Научная статья на тему 'IMKONIYATI CHEKLANGANLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA INKLYUZIV TA`LIM TIZIMINING AHAMIYATI'

IMKONIYATI CHEKLANGANLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA INKLYUZIV TA`LIM TIZIMINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
60
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy himoya / nogironlar / inklyuziv ta’lim / erta bolalik / ota-ona stressi / normalizatsiya

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Nurmatova Maftuna Farxod Qizi, Temirova Parvina Tolib Qizi

Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda inklyuziv ta’lim tizimining ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda inklyuziv ta’limning nogironlar uchun teng imkoniyatlar va huquqlarni ta’minlashga qo‘shgan hissasi, shuningdek, uning bag‘rikeng va teng huquqli jamiyatni shakllantirishga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot inklyuziv ta’lim prizmasi orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning asosiy jihatlarini aniqlash va ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Mavzuning dolzarbligi inklyuziv ta’limning nogironlarni ijtimoiy himoyalash va integratsiyalashuviga, shuningdek, ularning jamiyat hayotidagi ishtiroki darajasini oshirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasi bilan ta’kidlanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMKONIYATI CHEKLANGANLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA INKLYUZIV TA`LIM TIZIMINING AHAMIYATI»

IMKONIYATI CHEKLANGANLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA INKLYUZIV TA LIM TIZIMINING AHAMIYATI

Nurmatova Maftuna Farxod qizi E-mail: [email protected] Samarqand Davlat Unversitetni talabasi

Temirova Parvina Tolib qizi Samarqand Davlat Unversitetni talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10933109

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 1st April 2024 Accepted: 2nd April 2024 Published: 5th April 2024

KEYWORDS Ijtimoiy himoya, nogironlar, inklyuziv ta'lim, erta bolalik, ota-ona stressi, normalizatsiya.

Ushbu maqolada nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda inklyuziv ta'lim tizimining ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Ishda inklyuziv ta'limning nogironlar uchun teng imkoniyatlar va huquqlarni ta'minlashga qo'shgan hissasi, shuningdek, uning bag'rikeng va teng huquqli jamiyatni shakllantirishga ta'siri tahlil qilingan. Tadqiqot inklyuziv ta'lim prizmasi orqali nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning asosiy jihatlarini aniqlash va ushbu tizimni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. Mavzuning dolzarbligi inklyuziv ta'limning nogironlarni ijtimoiy himoyalash va

integratsiyalashuviga, shuningdek, ularning jamiyat hayotidagi ishtiroki darajasini oshirishga qo'shayotgan salmoqli hissasi bilan ta'kidlanadi

Kirish.

Mavzuning dolzarbligi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, jahon hamjamiyatida ijtimoiy dunyoqarashning o'zgarishi natijasida inson omili ustuvor ahamiyat kasb etayotgan bir sharoitda imkoniyati cheklangan shaxslarga bo'lgan munosabat tubdan o'zgarib bormoqda. Ushbu davr mobaynida qabul qilingan xalqaro hujjatlar nogironlarni jamoatchilikdan ajratib qo'yish emas, balki ularning jamiyat bilan integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy model g'oyalarini o'zida mujassam etdi. Bu o'z navbatida imkoniyati cheklangan shaxslar muammolarini hal qilishning yangicha tamoyillarini ishlab chiqish, ularni jamiyatga moslashtirish, bandligini ta'minlash, ta'lim sifatini oshirish, abilitatsiya va reabilitatsiya qilish hamda himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida maxsus tadqiqotlar olib borish zaruratini keltirib chiqardi.

Shunday ekan, buning uchun har bir inson harakat qilishi kerak. Vatanni sevgan inson oilasini ham sevadi, oilasini sevgan inson Vatanini sevadi. Demak bu ikkisi bir - biriga chambarchas

Volume 1, Issue 5, April 2024

Page 47

bog'liq narsalardir. Vatanini gullab yashnashini xoxlaganidek, oilasini ham gullab yashnashini xoxlaydi. Farzandlari barkamol inson bo'lib yetishishiga ko'mak beradi.

Mavzu yuzasidan adabiyotlar taxlili.

