Научная статья на тему 'TOK QATOR ORALARI TUPROG‘IGA ISHLOV BERADIGAN MASHINALAR VA ULARNING TAHLILI'

TOK QATOR ORALARI TUPROG‘IGA ISHLOV BERADIGAN MASHINALAR VA ULARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rama / jarayon / qishloq xo‘jaligi / mashina / pushta / organ / tuproq / plug-yumshatkich. / рама / процесс / сельское хозяйство / машина / плуг / орган / почва / плуг-культиватор.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Adhamov Bobur Valisher O‘g‘li

Ushbu maqolada tok qator oralariga ishlov beradigan mashina, qurilma va ularning ishchi organlarini tahlillari keltirilgan. Universal almashinuvchan ish organlarning tuzilishi, bajariladigan har bir texnologik jarayonlarda ish organlarining ramada joylashish sxemalari va uning texnik xarakteristikasi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Machines cultivating the soil between vine rows and their analysis

В данной статье приведены анализы машин, устройств и их рабочих органов для обработки междурядий. Описана структура универсальных сменных рабочих органов, схемы размещения рабочих органов в раме при выполнении каждого технологического процесса и их технические характеристики.

Текст научной работы на тему «TOK QATOR ORALARI TUPROG‘IGA ISHLOV BERADIGAN MASHINALAR VA ULARNING TAHLILI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

ЦДК: 631. 313. 6

TOK QATOR ORALARI TUPROG'IGA ISHLOV BERADIGAN MASHINALAR VA

ULARNING TAHLILI

Adhamov Bobur Valisher o'g'li NamMQI, t.f.f.d., (PhD), adhamovbobur1111 @gmail. com

Annotatsiya. Ushbu maqolada tok qator oralariga ishlov beradigan mashina, qurilma va ularning ishchi organlarini tahlillari keltirilgan. Universal almashinuvchan ish organlarning tuzilishi, bajariladigan har bir texnologik jarayonlarda ish organlarining ramada joylashish sxemalari va uning texnik xarakteristikasi keltirilgan.

Аннотация. В данной статье приведены анализы машин, устройств и их рабочих органов для обработки междурядий. Описана структура универсальных сменных рабочих органов, схемы размещения рабочих органов в раме при выполнении каждого технологического процесса и их технические характеристики.

Annotation. This article presents analyses of machines, devices, and their working organs for inter-row soil cultivation. The structure of universal interchangeable working organs is described, along with the schemes of their placement in the frame during the execution of each technological process and their technical characteristics.

Kalit so'zlar: rama, jarayon, qishloq xo'jaligi, mashina, pushta, organ, tuproq, plug-yumshatkich.

Ключевые слова: рама, процесс, сельское хозяйство, машина, плуг, орган, почва, плуг-культиватор.

Keywords: frame, process, agriculture, machine, plow, organ, soil, plow-cultivator.

Kirish. Jahonda uzimchilikni rivojlantrish uchun toklarni parvarishlashda, ularning qator oralariga ishlov berish jarayonlarini optimallashtirish va texnikа vositalarini to'g'ri tanlash orqali uzum mahsulotlari tannarhini pasaytirish va hosildorlikni oshirish yetakchi o'rinni egallamoqda. «Hozirda dunyoda 9,5-10,0 mln. gektar tokzorlar mavjud bo'lib, ularda yiliga 65-75 mln. tonnadan ortiq uzum yetishtirilishini" hisobga olsak, tok qatorlari orasiga ishlov beradigan ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-resurstejamkor yangi avlod yoki takomillashgan mashinalar konstrutsiyalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga jorish etishga katta e'tibor berilmoqda. Shu jihatdan tok qator oralariga ishlov berishda uning tuprog'ini yumshatilish darajasi yuqori, ishlov berilgan qatlam yuzasidagi va tubidagi notekisliklar belgilangan meyorlarda bo'lishini ta'minlaydigan hamda ish unimi yuqori bo'lgan diskli yumshatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda qishloq xo'jalik ekinlari davlat reyestrida Respublikamiz hududlaridagi maydonlarga ekish uchun tavsiya etilgan 45 ta uzum navlari mavjud bo'lib, mana shu navlar ichida qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan ekib kelingan va mahalliy xalqimiz tomonidan yaratilgan navlardan Qora janjal, Andijon qora uzumi, Buaki nor, Buaki tosh, Bishti, Qora va Oq kishmish, Parkent va boshqa navlar hali ham o'z o'rnini yo'qotmay kelmoqda [1; 2; 8-9-b.].

Yuqoridagilarni inobatga olib tok qator oralariga ishlov beradigan mashina va qurilmalarni tahlillarini amalga oshirish muhim vazifalardan biridi.

Tadqiqot materiallari tahlil natijalari. Tok qator oralaridagi tuproqqa normal sharoitli hududlarda 3-4 marta yoki har bir sug'orishdan so'ng yer yetilishi bilan, namgarchiligi yuqori bo'lgan hududlarda 5-7 martagacha, lalmi hududlarda esa har bir yomg'irdan so'ng ishlov berilishi lozim [3; 7-b., 4; 34-b.].

