Research BIB / Index Copernicus
TO'QIMACHILIK MAHSULOTLARINI INKLYUZIV LOYIHALASHNING KOMPLEKS JIHATLARI
Abdushukurova Yulduz Shavkat qizi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ilmiy maqolada harakat imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus kiyimlarni loyihalashda inklyuziv dizaynning ahamiyati tadqiq qilingan. Shuningdek, unda ergonomika, funksionallik, estetika va texnologik innovatsiyalar kabi asosiy tamoyillar yoritilib, bu jarayonda global tajribalardan o 'rnak sifatida foydalanish ko 'rib chiqiladi. Tadqiqotda kiyimda estetika va qulaylik talablari bilan belgilanuvchi, harakat imkoniyati cheklagan inson uchun moslashtirirish rilgan libos kolleksiyasi yaratilgan. Nogironlar uchun maxsus kiyimlarni loyihalash va yaratish jarayonida inklyuziv dizaynni qo'llash bo'yicha nazariy asoslar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqilgan.
Kalit so 'zlar: inklyuziv dizayn, nogiron shaxs, to 'qimachilik, sanoat, kiyim.
The scientific article explores the importance of inclusive design in creating specialized clothing for individuals with limited mobility. It highlights key principles such as ergonomics, functionality, aesthetics, and technological innovations, examining global practices as examples in this process. The study presents a collection of garments tailored to meet the aesthetic and comfort requirements of individuals with restricted mobility. Theoretical foundations and practical recommendations for applying inclusive design in the development and creation of special clothing for people with disabilities have been developed. Keywords: inclusive design, individuals with disabilities, textiles, industry, clothing.
Hozirgi kunda inklyuziv dizayn tamoyillari kundalik hayotda muhim o'rin tutmoqda. Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun moslashtirilgan kiyim-kechak yaratish nafaqat ularning kundalik hayotini osonlashtiradi, balki ijtimoiy moslashuviga ko'maklashadi. Ushbu tadqiqotda tanadagi nuqsonlar va reabilitatsiya vositalari xususiyatlari asosida adaptatsion kiyimlarni loyihalashning kompleks jihatlari o'rganiladi. To'qimachilik mahsulotlarini inklyuziv loyihalashning kompleks jihatlarini o'rganish muhim hisoblanadi. Chunki inklyuziv loyihalash tanadagi nuqsonlar va ularni reabilitatsiya qilish vositalari to'g'risidagi ma'lumotlarni ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. Bu, o'z navbatida, sanoat korxonasi sharoitida ishlab chiqarish uchun adaptatsiya qilingan kiyimlarni loyihalashga yordam beradi.
ABSTRACT
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
Inklyuziv loyihalashning ahamiyati shundaki, u barcha insonlar uchun qulay va foydali mahsulotlar yaratishga qaratilgan bo'lib, jamiyatda tenglik va inklyuziyani ta'minlashga yordam beradi.
MAVZUGA DOIR ADABIYOTLAR SHARHI
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun moslashtirilgan kiyim-kechak yaratish, o'ziga xos va juda muhim soha hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, nogiron shaxslarning kundalik ehtiyojlarini qondirishga, ularning harakatlanishini yengillashtirishga va estetik qulayliklarni ta'minlashga qaratilgan.
Jumladan, R.Siddiqova «Nogironlar uchun maxsus kiyimlarning estetik va funksional dizayni» nomli tadqiqot ishida nogiron shaxslar ehtiyojlarini qondirish uchun mos kiyimlar yaratishda texnik va dizayn jihatlariga alohida e'tibor qaratilib, unda qulaylik va estetik dizayn prinsiplari muhokama qilinadi. To'lqinov A. S., Mamadalieva Z.B. esa O'zbekistondagi nogironlarning ehtiyojlariga mos kiyim ishlab chiqarish jarayonlari va mahalliy bozor sharoitlaridagi talablar tahlil qilgan. Shuningdek, G.Matqurbonovaning «Kiyim dizaynda inklyuzivlik: nogironlar uchun yondashuvlar» nomli ilmiy maqolasida inklyuziv dizaynning ijtimoiy ahamiyati va nogiron shaxslar uchun moslashuvchan kiyim yaratishdagi zamonaviy yondashuvlar haqida so'z yuritilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
«Nogiron» so'zi o'zbek tiliga fors-tojik tilidan kirib kelgan va «no» (inkor ma'nosini bildiradi) hamda «giron» (og'ir, qiyin) so'zlaridan tashkil topgan. Lug'aviy ma'nosi "qiyinchilik yoki og'irlikka ega bo'lgan" degan mazmunni anglatadi. Bu so'z dastlab turli holatlar yoki muammolarni tasvirlashda keng ishlatilgan bo'lsa - da, keyinchalik u insonlar bilan bog'liq holatlar uchun ishlatiladigan tushunchaga aylangan. Zamonaviy tushunchalar va tilshunoslikda o'zgarishlar sabab bu so'z o'rniga ijobiyroq va neytralroq atamalarni ishlatish tendensiyasi kuchaymoqda. Masalan: "harakat imkoniyati cheklangan". Bu atamalar insonning imkoniyatlarini salbiy yoki cheklovli nuqtai nazardan emas, ularning o'ziga xosligi va ehtiyojlarini hisobga olib ishlatiladi.