Inklyuziv ta'limni O'zbekiston Respublikasida joriy qilishning afzallik tomoni shundaki, maxsus ta'lim muassasalari mavjud bo'lmagan joylarda ham imkoniyati cheklangan bolalarni umumta'lim tizimiga to'liq jalb qilinishiga imkoniyat yaratishdir. Inklyuziv ta'lim umumta'lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo'lgan ta'limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta'lim olishiga oid qo'shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta'lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta'lim turlixil ehtiyojli bolalarning ta'lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta'lim turli ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta'limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta'limni tatbiq etishda dars berish, o'qitish bir muncha samarali va unumli bo'lsa unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalarbundan ma'lum bir samaraga erishishadi. Inklyuziv ta'lim madaniyati "Salamanka deklaratsiyasi"ga muvofiq har bir o'quvchining tafovut xususiyatlarini qo'llab-quvvatlovchi va ma'qullovchi islohot sifatida qarashadi.Har bir shaxsda mehr olish, e'tiborda bo'lish, himoyalanish, shaxsiylik faoliyatini ruxlantirish va shu kabi ehtiyojlar mavjud. Nogiron odamlar bundan mustasno emas, lekin bulardan tashqari ularning alohida shaxsiy ehtiyojlari mavjud. Ularning xatti harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari kabi jihatlariga asoslangan holda nogironliklari oz bo'lsada o'xshash bo'lgan taqdirda ham ular bir biridan farq qiladi. Masalan: ikkita nogironligi bir xil bo'lgan bolalarning biri ijobiy, ruxlantiruvchi muhitda yashashi mumkin, ikkinchisi esa salbiy, ko'ngilni qoldiruvchi muhitda yashashi mumkin1. Ularning ikkalasi ham nogiron bo'lsada, bu ularga bir xil yordam ko'rsatilishi kerak degani emas. Ularning ehtiyojlari yakkama-yakka holda qondirilishi lozim.

Imkoniyati cheklangan bolalar deganimizda avvalo iqtisodiy yoki siyosiy faktorlarni emas balki jismoniy faktorni ya'ni nogironlikni ko'zda tutamiz. Nogironlik tushunchasini izohlash juda qiyin. Nogironlikning an'anaviy tushunchasi inson salomatligi bilan nimadur joyida emasligiga qaratilgan. Shunday qilib, jismoniy imkoniyati cheklanganlikka ko'zi ojizlik, karlik, odam qiynalib yoki butunlay harakatlanmaydigan turli holatlar, psixik kasalliklar, shuningdek, Daun sindromi va epilepsiya holati taalluqlidir. Bu tibbiy turidir. Nogironlikning ijtimoiy turi- bu insoniy xuquqlar muammosi! Ular ham teng qadriyatli insoniy mavjudot va teng xuquqqa egadirlar. Nogironlikning turlari bo'yicha qisqacha aytib o'tdim. Endi aqliy buzilishga ega bo'lgan shaxslarni parvarishlash va normallashtirish haqida aytmoqchiman. Maqsad shuki, har bir inson o'zi xoxlaganidek yashashi va ijod qilishiga yo'l ochishidir. Nogiron insonga ham hamma qatori hayotini davom ettirishi har soxada yutuqlarga erishishi uchun imkoniyat berish kerak deb o'ylayman. Buning uchun ularning hayotini normallashtirish eng to'g'ri yo'ldir.

Normallashtirish tamoyili quyidagicha ta'riflanadi: intellektual va boshqa funksional buzilishlarga ega bo'lgan shaxslar uchun kundalik mavjudlikni va hayot sharoitlarida shunday qulayliklar yaratiladiki, ular jamiyatda qabul qilingan shakllarga ancha yaqin yoki ular bilan deyarli mos kelgan bo'ladi.

Normallashtirish tamoyili barcha funksional buzilishlarga ega bo'lgan, kelib chiqish sababalaridan qat'iy nazar oilalaridan, jamiyatdan, madaniyatdan mahrum bo'lish xavfi bo'lgan

insonlarga tegishli bo'lib, bu tamoyil ularning reabilitasiyasi va ijtimoiy integratsiyasi uchun xizmat qiladi.

Hayot siklini kechishining normal shakllari. Normallashtirish shuningdek, hayotda rivojlanishning barcha bosqichlarini bosib o'tish imkonini mavjudligini anglatadi: bolalik, o'quvchi, o'smirlik, katta yoshdagi inson.

Ota-onalar tangliklari. Funksional buzilishlarga ega farzandlari mavjud ota - onalar hayot sikli mobaynida 2 bosqichdan o'tadi: ular davomida normal jarayonlar sinadi yoki buziladi. Bu bir yoki bir nechta funksional buzilishli farzand dunyoga kelganida yoki biror oqibatda bolada bunday buzilish vujudga kelgani birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich bolani o'sib borishi bilan kechadi, ikki bosqich ham ota-onalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va shuning uchun ular bola va o'smirning rivojlanishi va ilk hayot yutuqdariga yetarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Aynan shuning uchun yosh va yoshi katta ota-onalarning osuda hayotlarini qo'llab quvvatlash ota-onalar tashkilotlari oldida turgan asosiy masalalardan biridir.