Ilgari olib borilgan izlanishlar natijasida tok qator oralari tuprog'iga ishlov berish texnologik jarayonlarini bajaradigan PRVM-3, PRVM-4 plug-yumshatkichlar, PRVN-2,5, KVN-3

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI kultivatorlar va boshqa mashina va qurilmalar ishlab chiqilib, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga keng joriy etilgan. Ko'rsatib o'tilgan mashina va qurilmalardan foydalanish tok qator oralari tuprog'iga ishlov berish jarayonlarini mexnizatsiyalash darajasini oshirish imkonini beradi [5; 16-42-b., 6; 440-445-b.].

PRVM-3 plug-yumshatkich 1-rasmda ko'rsatilgan.

1-borona ulagich; 2, 3-parallelogramm mexanizmining tortqilari; 4-vintsimon mexanizmining tortqisi; 5-vint; 6, 13-agregat harakat yo'nalishiga nisbatan ma'lum urchakka og'gan bruslar, 7-avto ulagich; 8-vintsimon mexanizm; 9-ko'ndalang brus; 10-tayanch g'ildiraklar; 11, 12-universal

ish organlar; 14-vtulka 1-rasm. PRVM-3 plug-yumshatkichning umumiy ko'rinishi

PRVM-3 plug-yumshatkich osish qurilmasi bilan jihozlangan rama, parallelogramm va vintsimon mexanizmlar, agrégat harakat yo'nalishiga nisbatan ma'lum burchakka og'gan bruslar, tayanch g'ildiraklar, markaziy va ikkita tortqiga o'rnatilgan universal ish organlaridan tashkil topgan bo'lib, ushbu universal ish organlari har bir texnologik jarayonlarda turli xil vazifalarni bajaradigan etib tayyorlargan [7; 333-335-b].

2-rasmda universal almashinuvchan ish organlarning tuzilishi, 3-rasmda esa bajariladigan har bir texnologik jarayonlarda ish organlarining ramada joylashish sxemalari va 1-jadvalda uning texnik xarakteristikasi keltirilgan.

a, b, v-mos ravishda tuproqni yumshatadigan, shudgorlaydigan va pushta oladigan ish organlar 2-rasm. Universal almashinuvchan ish organlarning tuzilishi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

a, b, v, d- mos ravishda kultivatsiyalash va tuproq yumshatish uchun, tuproq palaxsasini o'nga hamda chapga ag'darish uchun, chuqur yumshatish va egat olish uchun ish organlarning

joylashishi

1, 3-agregat harakat yo'nalishiga nisbatan ma'lum burchakka og'gan bruslar; 2-ko'ndalang brus; 4, 7-tekis kesadigan simmetrik panjalar; 5-tok ekilgan qator; 6, 8-tekis kesadigan asimmetrik panjalar; 9, 13-o'ngga ag'daradigan korpuslar; 10-ikki tomongan ag'daradigan korpus; 11, 12-

chapga ag'daradigan korpuslar; 3-rasm. PRVM-3 plug-yumshatkichning ish orgalarini ramaga joshlashish sxemalari

Universal almashinuvchan ish organlar kultivatsiyalash, tuproqni yumshatish, shudgorlash va pushta olish kabi texnologik jarayonlarning turiga qarab turli sxemalarda ramaga o'rnatiladi.

1-jadval

T/r Ko'rsatkichlarning nomi Ko'rsatkichlarning qiymati

1. Ish organlarining quyidagi variantdagi qamrash kengligi, sm: kultivatsiya uchun to'liq yumshatish uchun shudgor uchun 60,5 24 42,3

2. 1 soatdagi sof ish unumi, ga 0,7-0,99

3. Harakat tezligi, km/soat 4-7

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

4. Transport tezligi, km/soat 15 gacha

5. Ishlov berish chuqurligi, sm:

kultivatsiya uchun 6-12

to'liq yumshatish uchun 20-25

shudgor uchun 15-25

6. Tashqi o'lchamlari, mm:

uzunligi 4950

kengligi 1950

balandligi traktorga

7. Massasi, kg 670

PRVM-3 plug-yumshatkich kator oralari kengligi 2-3 m bo'lgan tokzorlar uchun mo'ljallangan.

PRVM-4 plug-yumshatkichning tarkibi PRVM-3 plug-yumshatkichi hamda unga qo'shimcha ravishda o'rnatiladigan uzaytirgich, tayanch g'ildiraklar orasini o'zgartirish imkonini beradigan ko'ndalang brus va ish organlarni ramada o'rnatish imkonini beradigan parallelogramm mexanizmlardan tashkil topgan. PRVM-4 plug-yumshatkich qator oralari kengligi 3-4 m bo'lgan tokzorlar uchun mo'ljallangan.

Ushbu mashina asosan tok qatorlari oralaridagi tuproqni yumshatishda qo'llaniladi. Unga tok qatorlari oralaridagi tuproqni yumshatish mobaynida tok tuplari oralaridagi tuproqni yo'laklab ishlov beradigan moslamani o'rnatib, bu texnologik jarayonlarni birgalikda bajarish imkoniyati mavjud.