Nogironlar uchun moslashtirilgan kiyimlar nafaqat funksional jihatdan, balki ijtimoiy va psixologiyaviy ahamiyatga ham ega. Bu sohadagi tadqiqotlar asosan moslashtirilgan kiyimlarning turli jihatlariga, xususan, dizayn talablariga va materiallarga e'tibor qaratmoqda.
Birinchi navbatda, moslashtirilgan kiyimlarning funksional dizayn talablari muhim o'rin tutadi. Nogiron shaxslar uchun ishlab chiqilgan kiyimlar ularning hayotini yengillashtirish, qulaylikni oshirish va harakatlanishni yanada
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
osonlashtirishga qaratilgan. Masalan, magnitli yopqichlar, elastik matolar, yoki avtomatik tugmalar kabi elementlar kiyimni yengil kiyish va yechish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, qo'l yoki poylarida cheklovlar bo'lgan shaxslar uchun qulaylik yaratadi.
Ikkinchi muhim omil — sensor qulaylikdir. Sensor sezgirligi yuqori bo'lgan shaxslar uchun qo'pol tikuvlarsiz, yumshoq matolardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu ularning terisini qo'shimcha razdrajyon qilish ehtimolini kamaytiradi va ularning kundalik hayotini yengillashtiradi.
Shuningdek, estetika va ijtimoiy muloqot judo muhimdir. Kiyim nafaqat funksional bo'lishi, balki ijtimoiy muloqot va shaxsiy qadriyatlarga ham muvofiq kelishi kerak. Zamonaviy dizaynlar nogiron shaxslarga o'zini ishonchli his qilishga yordam beradi, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlariga imkoniyat yaratadi. Bu dizaynlar insonning ijtimoiy egaligini mustahkamlashga yordam beradi.
Bundan tashqari, oila a'zolari uchun qulayliklarga ham e'tibor qaratish kerak. Moslashtirilgan kiyimlar oila a'zolari yoki paramediklarga kiyimni oson kiydirish va yechish imkonini ham taqdim etishi zarur. Bu, ayniqsa, nogiron shaxslarning yordamiga muhtoj bo'lgan oila a'zolari uchun qulaylik yaratadi.
Mahalliy muhitga moslashuv mavzusida ham maxsus tadqiqotlar olib borilmoqda. O'zbekistonda nogironlar uchun moslashtirilgan kiyim ishlab chiqarishda milliy mato va uslublardan foydalanish muhim. Milliy an'analar va zamonaviy texnologiyalarning uyg'unligi nogiron shaxslar uchun qulay va estetik kiyimlarni yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun moslashtirilgan kiyim-kechak yaratish sohasidagi tadqiqotlar ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lib, unda funksional va estetik elementlarning o'zaro bog'lanishini, shuningdek, mahalliy sharoitlarga moslashuvni talab qiladi. Ushbu jarayonda ilmiy tadqiqotlar va dizayn yangiliklari muhim rol o'ynamoqda.
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun kiyim-kechak dizayni o'ziga xos texnologik va funksional talablarni qo'yadi. Bunday kiyimlarning asosiy vazifasi:
Foydalanuvchining jismoniy qulayligini ta'minlash;
Reabilitatsiya vositalari bilan mos kelishi;
Estetik ko'rinishini saqlash;
Mustahkam va gigienik materiallardan tayyorlanishi.
