Научная статья на тему '“O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI” MAVZUSINI O'QITISHDA HAMKORLIKDA O'QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI'

“O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI” MAVZUSINI O'QITISHDA HAMKORLIKDA O'QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1802
362
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hayotiy shakllar / daraxt / buta / chala buta / ko„p yillik o„tlar / ikki yillik o„tlar / bir yillik o„tlar / efemerlar / life forms / tree / shrub / semi shrub / perennial herbs / two-year herbs / annual herbs / ephemeras

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shoxsanam Toshkanboyevna Yakubjonova, Toshbibi Norboboyeva, Shoxid Xusanovich Saidmurotov

Maqolada akademik litsey va umumiy o„rta ta‟lim maktablarida botanikadan “O„simliklarning hayotiy shakllari” mavzusini hamkorlikda o„qitish texnologiyasi “Arra” metodidan foydalanib o„tilgan dars ishlanmasi orqali bayon qilingan. Hamkorlikda oqitish o„quvchilarni mustaqil fikrlashga, jamoa bo„lib ishlashga, kitob va undagi rasmlardan unumli foydalanishga o`rgatadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF USING TEACHING TECHNOLOGIES IN COOPERATION IN TEACHING THE TOPIC "LIFE FORMS OF PLANTS"

The article describes the using “Saw” method of cooperative teaching course "Life forms of plants" in botany in the academic lyceums and general secondary schools. Cooperative teaching allows teachers to have independent thinking, to work in teams, to use books and pictures effectively, that is, creativity

Текст научной работы на тему «“O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI” MAVZUSINI O'QITISHDA HAMKORLIKDA O'QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI»

"O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI" MAVZUSINI O'QITISHDA HAMKORLIKDA O'QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

SAMARADORLIGI

Shoxsanam Toshkanboyevna Yakubjonova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti v.b dotsent

Toshbibi Norboboyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute dotsenti

Shoxid Xusanovich Saidmurotov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada akademik litsey va umumiy o'rta ta'lim maktablarida botanikadan "O'simliklarning hayotiy shakllari" mavzusini hamkorlikda o'qitish texnologiyasi "Arra" metodidan foydalanib o'tilgan dars ishlanmasi orqali bayon qilingan. Hamkorlikda oqitish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, jamoa bo'lib ishlashga, kitob va undagi rasmlardan unumli foydalanishga o'rgatadi.

Kalit so'zlar: hayotiy shakllar, daraxt, buta, chala buta, ko'p yillik o'tlar, ikki yillik o'tlar, bir yillik o'tlar, efemerlar.

EFFECTIVENESS OF USING TEACHING TECHNOLOGIES IN COOPERATION IN TEACHING THE TOPIC "LIFE FORMS OF PLANTS"

Shokhsanam Toshkanboyevna Yakubjonova

Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

Toshbibi Norboboyeva

Associate Professor, Chirchik State Pedagogical Institute, Tashkent region

Shokhid Khusanovich Saidmurotov

Teacher, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ABSTRACT

The article describes the using "Saw" method of cooperative teaching course "Life forms of plants" in botany in the academic lyceums and general secondary

schools. Cooperative teaching allows teachers to have independent thinking, to work in teams, to use books and pictures effectively, that is, creativity.

Keywords: life forms, tree, shrub, semi shrub, perennial herbs, two-year herbs, annual herbs, ephemeras.

KIRISH

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'lim talaba yoshlar va o'quvchilarni o'quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobilyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-ahloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi qayd etilgan [4; 3-11 betlar].

Bu borada har bir fanni o'qitishda innovatsion texnologiyalarning samarali usullaridan foydalanish yoqori natijalar garovidir. Innovatsion pedagogik texnologiyalar ichida hamkorlikda o'qitish texnologiyasi o'ziga xos o'ringa ega. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qishni o'rganishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Botanika fanida "O'simliklarning hayotiy shakllari" mavzusini o'qitishda hamkorlikda o'qitish texnologiyasining "Arra" metodidan foydalanish mumkin. Bunda sinf o'quvchilari ikki marta guruhlarga ajratiladi. Birinchisi "mutaxassislar" tayyorlash guruhi. Bunda sinf o'quvchilari o'simliklarning hayotiy shakllari bo'yicha rangli kartochkalar yordamida 6 ta guruhga ajratiladi: daraxtlar, butalar, chala butalar, ko'p yillik o'tlar, ikki yillik o'tlar, bir yillik o'tlar. Qizil kartochkali o'quvchilar daraxt guruhiga to'planib, o'simliklarning daraxt hayotiy shakliga oid bilimlarni o'zlashtirib, daraxt hayotiy shakli bo'yicha mutaxassisga aylanadi. O'quvchilar darslik, o'quv qo'llanmalar, gerbariylardan foydalanib, hamkorlikda birga o'qishadi. Ikkinchi marta guruhga ajratilganda, ya'ni mutaxassislar uchrashuvida har xil shakldagi kartochkalardan foydalanish mumkin. Bunda har bir guruhga daraxt, buta, ko'p yillik o'tlar, ikki yillik, bir yillik o'tlar bo'yicha mutaxassislar yig'iladi va birbirilariga o'rgatadi [2; 56-73-betlar].