Erta bolalik. Funksional buzilishlarga ega bola boshqa barcha bolalar qatori mexribonlik va yaqinlikka, insonlar bilan muloqotda bo'lishga extiyoj sezadi.

Hech qaysi shifokor yoki boshqa inson vaziyatni qiyinlashtirmasligi ota-onalar tushuna olmaydigan yoki amalda qo'llab quvvatlolmaydigan uzoqni ko'zlovchi qarorlar qabul qilishga shoshilmasligi kerak. Biz shuni bilamizki, bolani intelektual va harakat funksiyalarini shuningdek, uning hissiy va shaxsiy rivojlanishida ota-onalar mehribonligi katta o'rin tutadi.

Aynan shuning uchun shifokorlar hamjamiyati va boshqa jamiyat tashkilotlari bunday oilalarga maslahatlar berib borish zamirida ushbu etik me'yorlarga va ushbu psixologiyaga katta e'tibor bilan yondoshishlari ayniqsa muhimdir.

Natija va muhokama.

Inklyuziv ta'limda yangi fikrlarning talqin etilishi milliy islohot va maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun strategiyalarda aniq aks etishi lozim hisoblanadi.Maxsus ta'limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi kerak va ularning bilim olishlarini ta'minlashi kerak.

Maxsus extiyojlar ta'limi ta'lim tizimining bir qismidir. U jamiyat va mutaxassislar qimmati va munosabatlari, moliyaviy resurslarni taqsimlash va o'qitish, o'qituvchilar va maktab tabiati borasidagi savollar bilan o'zaro bog'liqdir.

Barchaga ta'limni rivojlantirish uchun umumiy ta'lim tizimiga tarkibiy o'zgartirishlar kiritish muhimdir. «Normal» va «maxsus» ta'lim o'rtasidagi to'siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta'lim oddiy ta'limning bir qismi bo'lishiga qaramasdan, o'zining o'quvchilari, o'qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta'minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta'lim tizimi amalda qo'llanib kelinmoqda. Barcha o'quvchilarning talablariga javob beruvchi inklyuziv maktabda bunday tizimga extiyoj qolmaydi.

Islohotlar ta'lim maqsadlarining amaliyotini boshqarishi mumkin, lekin ular pedagogik amaliyotni to'g'ridan-to'g'ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo'lishi uchun, islohotlar

yaxshi muhokama qilinishi va ta'lim tizimi boshqaruvchilari va uni amalda qo'llovchilar tomonidan ko'rib chiqilishi kerak.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, inklyuziv ta'lim tizimi imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, ularga sifatli ta'lim olish uchun teng imkoniyat va huquqlar berishda muhim o'rin tutadi. Inklyuziv ta'limni rivojlantirish yanada bag'rikeng va teng huquqli jamiyatni yaratishga yordam beradi, bunda har bir shaxs, o'ziga xos xususiyatlaridan qat'i nazar, o'zini anglash va jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatiga ega. Shu bois nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va integratsiyalashuvini ta'minlash, shuningdek, ularning jamiyat hayotida to'liq ishtirok etishiga ko'maklashish uchun inklyuziv ta'lim tizimini takomillashtirish va qo'llab-quvvatlashni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES :

1.0'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O'zbekiston, 2023 2.O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. -T.: Adolat, 2010.

3.Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston, 1997.

4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T.: Ma'naviyat, 2008.

5. G.N.Tansiqboyeva, M.Yu.Gasanov,A.M.Qodirova Ayol huquqi va erkinliklari.T:, Adolat, 2002.

6.Sh,M.Asyanov, X.Bakayeva, M.Yu.Gasanov, B.I.Ismoilov. O'zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish. T:, Mega Basm bosmaxonasi, 2008.

7.Axmedov D.K. O'zbekistonda davlat ijtimoiy himoyasi: huquqiy asoslari va takomillashtirish muammolari. yur.fan.dok. ...dis. -T.:TDYuI, 2007.

8. Yaxyoyeva L. «Ayollarning ijtimoiy - siyosiy faolligi». Toshkent. 1995-y.

9. M.Inomova "Oilada bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi". Toshkent. 1999-yil.

10. Bo'rieva M. R. O'zbekistonda oila demografiyasi. - T.: «Universitet», 1997. 18 - b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.