Tanadagi nuqsonlar va reabilitatsiya vositalari tahlili ham muhim bo'lib, nogironlik holatlariga ko'ra kiyimni loyihalashda quyidagi jihatlar hisobga olinadi:
- harakatlanish cheklovlari: protez yoki ortopedik vositalar bilan mos kiyimlar;
- teri sezuvchanligi: allergik yoki gigienik talablar asosida material tanlash;
Research BIB / Index Copernicus
motor faoliyati cheklovlari: kiyimning oson yechilishi va kiyilishi uchun
ergonomik konstruksiya.
Adaptatsion kiyim loyihalash tamoyillari
1. Funktsionallik: kiyimning maxsus tugmalar, fermuarlar yoki elastik bo'limlar orqali qulay kiyilishi.
2. Texnologik moslashuv: reabilitatsiya vositalari bilan integratsiyani hisobga olish.
3. Estetika va individuallik: foydalanuvchining o'ziga xos talablarini qondirish.
4. Material tanlovi: nafas oluvchi, allergiyaga qarshi va elastik xomashyo qo'llash.
Atrofimizdagi dunyo haqida ma'lumot olish uchun biz beshta asosiy sezgimizga tayanamiz. Tayanch-harakat tizimi va boshqa tizimi va boshqa kasalliklarni shikastlanish darajasi va tabiati va ularning oqibatlari bilan ajralib turadigan turli xil nogironlar guruhlari ko'rib -chiqiladi,ularning anatomik va funktsional imkoniyatlari maxsus kiyimga bo'lgan ehtiyojni belgilaydi. Hozirgacha mamlakatimizda reabilitatsiya vositasi sifatida faqat qo'lsiz nogironlar uchun maxsus kiyim ishlab chiqilgan. Biroq amaliyot shuni ko'rsatdiki,nogironlarning boshqa guruhlari ham maxsus funktsional va estetik kiyimga muhtoj va kasallikdan ta'sirlangan tananing qismlarini xayoliy ravishda yashirishga qodir bo'lgan maxsus kiyim yaratish tibbiy va ijtimoiy jihatdan juda dolzarb vazifadir. Harakat imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus moslashuvchan kiyimlarni ishlab chiqishda inklyuziv dizayn muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasining «Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari to'g'risida»gi Qonuni 2021-yil 15-oktabrda qabul qilingan. Ushbu qonun nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ularning jamiyat hayotiga to'liq va teng ishtirok etishlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Qonunning asosiy maqsadlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish: Ularning inson huquqlari umumiy tamoyillariga asoslangan holda yashash huquqini ta'minlash.
2. Ijtimoiy integratsiya: Nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyatga to'liq qo'shilishlarini ta'minlash, teng imkoniyatlarni yaratish.
3. Diskriminatsiyani oldini olish: Nogironligi bo'lgan shaxslarga nisbatan barcha shakldagi diskriminatsiyani taqiqlash.
4. Muvofiqlashtirilgan huquqiy mexanizmlar yaratish: Ushbu shaxslarning
Research BIB / Index Copernicus
ta'lim olish, mehnat qilish, sog'liqni saqlash va boshqa sohalardagi huquqlarini himoya qilish tizimini ishlab chiqish.
Qonun 8 bob va 48 moddadan iborat bo'lib, unda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta'minlashning asosiy prinsiplari, davlat organlari va tashkilotlarning vazifalari hamda javobgarlik choralari belgilangan. Shu bilan birga, nogironlikni belgilash tartibi va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish masalalari ham yoritilgan.
Mazkur qonun orqali O'zbekiston BMTning «Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi» qoidalariga muvofiq ravishda o'z milliy huquqiy bazasini mustahkamlashni maqsad qilgan.
O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-oktabrda qabul qilingan "Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari to'g'risida"gi Qonuni nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, ularni jamiyat hayotiga to'liq va samarali qo'shilishiga yordam berishga yo'naltirilgan huquqiy asosdir. Ushbu qonun nogironligi bo'lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilashga, ularning teng imkoniyatlardan foydalanishini ta'minlashga hamda diskriminatsiyani bartaraf etishga xizmat qiladi. Ushbu qonun O'zbekistonning 2008-yilda ratifikatsiya qilgan BMTning «Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi» qoidalariga mos keladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi va ''Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi'' tomonidan e'lon qilingan tamoyillari va maqsadlarga muvofiq,har qanday nogironligi bo'lgan odamlar nafaqat ushbu hujjatlarda mustahkamlangan fuqarolik,siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy huquqlarning butun doirasini o'rganish,shuningdek ular tomonida tan olingan huquqdan ularni boshqa odamlar bilan teng sharoitda foydalanish uchun foydalanishi e'tirof etiladi.