Dars mavzusi: O'simliklarning hayotiy shakllari.

Darsning ilmiy maqsadi: O'quvchilarni o'simliklarning hayotiy shakllari va uning o'ziga xos xususiyatlarini ekologik muhitga bog'liq holda tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'simliklarning hayotiy shakllarini tushuntirish orqali o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ekologik, iqtisodiy, axloqiy tarbiya berish, o'simliklarni muhofaza qilishga o'rgatish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O'simliklarning hayotiy shakllarini tanish, ajratish, darslik, ob'yektlari ustida mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.

Darsning jihozlash: Gerbariylar, o'simliklarning hayotiy shakllarini aks ettiruvchi rasmlar, sxemalar.

Darsning borishi: Darsning tashkiliy qismidan so'ng yangi mavzuning hajmi katta va murakkab bo'lganligi uchun o'tgan mavzu takrorlanmasdan yangi mavzuni tushuntirish boshlanadi.

Mavzu 5-sinf o'quvchilariga biroz murakkabroq bo'lganligi uchun o'qituvchi tomonidan quyidagi tushunchalar beriladi: o'simliklarning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida ma'lum tashqi muhitga mos keladigan morfologik, biologik xususiyatlarni hosil qilganligi; bu moslanishlardagi xususiyatlar o'simliklarga aniq tashqi ko'rinish berganligi, o'simliklarning bunday tashqi ko'rinishi - hayotiy shakllar deb atalishi va o'simliklarning hayotiy shakllari haqida qisqacha tushuncha [3; 150-60-betlar].

O'qituvchi mavzuni o'quvchilar mustaqil o'zlashtirishlari uchun (birinchi "mutaxassislar" tayyorlash guruhlariga) quyida berilgan o'quv topshiriqlarini bajarishni taklif etadi:

1-guruh (daraxtlar) uchun topshiriqlar:

1. O'simliklarning hayotiy shakllari deb nimaga aytiladi?

2. Qanday o'simliklar daraxtlar deyiladi?

3. Kuzda daraxtlarda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi?

4. Eng baland va yo'g'on daraxtlarni qaysi mamlakatlarda uchratish mumkin?

5. Tog'larning shimoliy va janubiy yonbag'irlarida o'sadigan daraxtlar bir-biridan qanday farq qiladi?

6. O'zbekistonda eng ko'p yashaydigan qanday daraxtlar o'sadi?

7. Madaniy holda o'stiriladigan, yovvoyi holda uchraydigan qanday daraxtlarni bilasiz?

2- guruh (butalar) uchun o'quv topshiriqlari:

1. Buta hayotiy shakli deb qanday o'simliklarga aytiladi?

2. Kuzda buta o'simligida qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi?

3. Yovvoyi holda qaysi buta o'simliklari uchraydi?

4. Qaysi buta o'simliklari madaniy holda o'stiriladi?

5. Qaysi oila vakillarida buta o'simliklari ko'proq uchraydi?

6. Hovli, ko'cha va hiyobonlarda qanday manzarali buta o'simliklari o'stiriladi?

V. Issiqxonalarda ko'paytiriladigan qanday buta o'simliklarini bilasiz?

3-guruh (chala butalar) uchun topshiriqlar:

1. Chala buta o'simligining xarakterli belgilarini, ya'ni nima uchun chala buta deyilishini izohlab bering?

2. Kuzda chala buta o'simliklarida qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi?

3. Qaysi oila vakillarida chala buta o'simliklari ko'proq uchraydi?

4. Qaysi turkumga mansub chala buta o'simliklari qimmatli yem-xashak va shifobaxsh hisoblanadi?

5. Cho'llarda qaysi yem-xashak chalabuta o'simliklari keng tarqalgan?

6. Chalabuta va buta o'simliklarini bir-biriga taqqoslab farqli belgilarini aniqlang.

4-guruh (ko'p yillik o'tlar) uchun o'quv topshiriqlari:

1. O'tlarga xos qanday xususiyatlarni bilasiz?

2. Qanday o'simliklarga ko'p yillik o'tlar deyiladi?

3. Kuzda ko'p yillik o'tlarda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi?

4. O'tlar qanday guruhlarga bo'linadi?

5. Yovvoyi holda o'sadigan qanday ko'p yillik o'tlarni bilasiz va ular qayerlarda keng tarqalgan?

6. Qaysi oilaga mansub o'simliklarda ko'p yillik o'tlar ko'proq uchraydi? V. Manzarali o'simliklar sifatida qanday ko'p yillik o'simliklar o'stiriladi?

