2 ball-kuchsiz, 1-juda kuchsiz, 0 ball-gullash jarayoni kuzatilmaydi.
14. Mevalar va urug'larni yetilishini boshlanishi - mevalar va urug'larni tashqi rangini o'zgarishi bilan qayd etiladi.
15. Mevalar va urug'larini to'liq yetilishi - barcha meva yoki urug'larni ularga xos bo'lgan rangga kirishi va meva strukturasini to'liq yetilganligi bilan qayd etiladi.
16. Mevalar va urug'larni to'kilishini boshlanishi - ilk yetilgan meva va urug'larni to'kilishi bilan qayd etiladi.
17. Meva va urug'lar to'kilishini tugashi - deyarli barcha yetilgan meva va urug'larni daraxtdan to'liq to'kilishi bilan qayd etiladi.
18. Hosildorlik darajasi 6- balli sistema bo'yicha baholanadi: bunda 5 ball- juda yaxshi hosil, 4 ball-yaxshi hosil, 3 ball-o'rtacha hosil, 2 ball- kam hosil, 1 ball-juda kam hosil va 0 ball-hosil mavjud emas.
19. Yuqorigi novdalarni o'sishining boshlanishi - kurtaklar bo'rtishi bilan aniqlanadi.
20. Yuqorigi novdalarni o'sishdan to'xtashi - fiziologik normal shakldagi kurtak hosil bo'lishi bilan aniqlanadi.
21. Yonlama novdalar o'sishini boshlanishi va tugashi ham huddi shu tarzda aniqlanadi. [2]
2020-yilning kuz qish mavsumida Toshkent shaxridagi daraxtlardagi fenologik kuzatishlar olib borildi. Tadqiqot maydoni sifatida Toshkent shaxrining Chilonzor tumanidagi daraxtzorlar va Botanika bogi hududi tanlab olindi. 22-oktabr kunidagi kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, chinordoshlar oilasiga mansub daraxtlarning yaproqlari (90 %) sariq tusga kirgan va to'kilishni boshlagan( 10-15%).
1-rasm. Chinorning kuzgi holati. Kuz qish mavsumidagi fenologik kuzatishlarning o'zgarishida ob-havoning o'rni va ahamiyati o'rganildi.
Oktabr- dekabr oylarida Toshkentda havo harorati keskin o'zgarishi natijasida daraxtlarning barg to'kishi ham katta o'zgarish bilan baholandi. 14- noyabrda Botanika bogida kuzatilgan tadqiqotlarda Oddiy eman daraxtining barg to kilishi 70%ga yetgan (2- rasm). 13-14 noyabr sanalarida havo harorati keskin tushib ketishi (1-jadvalda) ham bunga sabab bola oladi. 20-noyabrda esa barglar to kilishi yana ham keskin ortdi. Ayni shu kunlarda havo harorati -30 C darajagacha sovub ketgan.
2-rasm. Oddiy eman. Quercus robur L.
30°
I ^HM
20°
O'rtacha Past ■ Haqiqiy past ■ Bash, pa
3-rasm. Noyabr oyidagi harorat grafigi (°C) [3]
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytamanki, ushbu maqolada keltirilganidek havo haroratining o'zgarishi mobaynida daraxtlarning o'sib unishi va uyquga ketishiga
374
bevosita bogliq. Kuzda barglarni sarg'aya sentabr boshlanishi oyiga va yoppasiga sarg'ayishi sentabr- noyabr oyiga to'g'ri kelmoqda. Barglarning to'kilishini boshlanishi erta kuzda boshlangan bolsa, barglarni batamom to'kilib bo'lishi keskin havoning sovub ketishi natijasida kuzatilmoqda. Qishqi tinim muddatiga kirish dekabr oyida kuzatiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. A.Q. Qayimov, E.T. Berdiyev. Dendrologiya Toshkent: Cho'lpon 2017 yil. 2021 bet.
2. A.K. Qayimov, E.T. Berdiev, H.F. Hamroev, S.A.Turdiev. Dendrologiya amaliy qollanma. Toshkent - 2015 55-56 bet
https://www.accuweather.com sayti ma'lumotlari