Harakat imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatda kundalik faoliyatlarni amalga oshirishda ko'plab to'siqlarga duch keladilar. Bu to'siqlar nafaqat infratuzilmaviy masalalarda, balki kiyim-kechak kabi oddiy ehtiyojlarda ham seziladi. Kiyim insonning nafaqat fiziologik, balki ijtimoiy va psixologik ehtiyojlarini ham qondiradigan muhim vosita hisoblanadi. Ammo an'anaviy moda sanoati harakat imkoniyati cheklangan insonlar uchun yetarlicha mos mahsulotlarni taklif etmaydi. Shu sababli, maxsus moslashuvchan kiyimlarni ishlab chiqish va inklyuziv dizayn tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish tobora dolzarb masalaga aylanmoqda.Inklyuziv dizayn tushunchasi barcha insonlar uchun qulay, xavfsiz va foydalanish oson bo'lgan mahsulotlarni loyihalashni anglatadi. Bu yondashuvda jismoniy, hissiy va psixologik imkoniyatlarning keng diapazoni hisobga olinadi. Harakat imkoniyati cheklangan insonlar uchun inklyuziv dizayn asosidagi kiyimlar funksional bo'lishi bilan birga, ularning o'zini jamiyatda teng va qadrli his qilishlariga yordam beradi. Masalan,
Research BIB / Index Copernicus
nogironlar aravachasida o'tiradigan insonlar uchun kiyim nafaqat ergonomik jihatdan mos bo'lishi, balki o'tirgan holatda chiroyli va to'g'ri turishi kerak. Shuningdek, turli yoshdagi va madaniy kelib chiqishga ega insonlarning estetik talablarini ham inobatga olish muhim.Bugungi kunda moda va texnologiyaning rivojlanishi ushbu sohada yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Moslashuvchan materiallar, ilg'or tekstil texnologiyalari va foydalanuvchilar ehtiyojlariga moslashtirilgan kiyim dizaynlari jamiyatda keng tarqalmoqda. Bunda inklyuziv yondashuv nafaqat insonlar ehtiyojlarini qondirish, balki ularning jamiyatda teng huquqli qatnashuvchilar sifatida o'zlarini erkin his qilishlarini ta'minlashni maqsad qiladi. harakat imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus moslashuvchan kiyimlarni ishlab chiqishda inklyuziv dizaynning ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Unda quyidagi masalalar yoritiladi:
Inklyuziv dizayn tamoyillarining asosiy jihatlari;
- Moslashuvchan kiyimlarning ergonomik, estetik va funksional talablari;
- Texnologik innovatsiyalarning ushbu sohadagi o'rni va istiqbollari.