PRVN-2,5 tokzor kultivatori (1.4-rasm) osish qurilmasi bilan jihozlangan rama, tayanch g'ildiraklar, o'qyoysimon panjalar va kerakli vaqtda burilib ishlaydigan prujinali mexanizmlardan tashkil topgan [8].

4-rasm. PRVN-2,5 tokzor kultivatorining umumiy ko'rinishi

PRVN-2,5 tokzor kultivatori kator oralari kengligi 2-2,5 m bo'lgan tokzorlar uchun mo'ljallangan. Ushbu tokzor kultivatorining chap va o'ng tomonga o'rnatilgan o'qyoysimon panjasining ustuni egik tayyorlanganligi tufayli bu ish organini tok tanasiga yaqinlashganda uni aylanib o'tadi hamda tok tuplari orasidagi va tok qatorlari oralaridagi tuproqqa agregatning bir

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

o'tishida tok tanalariga shikast yetkazmasdan ishlov beradi.

MPV-1A mashinaning universalligi almashtiriladigan ish organlarini turli variantlarda yig'ilishi ta'minlanadi. Mashina qator orasi 2,5-3 m bo'lgan tok qator oralariga ishlov berish uchun mo'ljallangan bo'lib, quyidagi ishlov berish jarayonlarini bajarishda qo'llaniladi: -qator oralarini va tuplar orasini kultivatsiyalash; -qator oralarini yoppasiga yumshatish; -sug'orish egatlarini ochish bilan birga o'g'it solish; -o'g'it solmasdan yoki o'g'it solib plantaj haydashni yangilash.

MPV-1A mashinasi (5-rasm) universal rama, ikkita universal va bitta markaziy yumshatkich, gidravlik yuritma bilan aylantiriladigan ikkita o'g'it solish apparati, ikkita korpuslar, shuningdek, taranglash prujinalarining kronshteynlari, ish organlarining yurish chuqurligini rostlovchi detallar va vintli mexanizmlaridan iborat bo'lib, ikkita tayanch metall g'ildirakdan tashkil topgan. Mashina qatorlar oralarini va tuplar orasini kultivatsiyalash variantida yig'ilganda (5-rasm) rama 1 ga universal ish organlari 4 va 14, uzun lemexlar 6 va 13, lemexlar 10 va 12, markaziy yumshatkich 9 o'rnatiladi.

75 .'£ J? !& / ? r

1-universal rama; 2 va 16-prujinalar; 3 va 15-obtekatellar; 4 va 14-universal ish organlari; 5 va 17-qanotlar; 6 va 13-uzun lemexlar; 7 va 18-otpashniklar; 8-kronshteyn; 9-markaziy yumshatkich; 10

va 12-lemexlar; 11- ustun 5-rasm. MPV-1A mashinasi qator oralarini va tuplar orasini kultivatsiyalash variantidagi

umumiy ko'rinishi

Mashina quydagi tartibda ishlaydi: agregat harakatlanganida universal ish organlari va markaziy yumshatkich tuproqqa botadi, bunda lemexlar 10 va 12 tuplar orasidagi begona o'tlar ildizini qirqadi.

Xulosa. Yuqorida tahlil qilingan tok qatorlari oralariga ishlov berishda qo'llaniladigan mashinalar asosan chet el firmalari tomonidan ishlab chiqilgan hamda ular o'qyoysimon panjalar bilan jihozlanganligi sababli yuqori energiyahajmdor hisoblanadi, shuningdek, ularning konstruksiyalari murakkab va respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos kelmaydi. Respublikamizda ishlab chiqilganlari esa ma'nan eskirgan hamda energiya-resursxajmdor hisoblanadi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Demak, respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, konstruktiv jihatdan sodda va energiya-resurstejamkor tok qatorlari oralariga ishlov berishda qo'llanadigan mashinani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR

1. https://uzwine.uz/main.php?lang=uz&page=grapeinfo

2. Темуров Ш. Узумчилик. - Тошкент, 2002. - 200 б.

3. Джавакянц Ю.М. Технология обработки почвы в горных богарных садах и виноградниках Узбекистана Ташкент: Фан, 2004. - 43 с.

4. Шоумарова М., Абдиллаев Т. Богдорчилик машиналари. - Тошкент, 2006. - 88 б.

5. Кушназаров Х. Бог ва токзорларда ишлатиладиган техника воситалари. -Тошкент, 1985. - 148 б.

6. Карпенко А. Н., Халанский В. М. Сельскохозяйственные машины. - Москва, 1989. -

527 с.

7. Б.В.Адхамов ПРВМ русумли ток катор оралари тупрогига ишлов берадиган курилмаларнинг тах,лили // Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari-Toshkent, 2023. 333-335 b.

8. http://vinograd-vino.ru/mekhanizmy-dlya-obrabotki-vinogradnikov/390-mashiny-dlya-vozdelyvaniya-vinograda.html

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.