5-guruh (ikki yillik o'tlar) uchun topshiriqlar:

1. Qanday o'simliklarga ikki yillik o'tlar deyiladi?

2. Kuzda ikki yillik o'simliklarda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi?

3. Ikki yillik qanday madaniy o'tlarni bilasiz? Ildizmevali o'simliklar misolida tushuntiring.

4. Ikki yillik o'simliklarnngi qaysi qismlarida oziq moddalar to'planadi?

5. Yovvoyi holda o'sadigan qanday ikki yillik o'simliklarni bilasiz?

6-guruh (bir yillik o'tlar) uchun topshiriq:

1. Qanday o'simliklarni bir yillik o'tlar deyiladi?

2. Kuzda bir yillik o'simliklarda qanday o'zgarishlar ro'y beradi?

3. Yovvoyi holda qanday bir yillik o'simliklar o'sadi?

4. Qanday bir yillik madaniy o'simliklar ekiladi?

5. Qaysi oila vakillarida bir yillik o'simliklar ko'proq uchraydi?

6. Qanday o'simliklar efimerlar deyiladi?

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bu savollarni maktab o'quvchilari uchun biroz soddalashtirish, akademik litsey o'quvchilari uchun murakkablashtirish mumkin. Akademik litsey o'quvchilariga o'simliklarning hayotiy shakllari qaysi oilada uchrashiga oid savollardan berilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Har bir guruhdagi o'quvchilar o'simliklarning hayotiy shakllari bo'yicha mutaxassisga aylanadi. Qaytadan guruhlarga ajratganda har bir guruhda o'simliklarning hayotiy shakllari bo'yicha mutaxassislar yig'iladi, ya'ni har bir guruhda daraxt, buta, chala buta, ko'p yillik o'tlar, ikki yillik o'tlar, bir yillik o'tlar bo'yicha mutaxassislar to'planadi. Ular o'z mutaxassisligi bo'yicha o'rtoqlariga o'rgatishadi. Natijada, guruhdagilar o'simliklarning barcha hayotiy shakllari bo'yicha bilimga ega bo'ladilar.

Topshiriqlar bo'yicha o'quvchilar o'rtasida savol-javob, o'quv bahsi o'tkaziladi. O'quv bahsida o'quvchilar bilimi mustahkamlanishi bilan birga ba'zi o'quvchilardagi kamchiliklar ham ko'zga tashlanadi. Beshinchi sinf o'quvchilari uchun bitta topshiriq yetarli bo'ladi. Quyidagi jadvalni to'ldirishni uyga vazifa qilib berish mumkin (1-jadval):

1-jadval

№ O'simliklarning hayotiy shakllari Yovvoyi o'simliklar Madaniy o'simliklar

1. Daraxtlar

2. Butalar

3. Chalabutalar

4. Ko'p yillik o'tlar

5. Ikki yillik o'tlar

6. Bir yillik o'tlar

Akademik litsey va oliy ta'lim o'quv rejasida mazkur mavzuga ikki soat ajratilgan. Shuning uchun talabalarga ikkinchi topshiriqni ham berish mumkin. Har bir guruhga o'simliklarning hayotiy shakllarining rasmini chizish topshiriladi. Rasm chizilgan qog'ozlarda o'quvchilarning familiyalari yoziladi. Chizish uchun vaqt belgilanadi. Yig'ib olingan rasmlarni o'qituvchi o'zidagi rasmlarga solishtiradi, xatolarini aniqlab baholaydi. Uyga vazifa sifatida quyidagi jadvalni to'ldirishni berish mumkin (2-jadval):

2-jadval

O'simliklarning nomi Daraxt, buta, chala buta Bir, ikki va ko'p yillik o'tlar Hayoti davomida necha marta meva beradi Qaerda o'sadi

Dars uchun tuzilgan savol, jadval, rasmlardan o'quv yili davomida foydalanish mumkin. O'qituvchi o'quvchilarni baholashda savollarga berilgan javoblarning ilmiyligi, nutqning ravonligi, o'rtoqlarining javobidagi kamchiliklarini ko'rsata olishi, gerbariy va laboratoriya jihozlaridan foydalanishi, ilmiy tushunchalarni rasmda ifodalashlari hamda ularning ko'nikma va malakalariga e'tibor berishi lozim.

XULOSA

Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir o'quvchi-talabaning tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishiga, o'quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishiga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi.

REFERENCES

1. Eshmuxammedov R, Abduqodirov A, Pardaev A. " Ta'limda innovatsion texnologiyalar". T.: "O'qituvchi"- 2008. -B. 122.

2. Haydarova H, Bahodirova Z, Yakubjonova Sh. Ekologiya o'qitish metodikasi. T: "Iqtisod-moliya", 2009. -B. 218.

3. Pratov O' va boshqalar. Botanika. T.:"0'qituvchi"-2010. -B. 323.

4. Tolipova J. Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. T.: "O'qituvchi"- 2011. -B. 123.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.