Harakat imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatning muhim qismi bo'lib, ular hayot sifatini yaxshilash uchun maxsus yondashuvlarni talab qiladi. Oziq-ovqatdan tortib transportgacha, har bir xizmat yoki mahsulot ushbu insonlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. Kiyim-kechak esa inson hayotining ajralmas qismi sifatida nafaqat ularning qulayligi va xavfsizligini ta'minlashi, balki ijtimoiy moslashuvchanlik va o'z-o'zini anglash imkoniyatlarini oshirishi kerak.Afsuski, an'anaviy moda sanoati aksar hollarda harakat imkoniyati cheklangan insonlarning ehtiyojlarini yetarlicha qamrab olmaydi. Kiyimning murakkab qismlari (masalan, tugmalar, fermuarlar), harakatlanishni cheklaydigan qattiq materiallar yoki ergonomik jihatdan mos kelmaslik ushbu insonlar uchun muammolar tug'diradi. Shu sababli, inklyuziv dizayn tamoyillari asosida moslashuvchan kiyimlarni ishlab chiqish nafaqat individual qulaylikni oshiradi, balki bu insonlarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Inklyuziv dizayn - bu barcha imkoniyatlarga ega bo'lgan insonlar uchun mahsulot yoki xizmatlarni yaratish jarayonidir. U universal dizayn tamoyillariga asoslanib, barcha turdagi jismoniy, aqliy yoki hissiy imkoniyatlarga ega insonlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Bu yondashuv kiyim-kechak sanoatida yangi imkoniyatlarni ochib beradi, chunki harakat imkoniyati cheklangan insonlar uchun qulay kiyim nafaqat zarurat, balki ularga tenglik va hurmat tuyg'usini ham ta'minlaydi.Harakat imkoniyati cheklangan kishilar uchun moslashtirilgan kiyimlar nafaqat maxsus qulaylik, balki ularning kundalik hayotini osonlashtiradigan funksionallikni ta'minlashi kerak. Masalan, qo'l harakati cheklangan insonlar uchun
Research BIB / Index Copernicus
oson ochiluvchi magnitli fermuarlar yoki aravachada o'tiradigan kishilar uchun bukiluvchan materiallardan tayyorlangan shimlar kundalik hayotning muhim ehtiyojlariga mos keladiHarakat imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatning muhim qismi bo'lib, ular hayot sifatini yaxshilash uchun maxsus yondashuvlarni talab qiladi. Oziq-ovqatdan tortib transportgacha, har bir xizmat yoki mahsulot ushbu insonlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. Kiyim-kechak esa inson hayotining ajralmas qismi sifatida nafaqat ularning qulayligi va xavfsizligini ta'minlashi, balki ijtimoiy moslashuvchanlik va o'z-o'zini anglash imkoniyatlarini oshirishi kerak.Afsuski, an'anaviy moda sanoati aksar hollarda harakat imkoniyati cheklangan insonlarning ehtiyojlarini yetarlicha qamrab olmaydi. Kiyimning murakkab qismlari (masalan, tugmalar, fermuarlar), harakatlanishni cheklaydigan qattiq materiallar yoki ergonomik jihatdan mos kelmaslik ushbu insonlar uchun muammolar tug'diradi. Shu sababli, inklyuziv dizayn tamoyillari asosida moslashuvchan kiyimlarni ishlab chiqish nafaqat individual qulaylikni oshiradi, balki bu insonlarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun kiyim dizayni ijtimoiy va texnologik muhim vazifa hisoblanadi. Mazkur tadqiqot natijasida reabilitatsiya jarayonini yengillashtiruvchi va inson qulayligini oshiruvchi innovatsion adaptatsion kiyimlar yaratish imkoniyati kengayadi. Bu, o'z navbatida, inklyuziv jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tavsiyalar
1. Texnologik innovatsiyalarni kiyim ishlab chiqarishda qo'llash;
2. Mahalliy xomashyo asosida inklyuziv to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqish;
3. Reabilitatsiya markazlari bilan hamkorlikda foydalanuvchi talablarini o'rganish va yangi mahsulotlar yaratish.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. G'ulomov G'. G., Tursunov R. A. «To'qimachilik sanoati texnologiyalari.» -Toshkent: O'qituvchi, 2019.
2. Kuznetsov V. A., Sokolov S. P. «Inklyuziv dizayn tamoyillari.» - Moskva: Mir,
3. Saidov B. T., Karimova N. M. «Maxsus kiyimlarning ergonomik jihatlari.» -Toshkent: Universitet nashriyoti, 2020.
4. World Health Organization (WHO). «Assistive Technology for Persons with Disabilities.» - Geneva: WHO Publications, 2021.
2021.
Research BIB / Index Copernicus
5. Sadikova, S. A., Kultasheva, N. D. Bauxauz-Germaniya madaniyatining fenomeni sifatida. (2023). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 433-438.
6. Kultasheva N. Bayat Mukhtarov And His Plastic Innovations - Art and Design: Social Science, 2022.
7. Fletcher, K., Grose, L. «Fashion & Sustainability: Design for Change.» - London: Laurence King Publishing, 2019.
8. To'lqinov A. S., Mamadalieva Z.B. «To'qimachilik materiallari nazariyasi» -Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
9. International Organization for Standardization (ISO). «ISO 21856: Assistive Products for Persons with Disability.» - Geneva: ISO, 2020.
10. Kashtanova O. V. «Nogironlar uchun kiyim dizayni: texnologik yondashuvlar.» -Moskva: Tekstil nashriyoti, 2022.